O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Boshqarishning  ijtimoiy-psixologik  usullari


Download 378.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.03.2020
Hajmi378.9 Kb.
1   2   3   4   5   6

Boshqarishning  ijtimoiy-psixologik  usullari  maktab  xodimlariga  ta‘sir 

etish  usullaridan  biri  bo‗lib,  ular  maktabning  muallimlar  jamoasini,  ulardagi 

"psixologik  iqlimni",  har  bir  hodisaning  shaxsiy  xususiyatlarini  va  hokazolarni 

o‗rganishga  asoslanadi.  Boshqarishning  ijtimoiy-psixologik  usullarini  ikkita  asosiy 

turga:  a)  har  bir  xodimga  jamoa  orqali  ta‘sir  ko‗rsatishga  hamda,  b) 

bo‗ysunuvchilar bilan  yakka holda ish olib borishga bo‗lish mumkin. 



Boshqarishning 

huquqiy 

usullari

Mamlakatimiz  xalq  xo‗jaligi 

tarmoqlarini  hamda  o‗quv  maskanlarini  asosan  davlat  yo‗li  bilan  boshqarish 

ma‘muriyatlar  tizimida  huquqiy  vositalardan  tobora  kengroq  foydalanish  amalga 

oshirilmoqda.  Huquqiy  vositalar  deganda  ijtimoiy  munosabatlarga  yuridik  ta‘sir 

ko‗rsatish  vositalarining  jami  tushuniladi.  Huquq  mezonlari  davlat  tomonidan 

chiqariladi,  agar  jamoat  tashkilotlari  tomonidan  chiqarilsa,  davlat  tomonidan 

tasdiqlanadi.  Huquq  mezonlari  turli  qonuniy  xujjatlar,    nizomlar,    ko‗rsatmalar, 

instruktiv-metodik  ko‗rsatmalar,  buyruqlar,  farmoyishlar,  qarorlar  va  hokazolar 

shakliga  kiritiladi. 

Moddiy  javobgarlik  korxonalar,  tashkilotlar,  o‗quv  yurtlari,  maktabgacha 

tarbiya  va  maktabdan  tashqari  bolalar  muassasalari,  internat-maktablari,  bolalar 

uylari,  shuningdek,  ayrim  mansabdor  shaxslarning  zimmasiga  xo‗jalik 

faoliyatining  (muassasalari  rahbarlarining  xo‗jalik  ishlari  bilan  shug‗ullanuvchi 

o‗rinbosarlari  va  xodimlari)  natijalari  uchun  yuklanadigan  ma‘suliyatdir.  Moddiy 

javobgarlik  turli  jarimalarda,   peniyalarda  va hokazolarda ifodalanadi. 



Boshqarishning  bevosita  ko„rsatma  berish  usuli  ko‗proq  sube‘ktlarning 

buyruq,  ko‗rsatma,  farmoyish,  topshiriqlar  berish  yo‗li  bilan  boshqarish  manbaiga 

ta‘sir  ko‗rsatishini  ta‘minlovchi  usul  va  harakatlarni  o‗z  ichiga  oladi. 


 

52 


Boshқаrishning 

mazkur 


usullari 

maktabdagi 

ilmiy 

tarbiya 


jarayonida 

qatnashuvchilarning  yuqori  boshqaruv  bo‗g‗inlari  va  maktab  ma‘muriyati  hamda 

pedagoglar  kengashining  qarorlari,  direktorning  buyruqlari  va  turli  ko‗rsatmalarni 

bajarish  uchun maktab xodimlarining  shaxsan javobgar bo‗lishini  ta‘minlaydi. 



Boshqarishda  rag„batlantirishdan  foydalanish  metodlari.  Maktab  ichki 

boshqaruv  tizimida  o‗qituvchi,  tarbiyachi  va  texnik  xodimlarni  rag‗batlantirish 

ta‘lim-tarbiya  ishlarini  takomillashtirish  va  uning  sifat-samaradorligini  yanada 

oshirishda  muhim  pedagogik  ahamiyat  kasb  etadi.  Rag‗batlantirish  turlariga 

quyidagilar  kiradi:  joriy  mukofotlash,  ta‘lim-tarbiya  ishida  alohida  o‗rnak 

ko‗rsatgani uchun mukofotlash, respublika xalq maorifi  a‘lochisi va hokazolar. 



Pedagog 

xodimlarni  ma‟naviy  jihatdan  rivojlantirish  usullari. 

Mehnatning  ma‘naviy  omillari  ma‘naviy-siyosiy,  ijodiy  va  boshqa  omillarni  o‗z 

ichiga  oladi.  Ma‘naviy-siyosiy  omillarning  negizi  ilmiy  dunyoqarash,  tarixiy 

taraqqiyot  istiqbollarini  tushunish  va  qayta  qurish  tantanasiga  ishonishdir.  Shuning 

uchun  maktabning  muallimlar  jamoalarini  boshqarishda  ularning  har  birini  siyosiy, 

ilmiy,  metodik  va  umumpedagogik  jihatdan  saviyalarini  oshirib  borishi, 

shuningdek,  ularga  iqtisodiy  bilimlar  berish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Hozirgi 

kunda  maktab  xodimlarining  ongi  qanchalik  yuqori  bo‗lsa,  ularning  pedagogik 

mehnat  sohasidagi  faoliyati,  binobarin,  o‗quv-tarbiya  bobidagi  yutuqlari 

shunchalik  yuksak  bo‗ladi.  Ijodiy  izlanishning  negizi-o‗qituvchilik  kasbiga  mehr 

qo‗yish,  uni  qadrlash,  pedagog  mehnatning  o‗zidan,  uning  natijalaridan  qanoat 

hosil  qilishdir.  Bu  omillardan  samarali  va  o‗rinli  foydalanish  maktabning  ta‘lim-

tarbiya  ishini  yanada takomillashtirishda  muhim  rol o‗ynaydi. 

Boshqarishda  maktab  hujjatlarini  tahlil  qilish  usuli.  Maktab  ichki 

boshqaruvi  tizimida  pedagogik  jarayonni,  uning  ayrim  xodisalari  va  faktlarini 

tekshirishda  maktab  hujjatlarini  chuqur  o‗rganish  va  har  tomonlama  tahlil  qilish 

masalasiga  alohida  e‘tibor  berish  hozirgi  davrning  muhim  talablaridan  biridir, 

chunki,  bu  hujjatlarda  maktabning,  muallimlar  jamoasining  yosh  avlodni 

tarbiyalash,  unga  puxta  bilim  berish  va  uni  o‗qish  masalalariga  doir  qarorlarni 

amalga  oshirish borasidagi faoliyati  o‗z  ifodasini topgan. 


 

53 


Maktab  hujjatlari  jumlasiga:  o‗quv  mashg‗ulotlarining  jadvali,  maktab 

ishining  rejalashtirishning  barcha  turlari,  uzluksiz  ta‘limning  muhim  shoxobchasi 

bo‗lgan  o‗rta  umumiy  ta‘limga  doir  hisob  va  hisobotlar,  ta‘lim-tarbiya  ishlariga 

tegishli  hujjat  va  hisobotlar,  sinfdan,  maktabdan  tashqari  ishlarga  tegishli  bo‗lgan 

Nizomlar,  instruktiv-metodik  ko‗rsatmalar,  shu  asosda  ishlangan  maktabning  turli 

hujjatlari  (buyruq  va  kengash  qarorlari)  va  dastur  hamda  rejalar,  ta‘lim-tarbiya 

ishlarini  taqsimlash,  o‗quvchilar  va  o‗qituvchilarning  kundalik  daftarlari, 

maktabning  buyruq  daftarlari,  maktab  pedagoglar  kengashining  qarorlari  daftari, 

maktab  smetasi  va  turli  moliyaviy  hujjatlar,  shu  asosda  tuzilgan statistik hisobotlar, 

maktab pasporti, inventarlar  daftari va hokazolar  kiradi. 

Maktab  hujjatlarini  tahlil  qilishda  mazkur  hujjatlarda  muhim  vazifa  qilib 

qo‗yilgan:  o‗quvchilar  sonining  o‗sishi  va  kamayishiga,  ularning  maktabdan  ketib 

qolishining  oldini  olishga,  ba‘zi  bir  o‗quvchilarning  ayrim fanlar bo‗yicha va butun 

sinfning  umumiy  o‗zlashtirish  darajasiga,  bir  sinfda  ikki  yil  qolib  va 

o‗zlashtirmaslikning  oldini  olish  va  unga  barham  berishga,  rag‗batlantirish  va 

jazolash  choralarini  tasnifiga,  maktab  pedagoglar  kengashining  tavsifiga, 

maktabning  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlarining  qo‗yilish  holatiga, 

maktabning  ota-onalar  jamoatchilik,  mehnat  jamoalari,  otaliq  tashkiloti,  savdo, 

qurilish,  sog‗liqni  saqlash  tashkilotlari,  baza  korxonasi,  maktabdan  tashqari bolalar 

muassasalari,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar,    oliy  o‗quv  yurtlari  bilan 

hamkorlikdagi 

ishlariga,  maktabning  o‗quv-moddiy  va  texnik  bazasini 

mustahkamlab  borish  masalasiga,  uning  moliya-xo‗jalik  va  pedagogik  targ‗ibot 

ishlariga  alohida  e‘tibor beriladi. 

 

2.4. Shaxslararo munosabatlarda boshqaruv uslublarini diagnostika qilish 

 

Erkin  va  mustaqiл  fikrlovchi,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  ongli  ravishda  faol 



ishtirok  etishga  qodir  ShAXSni  shakllantirish  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi‖ning  asosiy  ustuvor  yo‗nalishdir.  Bu  esa  mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy 

hayotiga  demokratiya  asoslarini  joriy  etishni,  asl  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy 


 

54 


davlat  qurishni  tezlashtirish  imkonini  beradi.  Bu  o‗z  navbatida,  ushbu  salohiyatni 

qanday,  qaysi  yo‗l  bilan  ro‗yobga  chiqarish  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

takomillashtirishga  oid  amaliy  tadbirlarni  hayotga  joriy  etish  bilan  bog‗liq 

muammolarni  hal  etishga bilan  bog‗liq muammolarni  yechishga imkon beradi. 

Shu  muammolardan  biri  rahbar  kadrlar  salohiyatini  oshirish  ularda 

tadbirkorlik,  ishbilarmonlik,  tashkilotchilik,  kmmunikativlik  kabi  zarur  sifatlarni 

tarkib topdirish hisoblanadi. 

Zamonaviy  rahbar  qanday  bo‗lim  kerak  va  u  yana  sifatlarga  ega  bo‗lish 

lozim?  Rahbarning  ishbilarmonligi  bu  uning  asosiy  sifat  ko‗rsatkichlaridan  bir 

bo‗lib,  o‗z  sohasini  to‗liq  bilish,  uning  imkoniyatlarini  maksimal  ishga  sola  olish 

va yangi-yangi  imkoniyatlarni  topa olish bilan  xarakterlanadi. 

Fan 


texnika 

taraqqiyoti 

davrida, 

ayniqsa 


mamlakatimizda 

amalga 


oshirilayotgan  islohotlar  davrida  rahbar  u  yoki  bu  ko‗rsatmani  kutib  turmasligi 

kerak  u  har  bir  o‗zgarishlarning  tub  mohiyatini  anglagan  holda  sohasining 

faoliyatini  yangi  yo‗nalishga  yo‗naltira  olish  darajasiga  ega  bo‗lishzarur.  Bu 

borada  nafaqat  ishbilarmonlik,  tadbirkorlik,  tashabbuskorlik  sifatlari  bilan  bir 

qatorda  kelajakni  ko‗ra  bilishdek  kuchli  tuyg‗uga  ega  bo‗lish  lozim.  Rahbar 

bugungi  kun  faoliyati  doirasida  o‗ralib  qolmasdan  jamoani  kelajakka  ishonch 

ruhida    tarbiyalay  olish  va  hamisha  oldinda  bo‗lish  lozim.  Raxbar,  ma‘lumki  ikki 

tomonni  bog‗lovchi  halqa  hisoblanadi.  Birinchi  tomoni  unda  yuqorida  turgan 

rahbarlarning  topshiriqni  olish  va  bu  topshiriqning  mohiyatini  to‗la  tushunib 

olganligi,  ikkinchi  tomondan  o‗z  qo‗l  ostidagi  xodimlarga  bajarilishi  lozim  bo‗lgan 

vazifaning  aniq  va  ravshan  qilib  tushuntira  olishi  va  vazifalarning  bajarilishi 

hamda uning  natijasini  to‗g‗ri baholay olish.  

Amaliyot  shuni  ko‗rsatadiki  rahbarning  eng  zarur  sifatlaridan  biri  bu  sohasi 

bo‗yicha  bilimlarga  ega  bo‗lish,  sotsiolog  tadqiqotlar  shuni  ko‗rsatadiki,  agar 

rahbar  o‗z  sohasidagi  bilimlar  hajmining  50%ni  bilgan  taqdirdagina u rahbar bo‗lib 

ishlay  oladi. 

Rahbar xabardor bo‗lish lozim bo‗lgan sohalar quyidagilar  hisoblanadi: 

— 

Davlat  va hukumatimiz  siyosatchining  ustuvor yo‗nalishlari. 



 

55 


— 

Milliy  qadriyatlarimizni  o‗zida  mujassamlashtirgan,  boy  ma‘naviy 

intellektuallikka  ega. 

—  Didektiv  hujjatlarni  bilish. 

—  Iqtisod nazariyasini  bilish. 

—  Amaliy  iqtisod qoidalari bilan  tanishligi. 

—  Kasbiy tayyorgarlik  darajasi. 

—  Boshqaruv nazariyasini  bilish. 

— 

Sotsiolog psixologiya qoida qonunlari bilan  tanish  bo‗lishi. 



—  Odimlarni  boshqarish psixologiyasi bilan  tanishligi. 

—  Mehnatni  ilmiy  asosda tashkil qilish  asoslarini  bilish. 

— 

Ma‘muriy  boshqaruv normalarini  bilish. 



—  Axborotlar bilan  muntazam  tanishib  borish. 

—  Xorijiy  mamlakatlardagi  boshqaruv usullarini  bilish. 

Yuqoridan  bilimlardan  farqli  boshqarishning  ob‘ektiv  qonunlarini  bilishi 

alohida  o‗rin kasb etadi. 

Maktabda  boshqaruvni  to‗g‗ri  tashkil  etishda  boshqarish  usullarining  o‗rni 

benihoyat  qayta,  boshqarish  usullari o‗qituvchi, tarbiyachi, boshqa texnik xodimlar 

hamda barcha jamoaga  ta‘sir ko‗rsatish vositasi hisoblanadi. 

Boshqarish usullari  quyidagilarga  bo‗linadi: 

1.  Boshqarishning  tashkiliy  ma‘muriy  usullari. 

2.  Boshqarishning  sotsial-psixologik  usullari. 

3.  Boshqarishning  huquqiy usullari. 

4.  Boshqarishning  bevosita ko‗rsatma berish usullari. 

5.  Boshqarishning  rag‗batlantirishdan  foydalanish usullari. 

6.  Kadrlarni  ma‘naviy  jihatdan  yetuk qilib  tarbiyalash  usullari. 

7.  Boshqarishda kuzatish usullari. 

8.  Boshqarishda suhbat o‗tkazish usullari. 

9.  Ta‘lim muassasasi hujjatini  tahlil  qilish  usuli. 

10. Boshqarishda o‗z faoliyatini  tahlil  qilish  (diagnostik tahlil)  usullari. 



Yosh maktab rahbarlari uchun eslatma. 

 

56 


1.  Rahbarlik  faoliyatining  asosiy  xarakterli  belgilari:  prinsipial  bo‗lish,  fan 

va  amaliyot  birligiga  tayanish  shaxsiy  ma‘suliyat  hissi,  vazifalarni  aniq  va  to‗g‗ri 

taqsimlay  olish,  o‗z  ishida  qat‘iy  tartib  bo‗lish,  talabchanlik,  o‗z  vaqtida  xodim 

ishini  baholay  olishi,  uni  rag‗batlantira  olish,  ijroni  nazorat  qila  olish  rahbarlikda 

jamoaviy  yondashish,  xodimlar  ishini  qadrlash,  kamtarlik  va  oddiylik,  jamoa  bilan 

doimiy  aloqada bo‗lish, ularning  qiziqish  va ehtiyojlariga  e‘tiborli bo‗lish. 

2.  Rahbarlik  san‘atini  doimo  muntazam  o‗rganib  borish  uni  tadbiq  qilish. 

Chunki  faoliyatni  doimo  takomillashtirib  borish  uni  tahlil  qilish,  kamchiliklarni  o‗z 

faoliyatiga  tatbiq qilib  borgandagina rahbarlik  o‗z samarasini beradi. 

3.  Rahbar  kishilarni  o‗ziga  tezda  jalb  qiluvchi,  ular  ishini  tahlil  qilishda 

yuqori darajadagi  ilmiy  nazariy  va amaliy  bilimlarga  ega bo‗lish. 

4.  Kishilarni  o‗zingizga  jalb  qilishda  eng  avvalo  xushmuomalali  bo‗lish, 

ularni  hurmat  qilish  jamoa a‘zolariga  bir xilda  muomalada  bo‗lishga harakat  qiling. 

5.  Maktab  faoliyatining  samaradorligi  eng  avvalo  o‗z  vaqtida  sharoitda 

hisobga  olib  qabul  qilingan  harflar  bog‗liq.  Bunda  maktab  jamoasi  oldida  turgan 

vazifalarning  aniq maqsadlari  o‗z ifodasini topmoqligi  lozim. 

6.  Siz  qabul  qilgan  qarorning  bajarilishi  eng  avvalo  uning  maktabdagi 

ta‘lim-tarbiya  sifatining  qaydarajaga  ko‗tarilishini  har  bir  o‗qituvchi  qalban  his 

qilgandagina  u  jamoa  faoliyatini  yo‗naltiruvchi  kuchga  aylanadi.  Rasmiyatchilik 

uchun qabul qilingan  qarorlar jamoada parrokandachilikni  olib keladi. 

7.  Ayrim  hal  qilinish  lozim  bo‗lgan  masalalar  muovinlar  darajasidagi  yoki 

sinf rahbarlar  darajasidagi  masalalar  bo‗yicha qarorlar qabul qilishga  o‗rganing. 

8.  Asosiy  holatda  bo‗lganingizda  hech  qanday  qarorlar  qabul  qilmang, 

chunki bu qarorlarning  oqibatini  tuzatish  haddan tashqari mumkin  bo‗lib qoladi. 

9.  Ishni  tashkil  qilishda  va  uning  muvaffaqiyatli  yakun  topish  rahbarning 

obruyiga,  vazifalar  taqsimotining  to‗g‗riligiga,  talabchanligiga  xodimlarni  o‗z 

vaqtida  rag‗batlantirishga  zarur  hollarda  u  yoki  bu  choralarni  qo‗llashiga  va 

ayniqsa jamoatchilik  fikriga  tayanishga  bog‗liq. 

10.  Direktor 

obro‗yili  uning  ma‘naviy-axloqiy  yetukligi,  egallagan 

lavozimiga  mosligi,  ishbilarmonligi,  umumiy  madaniysaviyasiga,  o‗zining  ish 


 

57 


faoliyati  bo‗yicha xodimlarga  o‗rnak bo‗lish kabi omillarga  bog‗liq. 

11.  Talabchanlik  maktab  faoliyati  mexanizmining  aniq  va  ravon  ishlashning 

omili  hisoblanadi. 

12.  O‗qituvchi  mehnati  mezonlarini  aniqlash  va  ularni  to‗g‗ri  baholay  olish, 

past sifat ko‗rsatkichlarida  qaytib turib talabchan bo‗lish. 

13.  Talab  hammaga  birday  bo‗lish,  aks  holda  jamoada  konfliktlarga  olib 

keladi  va zarur natijalar  olinmay  qoladi. 

14. Talab hamma  vaqt haqqoniy va ob‘ektiv bo‗lish kerak. 

15.  Ishning  sifatida  qo‗yiladigan  tanlab  o‗qituvchi  imkoniyatlari  doirasida 

bo‗lish zarur. 

16.  O‗qituvchiga beriladigan  topshiriq aniq va tushunarli  bo‗lsin. 

17.  Rahbar qo‗yadigan talab jamoa tolmonidan  qo‗llab quvvatlanish  lozim. 

18.  O‗qituvchi  faoliyatini  tahlil  qilishda  eng  avvalo  uning  shaxsini  hurmat 

qilib  yondashing. 

19.  Shunga  erishingki  beriladigan    jamoat  topshiriqlari  hammaga  birday 

taqsimlanish  lozim. 

20.  Ma‘lumki  o‗qituvchini  o‗rganish  uning  faoliyatini  tahlil  qilishdan 

boshlanadi.  Rahbar  odamlarning  kim  ekanligini  emas  uning  ishga  munosabati 

qandayligiga  qarab baho berish. 

21.  Direktor  o‗qituvchining  darsiga  kirar  ekan  u  eng  avvalo  ikki  maqsadni 

o‗z  oldiga  qo‗yish  lozim:  birinchi  metodik  yordam  berish,  ikkinchisi  uning 

tadribasini  o‗rganish. 

22.  Shunga  erish  kerakki  o‗qituvchingiz  o‗zi  sizni  o‗z  darsiga  kirishga  taklif 

etsin.  Agar  o‗qituvchilar  sizning  darslarga  kirishingizdan  hadiksirashga  shunday 

yo‗l tanlash yoki ularda  ushbu hissiyot yuzaga kelmasin. 

23.  O‗qituvchingiz  faoliyatini  nazoratdan  o‗tkazar  ekansiz  eng  avvalo  uning 

ijobiy  tomonlariga  e‘tiborni  qarating.  Eng  kuchsiz  o‗qituvchining  ham  qandaydir 

ijobiy  tomoni bo‗lish mumkin  aynan  nhshuni aniqlashga  harakat  qiling. 

24.  O‗qituvchi  darsini  uning  hamkasblari  ishtirokida  tahlil  qiling,  agar 

kamchiliklari  bo‗lsa yakkama-yakka  holda faqat o‗ziga ayting. 



 

58 


25.  O‗z  xatosini  bo‗yniga  olmay  qattiq  turib  olgan  holdagina  ko‗pchilik 

oldida tanqid qilish  mumkin.  shunda ham tanqid asosli bo‗lsin. 

26.  O‗qituvchini  hech mahal  o‗quvchi va ota-onalar oldida izza  qilmang. 

27.  O‗tkaziladigan  nazorat  o‗qituvchining  tashabbusini  bug‗masligi  kerak, 

uning  mustaqil  faoliyatini  cheklamasligi  lozim.  Shuni  unutmangki  kuchsiz 

o‗qituvchining  ham albatta  yaxshi tomoni bor. 

28.  Agar  maktab  faoliyati  ko‗ngildagidek  bormayotgan  ekan,  o‗zingizni 

yo‗qotmang  xuddi  behudaga  asabiylashib  xodimlarni  tergayvermang  bu  sizning 

madaniyatsizligingizning  belgisi  hisoblanadi.  Bu  paytda  oqilona  yo‗l  tutib 

faoliyatni  chuqur tahlil  qilib  ishni  ijobiy  yo‗nalishga  qaratish kerak. 

29.  Agar 

xodimingiz 

talabga 

javob 


bermasa 

yotig‗i 


bilan 

tushuntirganingizda  ham  ishining  natijasi  ko‗rinmasa  u  holda  tegishli  ma‘muriy 

jazo  berinshingiz  lozim  bo‗ladi,  lekin  shunda  ham  quyidagi  qoidalarga  qat‘iy  rioya 

qiling. 


а)  Asabiylashib  qiziqishib  ketgan holatingizda  jazo bermang. 

б)  Kamdan-kam  hollardagina  jazolashga  harakat  qiling,  maktabda  jazolash 

hollari  judayam  kam bo‗lishi kerak, shundagina jazoning  ta‘siri  natijasi  bo‗ladi. 

в)  Jazo  berishda  xodimning  ishdagi  kamchiliklarini  ko‗rsatib  unda  e‘tirozga 

o‗rin qolmagandan keyingina  berishingiz  maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

г)  Har qanday jazo mehnat  qonunchiligini  talablariga  javob berish lozim. 

д)  Sizning  bu harakatingiz  jamoa tomonidan maqullangan  bo‗lishi lozim. 

30.  Shunday  hollar  bo‗ladiki  o‗qituvchi  ishlamoqchi  va  shunga  harakat 

qiladi  bunday  paytda  uni  e‘tiborsiz  qoldirmang  va  unga  tegishli  yordamni 

ayamang. 

31.  Direktor  o‗zi  namuna  bo‗lgandagina  u  xodimlarni  o‗rgata  oladi.  Chunki 

yuz gapirgandan  ko‗ra bir marta ko‗rsatgan ma‘qul. 

32.  Maktabda  sog‗lom  muhitni  vujudga  keltirish  o‗qituvchilarning  o‗z 

maktabini  sevish  uning  obro‗yining  oshishga  bo‗lgan  g‗urulanish  hissi  hamda 

jamoada  ijodiy  ishchanlik  vaziyatini  yuzaga  chiqarish  direktorning  muttasil  nazar 

e‘tiborida bo‗lish lozim. 



 

59 


33.  Jamoa  a‘zolarining  o‗zaro  munosabatlarini  doimiy  ravishda  kuzatib 

bering ular  orasida guruhbozlik  holda holatlarning  yuzaga kelishga  yo‗l qo‗ygan. 

34.  Rahbar  jamoa  a‘zolariga  bir  xil  munosabatda  bo‗lsa  shundakina  jamoa 

uyushgan, ishchan sog‗lom fikr yuritadigan  bo‗ladi. 

35.  Uyushgan  jamoaning  vujudga  kelishi  yana  bir  sharti  rahbar  tanqiddan 

qochmasligi  va uni  to‗g‗ri qabul qila olishdadir. 

36.  Bo‗lar-bo‗lmasga  xodimlarni  taziyiq  ostiga  olmang  bu  rahbar  obro‗yiga 

putur  yetkazadi  va  jamoada  keskin  qarama-qarshilik  holatlarini  vujudga  keltiradi 

natijada  muhit  buzila  boshlaydi. 

37.  O‗qituvchi  mehnatini  ilmiy  asosda  tashkil  qiling  uning  vaqtini  va 

kuchini  to‗g‗ri  baholash  olish,  o‗z  ustida  mustaqil  ishlash  uchun  sharoit  yaratib 

bering. 


Yuqorida  berilgan  uch  so‗rovnomadan  iborat  bo‗lgan  diagnostik  tahlil 

shaxsning  rahbarlikka  bo‗lgan  xohish  kuchini  aniqlashga  qaratilgan  bo‗lib,  unda 

shaxsning  rahbarlik  faoliyati  yo‗nalishlarining  qay  birida  unda  bilim  tajriba 

borligini  ko‗rsatib beradi.  



 

60 


UMUMIY XULOSALAR 

Manbalar  tahlili,  kuzatish  ishlari  va  tadqiqot  natijalariga  tayangan 

holda quyidagi umumiy  xulosalarga kelindi: 

1.  Boshqarishning  bosh  maqsadi  mehnatkashlarning  moddiy  va  ma‘naviy 

ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirish  uchun  ishlab  chiqarishni  barcha  jamiyat  a‘zolari 

o‘rtasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  yanada  takomillashtirishdir.  Shu  bilan  birga 

davlat  va  jamiyat  boshqaruvini  yaxlitligini  ta‘minlab,  jamiyat  rivojlanishi,  undagi 

ijtimoiy  munosabatlar  yuksalishi  asosida  davlat  boshqaradigan  sohalarni  jamoat 

tashkilotlari  zimmasiga  yuklashdir. 

 

2.  Boshqarish  oqibatida  ma‘lum  tizim  o‘z  yaxlitligini  saqlab  qolmasdan 



balki  faoliyatini  takomillashtiradi.  Bundan  boshqarish  xususiyati  tizimning  tabiati 

bilan  hamda  uning  mavjudligi  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  yashash  sharoiti  bilan 

bog‘liqdir.  Boshqarish  jamiyat  va  uning  yashash  muhiti  bilan  xilma-xil 

aloqadorligini,  yaxlitligini  ta‘minlaydi. 

 

3.  Hozirgi  kunda  boshqarish  eng  avvalo  kishilarning  iqtisodiy  va  moddiy, 



ijtimoiy  faoliyatini  ularni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash 

jarayonlarini  to‘g‘ri  tashkil  etishga  qaratilmog‘i  zarurdir.  Buning  boisi  shuki, 

jamiyatimizning 

rivojlanishi 

ko‘p 

jihatdan 



kishilarning 

yuksak 


aqliy 

imkoniyatlariga,  yuksak ongi, ma‘naviy  dunyoki, umummadaniyatiga  bog‘liqdir. 

 

4.  Jamiyatdagi  boshqaruv  tizimini  ma‘lum  boshqarish  vazifalari  asosida 



tashkil  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shunga  ko‗ra  uni  alohida  ko‗rsatib 

o‗tishni  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Ishlab  chiqarishni  boshqarish 

vazifalari  deganda  boshqaruv  mehnatining  maxsus  turlarini,  boshqariluvchi 

manbalarga  ta‘sir  ko‗rsatishning  u  yoki  bu  qilinadilarini  tushunmoq  kerak. 

Boshqaruv  vazifalariga:  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  sozlash,  muvofiqlashtirish, 

nazorat va hisob-kitob qilish  kiradi. 

5.  Ijtimoiy-siyosiy  hayotni  boshqarish  oldiga  qo‗yilgan  maqsad  ijtimoiy 

tafovutlarni  bartaraf    etish,  jamiyatning  ijtimoiy  bir  xilligiga  erishish,  davlat 

boshqaruvini  takomillashtirib  ijtimoiy  o‗z-o‗zini  idora  qilishga  aylantirishdir. 

Jamiyat  va  uning  har  bir  ayrim  a‘zosining  ma‘naviy  rivojlanishini  boshqarish-



 

61 


boshqarishning yana bir asosiy turidir. 

6.  Shaxslararo  yaqinlik-uzoqlik,  hush  ko‗rish-hush  ko‗rmaslikni  ikki 

shaxsning  muayyan  sharoitdagi  o‗zaro  harakatlaridagi  mos  kelish  va  mos 

kelmaslikning  sharti  va natijasi  deb qarash ham mumkin. 

 

7.  Insonlar  doimiy  ravishda  o‗zaro  aloqada,  munosabatda  bo‗ladilar  va 



bunda  muqarrar  ravishda  ularning  individual  xususiyatlari  namoyon  bo‗ladi. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda,  har  bir  ijtimoiy  rol  xatti-harakatlarni  mutlaq  shablon 

ekanligini  belgilamaydi,  u  har  doim  o‗zining  ishtirokchilari  uchun  ayrim 

"imkoniyatlar  diapazoni"ni  qoldiradiki,  uni  shartli  ravishda  ma‘lum  "rol  bajarish 

uslubi" deb atash mumkin. 

 


Download 378.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling