O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta`lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisоdiyot instituti neft va gaz fakulteti


Download 279 Kb.
bet1/3
Sana23.05.2020
Hajmi279 Kb.
#109191
  1   2   3
Bog'liq
Ishchi dastur NGMJ


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA`LIM VAZIRLIGI

QARSHI MUHANDISLIK-IQTISОDIYOT INSTITUTI
Neft va gaz fakulteti
Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi



Kelishildi”

Neft va gaz fakulteti dekani

______________J.T.Nurmatov

_________________2015 yil






Tasdiqlayman”

О‘quv ishlari prorektori

__________O.N.Bozorov

_________________2015 yil


Neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari



fanidan

5311900 - " Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish "

bakalavriat yo‘nalishi uchun
ishchi O‘QUV dasturI



Umumiy o‘quv soati -

Shu jumladan:

ma’ruza –

amaliy mashg‘ulotlar -

mustaqil ta’lim soati -


136
36

36

64



QARSHI – 2015 yil

Fanning ishchi о‘quv dasturi № БД-5311900-3.19 12.05.2012 yilda ro’yхatga оlingan va O’zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va O’rta maхsus ta’lim vazirligining 2012 yil 14 martdagi № 107-sоnli bo’yrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asоsida tuzilgan.

Tuzuvchi: B.Yu.Nomozov

QarMII “Neft va gaz konlarini ishga

tushirish va UF” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Fanning ishchi о‘quv dasturi “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasining 2015 yil “___” ________dagi 1 - conli, Neft va gaz fakulteti Uslubiy komissiyasining 2015 yil “____” __________dagi 1 - conli, institut Uslubiy Kengashining 20___ yil ____ _________ dagi ______ - conli yig‘ilishlarida kо‘rib chiqilib tasdiqlangan.



Institut Uslubiy Kengash

raisi muovini: ______________ dots.R.Yu.Aliqulov
Neft va gazfakulteti

Uslubiy komissiyasi raisi: _______________ dots.Yo’ldoshev

Neft va gaz konlarini ishga tushirish



va ulardan foydalanish” kafedrasi

mudiri: _______________ dots.N.X.Ermatov

ISHCHI DASTURNING NAMUNAVIY TARKIBI


K I R I SH

1.Fanning maqsadi, vazifalari va tarkibiy qismlari………………………………….………….4

    1. 1.1. Fanning asоsiy maqsadi va vazifalari.......................................................................................4

    2. 1.2. Fanning asоsiy bo’limlari va ularda o’rganiladigan muammоlar............................................4

    3. 1.3. Fanning boshqa fanlar va ishlab chiqarish bilan bоg’liqligi...................................................5

2. O`quv materiallarining tarkibi…………………………………………………………….…..5

2.1. Fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlari tarkibi va ular uchun ajratilgan vaqt……………………...5

2.2. Fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning o‘quv-uslubiy texnologik xaritasi..........6

2.3. Mustaqil ish uchun mavzular va topshiriqlar………………………………………….………10

2.4. Fan bo`yicha talabalar bilimini nazorat qilish ………………………………………………..11

2.5. Joriy nazorat bo‘yicha baholash mezonlari………………………………………….………12

2.6. ОN bo‘yicha bahоlash mеzоnlari………………………………………….………………….12

2.7. YaN bo‘yicha bahоlash mеzоnlari………………………………………….………………..12



3.Infarmatsion uslubiy ta`minot………………………………………………….……………..13

3.1.Asosiy adabiyotlar…………………………………………………………….………………13

3.2.Qo`shimcha adabiyotlar……………………………………………………….………………14

4. Fanni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalar…………………………….……………..15

5. Ishchi dasturga kiritilgan o`zgartirishlar……………………………………….…………...15

K I R I SH

O’zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi, shuning uchun neft va gaz sanoatini yanada rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.

Mamlakatimizda yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash «Ta`lim to`g`risidagi qonun» va «Kadrlar tayуorlash milliy dasturi» asosida milliy tiklanish printsiplari, mustaqillik yutuqlari va milliy g`oya, xalqimizning milliy, ma`naviy va intellektual salohiyati hamda umum bashariy qadriyatlariga tayangan holda olib borilmoqda.

Davlat ta`lim standartlari asosida o`quv jarayonini tashkil etish, ta`lim mazmunini belgilash ularni dasturlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari bilan ta`minlash hozirgi kun dolzarb vazifalaridandir. Shunday ekan barcha fanlardan yangi davlat ta`lim standartlari hamda namunaviy dasturga mos keladigan ishchi dastur, ma`ruzalar matnlari to`plami, o`quv qo`llanmalar va darsliklar tayyorlash Oliy ta`lim islohotining hozirgi bosqichidagi asosiy masalalaridandir.

Ushbu dastur neft va gaz konlari mashina va mexanizmlari fani tarixi, rivojlanish an’anasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning neft va gaz konlarini ishlatish istiqboliga ta’siri masalalarini qamrab olgan.
1. FANNING ASОSIY MAQSADI, VAZIFALARI VA TARKIBIY QISMLARI


    1. Fanning asоsiy maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish yo‘nalishi profiliga mos ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalarga neft va gazni qazib olish, uni konda yig‘ish va uzatish hamda dastlabki tayyorlash obyektlarida ishlatiladigan mashina jihozlarini o‘rganishdan iborat.


    1. Fanning asоsiy bo’limlari va ularda o’rganiladigan muammоlar

«Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» quyidagi bo‘limlardan ibоrat:

Turli ishlatish hollarida Ko‘llaniladigan jihozlar. Quvurlar, quvurlarni tayyorlashda qo‘llanadigan materiallar. Jihoz yuritgichi turlari. Pakerlar va yakorlar. quduq ichki jihozlari.
Quduqlardan suyuqlik va gazni qazib chiqarish uchun jihozlar
Quduqlardan suyuqlik va gazni qazib chiqarish uchun kerakli jihozlar tasnifi. Favvora quduqlari jihozlari. Gazlift usulida ishlaydigan quduqlar jihozlari. Shtangasiz chuqurlik nasoslari. Shtangali quduqning nasos uskunalari. Qudukning shtangali nasos uskunasi tarkibi. Shtangali uskunalar tasnifi. Shtangali nasoslar, ularning ishlash prinsipi. Tebranma dasgoxlar va ularning tasnifi. Shtangali va shtangasiz nasos uskunalari ishining texnologik rejimini hisoblash.
Bir necha qatlamni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatish
Quduqlarni favvora, gazlift va nasos usullarida ishlatishda bir necha maxsuldor qatlamni aloxida ishlatish uchun jihozlar. Bir necha neft yoki gaz qatlamini birgalikda ishlatish uchun jihozlangan quduqlar ishining texnologik rejimini tuzish. Neft - gaz qatlamlariga ta’sir etish jarayonlarini bajarish uchun ishlatilinadigan jihozlar. Neft va gaz qatlamlariga ta’sir etish uchun kerakli jihozlar tasnifi. Neftni suv va gaz bilan siqib chiqarish jarayonini bajarish uchun kerak jihozlar. Qatlamga issiqlik usullari bilan ta’sir etish uchun jihozlar. Qatlamni gidravlik yorish uchun jihozlar. Quduqlarga kislotali ishlov berish uchun jihozlar.
Quduqda ta’mir ishlarini bajarish uchun jihozlari
Neft va gaz qazib olishda ta’mir ishlari tasnifi. Asboblar, jihozlar va mexanizatsiya vositalari tasnifi. Statsionar minora machtalar. Statsionar va xarakatlanuvchi kutargichlar va yer osti ta’miri agregatlari. Quduqlarni uzlashtirish va kapital ta’mirlash uchun agregatlar. Quvurlarni tushirish va kutarish uchun qullaniladigan asbob va uskunalar. Murakkab jarayonlarini mexanizmlashtirish vositalari.
Neft va gazni yig‘ish va uzatish uchun jihozlar
Qatlam suyuqligi va gazni miqdorini o‘lchash, yig‘ish va xaydash uchun jihozlar. Mexanik zarrachalardan ajratish va neft, gaz hamda suvni ajratish uchun jihozlar. Tovar parklari va oqava suvlarni tozalash tizimlari jihozlari. Gazni tozalash va quritish uchun jihozlar. Gazdan kondensatni ajratish uchun jihozlar.

Shelf va dengizdagi konlar jihozlari Dengizdagi konlarning asosiy inshoatlari. Quduqlar, estakadalar, statsionar va suzuvchi platformalar poydevori (asosi). Suv osti jihozlarini boshqarish uchun gidravlik, elektrik va elektrogidravlik tizimlar. Dengizdagi konlar maxsulotini yig‘ish, tayyorlash va uzatish.



    1. Fanning boshqa fanlar va ishlab chiqarish bilan bоg’liqligi

«Neft va gaz konlari mashina va mexanizimlari» fani asosiy umumkasbiy fan xisoblanib, 7- semestrda o‘qitiladi.

Bu ta’lim yo‘nalishida o‘qish jarayonida ushbu o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashitirilgan ma’lumotlariga hamda o‘quv rejasida rejalashtirilgan falsafa, matematik va tabiiy (oliy matematika; fizika, informatsion texnologiyalar), umumkasbiy (materiallar qarshiligi, mashina detallari, termodinamika, chizma geometriya, muhandislik grafikasi; amaliy mexanika; neft va gaz ishi asoslari; neft va gaz quduqlarini qurish asoslari, va h.k.) fanlarini bilishga asoslanadi.

Mustaqil tayyorgarlik jarayonida talaba texnikaviy adabyotlar, Internet materiallari va meyoriy xujjatlar bilan ishlashni uddalashni namoyon qilishi auditoriya mashg‘ulotlari paytida qabul qilingan informatsiyasini tug‘ri mushoxada qilish qobilyatini ko‘rsatishi zarur.

Neft va gaz sanoati rivojlanishi, mamlakatni yoqilg‘i bilan ta’minlash konchilar oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish alohida o‘rin egallaydi. Bu fanni o‘rganmasdan turib, neft va gaz konlarida ishlatiladigan texnika va mashinalarni to‘g‘ri tanlash qiyin. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani bo‘lib, ishlab chiqarish texnologik tuzilishining ajralmas qismi xisoblanadi.
2. O`quv materiallarining tarkibi.

2.1. Fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlari tarkibi va ular uchun ajratilgan vaqt.
«Neft va gaz konlari mashina va mexanizimlari» fanini "Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish" ta’lim yo‘nalishi talabalari IV-kursda 7 semestr davomida o’rganadilar. Mashg’ulotlar tarkibi va ularga ajratilgan vaqt jadvali keltirilgan.


Ta`lim yo`nalishi

Semestr

Mashg`ulot tarkibi

Ma`ruza

Amaliy mash.

Tajriba ishi

Kurs ishi (loyihasi)

Mustaqil ta`lim

Mustaqil ish

Mustaqil topshiriq soni

I. Kunduzgi bo`lim

NGI

VII

36

36

-







64




Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling