O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57

sh im o liy  

qismi)da turgan  paytda To'xtam ish  Kavkazorti  viloyatlariga hujum  qildi. 

Amir  Temur  Shekidan  chiqib  Qura  daryosi  bo'ylab  yurdi.  Oltin 

0 ‘rdaliklar  Amir  Tem ur  qo'shinlari  kelayotganini  eshitib  chekinishga 

majbur  bo'ldilar.  1395-yil  aprelida  Amir Temur  va  To'xtam ish  o'rtasida 

urush  harakatlari  yana  boshlanib  ketdi.  Jangning  asosiy  qismi  o 'n g  

qanotda  bo'ldi.  Ushbu  qanotda  mushkul  vaziyat  paydo  bo'lgan.  Amir 

Tem ur zahira qo'shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur 

qildi. To'xtam ish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi.

To'xtam ish  qo'shinining  Terek  daryosi  bo'yida  tor-mor  etilishi  va 

1395  yilda  Saroy  Berkaning  xaroba  qilinishi  Oltin  O 'rdaga  juda  kuchli 

zarba bo'ldi.  Shundan keym u o'zini o'nglay olmadi.

Amir  Temurning  bir  mamlakatga  qilgan  yurishlari  uning  boshqa 

mamlakatlarga  qilgan  yurishlari  bilan  ketma-ket  borganligini  urush 

voqcalari  ko'rsatib turadi.  Am ir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba 

hujum  qilib  bordi  va  1387-yiida  uni  bo'ysundirishga  muyassar  bo'ldi. 

Armaniston  va  Gruziyani  Amir  Temur  1392  yilda  bo'ysundiradi. 

Temurning uzoq  Hindistonga yurishi  1398-yilda tamomlandi.

Sohibqiron  Amir  Temurning  harbiy  mahorati  shunda  ediki,  u  o 'z 

dushmanlarini  erkin  nafas  olishga  qo'ymagan.  1400-yilda  Am ir  Temur 

qo'shinlari  turk  sultoni  Boyazid I  va  Misr  sultoni  Faraj  bilan  kurash  olib

222


ix)idilar.  1402-yilda  Amir  Temur  Anqara  yonida  Boyazid  bilan  ikkinchi 

m arta to'qnashdi  va uni tor-mor etdi.

A m ir  Tem ur  o 'z   qo'shinlari  bilan  1404-yilnmg  oxirida  Xitoyga 

qarab  y o 'lg a chiqqandi.  O 'sha yili  qish O 'rta Osiyo  tarixida eng qahraton 

qish  bo'lgan.  Sirdaryoning  suvi  1  metga  muzlagan,  askarlardan  ko'pini 

cjuloq-burunJarini,  qo'1-oyoqlarini  sovuq olgan  edi.  Amir Temurning o'zi 

ham  k o 'p   o'tm ay  shamollab  qoladi.  1405-yil  yarvvar  oyining  o'rtalarida 

O 'tro rd a  to'xtashga  qaror  qilishadi  va  bu  erda  18-fevral  kuni  buyuk 

j.ihongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi.

A m ir  Tem ur  35  yil  davomida  harbiy  yurishlar  qiladi.  Bu  yurishlar 

natijasida  u  buyuk  davlat  tashkil  qilishga  erishdi.  Uning  tarkibiga 

M ovarounnahr, 

Xorazm, 

Kaspiy 


atrofidagi 

viloyatlar, 

hozirgi 

A fg‘oniston,  Eron,  Turkiya,  Hindiston,  Iroq,  Janubiy  Rossiya,  Kavkaz  va 

G ‘arbiy  Osiyoning  bir  qator  mamlakatlari  kiradi.  Amir  Temuming 

muvalTaqiyatiga  avvalo  uning  nodir  harbiy  iste’dodi  sabab  bo'ldi'.  Amir 

T em ur  qo'shinida  qat’iy  tartib  va  intizom  o'm atilgan  edi.  Har  bir jang 

rejasini  va  barcha  qismlar  uchun  yo'l-yo'riqlam i  o'zi  ishlab  chiqardi. 

Uning  harbiy  iste’dodi  Anqara yaqinida  Sulton  Boyazidga  qarshi jangda 

ayniqsa  yorqin  namoyon  bo'ldi.  Armiyaning  yuragini  va  qo'inondonlik 

o '/a g in i  barlos  urug'i  vakillari  tashkil  etardi.  Shu  davr  voqealarining 

shohidi 


bo'lganlarning 

guvohlik 

berishicha 

barloslar 

harbiy 

qo'nim sizlik ka  nihoyatda  chidamli,  yoydan  o'q  uzishga  juda  usta,  o’z 



hukm dorlariga sodiq va sabr-toqatli bo'Iganlar.

M ustaqiliik  sharotati  hamda  Respublikamiz  Prezidenti  1.Karimov 

tashabbusi  bilan sovetlar davrida  unut  bo‘lgan  buyuk  Sohibqironning pok 

nomi  qayta tiklandi.  Tarixiy  adolat qaror topib,  1996  yili  Sohibqironning 

660 yillik  tavaliud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi.

Amir Temur vafotidan so'ng Temuriylar davlatidagi  ijtimoiy-siyosiy

vaziyat

Sohibqiron  Amir Temur Xitoyga qilinayotgan  harbiy yurish  vaqtida 

qattiq  og 'rib,  1405-yil  18-fevral'kechasi  O 'tror  hokimi  Berdibekning 

saroyida  vafot  etadi.  O 'z  davrining  mohir  tabiblari  va  ularning  sardori 

bo  lmish  taniqli  tabib  Fayzulloh  Tabriziyning  davo-korlari  buyuk 

hukm dor tanasidagi  ogMrlikka davo bo 'la olmadi.  Qazosiga qadar  ixtiyori 

o'/.ida  bo'lgan  Sohibqiron  Amir Temur o'ziga  voris  va  taxt  valiahdi  etib 

nevarasi  Pirmuhammad  Jahongirni  vasiyat  qilib  qoldiradi.  Amir  Temur 

barpo etgan buyuk saltanat (jami o 'z  ichiga 27 ta o'lka va viloyatlarni jam

223


etgan)  garchi  Tem urning  mahorati  va  kuch-qudrati  ila  mustahkam  lurgan 

bo'lsa-da,  lekin  u  ichki jihatdan  siyosiy  ancha zaif,  umumiqtisodiy asosga 

ega  bo'lm agan  edi.  O 'g 'illar,  nabiralarga  mamlakatni  qism-qismlarga 

bo'lib  berilganligi  va suyurg‘ol  tartibi  ham  Tem ur davlati  parokandaligini 

kuchaytirar  edi.  Tem ur  jasadi  Sam arqandda  dafn  etilishi  va  motam 

marosimlari  tugamasdanoq,  toju-taxt  uchun  shahzodalar  o ’rtasida  o'zaro 

kurash kuchayib ketdi.

Kobul 


va 

shimoliy 

Hind 

m ulklaming 



hokimi 

bo'lm ish, 

Pirmuhammadni  ko'pchilik  taxt  egasi  sifatida  ko'rishni  xohlamas  ham 

edi.  Buning  ustiga  u  ancha  uzoqda  bo’lib,  Samarqandga  tezlik  bilan  etib 

kelish  uchun imkoni  ham  yo'q edi. Tem ur vafotidan so'ng Movarounnahr, 

Xuroson,  Eron, Ozarbayjon,  Iroq  va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, 

g‘alayonli  vaziyatlar yuzaga kela boshladi.  Sekin asta Temur kuch-qudrati 

bilan  barpo  etilgan  buyuk  saltanatga  putur  yeta  boshladi.  Fosih  Havofiy 

Temurdan  so'ng  tirik  qolgan  uning  o 'g ‘il  va  nabiralarini  sanab,  jami 

ularning  soni  36  taga  etishini  ta’kidlagan  edi.  Ayniqsa  ular  orasida 

Shohruh  (1377-I447)ni  va  uning  o 'g i i   Ulug‘bek  (1394-1449)  alohida 

hurmat  bilan  tilga  olib  o'tilgan.  Shu  davr  muarrixlari  taxt  egaligiga 

ko’proq  Shohruhni  m a’qul  ko'rib,  uning  insoniy  sifatlariga  yuqori  baho 

berar edilar.  Shohruh taxt  egasi  bo'lishidan avvalroq ham o ’zining oqil  va 

ilmli,  zukko  va  taqvodorlik  sifatlari  bilan  hurmat  qozongan  edi. 

Shuningdek,  bu  vaqtda  Temurning  boshqa  bir  o 'g ‘li  Mironshoh  (1366- 

1408) ham  hayot  bo'lib,  u  ham asosiy taxt da’vogarlaridan biri  hisoblanar 

edi.


Temurning  sadoqatli  amirlaridan  ko'pchiligi,  jumladan  Shohmalik 

va  Shayx  Nuriddinlar  ham  toju  taxt  Shohruh  Mirzoga  tegishi  tarafdori 

edilar.  Shunday  bir  vaqtda  M ironshoh  M irzoning  o ’g i i ,  shimoliy  yerlar 

(Toshkent,  Sayram,  Turkiston)  hokimi  Xalil  Sulton  (1384-1409) 

shoshilinch  ravishda,  o'zining  m ing  chog'Ii  askari  bilan  1405  yilning  18 

mart  kuni  Samarqandni  egallaydi  va  o'zini  Movarounnahr  hukmdori  deb 

e ’lon  qiladi.  Hatto  u  Pirmuhammadga  tegishli  Amudaryoning  o 'ng 

betidagi  yerlarni  ham  o 'z   tasarrufida  deb  e ’lon  qiladi.  A w al  boshda  uni 

qo'llagdn  M ovarounnahr  amirlari,  harbiy  sarkardalar  ko'p  o'tm ay  undan 

ixloslari  qayta boshlaydi.  Xalil  Sulton  va ayniqsa uning  xotini  Shodimulk 

poytaxtda ko'plab nojoiz ishlarga izn  berishadi, Tem ur davridayoq nufuzli 

bo'lgan ba’zi amaldor,  zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi.

Davlat xazinasi  o 'z  holicha sovurila boshlanib,  hokimiyatga ko'plab 

nomaqbul  kishilar  kela  boshlaydi.  Shohruh  bilan  birinchi  o'zaro  nizodan 

so 'n g   Xalil  Sulton  garchi  uning  oliy  hukmdorlik  huquqini  tan  olsa-da,

224


............. 

« и ш Ь  

i u u   v f v n a j a g i m   m r t   l u m   ^ t i d U l .   y v c U U   O U t l U l l l l l

iroq  tomonidan  boshqa  bir  kuch  otasi  Mironshoh  Mirzo  ham  qo'llab- 

quvvatlay  boshlaydi.  Siyosiy  kaltabinlik  yo'lini  tutgan  Xalii  Sultondan 

norozilik  tobora  kuchaya  boshlaydi.  Farg‘ona  hokimi  Amir  Xudoydod 

Xalil  Sultonga  qarshi  bosh  ko'taradi.  Shohruhning  sadoqatli  kishisi 

bo'im ish  Shayx  Nuriddin  O 'tror  hokimi,  o 'z  ukasi  bo'imish  Berdibek 

bilan  birga  boshqa  bir  isyon  ko:tarilishiga  sababchi  bo'ladi.  Xalil 

Sultonning  ukasi  Mirzo  Sulton  Husayn  Amudaryo  bo'ylarida  o 'z akasiga 

qarshi  bosh  ko'taradi.  Xorazm  esa  Oltin  O'rdalik  taniqli  sarkarda  Amir 

Idiku  o'zbek tomonidan  ishg'ol etiladi.

1405-1406-yillarda  Xalil 

Sultonning  Shohruh,  Pirmuhammad 

qo'shinlari  bilan  Movarounnahr  taxti  uchun  bir  necha  bor 

harbiy 

to'qnashuvi  sodir  bo'ladi.  Butun  Temur  saltanati  o'zaro  toju  taxt 

kurashlari  domiga  tortiladi.  Yagona  hisoblangan  saltanat  Shohruh 

boshqarayotgan  Xuroson,  Balxdan  to  Hind  yerlarigacha  bo'lgan  yerlarga 

lioktra  Pirmuhammad,  G 'arbiy eron, Ozarbayjon,  Iroq tasarrufida bo'lgan 

Mironshoh  va  uning avlodlari  (Umar  Mirzo. Abu  Bakr) yerlariga bo'linib 

ketdi.  Movaraunnahr  Xalil  Sultonga  rasman  qarashli  deb  hisoblansa-da, 

Turkiston,  O 'tror,  Sayramda  Amir  Berdibek,  Farg‘onada  esa  Amir 

Xudoydod  hukmronlik  qilishar  edi.  Barcha  Temuriylarni  saltanatning 

yuragi  bo'im ish,  Movaraunnahrni  egallash  istagi tark etmas edi.

Movaraunnahr  hokimi  Xalil  Sultonning  o 'z   holicha  ish  tutishi, 

lemuriy zodagon, amirlarning kamsitilishi,  musulmon ulamolari, jumladan 

naqshbandiya 

tariqatining 

taniqli 

shayxi 


Muhammad 

Porsoning 

tahqirlanishi  m uxolif kuchlaming dushmanligini  kuchaytirib yubordi.  Shu 

vaqtning  o’zida  o'zaro  fitna  g‘alayonlarning  navbatdagi  qurbonlari  ham 

paydo  bo'ladi. 

1407  yil  22  fevralda  taxt  valiahdi  hisoblangan 

Pirmuhammad  o'zining  vaziri  Pirali  Toz  tomonidan  suiqasd  natijasida 

o'ldiriladi.  (Keyinchalik  o'zini  Pirmuhammadning  ‘'qasoskori”  deb  e'lon 

qilgan  Shohruh  Pirali  Tozni  Hirotda  qatl  etadi).  1408-yil  22-aprelda  esa 

qoraqo'yunli  turkmanlar  bilan  jangda  hokimiyat  uchun  boshqa  bir 

da’vogar  Mironshoh  Qora  Yusuf  tomonidan  Ozarbayjon  va  Iroq  uchun 

bo’lgan  jangda  o'ldiriladi.  Natijada  Ozarbayjon  va  Iroq  temuriylar 

tasarrufidan chiqadi.

1409-yil  boshida  esa  siyosiy  vaziyat  yanada  keskinlashadi.  Amir 

Xudoydod  shu  vaqtda  Xalil  Sultonni  Samarqand  yonidagi  Sheroz 

qishlog‘ida  mag*lubiyatga  uchratib,  uning o'zini  asirlikka oladi.  Xuroson 

hokimi  Shohruh  esa  o'ziga  qarashli  bo'lgan  Mozandaron  va  Mashhadda, 

so'ngra  uning  ilkiga  o'tgan  Seyiston  va  Kirmonda  o 'z  hokimiyatini

225


mustahkamlaydi.  So'ngra  butun  e ’tiborini  Movaraunnahrga  qaratadi. 

Sheroz jangidan  bir oz avval  Shohruh  Xalil  Sultonga  Movaraunnahr taxti 

uchun  jang  qilish  xususida  yoriiq  ham  yuborgan  edi.  Shohruh  saltanat 

markazidagi  bedodliklarga  bundan  buyon  befarq  b o'la  olmasligini  e’lon 

qildi.  1409-yiI  25-aprelida  u  Amudaryodan  o'tib  Samarqand  tom on jadal 

y o 'l  oladi.  Xalil  Sultonni  qo'lga  olgan  Amir  Xudoydod  qo'shinlarini 

Shohruh  yuborgan  harbiy  qism -tor-m or  etib,  Xalil  Sultonni  asirlikdan 

ozod  qilishadi.  Oliyjanob  insoniylik  sifatlariga  ega  bo'lgan  temuriy 

Shohruh  Mirzo  o'zaro  gina-kudratlarni  unutib,  uni  yaxshi  kutib  oladi. 

Amir  Xudoydod  esa  mamlakatdan  qochib  ketadi.  1409-yiining  dekabriga 

qadar  Shohruh  Mirzo  Movaraunnahrda  tinchlik  osoyishtalik  o'rnatib, 

Xalil  Sulton  va  boshqa temuriy  shahzodalar  tarafdorlariga  qarshi  keskin 

choralar ko'radi,  izdan chiqqan xo'jalik hayotni, savdo-sotiqni tiklaydi.

Temuriylar  saltanatining  taqdiri  oydinlashib,  Xuroson  hokimi 

bo'lm ish  Shohruh  Mirzo  (1405-1409)  temuriylar  davlatining  oliy 

hukmdori  (1409-1447)  sifatida  e’tirof  etildi.  Tarixda  esa  Shohruhning 

deyarli  40  yillik  barqaror  hukmronlik  davri  boshlanadi.  O 'zaro  nizo  va 

fitnalardan,  iqtisodiy,  savdo  munosabatlarini  chippakka  chiqargan 

vayronagarchilik  urushlardan  charchagan  xalq,  markazlashgan  kuchli 

davlat  sari  intilayotgan  Shohruh  Mirzoning  hatti-harakatlarini  qo'Hab- 

quvvatlar  edi.  Chunki  faqatgina kuchli,  markazlashgan  davlatgina  o'zaro 

osoyishtalik,  iqtisodiy  barqarorlikni  ta ’minlashi  mumkin  edi.  Shohruh 

Tem ur davlati o'zagini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.  Shu bilan birga u 

deyarli  barcha  o'lka,  viloyat  noiblarini  o 'z   lavozimlaridan  chetlashtirib, 

o'ziga  ishonchli  hisoblagan  qarindosh-urugiarini  bu  lavozimlarga  qo'ya 

boshlaydi.  Jumladan,  Balx  va  Badaxshon-Ibrohim  Sultonga,  Sheroz- 

Suyurg‘atmishga,  Qobul  va  Qandahor-Qaydu  Mirzoga,  Xurosonning  bir 

qismi  -  Boysunqur  Mirzoga,  G ‘arbiy  Eron  hamda  Iroqi  Ajamning  bir 

qismi  - Sulton  Muhammadga,  Fors viloyati-Abdullo  Mirzolarga suyurg‘ol 

tarzida bo'lib beriladi.

Shu  yo'l  bilan  Shohruh  boshqaruv  tizimi  qulay  va  ixcham  bo'ladi 

deb  o'ylagan  edi.  Lekin  keyinchalik  ishonchli  qondoshlar  ichidan  ham 

isyonkor  noiblar  chiqa  boshlaydi.  Xususan,  Shohruhning  nevarasi  Sulton 

Muhammad  Eron noibi etib tayinlangach,  markazga bo'ysunishdan bo'yin 

tovlay  boshlaydi.  So'nggi  marotaba  Shohruh  isyonkor  nevarasini 

o'lim idan  sal  avval  (1446-y.)  Eronga  yurish  qilib,  uning  jazosini  berib 

qo'yishga m ajbur bo'lgan  edi.  Yagona  Shohruh  davlatida  Movaraunnahr 

qismining  alohida  o'rni  bor  edi.  Davlatning  markaziy  poytaxti  Hirot 

shahri  hisoblansa,  Movaraunnahrning  markazi  Temur  poytaxti  bo'lmish

226


qadimiy  bamarqand  shanri  hisoblanar  edi.  Movarounnahr  yerlarining 

boshqaruvi  esa  Ulug‘bek  qo'liga  topshirilgan  bo'lib,  u  umrining  oxiriga 

qadar  (1449-y.),  40  yil  mobaynida  bu  yerlarni  boshqarib  keldi.  1409-yili 

Movaraunnahr  qo'lga  olingandan  so'ng  Shohruh  lilug'bekni  shu 

o'lkaning noibi  etib  tayinlaydi.  15  yoshli  o'sm ir davlat  boshqaruvi  ishlari 

uchun  yosh  ekanligi  hisobga  olinib,  taniqli  amir  Vlunoriziddin 

Shohmalikni  unga  otaliq  etib  tayinlab,  boshqaruv  ishlari  amalda 

otaliqning qo'lida mujassamlashadi.

Movaraunnahrlik  amirlarning  ba’zilari  Ulug‘bek  va  Shohmalik 

hokimivatiarini  tan  olishni  istashmaydi.  Jumladan,  1410-vilda  qayta  bosh 

ko’targan  Shayx  Nuriddin  g'alayoni  faqatgina  Shohruh  Mirzo rung 

aralashuvi  tufayli  bostirilib,  noiblik  o'm i  Ulug'bekning o'ziga qoldiriladi. 

1411 -yili  Movaraunnahrda  ancha  muxolif  kuchlariga  ega  bo'lgan  va 

Ulug'bekning 

mustaqil 

xatti-xarakatlariga 

to'sqinlik 

qilayotgan 

M uborraddin  Shohmalik  Shohruh  bilan  birga  Hirotga  qaytib, keladi. 

Ulug‘bek  Mirzo  esa  shu  yildan  boshlab  Movaraunnahrning  “Yagona  va 

qonuniy  sultoni” sifatida hokimiyatni  boshqaradi.

Shohruh  va  uning  o 'g 'li  Ulug'bek  o'z  siyosatlarining  ustuvor 

yo  naiishlari  etib  avvalo  mamlakat  hududlarini  kengaytirish  hamda 

markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  deb  bildilar.  Shohruh  1413  yili 

Eronni  o 'z   q o'li  ostiga  oladi.  O 'sha  yili  Shohruh  qo'shini  yordamida 

Ulug'bck  Oltin  O 'rda  xonlari  ixiiyoridagi  Xorazmni  tortib  oladi.  Bu 

kurashda  faol  ishtirok  etgan  Shohmalik  Xorazm  noibi  etib  tavinlanadi. 

Ulug'bek  1414-1415-yillarda  o’z  amakivachchasi  amirzoda  Ahmad 

hukmron  bo'lib  turgan 

Farg'onani  uning  qo'lidan  tortib  oladi. 

Shuningdek,  uning  Qoshg'arga  nisbatan  siyosati  ham  muvaffaqiyatli 

tarzda  hal  bo'ladi.  Avval  boshda  sobiq  Farg'ona  hokimi  Ahmad 

Qoshg'ardan  panoh  topgan  edi.  Lekin  temuriylar  bilan  munosabatlarni 

keskinlashtirmaslikni  lozim  deb  hisoblagan  Qoshg‘ar  hokimi  Shayx  Ali 

T o'g'ay  Ulug‘bek  bilan  o'zaro  muzokaralar  olib  boradi.  Natijada,  1416- 

yili  u  ' ‘Buyuk  amirning  ruhi,  nimovasiga"  o'lish  istagini  bildirib, 

Qoshg‘am i  Uiug‘bek  yuborgan  vakillar  Siddiq  va  Alilar  qo'liga 

topshiradi.

Ulug'bek  shimoldagi  qo'shnilari  bo'lmish  Dashti  Qipchoq  va 

M o'g'ulistondagi  ichki  siyosiy  ahvol  barqarorligi  va  u  yerlarda  o'ziga 

ittifoqchi  bo'lgan  kishilarni  hokimiyat  tepasida  bo'lishini  istar  edi.  Shu 

sababdan  ham  uning  aralashuvi  hamda  harbiy  ko'magi  bilan  Dashti 

Qipchoqda O ‘rusxonning nabirasi  Shahzoda Baroqxon hokimiyat tepasiga 

keladi. M o 'g ‘ulistonda esa Ulug'bekning yordami bilan Shermuhamadxon

227


aqibi  Vatsxonni  engib M o'g‘uliston taxtini egallaydi.  IJlug'bek  bu xonlar 

)rqa!i  shimolda  va  sharqda  o 'z  ta’sirini  o'tka/.ishga  va  o'ziga  ishonchli 

itifoqchilarga  ega  bo'lishini  ko'zlagan  edi.  Avval  Shermuhammadxon 

Vlovaraunnahr ichki  ishlariga aralashishga harakat qilib, o 'z  valine’matiga 

lisbatan  nohaq  munosabatda  bo'la  boshlaydi.  1424-yili  noyabr  oyida 

Shohruhning  rizoligi 

bilan  Ulug'bek  M o'g‘uliston  ustiga  yurish 

ooshlaydi.  Uning  asosiy  kuchlari  1425-yil  erta  bahorida  Chu  daryosidan 

:)'tib, Issiqko'l  yaqinida m o'g‘u!lami  tor-mor keltiradi.

Bu  jang  Ulug'bek  olib  borgan  jiddiy  urushiarning  birinchisi  va 

io  nggisi  edi.  Tez  orada  shimoldan  yana  boshqa  bir  xavf paydo  bo'ladi. 

Ulug'bek  yordami  bilan  avval  Dashti  Qipchoq.  so'ngra  Oltin  O 'rda 

hokimiyatini  qo'lga  olgan  Baroqxon  Movaraunnahr  su’itoni  muruvvatini 

yoddan  chiqardi.  U  Sirdaryo  bo'yidagi  yerlar  va  shaharlarni  (O 'tror, 

Sabron.  Sig‘noq) talab,  u  yerlarga o 'z da’vosi  bilan chiqadi.  1427-yilning 

boshida  Ulug‘bek  Dashti  Qipchoqqa  harbiy  vurishga  otlanadi.  Bu 

yurishda  Ulug‘bek  qo'shini  mag'lubiyatga  uchrab  o'zi  Toshkentga 

chekinadi.  Dashti  qipchoqliklar  bilan  bo'lgan  jang  mag‘lubiyati 

Ulug‘bekka  shunchalik  katta  ta ’sir  ko'rsatadiki.  u  otasining  o'lim igacha 

shaxsan  o'zi  harbiy  qo'shinga  bosh  bo'lib,  yurishlarni  boshqa  amalga 

oshirmaydi.  1428-yili  Mirzo  Ulug'bek  tomonidan  amalga  oshirilgan  pul 

islohoti  Movaraunnahr  ichki  iqtisodiy  hayotida  muhim  rol  o'ynadi. 

Shuningdek,  zamondosh  tarixchilaming  ma'lumotlariga  ko'ra,  jumladan 

Davlatshoh  Samarqandiyning  yozishicha.  Mirzo  Ulug‘bck  hukmronligi 

davrida  soliqlar  miqdori  ham  bir  muncha  pasaytirilgan  ekan.  Mirzo 

Ulug‘bek,  shunday  qilib,  otasi  tiriklik  vaqtida  garchi  tashqi  siyosat 

borasida  birmuncha  mustaqil  harakat  qilgan  bo'lsa-da,  lekin  u  haqiqalua 

otasi  Shohruh Mirzoning  Movaraunnahrdagi  ishonchli  va  itoatkor hokimi 

bo'lib  qoladi.  Ulugsbek  ichki  va  tashqi  siyosat  borasida  otasi  bilan 

bamaslahat  ish  tutar,  soliqlarning bir qismini  muntazam  Hirotga jo'natar, 

xutba va tangalarda otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u vaqti-vaqti 

bilan  otasiga  hisob  berib  turar.  harbiy  yurishlar!  vaqtida  unga  moddiy  va 

harbiy ko'mak yetkazib berishga majbur edi.

Shohruhning keksayishi  bilan toju  taxt uchun zimdan paydo bo'lgan 

nizolar  ham  faollasha  boradi.  Ulug‘bekning  onasi  Gavharshodbegim 

(1457-y.  vafot  etgan)  siyosiy  ishlarga  faoi  aralasha  borib,  nevarasi 

Alouddavlani taxt  vorisi  sifatida ko'rishni  istar edi.  Shohruhning yana bir 

hayot  bo'lgan o 'g ‘li  Muhammad Jo'ki  (1402-1444)  ham  o'zini  taxt egasi 

sifatida  ko'rishga  haqli  deb  hisoblar  edi.  Toju-taxt  uchun  zimdan 

boshlangan kurash  1444-yili  Shohruh og‘ir xasta bo'lib  qolganda ayniqsa

228


yaqqol  namoyon  bo'lgan  edi.  Shohruh  xastalikdan  tuzalib,  1446-yilning 

so'ngida  o'zining  oxirgi  harbiy  yurishini  amalga  oshiradi.  Fors  va  Iroq 

Ajamda  uning  nevarasi  Sulton  Muhammad  bobosiga  qarshi  qo'zg‘olon 

ko'tarib,  Hamadon  va  fsfahonni  bosib  oladi.  Garchi  Shohruh  isyonni 

bostirib,  q o 'z g ‘oIonchilami  ja/.olasa-da.  lekin  yana  xastalanib  1447-yil 

12-martda  Ray  viloyatida olamdan o'tadi.  Shohruhning o'lim i  Xuroson va 

Movaraunnahrda  o'zaro  temuriy  shahzodalar  o'rtasida  toju-taxt  uchun 

kurashni  boshlab  yuboradi.  Mamlakat  yana  sarosima,  tahlika,  beqarorlik 

dom iga tortiladi.  Shariat  va  urf-odatga ko'ra o'z-o'zidan  oliy  hukmdorlik 

yagona  voris  Mirzo  Ulug‘bek qo'liga  o'tishi  kerak edi.  Lekin  Boysunqur 

Mirzoning  o 'g ‘illari  Alouddavla  va Abulqosim  Bobur  Ulug‘bekka  qarshi 

harbiy 


harakatni 

boshlab  yuboradi. 

Xuroson-Alouddavla  qo'liga, 

M ozandaron  va  Jurjon  Abulqosim  Bobur  ixtiyoriga  o'tadi.  Sulton 

M uhammad  esa  G 'arbiy  Eron  va  Forsda  o'zini  mustaqil  hukmdo.r  deb 

e ’lon  qiladi.  Muhammad  Jo'kining o ’g‘li  Abu  Bakr esa  Balx,  Shibirg^n, 

Qunduz,  B ag:lonni  bosib  oladi.  Mamlakatning  talon-taroj,  parokanda 

bo'lishini  oldini  olish  maqsadida Ulug‘bek  muammolami linch-muzokara 

y o 'li  bilan  yeehmoqehi  bo'ladi.  jumladan  u  AJouddavla  bilan  o‘zaro 

muzokaralarni  boshlaydi.  Alouddavla  Ulug‘bekning  o 'g 'li  Abdullatifni 

asir  olib,  uni  Hirotdagi  Ixtiyoriddin  qal’asiga  qamab  qo'ygan  edi. 

U lug'bek 

yuborgan 

vakil 


sadr 

Nizomiddin 

Mirak 

Mahmud, 


M ovaraunnahr  sultonining  Hirotga  yurish  niyati  yo'q  ekanligi  va  bu 

da’vodan  u  voz  kechishini  bildiradi.  Ikki  o'rtadagi  chegara  Murg‘ob 

vohasi deb belgilanib,  Abdullatifga Balx hokimligi  lavozimi beriladi.

Lekin  hech  qancha o'tmasdan  Abdullatif va  Alouddavla o'rtasidagi 

munosabatlar  yana  keskinlashadi.  Abdullalifning  o'z  holicha  Hirotga 

qarshi yurishi  muvaffaqiyatsiz tugaydi. U otasi Ulug‘bekka yordam so'rab 

murojaat  qiladi.  1448-yil  bahorida  Ulug'bek  va  Abdullatifning  90.000 

kishilik  birlashgan  qo'shini  Hirotdan  14  farsah  uzoqlikdagi  Tamob degan 

joyda  Alouddavla  qo'shinini  tor-mor  keltiradi.  Alouddavla  jang 

maydonidan  qochadi.  Hirot  deyarli  jangsiz  egallanadi.  Mashhadgacha 

bo’lgan  yerlarni  Ulug'bek, Astrobodgacha bo'lgan yerlami  Abdullatif o'z 

ixtiyorlariga  olishadi.  Ulug‘bek  bu  harbiy  yurishni  uzoq  davom  ettira 

olmas  edi.  Chunki,  Dashti  Qipchoqdagi  ko’chmanchilarning  lalonchilik 


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling