O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»


Download 444 b.
Sana07.11.2017
Hajmi444 b.
#19561


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»kafedrasi Tursunov Bobir Mustafoevich Tuproq ekologiyasiga pestitsiblarning ta’siri BITIRUV MALAKAVIY ISh Ilmiy rahbar_____dots. Abduraximov M.K. amarqand - 2012


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida 2008 yilda qishloq xo’jaligida 4,5 foiz o’sishga erishilganligi qayd etilgan. Sabzavot yetishtirish uchun fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barovar ko’paytirildi [1]. Insoniyatning biosferaga ta’siri global xarakterga ega bo’lib, doim ham ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Akademik V.I. Vernadskiy (1983), «noosfera» atamasini geokimyoviy nuqtai nazardan o’rganib chiqib: «Bu insonlar tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda kimyoviy keskin o’zgaruvchi biosferadir», deb yozgan.



Tadqiqot maqsadi. Respublikamizda tarqalgan tuproqlarga pestitsiblarning ta’siri xossalari, xususiyatlari va ulardan qishloq xo’jaligik ekinlari yetishtirishda foydalanish va unumdorligini oshirishda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni hamda gipsli tuproqlarning ekologik holatini o’rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1.Sug’oriladigan bo’z tuproqlar muhofazasining ayrim jihatlari; 2. Inson omilining bo’z tuproqlar degaradasiyasi va sifat ko’rsatkichlariga ta’siri; 3. Pestisidlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi ; 4. Birdaniga o’tkir va surunkali zaharlanish to’g’risida tushuncha; 5. Pestisidlar va tashqi muhit aloqadorligini o’rganishdan iborat.



Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularning unumdorligini oshirish alohida majmuasini talab qiladi. Bunday qiyin meliorasiyalanuvchi tuproqlarda yerlarni chuqur haydash, organik va mineral o’g’itlar solish va zaruriyat bo’lsa sho’r yuvish ishlarini sifatli o’tkazish yaxshi samara beradi. Meliorasiyalashgan bunday tuproqlarning unumdorligini saqlab qorlish uchun almashlab ekish tizimlarini yaxshi yo’lga qo’yish, mineral o’g’it shakllaridan to’g’ri foydalanish, tabaqalashtirilgan holda ishlov berish lozim. Respublikamizda bunday yerlarning asosiy qismida g’o’za yetishtiriladi.









XULOSALAR 1. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligida amaliyotga qo’llaniladigan pestisidlar o’zinining fizik-kimyoviy xossalari, tashqi muhitga chidamligi va boshqa xususiyatlari jihatdan bir-biridan anchagina farq qiladi. 2. Zarafshon vohasi eskidan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar tarkibida ifloslantiruvchi kimyoviy zaharli moddalarning tuproq, suv va o’simliklar trofik zanjirlari bo’ylab harakatlanishi aniqlangan. 3. Toshkent shahrining tuproqlari sanoat, qurilish, transport va maishiy chiqindilar tarkibidagi mis, rux, qo’rg’oshin, kadmiy va ftor birikmalari bilan o’rta, yuqori va juda yuqori darajada ifloslanganligi qayd etilgan. Ularga qarshi kurash choralari tavsiya qilingan. 4. Pestisidlarni ishlatish me’yoriga, muddatlariga qayt’iy amal qilib borish katta ahmiyat kasb etadi. Turli buyum va asboblarning sirtida ma’lum darajada yuqi qoladigan va meva hamda sabzavotlarning birmuncha ichkari qatlamalariga o’ta oladigan moyli emulsiyalar ko’proq xavfligi bilan ajralib turadi.



TAVSIYALAR Atrof muhit va inson salomatligini muxofaza qilish uchun eng avvalo o’g’itlar turkumidagi organik o’g’itlar ulushini ko’paytirish va almashlab ekishni joriy qilish muhim axamiyatga ega. Shuningdek, qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlarga bo’lgan talab ehtiyojni aniqlashda har bir xo’jalikning aniq tuproq-iqlim sharoitlari, almashlab ekish tizimidagi ekinlar, o’simliklarning oziqlanish xususiyati, o’g’it turlarini hisobga olgan holda, ilmiy tadqiqot institutlari va viloyat agrokimyoviy stansiyalari tavsiyalari asosida ish ko’rish maqsadga muvofiqdir.



Download 444 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling