O'zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 14.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/50
Sana15.03.2020
Hajmi14.48 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
90751

G.I.Shayxova

OVQATLANISH



O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

OLIY VA O  RTA  MAXSUS  TA’LIM VAZIRLIGI



OVQATLANISH 

GIGIYENASI

Professor  G . Shayxova  tahriri  ostida



Oliy  va  о ‘rta  maxsus ta  lim  vazirligi  tomonidan 

(Ta ’lim  sohasi  — «Sog‘liqni saqlash»  —  572000), 

(Tibbiy profilaktika  ishi»  —  5720300)  tibbiyot  institutlari 

talabalari  uchun  darslik sifatida  tavsiya  etilgan

«TAFAKKUR-BO‘STONI» 

TOSHKENT-2 0 1 2


UDK:  613.2(075)

51.23

Sh 18

T u z u v c h i l a r :

Shayxova G.I.,  Bahritdinov Sh.S.,  Salomova F.I.,  Alimova R.R., 

G ‘ulomova Sh.X.,  Ermatov N.J.,  Shovaliyev I.X.,  Cho'lponov I.R., 

Azizova  F.L.,  Kuriyazova  S.М.,  Toshmatova  G.,  Ibragimov T.I., 

Qurbanova X.A.,  Otajonov  I.O.

T a q r i z c h i l a r :

D.A.  ZAREDDINOV,

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor



B.A.  DUSCHANOV,

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor

Darslikda  ovqatlanish  gigiyenasining  asosiy  yo‘nalishlari  amalda  tadbiq  eti- 

lishining zamonaviy ilmiy qarashlari va tahlillariga to'liq mos keladigan, ta’lirrming 

asosiy maqsadi uchun yetarlicha va zaruriy nazaiiy ma’lumotlar mujassamlangan.

Darslikda  taqdim  etilgan  barcha  huquqiy,  m e’yoriy-uslubiy  va  statistik 

ma’lumotlar  0 ‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonunchiligiga,  tasdiqlan­

gan sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga, oziq-ovqat mahsulotlari kimyo­

viy tarkibiy jadvaliga, shuningdek, Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BJSST) 

va boshqa xalqaro tashkilotlaming asosiy tibbiy va gigiyena muammolari bo'yicha 

O'zbekiston Respublikasi bilan ilmiy-amaliy hamkorlikdagi izlanishlari natijalariga 

muvofiqdir.

(NAMANGAN  DAVLAT 

UNIVERSITET!



\

  Ahborot-resurs  roarkazl

ISBN 978-9943-05-522-3

©  «Тafakkur-Bo'stoni»,  2012. 

© «Cho'lpon» NM IU,  2012.



M U QADDIM A

Ovqatlanish gigiyenasi darsligi Davlat Oliy kasbiy ta ’lim standarti  kvali- 

fikatsion tavsifnomasiga asoslanib «Tibbiyot profilaktika ishi» mutaxassisligi 

bo ‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv dasturiga asosan tuzilgan.

Talabalarga  ovqatlanish  gigiyenasi  bo'y ich a  ta ’lim   berishning  asosiy 

maqsadi  ovqatlanish bilan  bog'liq bo'lgan  kasalliklaming  oldini  olish  ko‘- 

nikmalarini shakllantirish,  aholi ovqatlanishi va salomatlik holatining saba- 

biy-oqibatli bog'liqliklari  haqidagi  bilim lar  asosida  tibbiy-profilaktika  tad­

birlari  majmuasini  ishlab  chiqish  yo'li  bilan  aholining  to 'g 'ri  ovqatlanishi, 

ozuqa  boyliklari  va  oziq-ovqat  m ahsulotlari  xavfsizligini  nazorat  qilishni 

amalga  oshirishdir.

Ovqatlanish  gigiyenasini  to 'liq   o'rganib,  ishlab  chiqarish  am aliyotini 

o'tagan  talaba quyidagilarni bilishi lozim:

•  ovqatlanish  gigiyenasi  sohasidagi  davlat  sanitariya-epidem iologiya 

nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslari;

•  ovqatlanish  gigiyenasi  bo'yicha  shifokor  faoliyatining  kasbiy-deon- 

tologik qoidalari,  asosiy turlari,  huquq va majburiyatlari;

•  oziq-ovqat  obyektlari  qurilishi,  qayta  ta ’mirlanishi  va  foydalanilishi 

loyihalarini  sanitariya-epidemiologiya ekspertizasidan o'tkazish uslublari;

•  yangi oziq-ovqat mahsuloti turlari,  yangi ozuqa manbalari,  ovqat q o '­

shimchalari,  oziq-ovqatlar bilan aloqada bo'luvchi pestitsidlar va m aterial- 

lam i ekspertizadan va davlat qaydidan o'tkazish tartiblari;

•  um um iy  ovqatlanish,  savdo-sotiq,  oziq-ovqat  sanoati  korxonalariga 

bo'lgan  sanitariya-epidemiologiya  talablari  va  sanitariya  tekshiruvlarining 

maqsadi, vazifalari, uslublari;

•  sanitariya-epidemiologiya xulosalarining turlari;

•  aholining gigiyenik bilimlarini oshirish va oziq-ovqat obyektlari xodim- 

larini  gigiyenik o'qitish ishlari bo'yicha sanitariya-tashviqot ishlari  asoslari;

•  ozuqa xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy kimyoviy va 

mikrobiologik  ifloslantiruvchilari;

•  ovqat  qo'shim chalarini  qo'llashning  sanitariya  qoidalari  va  klassifi- 

katsiyasi  (sinflashtirilishi);

•  ovqatdan  zaharlanishlam ing  turlari,  epidemiologiyasi,  etiologiyasi, 

patogenezi,  klinikasi,  laboratoriya tashxisi va profilaktikasi;

•  b a’zi  ovqat  mahsulotlarining  ovqat  zaharlanishlari  yuzaga  kelishida 

tutgan o'm i;

•  ovqatdan  zaharlanishlam ing  qo'llanm aviy materiallari,  tekshimvning 

cheklovchi  (reglament)  tartibi va hisobga olish;



•  ovqatlanish fiziologiyasi va biokimyosining  gigiyenik  asoslari;

•  aholining  turli  yosh  va  kasbiy  guruhlardagi  ratsional  ovqatlanishini 

tashkillashtirish asoslari va qoidalari;

•  aholining turli  guruhlari  uchun  ozuqa m oddalariga boMgan  fiziologik 

ehtiyojlaming  m e’yorlari;

•  aholining  haqiqiy  ovqatlanishini  o'rganish  usullari;

•  ozuqa huquqiy holatidagi  alim entar disbalans va laborator m arkerlam - 

ing  antropom etrik va  klinik  belgilari;

•  rivojlangan  m am lakatlar  aholisining  ovqatlanishi  uchun  xos  b o ‘lgan 

asosiy  alim entar  disbalanslar,  ular  rivojlanishining  sabablari  va  oqibatlari, 

alim entar-bog‘hq kasalliklar profilaktikasining  ilrniy nuqtai  nazarlari;

•  0 ‘zbekiston  Respublikasi  aholisining  sog'lom   ovqatlanishi  bo‘yicha 

davlat siyosatining asosiy yo‘nahshlari  va vazifalari;

•  m ehnat sharoiti o ‘ta zararli bo'lgan korxonalardagi parhez-profflaktika 

ovqatlanishining gigiyenik asoslari,  parhez-profllaktika ovqatlanish turlari;

■ 

radioaktiv  ta ’sir  sharoitida  aholi  ovqatlanishini  tashkillashtirishning 



gigiyenik jihatlari,  alim entar moslashish  asoslari;

•  um um iy  ovqatlanish  tizimidagi  aholining  ish,  o ‘qish,  dam   olish  va 

turar-joylarda  parhez  ovqatlanishini  tashkillashtirishga  nisbatan  gigiyena 

qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari;

•  davolash-profilaktika  muassasalari  va  sanatoriylardagi  ovqatlanishni 

nazorat  qilishni  tashkil  etish  va o'tkazish uslubining  asosiy qoidalari;

•  parhez  ovqatlanishda  qo‘llaniladigan  asosiy  parhezlam ing  tavsifno- 

malari.


Darslikda  ovqatlanish gigiyenasining  asosiy yo'nalishlari  am alda  tadbiq 

etihshining zamonaviy ilmiy qarashlari va tahlillariga to ‘liq mos  keladigan, 

ta ’lim ning  asosiy  m aqsadi  uchun  yetarli  va  zaruriy  nazariy  m a’lum otlar 

mujassamlangan.

Darslikda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotining sifati 

va xavfsizligi to ‘g‘risida»gi  Q onuni bo'yicha m a ’lum otlar berilgan.

0 ‘quv darsligida BJSST tom onidan ishlab chiqilgan sog‘lom ovqatlanish 

va uning  piramidasi va «Xavfsiz ovqatlanishning besh  eng m uhim  tamoyili» 

ifoda etilgan.

Darslikda  taqdim   etilgan  barcha  huquqiy,  m e’yoriy-uslubiy va  statistik 

m a’lum otlar 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi  qonunchiligiga, tasdiq­

langan sanitariya qoidalari va gigiyena m e’yorlariga,  oziq-ovqat mahsulotlari 

kimyoviy tarkibiy jadvaliga,  shuningdek,  B utunjah on  sog‘hqni saqlash tash- 

kiloti  (BJSST)  va boshqa xalqaro  tashkilotlarning  asosiy tibbiy va gigiyena 

muam molari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan ilmiy-amahy ham kor- 

likdagi izlamshlarining  m a’lum otlariga  muvofiqdir.

M ualliflar ushbu  darslik  b o ‘yicha bildiriladigan  barcha  fikr va  m uloha- 

zalam i  m am nuniyat  bilan  qabul  qiladilar.



KIRISH

Ovqatlanish gigiyenasi  — sog'lom  va bem or odam lam ing  ratsional  (op­

timal)  ovqatlanishini tashkil etish qonuniyatlari va qoidalari haqidagi fandir. 

Uning  asosida  turii  aholi  gum hlarining  ovqatlanishini  optimallashtirish  va 

oziq-ovqat  m anbalari,  xomashyolari  va  m ahsulotlari  ishlab  chiqarilishi  va 

tayyorlanishining barcha bosqichlaridagi sanitariya m uhofazasi bo'yicha il­

miy  asoslar  va  amaliy tadbirlar ishlab  chiqiladi.

Ovqatlanish gigiycnasining asosiy jihatlari fiziologik jarayonlar,  hazm  qi- 

lishning biokimyoviy mexanizmlari, ovqat hazmlanishi va nutriyentlar ham ­

da oziq-ovqat mahsulotlaridagi boshqa tarkibiy qismlaming hujayraviy m eta- 

bolizatsiyasi,  shuningdek,  nutriogenomika, ya’ni genlar ekspressiyalanishin- 

ing  ahm entar regulatsiyasi  asoslarini  o'rganish bilan bog'hqdir.

Ilmiy-amaUy jihatdan ovqatlanish gigiyenasi ozuqa moddalari va quwatga 

bo'lgan fiziologik ehtiyojlar m e’yorlarini belgilaydi.  Oziq-ovqat mahsulotlari 

sifatiga bo'lgan talablami, ulaming yoshga oid, ijtimoiy, jo'g'rofiy va ekologik 

omillar,  tartiblar va ovqatlanish sharoitlariga bog'liq ravishda iste’m ol etili­

shi  bo'yicha  tavsiyalami  ishlab  chiqadi,  shu  bilan  birga,  oziq-ovqat  m ah­

sulotlari va ular bilan aloqada bo'luvchi m ateriallaming sifati va xavfsizligini 

sanitariya-epidemiologiya (gigiyena)  ekspertizasi va oziq-ovqat obyektlarin- 

ing  qurilishi va  foydalanilishi  paytidagi  mos  kelishini  nazorat  qiladi.

Ovqatlanish gigiyenasi fiziologiya, biokimyo, toksikologiya, mikrobiologiya, 

epidemiologiya,  ichki  kasalliklar,  shuningdek,  ovqatlanish  holatining  baho- 

lanishi,  oziq-ovqat  huquqiy ko'rsatkichlari va  alim entar  moslashish,  oziq- 

ovqatlam ing  ozuqaviy va biologik qiym atini  qam rab  oluvchi yondoshuvlar 

va uslubiyatlari sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalaridan foydalangan holda 

fan sifatida rivojlanadi.

Ovqatlanish gigiyenasi  quyidagi  ilmiy-amaliy  yo'nalishlari bilan  cham - 

barchas bog'liq:

•  O'zbekiston aholisi sog'lom  ovqatlanishi bo'yicha davlat siyosati asos­

larini  ishlab  chiqish;

•  ovqatlanishning fiziologik-biokimyoviy asoslari bo'yicha fundam ental 

izlanishlar;

•  O 'zbekiston  aholisi  ovqatlanish holatining  doimiy  monitoringi;

•  alim entar-bog'liq  kasalliklar profilaktikasini tashkillashtirish;

•  oziq-ovqat m ahsulotlari xavfsizligi m uam m olari bo'yicha tadqiqotlar;

•  n o a n ’anaviy  va  yangi  ozuqa  m anbalarini  baholashga  ilmiy-uslubiy 

yondoshuvlam i  ishlab  chiqish;


•  bolalar,  parhez  va profflaktik  ovqatlanishning  ilmiy  asoslari va  am a- 

liyotini  ishlab  chiqish  va  takomillashtirish;

•  zamonaviy  ekologik  sharoitlarda  alim entar  moslashuv  tizim larining 

ilmiy  asoslanishi  va  amaliy  tadbiq  etilishi;

•  kasbiy t a ’lim  va  o ‘qitish tizim ida,  shuningdek,  aholi  o'rtasida  ta ’lim 

va tashviqot dasturlarini keng tadbiq etish.

Sog'lom  ovqatlanish bo'yicha davlat siyosati deganda, turli aholi guruh- 

larining  o 'z   a n ’analari,  odatlari  va  iqtisodiy  sharoitlarining  gigiyena  fani 

talablariga mosligidan kelib chiqqan holda ratsional,  sog'lom  ovqatlanishga 

bo'lgan  ehtiyojlari  qondirilishini ta ’minlovchi  sharoitlarni  yaratishga  qara­

tilgan tadbirlar m ajmuasi tushuniladi.

Ovqatlanish  aholi  salomatligim  belgilovchi  m uhim   om illardan  biridir. 

T o'g'ri ovqatlanish bolalarning m e’yorda o'sishi va rivojlanishini ta ’minlab, 

kasalliklar profilaktikasiga,  odamlarning umri uzayishiga,  ish qobihyati oshi­

shiga  ko'm aklashadi  va  ulam ing  atrof-m uhitga  moslashishi  uchun  sharoit 

yaratadi.

M amlakatning rivojlanishi va xavfsizligi uchun millat salomatligi va o'sib 

kelayotgan yosh avlodning ratsional ovqatlanishi qanchalik ahamiyatga egali- 

gi,  shuningdek,  aholini oziq-ovqat m ahsulotlari bilan ta ’m inlash darajasini 

oshirish chora-tadbirlarini ko'rish zarurUgidan kelib  chiqqan holda sog'lom  

ovqatlanish bo'yicha davlat siyosatining qonun-qoidalari,  m aqsadlari,  vaz- 

ifalari  va  amalga  oshirish bosqichlari  belgilab  berilgan.

Aholining sog'lom  ovqatlanishi bo'yicha davlat  siyosati  quyidagi qoida- 

lardan iborat:

•  inson  salomatligi birinchi  o 'rin d a turadi;

•  oziq-ovqat mahsulotlari sog'lom odamning salomatligiga ziyon yetkaz- 

masligi zam r;

•  ovqatlanish nafaqat inson organizmining ozuqa moddalari va quw atga 

bo'lgan fiziologik ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki profilaktika va 

davolash vazifalarini ham  bajarishi lozim;

•  bolalarning  ratsional  ovqatlanishi  va  ulam ing  salom atlik  holati  dav- 

latning alohida diqqat-e’tiborida turm og'i lozim;

•  ovqatlanish inson oiganizmini atrof-m uhitning noqulay sharoitlaridan 

himoyalashga  ko'm aklashishi  lozim.

Sog'lom  ovqatlanish bo'yicha davlat siyosatining maqsadi aholi salom at­

ligini saqlash va mustahkamlash,  bolalar va kattalam ing n oto ‘g‘ri ovqatlani­

shi bilan bog'liq kasalliklarni profilaktika  qihshdan  iboratdir.

Sog'lom   ovqatlanish  bo'yicha  davlat  siyosatining  asosiy  maqsadi  quy- 

idagilami ta ’m inlovchi iqtisodiy,  huquqiy va m oddiy bazalam i yaratishdan 

iborat:


•  kerakli  miqdordagi  ozuqa  xomashyosi  va  oziq-ovqat  m ahsulotlarini 

ishlab  chiqarish;



•  oziq-ovqat mahsulotlari aholining barcha qatlamlari uchun ham m abop 

bo'lishi;

•  oziq-ovqat m ahsulotlari yuqori sifatli va xavfsiz bo'lishi;

•  aholi orasida ratsional,  sog‘lom ovqatlanish qoidalarini tashviqot qilish;

•  aholi  ovqatlanishi  holatini  m untazam   nazorat  qiUsh.

Aholi  sog‘lom   ovqatlanishi  bo'yicha  davlat  siyosatining  asosiy  y o 'n a- 

lishlari belgilangan.

M e’yoriy  baza  shakllanishida  ishlab  chiqarish,  saqlash,  tashish,  sotish, 

ishlatishni,  mahalliy  korxonalarning  ishlab  chiqarish  hajm ini  oshirish  va 

oziq-ovqatlar sifatini  doimiy  yaxshilashni  oshiruvchi  ozuqa xomashyosi  va 

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini takomillashtirilish nazarda 

tutiladi.

Ozuqa xomashyosi ishlab chiqarish sohasida quyidagi tadbirlam i amalga 

oshirish  zarur:

•  qishloq xo'jalik  o ‘simliklari  hosildorligini  va  hayvonlam ing  m ahsul- 

dorhgini  ta ’minlovchi  samaradorligi  yuqori  bo'lgan  va  ekologik  m uvoza- 

natlashtirilgan agrotizim lam i yaratish,  dehqonchilikning integral tizimlarini 

rivojlantirish;

•  o 'simliklar  va  hayvonlam ing  transgen  shakllari  sohasida  tadqiqotlar 

o'tkazish va ular asosida m uhitning ekstremal sharoitlariga chidam h bo'lgan, 

inson ehtiyoji uchun  m uqim  sifatli xomashyo yetkazib bera oladigan yangi 

navlar va duragaylami,  zotlar va tiziralam i yaratish.

Oziq-ovqat  m ahsulotlarini  ishlab  chiqarish  sohasida  qishloq  xo'jaligi 

xomashyosini  qayta  ishlashning  biotexnologik jarayonlarini  takom illashti- 

rish nazarda tutiladi,  shu jum ladan:

■ 

ferm entli  dorilar  va  biologik  faol  m oddalardan  foydalangan  holda 



um um iy va  maxsus  m aqsadlar uchun  m o'ljallangan  oziq-ovqat  m ahsulot­

larining  yangi  turlarini  yaratish;

•  oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatning yonlama xomashyosidan hay- 

vonlar uchun to'laqonli oziq-ovqat mahsulotlari va yuqori sifatli yem lar ish­

lab  chiqarish.

Ishlab  chiqarish  texnologiyalarini  yaratishda  sifat jihatidan yangi  oziq- 

ovqat  m ahsulotlarining kimyoviy tarkibi  inson ehtiyojlariga mos tushishiga 

e’tibor qaratilgan.  Sifat jihatidan yangi oziq-ovqat m ahsulotlari texnologiy­

alarini  yaratish bo'yicha vazifalar qo'yilgan,  shu jum ladan:

•  turli yosh guruhiga mansub  aholining ommaviy iste’m oli uchun oziq- 

ovqat mahsulotlari;

•  turli kasalliklaming oldini olishga va organizmning himoyalovchi funk- 

siyalarini mustahkamlashga,  zararli m oddalar ta ’sir etishi xavfini pasaytirish, 

shu jum ladan,  ifloslanishning h ar xil turlari bo'yicha ekologiyasi nobop hu- 

dudlarda yashovchi ahoh uchun davolash-parhez maqsadidagi oziq-ovqatlar;

•  ekstremal sharoitlardagi aholi guruhlari va harbiylar ovqatlanishi uchun 

mahsulotlar.


Vitaminlar,  m ineral m oddalar,  m ikroelem entlar va boshqa ozuqa m od- 

dalarini  aholining  to'liq  ta ’m inlanishi  uchun  yetarli,  shu  bilan  birga  qis- 

m an ular bilan ommaviy iste’m ol qilinuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini boyi­

tish yo‘li bilan  mahalliy  ishlab  chiqarishni  yaratish  ozuqaviy  qiymati  oshi- 

rilgan  oziq-ovqatlar  ishlab  chiqarilishini  ta ’m inlashning  m uhim   omilidir. 

A n’anaviy  oziq-ovqatlar va  m akronutriyentlar tanqishgini  oddiy  m anbalar 

hisobidan qoplash potensial imkoniyatlarning pasayishini hisobga olgan holda 

oziq-ovqat  m ahsulotlarini  boyitish  va  yangi  resepturalam i  yaratish  uchun 

m o ‘ljallangan ovqat oqsili va oqsilli dorilam ing ko‘p tonnalik ishlab chiqari- 

lishi talab  etiladi.

Barcha ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatlarni asrash uchun xomashyo va 

tayyor mahsulotning dala yoki ferm adan to iste’molchigacha yetib keladigan 

yo‘lidagi harakatlanishi m obaynida saqlanishi,  sifati o ‘zgarmasligi ta ’m inla­

nishi va foydali m ahsulot yo‘qotilishining oldini oluvchi saqlash tizimlarini 

takomillashtirish  kerak.

A lim entar-bog‘liq  holatlar  va  kasalliklarni  profilaktika  qihsh  bo'yicha 

quyidagilarni  ta ’m inlovchi  dasturlar  m ajm ualarini  ishlab  chiqarish va tad- 

biq etish talab  qilinadi:

•  vitaminlar,  m akro va m ikroelem entlar (tem ir,  kalsiy,  yod,  ftor,  selen 

va boshqalar) tanqisligini, birinchi navbatda,  ekologiyasi nobop hududlarda 

tugatish;

•  keng tarqalgan yuqumsiz kasalliklar (yurak-tomir,  saraton,  gipertoniya 

kasalliklari,  m odda  almashinuvi buzilishi va boshqalar)ning  profilaktikasi;

•  ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda ovqatlanish gigi­

yenasi  haqidagi  soha mutaxassislarining  chiqishlarini ta ’minlash,  shu ju m ­

ladan,  aholining sog'lom  ovqatlanish haqidagi m a’lum ot darajasini oshirish;

•  boyitilgan va funksional oziq-ovqatlar va biologik faol ovqat qo'shim ­

chalari  ishlab  chiqarilishini  kengaytirish.

Oziq-ovqat va ozuqa xomashyosi xavfsizligini ta ’m inlash sohasida quyi­

dagilar zaruriydir:

•  bakteriyaviy,  kimyoviy  va  fizikaviy  ifloslanish  xavfini  istisno  etuvchi 

zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalam i qo'llash hisobiga ishlab chi­

qarilayotgan  oziq-ovqatlam ing  ozuqaviy  qiym ati  va  sifatini  iloji  boricha 

ko'proq saqlab  qolish;

•  ozuqa xomashyolari va oziq-ovqatlaming sifati va xavfsizligini nazorat 

qiluvchi  m e’yoriy-uslubiy  davlat bazasini  takomillashtirish;

•  ozuqa xomashyolari va oziq-ovqatlaming sifati va xavfsizligini  nazorat 

qilishning  zamonaviy uskunaviy va tahliliy bazasini  yaratish;

•  ozuqa xomashyosi,  oziq-ovqat  m ahsulotlari,  qo'shim chalar va ishlab 

chiqarishni  standartlashtirish va sertifikatlashtirish  davlat tizim ini takom il­

lashtirish.


Aholi orasida sog'lom ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo'yicha 

quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi:

•  tibbiyot,  ta ’lim, jam oatchilik ovqatlanishi,  oziq-ovqatlam i ishlab chi­

qarish va qayta ishlov berish sanoatida ishlovchi xodim lam i o'qitish dastur- 

larini ishlab  chiqarish va  aholi  uchun  ta ’lim  dasturlari bo'yicha;

• 

m a’lum ot  yig'ish,  saqlash  va  almashuv  bo'yicha  zamonaviy  kom p- 



yuter tizimlarini,  shu jum ladan,  dunyoviy axborot tarm oqlarini tadbiq etish;

•  axborot-noshirlik  dasturlarini  yaratish.

Bolalar ovqatlanishini ratsionallashtirish uchun ona suti bilan ovqatlan- 

tirishni  qo'llab-quw atlash,  eng  kichik  yoshdagi  bolalar  va  kasal  bolalam i 

maxsus mahsulotlar bilan ta ’minlash, ta ’lim muassasalarida bolalaming gigi­

yena  talablariga  m os  ravishda  m untazam   issiq  ovqat  iste’m ol  qilishlarini 

tashkil  etish  lozim.

Sog'lom   ovqatlanishning tibbiy jihatlarini  rivojlantirishda  quyidagi tad- 

birlam i  amalga  oshirish  zarur:

•  O'zbekiston Respublikasi hududlarida yashovchi turh ahoh guruhlarin­

ing ovqatlanishi,  ozuqa statusi,  alim entar-bog'liq kasallanishlari tarqalgan- 

ligi  va  salomatlik holatini  m untazam   kuzatishni  amalga  oshirish;

•  aholining turh yosh guruhlaridagi ozuqa moddalari va quw atga bo'lgan 

ehtiyojini  aniqlash,  ular  asosida  ovqatlanish  b o ‘yicha  tavsiyalam i  ishlab 

chiqarish;

•  tibbiy va  oziq-ovqat yo'nalishidagi  o ‘quv  muassasalarida  ovqatlanish 

fanining  turli  sohalari  bo'yicha  kadrlar tayyorlash.

Ahohning nochor qatlamlarida oziq-ovqat mahsulotlari ham m abop b o ‘- 

lishini ta ’m inlashda yordamga m uhtojlar uchun manzilli yordam berish tizi- 

m ini  yaratish va  uning turh  ko'rinishlarini  ishlab  chiqish m uhim dir.  Qish­

loq xo'jaligi  xomashyosi  va tayyor  m ahsulotning  sifatini  O 'zbekiston  Res- 

publikasining  davsanepidnazorat  va  davsantashnazoratni  amalga  oshirish 

uchun vakolatli bo'lgan muassasalar o'tkazadigan nazoratlar  ahoh sog'lom  

ovqatlanishini ta ’m inlash  davlat tom onidan tadbiq etilayotgan m exanizm - 

ning  asosiy  tarkibiy  qismidir.

O 'zbekiston Respublikasining  sog'lom  ovqatlanish bo'yicha davlat siyo- 

sati tadbiq etilishidagi bunchalik keng ko'lamdagi vazifalaming amalga oshi- 

rilishi ovqatlanish gigiyenasi tizimi uchun kadrlam i tayyorlash va qayta tay­

yorlashga asoslanadi.


OVQATLANISH GIGIYENASI  RIVOJLANISHINING 

A SO SIY  BOSQICHLARI

Ovqatlanish haqidagi fanning tarixi uzoq o ‘tmishga borib taqaladi.  Buqrot, 

G alen, Aristotel, Abu Ali ibn  Sino va boshqa olimlarning asarlarida ovqat­

lanish  haqidagi  m a’lum otlar  m ing  yillik  tarixni  qam rab  oladi.



Buqrot o ‘zining «Parhez haqida» deb atalgan asarida ovqatlanish haqida 

quyidagilami yozadi:

Inson tom onidan iste’m ol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va ichim ­

liklar  tarkibi  xilma-xil.

U  yoki  bu  oziq-ovqat  m ahsulotlari  tarkibini  kuchaytirish  yoki  susayti- 

rish  m um kin.

Iste’m ol  qilinadigan  ovqat  yoki  ichim lik  inson  organizmiga,  uning jis­

m oniy holatiga ta ’sir ko'rsatadi.

Buqrotning fikricha, qabul qilingan ovqatning miqdori odamning yoshiga, 

vazniga,  ob-havoga,  yashash joyiga,  yil fasliga bog'liq.



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 50%20Тиббий%20фанлар
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
50%20Тиббий%20фанлар -> M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish
50%20Тиббий%20фанлар -> R. mad azizova rivojlanishidagi nuqsonlarning
50%20Тиббий%20фанлар -> Li boris n ik o la y ev ic h
50%20Тиббий%20фанлар -> M. N. Israilova lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari
50%20Тиббий%20фанлар -> Kariycv М. Harbiy-dala jarrohligi
50%20Тиббий%20фанлар -> M j r b o y e V f. K
50%20Тиббий%20фанлар -> Tibbiy biologiya va genetika. Nishonboyev K.N.pdf [Juft chatishtirish]
50%20Тиббий%20фанлар -> A. toshmatov, sh sh. Magzumova

Download 14.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling