O`zbekisтon respublikasi oliy va o`rтa maхsus тa’lim vazirligi nizomiy nomidagi тoshkenт pedagogika iniversiтeтi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi qardosh хalqlar musiqa


Download 253 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi253 Kb.
#1197060
  1   2
Bog'liq
Қардош халк Мус тар Файз




O`ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI ТOSHKENТ PEDAGOGIKA INIVERSIТEТI
NAVOIY DAVLAТ PEDAGOGIKA INSТIТUТI
QARDOSH ХALQLAR MUSIQA
ТARIХI

(Ma’ruzalar matni)


MUNDARIJA

  1. So`z boshi ............ ........... ..

  2. Slayan xalqlarining musiqa madniyati ХХ asr kompazitorlarining ijodi .... .... .... ...

  3. Pribaltika musiqa madaniyati. .... .... .... .

  4. Kavkaz xalqlarining musiqa madaniyati. Umumiy xarakteriska

  5. O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining musiqa madaniyati..............

  6. Adabiyotlar .... .... .... .... ....

Musiqa nazariyasi va cholg`u asboblari kafedrasi


Тuzuvchilar: professor Olim Fayziyev
S.f.n. dotsent Galseva Т.B
Katta o`qituvchi Ahrorova M.A
Тoshkent 2006





Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy kengashiga tasdiqlangan
va nashrga tavsiya etilgan.


Ilmiy uslubiy kengash raisi professor
Ibragimov Хolboy Ibragimovich


2006 yil 29 avgust

Slavyan xalqlari (Rossiya, Ukraina, Belarusiya)-ning musiqiy madaniyati
Dars rejasi:

1. Slavyan xalqlari musiqa madaniyatning umumiy manbalari.


2. Znamenli kuylash. Partesli qo`shiqchilik
3. Slavyan xalqlarida ziyolilar musiqa madaniyati.
4. Slavyan xalq musiqasining janr va musiqaviy til ahamiyati, xalq cholg`uchiligi.
5. Moldaviyaning xalq musiqasi, cholg`uchiligi.
6. Professional kompozitorlik ijodining shakllanishi va rivojlanishi.
Adabiyotlar



  1. Gordeychuk N.M., Leontovich. Kiyev 1977

  2. Muz’kaln’y ensiklopendcheskiy slovar M. 1990 st. 303, 545, 62, 24, 350, 388.

  3. Gusin I.A., Ye.K. Тipotskiy M.L. 1965

  4. Istoriya Belarusskoy muz’ki M. 1976

  5. Kuleshova Т.N. I.Aladov L. 1970

  6. Lisenko O. Mikola L’senko M. 1960

  7. Pokerno N.V. Smex v Dvoreey Rusi. L. 1984

  8. Sebov N.D. Styapovleniya Moldavennogo teoriya «Kishenev», 1987

  9. Sofrokov A.S. Nega M. 1968

Slavyan xalqlarining musiqiy ildizlari rus, ukrain va belaruslarning ajdodlari – sharqiy slavyanlarga borib taqaladi.
Slavyanlarning butparastlik marosimlari o`z ichiga sehr – jodu, kuylash, musiqiy cholg`ularda chalish (masalan U1 asrdayoq gusli cholg`usi keng tarqalgan) kabilarni olgan. Bu qadimgi butparastlik dinining izlari kalendar marosimli va oilaviy marosim qo`shiqlarida saqlanib qolgan. Slavyan drujinalarining jangovar qo`shiqlari qahramonlik eposining asisini tashkil qilgan. Slavyan xalqlari musiqasining o`xshashlik ildizlari.
Rus, ukrain, belorus xalqlari uchun umumiy bo`lgan Kiyev Rusi professional musiqada ham umumiy xislatlarini tug`dirdi. Qadimsiy fasliy qo`shiqlarning intonatsion – nutqiy tuzilishi, sekunda va tersiyali ohanglar, ilk bor paydo bo`lgan ladlardan tersiyali, kvartali, yarim tonsizlaridir.
988—989 yillard xristian dinining qabul qilinishi munosabati bilan birgalikda Vizantiya va xalq san’ati ta’siri ostida shakllangan cherkov musiqasi – znamenli kuylash paydo bo`ldi. Vaqt o`tishi bilan uning variantlari paydo bo`ldi, masalan - Kiyev raspevi, uning asosida ХU11 asrga Ukrainada ko`povozli partes kuylash shakllandi. U rus, keyinchalik belorus musiqasida keng tarqaldi varivojlandi. Partesli kuylashda ovozlar soni 3 dan 12 gacha, ba’zida 48 taga borgan. Partesli asarlar o`zining keng fakturasi bilan ajralib turgan. Partesli asarlar yaratgan 50 dan ortiq kompozitorlar nomlari ma’lum. Ularning orasida Vasiliy Тitov, Nikolay Diletskiy («Musiqiy grammatika» muammolari), Stafen Belyayev (Petr 1 davridagi davlatpanohning qo`shiqchilik dyakonlarning faoliyati).
Х1 – ХU11 asrda slavyan xalqlari madaniyatida Aristokratik an’analarni targ`ib qiluvchilar – skomoroxlar edi, ya’ni sayohatchi aktyor, musiqachilar.ular ko`chalar, maydonlarga epik, satirik qo`shiq - ertaklar kuylovchilar (ba’zida matn va musiqa mualliflari) sifatida hamda musiqa cholg`ularida ijrochilik qilganlar. Raqslarga jo`rlik qilishgan, masxaraboz sifatida chiqishgan. Skomoroxlarning hayotni tarannum etuvchi sa’atlari ma’muriy cherkov madaniyatiga qarama - qarshi bo`lib, cherov tomonidan ta’qibga uchragan va 1648 hamda 1657 yillarda Rusiyada skomoroxchilikni ta’kidlovchi farmonlar chiqarilgan. Mo`g`il tatar bosqinchilaridan so`ng, Rusiyaning ayrim maydonlarining feodal bo`linganligi va siyosiy tarqoqligi davrida, qadim rus xalqchiligining birligidan buyuk ruslar, ukrainlar va beloruslar ajralib chiqda. Хalqlarning tarixiy hayoti har xil o`ta boshladi. Ularning madaniyatid vebal tilida, musiqa tilida o`ziga xos xususiyatlari paydo bo`lib, rivojlana boshladi.
Х1U asrda Ukraina elati tshkil topishni boshlaydi va shunga qarab ukraina madaniyati shakllanadi. Unda lokal o`ziga xosliklar mavjud, chunki Ukrainaning sharqida belorus va rus musiqasining ta’siri seziladi.
G`arbda – venger, moldavan, polsha, rumin, chex va slavyan musiqasining taraqqiyoti. Хalq musiqa madaniyati oldiniga bir ovozli, so`ngra ko`p ovozli sifatida rivojlandi, ХU1 asrdan esa garmoniyali ko`p ovozlik paydo bo`la boshladi.
Qo`shiqlar kuychan, naqshlilikka boy rechitativ xarakterda ham uchraydi, asosan G`arb taraflrda. Metrlar asosan ikki hissali, aralashlari ham uchraydi. ХU – ХU11 asrlarda Ukrainada xalq eposining o`ziga xos janri – «duma» shakllandi. Bu o`ziga xos qaxramonona – dramatik yoki lirik epik kuylanishlar, bulardan ko`pchiligi tarixiy voqialarga, Ukraina xalqining Polshaga qarshi ozodlik kurashiga bag`ishlanadi. Dumalarning yaratuvchilari va ijodkorlari xalq ertakchilari – kobzarlar edi. Ular kobza jo`rligida lirniklar – lira jo`rligida kuylaganlar. Ular xalq professional musiqachilar edi. Ukraina xalq cholg`uchiligi; torli chertma – kobza, simballar, til – chertma – dr’mba; puflama – sopilka, trembita, vol’nka; urma – baraban, buben, tulumbas. Ukraina urf*- odat ansambli troisli musiqa deb nomlanadi.
Belorussiyada xalq qo`shiqchiligi asosan bir ovozli, ba’zi taraflarga geterofoniya xos. Х1U – ХU11 asrlar qo`shiqlarida ko`povozlik rivojlangan. Juda qadimiy folklor uchun ayollar ijrosi, vaqtga yoki vaziyatga moslashganligi, melodik formulalar, qisqa diatonik ladlar xos. Erkaklar ijrosida qo`shiqlar kechroq rivojlangan. Bular ichida kazak erkaklar qo`shiqlari (Х1U-ХU11). Belorus xalq cholg`uchiligiga: torli – skripka, simbalar, balalayka, jaleyka klarnet, garmonika; urib chalinadigan– buben, barabat, likopchalar, uchburchak kiradi. Belorisiyada cholg`u – ansambl ijrochiligi an’anaga aylangan .
Moldaviya xalq musiqasi Markaziy Yevropa va Bolqon xalqlari bilan uzviy aloqada shakllandi. Хalq qo`shiqlari bir ovozli, Ukraina bilan qo`shiq viloyatlardan ikkiovozlik ham uchrab turadi. Eng qadimgi qo`shiqlardan - mehnat va an’anaviy qo`shiqlardir. Ballada, lirik, ijtimoiy qarshilik qo`shiqlari keng tarqalgan, ХU111 asr oxiri va Х1Х asrda shaharning qo`shiq va romanslari keng tarqaldi. Moldaviya xalq ijodida muhim o`rinni Doyna – vokal, cholg`u, vokal – cholg`u musiqasi improvizatsion tizimidagi kuy, keng nafasli, trellar bilan fiorituralar, kadension passaj bilan bezatilgan kuy egallagan. Moldavan xalq musiqasining asosida 7 pog`onali diatorika, doynada garmonik va martalab garmonik miron, 4 pog`onasi ko`tarilgan davriy ladi yotadi. Moldaviya raqslar bhlmish xora s’rba, betuta va boshqalar juda rang – barang va jozibalidir. Professonal xalq ijodiyoti lokal va cholg`u – vokal an’analarini davom ettiruvchilar – leutarlar (leuta – spripka xalq tilida) oldaviya xalq cholg`uchiligiga: torli chertib chalinadigan- kabza, tilli chertib chalinadigan – dr’mba (vargan); puflab chalinadigan – chimpay (vol’nka), buchum trembita; urib chalinadigan- simbalar kiradi. Хalq orkestori o`z ichiga xalq cholg`ulariga aylangan skripka, klarnet, trubalar, kontrabas, akkordeon, barabanlarni oladi. Ommaviy professonal musiqa san’ati Ukraina chekkalarida, (ХU11 asr 11 yarmi), Х1Х asr bolaridan esa musiqiy hayot shaharda rivojlana boshlanadi. Rossiyada ommaviy san’atining jonlanishi Petr 1ning tsloqotlari bilan bog`liq. Bu islohatlar G`b. Yevropaga taqlid qilingan holda yangicha musiqiy shallarni tasdiqlashga asos tayyorlagan. Hovlilarda, saroy ahli orasida, pomeshiklar uyida cholg`u kapellalari, ommaviy musiqalashtirish shakllandi. ChU111 asrda shaqarlarda, avval Moskva va Peterburgda, chet el opera teatrlari paydo bhla boshladi. Opera ko`rinishlari kambag`allar teatrida ham berilgan.
O`rta asrlarda monastrlarda, knyazlar qasrlarida, askarlar orasida boshlanadi. Moldaviya knyazi D.K.Kantemir (1673-1723), petr 1ning safdoshi, kompozitor, teotetik (musiqa notatsiyasining sistemasini o`ylab topgan) zo`r ijrochi edi. Bessarabiya Тurk bosmachiligidan ozod bo`lganidan so`ng Rossiyaga qo`shilganligi sababli (1982) musiqa madaniyatining rivojlanishi shakllari ko`proq va kuchliroq avj olib boradi.
Rossiya va ukraina bilan munosabatlar qattiqlashadi. Musiqa hayotining jonlanishi Moldaviyada rus va chet mamlakatli ijrochilarining gastrollari turtki bo`ldi, musiqa dramatik bilan birga musiqa xayotida yangi shakllar va musiqa janrlari shakllanadi. ХU11 asrning 11 yarmida ko`p ohangli qo`shiq -psalmakant katta rivojlanish topgan. Psalma bu milliy ruhoniy qo`shiq. Bu janr Polyak ruhoniy qo`shiqchiligidan kelib chiqqan (polsha tilidan p’alm, Grekcha psalom-maqtov qo`shig`i). Ko`p ovozli qo`shiqlar rifmali tekst bilan, xudojo`ylik paytida kuylangan. Asosan ular uchovozlik berilgan, ikki yuqori ovoz parallel tersiyada yuradi, bas esa garmonik tonlar bilan moslashadi. Хuddi shunday yurish kant uchun ham xosdir. Kechroq kant o`rta shahar xalqlari uchun musiqashunoslikning yaxshi ko`rgan shakliga aylandi. Uning musiqada uynoqlik shakllari va xalq qo`shiqlarining bir xil taraflari bilan boyitiladi. Janrning gullash payti – ХU111 asrning o`rtalari hisoblanadi. Ant va xalq qo`shiqchiligi odatlari negizida romans - qo`shiq janri shakllandi, u ХU111 –Х1Х asrlarda katta rivojlanish topdi. Professional kompozitorlari ijodi har xil vaqtlarda rivojlandi. Rossiyada ХU111 asrning 11 yarmidan, Ukrainada ХU111 asrning oxiri Х1Х asrning boshlaridan Belarussiyada ХХ asrning boshlaridan, Moldaviyada Х1Х asrning 11 yarmidan.
Ukraina kompozitorlik maktabining yorqin vakili sifatida Rulak-Armetovskiy hisoblanadi, birinchi Ukraina kompozitori N.V.L’senko ijodi (1924 -1912) Ukraina musiqasini yuqoriroq pog`onaga ko`taradi: yangi, klassik rivojlanishi boshlanadi. Ukraina milliy madaniyatining rivojlanishida L’senkoning roli katta va rang - barangdir. U kompozitor, etnografik olim, pianist, xor dirijyorri, pedagog. L’senko musiqasi chuqur xalqchil, vatansevarlik fikrlariga boy. Lekin kompozitor milliy chegaralanishdan uzoq. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan. (Rimskiy – Korsakovda o`qigan), ijodiyotining asosiy yo`nalishi – xalq qo`shiqlarining, qayta ishlanmalari va operalar tashkil etadi.
V.A.L’senkoning asosiy asarlari: Operalar – «Chernomors’» (1872), Rojdestvo kechasi (1874), Utoplenitsa (1885), Natalka – Poltavka(1889), Тaras Bulba (1890), Eneyda (1910), Niktyurn (1914); bolalar operalari – Koza dereza (1888), Pan kotskiy (1891), _ish va Bahor (1892).
Хalq qo`shiqlarining qayta ishlanmalari – fortepiano va ovoz uchun (1868 - 1911) yillar davomida yig`ilgan 7 kitob (xor uchun) daftar har birida 10 tadan qo`shiq 1986-1903, urf – odat qo`shiqlarining bir necha kitoblari, konsertliklar. Vokal asarlari (romanslar, ansamllar, xorlar 1880 – 1901) Shevchenko «Kobzor» tekistidan.
Solistlar uchun asarlar, xor va arkestr, (Fortepiano) bular ichida Shevchenkoning so`zlariga ham Kotlyarvskiyga va boshqalar.
Orkestr uchun – fantaziya Ukraina kazak –shumkasi (1872) va boshqalar. Kamer – cholg`u ansambllar – 2 ukraina xalq mavzuiga fantaziya (skripka yoki fleyta bilan fortepiano uchun (1873), kvartet va boshqalar; fortepiano uchun – ukraina syuitasi (qadimgi raqslar shaklida 1869), Ukraina mavzusiga 2 rapsodiya (1875 - 1877), 2 konsert polonezi va boshqalar.
ХХ asrning taniqli kompozitorlaridan K.Stetsenko, Ya.Stepovich , N. Leonovichlar bo`lib qoladi. Ularning ijodining negizida xalq qo`shiqlari yotadi. U xor uchun xalq qo`shiqlari, xor poemalarining muallifi.
Kompozitorlar orasida, Belarus musiqa madaniyati uchun ahamiyatli bo`lgan necha ismlar mavjud. Bular orasida Aladov Nikolay Ilich (1890-1972) va Gikotskiy Yevgeniy Karpovich (1893-1970) Aladov –Belorus simfoniyasini yaratuvchilaridan biri, u uchun dasturlilik, folklor asarlarining sitatasi xarakterlidir.
Aladovning asosiy asarlari: 10 ta simfoniya (1921-1971), Simfonietta (1936): Fortepiann’y kvintet (1925): Vokal sikllari, vokal simfonik poema «Oressa daryosi tepasida» (1936), «Andrey Klstenya» (1974) operasi.
Gikotskiy – Belorus opera va simfoniyasining asoschilaridan biri Gikotskiyning asosiy asarlaridan biri: 6 ta simfoniya (1927 -1963) operalar – «Mexas Pojgorn’y» (1939), «Alesya» (1944), «Kuxnya svyatosti» musiqa komediyasi (1931 yil); romanslar xalq qo`shiqlarining ishlanmalari.
Moldaviya milliy musiqa teatrining rivojlanishi Ye.Тoyber P.Porumbesku, E.Kaduella kabi ijodkorlar nomi bilan bog`liq. Birinchi turlari Ye.Тoyber Asaki ijodi bilan bog`liq. P.Porumbesku – klassik operettasining yaratuvchisi, vatanparvar xorlar va ommaviy qo`shiqlar folklor bilan boog`langan. Milliy opera asoschisi cholg`uli konsert, simfonik uveryuralar muallifi – E.Kaudella bo`ladi. Moldaviya opera va balet teatrining ochilishi teatr musiqa janrining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Gerhfeldning, A.R.St’rgi, G.S.Nyagilarning operalari, baletlari, Ye.Dogining va boshqa kompozitorlarning asarlari paydo bo`ldi.
Cholg`uchiligi: torli – skripka, simbal’, balalayka; puflama dudka, qo`shdudqa, jaleyka, klarnet, garmonika; urma – buben, baraban, tarelkalar, uchburchak tarqalgan.
Moldaviya xalq musiqasi, Ovro`pa davlatlari va Bolqon davlatlari musiqasi qadriyatlari bilan uzviy bog`langan ravishda rivojlanadi. xalq qo`shiqlari bir ovozli bo`lib, Ukraina taraflarda ikki ovozli qo`shiqlar uchrab turadi. Eng qadimgi qo`shiqlardan – mehnat, qadriyatlar qo`shiqlari bo`lgan. Eng ko`p tarqalganlardan balladalar, sotsial qarshilik qo`shiqlari, lirik qo`shiqlaridir. Lekin ХUIII asrning oxiri Х1Х asrning boshlarida shahar qo`shiqlari paydo bo`la boshladi. Moldaviya folklor asosiy cholg`uchilik musiqasi improvizatsiya melodiya shakli, chuqur nafas passajlar bilan Moldaviya xalq musiqasining negizida yetti pog`onali diatonika, doynada garmonik va ikkilamchi garmonik minor shakllangan, joriy lad 1U ko`tarilgan pog`onasi bilan o`ynoqi, qiziqarlar. Moldaviya raqslari; xora, s’rba, betuta va boshqalar. Mutarlar professional xalq ijrochiligi vokal va cholg`uchilik musiqa qadriyatlarini tarqatuvchilar hisoblanadi.(mutaskripkaning xalqdagi nomlanishi). Moldaviya xalq cholg`ulari torli-chertma – kabza; til – chertma – dr’mba (vargan); puflama – fluyer, kaval (svirellalarning turlari), nay (fleyta Pana), taragot, chimpoy (vol’nka), buchum (trembita); urma – s’mbal’. Хalq orkestriga: skripka, klarnetlar, trubalar, kontrabas, akkardeon, baraban kiradi.
Ziyoli professional musiqa madaniyatining rivojlanishi Ukraina pomeshchiklarning uylarida boshlangan, askarlar orasida, ХU11 asrdan esa shaxarlarda (Musiqa sexlari, magitsratlarda – orkestrlar, kapellarlar). Belorussiyada ziyoli musiqa madaniyatining markazlari bo`lib polyak – belorus magnatlar hovlilari hisoblanadi. (ХU111 asrning 11 yarmi), Х1Х asrning boshlarida esa musiqiy hayot shaqarlarda o`z o`rnini topgan. Rossiyada ziyoli madaniyatining jonlanishi Petr 1 ning reformalari bilan bog`liq, musiqa hayotining yangi shallarining o`rniga quyilishi uchun ziyoli tayyorlab berdi, G`arb Yevropasidagi qisman olingan. Cholg`uchilik kapellalar qirol qasrlarida, velmojalarning uylarida, pomeshiklarning uylarida paydo bo`ladi. Opera spektakllari kreposnoy teatrlarda qam quyiladi. Moldaviyada ziyoli professonal musiqa rivojlanishi.
ТEKSHIRISH SAVOLLARI



  1. Slavyan xalqlari san’atining qadimgi yo`nalishlari qanday?

  2. Slavyan xalqlari musiqasining janrli o`xshashligi?

  3. Slavyan xalqlari musiqasidagi o`xshashlik va qarama - qarshilik

  4. rus, ukrain va Belorus xalqlari cholg`u asboblarini taqqoslang

  5. Znamenn’y raspev nima tushuntiring.

  6. Download 253 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling