Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim
Download 132 Kb.
|
Muhammadaziz Kamolov Tarix
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi 1-bosqich 19-53 guruh talabasi Muhammadaziz Kamolovning O'zbekiston Tarixi fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI Varian—1 Savollar: 1.Quroni Karim muqaddas kitob 2.Jaloliddin Manguberdi Yurt himoyachisi 3.Amir Temurning harbiy yurishlari 1.Qur'oni Karim islom dinining muqaddas yozuvi. Qur'oni Karim Yer yuzi musulmonlarining muqaddas kitobi, dasturulamani, diniy ahkomlar manbaidir. Qur'on so'zi arabcha, «qiroat qilish», ya'ni o'qish fe'lidan olingan bo'lib, «o'quv» yoki «o'qish» ma'nosini bildiradi. Ko'p dinlarda, ular vujudga kelgan davr tushunchasiga xos ravishda bularni «yozuv» yoki «yozuvlar» (masalan: xristian dinida «pisaniye» yoki «svyashennoye pisaniye») deb atash odat bo'lgan. Bunga o'xshash nomlar islomda ham Qur'onga nisbatan keng qullanilgan. Masalan, «Kalomi Alloh» (Alloh so'zi), «Kalom ash-sharif» (Muqaddas so'z), «Mushaf ash-sharif» (Muqaddas yozuv bu yerda «mushaf» yozuv ma'nosida) va h.k. Qur'oni Karimning oyat va suralari Muhammad payg'ambar davrlarida og'zaki qabul g'ilinib, yoddan talaffuz qilinar edi. Uning Qur'on shaklida matnini to'plash va kitob shakliga keltirish Muhammad payg'ambardan so'ng amalga oshirilgan. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) nozil bo'lgan oyatlarni kelgusida bir mukammal mushabi sharif sifatida keltirish uchun sahobai kiromlardan to'rt kishini – Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu sufyon, Ubay ibn Ka'ab, Zayd ibn Sobitni o'zlariga kotib qilib olgan ekanlar. Sahifalarni jam qilish va to'liq bir kitob shakliga keltirish harakati janobi payg'ambarimiz alayhissalom vafotlaridan keyin Abu Bakr Siddiq xalifaligi davridan boshlangan. Bu harakat ikkinchi xalifa hazrati Umar davrlarida davom etib, hazrati Usmon ibn Affon xalifalik zamonlarida tugallangan. qur'on sura va oyatlarini to'plash, tartibga solish Zayd ibn Sobitga topshirilgan. U o'zi va payg'ambarga yaqin bo'lgan ishonchli kishilar yoddan bilgan matnlarni to'plab ko'chirgan. 651 yili to'zilgan bu to'plam «mashaf», ko'pincha «Usmon mushafi» nomi bilan yuritilgan. Yangi tuplamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan undan uch nusxa ko'chirilib, Kufa, Basra, Damashq shaharlariga yuborilgan. Usmon mushafi muqaddas yozuv sifatida tasdiqlanib, rasmiy ravishda e'tirof etilgan. Bulardan bittasi O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Qur'on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo'lishi bilan birga axloqiy da'vat, huquqiy me'yorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash tarzining eng muhim jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan yozuvdir. Uning oyatlari ommaviy va xususiy marosimlarda, namoz, davlat va oila bayramlarida, kundalik hayotga aloqador turli anjumanlarda o'qilgan. Bu yozuvdagi juda ko'p so'z va iboralar, tilidan va millatidan qat'i nazar, islomni qabul qilgan xalqlarning adabiy tiliga, kundalik muomala tiliga asrlar davomida singib ketgan. Qur'on jahon adabiyotining o'ziga xos bir yodgorligidir. U Sharq xalqlarining ijtimoiy va ma'naviy rivojiga ulkan ta'sir ko'rsatgan butun bashariyatning madaniy merosi qatoriga kiradi. Qur'oni Karim suralarining to'planishi va mushaf qilinishi. Qur'on islomning muqaddas kitobi sifatida «Allohning mo'jizali kalomi bo'lib, Muhammadga vahiy orqali tushgan, Tilovoti ibodat hisoblanuvchi kitob» deb tavsiflanadi. Rivoyatlarga ko'ra, Qur'on sura va oyatlari Muhammadga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan; bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasi boshlanib, uning vafotigacha, ya'ni 23 yil davom etgan deb hisoblanadi. Keyinchalik islomda diniy an'ana buyicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o'tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o'tar kechasi deb hisoblanadi. Qur'onni vahiy qilishning boshlanishi to'g'risidagi tasavvur uning 97- «al-Qadr» surasida ifodalangan. Qur'on matnlarining to'planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e'tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki choriyorlar davrida amalga oshirilgan. Qur'onning hozirgi nushasidagi 114 ta sura taqqoslab ko'rilsa, Suhufda hammasi 109 ta sura bo'lganligi va birmuncha suralar bo'lmaganligi aniqlangan. Shundan ham ma'lum bo'ladiki, Suhuf tarkibi to'la bo'lmagan. Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma'lum. Ulardan biri madinada saqlanayotgan asl nusxa bo'lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi nusxa Ka'bada, uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Turtinchisi, Toshkentda O'zbekistonda xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O'zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan. Ayrim tadqiqotlarda Qur'onning oxirgi tahriri Umaviylar xonadonidan bo'lgan xalifa Abd al-Malik xukmronlik qilgan davrda (685-705) amalga oshirilgan, degan fikr ham uchraydi. Lekin aslida bu tahrir emas. Shu davrgacha Kur'on matnida arab yozuviga xos bo'lgan qiska unlilarning belgilarigina emas, balki harflarning ustiga va ostiga qo'yiladigan kalta chiziqcha ham amalda bo'lmagan. Bu hol yozuvning o'qilishida qiyinchilik va talaffo'zida nomuvofiqlik tug'dirar edi. Shuning uchun bu davrda Iroq xokimi bo'lgan al-Hajjoj Qur'on matnlarining o'qilishidagi chalkashliklarga xotima berish maqsadida shunday nuqtalar va belgilar qo'yib chiqishni buyurgan. Demaq bu aslida faqat unli harf belgilarini qo'yish bilan bog'liq ish bo'lgan va bu vaqtda Qur'on matniga o'zgartirishlar kiritish imkoniyati bo'lmagan. Yuqorida ilk manbalar asosida bayon etilgan Qur'on suralarining o'qilish davrlari, ular bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqealar, Muhammad vafotidan keyin suralarning to'planishi va musxaf qilinib, yagona kitob shakliga keltirilishi tafsilotlari bilan tanishgan har bir kitobxon islomshunoslik va qur'onshunoslikning qanday mashshaqatli yullarini bosib o'tganini o'zi tasavvur qilishi va zarur xulosalarni chiqarib olishi mumkin. Qur'oni Karimning ichki tuzilishi. Qur'onda 114 ta sura, 6226 ta oyat borligi ma'lum. Arabcha «sura» atamasining Qur'on vujulga kelgan davrdagi lug'aviy ma'nosi devor tiklashda teriladigan g'isht yoki toshning har bir qatorini anglatgan. Binobarin, uni «tizma» ma'nosida tushunish mumkin. Qur'on matnlarida esa «sura» so'zi muayyan ravishda «oyatlar to'plami» (oyatlar tizmasi) ma'nosini beradigan joylar ko'p uchragani sababli, bu atama asosan «oyatlar yig'indisi» ma'nosida tushuniladi. Suralar Qur'onda o'z mazmuniy izchilligiga yoki o'qilgan vaqtiga, ya'ni xronologik tartibiga qarab emas, balki xajmiga qarab joylashtirilgan. Suralarning xajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo'lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat. Tarixiy voqealar aniqroq ko'zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 surani 5 davrga ajratish mumkin. 1 – Madina davri (622 yil oktabrdan 624 yil martigacha), Muhammad Madinaga ko'chib kelgandan makkaliklar bilan birinchi yirik to'qnashuv – Badr jangigacha o'qilgan 4 sura (2, 98, 64, 62) bu davrga kiradi. Bu suralarning o'qilgan davriga mos tartibda joy olganligi shubha uyg'otmaydi. 11 Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha), Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o'tgan bir yil ichida o'qilgan 3 ta surani (8, 47, 3) o'z ichiga oladi. 111 Madina davri (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhud jangidagi mag'lubiyatdan keyin Handaq jangigacha o'tgan 2 yil ichida beshta sura (61, 57, 4, 65, 59) o'qilgan. 1U Madina davri ( 627 aprelidan 630 yil yanvarigacha). Hangg'daq jangidan so'ng Makkaning olinishigacha o'tgan salkam uch yil ichida o'qilgan 8 ta sura (33, 24, 63, 58, 22, 48, 66, 60) shu davrga kiradi. U Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olingandan keyin Muhammad payg'ambarning vafotigacha utgan 2 yildan ortiqroq davr ichida o'qailagn 4 ta sura (110, 49, 9, 5) shu davrga kiradi. «Oyat» so'zi faqat Qur'onning o'ziga xos ibora bo'lib, «mo'jiza», «hikmat», «ilohiy alomat, belgi» ma'nolarini anglatadi. Oyatlarning ihajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2, 256-oyat-al-kursiy) iborat bo'lgani holda, ayrim oyatlar faqat ikki so'zdan (gapning bir qismidan) gina iborat. Masalan: Osmon yorilganida. Yulduzlar (har tomonga) sochilganida. Dengizlar qo'shilib, to'siqlar ochilganida. Qabrlar ag'darilganda (Qiyomat qoyim bo'lganida). (Har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarni) bilur! (82,1-5). Qur'on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o'zbekcha «pora»)larga bo'lingan. Shuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o'xshab Qur'onning ilk to'zilishi bilan bog'liq emas, balki o'qishda qulaylik tug'dirish uchun keyinchalik Qur'on matnini hajm jihitdan teng bo'lklarga bo'lishdan iborat bo'lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan ko'proq bo'lgani holda, oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. Qur'on jahondagi ko'p tillarga tarjima qilingan. Uni G'arbiy Yevropa tilllariga tarjima qilish IX asrdan, rus tiliga ag'darish XVIII asrdagi Pyotr I ning tashabbusi bilan boshlangan. 1790 yilda nashr etilgan M.N.Verovkin tarjimasi e'tiborli rus olimlarining fikriga ko'ra, A.S.Pushkinning mashhur «Podrajaniya Koranu» (Qur'onga tatabbu'lar) asariga manba bo'lgan. G.S.Soblukovning arabchadan dastlabki ruscha tarjimasi Qozondan uch marta (1878,1894,1907) nashr qilingan. Qur'onning akademik I.YU.Krachkovskiy rus tiliga qilgan tarjima nusxasi uning vafotidan keyin (1963,1986 yillarda) nashr qilingan. 2.Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyachisi ''Jaloliddin Manguberdi-ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramonidir.'' Islom Karimov Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan Jaloliddin Manguberdidir. O‘rta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va mirzasi ham bo‘lgan an-Nasaviy uni Mankburni, (ya’ni mank belgi, xol degan ma’noda, xoldor burunli degan ma’noni anglatgan) nomi bilan atashgan. Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1998 yil 24-sentabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud to‘yi keng miqyosda nishonlanishi qayd qilib o‘tildi. Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial yodgorlik o‘rnatildi, O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Xorazm Ma’mun akademiyasi, bir qator Oliy o‘quv yurtlari, turli jamg‘armalar mutaxassislari tomonidan ko‘plab risolalar chop etildi, mohir rassom T. Quryozov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, “Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi va eng muhimi Prezident I. Karimov boshchiligidagi hukumat va parlament a’zolari, chet ellik mehmonlar, yurtimiz mehmonlari ishtirokida ulkan teatrlashtirilgan tamoshalar bo‘lib o‘tdi. Jaloliddin og‘ir bir paytda Movaraunnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgan, imperiya qo‘shini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik yo‘liga, qolgani o‘z joni-mulkini asrash yo‘liga tushgan, sulton mamlakatni o‘z holiga tashlab qo‘ygan, o‘zaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo bo‘ldi. Jaloliddin shunday bir og‘ir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o‘g‘il bo‘lsa-da, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‘idan bo‘lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O‘zloqshoh valiahd deb e’lon qilingan edi. G‘azna, Bamiyon, al-G‘ur, Bo‘st, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh yerlar esa Jaloliddinga mulk etib berilgan edi. Garchi Jaloliddin buvisining izmi bilan markazdan chetlatilgan bo‘lsa-da, lekin sulton unga alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini qadrlar va uni o‘zidan uzoqlashib ketmasligini xohlar edi. Shuning uchun ham unga vazir etib taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin Alp al-Xaraviyni, noib (o‘rinbosar) etib esa sarkarda Kuzbar Malikni tayinlaydi. Muhammad Xorazmshoh plevrit (o‘pkaga suv yig‘ilish) kasali bilan og‘rib taxminan 1220-yilning oxirlarida (hijriy 617-y.) quvg‘inlikda Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi. O‘limi oldidan sulton Jaloliddinni taxt vorisi deb e’lon qilib, sultonlik ba’zi rutbalarini unga topshiradi. Jaloliddin o‘z inilari O‘zloqshoh va Oqshohlar bilan otasini dafn etgach, 70 ta kishisi bilan to‘g‘ri Urganchga keladi. Tez orada unga Xo‘jand hokimi Temur Malik va boshqa erksevar kishilar kelib qo‘shiladilar. Xalq Jaloliddin Manguberdini shod-u-xurramlik va katta umid bilan kutib oladi. Lekin inisi O‘zloqshoh va uning tarafdorlari unga qarshi fitna tayyorlayotganidan xabar topgach, bu alfozda mo‘g‘ullarga qarshi kurashib bo‘lmasligini tushungan Jaloliddin 300 ta kishisi bilan yashirincha Xorazmni tark etadi. Hozirgi davrdagi yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatayaptiki, Jaloliddinning mo‘g‘ullar bilan ilk to‘qnashuvi avval boshida Jand viloyatidagi Irg‘iz dashtida bo‘lgan ekan. Jaloliddin 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni atrofiga yetib keladi. Chingizxon sulton o‘g‘illarining Xorazmga qaytganliklaridan xabar topgach agarda ular Xurosonga chekinmoqchi bo‘lsalar, ularga qarshi chiqadi degan maqsadda o‘z qo‘shinidan Xurosonning har yeriga pistirmalar qo‘yadi. Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 ta askarlari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik qo‘shinini zarbaga uchratadi. Mo‘g‘ullar batamom mag‘lub etiladi.Bu vaqtda Jaloliddinning ukalari O‘zloqshoh va Oqshohlar sarosimaga tushib, nima qilishlarini bilmay, Jaloliddin ketidan ular ham Xurosonga ketishadi. Mo‘g‘ullarning kichik otryadi ustidan g‘alaba qozonib, bu g‘alabaga juda katta e’tibor berib yuborishadi. Shundan so‘ng aysh-u-ishratga berilib, Xurosonning Xabushan shahri yaqinida mo‘g‘ullarga qarshi navbatdagi kurashda qo‘lga tushib, qatl etiladilar. Mo‘g‘ullar qatl etilgan shahzodalarning kallalarini namoyishkorona tarzda birmuncha vaqt Xurosonda olib yurishadi. Jaloliddinning yana bir inisi Rukniddin G‘ursanjiy (manbalar unga «aql-zakovat va ko‘rkamlikda tengi yo‘q» deb ta’rif berishgan) Eronning Ustunavand qal’asida 6 oy mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib borib, mardonavor tarzda halok bo‘ladi. Jaloliddin esa bu vaqtda Nishopurga yetib keladi. Bir oy davomida mo‘g‘ullarga qarshi kurashish maqsadida barcha amir, sarkardalarga qo‘shin yig‘ish xususida murojaat qiladi. Mo‘g‘ullar uning ushbu faoliyatidan xabardor bo‘lganliklarini bilgach, Zavzon (Nishopur va Hirot oralig‘ida) tumanidagi al-Qohira qal’asiga kelib o‘rnashadi. Afsuski, bu vaqtda mahalliy noib hokimlar uning atrofida jipslasha ololmaydilar. Hali yetarli kuchga ega bo‘lmagan Jaloliddin qal’ada uzoq turish xavfli ekanligini tushunib, G‘azna tomon yo‘l oladi. Chingizxon esa bu vaqtda ulkan qo‘shin bilan Xurosonga izma-iz kelayotgan edi. Jaloliddin G‘aznaga yetmasdan yaqin orada Hirot hokimi hamda qayinotasi bo‘lmish Amin Malik bilan uchrashadi va ular birgalikda Qandahor qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ullar ustiga yurish qiladilar. Jaloliddin bu kurashda harbiy ilm tarixida ilk bora “piyoda yoyandozlar”ni mo‘g‘ullarning otliq askarlariga qarshi qo‘yadi. Inglizlar keyinchalik bu harbiy usulga yuqori baho berib, o‘zlarining Kress yonidagi mashhur janglarda undan foydalanishadi. Uch kunlik jangdan so‘ng mo‘g‘ullar mag‘lub etilib Jaloliddin g‘olib bo‘ladi va u G‘azna tomon yo‘l oladi. U 1221-yilning fevralida G‘aznaga kirib keladi. Manbalarning qayd etilishicha, xalq Jaloliddinni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shahar xuddi xayit bayramidek shod-xurramlikka to‘ladi. G‘aznada Jaloliddin xizmatiga Sayfiddin O‘g‘roq al-Xalajiy, Balx hokimi A’zam Malik, afg‘on qabilalari sardori Muzaffar Malik va qarluqlar rahbari al-Hasan qarluq o‘z qo‘shinlari bilan qo‘shiladilar. Jami qo‘shinning soni tarixchilarning xabariga ko‘ra 90-130 ming kishi atrofida bo‘lgan. Chingizxon Jaloliddinning kuch-qudratini oshib borayotgani va mo‘g‘ullar undan Qandahorda zarbaga uchraganligidan g‘azablanib, no‘yon Shiki Xutuxu boshchiligidagi qo‘shinni uning ustiga yuboradi. U 1221-yilning kuzida Jaloliddin yerlariga yaqinlashib keladi. Bu vaqtda mo‘g‘ullarning Tekechuk va Molgor boshchiligidagi ilg‘or guruhi Chorikordan shimolroqdagi Valiyon qo‘rg‘onini qamal qilishni boshlagan edi.Jaloliddin bir hamladayoq mo‘g‘ullarni zarbaga uchratishga muvaffaq bo‘ladi. Bu jangda mo‘g‘ullarning 1000 dan oshiq kishisi halok bo‘ladi. Ko‘plab tarixchilar jumladan, ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin bu jangga yuqori baho bergan edilar. Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi muhim janglaridan biri 1221 yilning kuzida shimoliy Afg‘onistonning Lagar daryosi bo‘yidagi Parvona dashti yaqinida bo‘lib o‘tadi. Birlashgan qo‘shinga shaxsan Jaloliddinning o‘zi lashkarboshilik qilib, o‘ng qanotga Amin Malik, chap qanotga Sayfiddin O‘g‘roq boshchilik qilishadi. Mo‘g‘ullar jon-jahdlari bilan kurashga kiradilar. Hatto Shiki Xutuxuning buyrug‘i bilan Jaloliddin qo‘shiniga xavf tug‘dirish maqsadida har bir mo‘g‘ul askari orqasiga tulup o‘tkazib ham qo‘yishadi. Parvona jangi mo‘g‘ullarning mutlaq mag‘lubiyati bilan tugab, Shiki Xutuxu qolgan qutgan qo‘shini bilan Chingizxon huzuriga bazo‘r qochishga ulguradi. Parvona yaqinidagi jang Movarounnahr va Xuroson ahli uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu paytgacha mo‘g‘ullarning ilohiy, yengilmas kuch-qudratga egaliklari xususidagi gap so‘zlarga, afsonalarga chek qo‘yildi. Jaloliddinning g‘alabasidan Movaraunnahr va Xuroson xalqlarining ruhi ko‘tarildi, g‘alaba ta’sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mo‘g‘ullarga qarshi xalq isyonlari boshlanib ketdi. Buxoroda bosh ko‘targan aholi esa mo‘g‘ullarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Chingizxon Jaloliddinning kuchayib borishi, uning xalq ommasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanilishi mo‘g‘ullar bosib olgan yerlar uchun qanchalik xavf tug‘dirishini yaxshi anglab yetgan edi. Shu sababdan ham shaxsan o‘zi Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etish maqsadida shitob bilan katta qo‘shinga bosh bo‘lib, janub tomon yo‘l oldi.Jaloliddin qo‘shini Parvona jangidan so‘ng katta o‘ljani kiritgan edi. Ushbu o‘ljaning taqsimlanishi vaqtida Jaloliddinning ikki sarkardasi Amin Malik va Sayfiddin O‘g‘roq o‘rtasida ixtilof chiqadi. Ixtilof natijasida Sayfiddin O‘g‘roq va undan keyin boshqalar ham qo‘shindan ajrab chiqib ketadilar. Jaloliddinning qo‘shini kamayib, u nihoyatda og‘ir bir ahvolda qoladi. Jaloliddinning uni tark etgan sarkardalarga qayta ittifoq tuzish, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borish to‘g‘risidagi murojaati zoye ketdi. Jaloliddin ichak og‘rig‘i kasaliga duchor bo‘lib turgan paytida mo‘g‘ullarning ilg‘or guruhi Gardezga (G‘aznadan 50 km. sharqda joylashgan shahar) o‘rnashganligidan xabardor bo‘ladi. Jaloliddin xastaligiga qaramasdan Gardezdagi mo‘g‘ul askarlariga to‘satdan zarba berib, ularni mag‘lubiyatga uchratadi. U Chingizxonga qarshi ozchilik qo‘shin bilan kurasha olmasligini anglab, Sind (Hind) daryosi bo‘yiga chekinishga qaror qiladi. Jaloliddinni qanday qilib bo‘lmasin mag‘lub etish va uni qo‘lga tushirish ilinjida bo‘lgan Chingizxon uni izma-iz ta’qib etib keladi. Jaloliddinni ta’qib etib kelayotgan mo‘g‘ullarga ayniqsa Bamiyon qal’asi qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Bamiyon qamali vaqtida Chig‘atoyning o‘g‘li, Chingizxonning suyukli nabirasi Mutulk halok bo‘ladi. Bundan darg‘azab bo‘lgan Chingizxon qal’adan bironta o‘lja, bironta odamni asirlikka olmay barcha qal’a ahlini qirib tashlashni buyuradi. Yer bilan yakson qilingan sobiq Bamiyon qal’asi keyinchalik mo‘g‘ullar tomonidan Mo‘baliq (ya’ni ahmoqona shahar) nomini oladi.Nihoyat 1221-yilning 25-noyabri, payshanba kuni (hijriy 618-yil shavval oyining sakkizinchi kuni) Sind daryosi bo‘yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang boshlandi. Bir qator o‘rta asr musulmon tarixchilarining ta’kidlashlaricha, bunday qonli, keskin va dahshatli jang tarixda ro‘y bermagan ekan. Jaloliddin va uning qo‘shini misli ko‘rilmagan darajada jasorat va bahodirlik namunalarini ko‘rsatdilar. Faqat uchinchi kunga kelib, Chingizxon qo‘shini ustunlikka erisha boshladi. Jaloliddinning taxminan 7-8 yoshli o‘g‘li Chingizxon qo‘shini qo‘liga tushib qolib o‘ldiriladi. Jangda mardonavor kurashgan Amin Malik va boshqa ko‘plab sarkarda, navkarlar halok bo‘ldilar. Chingizxon qanday qilib bo‘lmasin Jaloliddinni tiriklayin qo‘lga olishga buyruq beradi. Jaloliddin esa uni qo‘lga olishga intilayotgan mo‘g‘ul qo‘shini qo‘rshovini shaxsiy bahodirligi bilan yorib chiqib, Sind daryosi bo‘yiga yetib kelishga muvaffaq bo‘ladi. Daryo bo‘yida onasi Oychechak va haramdagi boshqa ayollar uni kutib turishar edi. Shundoq ham bu jangdan ruhiy va jismonan ezilgan Jaloliddinga ular “... bizni o‘ldiring va mash’um asirlikdan qutqaring” deya murojaat qilishadi. Jaloliddin barcha haram ayollarini suvga cho‘ktirishga ko‘rsatma berishdan boshqa iloji qolmaydi. O‘zi esa oti bilan suvga sakrab, daryoning narigi beti-Hindiston tomonga suzib o‘tadi. Jaloliddinning har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasligi, uning jasorati va mardligiga Chingizxon ham tan beradi. Tarixchilardan Juvayniy, Rashididdin va boshqalarning yozishlariga qaraganda Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib Chingizxon o‘z o‘g‘illariga qarata “Otaning faqat shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim. U olovli jang maydonidan o‘zini qutqarib, halokatli girdobdan najot qirg‘og‘iga chiqdimi, undan hali ulug‘ ishlar va qiyomatli isyonlar keladi!”,-dedi va uning orqasida ta’qib etishni ta’qiqladi. Sind daryosi bo‘yidagi jangdan so‘ng Chingizxon uch oy davomida Jaloliddin qo‘shinidan o‘z vaqtida ajrab ketgan sarkardalar qal’alarini qo‘lga olib, ularni yo‘q qilish bilan band bo‘lgan.Rashididdinning yozishiga ko‘ra, Jaloliddin daryodan taxminan 120 ta tirik qolgan kishilari bilan Hindiston qirg‘og‘ida uchrashadi. Jaloliddin ham tirik qolganlar ham ma’naviy-ruhiy ham og‘ir janglardan jismoniy ezilgan holda murakkab bir ahvolda qolishgan edi. Bu vaqtda Shatradagi mahalliy hind rojalaridan biri 40.000 chog‘li qo‘shini bilan daryoning bu betiga suzib o‘tgan xorazmliklarni qirib tashlash uchun yetib keladi. Faqatgina Jaloliddinning tengsiz bahodirligi va qahramonona hatti-harakati tufayli Roja o‘ldirilib, qo‘shin orqaga chekinadi. Bu jangdan xorazmshoh askarlarining ruhi ham ko‘tarilib, tez orada Jaloliddin o‘z atrofiga 3 ming kishilik askarni yig‘ishga muvaffaq bo‘ladi. Og‘ir vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmasdan, qaddi bukilmagan sarkarda Hindistonga o‘tgach, Sind daryosi bo‘yidagi yerlarni ishg‘ol qila boshlaydi. Tez orada Jaloliddinning hokimiyatini Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish (1211-1236) va Sind, Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshovar hokimi bo‘lmish Nosiriddin Qubacha (1205-1227) ham tan oladilar. Hindistonda Jaloliddin 1223-yilning oxirlarigacha bo‘lib, xorazmshohlarning azaliy mulki bo‘lgan Iroq va Eronni o‘z izmiga kiritish maqsadida yo‘lga otlanadi. O‘z o‘rniga noib etib, taniqli sarkarda Jahon polvon O‘zbekni qoldirib ketadi. Jahon polvon to 1229 yilgacha Hindiston mulklarini boshqarib, so‘ngra Jaloliddin huzuriga Iroqqa qarab ketadi va uning harbiy yurishlarida yelkadosh bo‘lib xizmat qiladi. 1224 yilning boshida Jaloliddin Kirmonga kelib, Kirmon sultoni bo‘lmish ukasi G‘iyosiddindan yordam uchun 4000 kishilik qo‘shin oladi. U o‘zining asosiy maqsadi mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashib, mustaqil davlat yalovini tiklash ekanligini bildiradi. Uning Sheroz va Isfahonga tashrifini xalq katta tantana bilan kutib oladi. Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida ukasi G‘iyosiddin Pirshoh, Bag‘dod xalifalari az-Zohir (1225-1226), so‘ngra al-Muntansir (1226-1242), Gurjiston malikasi Rusudana va boshqalarga murojaat qiladi. Lekin mo‘g‘ullar qasosi, qolaversa Jaloliddinning hokimiyati kuchayib ketishidan cho‘chigan ko‘pchilik musulmon hokim, hukmdorlari u bilan ittifoq tuzishni xohlamaydilar. Bag‘dod xalifaligi, ismoiliylar hokimi Muhammad III (1221-1255)lar esa mo‘g‘ullar bilan yaqinlashishga, Jaloliddinga qarshi ochiqdan ochiq kurashishga bel bog‘laydilar. Malika Rusudanani va uning vaziri Avak bilan o‘zaro ittifoq xususidagi takliflari zoe ketgandan so‘ng 1226 yil fevralida sarkarda Gurjistonga yurish qiladi. Gurjiston qattiq jang ila egallanib, bu yerda ko‘plab qonli, mash’um voqealar bo‘lib o‘tadi. Bosh ko‘targan Gurjiston ikkinchi marotaba 1228 yil egallangach, bu yerlar qattiq talon-taroj qilinadi. Bir vaqtning o‘zida Jaloliddin Manguberdi Kirmonda unga qarshi bosh ko‘targan xiyonatkor Barak Hojibga, ismoiliylarga ham qarshi kurash olib borishga ham to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ahamiyatli hisoblangan Ararat tog‘liklari etaklarida joylashgan Xilat qal’asi ham Jaloliddinga uzoq vaqt mobaynida qarshilik ko‘rsatadi. 1227 yili oxirlarida mo‘g‘ullarning Eronga kirib kelishi niyatlari borligini bilgan Jaloliddin ularga qarshi qat’iy jangga kirishga tayyorgarlik ko‘radi. Mo‘g‘ullarning o‘sha yili yuborilgan 2000 kishilik avangardi tor-mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda namoyishkorona tarzda qatl etiladi. 1228-yil 25-avgustida Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal no‘yon boshchiligidagi mo‘g‘ul istilochilari bilan Isfahon yaqinida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Garchi jang vaqtida ukasi G‘iyosiddin xoinlik qilib, o‘z qo‘shini bilan Luristonga chekingan bo‘lsa-da, Jaloliddin qat’iy ravishda bu holatga e’tibor qilmay kurash olib boradi. Manbalarning so‘zlashicha, hatto mo‘g‘ul no‘yonining o‘zi “Sen haqiqatdan ham o‘z davrining erkak o‘g‘loni ekansan”,- deb uning jasoratiga tan bergan ekan. Jaloliddin bu jangda butkul g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. U sakkiz kun mobaynida Erondagi mo‘g‘ullarni izma-iz ta’qib etib ularni mamlakatdan haydab chiqaradi. Juma kuni erta tongda muzaffar sarkarda sifatida Isfahonga kirib kelgach, xalq uni g‘olib sulton sifatida shod-u-hurramlik bilan kutib oladi. Jaloliddinning zafarli g‘alabasi ovozasi butun islom olamiga keng tarqaladi. O‘sha yili hatto mo‘g‘ullarning buyuk xoni bo‘lmish O‘gedey Jaloliddinning mo‘g‘ullar ilkiga tushib qolgan egachisi Xonsulton orqali maktub yuborib, u bilan sulh tuzish niyati borligini ham bayon qiladi. Jaloliddin bu diplomatik kelishuvdan voz kechib, xatni javobsiz qoldiradi. Jaloliddin murakkab va ziddiyatli davrda yashadi. Shubhasiz u o‘z davrining farzandi edi. U qo‘shinlarining ko‘plab harbiy yurishlar vaqtida talonchilik, zo‘ravonlik qilishlariga gohida ko‘z yumdi, xonavayronchilik keltiruvchi ishlarga bosh qo‘shdi. Bu esa Eron, Ozarbayjon, Iroq, Gurjiston ahlida salbiy fikrlarning ko‘payishiga, noroziliklarning kuchayishiga ham olib kelgan. Lekin nima bo‘lganda ham Jaloliddin Manguberdi o‘zining asosiy maqsadi mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashish ekanligini yodida saqladi. Bu kurashda u yon-atrofdagi musulmon hukmdorlarining qo‘llab quvvatlashlariga umid bog‘lagan edi. Lekin ko‘p holda ular bilan umumiy til topa olmasligi, uning tashqi siyosat borasidagi zayif tomonidan dalolat berar edi. O‘z vaqtida turk, arab, musulmon hokimlari uning xokimiyati Yaqin Sharqda kuchayib ketishidan xavfsirashar, u bilan ittifoq tuzishni xohlashmas edi. Ularning ba’zilari hatto mo‘g‘ullar bilan ochiqdan ochiq yaqinlashish tarafdori edilar. Ayniqsa, Xilat qal’asining Jaloliddin tomonidan egallanishi unga da’vogar hokimlarning izzat-nafsini toptagan edi. Jaloliddin unga qarshi ittifoq vujudga kelganidan xabardor bo‘lsa-da, har holda, hech bo‘lmaganda uni turkiy hukmdorlar qo‘llaydi deb yanglishgan edi. 1230-yil 10-avgustida Koniya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‘lub etadi. Ismoiliylar esa butkul xoinlik yo‘lini tutib Jaloliddinning mag‘lubiyati to‘g‘risida mo‘g‘ullarga yashirin noma ham yuboradilar. Jaloliddin mag‘lubiyatidan foydalangan mo‘g‘ullar uning Ozarbayjonning Mug‘on, Shirkabutdagi qo‘shin yig‘ishi mumkin bo‘lgan joylariga qo‘qqisdan zarba berishadi. 1231-yil bahorida u Ganjaga kelib, barcha gina-kudratlarini unutib, yana mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlariga murojaat etdi. Lekin uning taklifi javobsiz qolib ketdi. Shunda Suriyadagi Amida qal’asi hokimi uni o‘z oldiga chorlaydi. U Iroqqa borib yana qo‘shin to‘plamoqchi bo‘ladi. Amida yo‘li yaqinida unga to‘satdan mo‘g‘ullar hujum qilib qolishadi (1231 yil avgust boshi). Uni 15 chog‘li mo‘g‘ul navkarlari ta’qib etishadi. Jaloliddin o‘z sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlog‘iga keladi. Ushbu tog‘lik qishloqda u kurdlar qo‘liga tushadi. O‘zini sulton deb tanishtirgandan so‘ng uni kurdlar o‘ldirishga jazm etmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qo‘yish evaziga mukofot va’da qiladi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi o‘lgan inisi xuni evaziga o‘ldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari oralig‘ida ro‘y beradi. Ertasi kuni sulton buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori al-Malik al-Muzaffarga xabar berishganda u qishloqqa o‘z sarkardasi Shahobiddin G‘oziyni yuboradi. Shahobiddin G‘oziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklarining barini o‘ldiradi va qishloqqa o‘t qo‘yib yuboradi. Muarrix an-Nasaviy buni eshitib, shaxsan Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning tog‘asi, vazir O‘turxon uning jasadini tanib, qattiq iztirobga tushdi. Jaloliddin Manguberdining murdasi Mayafariqinga dafn etilib, mo‘g‘ullar kirib kelgudek bo‘lsa, haqoratlanmasin degan maqsadda go‘ri yer bilan tekislab yuboriladi. Uning ashaddiy dushmani Damashq hokimi al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi so‘raganlarida, u qayg‘uga botib: ”Sizlar uning o‘limi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchig‘ini tatib ko‘rasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mo‘g‘ullarning bostirib kirishini anglatadi. Endilikda biz bilan Ya’juj va Ma’jujlar o‘rtasida devor bo‘lib turgan Xorazmshohdek odam yo‘qdir”, -deb javob bergan edi. Ibn Vosil esa uni “mo‘g‘ullar va musulmonlar orasidagi istehkom bo‘lgan” deb ta’riflagan edi. Jaloliddinning o‘limidan so‘ng uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bo‘lib ketdi. “Jaloliddin tirik”, “Jaloliddin qaytib kelayapti” degan ovozalar uzoq vaqtgacha mo‘g‘ullarni tahlikaga solib kelgan. O‘zini “men Jaloliddinman” deb nomlagan turli shaxslar mo‘g‘ullarga qarshi ko‘p holatda isyon va qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilganlar (masalan, 1236-yili Eronning Ustundorida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon, 1255-yili Amudaryo bo‘yidagi voqealar va h.k). Musulmon tarixchilari o‘z asarlarida hamisha uni mard va jasur sarkarda sifatida ta’riflashgan edi. Jaloliddin Manguberdini shaxsan bilgan an-Nasaviy u to‘g‘risida shunday ta’rif bergan edi. “U turkiy bo‘lib, qora mag‘iz yuzli, burni oldida qora xoli bor o‘rta bo‘yli yigit edi. Fors tilida ham bemalol so‘zlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yo‘q, sherlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi... Qisqa so‘zli, hech qachon so‘kinmagan, yomon so‘zlarni o‘ziga ep ko‘rmagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida o‘zini sipo tutar, hech qachon kulmas, faqatgina tabassum qilib qo‘yar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni o‘zgartirishga majbur qilgan. U o‘z fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bo‘lganligi bois ham zo‘ravonlikka yo‘l bergan. O‘zini ulug‘lashlarini istamagan. Bachkana ta’riflarni yoqtirmagan, faqat sulton deya murojaat qilishlarini so‘ragan. Uning farmonlarida yolg‘iz so‘z: ”Yordam yolg‘iz Ollohdandir!” degan shior bo‘lgan.» Xorazmshohlar avlodidan bo‘lgan Misr hokimi al-Muzaffar Sayfiddin Kutuz ajdodlarning shonli kurash yo‘lini davom ettirib, 1260-yili Yaqin Sharqdagi Ayn Jalut yonida mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba berib, ularning Suriya va Misrga kirib kelishlariga chek qo‘yadi. 1999-yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal o‘rnatilinishi, yurtboshimiz ta’kidlaganidek “G‘anim oldida bosh egmagan, tiz cho‘kmagan. Vatan deya halok bo‘lgan” milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo‘lib qoldi. 3.Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang, Nasabi haqida gar surishtirsang. Otadan otaga to Odam-ato Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy SHARAFUDDIN ALI YAZDIY Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi. Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi.Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor. Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi. Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga , so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar. Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi-Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o’z hokimiyatini o’rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361 va 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Movarounnahr xalqi barcha tabaqalarining qo’llab-quvvatlashi hamda bevosita ishtirokida 1370-yili hokimiyatni qo’lga olishShimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga birligidan mahrum bo’lgan mamlakatni birlashtirish, istiqlolni qayta tiklash baxtiga muyassar bo’ladi. Temurbek taxtga o’tirish boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san’atda ham namoyon etadi. Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish1, ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustuvor maqsadlar yo’lida Temur o’sha davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jeta, Eron, Afg’oniston, Kavkaz, Iroq, Shom, Misr, Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qo’shin tortib bordi, olamshumul zafarlar quchdi. Harb tarixi Temurni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida, haqli ravishda, tan oladi. Uning harbiy iste’dodi asosan ikki yo’nalishda:mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi.2 Buyuk lashkarboshi va novator tashkilotchi sifatida Temur o’ta intizomli armiya tuzishga, muhoraba chog’ida qo’shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo’ladiga joylarga harbiy kuchlarni o’z vaqtida ustalik bilan yo’llashga har qanday to’siq va g’ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o’tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo’ldi. Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan, Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib boorish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur o’zgartirishlar kiritadi. Temur barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma’lum darajada yaqin bo’lsa-da biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi: Chingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chiqariladigan xalqlashkaridan iborat bo’lgani holda, Temur armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi. Chingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temur qo’shiniga oliy bosh qo’mondondan ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan. Temur qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma’lumki, Chingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan. Amir Temur Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’tochar qurol, ya’ni to’p-ra’dni olib kirdi. Amir Temur armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’I erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunlari ko’rsatgan.3 Sohibqiron tog’li hududlard jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi. Temur jahon harb san’ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida yeti qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.Dubulg’a, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og’ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g’animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol o’ynagan. Yurishga jo’natishdan oldin Temurbek arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat vat umanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyruq-tunqal e’lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad’yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan.Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar jartib-yasoli hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta’minlashni o’z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan, ularga kirim-chiqiqm daftariga , shuningdek davlatdan maosh ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari uchun an’anaviy bo’lgan o’n, yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. “Temurbek tuzuklari” da qayd etilishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste’dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan.Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi. Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan. Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan. Dushman mudofasini turli usullar yordamida barbod etish, g’anim tomonnning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsda olish, qal’a hmada qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta’qib qilish, fath etilgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarni ko’zlab ish yuritish Amir Temurga ko’plab zafarlar olib keldi. Temurning Oltin O’rdaga qarshi 1395-yildagi yurishi.Amir Temur Movarounnahrni mo’g’ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo’lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o’rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo’g’uliston bilan Oq O’rda hukmdorlari Farg’ona vodiysining sharqi, O’tror, Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga kata ahamiyat berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg’on viloyati bo’ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O’rda hukmdorlariga tayanib, hanuz bo’ysunishdan bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo’l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O’rda xoni To’xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so’fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako’l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so’fi ilgari Xorazmning Chig’atoy ulusiga tegishli bo’lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so’fining bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta yurish qilishiga sabab bo’ldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir Temur davlatiga bo’ysundirildi. Mo’g’ulistonga yurishi.Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi Qamariddin bilan ham to’qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea Qamariddin hatto Farg’ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo’layotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga etti marta yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alabalar qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorzmda ichki tarqoqlik, o’zaro nizolar, shuningdek, Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yib, ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Eron va Kavkazga yurishi.Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga bo’ysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo’ysundirildi. Temurning uch yirik urushlari. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi. Uch yillik yurish. Amir Temur shu bilan birga shimoli-g’arbdan, ya’ni Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig’ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo’yida To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi bo’yidagi jang).To’xtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning o’zi rahbarlik qiladi. U qo’shinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi usulni qo’llaydi va ularni yetti qo’lga ajratadi. To’xtamishxon esa o’z sipohini besh qo’lga bo’ladi.Jang Amir Temurning to’la ustunligida o’tadi.Butunlay tor-mor etilgan To’xtamish qo’shini qoldiqlari Volgaga qadar ta’qib qilinadi.Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur To’xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishg’ol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni (shahar atrofini) chobtilar va andag’I hokimlarini tobe qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…”5. Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig’I shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechivu bo’yida O’rusning o’g’li Quyrichoq o’g’lonni chaqirtirib unga qo’lga kiritilgan sobiq Jo’ji ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk ahamiyat kasb etgan. Besh yillik yurish. Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi. Hindistonga yurishi.Amir Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi (1398-yil may-1399-yil mart) qariyb o’n bir oy davom etdi.Amir Temur Hindistondan katta o’lja, shu jumladan, 120 jangovar fil bilan qaytdi.O’ljalarning bir qismi qo’shinga taqsmlab berildi, qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi. Yetti yillik urush. Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek), Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Amir Temur va Boyazid Yildirim o’rtasidagi jang 1402-yilning 25-iyulida bo’lib o’tadi. Manbalarda ta’kidlanishicha Turkiya sultonining qo’shini taxminan 160ming jangchidan iborat bo’lgan.Sohibqiron armiyasi o’zining an’anaviy jangovar tartibi yasolda harakat qiladi.6Sipohning qirq qo’shun-qismdan tashkil etilgan humoyun markazi-qo’lga Sohibqiron bevosita qo’mondonlik qiladi.Shiddatli to’qnashuv keskin va uzoq davom etadi. Nihoyat Amir Temur qismlarining siquviga bardoshi qolmagan sulton qo’shinlari chekina boshlaydi. Boyazid qo’mondonligidagi jangchilar so’nggi nafasgacha qarshilik ko’rsatishda davom etadilar.Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan g’alaba qozondi.Turkiya sultoni asir olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o’g’illari Muso va Iso Chalabiylar ham asir tushdilar. So’ng Amir Temur Anadoli yarim oralini egallab, O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So’ngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo’ldilar, Misr ham o’z itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasroniy olamining Boyazidga yig’ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo’lga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o’zi kattagina karvonga yuk bo’lgan. Bandi qilingan Boyazid o’rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Uning vafotidan so’ng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat ko’zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi.Chunonchi Boyazidning to’ng’ich o’g’li Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi.Edirni (Adrianopol) shahri uning poytaxti etib belgilandi.Anadoluning shimoli-g’arbiy qismi suyurg’ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi.Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo’lmagan.Chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qo’lini cho’zdi. Shunday bo’lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.Chunki Amir Temur endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Xitoyga yurishining boshlanishi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O’trorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avval sir tutilsada, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush xabar mamlakat bo’ylab tarqalib ketadi.Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelib dafn qilinadi. Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi. Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling