O’zbekiston respublikasi oliy


Download 1.99 Mb.
bet1/21
Sana12.11.2020
Hajmi1.99 Mb.
#144457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tajriba mashg'ulot Informatika 1-kurs IO'M Tayyor
666- Йиғилиш баённома - 16-МАКТАБ, PHPda ma'lumotlar bazasiga yozish, 2IAT3.docx jurnal, DNK ajratish, DNK ajratish, DNK ajratish, DNK konsentratsiyasini aniqlash, DNK konsentratsiyasini aniqlash, L-24, 2-laboratoriya ishi topshiriq. Mavzu Plazmoliz va deplazmoliz h, Leksikologiya, Практическое руководство по иглорефлексотерапии Медпресс юбилейное издание, Практическое руководство по иглорефлексотерапии Медпресс юбилейное издание, Amaliy mashg'ulot

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

_____________________________________________

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI

“Tasdiqlayman”

ADU o’quv ishlari prorektori

___________ b.f.n.A.SH.Mamatyusupov

“___” ________2019-yil

Informatika” fanidan



LABORATORIYA ISHLANMASI


Bilim sohasi: - 100 000 - Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: - 110 000 - Pedagogika

Ta’lim yo’nalishlari: - 5110700 - informatika o’qitish metodikasi

Umumiy o`quv saoti – 40 soat

Shu jumladan:



Labaratoriya mashg`uloti– (I – semester 24 , II – semester 16)

Andijon-2019

Ushbu tajriba mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi «Informatika» fani bo’yicha 5110700-Informatika o’qitish metodikasi bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda informatika va axborot texnologiyalariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. Mutaxassislik bo’yicha masalalar, topshiriqlar va ularni bajarish uchun ko’rsatmalar berilgan.uslubiy ko’rsatma ishchi dasturga muofiq ishlab chiqilagan

Tuzuvchi: M.R.Mirzaaxmedov - ADU “Informatika o’qitish

metodika” kafedrasi o’qituvchisi.



N.Yusupova- ADU “Informatika o’qitish

metodika” kafedrasi o’qituvchisi



F.Madolimov- ADU “Informatika o’qitish

metodika” kafedrasi o’qituvchisi



Taqrizchi: f-m.f.n. Tojiboyev.G’ - ADU “Axborot texnologiyalar” kafedrasi mudiri

Ushbu tajriba mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Informatika o’qitish metodikasi ” kafedrasining 2019 yil ___ avgustdagi № 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etildi.



Kafedra mudiri: _____________ A.A.Medatov.

Ushbu tajriba mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmasi “Fizika-matematika” fakulteti kengashida 2019 yil ___avgustdagi № 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va institut ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etildi.



Fakultet dekani: __________ t.f.n. M.Mahkamov

© « INFORMATIKA » fanidan tajriba mashgulotlari uchun uslubiy korsatmasi. Andijon davlat universiteti®,–Andijon : ADU, 2019 yil.



Tajriba mashg`ulotlarini bajarish uchun talabalarga quyidagi talablar qo`yiladi:

  1. Tajriba ishini bajarish uchun zarur bo`lgan nazariy ma`lumotlarni ko`rsatilgan adabiyotlardan to`plash;

  2. Bеlgilangan variant bo`yicha shaxsiy topshiriqlarni o`z vaqtida olish;

  3. Ish rеjasida bеlgilangan masalalarning qo`yilishi, uning moxiyati va amaliy masalalarni yechishdagi axamiyati xaqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish;

  4. Masalani hal qilishning ishchi algoritmlarini ishlab chiqish Ishlab chiqarilgan algoritm bo`yicha belgilangan dasturlardan foydalanib topshiriqlarni bajarish va uni ishga sozlash;

  5. Tuzilgan dastur va topshiriqlarni tеkshirib ko`rish va olinayotgan natijalarning to`g`riligiga ishonch bildirish;

  6. Shaxsiy topshiriqning dasturidan olingan natijalarni zarur formada chop etishni tashkillash;

  7. Bajarilgan ishlarni bеlgilangan rеja asosida rasmiylashtirish va uni o`qituvchi huzurida ximoya qilish (tajriba darsi mobaynida);

  8. Ximoya qilingan, o`qituvchi tomonidan ijobiy baholangan tajriba ishi hisobotini o`qituvchiga topshirish;

Eslatma:

  1. Tajriba ishini o`z vaqtida bajarmagan talaba o`qituvchi bеlgilagan vaqtda( dars mashg`ulotlaridan bo`sh vaqtda) kafеdraga kеlib ishni bajaradi va bеlgilangan tartibda uni ximoya qiladi;

  2. Agar talaba dars mobaynida va qo`shimcha bеlgilangan vaqtda ham tajriba ishini bajarmasa, shu mavzu uchun rеyting ballarini olmagan va mavzuni o`zlashtirmagan hisoblanadi.

Tajriba ishlarini bajarish uchun kеrakli jihozlar, tеxnik va dasturiy vositalar:

  1. Kompyutеr (Pentium IV va undan yuqori);

  2. Opеrasion tizim (Windows 2000, Windows xp va unda yuqori);

  3. Amaliy dasturlar paketi va maxsus dasturlar.

Informatika fani bo’yicha labaratoriya mashg’ulotlarining kalendar tematik rejasi


1

Axborotni qabul qilish, jamlash, ularga ishlov berish, saqlash va uzatish usullari.

2

2

Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari.

2

3

Matnli, ovozli, va grafik axborotlar o’lchovlari.

2

4

Matnli axborotlarni kodlash.

2

5

Audio axborotlarni kodlash.

2

6

Video axborotlarni kodlash.

2

7

Kompyuter yordamida ovozli axborotlarni qayta ishlash.

2

8

Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy–me’yoriy asoslari.

2

9

Bir sanoq sistemasidan boshqa asosli sanoq sistemasiga o’tish.

2

10

2 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish.

2

11

8 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish.

2

12

16 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish.

2

13

SHK tuzilishi. SHK tuzilishini o’rganishda “Диспетчер устройств” utilitidan foydalanish.

2

14

AIDA64 dasturi yordamida ShK tuzilishini o’rganish.

2

15

Kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari.

2

16

Kompyuter ishlashining mantiqiy asoslari.

2

17

Excelda turli sanoq sistemalarda amallar bajarish. Excelda sonlarni turli sanoq sistemalariga o’tkazish.

2

18

Mantiqiy amallar va mantiqiy elementlar. Mantiqiy funksiyalarning rostlik jadvalini tuzish.

2

19

Excel dasturidan rostlik jadvallarni tuzishda foydalanish.

2

20

“Конструктор логических схем” dasturidan manti-qiy chizmalar tuzish va ularning natijasini tekshirish.

2

Jami

40


KIRISH

Fanning mavzusi va hajmi Davlat ta’lim standartidagi yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashga qo‘yilgan malakaviy talablar asosida belgilanadi va “Informatika” fanini o‘qitish davrida talabalarni kompyuterdan foydalanishga o‘rgatishdan tashqari ularga yangi informatsion texnologiyalar va zamonaviy programma ta’minoti haqida tushunchalar beriladi. Jumladan yo’nalish sohasidagi masalalarni yechishda jadval grafik va rasmlar ko‘rinishidagi tajriba natijalarini qayta ishlashda kerakli programma vositalaridan hamda Internetdan foydalanish kabilar ko‘zda tutiladi. “Informatika” fani talabalarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.

Ushbu fanni o‘rganish uchun matematik va ilmiy-tabiiy fanlarning asoslarini bilish zarur.

“Informatika” fanini o‘qitishning maqsadi – informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi uchun axborot texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini o’rganish, axborot texnologiyalarini turli sohalarida qo’llanilish asoslarini o’rganishdan iborat. Jumladan, axborotni saqlash, qayta ishlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, barcha ishlab chiqarish sohalari hamda turli axborot tizimlarida kechayotgan axborot jarayonlarini roli va xarakteri to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilishdir. Shuningdek, zamonaviy dasturiy paketlar orqali eng oddiy texnologik jarayonlar muammolarini yechish haqida qisman ma’lumotga ega bo’lish.

“Informatika” fanining vazifalari - talabalarga mazkur fanning mohiyati, asosiy tamoyillari to’g’risida bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llay bilishga o‘rgatish, yangi dasturiy ta’minot va tizimlar imkoniyatlari, dasturlash asoslari, algoritmik til tuzilmasi, funksiyasi va asosiy parametrlarini o’rganish, shuningdek, biror algoritmik tilning barcha imkoniyatlari, o’byektga mo’ljallangan dasturlash tillari hamda dunyo tajribasida qo’llanilayotgan eng zamonaviy amaliy dasturiy paketlarni o’rganish va ishlab chiqarish sohalariga mos dastlabki vizual qarashlarni hosil qilish va ularning kompyuterdan foydalanish madaniyatini yuksak pog‘onalarga ko‘tarishdan iboratdir.

“Informatika” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

 zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, axborot havfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijorat, amaliy dasturiy paketlardan foydalanishga doir bilimga;

- axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, tarmoq resruslari, axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo‘llanilishi va vazifalari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot havfsizligi ning tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan



Tajriba mashg’ulotlari

Tajriba ishi № 1

Mavzu: Axborotni qabul qilish, jamlash, ularga ishlov berish, saqlash va uzatish usullari

Ishdan maqsad:Axborotlar ustida turli xildagi amallarni bajarish.

Kerakli jihozlar:Kompyuter,proyektor,tashqi xotira qurilmalari,tarmoq qurilmalari.

Nazariy qism:

Axborotning tizimda aylanish bosqichlari

Umuman, axborotning tizimda aylanishida bir necha bosqichlarni ko‘rsatish mumkin. Axborotning moddiy eltuvchisi signal ekanligi hisobga olinsa, aslida signalning aylanish va o‘zgarish bosqichlari xususida so‘z yuritish lozim (1- rasm).



Axborotni o‘zlashtirish bosqichida biror-bir ob’yekt (jarayon)dan axborotni maqsadli olish va tahlil etish bajariladi, natijada ob’yektning aniq tasviri shakllantiriladi va baholash ishlari amalga oshiriladi. Bunda bizni qiziqtiradigan axborotni xalaqitlardan ajratish lozim (ba’zi hollarda bu muolaja ancha qiyinchiliklar tug‘diradi). o‘zlashtirishning eng oddiy turi - ikki qarama-qarshi holatni ajratish: haqiqiylik («ha») va haqiqiy emaslik («yo‘q») holatlarini ajratish bo‘lsa, murakkab turi o‘lchashdir.

1-rasm. Axborotning tizimda aylanish bosqichlari.



Axborotni tayyorlash bosqichida normallashtirish, analog - raqamli o‘zgartirish, shifrlash amallari bajariladi. Ba’zi hollarda bu bosqich o‘zlashtirish bosqichiga ko‘makchi hisoblanadi. o‘zlashtirish va tayyorlash natijasida uzatish va ishlov berishga qulay shakldagi signal olamiz.

Axborotni uzatish va saqlash bosqichida axborot bir joydan ikkinchi joyga yoki bir vaqt onidan ikkinchisiga uzatiladi. Uzatish va saqlash jarayonida paydo bo‘ladigan nazariy masalalarning bir-biriga yaqinligini hisobga olib, bu ikki jarayon birlashtirilgan. Axborotni masofaga uzatishda turli fizik tabiatli kanallar mavjud (elektrik, elektromagnit, optik, radio va yer yo‘ldoshi kanallari). Axborotni saqlash uchun turli axborot eltuvchilaridan (yarimo‘tkazgich, magnit, optik) foydalaniladi.

Axborotga ishlov berish bosqichida uning tizimni qiziqtiruvchi umumiy va muhim bog‘lanishlari aniqlanadi. Ushbu bosqichda axborotni o‘zgartirish axborot texnika vositalari yoki inson tarafidan bajariladi. Agar ishlov berish jarayoni formallanuvchi bo‘lsa, unda u texnikaviy vositalarda bajariladi. Zamonaviy murakkab tizimlarda bu vazifa kompyuter texnikasiga yuklangan. Boshqarish tizimlarida ishlov berishning asosiy maqsadi boshqarish ta’sirlarini tanlash masalalarini yechishdir.

Axborotni aks ettirish bosqichining asosiy maqsadi - turli qurilmalar yordamida insonga uning sezgi a’zolari qabul qila oladigan axborotni tayyorlab berish.

Ta’sir etish bosqichida axborot boshqarish tizimiga zarur o‘zgartirishlarni kiritish uchun ishlatiladi.

Kompyuter ishlov beradigan barcha ma’lumotlar elementlari «Kishtchalar», ya’ni 0 va 1 raqamlardan (bitlar) dan to’ziladi. Shundan sung quyidagi zanjir xosil bo’ladi: bit-baytfayl-katalog- mantiqiy disk.

Bit — axborotning eng kichiq birligi bo’lib, 0 yoki 1 raqami beradigan axborotni bildiradi. Bitning qiymatini o’chirilgan-yoqilgan, yo’q-ha, yolg’on-rost alternativalari kabi talqin etish mumkin.

Kompyuter konkret bitlar bilan aloxida juda kam xollarda ish kuradi. Odatda kompyuter sakkiz bitdan iborat 0 va 1 raqamlari kombinatsiyasi bilan ishlaydi. Bu kombinatsiyalar bayt deb ataladi.

Kompyuterning barcha ishlari — bu, baytlar tuplamini boshqarishdir. Baytlar kompyuterga klaviatura yoki disklardan (yoki aloxida liniyalar orqali) kelib tushadi. Shundan sung dasturning buyriqi (operatorlari) bo’yicha baytlarga ishlov beriladi. Ular vaqtincha saqlab turiladi yoki doimiy saqlash uchun yozib quyiladi. Zarur bulsa displey ekraniga yoki chop etish qurilmasidagi qog’ozga chiqariladi.

Baytlarning katta to’plamlari uchun kattarok ulchov birliklari ishlatiladi.



Ishning borish tartibi:

1.Matnli axborot olamiz. M:O’zbekiston Respublikasi 1991-yil mustaqillikga erishgan.

2.Ishlov berish bosqichi: Kompyuter yoki qog’oz qalam orqali biz bu matnimizga 1-sentabr sanasini qo’shib qo’yamiz.

3.Uzatish bosqichi:Internet tarmog’idan foydalanib chet-ellik tanishimizga uzatamiz.

4.O’zlashtirish bosqichi:Tanishimiz bu axboratni o’qiydi va ma’lumotga ega bo’ladi.

Topshiriqlar:

1.Har bir talaba ixtiyoriy turdagi birorta axborotni oladi.Quydagi bosqichlar bo’yicha, vositalardan foydalangan holda tahlil qilib beradi.

2. Quyidagi ma’lumotlarni bilgan xolda o’zingizni kompyuteringizdagi axborot tashuvchi qurilmalarini tekshirib yozib oling.

    1. Qattiq disk («Vinchester»)

Zamonaviy kompyuterlarda 250Gbaytdan 500Gbaytgacha va undan ortiq. Hozirgi kunda 1 T baytli vinchesterlar ishlatilmoqda.

    1. Yumshoq disklar

3 ,5 dyumli: 720 Kbayt va 1,44 Mbayt hajmdagi axborot sig’imiga ega.

    1. Kompakt disklar(SD,DVD)

Sig’imi: 640 Mbayt, 4Gbayt va undan ortiq. Turlari:

Faqat o’qish uchun (CD-ROM, DVD-ROM)

Bir marotaba yozish uchun(CD-R, DVD-R)

Qayta yozish uchun(CD-RW, DVD-RW)



    1. Fleshkalar

Hozirda 512 Mbaytdan 64Gbaytgacha sig’imli axborotlarni tashuvchi qurilmalar ishlatilmoqda.

Tajriba ishi № 2

Mavzu: Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari.

Ishdan maqsad:Axborotlarni qayta ishlash, uzatish, saqlash jarayonlarida asosiy o’lchovlarini mazmunini o’rganish.

Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,tashqi xotira qurilmalari,tarmoq qurilmalari.

Nazariy qism:

Axborotning adekvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: semantik, sintaktik, pragmatik.

Semantik (ma’noli) adekvatlik - ob’yektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma’noli mazmunini hisoblashni ko‘zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma’lumotlar tahlil qilinadi, ma’nolar bog‘liqligi ko‘riladi. Bu shakl axborot xususida tushunchalar va tasavvurlarni shakllantirishga, ma’nosini, mazmunini aniqlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko‘rsatish mumkin.

Sintaktik adekvatlik - axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajada axborotni ifodalash usulida axborot eltuvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o‘lchamlari, bu kodlarni o‘zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga axamiyat berilmaganligi sababli, bunday axborot ma’lumot deb ataladi.

Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik - axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish tizimi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob’yekt), foydalanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo‘ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foydalanish bilan bevosita bog‘langan, shuning uchun ham foydalanuvchanlik xususiyatlari tahlil etiladi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling