O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlig1 xalq musiqa ijodiyoti fan dasturi


Download 75.39 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi75.39 Kb.
#128765
Bog'liq
105 Халқ мусика ижодиёти


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIG1

XALQ MUSIQA IJODIYOTI

FAN DASTURI

Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar

Ta’lim sohasi: 150000 - San’at

Ta Tim yo‘nalishlari: 5150500 - Dirijyorlik (o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri dirijyorligi)

5150700 -Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy chol’u ijrochiligi, xalq cholg‘ularida ijrochilik)

TOShKENT-201

Fan dasturi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha O'quv- uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201.^ yil " (fa " О Л dagi -sonli bayonnomasi bilan ma'qullangan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 201Я yil "J-S' Q dagi sonli buyrug'i bilan ma'qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta'lim

muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Fan dasturi O'zbekiston davlat konservatoriyasida ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:


Ayxodjayeva Sh.l.

O'zDK, “O'zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi dosenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi

Taqrizchilar:

Ganiyeva I.A.

- OzDK,“O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsenti.

To'ychiyeva Z.T.

- Glier nomidagi RIMMAL dotsenti.

Fan dasturi O'zbekiston davlat konservatoriyasi Kengashida ko'rib chiqilgan va

tavsiya qilingan (201 yil Q dagi - sonli bayonnoma).



  1. San’atshunoslik masalalari. I jild. T., 1998.

  2. San’atshunoslik masalalari. II jild. T., 2005.

  3. San’atshunoslik masalalari. Ill jild. T., 2005.

  4. Традиции музыкальных культур народов Ближнего, Среднего Востока и современность. М., 1987.

Internet saytlari

  1. http://turkologv.tk/library/354

  2. http://www.cultinfo.ru

  3. http://mytashkent.uz/2014/10/17/istoriya-uzbekskoj-muzvki/

  4. http://dic.academic.ru/dic.nsf/enc music/7749/Uzbekskaya

21 ■http://edu.e-history.kz/ru/’ublications/view/12l

  1. http://www. 12news.uz/uz/news/2013/08/sharq-xalqlari-musiqasi/

  2. http://ru.wikfedia.org/wiki/Nisa

  3. http://www.tourstoturkmenistan.com/ru/musical-nstruments/turkmenskaya- natsionalnava-muzyka.html

  4. http://ru.wikipedia.org/wiki/Uygurskie mukami

  5. http://www.advantour.com/rus/taiikistan/culture.htm

  6. www.advantour.com/rus/taiikistan/traditions/music-dances.htm

  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o'rni

Bakalavriat bosqichi uchun tuzilgan mazkur dastur - bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) va Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ularida ijrochilik) ixtisosliklari bo‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dastur Malaka talablariga binoan san’at sohasida bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejalari asosida tuzilgan va undan ishchi o‘quv dasturlarini tuzishda foydalaniladi.

П. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

“Xalq musiqa ijodi” fanining asosiy maqsadi - musiqa sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga qardosh qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, qoraqalpoq va uyg'ur xalqlarining musiqiy an’analari bilan oshno etish, bu xalqlar musiqa madaniyatida bevosita xalq musiqa ijodiyoti o‘mini ko‘rsatish, bu madaniyatlaming rivojlanish bosqichlari haqida atroflicha ma'lumot berish, ularni o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat. Shuning uchun ham talabalar ma’lum janrlar iborasi, tushunchasi, asarlarni o'zlashtirishlari sohasidagi olib borilayotgan ishlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanni o‘zlashtirish jarayonida bo’lajak mutaxassislar qardosh xalqlar musiqa ijodiyotidan zarurbilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar..

Fanni o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Ushbu fan bo‘yicha talabalar mukammal ravishda musiqiy san’atning tarixiy taraqqiyot jarayoni, nafaqat o‘zbek, balki unga qardosh xalqlar musiqiy hayotini, musiqiy san’atning turli janr va shakllarida yaratilgan asarlarni, ijrochi namoyandalar ijodiy faoliyatlari, bosqichma- bosqich rivojlanish jarayoni, ijodkorlar noyob asarlarini tahlil qilish borasidagi bilim va ko'nikmalarni namoyish etishlari zarur.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi. Talabn:


  • turli xil zamon va uslublaming musiqa adabiyotlarini;

  • turkman, tojik, uyg‘ur, qozoq, qirg’iz, qoraqalpok milliy musiqa sozlari va cholg‘u kuylari, qo‘shiq va ashulachiligi, kasbiy musiqa san’ati janrlari haqidagi umumiy ma’lumotlami;

  • musiqiy folkloristika fani tarixini;

  • O‘rta Osiyo xalqlari musiqa cholg‘ularini;

  • nafaqat o‘zbek, balki qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, qoraqalpoq va uyg‘ur xalqlari hayotining turli tarixiy davrlaridagi eng muhim musiqiy-tarixiy jarayonlami bilishi kerak;

  • musiqa san’atining turli xil zamon va uslublaridan olingan yorqin misollami tinglab tahlil etish;

  • bastakorlik ijodiyotining asosiy janr va shakllarini, uslubiy voqeliklarini tahlil etish ко ‘nikmalariga ega bo ‘lishi kerak',

  • zamonaviy musiqadagi voqe'liklarini tinglov tahlili va tanqidiy baholash;

  • turli xil zamonaviy kom’ozitorlik yozuv uslublarini qiyoslash;

- milliy musiqa an’analarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlarini zamonaviy asarlarga singib ketganini aniqlash malakalariga ega bo'lishi kerak.

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

  1. modul. Kirish. Markaziy Osiyo xalqlari musiqa an’analari

“Xalq musiqa ijodi” o‘quv fanini o‘rgatish orqali uzoq asrlar davomida o‘zbek xalqi bilan yonma-yon yashab kelayotgan hamda tarixi, e’tiqodlari, madaniyat va ma’naviyat sohalari, shu jumladan badiiy ijodiyot shakllari ko’p jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lgan tojik, turkman, qozoq, qirg’iz, uyg‘ur, qoraqalpoq xalqlarining musiqa merosi haqida talabalarga atroflicha bilim beriladi.

Og‘zaki an'anadagi musiqa namunalarini tuplash va notaga yozib olishning dastlabki tajribalari. A.Levshin, S.Ribakov, A.Eyxgom, F.Leysek kabi rus va yevropa etnograf hamda musiqachilarining faoliyati. Markaziy Osiyo musikiy folklorshunoslik fanining XX-asr birinchi yarmidagi ahvoli va uning asosiy yunalishlari (V.Uspenskiy, N.Mironov, Ye.Romanovskaya, V.Belyaev, 11. Akbarov, V.Vinogradov, AJubanov, A.Zataevichlaming to‘plam, kitob va maqolalari) va keyingi davrlarda yuksalishi. Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg’iziston musiqa olimlarining faoliyati, ular tomonidan bajarilgan asosiy ishlar haqida. An’anaviy musiqa ijodiga bag‘ishlangan respublika va xalqaro anjumanlar, tanlov va festivallar.

Markaziy Osiyo xalqlari musiqa an’analarini o‘rganish mezon va omillari. Milliy musiqa madaniyatlari rivojiga tarixiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlaming, xalqlaming mintaqada joylashuvi kabi omillaming ta’siri; shuningdek milliy madaniyatlariningtil yoki lug’aviy asoslari, diniy—ma’naviy an’analari, musiqiy-uslubiy qatlamlarining yaqinligi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida mahalliy va milliy ijodiy yo’nalishlar bilan bir qatorda tarixan shakllangan mintaqaviy ijodiy an’analarning mavjudligi. Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa cholg’ulari va kuylari, vokal janrlari. dostonchilik ijodiyoti va professional musiqa uslublarining umumiy va xususiy belgilari.


  1. modul. AN’ANAVIY MUS1QANING TARIXIY RIVOJI

Ibtidoiy jamiyatga oid ijod shakllari va musiqa ijodiyotining kelib chiqishi

Ibtidoiy davr odamlarining hayot shart-sharoitlari hamda diniy qarash, e’tiqod va marosimlarining yuzaga kelishi haqida. Turli topinish va e’tiqodlar bilan bog'liq bo’lgan marosimlarning badiiy-ijroviy xususiyatlari haqida. Bularning ovoz va qadimgi cholg’ular vositasida "ommaviy o‘yin" va "yakkaxonlik" shakllarida namoyon bo’lishi. Mazkur ijroviy shakllaming musiqiy jihatlari hamda birlamchi janr andozalari (nutqdosh ohanglar, o’yin-raqs usullari, darak beruvchi iboralar va b.jning qaror topishi to’g’risida. Musiqa cholg’ularining ilk shakl va turlari. Ibtidoiy davr odamlari tomonidan tayyorlangan dastlabki "musiqa qurollari". Qadimgi davr marosimlarda hamda turmush yumushlarida musiqa qurollarining bajargan vazifalar ("darak beruvchi", "uxshatma", "jodu", ommaviy uyin marosimlarida usul beradigan musiqa qurollari va b.).



  1. modul. Ilk davlat tizimi davriga oid musiqa ijodi

Bronza va temir davrlari qabila, aymoq, elat kabi harbiy-siyosiy birlashmalari, shuningdek sinfiy jamiyat va ilk davlatlar shakllanishi davrida yangi ma’rifiy-ma’naviy an’analar, umumdavlat dinlarining rivoj topishi. SHomon-baxshi, roviy-bayonchi.

V. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ham da axborot manbaalari


Asosiy adabiyotlar


  1. Аманова С., Райимбергенов А. Голоса народных музыкантов (Куй кайнары). Алматы, "Онер", 1990;

  2. Беляев В. Очерки истории музыки народов СССР, т, 1. М., 1962;

  3. Верткое К. Благодатов Г. Язовицкая Э. Атлас музыкальных инструментов народов СССР, 2- нашр. М.,"Музыка", 1973;

  4. Виноградов В. Киргизская народная музыка. Фрунзе, КиргГИз, 1958;

  5. Гуллиев Ш. Туркменская музыка, 2002

  6. Дюшалиев К., Пузанова Е. Киргизская народная музыка, Бишкек, 1999

  7. Ерзакович Б. Музыкальное наследие казахского народа. Алма-Ата, 1966;

  8. Затаевич А. Тысяча песен казахского народа. М., Музгиз, 1928;

  9. Кароматов Ф. Нурджанов Н. Музыкальное искусство Памира, кн. 1-2, М.,"Сов. композитор", 1978-1983;

  10. Субаналиев С. Киргизские народные инструменты. Фрунзе, "Киргизстан", 1986;

  11. Успенский В. Беляев В. Туркменская музыка, т.1-2. М.,1928, 1936; 2- нашри, 2003.

  12. Xashimov A. Uyg‘ur kasbiy musiqa an’analari. T., 2003

Qo'shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, 2017

  2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan 01 iy Majlis palatasining qo'shmamajlisidagi nutq. T., 2017.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini takominlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Resoublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016- yil 7-dekabr. T., 2017.

  4. Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021 yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. (elektron versiyasi).

  5. Борбад, эпоха и традиции културы. Д., 1989.

  6. Борбад и художественные традиции народов Центральной и Передней Азии: История и современность. Д., 1990.

  7. Музыка народов Азии и Африки. М., 1969. вып.1.

  8. Музыка народов Азии и Африки. М., 1973. вып.2.

  9. Музыка народов Азии и Африки. М., 1984. вып.З.

  10. Музыка народов Азии и Африки. М., вып.4.

  11. Музыка народов Азии и Африки. М., 1987. вып.5.

  12. Профессиональная музыка устной традиции народов Ближнего, Среднего Востока и современность//Материалы Международного музиковедческого симпозиума. Т., 1981.

15-modul. Qoraqalpoq xalq musiqa an’analari

Qoraqalpoq xalqi tarixi va etnografiyasiga oid ma’lumotlar; qoraqalpoq madaniy meros ko‘rinishlari (she’riyat, amaliy san’at, tomosha va b.). Qoraqalpoq xalq qo‘shiqchiligi. Maishiy va marosim qo‘shiqlari (Besik jiri, Xayu bolam, xeujar, Toy baslau, sinsiu, joklau, yaramazan, badik, gulapsan), ulaming ijroviy, ohang, ritm va shakl xususiyatlari. Lirik (qizlar qosiglari — “Aruxan”, “Zarli qiz”) tarixiy (“Qazi iyshan”, “Bozatau”), hazil-mutoyiba mavzuidagi qo‘shiqlar (“qiz minayim”, “Keushim”).

16-moduI. Qoraqalpoq kasbiy musiqasi. Janrlari. Cholg‘ulari

Qoraqalpoq dostonchilik san’ati. qoraqalpoq jirovlarining ijodiy an’analari. Qahramonlik (“Qoblan”, “Edige”, “Alpamis”, “Gurug'li”, “Qirq qiz”), diniy (“Yusuf Ahmad”) va ishqiy-lirik (“G‘arib Ashiq”, Yusuf-Zulayxo”) dostonlar, termalar. Jirov, baxshi va qissaxonlarning ijro an’analari. Bularga xos repertuari, ijro uslubi, aytim yo'llari, jo'rnavozlik ansambli tarkibi. Jirov na’malarning ritmik, lad xususiyatlari. “Na’ma olish” an’analari. Muxalles, terma va tulg'ov janrlari. Qoraqalpoq xalq musiqa sozlari va cholg‘u kuylari. Qo‘bizning ko'rinishi, yasalishi, sozlanishi va ijro imkoniyat- lari. Sho'ngkobo'z, so’may, girjek kabi cholg‘ulari. Qoraqalpoq dutor kuylarining xususiyatlari.

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:



  1. O‘rta Osiyo xalqlari milliy musiqasini to'plash va o'rganish tarixidan

  2. V.A.Uspenskiy, A.V.Zatayevich, V.Vinogradovlar faoliyati

  3. Qozoq xalq qo'shiqchilik ijodiyoti

  4. Qozoq xalq cholg‘u musiqasi

  5. Qozoq xalq aqinlari ijodi

  6. Qirg'iz xalq musiqiy cholg'ulari

  7. Qirg'iz xalq marosim va nomarosim janrlari

  8. Qirg'iz manaschilari faoliyati

  9. Manas eposi xususida

  10. Tojik xalq musiqa an’analari

  11. Pomir tojiklarining musiqa merosi

  12. Turkman xalq qo'shiqchilik ijodiyoti

  13. Turkman musiqiy cholg‘ulari

  14. Turkman dostonchilik maktablari

  15. Uyg'ur xalq musiqa an’analari

  16. Uyg'ur muqomlari

  17. Uyg'ur musiqiy cholg'ulari

  18. Qoraqalpoq xalq marosim va nomarosim janrlari

  19. Qoraqalpoq xalq dostonlari

  20. Qoraqalpoq jirovlari

baxshi-dostonchi kabi ijodkorlar toifasining vujudga kelishi. Qabila homiylariga, botir- qahramonlari sharafiga o’tkazilgan tadbirlarda madhiya, bag‘ishlov va nasihat qo‘shig‘i, doston, rivoyat termasi kabijanrlarningyuzaga kelishi. qabila, qishloqjamoamarosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarining joriy etilishi. Qabila, qishloq jamoa marosimlari bilan bir qatorda umumxalq bayram va tantanalarining joriy etilishi. Siyosiy, diniy hamda ijodiy markazlari bo‘lgan shaxarlaming ahamiyati, shaxar madaniyatining o‘rni. Bu davr falsafa, matematika fanlari katori musiqa ilmining yuzaga kelishi. Bularning professional musiqa san’atining yuksalish jarayoniga ta’siri. Musiqa kasbiga oid afsona va rivoyatlar, ijodiy tartib-qoidalarni bayon etuvchi musiqa risolalarining yaratil ishi hamda musiqa nazariyasining rivojlanishi. Professional sozanda- xonanda guruhlarining faoliyati va bastakorlik ijodiyoti. Musiqa ijrochiligining ravnaq topishi, musiqa shakllarining takomillanuvi, turkumli yirik asarlaming yuzaga kelishi.

  1. modul. An’anaviy musiqa ijodiyoti
    XX asr madaniyati tizimida


20-asr ijtimoiy-iktisodiy va ma’naviy hayot o’zgarishlari, ilm va texnika yuksalishi ta’sirida an’anaviy musika ijodiyotida yangilanish jarayonining kuchayishi, xalq va og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqa uslublarida o‘zgacha tus olgan yo‘nalishlarning paydo bo’lishi (ommaviy qo‘shiq, milliy ashula va raqs anssambli, folklor-etnografik ansambl va h.k.). Bu jarayonda mahalliy va milliy musiqa uslublarining, turli musiqa an’analarining qorishib ketishi. Markaziy Osiyo xalqlari an'anaviy musika shakllari — ko‘povozli kompozitorlik uslubidagi ijodiyotining asosiy manbalaridan biri sifatida.

  1. modul. Tojik xalq musiqa an’analari

Tojik xalq etnografiyasiga oid ma’lumotlar: - urf-odat, marosim va bayramlar, dunyoqarash vadiniy e’tiqodlar. Tojik vao‘zbekxalqlariningma’naviy hayoti va ijodiyot an’analarining mushtarakligi. Amaliy san’at ko‘rinishlari, she’riyati, musiqiy sozlar va cholg‘u kuy shakllari, vokal janrlarning ko‘p jihatdan bir-biriga yaqinligi. Tojik xalq madaniyatida turli mahalliy uslublar.

  1. modul. Pomir musiqa an’analari. Cholg’ular hamda o‘ziga xos kuylar.

Pomir xalqlari qo'shiqchiligi. Mungli, lirik qo’shiqlari, marosim va rivoyat aytimlari. An’anaviy musiqa o’yinlari va tomosha aytimlari. Hozirgi zamon ustoz san’atkorguruhlarining tarkibi va ijodiy faoliyati. Zarafshon vohasi, Buxoro-Samarkand, Farg’ona vodiysi musiqa an’analarida tojik va o‘zbek xalqlari badiiy an’analarining mushtarakligi xususida. “Buxorcha” uslubi. Mavrigixon va sozanda dastalarining tarkibi, an’anaviy musiqa madaniyatidagi o‘mi, o’ziga xos ohang va usullari, ijodida raqs bilan aytim shakllarining mushtarakligi, turkum shakllari. Turli yig’in, marakalarda kitobxonlik, maddohlik va qissaxonlik yo’llarining o‘mi. Mazkur she’riy-musiqiy uslublarga xos bo’lgan badiiy shakllar.

Kulob, Garm va Xisor tojiklarining musiqa an’analari. Musiqa sozlarining asosiy turlari. o‘ziga xos cholg'u kuylari. Marosim qo’shiqlari, lirik ashula turlari. Falaki



janridagi namunalaming nazm va navo xususiyatlari, ohang va shakl jihatlari. Dostonchilik an’analari, “gurgulixonlik”. Professional sozanda-xonanda guruhlari.

  1. modul. Qozoq xaiq musiqa an’analari

Qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmush tarzi, dunyoqarash va e’tiqodiari; bulaming xalq badiiy ijodiyot shakllarida aks etilishi. Qozoq xalq an’anaviy musiqasining mahalliy uslublari va ulaming xususiy belgilari. Qozoq xalq qo‘shiqchiligi. Baqso’ saro’nlari, xalq olen va aytishuvlari, jirovlarning jo’r-temialari hamda oqin an (ashula)lari. Jodu va diniy tabobat marosim aytimlari, mavsum marosim qo’shiqlari. Inson hayoti turkumiga oid olenlari. Qarilik haqida. Qo’shiq shakllari, ulaming she’riy asoslari, vazn va kuy-ohang xususiyatlari.

  1. modul. Qozoq kasbiy musiqasi. Janrlari. Cholg’ulari

Qozoq xalq musiqa cholg’ularining asosiy turlari. Baqsi cholg’ulari harbiy va darakchi cholg’ular. XX - asrda qayta tiklangan sozlar. Qo’biz cholg’uning tuzilishi, ifodaviy imkoniyatlari, baqso’ va jo’raular tomonidan qo’llanilishi. “Sarin” kuylari, Qorqut haqida afsona, rivoyat kuylari. Lirik kuylar. So‘bo‘zganing ko’rinishi, sadolanish xususiyatlari; sibizgo’ kuylarining asosiy turlari. Do’mbira - eng keng tarqalgan qozoq musiqa cholg’usi sifatida, uning tuzilishi va ijroviy imkoniyatlari. Do’mbira kuylari. Do’mbira ijrochiligi, asosiy ijrochilik maktablari, "tokpe" va "shertpe" ijrochilik uslublari. Dombra kuylarining shakl jihatlari. Qozoq xalq professional musiqa ijodiyoti yo’nalishlari. “Sal-sere”larning ijodiy faoliyati. Oqin, kyuyshi va anshilaming professional ijrochiligi va bastakorlik ijodi. Ustoz-shogird an’analarining asosida badiiy tajribalarni o’zlashtirish va musiqa san’atini rivojlantirish yo’llari.

  1. modul. Turkman xalq musiqa an’analari

Turkman xalqining ma’naviy va badiiy an’analar, urf-odat, marosim va bayramlar, dunyoqarash va diniy e’tiqodiari. Ulaming "Og'uznoma”, “Dede Qorqut” kabi dostonlarida, xalq amaliy-bezak san’atida aks topishi. Turkman xalq an’anaviy musiqasining maxalliy uslublari. Turkman xalq qo’shiqchiligi. Turkman qo’shiqlarining xalq hayoti, turli yig’in va tadbirlarda tutgan o’mi, ulaming mazmun jihatlari va musiqa xususiyatlari. Jamoaviy tarzda ijro etilgan mavsumiy marosim va o’yin qo’shiklari. Oilaviy marosimlar jarayonida ijro etilgan musiqa namunalari. Bayram yig’inlari va sayillarga xos bo’lgan janrlar. Turkman xalq qo’shiqlarining ritmik va ohang xususiyatlari.

  1. moduI. Turkman kasbiy musiqasi. Janrlari. Cholg’ulari

Turkman xalq musiqa cholg’ulari va cholg’u kuylari. Qadimgi "musiqa qurollari". Gargo’ tyuyduk va dilli tyuyduklaming sadolanish jihatlari, ifodaviy imkoniyatlari va repertuari. Turkman dutoming ko’rinishi va ijro imkoniyatlari, kuylaridagi qochirim- nolalari. Turkman gipchakning o’ziga xosligi hamda o’zbek, tojik va uyg’ur g’ijjak sozlari bilan o’xshashlik tomonlari.Turkman sazandalarining faoliyati, cholg’u dastalarining tarkibi. Turkman dutor kuylarining asosiy janr guruhlari. Turkman

"mukam" cholg'u kuylarining parda-tuzuk va ritmik asoslari, musiqiy shakl xususiyatlari. Turkman bagsho‘ (bagsho'-destanchi va bagsho‘-tirmechi)laming san’ati. Turkman dostonlarining mavzuiy va ijroviy xususiyatlari. Bagsho‘-tirmechilar repertuari. Aydo'mlaming she’riy asoslari (g‘azal, goshgo‘, tirme kabi shakllari). Professional ijrochilik san’atining yirik namoyondalari va ijrochilik maktablari.



  1. modul. Uyg'ur xalq musiqa an’analari

Uygur xalqi musiqa tarixiga oid ma’lumotlar. Madhiya va doston janrlari, "Qizil gul sayili", "Bog' sayili", "Qovun sayili" kabi mavsum bayramlari, mavsum marosim qo‘shiqlarining shakllanishi. Hozirgi zamon uyg'ur xalq an’anaviy musiqa ijodiyotida asosiy uslublar. Uyg‘ur xalq qo‘shiqlarining asosiy turlari: baxshi-“perixon”lar tomonidan ijro etilgan aytimlar, mavsum marosim va mehnat qo‘shiqlari, oilaviy marosim aytimlari. Sayil, mashrap, tuy kabi bayram yig‘inlarida ijro etilgan lirik va nasihat mazmunidagi, tarixiy mavzuli yoki o‘yin xususiyatiga ega bo'lgan musiqa ijodiyot shakllari. Uyg‘ur xalq qo‘shiqchiligining asosiy musiqa shakllari.

  1. modul. Uyg'ur kasbiy musoqasi. Janrlari. Cholg'ulari

Turkum shaklidagi aytimlar, ulaming ijroviy xususiyatlari, ohang va usul jihatlari. Uyg'ur dostonlarining mavzuiy, musikiy shakl jihatlari, ijrochilik an’analari. Uyg'ur muqom san’atining tarixiy shakllanishi va hozirgi davr ijroviy an’analari. 12 uyg'ur muqomlarining mahalliy uslublari. Hi muqomlarining tarkibiy bo'limlari, musiqiy xususiyatlari. Uyg'ur muqomlarining ohang va lad jihatlari, ritmik asoslari. Muqom dastalarining tarkibi.

  1. modul. Qirg'izxalq musiqa an’analari

Qirg'iz xalqi etnografiyasiga oid ma’lumotlar, bularning xalq badiiy ijodiyot shakllarida aks etilishi. Qirg'iz xalq musiqa ijodining ikki asosiy uslubi hakida. Qirg'iz xalq qo'shiqchilik an’analari, asosiy yo'nalishlari, shakllari. Jodu va tabobat marosimlarida shomon-baxshilar. tomonidan ijro etilgan afsun aytimlari. Mavsum hamda inson hayotiga oid marosim qo'shiqlari. Qirg'iz xalq lirik qo'shiq turlari. Qizlar, kelinlar qo'shiqlari va boshqa janrlar. O'yin qo'shiqlari), aytishuvlar, kuudullar aytimlari.

  1. modul. Qirg'iz kasbiy musiqasi. Janrlari. Cholg'ulari

Qirg'iz dostonchi - manaschilarining ijodi. Katta va kichik, lirik, ijtimoiy, tarixiy mavzularidagi epos turkumlari. Qirg'iz dostonchilik an’analari. Manaschilarining ijodiy faoliyati, ularga xos bulgan ijro uslublari. Qirg'iz aqin ijodiga oid nasihat, qutlov va bag'ishlov, hazil va mazax, qo'shiqlar. Aqin musobaqalari Qirg'iz xalq cholg'ulari va kuylari. Ibtidoiy “musiqa moslamalari”. Qirg'iz xalq puflama musiqa sozlari, ulaming ijroviy imkoniyatlari va xususiyatlari. CHoor kuylarining turlari. Qirgiz qo'yak va komuz musiqa sozlari. Komuz kuylarining asosiy turlari, musiqa shakli jihatlari, parda-tuzuk asoslari va ritmik tomonlari. Mashhur komuzchilar ijodiy faoliyati.
Download 75.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling