Oʼzbekiston respublikаsi oliy talim, fan va innovatsiyalar vаzirligi


Download 50.67 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1360044
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi1


OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
MIRZO ULUGʼBEK NOMIDАGI OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FАNLАR FАKULTETI
Amaliy psixologiya yonalishi
4-kurs “A” patok talabasi
Isoxodjayeva Shaxozaning

“Ijtimoiy boshqaruv psixologiyasi” mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI

Kurs ishi rahbari: “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi o`qituvchisi


Qudratova Muxlisa

Toshkent 2023


MUNDARIJA
Kirish
1.Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari.
2.Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari.
3.Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni.
4.Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari.
Xulosa ……………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………....40-41

KIRISH.
Mustaqil O’zbekistonimizning kelgusidagi rivoji, ravnaqi har tomonlama barkamol, o’ziga, boshqalarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga to’g’ri munosabatbildira oladigan, mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, ijodkor va tadbirkor shaxsga bog’liqdir.Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy yangi davr talablariga javob beradigan muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash esa hozrgi kunning dolzarb muammolaridandir.
XXI asrda yashayotgan har bir insonning mustaqil fikrlash qobilyati, muomila madaniyati, tanqidi fikrlash qobilyatlarini shakllantirish va rivojlantirish zarur. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda Sog’lom avlodni komil insonni voyaga yetkazish masalasiga kata e’tibor berilmoqda. Hozrgi kunda Insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan islohatlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida obro’ – e’tiborini yuksaltirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda yuksak samaralar bermoqda: Buyuk ajdodlarimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor “So’z – gul, Ish – meva”.O’ylaymanki bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo’lsa,ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi. Siz yoshlar ko’p kitob o’qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o’tmishida jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini yaxshi bilasiz.Siz Xorazmiylar, Navoiy, Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz.Anashunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
O’z tajribamdan kelib chiqib sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o’tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o’tda yonmaydigan, suvdav cho’kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanligini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandisizlar. Ota – bobolaringiz ko’rgan to’siq va qiyinchiliklarni ko’rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetayapsizlar.Yuksak maqsadlar yo’lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklagan anashunday ulkan ma’sulyatni, tom ma’nodadagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qa’tiy ishonaman.
Shu maqsada ta’lim tizimida tub isohotlar ni amalga oshiryapmiz. Sohada mutloqa yangi tizim – Prezident va ijod maktablari, matematika, kimyo,biologiya fanlari bo’yicha maxsus maktablarni tashkil etyapmiz. Yoshlarimizga IT texnologiyalarini chuqur o’rgatadigan ta’lim maskanlarining soni tobora ko’payib bormoqda. Bu ishlarimizning ilk mevalarini ko’ra boshladik. So’nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim mingtaga yaqin sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to’la oqlash, unga munosib bo’lish dunyodagi eng ulug’ baxtdir. Shunday baxt barchangizga nasib qilsin.

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling