O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.07.2020
Hajmi1.17 Mb.
#124221
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili


 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

Fizika –matematika fakulteti 



“Fizika” kafedrasi 

 

5440200 “Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 

Safarova Rahima Sattor qizining 

 

Fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili  

mavzusidagi 

 

BITIRUV   MALAKAVIY   ISHI

 

 

“Ish ko’rildi va himoyaga  ruxsat berildi”  

Kafedra mudiri______  

f.m.f.   B.E.Niyozxonova 

“____” __________2016 y.   

Ilmiy rahbar:_______  

katta o’qit.  B.B.Qobilov    



   “_____” __________2016 y 

Taqrizchi:______               

  Buxoro Avtomobil yo’llar 

kolleji   o’qit. O.Yu Yoqubov. 

   “_____” ________2016 y 



                         

 “Himoya qilishga ruxsat berildi” 

Fakultet dekani __________  prof.  SH.M. Mirzayev  

“_______” ______________ 2016 y. 

 

 

 



Buxoro-2016. 

 

 

MUNDARIJA 



KIRISH………………………………………………………………………… 

I BOB.  FIZIKA FANI RIVOJIDA TARIXIYLIK TAMOYILI………………. 

1.1.Ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari……………………………….. 

1.2. Fizika fani rivojlanish tarixini o’rganishning  didaktik jihatlari…………… 

I-bob bo’yicha xulosa………………………………………………………….. 

 

II 



BOB. 

FIZIKA 


FANI 

SHKILLANISH 

VA 

RIVOJLANISH 



BOSHQICHLARI………………………………………………………………. 

2.1. Fizlkaviy tushunchalarning shakillanish davri……………………………. 

2.2.Klassik fizika rivojlanishi davri…………………………………………… 

2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri……………………. 

II-bob bo’yicha xulosa…………………………………………………………. 

 

XOTIMA…………………………………………………………………. 



 

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 



 

ILOVALAR………………………………………………………………. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



KIRISH 

 

       “Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’q” 



 I.A.Karimov 

Malaka  ishi  mavzuining  dolzarbligi.  Respublikamizda  «Ta’lim  to’g’risida» 

gi  qonun,  Kadrlar  tay

yorlash  milliy  dasturi  talablari  va  ko’rsatmalari  bosqichma-

bosqich  amalga  oshirilib  kelinmoqda.  Ularda  asosan  tay

yorlanayotgan  kadrlarni 

har  tomonlama  yetuk  ,  komil  inson  qilib  tarbiyalash  g’oyasi  markaziy  o’rinni 

egallaydi. Mamlakatimizda  demokratik  davlat va   fuqarolik  jamiyatini  qurishga 

qaratilgan   ustuvor  vazifalar  belgilangan.  Ushbu  vazifalar  ta’lim  sohasiga  ham 

taalluqli bo’lib bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.  

Ta’lim  mazmunini  to’g’ri  belgilanishi  hamda  unga  zarur  o’zgartirishlar 

kiritishda  ta’lim  mazmunining  yangilanib  borish  imkoniyatlari,  ya’ni  ta’lim 

mazmunini modernizasiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun 

asosida o’quv fanlari, o’quv soatlari, mashg’ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim 

mazmuni tomoyillariga asoslanadi. 

Ta’lim mazmuni tamoyillari ta’lim berishning ma’lum ob’ektiv qonuniyatlarini 

o’zida  aks  ettiradi.  Shuningdek,  u  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchi  faoliyatining 

muhim  ichki  tomonlarini  aks  ettiradi  hamda  turli  shaklda,  turli  mazmunda  va  har 

xil yo’sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi.  

Jumladan:  -  ta’limhning    tarixiylik  tamoyili  -  ilmning    asosini    o’qitishning 

uning  rivojlanish  tarixi,  rivojlanishdagi    qarama-qarshiliklar    va  g’oyalar  kurashi, 

har  qanday  ilmiy  yutuqlarning    paydo  bo’lishi,    turli    ilmiy  sohalarning 

rivojlanishiga    olimlarning    qo’shgan    hissasiga  ta’luqli    materiallarni    bayon 

qilishni  taqozo  etadi. 

 

Fizika  fani  ham  o’z    rivojlanlish  tarixiga  ega  fan  bolib,  fanni  o’rganish 



jarayonida quyidagi asosiy vazifalariga e’tibor qarariladi: 

-  Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar 

va  nazariyalar  bilan  tanishtirish;  o'quvchilar  ongida  bizni  o'rab  turgan  dunyoning 


 

 

tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan 



tanishtirish. 

-  Materialni  o'rganish jarayonida  o'quvchilarning xotiralarini boyitish  bilan 

birga ularning ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish. 

- O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.  

-  Fizika  asoslarini  o'qitish  jarayonida  o'quvchilarni  tarbiyalab  borish: 

g'oyaviy-siyosiy,    harbiy-vatanparvarlik,  baynalmilal,  axloqiy  va  mehnat 

tarbiyalarini amalga oshinsh. 

-  O'quvchilarga  asosiy  bilimlar  berishni,  ularni  ijtimoiy  mehnatga 

tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish. 

Fizika  fani  rivojlanish    tarixini  o’rganish  jarayoniga  o’quvchilarda  fizika 

faniga  nisbatan  qiziqish  uyg’otiladi,  o’quvchilarni  vatanparvarlik  va 

mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda  ular  ongiga  milliy  mafkurani  singdirish 

vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  Mustaqil  O’zbekistonning  kelajagi  komil  insonning 

tarbiya va bilimiga bog’liqdir. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari 

o’quvchilarda  milliy  g’urur,  vatanparvarlik  xislatlarini  shakllanishiga  xizmat 

qiladi.  

 Sharq  allomalarining    fizika    fani  rivojiga  qo’shgan  salmoqli  hissalari, 

jumladan,  Al-Farg’oniy,  Al-Xorazmiy,    Al-Beruniy,  Ibn  al-Xaysam,  Ismoil  al-

Jaziriy  kabi  allomalarning    o’z  davridan  necha  asrlar  oldin  ketgan  ilg’or 

g’oyalarining  ilm-fan  rivojida      tarixiy  ahamiyati  tizimli  ravishda  yoritilgan  va  

o’quvchi-yoshlarda  ajdodlarimiz  bilan    faxrlanish  va    milliy  g’ururni  

shakllantirishi  bilan  muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.    Fan  tarixiga  bunday 

yondashish, 2014 yil 19 mayda Samarqand shahrida “O’rta asrlar Sharq alllomalari 

tarixiy  merosining  jahon  stivilizastiyasi  rivojidagi  o’rni  va  ahamiyati”  xalqaro 

anjumanida Prezidentimiz I.Karimovning so’zlagan nutqidagi  fikr-mulohazalarga  

mos kelishini alohida qayd etish lozim.Mamlakatimiz mustaqillik davrida ijtimoiy-

siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  sohalar  va  xalqaro  munosabatlarda  ulkan 

yutuqlarga  erishdi.  Bu  yillarda  O’zbekiston  o’ziga  xos  va  mos  taraqqiyot  modeli 

asosida  bozor  iqtisodiyotini  vujudga  keltirdi,  jahon  hamjamiyatining  teng  huquqli 


 

 

a’zosiga  aylandi.  Endilikda  iqtisodiyot  taraqqiyoti  yangi  innovastiyalarga, 



zamonaviy  bilimlarga  asoslanib  olib  borishni  hayotiy  zaruriyatga  aylantirmoqda. 

Bilimlar  nafaqat  texnologik  jarayon  hisoblanmasdan,  balki  yangi  boshqaruv 

usullarini  ham  ifodalaydi,  keng  ko’lamda  bilimlardan  foydalanishni  taqozo  etib, 

konkret  bozor  jarayonlarini  takomillashtira  boradi.  Demak,  bilimlarga  asoslangan 

iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning majmui sifatida tarkib topishi hamda rivojlanishini 

ifodalab, ayni paytda iqtisodiy o’sishning asosiy omilidir. 

          Har bir mutaxassislik uzluksiz ta’lim tizimida shakllanadi. “Uzluksiz ta’lim 

chuqur,  har  taraflama  asosli  ta’lim-tarbiya  berish,  mutaxassis  kadrlar 

tayyorlashning  turli-tuman  shakl,  usul,  vosita,  uslub  va  yo’nalishlarining 

mukammal  uyg’unligidan  iborat.  Uning  turli  komponentlari  o’rtasidagi  o’zaro 

aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi 

uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi”. 

      

2.Tadqiqot ob’ekti va predmeti: O’quv yurtlarida fizika o’qitish  jarayoni, 

O’quv  yurtlarida  fizika  o’qitishda  fanning  rivojlanish  qonuniyatlarini  o’rganish  

vositalari, uslublari, shakllari, pedagogik shart-sharoitlari. 

 

3. Malaka ishi maqsadi va vazifalari: O’quv  yurtlarida fizika kursida 100 

dan  ortiq  fizik  olimlar  nomi  qayd  etiladi.  Ushbu  olimlarning  hayoti  va  ilmiy 

kashfiyotlari qanchalik darajada va  qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o’quv 

rejasida  keltirilgan  vaqt  davomida  barcha  olimlarning  hayoti  va  ilmiy  faoliyatini 

to’la  yoritishning  imkoniyati  yo’q.  Shu  sababli  ba’zi  olimlar  hayotidan  ayrim 

lavhalarni,  jumladan,  dars  mavzusiga  mos  kelganlarini  tanlab  olish  maqsadga 

muvofiqdir.  BMI  yuqoridagi  masalaga  doir  materiallar,  tarixiy  ma’lumotlar  tahlil 

qilib tizimlashtirildi.  

Fizika fani rivojlanish  tarixini o’rganish o’quvchilarni vatanparvarlik 



va  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda  ular  ongiga  milliy  mafkurani  singdirish 

vositasi bo’lib xizmat qiladi. Olimlarning hayoti, xulq-atvori, qilgan kashfiyotlari 

o’quvchilarda  milliy  g’urur,  vatanparvarlik  xislatlarini  shakllanishiga  xizmat 

qiladi.  



 

 



Fizika  fani  rivojlanish    tarixini  o’rganish  jarayonida  u  yoki  bu 

qonuniyatning  ochilishida  yo’l  qo’yilgan  xato  fikrlar  va  bu  fikrlarning  tajribada 

inkor etilishi aniqlanadi  

Fizika  fani  rivojlanish    tarixini  o’rganish  jarayoniga  o’quvchilarda 



fizika faniga nisbatan qiziqtirish

.  


 4.Tadqiqot usullari va uslubiyoti: 

-  O’quv yurtlarida fizika o’qitishga doir   ilmiy-uslubiy  adabiyotlarni,  dastur,  

darslik,    o’quv    hamda  uslubiy    qo’llanmalarni    o’rganish    va  ularni  tahlil 

qilish; 


-  O’rta  maxsus  kasb  hunar    kollejlari    fizika  o’qituvchilarining  darslarini 

kuzatish, tahlil qilish; 

-  o’qituvchi  va  o’quvchilar  bilan  suhbat  o’tkazish,  so’rovnoma,  yozma-

nazorat ishlari o’tkazish,  tahlil qilish. 



 

5.Olingan asosiy natijalar: -  Ta’lim  ning  tarixiylik  tamoyilining  fizika 

o’qitishdagi  o’rni  va  ahamiyati  ochib  berildi.  Fanning  rivojlanishi  davrlarga 

bo’linib,  bu  davrning  o’ziga  xos  jihatlari  tahlil  qilindi.  Fan  taraqqiyotiga  hissa 

qo’shgan  50  dan  ortiq  olimlar  hayoti  organilib  mustsqil  o’rganuvchilar  uchun 

tavsiyalar tayyorlandi. 

 

6.Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati:  -fizika  fani 

rivojlanishiga  doir  toplangan  tarixiy  materiallardan    o’quv  yurtlarida  fizika  fanini 

o’qitishda  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Fanning  taraqqiyot  bosqichlari,  fan 

taraqqiyotining ijtimoiy hodisa ekanligi asoslab berilgan.  



Malaka  ishi  tuzilishi  va  hajmi:  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish  qismi,  ikki  bob, 

xulosa,  xotima  va  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxatidan  iborat  bo’lib  __bet 

hajmida yozilgan 

 

 



 

 

 

 

I BOB FIZIKA FANI RIVOJIDA TARIXIYLIK TAMOYILI 



1.1.Ta’lim mazmunini shakllantirish tamoyillari. 

 

Ma’lumki,  ta’lim  mazmuni  insonni    o’qitish  jarayonida  egallashi  lozim 



bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi hamda xarakteri bilan belgilanadi. Shu 

sababli ham ta’lim mazmuni rejalashtirilgan maqsadga muvofiq holdagi yo’nalish 

va  hajm  bo’yicha  shakllantiriladi.  U  tegishli  me’yoriy  hujjatlar:  ta’lim 

standartlari,  o’quv  reja,  o’quv  dasturlari  shaklida  rasmiylashtirilib,  o’rnatilgan 

tartibda tasdiqlanadi. 

Ta’lim  mazmunini  to’g’ri  belgilanishi  hamda  unga  zarur  o’zgartirishlar 

kiritishda  ta’lim  mazmunining  yangilanib  borish  imkoniyatlari,  ya’ni  ta’lim 

mazmunini modernizasiya qilishni ham e’tiborga olish lozim. Belgilangan mazmun 

asosida o’quv fanlari, o’quv soatlari, mashg’ulot turlari aniqlanadi va bunda ta’lim 

mazmuni tomoyillariga asoslanadi. 



Ta’lim  mazmuni  tamoyillari  ta’lim  berishning  ma’lum  ob’ektiv 

qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi. Shuningdek, u ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi 

faoliyatining  muhim  ichki  tomonlarini  aks  ettiradi  hamda  turli  shaklda,  turli 

mazmunda  va  har  xil  yo’sinda  tashkil  etiladigan  ta’limning  samaradorligini 

belgilaydi. Quyida ta’lim mazmuni tamoyillari to’g’risida to’xtalamiz: 

1.  Ta’lim  mazmunining  uzviyligi  tamoyili  –  bu  ta’lim  jarayonida  ta’lim 

oluvchiga  yetkaziladigan  ma’lumotlarning  qat’iy  mantiqiy  izchillikka  rioya 

qilinishidir.  Bunda  o’rgatilgan  bilimlar  va  shakllangan  tasavvurlar  oldingi 

o’rganilganlaridan  kelib  chiqadi,  ularni  mustahkamlaydi,  chuqurlashtiradi  va 

ta’limning  keyingi  bosqichi  uchun  propedevtik  material  sifatida  shakllantiriladi. 

Mazkur  tamoyil  o’qish  jarayonida  didaktikaning  umumiylikdan  xususiylikka 

(deduksiya)  va  aksincha  xususiylikdan  umumiylikka  (induksiya)  qoidasini  va 

o’quv fanlarining bir – biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ta’minlaydi. 



2. Ta’limning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili – bu ta’lim mazmunining 

amalda  o’z  ifodasini  topish  jarayoni  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  u  ta’limni  “Fan 

-

ta’lim- amaliyot” kabi uzviylikda olib borish jarayonidir. 



 

 

Ushbu  tamoyil  didaktikaning  asosiy  qoidalaridan  biri  bo’lib,  ruhiy  hodisalar 



bilan yaxlit ta’lim jarayonini tashkil etadi. 

3.  Ta’lim  va  tarbiya  mazmunining  uyg’unligi  tamoyili  –  bu  kishilarga 

bilim  va  tarbiya  berish  jarayonidan  iborat  bo’lib,  bunda  egallangan  bilim  va 

ko’nikmalarni  hayotga  qo’llay  olishga  o’rgatiladi,  hayotda  ta’lim  oluvchilarning 

ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg’unlikda rivojlanishi ta’minlanadi. 

Yaxlit  ta’lim  -  tarbiya  jarayonida  ikkala  o’zaro  bog’liq  juftlik,  ya’ni  bilim 

berish  va  tarbiyaviy  ko’nikmalarni  shakllantirish  hamda  shakllangan  ta’limiy  – 

tarbiyaviy  bilimlar  va  ko’nikmalar  bo’yicha  faoliyat  ko’rsatishga  o’rgatish, 

ob’ektiv  borliqdagi  qonuniyatlarni  o’rganish  va  uning  amaliy  munosabatlarini 

tarkib toptirishda namoyon bo’ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda 

egallangan  bilimni  amalda  ishlatishga  o’rgatish  bilan  birga  ta’lim  tarbiyalovchi 

ham bo’lishi kerak. 

4. O’quv materialini to’g’ri tanlash tamoyili -bunda ta’lim mazmuniga oid 

quyidagi  jihatlarga  e’tibor  beriladi:  o’quv  materialini  tanlashda  mashg’ulotning 

maqsadi,  ta’lim  oluvchilarning  oldingi  mashg’ulotlarda  olgan  bilim  va 

malakalariga;  fan  asoslariga  oid  bilimlarga;  ta’lim  oluvchilarning  jismoniy 

rivojlanganligiga va shu kabilarga. O’quv materiali mazmuni ta’lim oluvchilarning 

oldingi tajribalari va fan asoslari bo’yicha olgan bilimlariga hamda mashg’ulotning 

maqsadiga muvofiq holda tanlanadi. 

5.  Ta’lim  mazmunining  ko’rgazmalilik  tamoyili  –  bu  ta’lim  vositalaridan 

foydalanishning 

didaktik 

tamoyilidir. 

Shu 

sababli 


o’rganilayotgan 

tushunchalarning  mazmunini  ochib  berishga  oid  manbalar  (pedagogik  hodisa  va 

jarayonlar)  ajratib  olinib  o’rganiladi  va  o’rgatiladi.  Ajratib  olingan  manbalarning 

ko’rgazmaliligini  kuchaytirish  uchun  turli  kodlash  usullari  (rangli,  raqamli,  harfli 

va  shu  kabilar)  qo’llaniladi.  Manbalarni  o’qitish  jarayonida  ular  bilan  ishlash 

uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o’tkazish hisoblanadi.  

Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili o’rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli 

idrok etish asosida o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Bu o’quv materialini aniq obrazlar 

orqali bevosita idrok qilishni ta’minlaydi. 


 

 

Ta’lim  jarayonida  ko’rgazmali  vositalardan  to’g’ri  foydalanish  ta’lim 



oluvchilarning  pedagogika,  psixologiya,  tarbiyaviy  ishlar  metodikasi,  o’qitish 

uslubi  va  texnikaga  oid  fanlarni  puxta  o’zlashtirib  olishga  ularda  malaka  hosil 

bo’lishiga  yordam  beradi.  Agar  ko’rgazmali  qurol  biron  fikrni  bildirish  uchun 

yordamchi  vosita  bo’lsa,  nutq  asosiy  qurol  hisoblanadi.  Ko’rgazmali  qurol 

kuzatishni rivojlantirish uchun qo’llanilsa, nutq qisqa bo’lib kuzatishning maqsad 

va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo’ladi  

Ta’limning ko’rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim jarayonidagi sifatni oshirishga, 

ta’lim  oluvchilarning  bilim  olishlarini  osonlashtirishga  (oydinlashtirishga) 

qaratilgan faoliyat bo’lib, unda ta’lim oluvchilardagi o’rganilayotgan jarayonlarni 

(narsa  va  hodisalarni)  bevosita  hissiy  –  amaliy  jihatdan  idrok  qilish  asosida 

bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish jarayoniga asosdir. 

6. Ta’limda uzviylik va uzluksizlik tamoyili – bu ta’limda zarur fiziologik – 

psixologik  qonuniyat  hisoblanib,  bilimni  mantiqiy  bog’liqlikda  o’rganishni 

ta’minlab  beradi.  Bu  tamoyil  har  bir  fan  bo’yicha  dasturiy  va  uslubiy 

tavsiyanomalar  yaratishda  joriy  qilinadi  va  ular  tushunchalar,  dalillar  va  boshqa 

fikrlar  orasidagi  aloqadorliklardan  kelib  chiqqan  qonun  va  qoidalar  bilan  amaliy 

ishlarni  bajarish  o’rtasidagi  mantiqiy  bog’liqliklarni  o’rganish  orqali  amalga 

oshiriladi.  Bu  qonuniyat  ta’limni  tashkil  etishning  asosi  hisoblanadi.  Bunga  amal 

qilmaslik  ta’lim  mazmuniga  salbiy  ta’sirni  keltirib  chiqaradi,  ya’ni  ta’lim 

oluvchilar tafakkurida o’zaro bog’liq bo’lmagan uzuq  – yuluq bilimlarning paydo 

bo’lishiga olib keladi. 



7.  Ta’limda  onglilik  va  faollik  tamoyili.  Bunda  ta’lim  oluvchilar  bilimini 

hayotda  qo’llay  bilishlari  uchun  ta’lim  mazmuni  va  unga  mos  ta’lim  berish 

jarayonini  faol  fikrlash  faoliyatiga  aylantirishga  to’g’ri  keladi,  ya’ni  o’qitishni 

shunday  tashkil  etish  kerakki,  bunda  ta’lim  oluvchilar  bilimlarini  dars 

mashg’ulotlarida  ongli  va  faol  qatnashib  egallab  olsinlar.  Shunda  ta’lim 

oluvchilarda  ong  o’sib,  ijtimoiy  tashabbuskorlik  va  o’quv  faoliyatida  mustaqillik 

tarkib topadi. 


 

 

Ta’limning  onglilik  tamoyili  ta’lim  oluvchilarda  ta’rif,  tushuncha  va 



qoidalarni  yodlash  va  esda  saqlash  bilan  ularni  egallash  emas,  balki  bu  bilimlarni 

hayotiy 


hodisalar 

va 


jarayonlar 

bilan  bog’liq  bo’lgan  mazmunini 

tushunishlaridadir. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo’lganligi uchun 

ham ta’lim oluvchilarni muammoni mustaqil hal qilishga o’rgatadi. 



8.  Ta’lim  mazmunini  ilmiy  asosda  tashkil  etish  tamoyili.  Bu  ta’lim 

oluvchilarni  o’qitish  ishlarini  faollashtiradigan,  ongini  o’stiradigan,  ilmiy 

dunyoqarashini  kengaytiradigan,  ularni  mustaqil  ta’lim  olishga  yo’naltiradigan 

usullarga  o’rgatadi  hamda  pedagogik,  texnik  atamalardan  to’g’ri  foydalanishga 

odatlantiradi. 

6.  Ta’limni  demokratlashtirish  va  insonparvarlashtirishning  mazmun  – 

mohiyati. 

Demokrasiya  (demos  –  xalq  va  kratos  –  hokimiyat,  xalq  hokimiyati 

ma’nosini anglatadi). Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday 

xalqning  o’ziga  xos  demokrasiyasi  bo’ladi.  Ya’ni,  demokratik  tamoyillarni 

belgilashda,  jamiyatning  ob’ektiv  va  sub’ektiv  shart  –  sharoitlari  asosida 

shakllangan,  xalqning,  millatning  ijtimoiy  ongi  va  psixologiyasini  xal  qiluvchi 

ahamiyat kasb etadi. Demak, demokratiya insoniyatning madaniyati, ma’naviyati, 

ijtimoiy  ongi,  mentaliteti,  idroki,  bilim  doirasi,  ishbilarmonlik  qobiliyati,  uning 

jamiyatda erkin yashashi va mehnat qilish ko’nikmasi bilan birgalikda shakllanib, 

rivojlanib boradigan tabiiy tarixiy jarayondir. 

Demokratlashtirish  –  oliy  o’quv  yurtini  boshqarishdan  tortib,  butun  ichki 

tuzilishi  va  faoliyatini  o’z  ichiga  oladi.  U  har  qanday  buyruqbozlikdan,  ayrim 

shaxs  va  jamiyat  a’zolarining  shaxsiy  fikrlaridan  xolos  etadi,  o’zaro  bir  –  birini 

to’g’ri  tushunish,  ishonch  va  do’stona  xamkorlik  asosida  milliy,  ma’naviy  ijodiy 

erkinlik  berish,  o’quv  –  tarbiya  ishining  shakllari,  uslublarini  yaxshilash  uning 

mohiyatini tashkil etadi. 

Demokratlashtirilgan  tarbiyaga  tayangan  o’qituvchining  faoliyat  doirasi 

kengayadi.  Oliy  o’quv  yurtlari,  oila  va  jamoatchilikning  hamkorlik  qilish  o’quv 


 

 

tarbiya  ishining  mazmunini  boyitadi  va  ta’lim  –  tarbiya  borasida  bir  –  birini 



to’ldirib boradi. Bunda ayniqsa, dars jarayonini demokratlashtirish zarur. 

Pedagog  o’z  faoliyatini  talabalar  faolligini  oshirishga,  ularning  o’quv  – 

tarbiya  ishlarini  hal  qilishga  qaratadi,  ya’ni  guruh  jamoasiga  tayanib  ish  ko’radi. 

Umuman  olganda  darsda  va  darsdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarni  demokratik 

usulda tashkil etish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, har bir ishda faol ishtirok etish 

hamda  tashabbus  ko’rsatishga,  guruh  jamoasi  ishiga  astoydil  yondashishga 

o’rgatib, ta’lim – tarbiya ishining samaradorligini oshiradi. 

Ta’limni insonparvarlashtirish – bu insonga ta’lim berishda ularga nafaqat 

bilim  berish,  kasb  –  hunarni  egallashni  o’rgatish,  balki  yaxshilikni  sevishni, 

insoniylik  amaliyotini  ham  o’rgatish,  ya’ni  insoniylik  sifatlarini  namoyon  etish 

qobiliyatlarini hosil qilishga ko’maklashish jarayonidir. 

Demak,  inson  mohiyatidagi  ezgulikni  to’la  namoyon  eta  olish  uchun 

jamiyatda  shart  –  sharoit  va  imkoniyat  yaratishi  muhimdir.  Shu  ma’noda 

ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni insoniyatning eng ezgu sifatlari, madaniy – 

ma’rifiy meroslari bilan tanishtirishdir. Bunda ular faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat 

tuzilmalari  va qadriyatlari o’ta muhimdir. Binobarin insonda  insoniylik sifatlarini 

shakllantirmoqchi bo’lgan jamiyat o’z – o’zini sog’lomlashtirish va umuminsoniy 

qadriyatlarga  tayanib ish ko’rish kerak. 

Qadimgi donishmandlarning “O’z – o’zingni angla!” – degan o’lmas hikmati 

bizgacha  etib  kelgan.  Bu  ajoyib  durdona  fikrdan  qanchadan  –  qancha  ma’no  bor. 

Ayni  paytda  u  barcha  narsalarning  o’lchovi  va  tabiati  haqidagi  fan  kalitidir 

(ochqichidir).  Demak,  inson  o’z  –  o’zini  o’rganmasdan  va  anglamasdan  turib 

insoniylasha  olmaydi.  O’z  –  o’zini  anglash  insonning  o’zida  insoniy  sifatlarni 

barqarorlashtirishga  yordam  beradi.  Ziyolilik  ham,  ijodkorlik  ham  insoniylik 

o’lchovi  emas.  Ammo  insoniylashishni  ham  ijodiy,  ham  amaliy  faoliyat  tarzida 

qaramoq kerak. 

Ta’lim  berish  faoliyati  shubhasiz,  insonning  ma’naviy  hayoti  bilan 

chambarchas bog’liqdir. U doimo aqliy va ongli faoliyatni taqozo etadi. Ta’limdagi 

barcha  ishlar,  eng  avvalo,  inson  ongini  rivojlantirishga  yo’naltiriladi.  Ammo  bu 



 

 

boradagi  faoliyatda  izchil  fikr  yuritish,  rejali  ishlarni  amalga  oshirish,  haqiqatni 



anglash  asosidagina  samarali  natijalarga  erishadi.  Zero  pedagogik  jarayon  doimiy 

fikrlash va ijod qilish jarayonidir. 

Demak,  ta’limni  insonparvarlashtirish  muammosi  ta’lim  oluvchilar  ongini, 

tafakkurini,  eng  muhimi  ma’naviyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi.  

Insonparvarlik  muammosiga  ilmiy  –  nazariy,  metodologik,  didaktik  nuqtai  – 

nazardan  yondashilsa  bu  sohadagi  ilmiy  tadqiqot  ishini  olib  borish  uchun 

shubhasiz dolzarb mavzudir. 

Pedagogik  faoliyatdagi  ushbu  yo’nalish  (soha,  tarmoq)  ta’lim  oluvchiga 

majburiy  tarzda  bilimlarni  berish  emas,  balki  ularda  ilmiy  bilimlarni  ijodiy 

o’zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj, havas, qiziqish, intilish va rag’batni yuzaga 

keltirish  lozim. Bu jarayonda  yana  bir omillardan biri ta’lim oluvchilarning erkin 

harakat  qilishi  va  mustaqil  faoliyat  yuritishiga  sharoit  yaratish.  Shunda  ularni 

ijodkorlikka, yangilikka, intiluvchanlikka undash mumkin va eng asosiysi ularning 

ta’lim jarayonidagi xilma – xil fikrlarini erkin ifodalay olishlik qobiliyatlari o’sadi 

va  hattoki  natijada  kutilmagan  g’oyalarni  (fikrlarni)  ilgari  surish  holatlari  ham 

uchrashi mumkin. 

Shu sababli ham ta’limni insonparvarlashtirishda quyidagilarga e’tibor berilsa, 

ushbu sohada olib boriladigan faoliyati samaraliroq bo’ladi: 

ta’lim berishda ta’lim oluvchi o’z huquqlarini bilishligini baholash va 



lozim  topilganda  ularni  ta’kidlab  qo’yish.  Bunda  ta’lim  oluvchi  instellektual 

salohiyatini yuksaltirishda unga suyanishni ongli ravishda tushunmog’i lozim; 

ta’lim  jarayonini  ta’lim  oluvchining  bilim  olish  imkoniyatlarini  va 



qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda yuritish. Bunda zo’riqishga yo’l qo’yish katta 

xato bo’ladi va ta’lim oluvchi ushbu ta’lim sohasiga salbiy holatdagi munosabatda 

bo’lishiga olib keladi; 

ta’lim  jarayonida  ta’lim  oluvchining  aqliy,  jismoniy  hamda  ma’naviy 



dunyoqarashini  namoyon  etishga  imkoniyat  yaratish  kerak  va  ular  ta’lim 

jarayonida sog’lom muhit yaratishga muntazam ravishda qayg’urish lozim; 



 

 



ta’lim  jarayonida  ta’limning  faol  usullari  to’g’risida  keng  qamrovli 

tushuntirish  ishlari  olib  borish  hamda  ta’lim  jarayonida  o’qituvchi  va  ta’lim 

oluvchining teng munosabatda bo’lish jarayonlarini ta’minlovchi ta’lim turlaridan 

foydalanish orqali ularni ijodkorlik sari etaklash; 

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek buyuk vazifani 



bajarishda  faol  qatnashuvchi  barkamol  avlodni  tarbyuiyalashni  erkinlashtirishning 

barcha  tamoyillariga  amal  qilish  va  ilg’or  metodlardan  samarali  foydalanish, 

shuningdek, ilm – fan va texnika – texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlari asosida 

yangi  axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etishga 

erishish. 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling