O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 59.97 Kb.
Sana11.10.2020
Hajmi59.97 Kb.
#133354
Bog'liq
Pahlavon Mahmud Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
______________________bakalavriat yo‘nalishi __ kurs talabasi

_______________________ning “Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ta’limiy hamda falsafiy mohiyati” mavzusida yozgan



KURS ISHI

Ilmiy rahbar:

_________ f.f.doktori, professor _______________

“__________________”

kafedrasi

o‘qituvchisi

“Himoyaga tavsiya etilsin”

“___________________”

kafedrasi mudiri

____________________

2020- yil “__” – iyun.

TOSHKENT – 2020



MUNDARIJA




  1. Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi.

  2. Asosiy qism:

I bob. Pahlavon Mahmud ijodiga nazar.

    1. Pahlavon Mahmud ijodiga nazar va uning o‘rganilish ko‘lami.

    2. Ruboiy janrining Pahlavon Mahmud ijodiga qadar adabiyotda tutgan o‘rni.

II bob. Pahlavon Mahmud ruboiylari hikmatli so‘z darajasida.

    1. Shoir ruboiylarining mavzu xilma-xilligi.

    2. Bugungi kunda Pahlavon Mahmud ruboiylarining g‘oyaviy ahamiyati.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



Kirish.

Kurs ishining umumiy tavsifi

Mavzuning dolzarbligi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan bo‘lmish adabiyotshunoslik necha o‘n asrlardirki, so‘z san’ati atalmish tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo‘lida tinimsiz izlanadi. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimiz merosi – bu xalqning tarixini, madaniyatini va mumtoz siymolarning adabiy qarashlarini o‘zida aks ettiradi. Didaktik mumtoz adabiyot namunalari esa hech qachon makon va zamon tanlamas hikmatli va purma’no xulosalarga juda boy.

XIII-XIV asr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan inson va ruh, din va e’tiqod, majoziy muhabbat va o‘zlik kabi tushunchalarga yo‘g‘rilgan adabiy-badiiy g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xosligi va yangi qirralarini ochib bergan shoirlardan biri ham ijodkor, ham pahlavon bahodir va chin insoniy xislatlari bilan adabiy siymo yaratib berolgan Pahlavon Mahmud hisoblanadi. Janr jihatidan masnaviy va ruboiy janrida ijod qilgan shoirning ijodi e’tibor va e’tirofga sazovardir. Chunki Pahlavon Mahmud ijodining mag‘zi, mazmun-mohiyati bugungi avlod o‘quvchisini ma’naviy barkamollikka yetaklovchi dasturulamal bo‘la oladi.

Xorazm vohasida yashab ijod etgan Pahlavon Mahmudning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki fors-tojik va boshqa adabiyotlarning negizida shakllangan hamda tasavvuf tariqatiga asoslangan. Asosan, Najmiddan Kubroning tariqat qoidalariga ko‘ra barcha insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi va boshqalarni ham ezgulik yo‘liga chorlovchi ijod namunalarini yaratdi. Kibrni o‘ldirish, dunyoni unutish, o‘zlikni topish va anglash kabi jihatlar yetakchiligida insonlarni, o‘zligini va odamiylikni sevish Pahlavon Mahmudning eng asosiy g‘oyalaridan edi.

Qadimgi faylasuflar, G‘arb va Sharq allomalarining asarlarida va didaktik turdagi adabiyotlar hamda badiiy asarlar mohiyatida ham Pahlavon Mahmud ijodiga xos bo‘lgan qarashlar haqida qimmatli fikrlar talaygina. Shoirning ijodiyoti nafaqat o‘z davrida, balki XX asrda hamda bugungi kunda ham qiziqish bilan o‘rganilib kelinmoqda.

Jamiyatda qaysi soha bo‘lmasin, undagi tadqiqotlar, izlanishlar va ilmiy tajribalar har doim insoniyat foydasi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, bizning yurtimizdagidek shart-sharoitlar va imkoniyatlar eshigi keng ochilgan bu davrda qunt bilan bilim olish va tarixiy siymolarimiz hamda ularning ishlarini o‘rganish, xalqqa tanishtirish asosiy maqsadlarimizdan bo‘lmog‘i kerak.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” deb nomlangan kitoblarida “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1 degan biz – yosh izlanuvchilarga g‘urur va shijoat bag‘ishlovchi gaplari har bir sohada, jumladan, adabiyotningning har qanday yo‘nalishlarida ham ildam harakat qilishimiz, zamonaviy fikrlashimiz va millat ruhini aks ettiruvchi ona tilimiz va adabiyotimizni avlodlarga mukammal yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatishimizga turtki bo‘ladi.



Kurs ishining maqsadi. Pahlavon Mahmud ruboiylari va ularning g‘oyaviy-badiiy va axloqiy-ta’limiy xususiyatlarini tadqiq etish, ilarning mohiyatini mukammal tushunishga urinish va o‘quvchi uchun ruboiylar tahlilini osonlashtirishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari. Kurs ishining bosh vazifasi sifatida Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ta’limiy va falsafiy mohiyatini ochib berish belgilandi. Shunga ko‘ra kurs ishini yoritish davomida:

  • Mavzuga oid turli xil qarashlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash;

  • Ruboiy janrining umumiy o‘ziga xosliklari va shoirning o‘z falsafiy va badiiy qarashlarini yoritish.

Tadqiqot obyekti. Pahlavon Mahmud ruboiylari.

I bob

Pahlavon Mahmud ijodiga nazar

Pahlavon Mahmud 1247-1326-yillarda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimizning mashhur shoirlaridan biri hisoblanadi. Xiva yaqinida po‘stindo‘z oilasida tug‘ilib, tarbiya topadi. Ko‘hna Urganch va Xiva madrasalarida ta`lim oladi, tutrli bilimlarni egallash bilan birga jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullandi. Milliy kurash qoidalarini o‘rgandi. Turli mamlakatlarda bo‘ldi, ijod qildi va 1326-yilda ona shahrida vafot etdi. Hamshaharlari uning qabri ustiga muhtasham maqbara tikladilar. Hozir bu maqbara davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bir qancha taxalluslar bilan birga “Xorazm Hayyomi” nisbasiga ega bo‘lgan Pahlavon Mahmudning ijodiyoti nafaqat o‘z davri ixlosmandlari uchun, balki bugungi kun o‘quvchilariga ham manzur bo‘ladigan badiiy-ilohiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.

Shoir hayoti va ijodiy merosini o‘rganish , to‘plab tarjima qilish va nashr ettirishda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Yahyo G‘ulomov hamda nozik didli yozuvchi va tarjimon To‘xtasin Jalolov, Matnazar Abdulhakimlarning xizmati katta.

Adabiyotda aynan ruboiy janri bilan shuhrat qozongan ruboiynavis ijodkor bo‘lib, shoirning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o‘rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan. Ularning bizgacha yetib kelishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim o‘rin tutadi. Adibning asarlari turli qo‘lyozmalar orqali ham yetib kelgan bo‘lishiga qaramay, ular, asosan, XIX asrda ko‘chirilgan. Qadimgi manbalar haligacha topilgan emas.

Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon va hamma pahlavonlarga ustozlik qilib, “Puryoyvaliy” taxallusini olgan insondir. Pahlavon Mahmud hayotda mardlik va jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko‘rsatish, o‘zi uchun esa hech narsa ta’ma qilmaslikni targ‘ib etgan va botinda ilohiy ma’rifatni kashg etish, riyozat bilan irfoniy kamolot sari borishni hidoyat qiladi.

Pahlavon Mahmud XIII - XIV asrlarga xos bo‘lgan tasavvufiy, didaktik mumtoz adabiyotning yangi qirralarini ochib bergan, hayotda ham o‘z g‘oyalari va qarashlariga tayangan insondir. Shoir ruboiylarining mavzu ko‘lami ham ayanan shu g‘oyalardan ozuqa olgan. Ijodkorning hayoti va ijodini o‘rgangan olimlar hamda adabiyotshunoslar Pahlavon Mahmud yashagan davr va adabiy muhit bilan birga tasavvuf ilmidan ham xabardor bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Zero, ruboiy qa’riga yashiringan sirlar tasavvuf aqidalarining mohiyati bilan go‘zaldir, shakl va mazmunning nomutanosibligi esa tadqiqotchidan ham obyektiv, ham subyektiv fikrlarga, ilmiy qarashlarga asoslangandagina haqiqatdir.



    1. Pahlavon Mahmud ijodiga nazar va uning o‘rganilish ko‘lami

Pahlavon Mahmudning shaxsiyati, ijodi va ruboiylari bilan bog‘liq ko‘pgina manbalardan ma’lumot olish mumkin. Shamsiddin Somiyning “Qomus ul-a’lam”, Lutf Alibek Ozarning “Otashakadayi Ozariy”, Kamoliddin Husayn Fanoyining “Majolis ul-ushshoq” singari asarlarida, qator lug‘atlarda shunday ma’lumotlar keltirilgan. Ularda ko‘rsatilishicha, adibning “Pahlavon” unvoni bilan mashhur bo‘lishiga sabab Mahmudning jismoniy jihatdan baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakili bo‘lganidir. Hatto uni “kuragi yrni ko‘rmagan” Pahlavon sifatida ilga olishadi. Mahmudning Puryoyvaliy, Puryorvaliy taxalluslari ham pahlavonlik bilan bog‘liq.

O‘tmish mutafakkirlari, xususan, mashoyixlar haqida manoqib hamda tazkiralar yaratish Sharq ilmiyt adabiy hayotida o‘ziga xos bir an`anaga ega. XV asrgacha ana shunday tazkiralardan o‘ndan ziyodi yaratilgan. Ular orasida Farididdun Attor, Abdurahamon Jomiy, Alisher Navoiy, Sayfiddin Ali Safiylarning asarlari alohida qimmatda molik. Bu adiblarning “Tazkirat ul-avliyolari”, bir tomondan, o‘zlarigacha yashab o‘tgan irfoniy tafakkur donishmandlari hayoyi, ijodiy merosi, aqidalari, ular haqidagi naqllar, hikmatlari, o‘zga bandalariga nasib etmagan nogihoniy ruhiy qudratlari haqida yaxlit ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan, o‘sha oriflar yashagan davr ijtimoit-falsafiy qarashlari tarixini, turli so‘fiy oqim va ta’limotlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos jihatlarinin o‘rganishda ham eng nodir manbalar hisoblanadi.

Shoir va adabiyotshunos Kamoliddin Husayn Fanoiyning “Majolis ul-ushshoq” kitobi ham ana shunday turkumga kiradigan va biz tadqiqot obyekti sifatida oolgan mavzumizga daxldor bo‘lgan asarlardan biridir.

“Majolis ul-ushshoq”ning eng maroqli majlislaridan biri “Xorazm Hayyomi” – Pahlavon Mahmud Puryoyvaliyga bag‘ishlangan fasldir. Zeroki, unda muallif bir tomondan shoirning ijtimoiy kelib chiqishi, kasb-kori, ilmiy iqtidori, jahonpahlavonligi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tasavvuf haqida yaxshi she’r, raso risolalar bitilgan yaxshi ruboiylari borligini, “Al-haqoyiq” kitobini yozganligini, Pahlavon Mahmudning javonmardlik xislatini bayon etayotib, yozuvchi uning kuragi yerga tegmagan bahodirligini ko‘rsatadigan uch hikoyani batafssil naql qiladi. Unda shoirning tanti, jo‘mard, insondo‘st. ayni paytda vatanparvar inson ekanligi o‘z ifodasini topgan. Naql etishlaricha, Puryoyvaliyning dong‘i Hind shohi Jo‘na qulog‘iga yetib boribdi. Jo‘na ko‘p in’om-ehsonlar va’da qilib, bir zargar yigitni Xorazmga jo‘natibdi. Choparga Jo‘na taklifini keltirgan Pahlavon Mahmud shunday javob beribdi:

Zangarbachae guft: “Rav Mo‘ltonro”

Ovard ba man qoidayi Sultanro.

On joki manu himmati pironi man ast,

Ba yak jav naxaram Jo‘nayu Hindustonro.

Ushbu to‘rtlikning ma’nosi shunday: “Zargar yigit Sulton nomasin keltirib, “Mo‘lton”ga bor dedi. Vatanim va ustozlarim hoki turgan joyfa Jo‘nayu Hindistonni bir arpaga olmasman”.2

Mana shu ruboiydan so‘ng yana gap Pahlavon Mahmudning jo‘mardligi haqida ketadi-yu, unda bir naql keltiriladi: Ikkinchi safar Dehli Sultonining rad etmay, Hindistonga boradi. Shu o‘rinda Fanoiy Pahlavon Mahmudning sulton saroyidagi yosh bahodir bilan kurash tushishi haqidagi mashhur rivoyatni keltiradi. Hikoya oxirida quyidagi baytlar bialn boshlanadigan 22 misradan iborat she’r shoir tilidan keltiriladi:

Mo sangi niyat ba tarozu nihodayem,

Sudi ziyoni xeshro ba yak su nihodayem.

Sargashtagoni bodiyayi mehnat-u g‘amem,

Dar gohi visol hamin ro‘ nihodayem.

Bar gardani umide tani notavoni xud,

Zanjirho az on xamgeso‘ nihodayem.

Ma’nosi shunday: “Biz taroziga niyat toshini qo‘yganmiz, foydayi ziyonimizni bir yoqqa qo‘yganmiz. Biz mehnat-u g‘am sahrosining sargashtalaridanmiz, visol yo‘lida shu ko‘yga yuz burganmiz. Notavon tanimizning umid gardoniga o‘sha gajak sochlardan zanjirlar solganmiz”.3

She’rda orifning maslak yo‘lida sobitqadam, fidoiyligi rang-barang tashbehlarda, g‘oyatda ta’sirchan ifodalanagan. Diqqatga sazovar jihati shundaki, majlisda goh muallif, goh Pahlavon Mahmud tilidan keltirilgan baytlarning barchasi (ulardan birida “Fanoiy” taxallusi qo‘llanilgan) poklik, iymon-e’tiqodli, fidoiy musulmon bo‘lish, mardlik, oliyjanoblik targ‘ibiga bag‘ishlangan. “Masnaviy” ruknida keltirilgan mana bu baytlar fikrimizni tasdiqlaydi:

Chi neki gufton mardi suhandon,

Bad on so‘fi sargardon-u hayron.

Ki so‘fi-yu imom-u shayxi zohid,

Si moh ro‘zador-u xilvatnishinu obid.

Muraqqa’ po‘shu jamjamdor-u hoji,

Masalagiru masjidjo‘yu noji.

Xatib-u voiz-u mufti-yu, qozi

Mudarris-u fattohoyi holi mozi.

Hama kishtu shudgorat basomon,

Vaqtast agar gardi musulmon.

Musulmoni dorayi inu on ast,

Ki on ast ilmi xossayi xosi jonast.

Ma’nosi shunday: “U so‘zamol donishmand, o‘sha hayron va sargardon so‘figa ko‘p yaxshi aytgan: “Ey so‘fi, imom-u shayx-u zohid; o‘ttiz kun ro‘zador-u kunjaknishin-u obid: muraqqa’ po‘sh-u, hashamli-yu hoji, masala aytib, masjid qidirib yuruvchi noji: imom-u mufti-yu, voiz-u qozi, mudarris-u, o‘tmish-u hozirni bilguvchi, hamma ekin-u tekining ko‘kka sovrilgay, sening musulmon bo‘ladigan vaqting yetdi. Musulmonda hamma narsa border, zeroki, u jonga xos bo‘lgan ilmdir”. Demak, Pahlavon Mahmud aqidasicha, mansab, martaba, amal, davlat, mol-dunyoga hirs qo‘yish, unga ruju etish islomiy ahkomga zid: u mo‘minni haq yo‘lidan g‘aflatga tortibgina qolmay, balki iymonning mustahkamligi-butligiga ham putur yetkazadi: chunki u “jonga taalluqli ilmdir”.

Pahlavon Mahmud haqidagi majlis “Sayyor ruboiy”ga aylangan fors-tokij adabiyotining “Odam otasi” Rudakiy qalamiga mansub, insonparvarlikni targ‘ib etuvchi

Gar bar sari nafsi xud amiri-mardi,

Var bar digare nukta nagiri mardi,

Mardi nabuvad fitodaro poy zadan,

Gar dasti fitoda bigiri-mardi.

Mazmunida “O‘z nafsingnin tiya olsang, birovga qattiq gapirmasang, mardsan. Yiqilganni tepib o‘tgan mard emas, qoqilganni suyab o‘tgan marddir” degan ruboiy va Hamadonlik yosh yigitning Puryoyvaliyga shogird tushishi hikoyati bilan tugaydi. Demak, Fanoiy Pahlavon Mahmudni, bir tomondan, atoqli olim, mohir ruboiynavis, shoir sifatida tasvirlasa, ikkinchi tomondan, butun Sharqda dong taratgan bahodir, insonparvar va vatanparvar, hamisha beva-bechora, yo‘qsillar, bekaslarning pushti panohi sifatida ta’riuflagan. Shoir siymosi hamma zamonlarda barcha tabaqa kishilariga ibrat bo‘lib qolaveradi. Demak, Fanoiyning qarashlarida Pahlavon Mahmud va uning ijodi tasavvufiy aqidalar bilan birga chambarchas ekanligi, bu aqidalarning amaliyoti esa Pahlavon Mahmudning shaxsiyati ham hammaga ibrat ekanligi o‘z ifodasini topgan.

Bundan tashqari, Pahlavon Mahmud haqida ba’zi lug‘atlardan ham ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, “G‘iyos ul-lug‘at”da bu haqida shunday deyiladi: “Puryoyvaliy yoki Puryoyi Vali xorazmlik Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat ko‘rsatgan keksa pahlavon, zo‘rxona pahlavonlarining boshlig‘i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashchi zo‘rxonaga kirmoqchi bo‘lsa, dastlab Puryoyvaliyning qadamiga (oyog‘iga) bosh qo‘yadi. Shu jihatdan “Puryoyvaliy” so‘zi majozan aziz va mukarram ma’nosini ham bildiradi.”4

Uning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashshur bo‘lgan. Bir jangda u Hindiston shohi Roy Ropoy Cho‘nani o‘limdan qutqarib qoladi. Shunda shoh “nimani istasang, shuni bajaraman” deb va’da beradi. Shunda Pahlavon Mahmud: “Sizning qo‘lingizda Xorazmdan kelib asir tushgan bandilar bor. Ularni ozod qiloib vatanga qaytishga ruxsat bersangiz” deydi. Shoh ularni ozod qiladi. Pahlavon Mahmud “Qitoliy” taxallusi bilan ham ijod qilgan. Ushbu taxallus ham pahl;avonlik bilan bog‘liq. “Qitol” so‘zining ma’nosi “bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq”, demakdir. Pahlavon Mahmud, asosan, po‘stindo‘zlik, telpakdo‘zlik bilan shug‘ullangan. Badiiy ijod sohasida uning “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi haqida ma’lumot bor. Asosan, ruboiylari bilan mashhurdir. Umar Hayyomdan keyin ijodini faqat ruboiy janri bilan boyitgan shoir Pahlavon Mahmuddir. Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ham ijod qilgan. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To‘xtasin Jalolov, Vasfiy, Muntazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan.


    1. Ruboiy janrining Pahlavon Mahmud ijodiga qadar adabiyotda tutgan o‘rni

Badiiy mumtoz adabiyotda qisqa va aniqligi, hikmatli so‘z darajasida ibratomuzligi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi kichik she’riy janrlardan biri – ruboiydir. Mumtoz adabiyotda ruboiy janri Pahlavon Mahmud ijod yillaridan oldin ham o‘z maqomatiga ega bo‘lgan. Ayniqsa, Umar Hayyom ijodining asosiy qismi ruboiylardan iboratdir.

Avvalo, ruboiy janri haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, “ruboiy” so‘zi arabchadan olinga bo‘lib, “to‘rtlik” degan ma’noni anglatadigan Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janrdir. Aniq gʻoyaviy-badiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan to‘rt misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr hisoblanadi. Ruboiy hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. Ruboiy qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil ruboiylarning 1-2-4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Masalan:



Falakning ustidan kim topdi zafar, (a)

Yer qachon odam yeb to’yibdi, magar – (a)

Meni yemadi deb kekkaya ko’rma, (b)

Shoshmay tur, ko’p o’tmay navbating yetar. (a) Umar Hayyom.

Ikkinchi xil ruboiylarda toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida). Masalan:



Kim istasa saltanat, sahodur anga shart, (a)

Kim va’daki aylasa, vafodur anga shart. (a)

Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart, (a)

Oldig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart. (a). Alisher Navoiy.

Ruboiydagi to‘rt unsur to‘rt misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, biroq, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi uch misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi.

Ruboiy shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Dastlabki ruboiylarni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin al Qavomiy (XII asr) arab, fors va turkiy tillarida ruboiy yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Hayyom va boshqalar ruboiyning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan. Navoiy ruboiylarida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. XIX asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar ruboiyning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar ruboiy yozganlar. Biroq ularning baʼzilari ruboiy vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida ham ruboiy janrining turli mavzularda tarannum bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Mumtoz adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” kitobida ruboiy janrining Navoiy va Bobur ijodidagi o‘rni va ularning turlari haqida ma’lumot beriladi: “…Jumladan, Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”sidagi 133 ruboiydan 116 tasi tarona shaklida, 17 tasigina a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Shoirning “Nazm ul-javohir” asaridan o‘rin olgan 268 ruboiyning barchasi taronadir. Navoiy o‘zining forsiy tildagi 73 ruboiysini ham tarona shaklida bitgan. Chunonchi, shoir XV jildlik asarlarining V jildidan o‘rin olgan 51 ruboiy tarona shaklida yozilgan. Binobarin, shoir yaratgan jami 474 ruboiydan 461 tasi taronadir. Bobur qalamiga mansub 196 ruboiydan 17 tasi tarona, qolgani esa oddiy a-a-b-a shaklida qofiyalangan. Ogahiy esa 73 ruboiysidan 10 tasinigina tarona shaklida yozgan ”.5

Ruboiy Sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Pahlavon Mahmuddan oldin ruboiy janrida serunum ijod qilgan shoir Umar Hayyom hisoblanadi.

Umar Hayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va hokazo) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Hayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Hayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan.

Amerikada Umar Hayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus Hayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — „Oʻz-oʻzim bilan suhbat“ Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. 

Hayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914 - yil „Shoʻro“ jurnalining bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat „Fors shoiri Umar Hayyom“ nomli risolasida (1929-yil) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F.Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Hayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Hayyom ruboiylarining J.Kamol, E.Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi. 2001 - 2004-yillarda Nabi Jaloliddin Umar Hayyom hayotiga bagʻishlangan roman yozdi. Bu ajoyib roman Hayyom ruhiyatining barcha qirralarini toʻla namoyon etgan.

Umar Hayyom nafaqat ilmiy tadqiqotlari, balki o‘zining go‘zal va nozik she’riyati bilan ham asrlar dovonidan oshib zamondoshlarimiz qalbida samimiy qiziqish va mehr uyg‘ota olgan olimdir.
Umuman olganda, uning ruboiylarida falsafiy masalalar nihoyatda sodda va inson qalbiga yaqin bo‘lgan shaklda ifodalanadi. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, Umar Hayyomning ijodi bir tekisda bo‘lmagan. Uni uch davrga ajratish mumkin.
Birinchi davrda Umar Hayyom o‘z she’rlarida hayot quvonchlari, muhabbat his-tuyg‘ulari va may keltiradigan xursandchiliklarni ifodalasa, ikkinchi davrda xursandchilik bilan bir qatorda g‘am-qayg‘u o‘rin almashinishi, bu dunyoning barcha quvonchlari ham, hasratlari ham o‘tkinchi ekanligi va hayot buyuk bir girdobni eslatishini tasvirlaydi.

Ijodining uchinchi davrida Umar Hayyom ruhiy sokinlik va xotirjamlikka erishganini sezishimiz mumkin:


Taqdir lavhasida hukmim bo‘lg‘onda,
Maylimga yozardim, uni shu onda.
Qayg‘uni dunyodan yo‘qotib butkul,
Shodlikdan bo‘lardi boshim osmonda.

Shoir insonni o‘z hayotida taqdirning qiyinchiliklariga chidamli bo‘lishga undaydi. Uning qalbidan chiqayotgan nay sadolari gohida g‘amgin, gohida esa quvnoq tuyuladi:
Desalar mayparast, xuddi o‘sha men,
Desalar fosiq, mast, xuddi o‘sha men.
Sirtimga bunchalar qarama, dilim —
Bo‘lsa toza yo past, xuddi o‘sha men.

Inson bu dunyoga g‘am-alam chekish uchungina emas, hayotdan xursand bo‘lish uchun ham keladi. Inson qalbi muhabbat va xursandchilik bog‘ini o‘ziga makon qilib tanlaydi. Lekin bu boqqa g‘urbat va tashvish qora ilon bo‘lib kirib oladi. Umar Hayyom fikricha, inson ruhi bu moddiy olamga quvonch uchun keladi. Ruh uchun inson tanasi zindon emas va ruh undan hazar qilmaydi, balki ular bir-biriga moyildir.


Umar Hayyomning falsafiy she’riyatida ruh materiyaga qarama-qarshi qo‘yilmagan, aksincha, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Umar Hayyomning bu fikrini to‘qqiz asrdan keyin bitilgan Fridrix Nitshening "Zardo‘sht tavallosi" asarida ham uchratishimiz mumkin. Fridrix Nitshening Zardo‘shti ham olamni u dunyo va bu dunyoga ajratmaydi. Olam yagonadir va uning gavhari — komil insondir. Xuddi shunday, Umar Hayyom ham to‘garak olam uzuk bo‘lsa, uning gavharini inson deb hisoblaydi. Insonning moddiy tanasi yerdagi barcha tog‘-u toshlar va o‘simliklarda mavjuddir.
Sen-mendan oldin ham tun-kun bor edi,
Aylangan falak ham butun bor edi.
Tuproqqa avaylab qadamingni qo‘y,
Bu tuproq qora ko‘z bir nigor edi.

Umar Hayyom o‘tmishni ham, kelajakni ham o‘ylamasdan, hozirgi kun bilan yashab, undagi barcha yaxshiliklardan bahramand bo‘lish kerak, deydi.
U Nizomulmulk saroyida yashagan paytidagi betashvish kunlari o‘tib ketganidan keyin, hayoti qiyinchilik va moddiy tashvishlarga botib ketadi. Shunga qaramay, shoir hayotning go‘zalligini o‘z she’rlarida kuylashda davom etadi.

"Mavjudlikning umumiyligi" haqidagi asarida Umar Hayyom aql, jon, muhabbat haqida fikr yuritadi. U Ibn Sinoga o‘xshab aql va jonni bir necha shakllarga ajratadi. Aqlning eng yuqori shakli faol aqldir. Faol aql muhabbat yordamida jonga ta’sir etadi va u bilan birgalikda olamni harakatga keltiradi. Jon esa o‘z-o‘zini anglashga intiladi va muhabbat orqali faol aqlga yaqinlashadi. Umar Hayyom fikricha, jon va faol aqlni birlashtiruvchi kuch — bu muhabbatdir. Albatta, bu muhabbat ruhiy muhabbat bo‘lib, jon o‘z-o‘zini anglashiga yordam beradi, faol aqlning esa jon bilan birlashishiga xizmat qiladi.


Umar Hayyomning muhabbat haqidagi fikrlari tasavvufdagi qarashlarga nihoyatda yaqin bo‘lgan. So‘fiylar ta’limotida Xudo butun borliq bilan birlashib ketgan, uning nuri borliqning har bir zarrachasida, bir vujudida mavjud. Shuning uchun so‘fiylar dunyoqarashida Allohga bo‘lgan muhabbat butun borliq bilan birlashib ketish, o‘z "Men"ligini yengish, o‘z irodasidan voz kechishdir. Umar Hayyom fikricha, o‘z "Men"ligidan voz kechish ancha murakkab jarayon bo‘lib, ziddiyat va qiyinchiliklarga boydir.

Umar Hayyom, o‘z "Men"ligidan kechish inson uchun nihoyatda murakkab jarayon va bu narsa ruhiy erkinlikni yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu esa, o‘z navbatida, insonni boshqalarning aksi, nusxasiga aylantirib qo‘yishi mumkin. Umar Hayyomning bu fikri olmon faylasufi Fridrix Nitshening inson komillikka o‘zining ruhiy erkinligidan, "Men"ligidan va irodasidan voz kechmasdan o‘tishi kerak, degan fikriga hamohangdir.


Shunday qilib, Umar Hayyom fikricha, ruhiy muhabbatga ega bo‘lib inson moddiy olamning barcha go‘zalligiyu his-tuyg‘ularidan voz kechmaydi. His-tuyg‘ular, masalan, mayga va go‘zal ma’shuqaga bo‘lgan hissiyotlar ruhiy muhabbatning bir ko‘rinishi, shakli deb hisoblanadi. Umar Hayyom she’riyatida ruhiy muhabbat eng kuchli hayotiy bir quvvatdir. Inson hayoti qisqa, lekin o‘lim inson tanasidagi ruhni yenga olmaydi. Hatto, tana ham izchil hayotdan yo‘qolmaydi. U tuproqdan o‘simlikka, o‘simlikdan toshga, suvga, havoga aylanadi. Moddiy tana materiyaning aylanma harakatida tinimsiz ishtirok etadi. Ruh esa tananing o‘limidan keyin olamiy ruhga qo‘shilib ketadi. O‘lim — bu yo‘q bo‘lib ketish emas, balki bir shakldan boshqa bir shaklga o‘tishdir.

Umar Hayyom hayotni cheksiz va bepoyon ummonga o‘xshatadi, ayrim insonlarning hayoti esa, bu ummonga qo‘shilib oqayotgan daryolardir. Uning fikricha, barcha daryolar ham dengizga qo‘shila olmaydi, bir xillari yo‘lda sayozlashib turib qolgan ko‘lmaklarga aylanib qoladi. Hayot daryosida to‘g‘ri so‘z va halol insonlar oqimga moslasha olmay cho‘kib ketishlari mumkin, ikkiyuzlamachi va nopok shaxslar esa, oqimga moslashib hayotning barcha lazzatlaridan bahramand bo‘ladilar. Hayot o‘zi katta bir tomoshaga o‘xshaydi, inson esa tomoshabinga. Bu tomoshani sahnalashtiruvchi Olloh inson tafakkuri uchun parda orqasida yashiringan ajoyib bir sirdir. Olamning bu sirini hech qanday donishmand va olim bila olmaydi.



Bizlar qo‘g‘irchog‘u, falak qo‘rchoqboz.
Bu so‘zim chin so‘zdir, emasdir majoz.
Yo‘qlik sandug‘iga bir-bir tushamiz,
Vujud palosida o‘ynagach bir oz.

Umar Hayyom Ibn Sino falsafiy ta’limotining tarafdori bo‘lgan. Ibn Sinoning "Asxaviya" ("Nurlanish") asarida inson joni o‘limdan keyin ma’dad olamiga qaytadi va u yerda o‘zining qilgan yaxshi va yomon ishlarining ta’sirini va kuch-qudratini his qiladi, deyilgan. Ibn Sino bu asarida tanasuh ta’limotini tan oladi va insonning ruhiy rivojlanish jarayonida uning muhim o‘rnini ko‘rsatadi. Materiya aylanma harakat jarayonida qatnashganday, ruh ham komillik darajasiga ko‘tarilmaguncha, yer va ma’ad olami o‘rtasida, abadiy qaytish jarayonida qatnashadi. Bu abadiy qaytish va aylanma harakat girdobidan ruhni faqat komillikka erishish ozod qilishi mumkin. Bu masalada Umar Hayyomning fikrlari Ibn Sinonikiga qaraganda ziddiyatliroqdir. Umar Hayyom ruhning abadiy qaytishi va tanasuhni tan olgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bir qism ruboiylarida inson o‘limidan keyingi hayot borligiga shubha qiladi:


Do‘zaxu jannatni kim ko‘rgan, e dil,
U dunyo xabarin kim bergan, e dil.
Qo‘rquv umidimiz shulardan, ammo —
Nomu nishonasin kim bilgan, e dil.

Umar Hayyomning bu shubhalari tasavvuf ta’limotidagi fano holatini oxirigacha qabul qila olmaganligidan dalolat beradi. Hayyom fikricha, inson o‘z "Men"ligidan va shubhalaridan hech qachon ozod bo‘la olmaydi. Inson qalbida o‘zligiga bo‘lgan hissiyot Ollohga bo‘lgan muhabbatga joy bo‘shatib bera olmaydi. Umar Hayyomning yuqorida keltirilgan she’rini eslar ekanmiz, buyuk so‘fiy ayol Robiya Adaviyaning ham so‘zlarini eslaymiz. Robiya aytadiki, unga na jahannam, na jannat kerak. U yor visolidan boshqa hech narsani istamaydi. Robiya uchun yor — bu Allohdir va uning butun qalbi Allohga bo‘lgan muhabbat bilan limmo-limdir. Bunday fano holatida Robiya o‘zligini ham, shubhalarini ham unutadi va butun vujudi bilan Allohga qo‘shilib ketadi. Allohga bo‘lgan muhabbat orqali fano holatida inson ruhi, o‘lim ustidan tantana qiladi va mangu hayotga erishadi. Tasavvufning bu ajoyib holatini tafakkur orqali tushunib ham, tushuntirib ham bo‘lmaydi.


Umar Hayyomning "Shayx va shayton" haqidagi hikoyasida aynan shu fano holatini his qilolmaganligi va bu holatga yetisha olmaganligi ochiq va ravshan ko‘rinib turadi. Shuning uchun Umar Hayyomning ruhiy muhabbat haqidagi tasavvurlari bir-biriga qarama-qarshi va zid bo‘lgan. Umar Hayyom tasavvuf cho‘qqilariga ko‘tarila olmasa ham, ko‘pgina so‘fiylarni tanqid qilgan bo‘lsa ham, uning ruhi mangulik va ezgulikka intilar edi.

Umar Hayyom ruboiylarida biz uning ruhiy intilishlari va bu yo‘ldagi xursandchilik va aziyatlarini his qilishimiz mumkin. XIX asrning o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada ham Umar Hayyomning falsafiy g‘oyalarga to‘la she’riyati keng tarqaldi va qisqa vaqt ichida shuhrat qozondi. Hayyomning falsafiy qarashlariga Yevropada mashhur bo‘lgan F.Nitshe va A.Shopengauer falsafiy g‘oyalari yaqin bo‘lgan. Go‘zal she’rlari sodda badiiy timsollar shaklida berilganligi uchun muxlislarning qalbiga osonroq yetib borgan. Komillikka erisha olmagan, o‘z ruhiy erkinligini barcha narsalardan ustun qo‘ygan insonning badiiy timsolini biz Umar Hayyom she’riyatida ham, falsafiy ijodida ham topishimiz mumkin. Hayyom bizning qalbimizda hayot xursandchiliklariga, muhabbatga intilish kabi ezgulik urug‘larini sochmoqda.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqargan holda shuni aytish mumkinki, Pahlavon Mahmuddan oldin ruboiy janrida juda go‘zal ijod qilgan shoirlardan eng taniqlisi Umar Hayyom bo‘lib, uning ruboiylari mavzusi jihatidan va ijodiga asos bo‘luvchi tariqat, aqidalar jihatidan ham bir-biriga uyg‘un hamda chambarchasdir. Shuning uchun ham Pahlavon Mahmud ruboiylari tahlilda, albatta, Umar Hayyomning ruboiylari va ularning badiiy-g‘oyaviy xususiyatlariga murojaat qilinadi. Ikki shoir ruboiylarining mushtarakligi tufayli biri aytilganda, ikkinchisi yodimizga tushadi. Pahlavon Mahmudning “Xorazm Hayyomi” degan nisbaga ega bo‘lishiga sabab ham aynan shudir.

Umuman olganda, mumtoz adabiyotimizda ruboiy janriga murojaat qilmagan atoqli va mashhur shoirlar juda ko‘p bo‘lib, ulaning barchasi bu kichik janrning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil ochib berishga xizmat qilgan, ruboiy janrining turlariga xos namunalari bilan adabiyotning oltin xazinasini boyitishga hissa qo‘shishgan. Hikmat va ibrat namunasi bo‘lgan ruboiylarning tahlili ham o‘quvchiniing dunyoqarashi va adabiy bililmlarining kengligiga asoslanadi, chunki “mitti” janrning mohiyatida shoirning botini o‘z aksini topadi hamisha.


II bob

Pahlavon Mahmud ruboiylari hikmatli so‘z darajasida

Pahlavon Mahmudning ruboiylari ham janrning o‘ziga xos xususiyatiga, ham shoirning hayotiy tajribalari va xulosalariga asoslangan holda hikmatli so‘z darajasiga ega bo‘ladi.

Pahlavon Mahmud vafotidan so’ng, qabri ustiga vatandoshlari purshukuh maqbara qurganlar. Butun olamdan yog’ilib kelayotgan sayyohlar pirimiz, ulug’ shoir, mard inson qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga, peshtoqlariga shoirning ruboiylari darj qilingan. Bu ziyoratgoh Xivada Hazrati Pahlavon Pir nomi bilan nomi bilan ma’lum va mashhurdir.
Keyinchalik ustoz Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofida Xorazmxonlaridan Abdulg’ozixon, Shohniyozxon, Muhammad Rahimxon I, Temurg’ozixon va boshqalarni vasiyatlariga ko’ra dafn qilganlar.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qur’oni karim va Hadisi sharif ta’siri kuchli. Zero, Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulug’ manba’dan bahramand bo’lib, ijod qilganlari sir emas.

1299-hijriy (1881-yilda) Bombeyda nashr etilgan “Otahkadayi Ozariy” nomli mashhur Sharq tazkirasida Pahlavon Mahmud haqida quyidagilar yozilgan: “Ismi Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy laqabi bilan shuhrat topgan, uning pahlavonlik ovozasi olamni tutgan, o‘z asrining yagonasi bo‘lgan. She’riyatda qudratli, “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi bor. Keyingi vaqtlarda tasavvuf mavzusida yozgan ruboiylari ancha yaxshi chiqqan”. Aynan mana shu asarda Pahlavon Mahmudning ruboiylari va ularning talqini ham mavjud.

Pahlavon Mahmudning yashagan davri ham, adabiy muhiti ham didaktik adabiyot asosida kamol topganligi sabab shoirning adabiyotda aytgan har qanday ijod namunasi, albatta, aforizm sifatida qalbimizda va ong-u shuurimizda qoladi.



2.1. Shoir ruboiylarining mavzu xilma-xilligi.

Pahlavon Mahmud ijodining mavzu xilma-xilligi ruboiylarning mazmun-mohiyatini tahlil qilish jarayonida yuzaga chiqaveradi. Shaklan ruboiylarining asosiy qismi xos ruboiy tarzida bo‘lib, a-a-b-a tarzida qofiyalanadi.

Ey ishq, nechuk o‘tsan axir, duding6 yo‘q,

Ey g‘am, nechuk kuysankim, suruding7 yo‘q.

Ey orzu, nechuksan, tutqich bermaysan,

Ey shodlik nechuksankim, vujuding yo‘q.

Ushbu ruboiyning mohiyatida insonning ichki olamiga tanish bo‘lgan tuyg‘ular – ishq, g‘am, orzu va shodlikning “ta’mi” shoirona ohangdorlik asosida ritorik nutqda ifoda topgan. Tuyg‘ularning ruhiyatga ta’siri har diomgi sayyor mavzu va o‘zaro klassik bog‘lamalar yetakchiligida shoirning bu hislarga asirligi tasvirlagan holda ijodkorning taslim so‘zi bo‘lib jarang sochadi. Bu tuyg‘ularga boshqa so‘z ortiqlik qilishini oshiqning o‘zi qisqa va sodda ifoda etadi. Buning yana bir tomoni ruboiy janr xususiyati ham aynan shuni taqozo etishidir.

Necha yil ilm-hunar payida bo‘ldik,

Necha yil zar-zevar payida bo‘ldik.

Olam sirlaridan bo‘lganda ogoh,

Bari ishni tashlab qalandar bo‘ldik.

Bu ruboiyda shoirning iqrorlik so‘zi tarannum etadi. Dunyo-yu dunning o‘tkinchiligi, o‘zlikni toppish yo‘lidagi urinishlar, hayotdagi turli yo‘llar, o‘nqir-cho‘nqirlar inson umrini kemirishdan boshqa narsa emasligi, asl haqiqat “Olam siri” – o‘zlik sirini topishda ekanligi, haiqiqiy sevgi, ishq va shodlik ham aynan o‘sha sirning ochilishidaligini tasdiqlaydi. Dunyodan, bizni chalg‘ituvchi inson va boshqa narsalardan tiyilish uzlatni tanlab, qalandarlik maqomiga xos yo‘ldan yurganimizda ko‘zimizni ochishini, qalbimizni yoritishini va asliyatni anglashimizni bildirishiga ishora qiladi. Chunki bu so‘zlarni yozuvchining o‘zi aynan mana shu yo‘lda ekanligidan dalolat beradi.

Yoding bilan ko‘nglim har zamon toza,

Nasim essa bo‘lg‘ay guliston toza.

Diydoring farahbaxsh, uni ko‘rganda –

Xotir jam, dil xurram, tanda jon toza.

` Bu ruboiyda oshiq holati aks etgan bo‘lib, ma’shuqani eslash, yod qilish bilan oshiqning ko‘ngli poklanishi va toza bo‘lishini nasim – mayin orombaxsh shamol esganda chaman-u gulistonlardagi g‘uborning ko‘tarilishiga qiyosan chiroyli o‘xshatma asosida ta’riflanadi. Ma’shuqani eslash shuncha farahbaxsh bo‘lsa, uning diydorini ko‘rish tandan jonning ko‘tarilishi – tozalanishiga ishora qiladi. Shoir bu o‘xshatmalar asosida oshiq kechinmlarining darajama-daraja, fan tili bilan aytganda gradatsiyaga uchrashini ta’kidlaydi. Oshiqning bu holati Yerdagi qaysidir timsol uchun emas, balki yagona Alloh ishqi ila bo‘layotganligini o‘quvchining o‘zi anglab oladi. Chunki oshiq – Alloh ishqi bilan yonayotgan orif faqat Alloh vasl-u jamoli yo‘lida eng go‘zal botiniy hislarni tuya oladi va allohning o‘zi bilan sakinat topoladi.

Pahlavon Mahmud din nazariyasi – fiqh, falsafa va mantiqqa doir bir necha risolalar ham yozgan. Rudakiy, Ibn Sino, Umar Hayyom an’analarini davom ettirib, forsiy tilde ruboiylar yaratgan. Shoir o‘z ruboiylarida chin insoniy sevgini betakror noziklikda tasvirlaydi, yangi badiiy-tasviriy vositalar ishlatadi; zulm-zo‘rlikni, riyokorlikni qattiq qoralaydi; halollik, insonparvarlik, mardlik, ma`rifatni olqishlaydi, kishilarni do‘stlikka, xushyorlikka, ilm o‘rganishga da’vat etadi; ayrim zamonasidagi tengsizlik, jabr-sitamdan shikoyat qiladi: mehnatkash xalqning og‘ir hayotiga achinadi; haqiqiy ishqni tarannum etadi, irfoniy ma’rifatni, javonmardlik g‘oyasini targ‘ib qiladi:

Har yoqdan g’am otgan toshni ko’raman,  
Ko’z ochsam, chimirilgan qoshni ko’raman 
Qachonacha poymol etib fikrimni,  
Tizza ko’zgusida boshni ko’raman.

Nomardlik,  pastkashligu  nodonlikni  qoralagan  shoirning  quyidagi  ruboiysi ham ibratomuzdir:  


Uch yuz Ko’hi Qofni kelida tuymoq, 
Dil qonidan bermoq falakka bo’yoq 
Yoinki bir asr zindonda yotmoq, 
Nodon suhbatidan ko’ra yaxshiroq.

Shoirning ruboiylaridan tashqari boshqa ijod namunalari haqida ham tarixiy manbalarda, tazkiralarda, adabiyotlarda ma’lumotlar mavjud. Mashhur  yozuvchi  va  sharqshunos  Sodiq  Hidoyat  «Riyozalorifin»  kitobida 


Pahlavon  Mahmud  «Kanzul  haqoyiq»ni  taxminan  1319-1320  yillar  orasida 
yozganligini  qayd  etgan.  Olim  masnaviyning  Shabustariyga  nisbat  berilishiga 
to’xtalib,  «bu  masnaviy,  albatta  Pahlavon  Mahmud  asaridir.  Zeroki  «Gulshani roz» «Kanzul  haqoyiq»dan  o’n  yetti  yil  keyin  yozilgan»  deb  maxsus  ta’kidlagan olim Pahlavon Mahmud izlanuvchisi -    Doktor 
Abdulrofe’  Haqiqat  «Tarixi  irfon  va  orifoni  eroniy»  kitobida  Pahlavon  Mahmud 
asarining Tehron nashridan quyidagi baytlarni keltirgan:

Bihishtu do’zaxat bo tust dar po’st, 
Charo berun zi xud mechuyi  ei do’st. 
Agar tu xo’yi xesh dori bahri kor, 
Az on xo’yat bihisht oyad padidor.     
Va gar xo’yi badat andar raboyad, 
Az on chuz do’zaxat chize naoyad. 
Zaboni  tu kalid, onro nigoh dor, 
Bihishtu do’zaxatro yak kalid ast. 
Kalidi inchunin hargiz ki didast, 
K-z-o’ gah gul damad dar bog’ va gah xor. 
Gahe jannat gushoyad z-o’, gahe nor. 
Zabonatro kalidi ham chunon don, 
Bad-on k-at orzu boshad ba gardon. 
Dar in olam mazan az  neku bad dam, 
Gah ham Iblis meboyad ham odam. 

(Jannat-u do’zaxing  sening  teringdadir,  ey  do’st,  nega  o’zingdan 


tashqaridagini  qidirasan.  Agar  sen  o’z  xohishingni  ishga  solsang,  o’sha 
xohishingdan jannat paydo bo’ladi. Mabodo bad xohishing harakatga kelsa, undan 
do’zaxdan  boshqa  narsa  paydo  bo’lmaydi.  Sening  tiling  kalitdir,  uni  asra, 
bunday ochquni kishi hech ko’rmagan. Undan bog’da goh gul unar,  goh tikan,  
goh jannat ochiladir, goh olov. Tilingni barchaning kalidi bil, buyningdagi barcha 
orzuni undan bil. Bu olamda yaxshiyu yomondan aslo gapirma, chunki goh Iblis 
va  ba’zan    odam  bo’lishinga  to’g’ri  keladi).    Abdulrofe’  Haqiqat  o’z  risolasida 
Pahlavon  Mahmudning  ramaqi  jon  paytida  bitilgan  «Dili  man»  deb  nomlangan 
ruboiysini  ham  keltirib,  bir  muncha  batafsilroq  sharhlab  o’tgan.  Ists’dodli 
tadqiqotchi  Jasur  Mahmudov  juda  ko’p  dastxat  manbalarni  qiyosiy-tipologik 
o’rganish  tufayli  Pahlavon  Mahmudning  kubroviya  tariqatining  javonmarddik 
tarmog’iga  mansub  shayx  valiylardan  ekanligini  asosli  tarzda  isbotlashga 
muvaffaq  bo‘ldi.  U  Pahlavon  Mahmudning  aynan  shu  ruhdagi  yangi  ruboiylarni 
topib, tahlil qilib, ilmiy iste’molga olib kirdi.

Pahlavon Mahmud ruboiylarining mavzu xilma-xilligi turlicha bo‘lsa ham, ammo barcha ruboiylarining mushtarak g‘oyasi Alloh vasfi, vahdat ul-vujud va faqat Alloh ishqi yo‘lida yuribgina o‘zlikni topish hamda anglashdan iboratdir. Bunga o‘quvchining o‘zi ham ruboiylarni o‘qish jarayonida amin bo‘ladi, qachonki islomiy va adabiy tariqatlardan uning xabari bo‘lsa, albatta.



2.2. Bugungi kunda Pahlavon Mahmud ruboiylarining g‘oyaviy ahamiyati

   Pahlavon Mahmud she’riyatda ham, falsafada ham Hayyomning zakovatli davomchisidir. Fors adabiyotida Hayyomdan soʻng faqat ruboiy yozgan boshqa bir shoir yoʻq. Bu hol turkiy xalqlar adabiyotida ham koʻrinmaydi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bobur va boshqa koʻp shoirlar ruboiyda oʻz kuchlarini sinab koʻrgan boʻlsalarda, bu janr, ularning ijodida asosiy oʻrin tutmagan. Pahlavon Mahmud esa, butun umri fors-tojik tilida ruboiy yozgan. Shunday qilib, Pahlavon Mahmud Hayyomning falsafiy va badiiy gʻoyalarini rivojlantirgan, unga oʻz asri ruhini bergan. Bu — Hayyomshunoslikda ham, oʻzbek va tojik adabiyoti tarixida ham muhim yangilikdir. Shuni ham qayd qilish lozimki, Pahlavon Mahmud Hayyomning oddiy taqlidchisi emas, aksincha, u oʻzining zakovat va iste’dodi, mushohada kuchi jihatidan Xorazm Hayyomidir. Sharq adabiyotida teran mazmunli, nafis va oʻynoqi ruboiylarni «Hayyomona» deb atash odat boʻlib ketgan. Shu mantiqdan chiqib baho berganda, Pahlavon Mahmudning san’atkorona ruboiylari hammasi ham hayyomonadir. Bu ruboiylar yonma-yon turganda, qaysi biri Hayyomniki-yu, qaysi biri Pahlavon Mahmudniki ekanini farq qilish qiyin. Pahlavon Mahmud oʻz asrining donishmandi edi, u oʻzining uzoq umri davomida hayotni mushohada etib, toʻgʻri xulosalar chiqargan, bu hol uning ruboiylarida yorqin aks etib, ularni hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtargan. Mana shulardan biri:

Qora tosh sira ham boʻlmas lojuvard,

Toza qalbga yuqmas aslo changu gard,

Quloq solgin Puryoyvaliy soʻziga,

Qoʻrqoqlardan biron chiqqanmidi mard!

Rost aytadi bu ulugʻ donishmand, yomon odamdan faqat yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, mardlikka, vallomatlikka, ezgulikka u qobil emas! Pahlavon Mahmudning nodonlardan, johillardan nafrati shu qadar zoʻrki, uni shoirning oʻz tili bilan aytmasdan boshqacha ta’bir bilan tushuntirish imkondan xorijdir. Mana u nima deydi:

Uch yuz Koʻhi Qofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermoq falakka boʻyoq,

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq.

Pahlavon Mahmudning muhabbat mavzuidagi ruboiylarini olib koʻraylik. Pahlavonning ishq mavzuidagi ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, mahbubga munosabatning samimiyligi, lirik qahramonning ma’shuqa rizosi uchun har qanday fidokorlikka hozirligi, obrazlarning rang-barangligi, xulosalarning favqulodda va kutilmaganligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Chunonchi:

Na choraki malomatdur vatanim,

Ishq oʻldirdi, sevgi mening kafanim.

Jannat bogʻlarida sen oʻtir, zohid,

Men—mast bulbul, doʻzax mening chamanim.

Soʻragin, goʻzalim, kerak boʻlsa jon,

Jon emas, soʻragin hattoki imon.

Faqat yaqinroq kel, qilma intizor,

Sen harna istasang bergum begumon.

Dedi yorim: «Yana nima gʻaming bor?

Xayoling band etdi qaysi goʻzal yor?»

Qoʻllariga berib oyna, dedimki:

Kimning aksin koʻrsang—shu menga dildor.

Pahlavon Mahmudning nazar-e’tiboridan molparast, dunyoparast, boshqacha aytganda, oltin-kumush bandalari ham chetda qolmagan. Mol-dunyoga, oltin-kumushga sajda qiluvchi bu toifa: “yema, ichma, boʻl baxil, boy boʻlmasang, men kafil”, shiori ostida ish koʻradilar. Bu toifa boy boʻladi, lekin gadodan battar kun kechiradi. Ular boyligini bolasidan ayaydi. Mahmud Pahlavon ana shu toifa ustidan istehzo qilib bunday deydi:

Ey hoja, sen nechun buncha bexabar,

Xayolingda kecha-kunduz kumush, zar,

Dastmoyang-ku bu olamda bir kafan,

Buyurganmi senga kafan, kim aytar?

Pahlavon Mahmud Chingizning qonli yurishlari natijasida mamlakatga yetkazilgan ogʻir jarohatlar hali bitmagan bir davrda yashadi. Bu davr — Oʻrta Osiyo va ayniqsa, Xorazm tarixining eng ogʻir davri edi. Pahlavon Mahmud vatan boshiga tushgan bu sonsizsanoqsiz balolar, toʻfonlarning shohidi boʻldi. Shoir mana shu tarixiy baxtsizliklarni bir ruboiyga sigʻdirib, oʻz asrining ajoyib realistik lavhasini chizib bergan:

Davronda koʻp koʻzni men giryon koʻrdim,

Neki balo boʻlsa beomon koʻrdim,

Nuh ming yil yashadi, koʻrdi bir toʻfon,

Men Nuh boʻlmasam ham ming toʻfon koʻrdim.

Biz Pahlavon Mahmud ruboiylaridan bir necha misollar keltirdik, xolos. Lekin, ziyrak oʻquvchilar bu qatrada dengiz aks etganini his etadilar, deb ishonamiz.

Xulosa

Pahlavon Mahmudning ijodi bugungi kungacha yosh tadqiqotchilar uchun izlanish mavzusi bo‘lib kelgan. Adabiyotshunoslar yaqinda «Ruboiyoti hazrati Pahlavon» nomi bilan yuritilgan besh qoʻlyozma nusxani koʻzdan kechirib, shulardan ellik yetti ruboiyni tanlab, tarjima qilishgan. Ayrim nusxalarda uch yuzdan ortiq ruboiylar bor-ku, nega biz koʻproq olmadik? Degan savol tug‘ilgan. Buning sababi shuki, hamma nusxalarga boshqa shoirlarning ruboiylari kirib qolgan. Qandaydir mas’uliyatsiz kotib soʻrab-surishtirmay, qoʻlga tushgan yoki eshitgan har bir ruboiyni Pahlavon Mahmudga nisbat berib koʻchira bergan. Natijada, «Hazrati Pahlavon ruboiylari» nomli qoʻlyozmalar turli maslak va har xil saviyadagi shoirlarning mushtarak ruboiy toʻplami boʻlib qolgan. Xorazmliklar asrlar davomida Pahlavon Mahmudni avliyo deb yurganlari uchun kotiblar ham soʻfiyona ruboiylarni unga nisbat berib toʻplamga kirita berganlar. Buning ustiga biz koʻrib chiqqan qoʻlyozmalar hammasi ham XIX—XX asrda koʻchirilgan. Agar bular orasida birorta eski-mo’tabar nusxa boʻlganda, Pahlavon Mahmud ruboiylarini ajratish yengilroq boʻlardi. Afsuski, hozircha eski nusxalar topilgani yoʻq. Shuningdek, «Otashkada» va «Qomusul a’lom»da tilga olingan «Kanzul haqoyiq» nomli masnaviyni ham topish bizga nasib boʻlmadi. Olimlarning aytishlaricha, Pahlavon Mahmudga nisbat berib, boshqa shoirlarning asarlarini nashr etib qoʻymaylik, degan andisha bilan ruboiylarni mumkin qadar sinchiklab tekshirishgan, turli shoirlarning ruboiylari qorishib ketgan bu shubhali nusxalarni qayta-qayta oʻqib, Pahlavon Mahmudning sogʻlom, magʻrur ovozini farq etishga harakat qilishgan. Biz tanlagan ruboiylardagi ruhiy tetiklik, fikriy teranlik ularni boshqa ruboiylardan ajratib turadi. Ayrim ruboiylarga esa shoir: «Bishnav suxani Mahmud Puryoyvaliy» deb, oʻz nomi bilan muhr bosib qoʻygan.

Pahlavon Mahmud ruboiylarini oʻqigan kishi oʻzini qandaydir ma’naviy pokiza, ruhiy tetik va ulugʻvor his etadi, chunki bu ruboiylarda shu ruh singdirib yuborilgan. Xoʻsh, bu qudratli ruhning sarchashmasi qayerda? Bu Pahlavon Mahmudning shaxsiy e’tiqodlari ifodasimi yoxud biror tabaqa, guruhning gʻoyaviy dasturimi? Koʻhna manbalar, jumladan Farididdin Attorning «Tazkirat ul avliyo» kitobida aytilishicha, bu pokiza ruh tarixda futuvvat yoki juvonmardlik nomi bilan mashhur bir oqimning, bir ijtimoiy tabaqaning dasturilamalidir. Juvonmardlar xalqqa beminnat xizmat qilib, muzdini haqdan talab qilish shiori ostida ish tutganlar. Eron olimlaridan Said Nafisiy «Sarchashmai tasavvuf dar Eron» nomli asarida: «Futuvvat — juvonmardlik guruhining ulugʻ peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud Xorazmiydir», — deb ta’kidlaydi. Shu olimning uqtirishicha, Oʻrta Osiyoning dovyurak isyonkorlari — sarbadorlar ham juvonmardlar guruhiga mansub boʻlganlar. XIII—XIV asrlarning bir daraja uyushgan mehnatkash tabaqasi, shubhasiz, shahar hunarmand-kosiblari edi. Bular temirchilar, qurolsozlar, misgarlar, duradgorlar, koʻnchilar, moʻynadoʻzlar, toʻquvchilar, tikuvchilar va me’morlardan iborat katta kuch edilar. Juvonmardlar mana shu hunarmandlar guruhining jangovar namoyandalari sifatida maydonga chiqdilar. Juvonmardlar guruhining hayot prinsiplari mardlik va uning bezagi: marhamat, shafqat, muruvvat, saxovat va oliyjanoblik asosiga qurilgan. Juvonmardlar elga xizmat qilishni, aftodalarga dastgir boʻlishni, muhtojlarga marhamat-u zaiflarni himoya qilishni oʻzlari uchun sharaf deb bilganlar.

Professor Ye. E. Bertels «Soʻfizm va soʻfiylik adabiyoti» nomli kitobida: «Futuvvat hunarmandlarning yashirin tashkiloti» — deb ataydi. Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Ishoqov futuvvat — juvonmardlik harakatidan bahs etib: «Hunarmandlar guruhining ilgʻor qarashlari va intilishlarini ifodalagan bu yoʻnalish oʻsha davrdagi ilgʻor kuchlarning ma’lum qismi uchun ma’naviy zamin boʻlgan» deydi. Pahlavon Mahmud futuvvat — juvonmardlik harakatining tashkilotchisigina emas, uning ma’naviy rahnamosi edi. Shoirning mardlik va olijanoblik ruhidagi ruboiylari shundan dalolat berib turibdi.



Zero, Pahlavon Mahmudning har bir so‘zi hikmat darajasida bo‘lib, har o‘qigan qalb uchun taskin, iymon yo‘li, ezgulikka boshlovchi dasturulamal hamda hech qachon makon va zamon tanlamas didaktik mumtoz adabiyotimizning yorqin va ma’lum-u mashhur ijodkori bo‘lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.

  2. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent, “Sharq”, 1999.

  3. Komilov N. Tafakkur karvonlari. –Toshkent, “Ma’naviyat”, 1999.

  4. Hamidjon Homidiy. Ko‘hna sharq darg‘alari. –Toshkent, “Sharq”, 1999.

  5. To‘xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot. I kitob. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. –Toshkent, 2012.

  6. Jo‘rayev Z. G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. –Toshkent. “O‘zbekiston”, 1994.

  7. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. – Toshkent. A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2001.

  8. Salohiy D. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Ma’ruzalar matni. –Samarqand, 2014.

  9. www.saviya.uz

  10. www.ziyonet.uz

  11. www.ziyouz.com

  12. www.xorazmiy.uz

  13. www.samdu.uz



1 Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”. 14-bet.

2 Hamidjon Homidiy. Ko‘hna sharq darg‘alari. –Toshkent, “Sharq”, 1999. 227-bet.

3 O‘sha asar.

4 To‘xliyev B., Abdurahmonova B. Adabiyot. I kitob. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. –Toshkent, 2012. 125-bet.

5 Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent, “Sharq”, 1999. 209-bet.

6 Dud – tutun.

7 Surud – qo‘shiq.


Download 59.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling