O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.12.2020
Hajmi1.08 Mb.
#163640
  1   2   3   4
Bog'liq
elektr va magnetizm kursining metallarning magnit xossalari mavzusini oqitishda innovatsion pedtexnologiyalar usulidan foydalanish (2)


O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM 

VAZIRLIGI 

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND 

DAVLAT UNIVERSITETI 

 

FIZIKA FAKULTETI 

 

5440100 - FIZIKA YO‟NALISHI 

 

Umumiy fizika va magnetizm kafedrasi 

 

SADULLAYEV FARXOD ABDAKIMOVICH 

 

 



“ELEKTR VA MAGNETIZM” KURSINING “METALLARNING MAGNIT 

XOSSALARI”   MAVZUSINI O‟QITISHDA INNOVATSION 

PEDTEXNOLOGIYALAR USULIDAN FOYDALANISH” 

 

“5440100 –Fizika” ta‟lim yo‟nalishi bo‟yicha  bakalavr  

darajasini olish uchun 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISH 

 

Ilmiy rahbar: dots. M.K.Salaxitdinova 



___________________ 

 

 



Malakaviy bitiruv ishi Umumiy fizika va magnetizm kafedrasida bajarildi. 

Kafedraning 2014 yil 10 iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga 

tavsiya etiladi (bayonnoma № 11). 

Kafedra mudiri:  ________dots. Rajabov R. M. 

 

Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2014 yil “25” iyun dagi majlisida himoya 



qilindi va   ______ ball bilan baholandi (bayonnoma №  ____ ). 

 

YaDAK raisi: ______________________________________ 



A‟zolari: ___________________________________________________ 

___________________________________________________________ 

 

 

Samarqand – 2014 


 



MUNDARIJA 

 

Kirish. . . … . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  



I BOB 


MILLIY TA‟LIM ISLOHOTI VA FIZIKANI 

O‟QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI 

 

§ 1.1. 



Milliy ta‟lim islohoti hayotiy zaruriyat ekanligi. . . . . . . . . . . .  

§ 1.2. 



Didaktik tamoyillar va uni fizikani o„qitishda qo„llanilishi. … 

10 


 

I Bob bo‟yicha xulosa………………………………………… 

17 

II BOB  «ELEKTR VA MAGNETIZM»  KURSINI O‟QITISH 

STRUKTURASI VA MASHG‟ULOTLARNING O‟QUV 

DASTUR BO‟YICHA TAQSIMOTI 

 

§ 2.1. 



«Elektr va magnetizm»  kursini o‟qitish strukturasi................... 

18 


§ 2.2. 

“Elektr va magnetizm” fanidan mavzularning mashg‟ulotlar 

turlari  va soatlar bo‟yicha taqsimoti………………………… 

21 


§ 2.2.1.  Ma‟ruza mashg‟ulotlar mavzulari…………………………… 

21 


§ 2.2.2.  Amaliy mashg‟ulotlari mavzulari…………………………… 

23 


§ 2.2.3.  Laboratoriya mashg‟ulotlari mavzulari...................................... 

24 


§ 2.2.4.  Mustaqul ta‟lim mashg‟ulotlari mavzulari…………………… 

25 


 

II. Bob bo‟yicha xulosa……………………………………… 

28 

III 

BOB 

«MAGNITLANISH TURLARI VA MAGNETIKLARNING 

SINFLANISHI» MAVZUSI BO‟YICHA 

MASHG‟ULOTLA- RININIG OLIB BORISH BO‟YICHA 

YANGI TA‟LIM TEXNOLOGIYALARI 

 

§ 3.1. 


№ 18,19 mavzular: «Magnitlanish turlari va magnetiklarning 

sinflanishi» mavzusi ma‟ruza mashg‟ulotini olib borish 

texnologiyasi………………………………………………….. 

29 


§ 3.1.1.  Ma‟ruza mashg‟ulotlarning texnologik modeli……………… 

29 


 

§ 3.1.2.  Ma‟ruza mashg‟ulotlarning texnologik xaritasi……………… 



32 

§ 3.2. 


Amaliy mashg„ulotining ta‟lim texnologiyasi modeli va 

xaritasi..... 

44 

§ 3.3. 


Mavzu bo‟yicha tuzilgan uch darajali test…………………… 

46 


 

Xulosa………………………………………………………… 

49 


 

Adabiyotlar ruyxati…………………………………………. 

50 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



Kirish 

Bugungi kun talim tizimida amal qilayotgan ananaviy talimni mazmunan va 

uslubiy  yangilash  va  talim  jarayonini  tashkil  etishni  tubdan  o‟zgartirish  davr 

taqozasidir.  Bunda,  fizika  talim  tizimiga  inovatsiyon  talim  texnalogiyalarini 

yug‟unlashgan  xolda  qo‟llash  orqali,  talim  samaradorligini  yuqori  pog‟onaga 

ko‟tarishni amalga oshirish mumkin. 

Shuningdek,  mamlakatimizda  qabul  qilingan  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”ning uchinchi bosqich – to„plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish 

asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar 

tayyorlash  tizimini  takomillashtirish  va  yanada  rivojlantirish  davri  ketmoqda. 

O„tilgan  davr  mobaynida  yaratilgan  ma‟muriy-huquqiy  hujjatlar  fanlar  bo„yicha 

o„quv adabiyotlarini yaratishga asos bo„lib, o„quv jarayonining sifatini oshirishga 

xizmat qiladi. O„quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash 

bo„yicha  ilmiy-uslubiy,  tashkiliy,  iqtisodiy  masalalarni  hal  etish  uzluksiz  ta‟lim 

tizimida  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  uchinchi  bosqichida  ko„zda 

tutilgan  maqsadlarga  erishishga  qaratilgan  bir  qator  tadbirlar  ishlab  chiqishni 

taqozo qiladi. 

Mavzuni  dolzarbligidan  kelib  chiqgan  holda  ,,Elektr  va  magnetizm”  kursining 

,,Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi“  mavzusini  o‟qitishda 

innovatsion ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish ushbu 



malakaviy  bitiruv  ishining  asosiy  maqsadi  hisoblanadi.  Bu  maqsadga  erishish 

uchun  ,,Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi“  mavzusini  o‟tish 

jarayoniga  yangi  ta‟lim  texnologiyalarini  qo‟llashga  oid  quyidagi  ilmiy  uslubiy 

vazifalarini  malakaviy  bitiruv  ishida  bajarilishi  zarurligini  asosiy  vazifalar  qilib 

qo‟yildi. 

1.    Bugungi  kunda  ilmiy  –uslubiy  adabiyotlarda  ma‟lum  bo‟lgan,innovatsion 

ta‟limiy texnologiyalarga oid nazariy ma‟lumotlarni o‟rganish va bayon qilish. 

2.      ,,Elektr  va  magnetizm“  o‟quv  fani  bo‟yicha  yangi  ta‟lim  texnologiyasining 

konseptual asoslarini ishlab chiqish. 


 

3. ,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusi bo‟yicha ma‟ruza 



va  amaliy  mashg‟ulotlarni  o‟tishda  innovatsion  ta‟lim  texnologiyalaridan 

foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish. 

4.   Mavzu bo‟yicha talabalar bilimini sinash uchun uch darajali testlar tuzish. 

Tadqiqotlarning ilmiy  uslubiy yangiligi.Ushbu malakaviy bitiruv ishida ,,Elektr 

va  magnetizm„‟  kursining  ,,Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi  “ 

mavzusini  innovatsion  ta‟lim  texnologyalaridan  foydalanib  o‟qitish  uslubiyati 

ushbu ma‟lakaviy  bitiruv ishida birinchi marta ishlab chiqarilgan 



Tadqiqot  ob‟ekti  va  predmeti.  ,,Elektr  va  magnetizm”  fani  o‟tiladigan, 

Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti fizika bo‟limining  2- kurs talabalari  

malakaviy bitiruv ishning tadqiqot ob‟ktidir . 

,,Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi“  mavzusini o‟qitishda 

innovatsion  ta‟lim  texnologiyalarini  qo‟llash  uslubyatini  ishlab  chiqish  bitiruv 

ishining tatqiqot predmetini tashkil qiladi. 



Ilmiy –uslubiy va amaliy axamiyati. Ushbu ma‟lakaviy bitiruv ishida bajarilgan 

ilmiy  –uslubiy  ishlar  ,,Elektr  va  magnetizm”  kursining  boshqa  mavzularni  ham 

innovatsion  ta‟lim  texnologiyalaridan  foydalanib  o‟qitish  uslibiyatini  ishlab 

chiqish  uchun  uslubiy  yunalish  beruvchi  namunaviy  asos  sifatida  xizmat  qilishi 

mumkin  .Bitiruv  ishida  yaratilgan  ma‟ruza  va  amaliy  mashg‟ulotlarning  yangi 

ta‟lim  texnologiyalari  ishlanmalaridan  unversitetda  dars  berayotgan  o‟qtuvchilar 

dars utish jarayonlarida foydalanishlari mumkin. 

 

Himoyaga qo‟yiladi: 

1.  ,,  Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi  “  mavzusi  bo‟yicha 

ikkita  maruza  mashg‟ulotini  o‟tishda  yangi  ta‟lim  texnologiyalaridan 

foydalanish uslubiyatining ishlanmalari; 

2.  “Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi”  mavzusi  bo‟yicha 

o‟tiladigan  mashg‟ulotlarga doir organayzerlar tuzilib   ularni mashg‟ulotlarga 

qo‟llash uslubiyati ishlab chiqildi. 


 



Malakaviy  bitiruv  ishining  tuzilishi  va  hajmi  .  Ushbu  malakaviy  bitiruv  ishi 

kirish,  uchta  bob,  xulosalar  va  foydalanilgan  adabiyotlar  bayon  qilingan 

qisimlardan  tashkil  topgan  bo‟lib,  50  bet  hajmda  kompyuterda  lotin  alifbosida 

yozilgan. 

Birinchi bobda Ta‟lim texnologiyasiga oid nazariy ma‟lumotlar berilgan . 

Ikkinchi    bobda  “Elektr  va  magnetizm”  fani  bo‟yicha  talim  texnologiyasining 

konseptual asoslari bayon qilingan . 



Uchinchi  bobda  ,,  Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning  sinflanishi”  

mavzusiga  oid  ikkita  ma‟ruzani  o‟tishda  innovatsion  ta‟lim  texnologiyalari 

ishlanmasi  berilgan.  Shuningdek  ,,Magnitlanish  turlaru  va  magnetiklarning 

sinflanishi“ mavzusi bo‟yicha o‟tiladigan bitta amaliy mashg‟ulotning yangi ta‟lim 

texnologiyasi  ishlanmasi  bayon  qilingan.  Bob  oxirida  ,,Magnitlanish  turlaru  va 

magnetiklarning  sinflanishi“  mavzusi  bo‟yicha  talabalar  bilimini  sinash  uchun 

tuzilgan  uch  darajali    testlar  ishlanmasi  berilgan.  Xulosalarda  bitiruv  ishida 

bajarilgan ishlar yakunlanib yozilgan. 

Bitiruv  ishi  oxirida  mavzuga  oid    ta‟limiy-uslubiy  va  o‟quv  adabiyotlarning 

ro‟yxati keltirilgan . 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



I BOB. MILLIY TA‟LIM ISLOHOTI VA FIZIKANI O‟QITIShNING 



DOLZARB MUAMMOLARI 

 

§1.1. Milliy ta‟lim islohoti hayotiy zaruriyat ekanligi. 

 

O„zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so„ng  bozor  iqtisodiga  asoslangan 



demokratik  jamiyat  qurishga  kirishdik.  Har  qanday  jamiyatning  kelajagi  nafaqat 

yer usti va yer osti tabiiy boyliklari bilan balkim o„zining yuksak ma‟naviyati va 

madaniyati  bilan  ham  belgilanadi.  Yuksak  ma‟naviyat  va  madaniyatga  esa 

mukammal  ta‟lim-tarbiya  tizimining  ma‟lum  bir  muddat  mobaynidagi  faoliyati 

natijasida  erishilishi  o„z-o„zidan  ayon.  Xo„sh,  shu  nuqtai-nazardan  olganda 

istiqloldan  oldingi  ta‟lim-tarbiya  tizimi  to„g‟risida  nimalarni  aytish  mumkin? 

Birinchidan,    bizga  sho„rolar  davridan  meros  bo„lib  qolgan  ta‟lim-tarbiya  tizimi 

zamona  talabiga  javob  bera  olmay  qoldi.  Ikkinchidan,  mustaqillikdan  oldin  va 

undan  keyingi  dastlabki  yillarda  ta‟lim-tarbiya  va  o„quv  jarayonida  olib  borilgan 

o„zgarishlar  va  tadbirlar  yuzaki  bo„lib,  uzluksiz  ta‟lim  tizimining  muammolarini 

yechishga qodir emas edi. Uchinchidan, ta‟lim va tarbiya tizimi zamona talabiga, 

ya‟ni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar  talabiga  javob  bera  olmay  qoldi.  Ta‟lim 

tizimidagi  muammolar:  maktablarning  moddiy  bazasining  juda  nochorligi, 

o„qituvchilar  malakasining  pastligi, o„quv  jarayonining  mukammal  emasligi,  eski 

qolipda  yozilgan  darsliklar,  bitiruvchilar  malakasining  pastligi,  o„quvchi  bilan 

o„qituvchi  orasidagi  munosabat,  o„quvchilarning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatining 

pastligi,    11  yillik  majburiy  ta‟limning  ilmiy  asoslanmaganligi,  9-sinfni 

bitirayotgan  yoshlarning  55%-i  10-  22%-i,  hunar-texnika  yoki  maxsus  o„quv 

yurtlarda  o„qishni  davom  ettirsa,  qolganlari  ko„chada  qolayotganligi.  11-sinfni 

bitirayotgan  yoshlarning  ko„pchiligi  hech  qanday  malaka  va  kasb-hunar 

egallamayotganligi  kabilar  edi.  Ahvol  juda  achinarli  bo„lib  ayniqsa,  viloyat  va 

tumanlardagi  hunar-texnika  bilim  yurtlarida  o„quv  texnika  bazasining  nochorligi, 

o„qitish  sifatining  pastligi  va  zamona  talabiga  javob  bermasligi  aniq  bo„lib 

qolgandi. 



 



Oliy  ta‟lim  tizimi  islohoti.      Birinchidan,  Oliy  ta‟lim  muassasalarida  

tayyorlanayotgan talabalar ehtiyojni qanoatlantiradimi, ular zamona talabiga javob 

bera oladilarmi? Ta‟lim tizimidagi eskicha o„quv dasturi, eskicha asbob-uskunalar, 

zamonaviy darsliklar va uslubiy adabiyotlar bilan ta‟minlanmaganlik mutaxassislar 

sifatiga  hamon  salbiy  ta‟sir  ko„rsatib  kelmoqda.  Bu  sohada  to„plangan 

kamchiliklar: 

1.  Oliy  o„quv  yurtini  bitirayotgan  yoshlarimiz  qanday  talablarga  javob 

berishini aniqlab olish. 

2.  Bilimga  chanqoq,  iste‟dodli  yoshlarni  tanlab  olishning  obyektiv 

adolatli  tizimi  va  tartibini  o„rnatish  hamda  yetarli  ma‟lumot  olish  uchun  barcha 

imkoniyatlarni yaratish. 

3.  Oliy  ta‟lim  o„quv  yurtlarida  necha  xil  mutaxassislik  bo„yicha  ta‟lim 

berish lozimligini aniqlash. 

4.  Zamonaviy mutaxassis tayyorlash uchun zamonaviy ta‟lim va tarbiya 

bazasini yaratish. O„quv yurtlari rahbarlari, o„qituvchi-professorlarning ish haqini 

muvofiqlashtirish. 

5.  O„quv  dasturi  va  dasturlarni  zamonaviy  talablar  darajasiga 

moslashtirish, ularning zaif tomonlarini bartaraf etish. 

Oliy  ta‟lim tizimi islohotida oliy ta‟lim muassasalarining chet el oliy o„quv 

yurtlari  bilan  aloqasini  mustahkamlash,  chet  ellardan  professor  o„qituvchilarni 

ishga  taklif  etish.  Chet  ellarda  yoshlarning  o„qishini  ta‟minlash,  o„qituvchi  va 

kafedra  mudirlarini  chet  elga  xizmat  safarlarini  (malaka  oshirishni)  uyushtirish 

ko„zda tutiladi. Oliy ta‟lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo„lgan muammolar: 

-  Uzluksiz ta‟lim tizimini yaratish, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali 

foydalanish. 

-  Davlat ta‟lim standartlarini yaratish va ijrochi mexanizmini ishlab chiqish. 

-  Ixtisoslik,  malaka  darajasiga  ko„ra  mutaxassislarga  bo„lgan  umumdavlat  va 

mintaqaviy talablar istiqbolini aniqlash. 

-  Ta‟lim tizimini isloh qilish, o„qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash. 



 

-  Kasb  tanlash  bo„yicha  davlat  va  ijtimoiy  muassasalarning  faoliyatini 



takomillashtirish. 

-  O„quvchilarni  Vatanga  sadoqat,  yuksak  axloq,  ma‟naviyat  va  ma‟rifat, 

mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 

-  Ta‟lim  muassasalarini  moliyaviy,  moddiy-texnikaviy  ta‟minlash  me‟yorlarini 

oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish. 

-  Chet el sarmoyalarini jalb etish. 

-  Oliy  o„quv  yurtlariga  mustaqillik  berish,  o„z-o„zini  boshqarish  usullarini  joriy 

etish. 


-  Davlat  va  jamiyat  kadrlar  tayyorlash  tizimini  uzluksiz  rivojlantirish  va 

takomillashtirishda kafil bo„lmog‟i zarur. 



Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari 

1.  Ta‟limning uzluksizligini ta‟minlash. 

2.  Pedagogik  va  ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va 

ularning malakasini oshirish. 

3.  Ta‟lim jarayonini mazmunan isloh qilish. 

4.  Ma‟naviy –axloqiy tarbiya va ma‟rifiy ishlar. 

5.  Iqtidorli bolalar va iste‟dodli yoshlar. 

6.  Ta‟lim tizimini boshqarish. 

7.  Kasb-hunar ta‟limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish. 

8.  Ta‟lim tizimini moliyalash. 

9.  Moddiy texnika ta‟minoti. 

10. Ta‟lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish. 

11. Ta‟lim xizmati ko„rsatish bozorini rivojlantirish. 

12. Ta‟lim  sohasida  ijtimoiy  kafolatlarni  ta‟minlash  hamda  bu  sohani  davlat 

tomonidan qo„llab-quvvatlash. 

13. Fan bilan ta‟lim jarayoni  aloqalarini rivojlantirish. 

14. Ishlab chiqarish va ta‟lim tizimining integratsiyalashuvini rivojlantirish. 

15. Ta‟lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik. 

 


 

10 


§ 1.2.  Didaktik tamoyillar va uni fizikani o„qitishda qo„llanilishi. 

 

Bugungi kunning fizika o„qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega 

bo„lishi  bilan  birgalikda  u  zamonaviy  o„qitish  qonuniyatlaridan  ham  chuqur 

bilimga  ega  bo„lish  zarur.  Fizikadan  o„quv  jarayonini  tashkil  etishda  didaktik 

qoyidalarga  amal  qilingandagina  o„qitish  samarali  bo„lishi  mumkin.  Ta‟lim 

nazariyasi bilan didaktika fani shug‟illanadi. Didaktika faniga birinchi bo„lib chex 

mutafakkiri  YA.A.  Komenskiy  asos  soldi  va  o„zining    “Buyuk  didaktika”  (1630-

yil)  asarini  yaratdi.  Keyinchalik  Didaktika  asoslari  J.J.  Russo,  I.G.  Pistolosum, 

V.Disterverg,  K.D.  Ushinskiylar  tomonidan  rivojlantirildi.  Didaktika  tamoyillari 

quyidagilar hisoblanadi: 

1.  Ta‟limning ilmiyligi va elementarligi. 

2.  Ta‟limning sistematikligi. 

3.  Nazariya bilan amaliyotning  birligi. 

4.  Ta‟limning onglilik va ijodkorligi. 

5.  Ko„rgazmalilik. 

6.  Ta‟limning mustahkamlik tamoyili. 

Umumiy  o„rta  ta‟lim  maktablarida  fizika  ta‟limining  ilmiyligi  zamona 

talabidan  kelib  chiqib,  u  o„quv  dasturlarida  va  darsliklarda  o„z  aksini  topadi. 

Jamiyatning  rivojlanishi,  fizika  faninnig  kengayib  borishi  bilan  umumta‟lim 

maktablarida  o„qitilayotgan  fizika  fani  mazmuni  ham  yangilanib  boradi.  Fizika 

fani  sohasida  yangi-yangi  kashfiyotlar  qilinmoqda,  ammo  ularning  barchasini 

maktab  dasturiga  kiritishning  imkoni  yo„q.  Shuning  uchun  fizika  fani  sohasida 

qilinayotgan  yangiliklarning  eng  muhimlari  tanlab  olinib o„quvchilarning  yoshini 

e‟tiborga olgan holda bayon etilishi lozim. Elementarlik deganda, o„quv mavzusini 

siyqalashtirish,  yuzakilashtirish  deb  tushinmaslik  kerak,  o„quv  mavzusining 

ilmiyligini saqlab qolish bilan birgalikda, uni zamonaviy o„quv vositalari va usullar 

yordamida  o„quvchi  tushunadigan  tarzda  bayon  etish  lozim.  Tushinarlik  yoki 

elementarlik  tamoyilini  amalga  oshirish  uchun  o„qituvchidan  oddiydan 



 

11 


murakkabga, konkret  narsadan  abstrakt narsaga  o„tish, o„quvchilarning  individual 

xususiyatlarini, ularning tayyorgalik darajasini hisobga olishni taqoza etadi. 



Ta‟limning  sistematikligi.  Ta‟limning  sistemali  va  izchilligi  ta‟lim 

maqsadlarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishning  muhim  vositasi  bo„lib 

hisoblanadi.  Fizik  ta‟limning  sistemaliligini  quyidagicha  izohlash  mumkin.  Agar  

o„qitish  jarayonini  sistema  deb  qarasak  va  unda  sistemali  tahlil  usulini  qo„llash 

kerak  bo„ladi.  Fizikani  sistemali  tarzda  o„qitish  o„qituvchidan  quyidagilarni 

nazarda  tutishni  taqoza  etadi.  O„quv  mavzularini  yillar  bo„yicha  mantiqan,  izchil 

joylashtirilishi  va  fanlar  o„rtasidagi  aloqani  hisobga  olish.  O„quv  predmeti 

bo„yicha mavzularni izchil joylashtirilishi.O„quv mavzusini o„qituvchi tomonidan 

sistemali  va  izchil bayon  etilishi. Amaliy,  laboratoriya, yozma  ishlar va  mashqlar 

yechish  darslarini  tashkil  etishda  o„quvchilar  bilimini,  ko„nikma  va  malakalarini 

hisobga  olish,  ularning  bilimini  nazorat  qilib  borish,  muntazam  sistema  holiga 

keltirish lozim . 

Fizika  fanini  o„qitishda  sistemali  tahlil  usuli  bilan  keyinchalik  yanada 

kengroq  tanishamiz.  Ta‟lim  jarayonidagi  mavjud  nuqsonlarning  barchasi  uning 

sistemaliligidan uzoqligidir. 

Nazariya  bilan  amaliyotning  birligi.  Fizikani  o„qitishda  nazariya  bilan 

amaliyotning  birligi  tamoyili  o„quv  maksadini  amalga  oshirishning  muhim  omili 

bo„lib hisoblanadi. Fizika fanining taraqqiyoti va kelajakdagi rivoji nazariya bilan 

amaliyotning  birligiga  asoslanadi.  Fizika  tarixiga  nazar  solsak  ba‟zi  fizik 

jarayonlarning nazariyasi  yaratilib  keyinchalik  tajribada isbotlangan  bo„lsa,    ba‟zi 

jarayonlar avval tajribada ochilib, keyin uning nazariyasi yaratilganligining guvohi 

bo„lamiz.  Demak,  nazariya  bilan  amaliyot  o„rtasida  dialektik  munosabat  mavjud. 

Xuddi shuningdek, fizikani o„qitish jarayonida nazariya va amaliyotning birligini 

to„g‟ri tashkil etish o„qitish samaradorligini ta‟minlashning vositasi bo„lib xizmat  

qiladi. Fizikani o„qitishda nazariya va amaliyotning aloqasini ta‟minlash va amalga 

oshirish  oddiy  ish  emas.  Bu  masalani  hal  etishda  ikkita  xatolikka  yo„l  qo„yilishi 

mumkin:  nazariyaga  katta  ahamiyat  berib  amaliyotni  kamsitish  yoki  amaliyotga 

haddan  ortiq  ahamiyat  berilib,  nazariyaga  yetarli  e‟tibor  bermaslikdan  ehtiyot 


 

12 


bo„lish kerak. Pedagogik tajribalar shuni ko„rsatadiki, o„quvchilar uchun nazariya 

bilan amaliyotni bir-biriga bog‟lash juda qiyin kechadi. Bu muammo to„g‟ri yo„lga 

qo„yilgan ta‟lim usullari orqali asta-sekin hal etilib boriladi. 

Ta‟limning onglilik va ijodkorlik tamoyili. Ta‟limning onglilik tamoyili 

o„qitish sifati bilan bog‟liq. O„quvchilar olgan bilim yuzaki, mexanik, yodlab olish 

tarzida  kechsa  u  hech  qanday  samara  bermaydi.  Ta‟lim  sohasida  milliy  islohotlar 

amalga oshirilayotgan hozirgi paytda bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh, har 

tomonlama  kamol  topgan  yoshlarni  tarbiyalash  har  kachongidan  ham  muhim 

vazifa hisoblanadi. O„quvchilarni darsga ongli ishtirok etishlari bir necha omillarga 

bog‟liq: 

1) O„quv maqsadi (motiv). 

2) O„qitish uslubi.   3) O„quvchilar psixologiyasi. 

Ta‟limning  onglilik  tamoyili  amalga  oshirilgan  taqdirda  o„quvchilarda 

mustaqil fikrlash, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga erishish mumkin. Mustaqil 

fikrlash,  ijodiy  yondashuv  kabi  tushunchalar  tez  o„zgaruvchan  bozor  iqtisodi 

sharoitida yoshlardan talab etilayotgan asosiy vazifa hisoblanadi. 

Ta‟limning  ko„rgazmalilik  tamoyili.  Didaktika  tarixiga  nazar  solsak 

ta‟limning  ko„rgazmalilik  tamoyiliga  katta  e‟tibor  berilganligining  guvohi 

bo„lamiz. Ko„rgazmalilik tamoyili YA.A Komenskiy tomonidan kashf etilgan deb 

aytiladi. Ta‟limning ko„rgazmaliligiga quyidagicha ta‟rif berish mumkin. “Ta‟lim 

mavhum  tasavvurlar  va  so„zlar  asosida  emas,  balkim  o„quvchi  bevosita  idrok 

etadigan  konkret  obrazlar  orqali  amalga  oshiriladi”.  Ko„rgazmalilik    usuli  turli 

yoshdagi  o„quvchilarda  turlicha  yo„llar  bilan  amalga  oshiriladi.  Fizika  fanini 

ko„rgazmali    usulda  o„qitish  turli  xildagi  O„TV,  zamonaviy  kompyuterlar 

vositasida  amalga  oshiriladi.  Hozirgi  paytda  ko„zga  ko„rinmas  va  tez  kechadigan 

fizik  jarayonlarni  kompyuter  orqali  modellashtirish  ta‟lim  jarayoniga  kirib 

kelmoqda.  Ko„rgazmalilik  usuli  ta‟limning  samaradorligini  oshirishga, 

o„quvchilarni  darsga  qiziqish  bilan  ishtirok  etishlarini  ta‟minlab  o„quvchilarni 

fizika  fanidan  chuqur  va  mustahkam  bilim  olishlariga  imkoniyat  yaratadi.  Shuni 

ham yoddan chiqarmaslik lozimki, ko„rgazmalilik usuli og‟zaki bayon usuli bilan 

ham  ohang  olib  borilishi  lozim.  Didaktikada  so„z  bilan  ko„rgazmalilikni  qo„shib 


 

13 


olib borishning ikki yo„li mavjud. Birinchi yo„l o„qituvchi mavzuni bayon etishdan 

avval  ko„rsatma  qurollar  yordamida  hodisani  namoyish  etadi.  Ikkinchi  yo„l 

ko„rgazma qurol namoyish etishdan avval uning bayoni beriladi. Bu ikkala usuldan 

qaysi  biri  samaraliroq  hisoblanadi?  Bu  ikkala  usuldan  qaysi  birini  tanlash  dars 

mavzusiga  bog‟liq,  birinchi  usulda    muammoli  vaziyat  vujudga  keladi  va  u 

o„quvchilar  diqqatini  oshiradi,  dars  mavzusini  ongli  o„zlashtirishiga  erishiladi, 

ikkinchi usulda esa vaqt kamroq sarflanadi. 

Ta‟limning 

mustahkamlik 

tamoyili. 

O„quvchilarning 

fizikadan 

o„zlashtirgan  bilimlarini  mustahkamligi  ta‟limning  eng  asosiy  talabi  hisoblanadi. 

Uni  qanday  amalga  oshirish  mumkin?  Muayyan  sistemada,  mantiqan  izchilikda 

berilgan  o„quv  materiali  o„quvchilar  ongida  uzoq  saqlanadi.  Shuning  uchun 

fizikani  o„qitish  jarayoni  yangi  pededagogik  texnologiyalar  asosida  olib  borilishi 

lozim.  Yangi  pedagogik  texnologiya  asosida  sistemali  tahlil  usuli  yotadi. 

Mustahkam  va  chuqur  bilimga  ega  o„quvchilargina  mustaqil  fikrlash,  mavzuga 

ijodiy  yondashuv  kabi  qobilyatni  egallaydilar.  O„quvchilarga  zamonaviy  bilim 

berish uchun ularni fizika fanining keyingi paytda erishgan yutuqlaridan xabardor 

qilish  zarurdir.  Fizika  fanining  keyingi  yutuqlaridan  eng  asosiylarini  o„quvchilar 

tushuna oladigan tarzda berish FO„U fani zimmasiga tushadi. Bu muammo o„quv 

dasturlarida, darsliklarda yoritilib boriladi. 



Yangi  pedagogik  texnologiyalar,  uning  mazmuni  va  maqsadi. 

Respublikamizda  ta‟lim  sistemasi  isloh  qilinmoda.  «Kadrlash  tayyorlash  milliy 

darsturi» va «Ta‟lim to„g‟risidagi» qonunlarda ta‟lim jarayoniga ilg‟or pedagogik 

texnologiyalarni,  ta‟limning  yangi  uslubi  va  shakllarini  tadbiq  etish    ko„zda 

tutiladi.  Ta‟lim  tizimini  texnologiyalashtirish  g‟oyasi  1960-yillarda  rivojlangan 

mamlakatlar:  AQSH,  Yaponiya,  Angiliya,  Italiyada  joriy  etila  boshlangan  edi. 

Ushbu  mamlakatlarning  pedagogik  tajribalari  shuni  ko„rsatmoqdaki,  yangi 

pedagogik texnologiyalar o„zining hayotiyligini har tomonlama namoyon etmoqda. 

YAPT  tushunchasi  sanoatdagi  texnologik  jarayondan  bilvosita  analogiya  sifatida 

olingan. YAPT da yagona ta‟rif mavjud emas hozirgi kunda unga 15 ga yaqin ta‟rif 

berilgan. Shular ichida “YUNESKO” tomonidan berilgan ta‟rif ancha mukammal 


 

14 


hisoblanadi:  “Pedagogik  texnalogiya”  bu  inson  va  texnika  imkoniyatlarining 

o„zaro  ta‟siri  va  aloqasini  hisobga  olib  o„qitish  va  bilimlarni  o„zlashtirish  va 

qo„llashning  eng  maqbul  yo„llarini  aniqlashning  sistemali  usulidir”.  Texnologiya 

lotin  tilidan  olingan  bo„lib  techno-  san‟at,  mahorat,  ko„nikma,  Logos-ta‟limot, 

tayyorlash degan  ma‟nolarni anglatadi. YAPT ning asosida sistemali tahlil turadi. 

Ta‟lim  jarayoni  sistema  deb  qaralsa,  sistemaning  tarkibi  va  stukturasini  aniqlash 

YAPT  ning  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  U  zamonaviy  o„quv-uslubiy  majmuasini 

yaratish, o„quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‟minlash, o„qitishning yangi 

samarali  vositalaridan  foydalanishga  asoslangan  o„quv  jarayonini  yaratishni  o„z 

oldiga  maqsad  qilib  qo„yadi.  Ta‟lim  jarayonini  ham  sanoat  texnologiyasi 

darajasiga ko„tarish, ya‟ni bajaruvchining shaxsiga bog‟liq bo„lmagan holda texnik 

hujjatlar talablariga to„la rioya qilinganda sifati kafolatlangan mahsulot chiqarishga 

erishish  zamon  talabi  hisoblanadi.  Bizga  o„tmishdan  meros  bo„lib  qolgan 

pedagogik  jarayon  rus  pedagogi  A.S.  Makarenko  qayd  etganidek  “Bizda  ta‟lim 

hech  qachon  mantiq  asosida  qurilmagan,  balki  hamma  vaqt  axloqiy  targ‟ibot 

mantig‟i asosida qurilgan.” Shu bois bizda ishlab chiqarishning muhim bo„limlari 

umuman  yo„q.  Pedagogikada  sanoatdagi  kabi  qayta  tiklanadigan  tsiklni  yaratish  

ancha  murakkab  jarayon  hisoblanadi.  Chunki  o„quv  maqsadlarining  rang-

barangligi,  ta‟lim  mazmunining  elementlari  va  o„quv  materialining  xilma-xilligi, 

ta‟lim  oluvchilarning  individual  xususiyatlari  va  boshqa  ko„pgina  omillar  ta‟lim 

jarayonini  samaradorligiga  xalaqit  beradi.  Ta‟lim  jarayoni  murakkab,  ochiq 

boshqariladigan,  nochiziqli  dinamik  sistema  hisoblanadi.  Sistemali  tahlil  asosida 

yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etishdan  ko„zga  tutilgan  maqsad: 

birinchidan, o„quvchilarning darsda faolligini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik 

kabi  xislatlarini  shakllantirish  uchun  o„qituvchilarni  noan‟anaviy  o„qitish  usullari 

bilan  qurollantirish,  ikkinchidan,  o„quvchilarni  sezgi,  idrok,  tasavvur,  hissiyot, 

xarakter  kabi  ichki  ruhiy  faoliyatini  kuchaytirish  orqali  o„qish  va  o„rganishning 

noan‟anaviy  usullari  bilan  tanishtirish.  Texnologiya  tushunchasi  bilan  bog‟liq 

ravishda  texnologik  xarita  atamasi  yuzaga  keldi.  Texnologik  xarita-texnologik 

hujjatning shakli bo„lib, unda ta‟lim jarayonida amalga oshiriladigan operatsiyalar 



 

15 


va ularning tarkibiy qismlari, O„TV, darsliklar, reyting, baholash mezonlari, unga 

sarflanadigan  vaqt,  o„qituvchilar  kvalifikatsiyasi  va  hokazolar  qayd  etiladi. 

Pedagogik  texnologiya  ilmiy  pedagogik  konsepsiyaga  asoslanadi.  Ko„zlangan 

maqsadga  erishish  uchun  u  didaktik,  ruhiy,  ijtimoiy  pedagogik,  falsafiy 

tamoyillarga asoslanadi. Pedadgogik texnologiya sistemasida ketma-ketlik, o„zaro 

bog‟liqlik saqlanadi. YAPT ta‟lim sistemasidagi o„ziga xos innovatsion yondashuv 

hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  jahon  pedagogika  fani  ilmiy-texnika  taraqqiyoti 

ta‟sirini boshidan kechirmoqda. U psixologiya, kibernetika, sistemalar nazariyasi, 

boshqarish  nazariyasi  va  boshqa  fanlar  bilan  integrallashib  bormoqda.  Natijada 

ta‟lim va tarbiyaning insonning ichki qobilyatlariga  asoslangan samarali usullarini 

amaliyotga  keng  qo„llash  imkoniyatlari  yaratilmoqda.  Xulosa  qilib  aytganda, 

YAPT  lar  rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  sinovdan  o„tib  o„zining    hayotiy 

ekanligini  namoyon  etmoqda.  Buning  yaqqol  isboti  ushbu  mamlakatlarning 

iqtisodiy  salohiyotini  yuksak  darajada  rivojlanib  borayotganligi  hisoblanadi. 

Ta‟lim  sistemasiga  YAPTni  joriy  etish  orqali  quyidagi  muammolarni  yechishga 

imkoniyat yaratiladi: 

1 . Bo„lajak fizik o„qituvchilarni YAPTning asosiy tamoyillari bilan tanishtirish. 

2.  Talabalarni  xorijiy,  MDH  va  O„zbekistonda  YAPT  lar  sistemasini 

shakllantirishda to„plangan tajribalar bilan tanishtirish. 

3.  Bo„lajak  o„qituvchilarga  fizika  fanini  o„qitish  jarayonini  loyihalashtirishni 

o„rgatish. 

1. 


O„quvchilar bilimini nazorat qilishning obyektiv usulini joriy etish. 

2. 


O„quvchilar bilimini va  malakasini  nazorat  qilish uchun test topshiriqlarini 

tuzish uslubiyati bilan qurollantirish. 

YAPTni  joriy  etish  bo„yicha  AQSHda  pedagogik  texnologiya  (1961-yil), 

Angliyada “Pedagogik texnologik va dasturlashtirilgan ta‟lim” (1964) Yaponiyada 

“Pedagogik  texnologiya”  (1965)  Italiyada  shu  nomdagi  jurnallar  1971-yildan 

boshlab  chop  etilmoqda.  1999-yil  dekabr  O„zR  xalq  ta‟limi  va  Oliy  va  o„rta 

maxsus  ta‟lim  vazirliklari  qoshida  “Yangi  pedagogik  texnologiya”  markazlari 

tashkil etildi. 



 

16 


 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

17 


I BOB  bo‟yicha  xulosa 

O‟zbekiston  Respublikasi  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya 

etilishini,    jamyatning  manaviy  yangilanishini,  ijtimoiy  yo‟naltirilgan 

bozor  iqtisodiyatni  shakillantirishni,  jaxon  hamjamiatiga  qo‟shilishini 

taminlaydigan  demokratik  huquqiy  davlat  va  ochiq  fuqorolik  jamyat 

qurmoqda. 

Halqning  boy  va  intellectual  merosi  va    umumbashariy 

qadriyatlar  asosida,  zamonaviy  madaniyat,  iqtisodiyot  fan  texnika  va 

texnalogiyalarning  

yutuqlari 

asosida 

kadrlar 


tayyorlashning 

mukammal  tizimini  shakillantirish    xozirgi  kunda  dolzar  bo‟lmoqda 

bundan  tashqari  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  “Talim  to‟g‟risida”gi  

O‟zbekiston  Respublikasi  Qonunining  qoidalariga  muvofiq  xolda 

kadrlar 

tayyorlash 

milliy 

modelini 



ro‟yobga 

chiqarishni, 

har 

tamonlama  kamol  topgan,  jamyatda  turmushga  asoslangan,  talim  va 



kasib-xunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlash  va  keyinchalik  puxta 

o‟zlashtirish  uchun  ijtimoiy  siyosiy,  huquqiy,  psixalogik-  pedagogik 

va  boshqa  tarzdagi  sharoitlarni  yaratishni,  jamyat,  davlat  va  oila 

oldida  o‟z  javobgarligini  his  etadigan  fuqorolarni  tarbiyalashni 

nazarda tutgandir. 


 

18 


II BOB. «ELEKTR VA MAGNETIZM»  KURSINI O‟QITISH 

STRUKTURASI VA MASHG‟ULOTLARNING O‟QUV DASTUR 

BO‟YICHA TAQSIMOTI 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling