O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 BOB. BOSHQARUV USLUBLARINI SHAXSLARARO


Download 378.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.03.2020
Hajmi378.9 Kb.
1   2   3   4   5   6

2 BOB. BOSHQARUV USLUBLARINI SHAXSLARARO 

MUNOSABATLAR VA FAOLIYAT MOTIVATSIYASIGA TA‟SIRINING 

BA‟ZI JIHATLARI   

 

2.1. Boshqaruvning shaxslararo munosabatlarida rahbarning pozitsiyasi va 

faoliyat motivatsiyasi 

 

Ta‘lim  muassasasi  rahbarlarining  shaxsiy  xususiyatlarini  boshqa  soha kasbiy 



faoliyat  bilan  shug‗ullanuvchi  boshqaruvchilar  bilan  solishtirganda,  ularning 

xususiyatlari  psixologik  jihatdan  maktab  rahbarlaridan  juda  katta  farq  qilishini 

kuzatish  mumkin.  Bu  ta‘lim  muassasasini  boshqarishda  e‘tiborga  molik  masala 

hisoblanadi.  Pedagogik  jamoa  rahbari  shaxsiy  xususiyatlarining  psixologik  tasviri 

pedagog  shaxsining  empirik  tasviriga,  ya‘ni  amaliy  faoliyatiga  yaqin  ekanligini, 

o‗xshashligini  ko‗rsatadi.  

Uning  shaxsiy  xususiyatlarini  o‗ziga  xosligi  quyidagi  jihatlari  bilan 

belgilanadi:  muloqotga  oson  kirishuvchanligi,  ochiqligi,  aloqalar  o‗rnatishda 

faolligi; 

intellektual 

rivojlanganligi; 

hissiyotga 

beriluvchanligi; 

hissiy 


kechinmalarga  moyilligi,  qo‗pollikni  yoqtirmasligi;  ishonchsizlikka,  tez  qizishib 

ketishga,  omadsizlikka  to‗la  e‘tibor  qaratishi,  raqobatga  moyilligi,  ko‗ngilchanligi 

va  sezgirligi,  tanbeh  va  tanqidga  nisbatan  ta‘sirchanlik.  shu  bilan  bir  qatorda, 

sustkashlik  va  ehtiyotkorlik,  mas‘uliyatlilik  va  intizomlilik,  javobgarlik  va 

talabchanlik  kabi  shaxsning  ichki  ixtiloflarini  namoyon  etadigan  psixologik  asosni 

tashkil  etuvchi  jihatlar  ham  mavjud.  Zamonaviy  maktab  direktori  uchun  kasbiy 

bilim,  ya‘ni  boshqaruvning  asosiy  funksiyalari  (axborot-tahlil,  maqsadli-

motivlashtirish,  oldindan  ko‗rish,  rejalashtirish,  tashkiliy-ijrochilik,  nazorat-tashxis 

va  tartibga  solish  muvofiqlashtirish)  ni  innovatsion  boshqaruv  texnologiyalari  va 

metodlaridan  foydalanish  ularni  amaliyotga  tatbiq  etish  orqali  ta‘lim-tarbiya 

jarayonini  boshqara  oladigan  mahoratli  direktorga  xos  bo‗lgan  kasbiy  pedagogik 

tushunchalar  zarur.  Ularni  o‗zlashtirmasdan  boshqaruv  faoliyati  bilan 

shug‗ullanish  maqsadga muvofiq emas.  


 

33 


Boshqaruvning  har  qanday  nazariy  xulosalari  ko‗p  yillik  tajribalar  natijasida 

shakllanadi,  undan  so‗ng  hayotga  tatbiq  etiladi.  Bu,  ayniqsa,  pedagogikada 

muhimdir.  Ta‘lim  muassasasi  rahbari  tomonidan  chiqarilgan  noto‗g‗ri  qaror 

nafaqat  jamoa  o‗rtasidagi  muhitni  buzadi,  balki,  eng  asosiy  maqsad,  biz  uchun 

hayot-mamot  masalasi  hisoblangan  yosh  avlod  tarbiyasiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi. 

Natijada  davlat  hamda  jamiyat  taraqqiyotiga  to‗g‗anoq  bo‗ladi.  Shu  bois  ta‘lim 

muassasasi  rahbarining  o‗rni,  uning  asosiy  vazifalari,  mas‘uliyati  haqida  doimo 

qayg‗urib  mehnat  qilgan,  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan,  hayotiy  xulosalarga  kelgan 

fidoiy  pedagoglar  tajribalarini  o‗rganish  ham  bugungi  maktab  direktorlari  uchun 

foydadan xoli emas.  

Ta‘lim  mazmunini  ta‘minlashda  ijodkor  maktab  direktorining  faoliyatini 

olim  shartli  uch bosqichga bo‗ladi. 

Birinchisi,  ta‘lim  strategiyasini  belgilash.  Bunga  direktor  va  uning 

hamkasblari  yangi  g‗oyalar  va  tashabbuslarni  izlab  topishi  va  rejalashtirishi, 

jamoaga  uni tanishtirish  jarayoni  kiradi. 

Ikkinchisi,  texnologik  jarayon.  Ishlab  chiqilgan  nazariy  holdagi  pedagogik 

g‗oyalarni  amalga  oshirish yo‗l-yo‗riqlarini  jamoa bilan  belgilab  chiqish. 

Uchinchisi,  shaxsiy  munosabatlar  o‗rnatish.  Bunda  ilg‗or  pedagogik 

g‗oyalarni  amalga  oshirishga  kirishish,  bu  g‗oyalarni  amalga  oshirishda  pedagogik 

jamoa,  ota-onalar,  o‗quvchilar  va  boshqalar  bilan  munosabat  o‗rnatish,  hamkorlik 

qilish. 

Keng  ko‗lamli  g‗oyalarni  hayotga  tatbiq  etishda  har  bir  rahbarda  ham 

ijodkorlik  yetishavermaydi.  Maktab  rahbarining  faoliyat  doirasi  juda  keng.  ba‘zi 

paytlarda  esa  u  maktabdan  tashqari  ishlarga  ham  anchagina  vaqtini  sarflaydi.  Shu 

bois  direktor  jamoasidagi  ijodkor  ziyolilarni  yig‗ib,  ularni  o‗z  qanotlariga 

aylantirishi  darkor.  Albatga,  maktabda  o‗quv-tarbiya  jarayoni-ning  takomillashuvi 

faqatgina  ijodkorlikka  bog‗liq  emas.  Rahbar  amalda  bo‗lgan  va  natijasi 

rivojlanishga  sabab  bo‗ladigan  ibratli  ish  uslubini  tanlab,  jamoasini  birlashtira 

olishi  zarur.  J.Yo‗ldoshev  buning  uchun  unga  quyidagi  ishlarni  amalga  oshirishi 

lozimligini  ta‘kidlaydi: 



 

34 


Maktab  direktorining  bosh  vazifasi  –  o‗z  muassasasida  ta‘lim  mazmunini 

ta‘minlash  hisoblanadi.  Olim  maktab  rahbarining  ta‘lim  mazmunini  ta‘minlashi 

uchun uch asosiy yo‗lni ko‗rsatadi: 

1.Ilg‗or pedagogik tajribalarni  qunt bilan  o‗rganish; 

–  ularni  o‗z  sharoit  va  imkoniyatlariga  moslash-tirish,  dastlab,  bir,  bir 

necha sinflarda  sinab ko‗rish; 

–  sinov  natijalarini  izchillik  bilan  tahlil  etib  borish,  o‗tkazilgan  tajriba 

ta‘lim  mazmunini  oshirishda  samaralar  bera  boshlaganidan  keyingina  uni 

ommalashtirishni  yo‗lga qo‗yish. 

2.Chet el pedagogikasining  ilg‗or jihatlarini  o‗zlashtirish  yo‗lidir.  

3.Xalq  pedagogikasidagi  ilg‗or,  taraqqiyparvar  tajribalarni  qunt  bilan 

o‗rganish yo‗lidir. 

Boshqaruvni  belgilovchi  holatga  ta‘sir  ko‗rsatadigan  quyidagi  omillar 

mavjud,  jumladan:  boshqaruvni  rejalashtirish,  tashkillashtirish,  nazorat  qilishni 

to‗g‗ri tashkil  etish ta‘limning  sifat samaradorligini  oshirishning  birinchi  omilidir. 

Reja,  konsepsiyada  belgilangan  ishlarni  batafsil,  qat‘iy  ketma-ketlik  asosida 

vaqtga  bog‗lab  chiqishdir.  Rejani  tuzishda  resurslar va maqsadlar inobatga olinadi. 

Rejalashtirish  o‗ta  murakkab  jarayon  hisoblanib,  boshqaruvchidan  katta  tajriba, 

malakani  talab  etadi.  Rejaning  tuzilishiga  qarab,  boshqaruvning  realligi  haqida  fikr 

yuritish  mumkin. 

Konsepsiya  va  rejaning  bir-biridan  farqi:  konsepsiyada  amalga  oshiriladigan 

ishlarning  e‘tiborga  loyiqlari  ketma-ketlikda  keltiriladi;  rejada  esa  barcha  ishlar 

detallashtirilgan  holda,  qat‘iy  ketma-ketlikda,  eng  asosiysi  har  bir  bajariladigan  ish 

uchun  aniq  muddat  belgilangan  holda  beriladi.  Rejada  muddatlar  mujmal,  noaniq 

bo‗lmasligi  kerak.  Ko‗p  holatlarda  rejada  belgilangan  ishlar  uchun  muddat  "yil 

davomida"  yoki  "mart  oyi"  singari  so‗zlar  orqali  belgilanganini  kuzatamiz.  Bu  esa 

belgilangan  ishni  hech qachon amalga oshmasligiga  zamin  yaratadi.   

Chunki  yil  davomida  bajarilishi  belgilangan  ish  bajaruvchida  noaniq 

javobgarlik  hissini  keltirib  chiqaradi.  Bunday  muddatlarning  belgilanishi  reja 

tuzuvchida  konsepsiya  bilan  rejaning  farqi  haqida  tushunchaning  mavjud 



 

35 


emasligini  bildiradi.  Muddatning  belgilanishidan  maqsad  –  belgilangan  kuni  ayni 

shu  tadbir  yakunlanib,  ko‗zlangan  natijaga  erishilganligi  e‘lon  qilinishi  kerak.  Agar 

muddat  noaniq  bo‗lsa,  natijaga  erishilganlik  holati  e‘lon  qilinmaydi  (bu  eng  yaxshi 

holatda),  yoki  bunday  natijaga  "intilish"  cheksiz  davom  etaveradi,  ya‘ni  kimlardir 

ishlayotgandek  bo‗ladi, biroq ishning yakuniga  hech qachon yetib bo‗lmaydi.  

Xodimlar  rejada  belgilangan  ishlarni  to‗liq,  sifatli  va  samarali  usullar  bilan 

bajarishlari  uchun  sinalgan  yo‗l  sifatida  quyidagi  amallar  ba-jarilishi  maqsadga 

muvofiq bo‗ladi: 

–  rejani  tuzishda  barcha  ijrochi,  bajaruvchi  xodimlar  faol  ishtirok  etishi 

kerak; 


–  rejaning  barcha  bandlari  ijrochi,  bajaruvchi  xodimlar  uchun  tushunarli 

bo‗lishi zarur; 

–  rejada  belgilangan  muddatlar  aniq  ifoda  etilib,  barcha  ijrochi  xodimlar 

aynan  shu  muddat  yakunida  yoki  undan  oldin  belgilangan  natijaga  erishishlari  va 

o‗rnatilgan  tartibda uni  e‘lon qilishlari  zarur; 

–  belgilangan  muddatda  erishilmagan  natija  uchun  jazoning  turi  oldindan 

aniqlangan  va u ijrochilar  tomonidan idrok etilib,  tan olingan  bo‗lishi zarur; 

–  bajarilgan  ish  va  erishilgan  natija  uchun  e‘tibor  berilishi,  uni  biror  usulda 

qayd  etilishi,  bunday  ma‘lumotlar  to‗planib  borayotganligi  ijrochilarga  yetkazilishi 

zarur  (oldindan  belgilangan  natija  uchun  takdirlanmasligini  har  bir  ijrochi  bilishi 

kerak); 

–  erishilgan  yutuq  uchun,  ya‘ni  oldindan  belgilanmagan,  e‘tirofga  molik 

(katta  moliyaviy,  ijtimoiy  va  siyosiy)  natija  uchun  taqdirlanish  imkoniyati 

mavjudligi  to‗g‗risida har bir ijrochi  xabardor bo‗lishi lozim; 

–  reja  nafaqat  yuqori  tashkilotlarning  topshiriqlari,  balkim  mavjud 

resurslardan samarali  foydalanish  imkoniyatini  ham ochib berishi kerak; 

–  reja  tuzishga  barcha  xodimlar  ishtirokidagi  jiddiy  ilmiy  tadbir  sifatida 

qaralishi  maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

Reja  boshqaruvni  ma‘lum  muddatlarda  kichik-kichik  erishilayotgan  natijalar 

ortidan  yakuniy  natija  –  maqsadga  tomon  harakatlanib  borayotganlikni  nazoratini 



 

36 


olib borish uchun zarur bo‗lgan hujjatdir. 

Reja  bu  –  bajariladigan  ishlarning  ro‗yxati  ko‗rinishidagi  hujjatidir.  Ushbu 

hujjatning  yaratilishi  va  unga  o‗zgartirishlar  kiritib  borish  jarayoni  -  rejalashtirish, 

deb  ataladi.  Rejalashtirish  jarayoni  biror  bir  mas‘ul  shaxs  tomonidan  olib  boriladi. 

Ta‘lim  muassasalarida  bunday  jarayonlar  bilan  shug‗ullanadigan  shtat  mavjud 

emas.  Vaholanki,  reja  va  rejalashtirish  ta‘lim  muassasasi  (uning  rahbari  va 

xodimlari)ning  taqdiriga  bevosita  daxldor,  uning  faoliyatini  oldindan  belgilangan 

maqsad  uchun  doim  harakatlantirib  turadigan  yagona  hujjat,  kuch hisoblanadi. Shu 

munosabat  bilan  rejalashtirish  jarayoniga  qanday  yondashuvlar  mavjudligi  haqida 

to‗xtalamiz.  Rejalashtirishda  uch  xil  yondashuv  mavjud:  uzoq  muddatli,  o‗rta  va 

qisqa  muddatli  rejalashtirish.  Mos  holda  ta‘lim  muassasasi  rahbarining  qo‗lida 

kamida  uch xil  reja bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

Ta‘lim  muassasalarida  uzoq  muddatli  rejalashtirish  kamida  5  yil  yoki  7  yillik 

ishlarni  qamrab  oladi.  Bunday  rejalashtirishning  eng  asosiy  maqsadi  qilib 

O‗zbekiston  Respublikasi  "Ta‘lim  to‗g‗risi-da"gi  Qonuni  va  Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturidagi  tamoyillar,  vazifalar  va  tuzilmalar  kiradi.  Bunday  rejalashtirish 

asosida  shakllangan  hujjat  strategik  reja  deb  ataladi  va  u  ta‘lim  muassasasi  uchun 

hamisha  zarur.  Buning  sababi,  birinchidan,  asosiy  investor  –  davlatning  ta‘lim 

sohasidagi  siyosatini  ro‗yobga  chiqarishda  anglashilmovchiliklarga  yo‗l 

qo‗yilmaydi.   

Ikkinchidan,  ta‘lim  muassasasining  obro‗si,  bitiruvchilarining  keyingi 

faoliyati,  ularning  hayotda  o‗z  o‗rnini  topishi  bilan  bog‗liqdir.  Shundan  kelib 

chiqib, 

o‗quvchilarga 

berilgan 

ta‘limning 

sifati, 

qo‗llanilgan 

o‗qitish 

texnologiyalari  samarasini  ko‗rish,  baholash  uchun  kamida  5  yoki  undan  ortiqroq 

muddat talab qilinadi. 

Uchinchidan,  xalq  xo‗jaligidagi  o‗zgarishlar  albatta,  kadrlar  tayyorlash  soni, 

darajasi  va  miqyosiga  o‗z  ta‘sirini  o‗tkazadi.  Bilamizki,  xalq  xo‗jaligida  rejalar 

kamida  3,  5  va  7  yillik  davrni  ko‗zlagan  holda  tuziladi.  Demak,strategik  reja  ham 

qariyb shuncha davrni  o‗z ichiga olishi  zarur. 

Bunday  hujjatning  ijrochisi  ta‘lim  muassasasining  rahbariyatidir  (direktor, 



 

37 


uning  o‗rinbosarlari  va  bo‗lim  boshliqlari).  Strategik  reja  o‗z-o‗zidan  konkret 

natija  bermaydi,  undagi  belgilangan  tadbirlar  avval  o‗rta,  keyinchalik  qisqa 

muddatli  rejalashtirish  orqali  yillik  ish  rejalariga  kiritilishi  uning  asosiy  maqsadi 

hisoblanadi.  Strategik  reja  ta‘lim  muassasasining  maqsadiga  qarata  olingan 

mo‗ljalni  doimo  nazarda  tutib  turish  uchun  xizmat  qiladi.  Har  yili  tuziladigan  yillik 

reja  aynan strate-gik  reja  asosida ishlab chiqilishi  zarur.   

Ba‘zi  hollarda  strategik  rejaga  ham  o‗zgartirish  kiritib  borish  lozim  bo‗ladi. 

Bunda  ta‘lim  muassasasining  rahbari  xalq  xo‗jaligidagi  katta  o‗zgarishlar,  yangi 

davlat  dasturlarining  qabul  qilinishi,  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalarning  kirib 

kelishi  va  boshqa  yuz  bergan  voqealarni  idrok  eta  bilish,  rahbarlik  hissi  bilan 

sezish  talab  etiladi.  Strategik  rejani  ishlab  chiqishda  tegishli  ijrochilarning 

qatnashishi,  muddatlarning  aniq  bo‗lishi,  bajarilmagan  tadbirlar  uchun  jazo  va 

bajarilganlari  uchun mukofot bo‗lishi va boshqa tamoyillarga  asoslanadi..  

Strategik  reja  asosan,  rahbarning  stolida,  uning  ko‗z  o‗ngida  bo‗lishi  maq-

sadga  muvofiqdir.  Ta‘lim  muassasasini  boshqa  tashkilotlarga  ibrat  qilib 

ko‗rsatishda  aynan  shu  rejadan  foydalaniladi.  Unda  asosiy  yo‗nalishlar:  ta‘limning 

mazmunini  boyitish,  ma‘naviy,  ijtimoiy  rivojlanishdagi  asosiy  parametrlar, 

jihozlash  va  moddiy-texnik  bazani  shakllantirish,  pedagogik  kadrlar  bilan  ishlash 

va  boshqa  asosiy  bo‗limlar  ko‗rsatilsa,  maqsadga  muvofiqdir.  Har  bir  yo‗nalish 

uchun  5-7  yilda  erishiladigan  yakuniy  natijalar  aniq  ifodalanishi,  unga 

yetishishning  bosqichlari belgilanadi. 

Bunday  rejalashtirish  ta‘lim  muassasalari  uchun  tubdan  yangi  ma‘noni 

beradi.  Nazariy  jihatdan  bunday  rejalashtirish  boshqa  rejalashtirishlar  kabi  qiziqish 

uyg‗otsada,  uning  o‗ziga  yarasha  o‗rni  bor.  O‗rta  muddatli  rejalashtirish  taktik 

maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  qo‗llaniladi.  Ya‘ni,  ta‘lim  muassasasining 

asosiy  faoliyat  yo‗nalishlari  bo‗yicha:  ta‘lim  mazmunini  boyitish,  ta‘limda  sifat 

nazorati  tizimini  o‗rnatish,  o‗quvlaboratoriya  jihozlarini  yangilash,  pedagogik 

kadrlar  bilan  ta‘minlash,  moliya  ishlari  va  to‗lovlarni  rejalashtirish  kabi  tadbirlar 

bir  yillik  ish  re-jalari  asosida  amalga  oshishiga  shubha  bilan  qarash  mumkin. 

Masalan,  ta‘lim  muassasasiga  birinchi  marta  biror  o‗quv  jihozi  keltirildi,  deylik. 



 

38 


Uni  o‗zlashtirish,  ta‘lim  jarayonida  foydalanish,  eng  asosiysi  uning 

o‗quvchilardagi  bilimga  ta‘sirini  baholash  uchun  bir  yil  yetarli  emas.  Demak, 

bunday  hollarda  aniq  bir  tadbir  yoki  (taktik)  maqsadga  qaratilgan  reja  bo‗lishi 

tabiiy  ravishda  talab  etiladi.  Yana  yuqoridagi  misolimizga  qaytadigan  bo‗lsak, 

keltirilgan  jihozning  ta‘limdagi  samarasini  yuqori  tashkilotlardan  kelib 

o‗rganiladigan  bo‗lsa,  aynan  shu  kabi  rejalar  ijrochi-larning  berilgan  savollarga 

javobi  bo‗lib  xizmat  qiladi.  O‗rta  muddatli  rejalar  albatta,  strategik  reja  doirasida 

bo‗lishi  bilan  birga  o‗rta  bo‗g‗in  rahbarlarini  o‗sha  rejalar  doirasida  belgilangan 

maqsadlar sari butun ta‘lim  muassasasini boshqarish imkonini  beradi.  

Ular  o‗zlarini  belgilangan  maqsad  doirasida  ta‘lim  muassasasining  rahbari 

bo‗lish  imkoniyatiga  ega  bo‗ladi.  Bu  esa  ularni  o‗z  sohasida  mutaxassis  ekanligini 

sezish,  o‗zining  qaysi  sohalarda  barcha  jamoaga  kerakligini  his  etishiga  sharoit 

yaratadi.  Ayni  shunday  muhit  jamoani  sog‗lomlashtirish  va  jipslashtirishga,  erkin 

fikrlash  va  tashabbusning  yaralishiga  olib  keladi.  Bunday  holatning  natijasida 

ta‘lim  muassasasi  katta  yutuqlarga  erishadi.  Demak,  o‗rta  muddatli  rejalashtirish 

ta‘lim  muassasasi  faoliyatining  ayni  biror  maqsadiga,  yechilishi  lozim  bo‗lgan 

aytarli  muammolariga  nisbatan  qo‗llaniladi.  Bunday  reja  o‗rta  bo‗g‗in  rahba-riyati 

tomonidan  ishlab  chiqilib  (albatta  rahbar  tomonidan  tasdiqlangani  holda),  ularning 

kundalik  faoliyatida  doimiy  foydalaniladi.  Mazkur  reja    1-3  yilga  mo‗ljallanadi. 

Bunday  rejalashtirishning  shubhasiz  afzalliklari  bilan  birga  salbiy  tomonlari  ham 

mavjud.  Buni  ta‘lim  muassasasi  rahbari  o‗rta  muddatli  rejalarni  tasdiqlashda 

e‘tiborga  olishi  zarur.  O‗rta  muddatli  rejalar  qanchalik  muhim  bo‗lishi  bilan  ta‘lim 

muassasasining  tashkiliy  tuzilmasiga  zid  kelib  qolishi  mumkin.  Jumladan,  biror 

o‗rta  muddatli  rejaning  mas‘uli  (egasi)  uni  amalga  oshirishda,  yuqorida  aytib 

o‗tganimizdek,  ta‘lim  muassasasi  bo‗yicha  "Reja  bajarilishini"  nazorat    qiladi.  Shu 

holatda "rejaning  egasi"ni  hukmronga  aylanib  qolmasligini  ta‘minlash  kerak. 

Qisqa  muddatli  reja  ta‘lim  muassasalari  misolida  yillik  ish  rejasining  o‗zi 

hisoblanadi.  Ta‘lim  muassasasida  yillik  ish  rejasi  o‗quv  yili  davomiyligi  bilan 

ustma-ust  tushadi.  Yillik  ish  rejasi  strategik  reja  asosida  ta‘lim  muassasasining 

oldindan  tayinlangan  tahliliy  guruhi  to-monidan  ishlab  chiqiladi.  Bunda  o‗tgan 



 

39 


o‗quv  yillari  tajribalari,  yutuq  va  kamchiliklari  inobatga  olinadi.  O‗tgan  yillik 

rejada  bajarilmagan  bandlar  uchun  javobgarlarga  nisbatan  choralar  ko‗rilib,  ibrat 

ko‗rsatganlar  uchun  mukofotlar  topshiriladi.  Shundan  so‗ng  yangi  yillik  reja 

bandma-band muhokama qilinadi  va tasdiqlanadi. 

Qisqa  muddatli  rejalashtirish  boshqa  ta‘lim  muassasasining  eng  quyi 

darajasida  ishlab  chiqiladi  va  operativ  maqsadlar  bajarilishining  yo‗llarini  ko‗rsatib 

beradi  va  taktik  maqsadlar  uchun  sharoit  yaratishda  muhim  o‗rin  tutadi.  Mazkur 

rejalashtirish  ta‘lim  muassasasining  yalpi  faoliyatini  qamrab  oladi:  oddiy  xodim, 

pedagog,  rahbariyat  ushbu  tadbirda  qatnashadi  va  uning  natijasida  paydo  bo‗lgan 

hujjat  jamoa  uchun  majburiy  xarakterga  egadir.  Ushbu  hujjat  –  yillik  reja  asosida 

har  bir  operativ  maqsadga  erishish  uchun  grafiklar  ishlab  chiqishning  asosidir. 

Unda muddatlar  aniq belgilanishi  zarur.   

Resurslar  sharoit  va  talablarni  to‗liq  qondirish,  samarali  usullar  bilan 

qo‗yilgan  maqsadlarga  erishishni  hisobga  olgan  holda  taqsimlanadi,  byudjet 

shakllantiriladi.  Qisqa  muddatli  rejalashtirish  strategik  va  taktik  maqsadlarda 

qo‗yilgan  vazifalarning  ob‘ektiv  holatda  bajarilishini  ta‘minlaydi.  Boshqacha  qilib 

aytadigan  bo‗lsak,  miyada  pishib  yetilgan  g‗oyalarni  jismga,  voqea  va  hodisalarga 

aylantirib  beradi.  Shunda  rejalashtirish  faoliyatiga  teskari  bo‗lgan  harakat  yuzaga 

keladi:  yillik  rejada  belgilangan  har  bir  bandning  bajarilishi  operativ  maqsadlarni 

ro‗yobga chiqarsa, u o‗z navbatida taktik maqsadlarni amalga oshirish uchun shart-

sharoit  yaratadi,  taktik  maqsadlarning  yuzaga  kelishi  esa  strategik  maqsadlarni  

amalga  oshishini  ta‘minlaydi.  Umumiy  o‗rta  ta‘lim  tizimi  boshqaruvida  boshqarish 

usullari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  M.Mirqosimovning  fikricha,  ―Boshqarish 

usullari  o‗qituvchi,  tarbiyachi,  texnik  xodimlarga,  umuman,  maktab  jamoasiga 

ta‘sir ko‗rsatish vositasi bo‗lib, bu vositalar o‗rtaga qo‗yilgan maqsadlarga erishish 

jarayonida  mazkur  xodimlar  va  jamoalarning  faoliyatini  uyg‗unlashtirishni 

ta‘minlaydi‖.   

Boshqaruv  jarayonida  turli  masalalar  yuzasidan,  turli  darajada  xilma-xil 

mohiyatga  va  mazmunga  ega  bo‗lgan  minglab  qarorlar  qabul  qilinadi.  Strategik 

qaror  maqsadga  erishishda  muhim  ahamiyatga  ega.  U  yuqori  boshqaruv  organlari 



 

40 


tomonidan  tub  va  istiqbolli  dasturlarni  ishlab  chiqish  maqsadida  qabul  qilinadi. 

Bunday dasturlarga: 

–  xususiylashtirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish; 

–  raqobat muhitini  shakllantirish; 

–  chuqur tarkibiy  o‗zgarishlarga  erishish; 

–  kichik  va o‗rta biznesni rivojlantirish  kabi dasturlar misol  bo‗la oladi. 

Taktik  qarorlar  maqsadga  erishishning  vosita  va  usullari  xususidagi  joriy, 

tezkor qarorlardir.  Masalan: 

–  korxona, muassasaning joriy  rejalarini  tuzish va joriy qilish; 

–  kadrlar  masalasini  hal  qilish  va h.k. 

Mazkur  qarorlar  yuqori  va  o‗rta  bo‗g‗in  rahbarlari  tomonidan  uzog‗i  bilan 

ikki  yilgacha  bo‗lgan muddatga qabul qilinadi. 



 

2.2. Ta‟lim muassasasini boshqarishda rahbarlik mas‟uliyati va boshqaruv 

qarorlari tasnifi 

 

Boshqaruvning  har  qanday  nazariy  xulosalari  ko‗p  yillik  tajribalar  natijasida 

shakllanadi,  undan  so‗ng  hayotga  tatbiq  etiladi.  Bu,  ayniqsa,  pedagogikada 

muhimdir.  Ta‘lim  muassasasi  rahbari  tomonidan  chiqarilgan  noto‗g‗ri  qaror 

nafaqat  jamoa  o‗rtasidagi  muhitni  buzadi,  balki,  eng  asosiy  maqsad,  biz  uchun 

hayot-mamot  masalasi  hisoblangan  yosh  avlod  tarbiyasiga sal-biy ta‘sir ko‗rsatadi. 

Natijada  davlat  hamda  jamiyat  taraqqiyotiga  to‗g‗anoq  bo‗ladi.  Shu  bois  ta‘lim 

muassasasi  rahbarining  o‗rni,  uning  asosiy  vazifala-ri,  mas‘uliyati  haqida  doimo 

qayg‗urib  mehnat  qilgan,  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan,  hayotiy  xulosalarga  kelgan 

fidoiy  pedagoglar  tajribalarini  o‗rganish  ham  bugungi  maktab  direktorlari  uchun 

foydadan xoli emas.  

«Maktabni  boshqarish  shartmi»  degan  savol  ko‗pdan  buyon  mavjud  va  u 

doimo  bahsga  sabab  bo‗lib  kelgan.  Zamonamizning  ilg‗or  pedagogi ta‘lim fidoiysi 

J.G‗.Yuldashevning  fikri  bilan  aytganda,  boshqaruv  maktab  uchun  kerak  va 



zarur!  Faqat  bizga  bugun  ma‘muriy  buyruqbozlik,  «yuqoridan  turib  boshqarish» 

 

41 


emas,  maktab  ichki  boshqaruvini  —  uning  butun  tashkiliy  pedagogik  faoliyatini 

me‘yoriy  boshqarish  bilan  mutlaqo  yangi,  ko‗p  qirrali,  xilma-xil  faoliyatli, 

quvonch  va  shodlik  keltiruvchi,  yangi  yutuqlarga  ilhomlantiruvchi,  ijodiy  jamoa 

mehnatiga  asoslangan,  sog‗lom  maktab  o‗rtasida  kechayotgan  murosasiz  kurashni 

tez  ilg‗aydigan,  taraqqiyotni  tan  oladigan,  ijodiylik  va  tashabbuskorlikka  qanot 

baxsh  etuvchi,  adolat  va  haqiqatni  ro‗yobga  chiqaradigan  boshqaruv  kerak»,  deb 

yozadi  u  o‗zining  «Ta‘lim  menejmenti»  asarida.    Albatta,  bunday  fikrga  kelish 

uchun  J.Yo‗ldoshevning  turli  rahbarlik  lavozimlarda  ishlab,  muammo  hamda  uning 

yechimlarini,  yutuqlarni  amalda  ko‗rgan  va  bugun  ham  o‗z  tadqiqotlari 

aprobatsiyasini  o‗tkazish  chog‗ida  to‗plagan  tajriba  va  undan  olgan  xulosalari 

sabab bo‗lgan. Uning fikricha  «Direktor - maktab ko‗zgusi». 

Maktab  o‗ta  murakkab,  zargar  mehnatining  mahsuli  kabi  nozik  va  noyob 

tizimdir.  U  boshqaruvsiz  yashab,  rivojlana  olmaydi.  Lekin  boshqaruv  turli 

islohotlarga  tez  moslashuvdek  yangicha  mazmun  va  tushunchalar  asosiga 

qurilmog‗i  lozim.  Boshqaruv  bilimdonlik,  omilkorlik,  ijodkorlik,  talabchanlik,  ayni 

paytda  mehribonlik  va  izchillik  bilan  olib  borilmog‗i  zarur.  Shu  bilan  birga 

boshqaruv  ishi  shubhali  tavakkalchilikka  emas,  ilmiy-uslubiy  asoslangan 

faoliyatga  tayanib,  yetti  o‗lchab  bir  kesilgan,  jiddiy  sinovdan  o‗tkazilgan  hayotiy 

xulosalar  asosiga  qurilishi  zarur,  aks  holda  ta‘lim-tarbiyadek  o‗ta  nozik 

jarayondagi  o‗zboshimchalik  jamiyat  uchun  qimmatga  tushishish  mumkin,  deydi 

olim. 

Boshqaruv  jarayonida  turli  masalalar  yuzasidan,  turli  darajada  xilma-xil 



mohiyatga  va mazmunga  ega bo‗lgan minglab  qarorlar qabul qilinadi.   


Download 378.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling