O‘zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirining buyrug4!


Download 13.14 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi13.14 Kb.
#773121
Bog'liq
latin1
ShOKIR OMMOLASHT, 3 Tema, логика ж, 10. MOODLE NIMA, 2 5251373937777972400, SO1MvzmyjVKGCMDJR8znc3qpNfrouQhudqsC9ANm, 3412114061, C , Baxram, Doc1, BORLAND C BUILDER 6 NING GRAFIK IMKONIYATLARI, informatika 10-sinf test 1-variant (2), 9-sinf amaliy ish Python misol va masalalar dasturlari 50579, kiril1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG
4!


Toshkent sh.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bandligini ta’minlash choralari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni (02-RA 1-3416-son, 10.03.2022 yil) 5-bandi hamda “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1.0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-sonli bayoni (02-RA 1-3416-son, 10.03.2022 yil) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  1. Oliy ta’lim muassasalari (filiallari) rektor(direktor)lariga:

har bir fakultet kesimida talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud va yaratilayotgan keng imkoniyatlar, banklar tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan kredit resurslari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini tashkil etsin;
uch kun muddatda oliy ta’lim muassasasining asosiy faoliyatiga ta’sir etmagan holda bo‘sh xona va inshootlarni qayta xatlovdan (inventarizatsiya) o‘tkazsin, ulaming maydoni va bo‘sh vaqtlarini ko‘rsatgan holda ro‘yxati shakllantirilsin hamda talabalarni xabardor qilish maqsadida ta’lim muassasasining “ma’lumotlar burchagi”ga joylashtirilsin;
bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasasining kadrlar tayyorlash yo‘nalishlaridan hamda talabalaming takliflaridan kelib chiqib, ular tomonidan kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy (sartaroshxona, go‘zallik saloni, tikuvchilik, poyabzal ta’mirlash va h.k.) va boshqa xizmat turlari (turizm, tarjimonlik, buxgalteriya, biznes rejalar ishlab chiqish, sug‘urta agentligi, loyiha- smeta hujjatlarini tayyorlash, dizaynerlik, avtomobillarni ta’mirlash, slesarlik ishi, maishiy texnika va tele-radioapparaturalarni tuzatish, poligrafiya va x.k.) tashkil etilsin;
bunda, talabalarga ajratilayotgan bo‘sh xona va inshootlar ularga bepul shaklda (tarzda) berilsin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyning 5-sanasiga qadar vazirlikning tegishli boshqarmalariga ma’lumot taqdim etib borilsin (dastlabki ma’lumot - joriy yilning 27-mart kuniga qadar);
zaruriyatdan kelib chiqib, talabalar tomonidan yangi tashkil etilayotgan xizmat turlari uchun xona va inshootlami jihozlash hamda moddiy-texnika bazasini yangilash bo‘yicha xarajatlar belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablagdari hisobidan qoplansin.

  1. Iqtisodiyot boshqarmasi (M.Xamrayev)ga:

respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalar bandligini ta’miniash maqsadida maishiy va boshqa xizmat turlarini tashkil etilishini nazoratga olish;
respublika oliy ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh xona, inshootlar ro‘yxati va maydonini hamda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha talabalar bilan band bo‘lgan (talabalarga ajratilgan) xonalar soni va maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi (N.Rahmonov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (L.Mingishov) zimmasiga:

respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalar bandligini ta’minlash maqsadida kamida 10 tadan pullik kurslar tashkil etilishini nazoratga olish;
tashkil etilgan pullik kurslar bo‘yicha ma’lumotlarni doimiy umumlashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Ma’naviyat va ma’rifat markazi (L.Mingishov)ga oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalarga bepul shaklda ajratilgan bo‘sh xona va inshootlar, ularda tashkil etilgan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmat turlari bo‘yicha hisobotlarni umumlashtirish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilsin.




  1. Ushbu buyruq ijrosining nazorati vaziming birinchi o‘rinbosari K.Karimov zimmasiga yuklatilsin.


A. Toshkulov





Download 13.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling