O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buxoro dаvlаt univеrsitеti


Download 179 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi179 Kb.
#158187
Bog'liq
Texnologiya va dizayn ishchi dastur 3-kurs MS 2020 yangisi


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI

ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

BUXORO DАVLАT UNIVЕRSITЕTI




Tasdiqlayman

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

______________ M.I. Daminov

“___” ______________ 2020-y.





TEXNOLOGIYA VA DIZAYN

fаnidan


ISHCHI O’QUV DАSTURI

(3-kurs maxsus sirtqi)

Bilim sohasi: 100000-Gumanitar

Ta’lim sohasi: 110000-Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi: 5112100-Mehnat ta’limi


Umumiy o’quv soati – 238 soat


Shu jumladan:

Ma’ruza – 16 soat (4-semestr)

Amaliy mashg’ulot – 16 soat (4-semestr)

Mustaqil ta’lim – 206 soat (4-semestr)




Buxoro – 2020 y.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 - yil 4 – okabrdagi 892 - sonli buyrug’ining 2 - ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan.

Fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning 2019 – yil 17 – avgustdagi 4 – son bayonnomasi bilan ma’qullangan.

Fanning ishchi dasturi Buxoro davlat universiteti o’quv metodik Kengashining 2020 – yil ”___” _____________ “___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.



Tuzuvchi:

A.R.Jo’rayev

– BuxDU “Mehnat ta’limi” kafedrasi kafedrasi mudiri v.v.b,

pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).





Taqrizchilar:


H.O.Jo’rayev

– BuxDU “Mehnat ta’limi” kafedrasi dotsenti, pedgogika

fanlari doktori.



X.Nuriddinov

– TIMI Buxoro filiali dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

BuxDU Maxsus sirtqi

bo’lim boshlig’i:

2020 – yil “___”____________ ________________ T.R.Sobirov

“Mehnat ta’limi”

kafedrasi mudiri v.v.b.:


  1. – yil “___”____________ ________________ A.R.Jo’raev

Fanning ishchi dasturi Buxoro davlat universiteti “Mehnat ta’limi” kafedrasida muhokama qilingan va tavsiya etilgan. (Kafedraning 2020-yil “___”_____________dagi “___”-sonli majlis bayonnomasi).



1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

“Texnologiya va dizayn” fani boyicha tuzilgan ushbu fan dasturi 5112100 – Mehnat ta’limi boyicha bakalavrlar tayyorlaydigan yo‘nalishda talabalarga yog‘ochlarning, metallarning xususiyatlari to’g‘risida boshlang‘ich bilimlar, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari, elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari, elektr asboblari, elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullari va xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari, dizayn talablari darajasidagi ro’zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni, o’lchash va taqqoslash texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatadi.


2. O’quv fanining maqsadi va vazifasi

Ushbu fanning maqsadi – bo‘lajak “Texnologiya” ta’limi o‘qituvchilarini o‘z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga yog‘och va metallning xususiyatlari to’g‘risida boshlang‘ich bilimlarni, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanishni hamda mustaqil o‘zbekiston kelajagi bo‘lgan har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Ushbu fanning vazifasi – talabalarga yog‘och va metallarni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishini, ishlashini, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlarni, mashinalar elementlarini, texnologik xaritalarni tuzishni, dizayn talablari darajasidagi ro’zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, elektrbilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni, o’lchash va taqqoslash texnologiyalarini, mehnatni ilmiy tashkil etishni o‘rgatishdan iborat.

“Texnologiya va dizayn” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • yog‘ochlarning, metallarning texnologik xususiyatlari to’g‘risida boshlang‘ich bilimlarini egallashi, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalash tirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, polqoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari, yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xona va fanlar bo’yicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirsh sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash, elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish, elektr o’tkazish simlarining turlari, elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari, elektr asboblari, elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullari, ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar to’g‘risida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

  • xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; dizayn talablari darajasidagi ro’zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, xalq hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari, hunarmandchilik bo’yicha ko’rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari, hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko’ra baholash; kompozitsion yaxlitlik, xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunarturlar, xalq hunarmandchiligining tanlangan yo’nalishi bo’yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash texnologiyasini ish usullarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi kerak;


3. Asosiy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)

1-jadval



Ma’ruza mavzulari

Аjrаtilgаn sоаt

4-modul. Tayyorlangan buyum va mahsulotlarni bezash, pardozlash va dizayn berish texnologiyasi

1

Yog‘och, metall, plastik massalarni pardozlash, jilvirlash usullari va pardozlashda ishlatiladigan materiallar, turlari va tarkibiy qismlari.

Yog‘ochlarga kuydirib ishlov berish texnologiyasi.

Parda xosil qiluvchi moddalar va ular asosida olingan pardozlash materiallari.


2

2

Plyonka va list ko’rinishidagi pardozlash materialari. Pardozlash materiallarini qoplash usullari.

Lok-bo’yoq parda qatlamlarini quritish usullari va ish rejimlari.



2

3

Dizayn tushunchasi va zamonaviy dizayn turlari, o‘ziga xos xususiyatlari.

Tayyorlangan buyum va mahsulotlarni loyihalash va kostruksiyalash.

Tayyorlangan buyum va mahsulotlarga qo‘yiladigan ergonomik talablar.


2

5-modul. Buyum va mahsulotlarni tayyorlashda mehnat muxofazasi va texnika xavsizligi

4

Yog‘och, metall va plastmassa materiallariga ishlov berishda texnika xavsizligi.

2

5

Pardozlashda atrof-muxitni muxofaza qilish.

Ekologik va ijtimoiy muloxazalar



2

6-Modul: Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari va ulardan foydalanish texnologiyasi. Tadbirkorlik faoliyati hamda marketing

6

Zamonaviy ishlab chiqarish obektlari va sohalari.

Zamonaviy ishlab chiqarishda seryalab ishlab chiqarishning o‘rni va amalga oshirish texnologiyalari.



2

7

Zamonaviy asboblar, dastgohlar va qurilmalarni tuzilishi ishlashi va ulardan foydalanish texnololgiyasi.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi.



2

8

Tayyor buyum va mahsulotlarni sotish, reklma qilish va marketing.

2




Jami:__16_soat___2-jadval'>Jami:

16 soat


2-jadval



Amaliymashg’ulot mavzulari

Аjrаtilgаn sоаt

1

Yog’ochdan tayyorlanadigan buyumlar va mahsulotlarga xomashyo tanlash va tayyorlashda yog’och materiallarning xossalari va ishlatilishi.

2

2

Yog‘och buyumlarni pardozlash usulari. Himoya dekorativ parda qatlam turlari. Parda qatlamning himoya qilish xususiytlari.

2

3

Yog’och va parda qatlamlarining dekorativligi. Lok-bo‘yoq Materiallarning turlari, ularni ishlatilishi va ahamiyati.




4

Boyovchi moddalar. To’ldirgichlar. Erituvchlar va suyultiruvchlar. Plasifikattorlar. Parda qatlamini qotiruvchi tizimlar.




5

Sanoat dizayni. Dastgoh, transport vositasi, maishiy uyro‘zg‘or buyumlari, idishlar, mebellar va boshqalarni konstruksiyalash.




6

Zamonaviy ishlab chiqarishda dona va seryalab ishlab chiqarishning o‘rni va amalga oshirish texnologiyalari.

2

7

Zamonaviy yog‘och, metal va plastmassa kesuvchi asboblar, ishlov beruvchi dastgohlar, yordamchi va asosiy qurilmalar, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, ishlov berish turilari, vazifasiga ko‘ra tasnifi.

2

8

Sanoat dastgohlari, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asbob va qurilmalar, ularning tuzilishi. Zamonaviy asboblar, dastgohlar va qurilmalardan foydalanish tartibi.

2




Jami:

16 soat

4. Mustaqil ta’lim va musaqil ishlar mazmuni

Mustaqil о‘zlashtiriladigan mavzular bо‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini xisobga olgan xolda quyidagi shaklardan foydalanish tavsiya etiladi:

darslik va o‘quv qo’lanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o'rganish;

tarqatma materiallar boyicha ma'ruzalar qismlarini o'zlashtirish;

avtomatlashtirilgan o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

yangi texnikalarni, qurilmalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o'rganish;



 o'quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan fanlar bo'limlari va mavzularini chuqur o'rganish.

3-jadval



Mustaqil ta’lim mavzulari

1

Birikmali detallar tayyorlash, konussimon, shakldor va fason yuzalar hosil qilish hamda ishlov berish texnologiyasi.

2

Yog‘och qurilish materialining sifati, yog‘ochning bir jinslilik darajasi, qirrali yog‘och materiallar.

3

Yirik yelimlangan yog‘och konstruksiyalar, ferma konstruksiyali inshootlar.

4

Mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari. Yuzaning g‘adir-budirlik darajasi (bo‘yicha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi).

5

Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari.

6

Polimer kompozitsion materiallarga ishlav berish va ishlab chiqarish.

7

Keramik kompozitsion materiallar ishlab chiqarilishi va qo’llanilishi.

8

Keramik materiallarning turlari va ularga mexanik va harorat xossalarini bilgan xolda, yani qattiqligi, mustaxkamligi va yuqori haroratlarga chidamliligini inobatga olib ishlov berish jarayonlari.

9

Zamonaviy ishlab chiqarish obektlari va sohalari. Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar turlari va tuzilushi.

10

Rezana materillari va buyumlariga ishlov berish turlari, ularga ishlov berish jarayonlari, xossalariga ta’sir etuvchi omillar.

11

Yog‘och xomashyoning musahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mo‘rtligi va sifatiga qo‘yiladigan talablar.

12

Yog‘och xomashyodagi nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish

13

Yog‘ochni quritish to‘g‘risida asosiy malumotlar, yog‘ochni quritishning asosiy maqsadi, yog‘ochni ochiq joyda quritish.

14

Yog‘ochni sunniy quritish, sunniy quritish turlari, quritish kameralari va sushilkalarning xillari, ulardan foydalanish mexanizimlari.

15

Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, zargarlik buyumlari, maishiy uy ro‘zg‘or buyumlari va mahsulotlarni tayyorlashda xomashyo va buyumlarni rejalash, o‘lchash, texnologik xarita tuzish, eskizlar tayyorlash va texnologik konstruksiyalash.

16

Yog‘och materiallarini yo’nishda ishlatiladigan qo‘l asboblarni tuzilishi

va ishlatish texnologik jarayonlari.



17

Yog‘och materiallarini yo’nish stanoklari va elekti qurilmalarni tuzilishi va ularni ishga sozlash texnologiyasi. Yog‘och materiallarini yo’nishda mehnat havfsizligi qoidalari.

18

Birikmali detallar tayyorlash, konussimon, shakldor va fason yuzalar hosil qilish hamda ishlov berish texnologiyasi.

19

Yog‘ochdagi deformatsiyalar. Yog‘ochning namligi.

20

Metall kesish dastgohlari, moslamalar, kesuvchi va o‘lchovchi asboblar tanlash.

21

Detallarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni aniqlash va unga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish. Yeyilish, chirklar, detal materiali xossalarining o‘zgarishi.

22

Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar turlari va tuzilushi.

23

Plastmassadan detal va buyumlar tayyorlash texnologiyasi

24

Rezana materillari va buyumlariga ishlov berish turlari, ularga ishlov berish jarayonlari, xossalariga ta’sir etuvchi omillar.

25

Yog‘och, polimer asosli buyum va zagotovkalarni yig‘ish va biriktirishda yelimlarning xillari va asosiy xossalari, kazein va albuminelimlari.

26

Birikma turlar va briktirish usulari.

27

Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish texnologiyasi.

28

Birikmani bajarishda qo‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallar. Mix va burama mix, yog‘och mixlarni tanlash texnologiyasi.

29

Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik turlari va ularni bartaraf qilish texnologiyasi.

30

Plastmassa konstruksiyalarida yelimli, yelimmetalli, parchin mixli, vintli, payvandli va tikma birikmalardan foydalanish. Plastmassa konstruksiyalarini yelimlashda, yelimlanadigan materiallarni fizikmexanik xossalariga qarab termoreaktiv va termoplastik yelim turlari va xossalari.

31

Yig‘ish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

32

Podshipnikli yig‘ma birikmalar.

33

Tishli g‘ildirakli yig‘ma birikmalar.

34

Rezbali birikmalarni yig‘ish. Aylanuvchi detallarni muvozanatlash.

35

Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog’och materiallarning xossalari.

36

Yog‘ochni bo‘yash uchun ishlatiladigan lok-bo‘yoq materiallarga nisbatan qo‘iladigan talablar. Parda xosil qiluvch moddalarning molekulayar tuzilish va ularning parda qatlamiga ta’sr.

37

Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash materiallari.

38

Polimerli plyonkalar va ularning turlari. Smola shmdirilgan qog’oz asosli pardozlash materialari.

39

Lok-bo‘yoq materiallar va parda qatlamlarning klassifikasiyasi hamda belgilanishi. Suv bilan suyultiradigan lok-boyoq materialar.

40

Pilta va detallarni list hamda plyonka materiallar bilan qoplash. Yog‘och pilitali materiallarni laminirlash usuli bilan pardozlash.

41

Suyuq lok-boyoq materiallarni pinimatik purkash uslida qoplash. Loklarni qizdirib purkash va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

42

Lok-boyoq materiallarini mexanik usulda purkash. Lok-boyoqlarni yoqori kuchlanishli elektrmaydonida purkash. Elektor maydonida purkashda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

43

Parda qatlam sirtini ko’rkamlashtirish, tekislash usullari. Parda qatlam sirtini jilvirlash yo’li bilan tekislash. Parda qatlam sirtini jilov lash orqaliy siliqlash.

44

“Dizayn” tushunchasi. Dizayn obektlari. Dizayn metodlari.

45

Dizaynda uslub (stil). Uslub, interer, buyum va mahsulotlarni loyihalash va kostruksiyalash. Dizayn yo‘llari va bezash.

46

Texnologiyalarni yanada takomillashtirish, estetik jihatdan o‘zgarishlar, mustaqil ravishda shakllar yaratish. Badiiy loyihalash. Buyum va mahsulotlarga kompozitsiya berish.

47

Texnikaviy ergonomik loyihalash asoslari.

48

Turmush ehtiyojlariga mo'ljallangan buyumlar hamda insonning fizik, ruhiy, fiziologik imkoniyatlarini kompleks hisobga olish. Ergonomika insonning mehnatdagi funksional imkoni yatlari, mehnat qulayligini yaratish qonuniyati.

49

Ishlab chiqarish muhiti. Sanitar-gigivenik talablar.

50

Muxofaza qilishning umumiy masalari. Lok-bo‘yoq materialialarni surkashda va ximoya dekorativ parda qatlamlarining quritishda atrofmuxitni ifloslashtruvchi manbalar. Atrof-muxitni muxofaza qilishning iqtisodiy samaradorligi.

51

Rolimerlar va plastmassali trubalar, qishloq xo‘jaligi uchun plyonkalar, elektrotexnika va radiotexnika uchun maxsus plastmassadan tayyorlangan buyumlar, sintetik tolalardan olinayotgan gazlama va shoyilar va boshqalar.

52

Dizayn talablariga asosan, yog’och materialidan bolalar stol-stuli maketini tayyorlash texnologiyasi.

53

Yog’och o’ymakorligi asosida buyum tayyorlash texnologiyasi.

54

Xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari.

55

Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari.

56

Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari va ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari



5. Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash me’zoni

Talabalarning “Mexanizastiyalashtirish, avtomatlashtirish va robotexnika asoslari” fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini baholashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:


4-jadval

Joriy baholash

Baho

Talabaning bilim darajasi va ko’nikmasi, malakasiga qo’yiladigan talablar

86%–100 %



(5) A'lo

talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda

71% – 85%



(4) Yaxshi

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda

55%– 70%



(3) Qoniqarli

talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda

0% – 54%


(2) Qoniqarsiz

talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda

Maksimal ball – 100 b. Saralash bali – 55 b.

JN (joriy nazorat) – maks. 40 b.

ON (oraliq nazorat) – maks. 30 b.

YaN (yakuniy nazorat) – maks. 30 b.

5-jadval



Nazorat turi


Nazorat shakllari

Har bir nazorat uchun maks. Ball

Nazorat soni

Nazorat shakli bo’yicha belgilangan maks. ball

Joriy nazorat

(JN)


1. Amaliy mashg’ulot.

20x1=20

1

20

2. Mustaqil ta’lim.

20x1=20

1

20

ON

1. Yozma ish

30x1=30

1

30

YaN

1. Yozma ish

30x1=30

1

30

Jami nazorat

5

100


6. Asosiy qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

Asosiy adabiyotlar

  1. N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, M.Qodirov. “Texnikijodkorlik vadizayn”. O’quv qo’llanma. T.: “TDPU”, 2010 y.

  2. A.S.Iskandarov “Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar”. O’quv qo’llanma. T.: «Fan va texnologiya» 2004 y.-400 b.

  3. A.O’mirov, A.Qayumov. “Mashinasozlik texnologiyasi”. T.: O’zbekiston. 2003 y.

  4. M.A.Babajonov “Texnologik jarayonlarni loyixalash”. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009 y.

  5. T.Abdurashidov. “Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi” T.: «Musiqa» 2010 y.

  6. G.Rahmonberdiyev, M.T.Primqulov, Yu.T.Toshpo’latov “Yog’och texnologiyasining asoslari”. T.: “O’qituvchi nashriyoti”. 2009 y.

  7. Базров Б.М. Основы тенологии маниностроения. М.: Маниностроение. 2005 г. 736 с.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisdagi O’zbekiston Respublikasi prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz «O‘zbekiston» 2017 y.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz «O‘zbekiston» 2016 y.

  4. “2017–2021–yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi” T.: 2017 y

  5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. T.: «O‘zbekiston» 2016 y. 48 b.

  6. K.B.Usmonov. “Metall kesish asboblari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y.

  7. Z.Sotvoldiev “Dizayn asoslari” 2015 y.

  8. D.D.Zuparova, N.N.Karimova ”Dizayn tarixi” 2015 y.

  9. D.A.Nozilov “O’rta Osiyo dizayn tarixi” 1998 y.

  10. V.A.Mirboboev Konstruktsion materiallar texnologiyasi.-T.: 2004 y.150 b.

  11. N.I.Makienko “Slesorlikdan amaliy ishlar”. Toshkent.: «O’qituvchi» 1992 y. 240 b.

  12. J.Ramizov “O’quv ustaxonalarida amaliy mashg’ulotlar”. Toshkent.: «O’qituvchi» 1990 y. 170 b.

  13. S.Mahkamov “O’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar”. Toshkent.: «O’qituvchi» 1982 y. 198 b.

  14. Жўраев А.Р. “Технология ва дизайн” маъруза матнлари // Ўқув-услубий қўлланма. Бухоро. “Бухоро нашриёти” 2019. – Б. 192.

  15. Жўраев А.Р., Расулова З.Д., Бахранова У.И. “Технология ва дизайн” фани дастурлаштирилган электрон ўқув-методик мажмуа дастури // Ўзбекистон Республикаси интелектуал мулк агентлиги гувоҳномаси. –Тошкент. 2019. – № DGU 73068.

  16. R.Shermuxammedov, S.S.Yaxyaev, A.E.Parmonov. “Chilangarlikdan amaliy ishlar”.-T.: «Iqtisod-Moliya» 2007 y.-60 b.

  17. G’.M.Abduqodirov “Kasb ta’limi praktikumi” o’quv qo’llanma. Toshkent. «Sharq». 2012 y. -132 b.

  18. S.A.Yuldashbekov, B.K.Muhamedjanov. “Mexanizm va mashinalar nazariyasi”. T.: «Voris-nashriyot» 2006 y.

  19. William F.Smith, Javad Hashemi Foundations of materials science and Engineering, 2013 y.

  20. N.X.G’ulomova “Chizmachilik” (Mashinasozlik chizmachilik) T.: «Fan va texnologiya» 2017 y.

Internet saytlari

  1. www. steam.ru

  2. www. pedagog.uz

  3. www. ziyonet.uz

  4. www. edu.uz

  5. www. buxdu.uz

  6. www. rtm.uz

  7. www. istedod.uz

  8. www. steam.uz

  9. www. texnologiya.uz





Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling