O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Download 349.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.08.2020
Hajmi349.94 Kb.
#125976
  1   2   3   4   5
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

Gavharjon Eshchonova 

 

 

 

 

 

 

 

 

”ADABIYOT O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN AMALIY 

MASHG‘ULOTLAR 

(uslubiy qo‘llanma) 

 

Urganch davlat universiteti ilmiy-uslubiy kеngashining (30.05.2012 dagi 



8-bayonnоmasi) qarоri bilan nashrga tavsiya etilgan.

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Urganch – 2012 

 



UDK: 821.512.133(075) 



KBK: 83.3(5O‘) 

           E99 

Gavharjon Eshchonova 

“Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  fanidan  amaliy  mashg‘ulotlar.  Uslubiy 

qo‘llanma. Mas’ul muharrir S. Ro‘zimboyev. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus 

ta’lim vazirligi, al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti. Ur-

ganch davlat univеrsitеti nоshirlik bo‘limi, 2012, 56 bеt.

 

 



 

  Ushbu  qo‘llanma  filologiya  (o‘zbek  tili)  ta’lim  yo‘nalishi    talaba-

lari  uchun  mo‘ljallangan.  Unda    “Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  fani 

bo‘yicha  o‘tkaziladigan  amaliy  va  seminar  mashg‘ulotlarining  samara-

dorligini oshirish maqsadida muhim tavsiyalar berilgan  

 

 

 

Mas’ul muharrir:                 f.f.d. prof. S. R. Ro‘zimboyev   

 

Taqrizchilar:                        f.f.n. I. Xajiyeva,  

                                               f.f.n. S.  Sariyev  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ISBN 978-9943-4027-4-4      © UrDU nоshirlik bo‘limi, 2012. 

                                                

© Gavharjon Eshchanоva. 

Adabiyot o‘qitish 



                                                           metodikasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 

 



KIRISH 



 

Adabiyot  o‘qitish  boshqa  fanlarni  o‘qitishdan  keskin  farq  qiladi. 

Shunga  ko‘ra,  uni  fan  sifatida  qaraydiganlar  bir  guruhni  tashkil  etsa, 

adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining 

ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. De-

mak, ular adabiyot o‘qitish metodikasini ham san’at bilan tenglashtiradi. 

Amaliyotchilik  nuqtayi  nazaridan  qaraydiganlar  esa  adabiyot  o‘qitish 

metodikasini  darslarning  o‘tilishiga  bevosita  yordam  beradigan,  har  bir 

darsning  samarali bo‘lishiga amaliy ko‘mak bera oladigan soha deb bili-

shadi.  


“Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  birinchi  navbatda  adabiyot  o‘qi-

tishning, ya’ni adabiy ta’limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir. 

Ma’lumki,  adabiyot  ta’limning  turli  bosqichlarida  xuddi  boshqa  fanlar 

kabi o‘sib kelayotgan yosh avlod-o‘quvchilarga mo‘ljallangan.Ta’lim ja-

rayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati  o‘quvchilarda 

muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning 

negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazi-

fani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha 

yo‘q, deb ayta olamiz. Zero, badiiy adabiyot alohida shaxsga ham, butun 

jamiyatga ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. U ja-

miyatning o‘z-o‘zini anglashida, uni insonparvarlashtirishda beqiyos im-

koniyatlarga ega. Adabiyot ijtimoiy ongning ko‘rinishlaridan biri sifati-

da  o‘zida  xalq  xotirasini  mujassamlashtiradi,  uning  axloqiy  ma’naviy 

qadriyatlarini asrlardan-asrlarga, avlodlardan-avlodlarga olib o‘tadi.     

Shunga qaramay badiiy adabiyotga bo‘lgan munosabatlarning ham 

nihoyatda  xilma-xilligini,  ularning  orasida  “bevosita  naqd  foyda”ni 

ko‘zlab  o‘qish  tamoyillarining  ham    mavjudligini  e’tirof  etishga  to‘g‘ri 

keladi. Totalitar yondashuv tufayli ko‘pchilik badiiy asardan voqea qidi-

radi. Bu toifa uchun “O‘tkan kunlar” Otabegu Kumushning sarguzashti-

dan boshqa narsa emas. Ya’ni ko‘pchilik vositani maqsad deb tushunadi-

gan bo‘lib qolgan. 

Demak,  biz  badiiy  adabiyotni  o‘rganish  yo‘llarini  ham  bilishimiz 

zarur  bo‘ladi.  Shunday  ekan,  bu  fan    o‘quvchi-yoshlarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari, bu o‘ziga xosliklarning adabiy ta’lim bilan bog‘liq jihatlari 

haqida  mulohaza  yuritadi.  “Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  o‘z  nomiga 

munosib ravishda o‘quvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, osh-

no  bo‘lish  va  ularni  tahlil  qilish  yo‘llarini  ko‘rsatishga  yo‘naltirilgan. 


 

Ayni  paytda  u  kitob  ustida  ishlashni,  badiiy  o‘qishni  tashkil  etishni, 



o‘quvchilarnining adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarining shakllanish va ri-

vojlanish yo‘llarini ko‘rsatishi bilan ham e’tiborlidir. Ayni shu fan ada-

biyot darslarini tashkil etish, bu darslarda qo‘llaniladigan metod va usul-

lar, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini shakllantirish va rivoj-

lantirish  haqida  tasavvur  uyg‘otadi,  shu  haqidagi  bilimlar  tizimini  taq-

dim  etadi.  Ko‘rinadiki,  ushbu  uslubiy  qo‘llanmaning  asosiy  maqsadi 

“Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  fani  bo‘yicha  talabalarning  mustahkam 

bilim olishlariga kengroq imkoniyat yaratishdir. 

Amaliy  mashg‘ulotlarning  maqsadi  talabalarning  ma’ruza  mash-

g‘ulotlarida olgan ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini mustahkamlash, 

fan  bo‘yicha  malaka  va  ko‘nikmalar  hosil  qilishdan  iborat.  Shuning 

uchun amaliy mashg‘ulotlarga ma’ruza darslariga mos keladigan, namu-

naviy fan dasturida ko‘zda tutilgan yetakchi mavzular qamrab olingan. 

Seminar mashg‘ulotlari talabalarning  ilmiy va nazariy va metodik 

adabiyotlar ustida mustaqil ishlashlarini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. 

Shu  bois  seminar  mashg‘ulotlarning  mazmunini  ko‘proq  talabalarning 

ilmiy qarashlarga mustaqil munosabat bildirishlariga yo‘naltirilgan mav-

zular qamrab oldi.     

Binobarin,  amaliy  va  seminar  mashg‘ulotlardan  ko‘zlangan  maq-

sad bitta, yani talabalarning “Adabiyot  o‘qitish  metodikasi”  fani bo‘yi-

cha mukammal bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlash va mustaqil fikrlash-

ga o‘rgatishdan iboratdir. 



 

 



AMALIY MASHG‘ULОTLAR MAVZULARI 



1-mavzu:  

ADABIY – NAZARIY TUSHUNCHALARNI O‘RGATISH. 

Reja           

1. O‘quvchi uchun ta’sirlanishga оlib kеladigan estеtik katеgоriya-

larni o‘zlashtirish, bilish katta ahamiyat kasb etishi. 

2.  Adabiy  ta’lim  uchun  nazariy  tushunchalarni  o‘rganish  maqsad 

emas, badiiy asarni chuqur tahlil etish darajasiga erishish vоsitasi. 

3. Nazariy ma’lumоtlar o‘rganiladigan badiiy asarning ilmiy kaliti 

sifatida. 

4.  Adabiy-nazariy  tushunchalarni  o‘rgatishda  adabiy  tanqidiy  matе-

riallardan fоydalanish. 

 Mavzuning birinchi rejasida o‘quvchi uchun ta’sirlanishga оlib kе-

ladigan  estеtik  katеgоriyalarni  o‘zlashtirish,  bilish  katta  ahamiyat  kasb 

etishi  haqida  fikr  yuritiladi.  Shaxs  ma’naviyatini  shakllantirish  vositasi- 

adabiy  ta’limda  hissiyotga  ta’sir  etish,  tuyg‘ular  tarbiyasi  asosiy  masala 

hisoblansa-da,  o‘quvchilarning  nimadan?    nima  uchun?  ta’sirlanganligini 

bilish ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi uchun ta’sirlanishgina yetarli 

bo‘lmay, ta’sirlanishga olib kelgan estetik kategoriyalarni o‘zlashtirish, bi-

lish katta o‘rin tutadi. Nazariy tushunchalarni maktabda o‘rganish ayni shu 

zaruriyatdan kelib chiqqan, shubhasiz .        

Mavzuning  ikkinchi  rejasida  adabiy  ta’lim  uchun  nazariy  tushun-

chalarni o‘rganish maqsad emas, badiiy asarni chuqur tahlil etish daraja-

siga  erishish  vоsitasi  ekanligi  haqida  suhbatlashiladi.  Badiiy  adabiyot-

ning  tasvir  obyekti  bo‘lgan  Olloh,  Olam,  Ruhiyat,  Olamiyat  ekanligi  va 

ularning  qay  darajada  mukammal  aks  ettirilishi  sabablari  hamda  yo‘llari 

haqida bahs yuritish umumta’lim maktabi adabiyot nazariyasining ham va-

zifasidir.  Adabiy  ta’lim  uchun  nazariy  tushunchalarni  o‘rganish  maqsad 

emas, balki badiiy asarni chuqur tahlil etish darajasiga erishish vositasidir. 

Nazariy  tushunchalarni  singdirishda  ilmiylik,  izchillik,  tizimlilik  singari 

tamoyillarga qat’iy amal qilish zarur. Darvoqe, maktab adabiyotshunosligi 

mavhum nazariyaga aylantirilmasligi, balki aniq amaliy yo‘nalishga, tatbi-

qiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. 

Turkiy  metodika o‘quvchilarga nazariy  ma’lumotlar berish borasida 

juda boy tajribaga ega. O‘qituvchi o‘z tajribasida ana shu tajribalarni mus-

taqil  o‘zlashtirib,  tatbiq  etishga  harakat  qilishi  lozim.  Adabiy-nazariy  tu-

shunchalarni o‘rgatishda milliy adabiyotshunoslikka tayanish zarur. 

Mavzuning  uchinchi  rejasida  nazariy  ma’lumоtlar  o‘rganiladigan 


 

badiiy asarning ilmiy kaliti sifatida ekanligi muhokama qilinadi. O‘quv-



chilarga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rgatishda dasturga qat’iy amal qi-

lish zarur. Ayni paytda, vaziyat taqozosiga ko‘ra dasturda ko‘zda tutilma-

gan  nazariy  ma’lumotlarni  berishni  ham  rejalashtirish  mumkim.  Umum-

ta’lim maktabi adabiyot o‘qituvchilari metod birlashmasi o‘quv dasturi va 

o‘zlarining tajribalariga tayangan holda V-sinfdan IX sinfgacha qanday na-

zariy  ma’lumotlarni  o‘rgatish kerakligini ko‘rsatuvchi  maxsus jadval ish-

lab chiqishlari foydalidir. 

Nazariy  ma’lumotlar  o‘rganiladigan  badiiy  asarning  ilmiy  kaliti  hi-

soblanadi. Ular asar o‘rganilishidan oldin ham, o‘rganilish jarayonida ham 

asar tahlilidan keyin ham berilishi mumkin. Nazariy ma’lumotlarning  ba-

diiy asar o‘rganilishidan oldin yohud keyin berilishini aniq vaziyatdan ke-

lib  chiqib,  o‘qituvchining  o‘zi  belgilashi  lozim.  Adabiyot  o‘qituvchisi  tu-

yuq, muashshah, ruboiy, to‘rtlik va boshqa bir qator janrlar haqida nazariy 

ma’lumot bermay turib, bu xil asarlarni tahlil eta olmaydi, chunki bu xilda-

gi asarlar jozibasi matnning janr xususiyati bilan bog‘liq tomoniga yashi-

ringan bo‘lishi va yashiringan narsa topilgunga qadar mazkur asarlarni tah-

lil etishga urinish foydasizdir. Nazariy ma’lumotlarni o‘rganishda xususiy 

faktlardan  umumiy  hodisani  o‘zlashtirishga  yoki  umumiydan  xususiy  ji-

hatlar  haqida  ma’lumotlarni  o‘rganishga  qarab  ish  ko‘rishning  prinsipial 

ahamiyati bor. Badiiy adabiyot yaxlit estetik hodisa bo‘lganligi uchun ham 

uning nazariy jihatlari yaxlit holda o‘rganilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yuqori sinflarda ko‘proq murakkab nazariy masalalar, tushunchalar xusu-

sida bahs yuritish mumkin. 

Mavzuning  to‘rtinchi  rejasida  adabiy-nazariy  tushunchalarni  o‘rga-

tishda  adabiy  tanqidiy  matеriallardan  fоydalanish  haqida  fikr  yuritiladi. 

Adabiyot  darslarida  ayrim  ilmiy,  ilmiy-ommabop  jurnallarda,  jumladan, 

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat”, “Yozuvchi” va boshqa ga-

zetalarda “Til va adabiyot ta’limi”, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallarida 

e’lon qilingan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqola va materiallardan, foydala-

nishning  imkonlari  ko‘p.  Tanqidchilarning  maqolalari,  adabiy  qaydlar 

o‘quvchilar uchun mazmun va metodik jihatdan badiiy matnni tahlil qilish-

ning namunasi bo‘lib xizmat qiladi  



Adabiyotlar: 

1.  Dоlimоv  S.,  Ubaydullaеv  Q.,  Ahmеdоv  Q.  Adabiyot  o‘qitish 

mеtоdikasi.  T., “O‘qituvchi”, 1967. 

2. Yo‘ldоshеv Q., Madaеv О., Abdurazzоqоv A. Adabiyot o‘qitish 

mеtоdikasi. T., “Universitet”, 1994. 


 

3. To‘хliеv B.,  Adabiyot o`qitish mеtоdikasi. T., “Yangi  asr avlo-



di”, 2007-2010. 

4.  Богданова  О.Ю  и  др.  Методика  преподавания  литературы. 

Москва: 2008. 

5. Zunnunоv A . O‘zbek adabiyoti mеtоdikasi tarixidan o‘cherklar. 

T., “O‘qituvchi”, 1973 

6. Zunnunоv A., Хоtamоv N., Ibrоhimоv A., Esоnоv J. Adabiyot 

o‘qitish mеtоdikasi. Т., “ O‘qituvchi”, 1992. 

7. Yo‘ldоshеv Q. Adabiyоt o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T., 

“O‘qituvchi”, 1996. 

8.  Резь  З.  Я.  и  др.  Методика  преподавания  литературы.  -

Москва: 1995. 

9.  Yo‘ldosheva  N.,  Murodova  S.  Adabiyot  darslarida  zamonaviy 

pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalligi. T., 2007. 

10. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. (Amaliy va labora-

toriya mashg‘ulotlari). T., 2012 

Foydalanish  uchun  internet saytlari. 

1. www.ta’lim.uz 

2. www.talant.spb.ruG`wald.html 

3. www.school. edu. ru. 

4. www.inter – pedagogika. ru. 

5. www.obrozavaniye .ru 

6. www.wwings.ru 

7. www.ppf.uni.udm.ru 

8.    www.search.re.uz  -  O‘zbekistonning  axborotlarni  izlab  topish 

tizimi. 


9. www.pedagog.uz 

10.www.ref.uz. - Referatlar to‘plami 

11.www.ziyonet.uz. 

12.www.Google.uz 

www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizi-

mi. 


 

 


 



2-mavzu:  



IJODKOR TARJIMAI HOLINI O‘RGATISH. 

Reja 

1. Ijоdkоr hayoti va ijоdini ta’lim bоsqichlarida o‘rganishning aha-

miyati. 

2.  Adib hayotini o‘rganishning shakl va usullari. 

3. Ijоdkоr tarjimai hоlini o‘rganishda uning o‘z asarlaridan fоyda-

lanishning ahamiyati. 

4. Yozuvchi tarjimai hоli va uning uslubi o‘rtasidagi alоqadоrlik. 

 

Mavzuning  birinchi  rejasida  ijоdkоr  tarjimai  hоlini  turli  bоsqich-

larda o‘rganishning ahamiyatini maktab darsliklari matеriallari yordami-

da yoritib bеriladi.  

Umumta’lim  maktabida  badiiy  asar  o‘rganilar  ekan,  uni  ilmiy  va 

didaktik tahlil etib xulosalar chiqarishga uruniladi. Badiiy asar tahlilidan 

ilmiy  xulosalar  chiqarmoq  uchun  yozuvchining  pozitsiyasini  tushunish 

kerak bo‘ladi, buning uchun esa ijodkorlarning tarjimai holi bilan tanish 

bo‘lish talab etiladi, shundagina u yoki bu hayotiy hodisaga adib qanday 

munosabatda  bo‘lganligidan  xabardor  bo‘lish  mumkin.  Maktab  adabiy 

ta’limida yozuvchilar umr bayoni 2 sababga ko‘ra o‘rganiladi: 1) Adib-

lar millat ahlining diqqat e’tiborida turgan kishilar, ularning shaxsiy ha-

yoti va tabiatida o‘quvchilar uchun namuna bo‘ladigan jihatlar ko‘p. Bi-

nobarin, yozuvchi hayoti o‘quvchilarga ma’naviy namuna maktabi sifa-

tida o‘rgatiladi. 2) Adiblarning hayot yo‘li, sa’jiyasi asarlarida o‘z nuqsi-

ni  qoldiradi.  Binobarin,  ijodkorlarning  hayot  va  ijod  yo‘llari  va  shaxsi-

yatlari borasidagi ma’lumotlar ularning asarlarini tushunishga kalit ham-

dir. 


Yozuvchi  biografiyasi  haqidagi  ma’lumot  hamma  sinflarda  ham 

beriladi.  Ammo  o‘smir  yoshidagi  o‘quvchi  bilan  o‘spirin  yoshidagi 

o‘quvchining adiblar tarjimai  holini  o‘rganish  o‘ziga xos  didaktik jara-

yonlar tarzida kechadi.  

O‘smir  yoshidagi  bolalar  yoki    5-6-sinflarning  o‘quvchilari  hali 

adabiy  asarlar  yaratish  badiiy  zaruriyat  ekanini    unchalik  tushunmaydi-

lar.  Buning  ustiga  ular  adib  shaxsiyatining  badiiy  asarda  aks  etishini 

ham to‘liq anglamaydilar. Shu sababdan ham 5-8-sinflarning darsliklari-

da yozuvchilar haqida o‘quvchilarga eng umumiy ma’lumotlar berish bi-

lan  kifoyalanadi.  Odatda,  5-8-sinflarda  adiblarning  biografiyalarini  o‘r-

ganishiga  alohida  soat  ajratilmaydi.  Binobarin,  yozuvchi  haqida  uzoq 


 

to‘xtalish  zaruriyati  yo‘q.  Shuning  uchun  darsliklarda  o‘quvchilarning 



o‘zlari o‘qib olishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Bu yoshda-

gi  o‘smirlarda  hissiy  bilish  kuchli  bo‘ladi,  abstrakt  tafakkur,  bilishning 

diduksiya  usuli  yetarlicha  rivojlanmagan  bo‘ladi.  Shu  bois    ko‘rgan,  

sezgi organlari orqali qabul etilgan tushunchalar mustahkam o‘zlashtiri-

ladi.  Sabab-oqibat  bog‘lanishlari  haqidagi  mulohazalar  unchalik  angla-

shilmasligi mumkin. 

O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari boshqa-

cha  rivojlangan  bo‘ladi.  Ularda  inson  shaxsining  jamiyat  tomonidan 

shakllanishi,  bir  jamiyatda  turib,  yashab  turib,  undan  tashqarida  turish-

ning  imkonsizligi haqida  muayyan  qarashlar  mavjud.  Demak,  yozuvchi 

shaxsiyati,  ma’naviyati bu sinf o‘quvchilarining  axloqiy sifatlariga ta’-

sir  etishi  mumkin.  Yuqori  sinflardagi  mashg‘ulotlarda  o‘qituvchi  adib 

shaxsiyati  qirralarining,  u  qachondir  boshidan  kechirgan  voqealarning 

asarlarda  qay  tarzda  namoyon  bo‘lishiga  alohida  e’tibor  berishi  kerak. 

Katta maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlari intensiv ravishda shaxs sifa-

tida  shakllanib  borayotganliklari  uchun  yozuvchilar  shaxsiyatiga  astoy-

dil  qiziqadilar.  O‘qituvchi  adib  qarashlarning,  kayfiyatlarining  tadrijiy 

yo‘li, bu yo‘lning asarlarda aks etishi kabi muammolarni yuqori sinf ta-

labalarida  aniqlab  olgani  ma’qul.  Bu  xol,  birinchidan  o‘quvchilarning 

avval bilganlarini esga solib, ma’ruzani o‘zlashtirishda bolalar faolligini 

oshirsa, ikkinchidan, berilayotgan bilim mustahkam ilmiy poydevor usti-

ga  qurilib,  yaxshiroq  esda  qoladi.  O‘quvchilar  o‘ylashga  majbur  bo‘li-

shadi. O‘ylash jarayoni ularning yangi bilimlarni o‘zlashtirishlarida ham 

qo‘l keladi. 

9-sinfdan e’tiboran adiblarning tarjimai holini o‘rganishga  alohida 

vaqt ajratiladi, ularning hayotidagi muhim hodisalargina emas, balki ijo-

diy  qiyofalarning  shakllanish  bosqichlari  ham  tekshiriladi.  O‘quvchilar 

shu sinfda adib shaxsi bilan uning asari o‘rtasidagi bog‘lanishni ilg‘aydi-

gan  bo‘ladi.  Adabiyot  o‘qituvchisi  yuqori  sinflarda  yozuvchining  hayot 

va  ijod  yo‘li  haqida  va’z  o‘qishdan  oldin  o‘quvchilar  avvalgi  sinflarda 

adiblarning hayot va ijod yo‘llari haqida nimalar o‘rganganliklarini esga 

solishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yozuvchining hayoti o‘rganilar ekan, 

uning  o‘ziga  zamondosh,  o‘zidan  oldin  o‘tgan  va  keyin  paydo  bo‘lgan 

ijodkorlarga ta’siriga ham o‘rni bilan to‘xtalish joiz. 

Mavzuning  ikkinchi  rejasida  adib  hayotini  o‘rganishning  shakl  va 

usullari  xususida  fikrlar  o‘rtaga  tashlanadi.  Ijоdkоr  umrbayonini  o‘rga-

nishda adiblarning o‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqi-


 

10 


da aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, 

tanish – bilishlari, muxlislari tomonidan aytilgan fikrlar yoki yozma hol-

da  yetib  kelgan  manbalardan    olish  mumkin.  Bu  boradagi  eng  yaxshi 

omillardan yana biri shoir va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan 

materiallardir.  

Masalan,  Abdulla  Oripov  haqida  gapirib  turib,  Erkin  Vohidov 

shunday degan edi : “Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson 

bo‘lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin 

ruhiy azoblar, siquvlar,  ming iztiroblar so‘nggida shoirga nasib bo‘lgan 

kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o‘zi kurashgan ozodlik va 

mustaqillik g‘oyasining kurtak yozganiga guvoh bo‘ldi... ”.  

A.Navoiy,  Z.M.Bobur,  Ogahiy,  Furqat  singari  ko‘plab  mumtoz 

adabiyotimiz vakillarining hayoti va ijodini o‘rganishda ana shu usuldan 

foydalanish yaxshi samara beradi.  

Mavzuning uchinchi rejasida ijodkor tarjimai holini o‘rganishda ular-

ning o‘z asarlarida saqlanib qolgan materiallardan foydalanish usullari mu-

hokama  etiladi.  Jumladan,  Yusuf  Xos  Hojibning  hayoti  va  ijodini  o‘rga-

nishda uning “Qutadg‘u bilig” asaridagi yoki Xorazmiyning tarjimai holini 

o‘rganishda uning “Muhabbatnoma” asaridagi, Muqimiy va Furqatlarning 

“Sayohatnoma”laridagi  ma’lumotlardan  foydalanish  katta  ahamiyat  kasb 

etiladi  

Mavzuning to‘rtinchi rejasida yozuvchi tarjimai hоli va uning uslu-

bi  o‘rtasidagi  alоqadоrlik  klastеr  yordamida  оchib  bеriladi.  O‘qituvchi 

adib haqida gapirar ekan, uning hayotidagi u yoki bu voqeani shunchaki 

sodir bo‘lgan fakt sifatida emas, balki bo‘lajak sanatkorning ijodiy qiyo-

fasini belgilaydigan omil sifatida yoki biror asarning bitilishiga turtki si-

fatida talqin etsa maqsadga  muvofiqdir. Bu sinf o‘quvchilari bir yozuv-

chi uslubining boshqasinikidan farqli ekanligi sabablarini adiblar voyaga 

yetgan  muhitdan,  ularning  xarakter  xususiyatlaridan  qidirishni  o‘rga-

nishlari kerak. 

H.Olimjonning dilbar she’riyati, G‘.G‘ulomning tarixiy xulosalar-

ga yo‘g‘rilgan qasirg‘ali falsafiy asarlarining yaratililishini ularning tar-

jimai  hollari,  xarakter  xususiyatlarining  o‘ziga  xosligi  bilan  bog‘lash, 

ulardan  keltirib  chiqarish  muhimdir.  Odatda,  o‘quvchilar  turli  asarlar-

ning  qahramonlarini,  ularning  shaxsiyatidagi  bir-biridan  farqli  xususi-

yatlarini bir muncha yaxshi tadqiq etadilar. 



 

11 


Gulnor Kumush bilan adashtirilmaydi. Ammo bu  o‘ziga xoslik il-

dizi  o‘sha  obrazlarni  yaratgan  adiblarning  shaxsiyatidagi  o‘ziga  xoslik-

larga bog‘liq ekanligi o‘quvchilar nazaridan chetda qoladi. 

A.Qahhor shaxsiyatida mavjud bo‘lgan prinsipiallik , murosasizlik, 

halollik,  uning  asarlarida  qay  tarzda  aks  etganini  o‘quvchilar  bilishsa, 

adabiyot uchun, bolalar  ma’naviyati uchun juda foydali bo‘ladi. Cho‘l-

pon, Hamza, Qodiriy kabi murakkab taqdirli ijodkorlarning hayot yo‘lini 

o‘rganish,  ularning  asarlarini  tushunish  kalitigina  emas,  balki  bolalar 

ma’naviyatini shakllantirish yo‘li hamdir. 

                                             



Download 349.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling