O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi


) - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;   (


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
) - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;  
() - yangi axborot belgisi; 
() - mening bilganlarimga, zid belgisi;    
()  -  meni  o’ylantirib  qo’ydi.  Bu  bo’yicha  menga  qo’shimcha  axborot  kerak 
belgisi. 
Pinbord  (inglizchadan:  pin-  mahkamlash,  board  –  yozuv  taxtasi)  munozara 
usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat. 
Ta’lim beruvchi: 
→ Taklif etilgan muammoni echishga o’z nuqtai nazarini bayon qiladi. 
 → Ommaviy to’g’ri aqliy hujumni tashkillashtiradi. 
Ta’lim oluvchilar quyidagi g’oyalarni: 
→  Taklif  etadilar,  muhokama  qiladilar,  baholaydilar  eng  ko’p  maqbul  (samarali 
va  boshqa  g’oyalarni  tanlaydilar  va  ularni  qog’oz  varag’iga  asosiy  so’zlar  ko’rinishida 
(2 so’zdan ko’p bo’lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar. 
→  Guruh  a’zolari  (ta’lim  beruvchi  tomonidan  belgilangan  2-3  talaba  yozuv 
taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib: 
 
aniq xato yoki qaytariluvchi g’oyalarni saralaydilar; 
 
tortishuvlarni aniqlaydilar; 
 
g’oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar; 
 
shu  belgilar  bo’yicha  hamma  g’oyalarni  yozuv  taxtasida  guruhlaydilar 
(kartochkaG’ varaqlar). 
Ta’lim beruvchi:  →Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi. 
                                                
 

 TA’LIMIY O’YIN Ishbilarmon va rol (holat)li o’yinlar muammoli topshiriqning 
bir  turi.  Faqat  bunday  holatda  matnli  material  o’rniga,  ta’lim  oluvchilar  tomonidan 
o’ynaladigan sahnalashtirilgan hayotiy holatlar ishlatiladi 
O’qitish usuli sifatida u quyidagi vazifalarni bajaradi: 
 o’rgatuvchi: 
umumo’quv 
malakalarni 
shakllantirish; 
ijodiy 
qobiliyatni 
rivojlantirish, shu jumladan, tushunish, yangi holatlarni shakllantirish va tahlil qilish; 
 rivojlantiruvchi:  mantiqiy  fikrlash,  nutq,  atrof-muhit  sharoitiga  o’rganish 
qobiliyatini rivojlantirish; 
 motivatsiyali:  ta’lim  oluvchilarni  o’quv  faoliyatiga  undamoq,  mustaqil  xulosa 
qabul qilishini rag’batlantirmoq; 
 tarbiyalovchi: mas’uliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish. 
O’yin  usullari  va  dars  shaklidagi  mashg’ulot  holatlarini  amalga  oshirish  quyidagi 
asosiy yo’nalishlarda sodir bo’ladi: 
 didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga vazifa ko’rinishida qo’yiladi; 
 o’quv faoliyat o’yin qoidalariga bo’ysunadi; 
 o’quv material o’yinning vositasi sifatida ishlatiladi; 
 o’quv  faoliyatiga  didaktik  vazifani  o’yinga  aylantiradigan  musobaqa  bo’lagi 
kiritiladi; 
 didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o’yin natijalari bilan bog’lanadi. 
Ishbilarmon o’yinni rolli o’yindan farqi nimada? 
Ishbilarmon  o’yin  ishtirokchilariga  hayotiy  holatda  qurilgan  o’yinli  syujet  taklif 
qilinadi,  bunda  ishtirokchilar  oldiga  yagona  umumiy  maqsad:  taklif  etilayotgan 
muammoni echish qo’yiladi. 
Shu  bilan  bir  vaqtda  har  bir  ishtirokchi  alohida  rolli  maqsadni  bajarishi  lozim. 
Shuning  uchun echimni  ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli  xususiyatga ega:  har 
bir  ishtirokchi  avval  o’zining  vazifali  maqsadiga  muvofiq  qaror  qabul  qiladi,  undan 
so’ng  esa  uni  guruh  bilan  kelishadi.  Alohida  vazifali  maqsad  bajarilishi  butun  guruh 
qaror  qabul  qilish  natijalariga  bog’liq.  Odatda,  ishbilarmon  o’yin  davomidagi 
muaommoni echish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o’yin ko’p). 
Ishtirokchilar  harakatini  baholash  yakuniy  va  oraliq  natijalar  bo’yicha  amalga 
oshiriladi:  oraliq  baholash  belgilangan  maqsadni  amalga  oshirishda  ularning  anglab 
etishini  oshirish  maqsadida  bizga  o’yin  davomida  ishtirokchilar  harakatiga  ta’sir 

ko’rsatish  imkonini  beradi,  yakuniy  natijani  baholashda  ishtirokchilarning  tashkiliy 
faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi. 
Rolli  o’yin,  ishbilarmonlik  kabi  vaziyatda  ko’rsatilgan,  muammoni  echishda 
ishtirokchilarning  faol  birgalikdagi  harakatlariga  asoslanadi.  Mavzu  qatnashchilarining 
bitta  majburiy  maqsadlari  bor  -  muammoni  echish.  Lekin  alohidali  maqsadlar, 
ishbilarmon  o’yindagi  kabi  kelishib  olinmaydi.  Rolli  o’yinning  har  bir  ishtirokchilar 
maqsadlari  -  g’alaba  qozonish,  o’zini  ko’rsatish.  Vaziyatli  o’yin  yakunlarini  nafaqat 
umumiy maqsadga erishish natijalari bo’yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli 
maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha baholanadi. 
Siz  tomondan  ishlab  chiqilgan  o’yin  haqiqiy  hayotga  mumkin  qadar  yaqin 
bo’lishi, lekin ishtirokchilar uchun juda murakkab va qiyin bo’lmasligi kerak. 
 Vaziyatlar  usuli  –  ta’lim  beruvchining  muammoli  vaziyatlarni  yaratishga  va 
ta’lim oluvchilarning faol bilish faoliyatlariga asoslangan. U aniq vaziyatni tahlil qilish, 
baholash va keyingi qarorni qabul qilishdan tuzilgan 
Usulning etakchi vazifalari quyidagilardan iborat: 
  O’rgatuvchi – bilimlarni faollashtirishga asoslangan; 
  Rivojlantiruvchi – tahliliy tafakkurni, alohida hodisalarning dalillari qonuniylikni 
ko’ra bilishini shakllantirish; 
  Tarbiyalovchi – fikr almashinish ko’nikmalarni shakllantirish. 
Muammoli  vazifalardan  foydalanish  usuli  bizga,  nazariyani  amaliyot  bilan 
bog’lash, imkonini beradi, bu  materialni ta’lim oluvchilar  uchun  yanada ko’p dolzarbli 
qiladi. 
    Muammoli  vazifani  ishlab chiqish katta  mehnat  va pedagogik  mahoratni talab etadi. 
Qoidaga  binoan,  vazifani  bir  necha  marotaba  tajribadan  o’tkazgandan  so’ng  o’quv 
guruhida  omadli  variantini  tuzishga  ega  bo’linadi.  Shunga  qaramay,  bunday  vazifalar 
nazariyani  haqiqiy  vaziyat bilan bog’lash  imkonini  beradi.  Bu ta’lim oluvchilar ongida 
o’qitishni  faollashtirishga  imkon  beradi,  kelajakdagi  kasbiy  faoliyatlari  uchun 
o’rganilayotgan materialning amaliy foydasini anglab etishga yordam bo’ladi. 
To’rtinchi guruh ta’lim usullari: mustaqil izlanuvchilik faoliyati hamda 4 darajada 
bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi usullar. 
Loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda 
tutuvchi  majmuali  o’qitish  usulini  amalga  oshiradi.  Ta’lim  oluvchilar  yuqori  darajada, 

boshqa 
o’qitish 
usullaridan 
foydalanishga 
qaraganda, 
rejalashtirishda, 
tashkillashtirishda,  nazoratda,  tahlil  qilish  va  vazifani  bajarish  natijalarini  baholashda 
ishtirok etadilar 
Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonining o’zi ham qimmatli. 
2.1 Bumerang metodi asosida  eng  ilg’or  ma’lumotlarni  o’rganish 
Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida chuqur va yaxlit xolatida o’rganish,ijodiy 
tushinib yetish, erkin fikrlashga  yo’naltirilgan. U turli mavzu va xarakterga ega bo’lgan 
mavzularni  o’rganishga  yaroqli  bo’lib,o’z  ichiga  og’zaki  va  yozma  ish  shakllarini 
qamrab oladi. 
Mashg’ulot haqida tushuncha                                                                                                                                                                  
         Ushbu  texnologiya  o’quvchilarni  dars  jarayonida,darsdan  tashqari  turli 
adabiyotlar,  matnlar  bilan  ishlash,  o’rganilgan  materialni  yodida  saqlab  qolish,  so’zlab 
bera  olish,  fikrini  erkin  holda  bayon  eta  olish  hamda  bir  dars  davomida  barcha 
o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan. 
Maqsad 
       Mashg’ulot davomida o’quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka 
va  guruh  holatiga  o’zlashtirib  olishlari  hamda  o’zaro  suhbat  munozara  orqali  tarqatma 
materiallar,  undagi  matnlar  qay  darajada  o’zlashtirilganini  nazorat  qilish.Mashg’ulot 
davomida o’quvchilar tomonidan baho ballari egallashga imkoniyat yaratish. 
O’tkazish texnologiyasi. 
      Ushbu texnologiyasi bir necha bosqichda o’tkaziladi:  
1-Bosqich. 
        Mashg’ulot to’g’ridan to’g’ri talabalarni  4-5 kishidan iborat kichiklarga bo’lishdan 
boshlanadi;  O’qituvchi  har  bir  guruh  va  uning  har  bir  a’zosiga  mustaqil  o’rganish, 
fikrlash  va  yodda  saqlab  qolish  uchun  alohida-alohida  aniq  yozma  tarqatma  material  
beradi  o’qituvchi  tomonidan  tanlangan  umumiy  mavzu  bo’yicha  biron  hajmdagi  matn 
berilgan,  ularning  soni  guruhlar  va    talabalar  soniga  bog’liq.Agar  4ta  kichik  guruh 
bo’lsa, u holda umumiy mavzu 4ta kichik matnlarga bo’linib har bir guruhga beriladi; 
       Faoliyat samarali bo’lishi  uchun  har bir guruhga berilgan tekstdan  har bir talabaga 
beriladi.Shunday  qilib  4guruh  umumiy  mavzu  asosida  4  xil  matnga  ega.Har  bir  talaba 
o’z guruhiga tushgan matnga ega bo’ladi. 
  2-Bosqich. 

     Guruhlarga  berilgan  matnni  matnni  guruh  a’zolarigayakka  tartibda  o’rganishlari  va 
eslab  qolishlari  keyin  esa  kerak  bo’lsa,boshqalarga  yoki  o’qituvchiga  gapirib 
berishlari,iloji  boricha  tekstni  o’zlashtirib  olishlari  kerakligini  o’qituvchi  uqtiradi  va 
tayyorgarlik  uchun  matnni  katta-kichikligiga  qarab  10-15  daqiqa  vaqt  beriladi.  O’zi 
esaguruh va talabalarni faoliyatini kuzatadi.  
3-Bosqich. 
    O’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog’ozlar bilan har 
bir  guruh  yoniga  kelib  guruh  a’zolarini  bittadan  raqam  tortib  olishlarini 
so’raydi.O’qituvchi  raqamlar  bo’yicha  talabalarni  yangi  guruhlar  tuzishlarini  
so’raydi.Bir  xil  raqamni  olganlar  yangi  guruhni  tashkil  etadi.Masalan  1  raqamini 
olganlar  1-guruh  2  raqamini  olganlar  2-guruh  kabi.Guruh  a’zolari  yangi  guruhga 
o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar. 
  4-Bosqich. 
    Raqamlar  bo’yicha  yangi  guruhlar  tuzilganda  har  bir  yangi  guruhda  avvalgi 
guruhlardan  bir  kishidan  vakil  o’z-o’zidan  to’planib  qoladi,  ya’ni  4  ta  guruhda  4  xil 
matn  o’rganilgan  bo’lsa  bu  yangi  guruhda  har  bittasidan  bittadan  vakil  to’planadi, 
umumiy mavzu bo’yicha 4 talaba va 4 xil matn to’planadi. 
5-Bosqich. 
    Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosiga endi o’ziga 2 ta vazifa ya’ni o’qituvchi va 
o’quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko’rsatadi: 
    1.  O’qituvchi sifatida o’zi avval o’rgangan materialni gapirib beradi, tushintiradi,o’zi 
mustaqil  o’rgangan  materialni  asosiy  joylariga  barchani  diqqatini  jalb  qiladi,  boshqa 
guruh a’zolarining tushinish va o’zlashtirish qobiliyatini tekshiradi. 
    2.  O’qituvchi  sifatida  ,guruh  a’zolarini  navbatma-navbat  so’zlab  ,tushintirayotgan, 
gapirayotgan matnlarni eshitadi, taxlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat 
qiladi.  O’qituvchi  esa  ularga  o’z  tekstlarini  faqat  so’zlab  berishlari  kerakligini  uqtiradi 
va bunga 20 daqiqa  vaqt beradi.Bu bosqichda jarayon boshlanishida tarqatilgan barcha 
material talabalar tomonidan o’zlashtirilgan hisoblanadi. 
6-Bosqich 
   Guruhdagilar  bir-birlariga  o’z  matnlarini  gapirib  berib,hamma  shu  matnni  bilib 
olgach,o’qituvchi  o’rganilgan  material  guruh  a’zolari  tomonidan  qanchalik  o’zlashtirib 
olinganini  tekshirib  ko’rish  uchun  har  bir  guruh    a’zosi  bir-birlariga  matnlaridankelib 

chiqqan  holda savollar berishlari  mumkinligini tushuntiradi.Shunday qilib,guruh  ichida 
ichki  nazorat  savol-javob  orqali  o’tkaziladi.Bu  esa  guruhdagi  talabalarni  bir-birlariga 
so’zlab  bergan  materialani  boshqalar  tomonidan  o’zlashtirilganlik  darajasini 
aniqlashga,mustahkamlashga yordam beradi. 
7-Bosqich. 
   O’qituvchi  barcha  talabalarni  yana  qaytadan  avvalgi  joylariga  qaytishlarini 
so’raydi,ya’ni hamma mashg’ulot boshlanishidagi guruhlarga qaytadilar. 
  8-Bosqich. 
   O’qituvchi  auditoriyadagi  talabalarning  barchasi  tarqatilgan  yozma  materiallar  bilan 
tanish  ekanliklari,ular  haqida  to’liq  ma’lumotga  ega  bo’lganliklarini  so’rashi 
mumkinligini aytadi. 
9-Bosqich. 
   Talabalarga  tarqatilgan  barcha  materialni    ular  tomonidan  qay  darajada  aniqlash 
maqsadida  o’qituvchi  ,yoki  maxsus  guruh  yoki  guruh  tomonidan  berilgan  nazorat 
savollariga  javoblarni  reyting  ballari  orqali  baholashni  tushuntiradi  masalan,savollarga 
berilgan  javoblar  to’liq  bo’lsa  -3  ball,qo’shimcha  qilinsa  2ball,o’tirgan  joydan  luqma 
tashlansa  -1  ball,javob  berilmasa-0  ball  qo’yilishi  belgilanadi.Baho  sistemasida  javob 
to’liq bo’lsa-5,qo’shimcha uchun-4,luqma tashlansa 3, javob bermasa 2,ishtirok etmasa 
1 baho qo’yishni belgilash mumkin. 
10-Bosqich. 
       Ushbu  bosqichda  o’qituvchi  tarqatma  materiallar  asosida  tuzilgan  savollar  bilan 
o’quvchilarga  murojat  qiladi.Belgilangan  savollarga  javob  berish  tugagach,  o’qituvchi 
doskada  guruhlar  tomonidan  to’plangan  ballarni  yozadi  va  mashg’ulotning  keyingi 
bosqichiga o’tiladi. 
   11-Bosqich. 
       O’qituvchi  har  bir  guruhni  o’z  yozma  materiallarining  mazmunidan  kelib  chiqqan 
holda  bittadan  savol  tayyorlashlari  kerakligini  aytadi  va  guruhlarga  savol  tuzishlari 
uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi. 
12-Bosqich. 
     Bu  bosqichda    guruhlar  bir-birlariga  savollar  beradilar,  guruhlardagi  “xisobchi”  esa 
guruh  a’zolarining  yuqorida  belgilangan  tartibda  baholab  boradilar.Javoblar  to’g’ri 
bo’lsa savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi. 

   O’qituvchi  guruh  a’zolari  to’plagan  ballarni  yana  bir  marta  doskaga  yozadi  va 
to’plangan ballarning umumiy sonini guruh a’zolariga teppa-teng bo’ladi. 
Izox:agar  to’plagan  ballarni  guruh  a’zolariga  teppa-teng  bo’lishda  o’quvchilar 
tomonidan norozilik bo’lsa, ya’ni guruh a’zolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, 
umumiy  jamoaviy  faoliyatda  passiv  bo’lgan  bo’lishsa  yoki  umuman  ishtirok  etmagan 
bo’lishsa,bunday  holatda  vaziyatni  yechishni  guruh  a’zolariga  yuklatiladi.Guruhning 
yechimi to’g’ri hisoblanadi yoki o’qituvchi fikri inobatga olinadi. 
    Umuman olganda ,agar o’quvchi faollik ko’rsatmagan yoki savol-javoblarda ishtirok 
etmagan  bo’lsa.  Ham  uning  shu  dars  jarayonida  biron  narsani  bilib  olgani  uchun  ham 
kichik ball berilishi mumkin.Bu o’quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq 
bo’lishga  undaydi.Yuqoridagi  kabi  vaziyatda  uni  yechimini  har  bir  o’quvchi 
sharoitga,faoliyatga qarab o’zi xal etishi yoki guruh ,jamoaga tashlashi mumkin. 
    Ba’zida guruhning “xisobchilari” ballarni qo’yishda noaniqlik yoki qo’shib yozishlari 
mumkin,natijada  ba’zi  guruhning  umumiy  to’plagan  ballari  boshqa  guruhlarnikidan 
juda  farq  qilishi  mumkin  .O’quvchilarning  xaqqoniy  baholanishlari  ularning  tanlagan 
“xisobchilariga”  bog’liq  ekanligini  o’qituvchi  eslatib  o’tadi.Agar  umumiy  to’plagan 
ballarni  guruh a’zolariga taqsimlaganda shu  mashg’ulot  uchun  kerakli  ballni  olib qolib 
,ortiqchasini keyingi mashg’ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o’tkazish mumkin. 
14-Bosqich.  
   Har 
bir 
talabaga 
ballar 
qo’yilgach 
o’qituvchi 
mashg’ulotg 
yakun 
yasaydi.O’quvchilarning faoliyatiga baho beradi,berilgan javoblarga o’z fikrini bildiradi 
va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi: 
   -bugungi mashg’ulotdan nimani bilib oldingiz? 
   -nimalarga o’rgandingiz? 
   -nimalar siz uchun yangilik bo’ladi? 
   -yana nimalarni bilishni istardingiz? 
 
 
 
 
 
 

 
Darslarini o`tishda “vеnn diagrammasi” mеtоdidan fоydalanish 
Ma’lumki,  ta’lim  jarayoniga    intеrfaоl  mеtоdlarni  qo`llashga  qiziqish  va  talab 
оshib  bоrmоqda.  Sababi,  bunday  mеtоdlarni  qo`llash  ta’limning  yanada  samaradоr 
bo`lishi,  o`quvchilarning    o`qishga  bo`lgan  mоtivatsiyalarini  оshiriradi.  O`qitishning 
ikki  shakli  mavjud:  o`qituvchiga  mоslashgan  shakli;  intеrfaоl  o`qitish  shakli.  Intеrfaоl 
o`qitish  shakli  bilim  bеrish,  “o`qituvchi  va  o`quvchi”,  “o`quvchi-o`quvchi”,  “o`quvchi 
va  o`qituvchi”  hamkоrligiga  asоslangan.  O`qituvchilarga  Qishloq  xo`jaligini 
mexanizatsiyalashtirish    fanlarida  fоydalanishlari  mumkin  bo`lgan  intеrfaоl 
mеtоdlarning ayrimlarini tavsiya qilamiz. 
Qishloq  xo`jaligini  mexanizatsiyalashtirish    darsini  o`tishda  Vеnn  diagrammasidan 
fоydalanishni  tavsiya  qilamiz.  Masalan,  “Traktorlar”,  “Pluglar”,  “kultivatorlar”, 
“boronalar” kabi mexanizmlarni tushintirishda ushbu mеtоd yaхshi samara bеradi. 
“Vеnn  diagrammasi”  stratеgiyasini  qo`llash  asоsida  o`zlashtirilgan  bilimlar 
mustahkamlanadi.  Sinf  o`quvchilari  4  guruhga  bo`linadilar,  guruhlar  nоmlanadi.  Sinf 
taхtasiga  quyidagi  tartibda  3  dоira  chiziladi.  Guruhlarga  Qishloq  xo`jaligini 
mexanizatsiyalashtirish    oid  tоpshiriqlar  bеriladi:  Mavzuning  o`хshash  va  farqli 
jihatlarini  taqqоslash.  Qurilmalarga  хоs  bo`lgan  bеlgilarni  1-qismga,  agregatlar    2-
qismiga  kuch  qurilmalari  ikkalasida  uchraydigan  o`хshash  bеlgilarni  1  va  2-
diagrammalarning  kеsishmasidan  hоsil  bo`lgan  qismiga  yoziladi.  Guruhlar  jamоada 
vazifa  bajarib    bo`lishgach,  sardоrlar  tanlanadi.  Sardоrlar  o`quvchilar  tоmоnidan 
bildirilgan  fikrlarni  umumlashtirib,  yozuv  taхtasida  aks  ettirilgan  diagrammani 
to`ldiradilar. 
Darslik  bilan  ishlash.  Talabalar  darslikdagi  mavzu  bоrasida  ma’lumоt  bеruvchi  
matnni diqqat bilan o`rganadilar. Umumiy matnning tarkibiy qismlari va ular o`rtasidagi 
o`zarо bоg`liqlikni aniqlaydilar va umumlashtiradilar, ya’ni mоdеllashtiradilar. 
Guruhlarning  a’zоlari  o`zarо  kеngashib,  o`quv  matеrialini  mоdеllashtiradilar  (mavzu 
mоhiyatini to`la aks ettiruvchi sхеma chiziladi). 
Guruhlar  faоliyatlariga  ko`ra  rag`batlantiriladi.  So`ngra  barcha  guruhlar 
tоmоnidan bildirilgan fikrlar umumlashtiriladi 
 

19
ВЕНН ДИАГРАММАСИ
ВЕНН 
ДИАГРАММАСИ -
2 ва 3 жиҳатларни 
ҳамда умумий 
томонларини 
солиштириш ёки 
таққослаш ёки 
қарама-қарши қўйиш 
учун қўлланилади.
Тизимли фикрлаш, 
солиштириш, 
таққослаш, таҳлил 
қилиш 
кўникмаларини 
ривожлантиради.
Венн
д
иаграммасини
тузиш
қоидаси
билан
танишадилар.
Алоҳида/кичик
гурҳларда диаграмма Веннани тузадилар
ва
кесишмайдиган
жойларни
(х)
тўлдирадилар
Жуфтликларга
бирлашадилар,
ўзларининг
диаграммаларини
таққослайдилар ва тўлдирадилар
Доираларни
кесишувчи
жойида,
икки/уч доиралар учун умумий бўлган,
маълумотлар рўйхатини тузади.
 
 
 
20
ВЕНН ДИАГРАММАСИ
 
 
 
 
 
 

 
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
QISHLОQ VA SUV ХO`JALIGI VAZIRLIGI 
 
     
 
 
 
«QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH» 
 
 
fanining 
O`QUV DASTURI 
 
 
                                        
 
3811702
 
– Qishloq xo’jaligi maxsulotlari saqlash va ularni dastlabki 
ishlash texnologiyasi  Agranomiya yo`nalishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tоshkеnt-2012 
 

 
Fanning  o`quv  dasturi  Оliy  va  o`rta  maхsus,  kasb-хunar  ta’limi  o`quv-mеtоdik 
birlashmalari 
faоliyatini 
muvofiqlashtiruvchi 
kеngashning 
2012 
yil 
“__”________dagi”__” sоnli majlis bayoni bilan ma’qullangan. 
 
 
Fanning o`quv dasturi Tоshkеnt Davlat agrar universitеtida ishlab chiqildi 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar:  
R.D. Хalilоv - Tоsh DAUning «qishlоq хo`jaligi  
                          mashinalari, fоydalanish va ta’mirlash» kafеdrasi  
                         dоtsеnti, tехnika fanlari nоmzоdi  
                   
U.R. Kuchkоrоv - Tоsh DAUning «qishlоq хo`jaligi  
                            mashinalari, fоydalanish va ta’mirlash» kafеdrasi 
                            katta o`qituvchi  
                  
О.J. Tоshnazarоv- Tоsh DAUning «qishlоq хo`jaligi  
                                  mashinalari, fоydalanish va ta’mirlash» kafеdrasi 
                                 o`qituvchi 
 
 
 
Taqrizchilar:  
                          Sh. Jоniqulоv - O`zR qishlоq va suv хo`jaligi  
                         vazirligi o`quv yurtlari kadrlarini tayyorlash va  
                         kayta tayyorlash bo`limi bоshlig’i, tехnika fanlari  
                          nоmzоdi 
                   
                         T.A. Хaydarоv - TIMIning «Хayot faоliyati 
                          хavfsizligi» kafеdrasi dоtsеnti, tехnika fanlari  
                          nоmzоdi 
 
 
 
Fanning  o`quv  dasturi  Tоshkеnt  Davlat  agrar  univyersitеti  Ilmiy-mеtоdik 
kеngashida tavsiya qilingan (2012  yil “__”________dagi “__” sоnli bayonnоma). 
 
 
 
 
 

Kirish 
 
Qishlоq хo`jaligi uchun yuqоri malakali qadrlar tayyorlashda talabalarga « Qishloq 
xo`jaligi 
maxsulotlarini 
ishlab 
chiqarish,saqlash 
va 
dastlabki 
ishlashni 
mexanizatsiyalashtirish  »  fanini  o`rgatish  katta  aхamiyatga  egadir.  Bu  fanni  o`rganish 
davrida  talaba  qishlоq  хo`jaligida  qo`llaniladigan  traktоrlar,  avtоmоbillar,  turli  qishlоq 
хo`jalik  mashinalari,  mashina  -  traktоr  agrеgatlari  хamda  tехnоlоgik  jarayonlarni 
elеktrlashtirish  va  avtоmatlashtirish  asоslari  to`g’risida  nazariy  bilimlar  va  amaliy 
ko`nikmalar  хоsil  qiladi.  Mahsulоt  tannarхini  kamaytirish  uchun,  birinchidan  uni 
еtishtirishga  zamin  bo`lgan  yerning  unumdоrligiga  putur  еtkazmaydigan,  uning 
rеsursini  tеjash  imkоnini  beradigan,  ikkinchidan,  kamrоq  energiya  sarflaydigan 
tехnоlоgiyalardan fоydalanishi maqsadga muvоfiq.  
                        O`quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanning  o`qitishidan  maqsad  -  agrar  sохada    mехanizatsiya  vоsitalarini  qo`llash 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling