О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana03.08.2020
Hajmi0.84 Mb.
#125399
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik


 

О`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
“O`ZBEKISTON  TARIXI”  
KAFEDRASI 
 
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK  
»
FANIDAN 
  
Ma’ruza matnlari 
 
 
 
 
Tuzuvchi :            kat. o`qit.  N. Xudoyorov    
 
Bakalavriat yo’nalishi:  5220200-tarix(kunduzgi) 
yo’nalishi 3-kurs talabalari  uchun 
 
 
 
ANDIJON – 2013 
 
 

 

 
KIRISH 
 
Bugungi o`z-o`zini anglab, mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan 
sharoitda ona yurtning xdr bir farzandi uchun Vatan tarixini sevish, o`rganish, diliga jo etishdan 
ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak.
 
Ushbu kitob aynan shu muloxdzadan kelib chiqqan holda yaratilgan. Ota-bobolarimiz, 
ajdodlarimizning aql-zakovati, oltin qo`li ila IX —  XII asrlardayoq kishi aqli bovar qila 
olmaydigan darajada nafis va nozik qilib ishlangan naqshlar qadimiy va navqiron Samarqand, 
Buxoro va Xiva devorlarida o`zini ko`z-ko`z qilib turibdi. O`sha davr uslubi bilan yuksak 
mahorat ko`rsatib qurilgan muhtasham binolar va bu binolardagi SHarq uslubiga xos 
o`ymakorlik naqshlari o`z taraqqiyotining cho`qqisiga ko`tarilganligidan guvohlik beradi. 
Bunday o`ymakorlik naqshlari bilan bir qatorda islimiy uslubda ishlangan naqshlar, ya`ni gul va 
novdalarning murakkab uslubdagi naqshlari va hozirgi kungacha yaxshi saqlanib kelayotgan 
tillada qorilib o`yilgan boshqa bezaklar ajdodlarimiz yuksak san`atining timsoli sifatida bugun 
ham hammani lol qoldirib turibdi. Qadimgi va o`rta asrlar me`morchilik obidalarini saqlash, 
o`rganish va muhofaza qilish hozirgi zamon yosh avlodni, mehnatkashlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashda, xalqlarning baynalmilal do`stligini mustahkamlashda katta rol’ o`ynaydi. SHuning 
uchun ham o`tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o`rganish, muhofaza qilishning 
rolini oshirish mua.mmolarini hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
 
Qo`llanmada o`zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, ma`naviy, moddiy, tarixiy manbalarini 
«O`lkashunoslikda arxeologiyaning roli», «O`lkashunoslikda etnogra-fiyaning ahamiyati», 
«Toponimika  —  o`lka tarixini o`rganishning asosiy manbai», «O`lkashunoslikni o`rganishda 
arxivshunoslikning o`rni» va «O`lkashunoslikny o`rganishda muzey eksponatlari» deb 
nomlangan asosiy besh qism orqali o`rganishning usullari berilgan. 
“Tarixiy o`lkashunoslik” o`quv qo`llanmasi hozirgi kunda o`z mustaqilligini qo`lga 
kiritgan O`zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy taraqqiyotiga qo`shgan 
hissasini, o`z bag`ridan Muhammad va Ali Qushchi singari mashhur matematiklar, Ahmad 
Farg`oniy va Ulug`bekdek falakiyot bilimdotrlari, Ibn Sino  kabi   tabiblar, Narshaxiy va 
Abulg`ozixon singari tarixchilar, al-Forobiydek faylasuflar, Zamaxshariy kabi lingvistlarni 
etishtirib, jahon taraqqiyotiga qo`shgan hissasini daliliy ashyolar vositasi bilan isbotlab beradi.
 
Mazkur qo`llanma yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda tarixiy, ma`naviy yodgorliklar, 
arxeologik, antropologik, etnografik, etnik, toponimik materiallar o`z ifodasini topgan.
 
O`zbek xalqining tarixiy, madaniy va me`morchilik yodgorliklari jahon madaniy 
merosining tarkibiy qismi bo`lib, jahon taraqqiyotiga qo`shilgan g`oyat katta ulushdir. Mana 
shunday muhim, nodir, qimmatli ahamiyatga molik bo`lgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni 
xar tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan va tahlil qiladigan fan ham «Tarixiy 
o`lkashunoslik»dir.
 
Mazkur o`quv qo`llanmasi asosan quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:
 
Tarixiy yodgorliklar. Bunga insoniyat hayotidagi eng muhim tarixiy voqealar, 
jamiyatning rivojlanish bosqichlari, inqilobiy harakat bo`lib o`tgan joylar, atoqli sarkardalar, 
yirik davlat, fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog`liq voqea joylari, o`tmishdan 
qolgan qo`lyozma asarlari va shu kabilar kiradi.
 
Arxeologik yodgorliklari.  Bunga ko`hna shaharlar, qo`rg`onlar, qal`alar,  qadimiy 
manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar,     kanallar,  shuningdek yo`llarning qoldiqlari, qadimiy 
dafn joylari, tosh  haykallar, qoyalardagi tasvirlir 
VA 
boshqalar kiradi.
 
SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklari.  Bularga me`morchilik ansambllari va 
kokplekslari, tarixiy markayalar,   kpartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi 
yashaydigan   joylarning qoldiqlari: fuqaro sanoat, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshootlari 
kiradi.
 
San`at yodgorliklari. Bunga  moiumental, tasviriy, amaliy-dekorativ   va   boshqa   
turdagi   san`at   asarlari kiradi.
 

 

YOdgorlik hujjatlari. Bunga markaziy va maxdlliy davlat hokimiyati organlari va davlat 
boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa yozma va chizma hujjatlar, kino-foto 
hujjatlari va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy qo`lyozmalar  hamda arxiv materiallari, 
fol’klor va musiqa yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.
 
Etnografik va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va ma`naviy 
madaniyat, xalqlarning ertak, fol’klor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib 
chiqishini o`rganish kiradi.
 
Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki boshqa xil madaniy qimmatga 
ega bo`lgan ob`ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar va ulardan o`quv, ta`lim-tarbiya 
ishlarida foydalanish uslublari, namunaviy dars rejalari o`z aksini topgan.
 
YUqoridagi manbalarni o`rganish va umumlashtirish ilmiy o`lkashunoslik tadqiqotchilari, 
jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun xam, u yoki bu voqealarga tavsif berish, turli 
tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko`p zarur ma`lumot bo`lib xizmat qiladi.
 
Oliy o`quv yurtlari va maktabda o`qitilayotgan tarixiy o`lkashunoslik fani ma`lum ikki 
maqsadni: birinchidan, o`z o`lkasining o`tmishi va hozirgi hayoti tarixini xar tomonlama ilmiy 
asosda o`rganish yo`li bilan to`plangan arxeologik, etnografik, toponimik, nodir qo`lyozmalar, 
arxiv hujjatlarini saralash, tartibga solish va tahlil qilishni; ikkinchidan, to`plangan o`lka 
materiallaridan o`quv-tarbiyaviy ishlarda o`rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko`zda tutadi.
 
O`quv qo`llanmasini yozishda mumkin qadar mahalliy materiallardan, O`zbekiston 
Respublikasiga doir o`lkashunoslik hujjatlaridan, etuk tarixchi olimlarning asarlaridan, arxiv 
materiallaridan foydalanish masalalarini yoritishda O`zbekiston Markaziy Davlat Arxivi 
xodimlari tomonidan tayyorlangan kartoteka va ko`rsatkichlardan, muzey eksponantlarini 
yoritishda esa O`zbekiston tarixi muzeyi materiallaridan foydalanildi. 
 
 
1-
МAVZU: Tarixiy o’lkashunoslikning turlari va rivojlanish bosqichlari 
Reja: 
 
1. 
O`lkashunoslik turlari 
2. 
Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi 
3. 
O`rta Osiyo tarixini o`rganishda rus Sharqshunoslarining roli 
4. 
Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri 
5. 
Tarixiy o`lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli 
6. 
O`lkashunoslikning asosiy manbalari 
 
 
Vatan haqidagi teran fikrlar turkiy tasavvuf she`riyatining atoqli vakili xoja Ahmad 
YAssaviy xikmatlaridan birida quyidagicha talqin etiladi: 
Boshim tuproq, o`zim tuproq, jismim tuproq,
 
Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq. 
Binobarin, tuproq — inson tug`ilib o`sgan o`lka, makon, tuproq Vatan. Tuproq necha 
yuz yillardan buyon ne ne ulug` farzandlarini ardoqlab kelayotgan Zamin. SHuning uchun biz 
uni e`zozlab ona tuproq deymiz. 
Demak, barcha ishlar o`z ona tuprog`ini, o`z ona o`lkasini qadrlashdan boshlanadi. Ona 
tuprog`ini, ona o`lkasini sevgan kishini el qadrlaydi, dunyo taniydi... O`z tarixini ona yurtdan — 
ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo`la oladi.
 

 

Tarixga nazar tashlasak, o`z o`lkasini sevmagan va uning tuprog`ini ardoqlamagan biron 
ham zotni uchrata olmaymiz. SHuning uchun ham Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, 
ona yurt farzandlari uchun Vatanni sevish, uning tarixini o`rganish, dilga jo etish muqaddas 
burchdir.
 
 
1. O`lkashunoslikning turlari
 
O`lkashunoslik uch turga bo`linadi: 1) ilmiy, ya`ni davlat o`lkashunosligi; 2) jamoat 
o`lkashunosligi; 3) maktab o`lkashunosligi. O`lkashunoslikning har uchala turi o`zaro bir-biriga 
aloqador bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
 
Davlat o`lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish 
hamda ulardan foydalanish qo`mitasi, muzeylar, respublika Fanlar akademiyasi qoshidagi tarih 
arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug`ullanadi.
 
Jamoag o`lkashunosligi qishloq, ovul, qo`rg`on, tuman, shahar, viloyat hududidagi tarixiy 
obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan 
xalqlarning kelib chiqishlari (etnogenezi), urf-odatlarini o`rganadi hamda ilg`or mehnatkashlar, 
Mehnat qahramonlari xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat 
taxtalari tashkil qiladi. Bundan tashqari jamoat o`lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga 
pullarni  o`rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni o`rganuvchilar sfragistlar, tamg`a  
(gerb)larni o`rganuvchilar —  geraldistlar, tosh, metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni 
o`rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi 
narsalarni to`plovchilar ham uyushadi.
 
Maktab o`lkashunosligi esa maktablarda tarih inson va jamiyat fani o`qituvchilarining 
bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o`lkashunosligining a`zolari V-X (XI) sinflarning 
eng intizomli va a`lochi o`quvchilaridan tuzilib, ular o`lka materiallarini to`rt guruhga bo`lingan 
holda to`playdilar. To`plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari maktab 
o`lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi.
 
Maktab o`lkashunosligi ta`lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish 
tajribasi bilan uzviy bog`liq holda o`rganadi. O`qitish jarayonida o`lka materiallaridan o`rinli 
foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasi tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod 
qilishga bo`lgan qiziqishini  orttiradi va kelgusi hayot yo`lini tanlab olishga yordam beradi. 
Maktab o`lkashunosligi fanlar o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi hamda o`qituvchi zimmasiga 
katta mas`uliyat yuklaydi. U dastur asosida, o`z a`zolarining bilim darajasi hamda ijodiy 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda (iloji boricha mutaxassislarning maslahatlari va ko`rsatmalari 
asosida) tadqiqot o`tkazish ishining rejasi va ish hajmi hamda uslubini ishlab chiqadi. 
O`lkashunoslikning butun muvaffaqiyati shu ishga raxbarlik qilayotgan o`qituvchining bilimiga 
va tashkil qila olishiga bog`liq. Agar o`qituvchi o`z o`lkasini yaxshi bilsa, bu haqdagi og`zaki va 
yozma manbalarni muntazam o`rganish bilan birga o`quvchilarning ota-onalari, keksalar, 
o`lkashunoslik tashkilotining xodimlari bilan suhbatlar olib borib, pedagogik mahoratini ishga 
solsa, o`quvchilarning faolligi ortib boradi, o`tilgan materiallarni to`liq o`zlashtirish bilan birga 
uni hayotga xam tatbiq qila boshlaydi. Natijada o`quvchilarning puxta bilim olish bilan birga o`z 
o`lkasiga bo`lgan mehr-muhabbati ortadi va tarixiy tasavvuri hamda tarixiy tushunchasi 
shakllanib boradi.
 
Maktab o`lkashunosligi ikkiga bo`linib, o`quv jarayonida (o`quv dasturi asosida) va 
dasturdan tashqari (maktabning tarbiyaviy ishlar rejasiga asoslangan holda) amalga oshiriladi. 
O`quv  jarayonida (sinfda) olib boriladigan o`lkashunoslik ishlari ham   ikki maqsadni 
ko`zlaydi. Biri – o`z o`lkasining o`tmishini arxeologik, etngorafik, toponomik, qo`lyozma 
asarlar va arxiv xujjatlari asosida o`rganish va o`lkashunoslik materiallarini bir tizimga solish; 
ikkinchisi — to`plangan o`lkashunoslik materiallaridan tarix hamda inson va jamiyat 
darslarida foydalanish. Sinfda olib boriladigan o`lkashunoslik ishlariga barcha o`quvchilariing 
ishtirok etishi majburiydir. Maktabdan tashqari olib boriladigan o`lkashunoslik ishlari, ya`ni 
sayohatlar, arxeologik ilmiy safarlarda O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarix hamda 
arxeologiya institutining tavsiyasi bilangina shu ishga layoqatli o`quvchilar ixtiyoriy ravishda 

 

ishtirok etadilar. Maktab o`lkashunosligi tarix hamda inson va jamiyat fanlaridan olgan 
bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda har xil fanlarning o`zaro aloqasini ta`minlaydi. 
Maktab o`lkashunosligi tarixiy obidalarni saqlash va himoya qilish, qadimiy 
manzilgohlarni topishda ham katta rol’ o`ynaydi. U jamoa bo`lib yashash, ishlash va ijod 
qilishga o`rgatadi. O`quvchilarda sinchkovlik, tirishqoqlik, tevarak-atrofga havas bilan boqish, 
tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari shakllanib boradi.
 
Darhaqiqat, maktab o`lkashunosligi o`quvchilarda o`z Vataniga mehr uyg`otish bilan birga
ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib hissa qo`shadi.
 
Vatanga bo`lgan mehr tuyg`usi o`z o`lkasini o`rganishdan boshlanadi. Maktab 
o`lkashunosligida ana shunday tuyg`u shakllanadi.
 
 
2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi. 
Rus olimi M. V. Lomonosov o`z o`lkasini mukammal o`rganish maqsadida 1761 yili 30 
savoldan iborat javob varaqasi tuzib, aholi o`rtasida tarqatgan edi.  Ayni vaqtda bu bilan 
o`lkashunoslik faniga asos solingandi. O`lkani o`nganish masalasi O`rta Osiyo, shu jumladan 
O`zbekiston hududida Rossiyadan anchagina keyinroq, ya`mi XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlanadi.
 
Rus olimlari O`rta Osiyoning chorizm tarafidan bosib   olishidan   ancha   ilgari   bu  
o`lkani   o`rganish bo`yicha bir qancha ishlar qilgan edilar. Biroq, XIX asrning birinchi 
yarmidagi o`lkani o`rganish, ya`ni mahalliy tarixchilik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan 
feodal sinfining manfaatlari, xonlar va ular sulola-sining taxtga egaligi va «odilligi»ni 
mafkuraviy jihatdan asoslash uchun foydalanib kelindi. Saroy tarixchilari o`zlarining asosiy 
e`tiborlarini siyosiy voqeliklarni xonlarning faoliyati va o`z raqiblari ustidan qozongan 
g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki 
zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan 
bir qadar ajralib qoldi. X—XV asrlardagi mahalliy tarixchilar Muhammad Narshaxiy, Tabariy, 
Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg`ozixon va boshqalarning asarlari o`zining 
mazmundorligi, faktik materialga boyligi bilan bu davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli 
darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» 
nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan 
muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish 
uchun bo`lgan intilishni ko`rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O`rta Osiyo tarixchiligiga ham xos 
narsa edi. SHunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida tarix fani ham, boshqa fanlar singari, 
hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi.
 
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul-
muluk» nomli asar o`sha davr tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bu asar fors-tojik tilida 
yozilgan bo`lib, unda qadimgi zamonlardan to  XIX asrning 30-  yillarigacha bo`lgan Buxoro 
amirligidagi siyosiy voqealar bayoni beriladi. Asarda saroy voqeliklari, xukmron sinflar tarixi, 
o`zaro urushlar, unda erishilgan g`alabalar, xonlikning keyingi sulolasining genealogiyasi 
(nasabnomasi) ifodalanib, jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch bo`lgan xalq ommasining 
ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan 
intilishni deyarli ko`rmaymiz.
 
YAna o`sha davrda fors-tojik tilida yozilgan ikkinchi manba  Buxoro saroy tarixchisi 
Muhammad Mir Olimning  «Tarixi amir Nasrullo» nomli asaridir. Bu asar Buxoro amiri 
Nasrulloning (1826—1860) topshirig`i bilan yozilgan. Asar XVIII asrning ikkinchi yarmida 
Buxoro amirligida yuz bergan siyosiy voqealarni, ichki va tashqi voqeliklarni tasvirlash bilan 
boshlanib, amir Nasrulloning hokimiyatga kelishi, uning dastlabki yillardagi davlatni 
boshqarishda tutgan siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 —  1825 
yillarda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`oloni va uning bostirilishi haqida so`zlanadi. 
Ammo asarda qo`zg`olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol 
bo`lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi.
 

 

YAna shu yo`nalishda yozilgan tarixiy manbalardan biri mulla Ibodulla va mulla 
Muhammad SHariflar tomonidan fors-tojik tilida yaratilgan «Tarixi amir Haydar» nomli asardir. 
Asarda ashtarxoniylar bilan mang`itlar sulolasi tarixi, amir Haydarning otasi amir SHoh 
murodning tug`ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning o`limi (1826) gacha Buxoro amirligida 
bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarga to`xtalib o`tilgan. SHu bilan birga, asarda 
1820 yilda A. F. Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilik tashrifi to`g`risida xam 
ma`lumotlar berilgan'.
 
Muhdmmad SHarifning xuddi o`sha davrni aks ettiruvchi «Toj ut-tavorix»—(«Tarixlar 
toji») nomli asarida mang`itlar nasabnomasi, turkiy va Mo`g`ul qabilalari, CHingizxon, uning 
avlod-ajdodlari, shayboniylar, ashtarxoniylar sulolasining tarixi beriladi. Umuman, asar 
ashtarxoniylar, ayniqsa mang`itlar sulolasi vaqtida Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy voqeliklarni o`rganishda muhim rol’ o`ynaydi.
 
XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy manbalardan biri Muhammad Hakimxon 
to`raning «Muntaxab  VI• takorix» nomli asaridir. Asarda XVIII asrning  70 millaridan to 
Qo`qon xoni Umarxonning vafoti (1822), undan so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan 
davrdagi Qo`qon xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar tasvirlagan. 
Hakimxon to`ra xon bilan birga yurib, XIX  asrning birinchi choragidagi voqealarga 
aralashadi. U saroydagi fisq-fujur, viloyaxlardagi siyosiy tortishuvlar, xonlikning tashqi va ichki 
siyosatini, Buxoro amirligidagi siyosiy hodisalarni o`z ko`zi bilan ko`rib, ularni o`z asarida aks 
ettirgan. Ashtarxoniylardan so`ng taxtga o`tirgan o`zbeklarning ming sulolasi haqida, 
Umarxonning hukmronlik qilgan (1810—1822) vaqtdagi siyosiy voqealar aniq va izchillik bilan 
ifodalangan. Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O`rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va 
o`sha vaqtdan O`rta Osiyoliklarning Rossiyaga bergan bahosini aniqlashda u muhim o`rin tutadi, 
chunki muallif Rossiyada bo`lib, u erdagi hayot bilan bevosita tanishgan, Rossiya bilan 
bog`lanish masalasida ilg`or fikrlarni bayon qilgan. Muallif o`z asarida 1821  —  1825 yillarda 
Buxoroda bo`lib o`tgan xitoy-qipchoqlar qo`zg`olonida qatnashganlarni «xoin kishilar» deb 
qoralaydi. Bu esa muallif tutgan yo`lni yaqqol ko`rsatib turibdi.
 
Qo`qon xonligi tarixiga oid manbalardan biri mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida 
yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo`lib, o`z ko`zi bilan ko`rganlarining bayoni xamda tarixiy 
manbalar asosida yozilgan ikki kitob va geografik qo`shimchadan iborat. Asarning birinchi 
qismida insonning paydo bo`lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo`lgan hukmdorlar tarixi 
berilgan.
 
Asarning ikkinchi qismida Qo`qon xoni Olimxon (1798-1810) va Umarxon (1810-1822) 
hukmronligi davri siyosati to`liq berilgan. 
 
Asarda Buxoro amirining xitoy-qipchoqlar va qoraqalpoq xalqlariga nisbatan tutgan 
siyosati, Qo`qon xonligi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi munosabatlar, rus askarlari tomonidan 
Samarqand va Kattaqo`rg`on erlarining bosib olinishi, yo`l va imoratlar qurilishi, ayrim 
voqealarning sanalari va h. k. lar berilgan. SHu bilan birga, asarda 1842 yili Qo`qonda 
ko`tarilgan xo`ja qalandar' boshchiligidagi qo`zg`olon, 1847 yilda Toshkent hokimiga qarshi 
ko`tarilgan harakat kabi muhim voqealar xaqida ham so`z boradi. Asarda keltirilgan bu dalillar 
tarixni o`rganish uchun muhimdir. Biroq bu xildagi asarlar o`sha davr hukmron feodal sinf 
mafkurasi ruhida yozilgan bo`lib, unga tanqidiy ko`z bilan qarash talab qilinadi.
 
Qo`qon   xonligi   tarixchiligida   Mulla   Niyoz   Muhammadning «Tarixi SHohruhiy» 
degan asari ham diqqatga sazovordir. Muallifning bu asari Qo`qon xonligining XVIII va XIX 
asrning 70-yillarigacha bo`lgan tarixiga oid muhim ma`lumot beradi. Bu ma`lumotlar shu davr 
tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir.
 
Toshkentdagi qoryog`di mahallalik Muhammad Solih Qoraxo`ja o`g`lining 1880—1885 
yillar orasida yozgan «Tarixi jadida-i Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») nomli 1200 
betdan iborat asari ham juda muhim ahamiyatga ega bo`lib, u O`rta Osiyoda o`tgan uch xonlikda 
yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha farq qiladi. Asar fors-tojik tilida yozilgan. U hukmdorlar 
o`rtasidagi urushlar tarixidan iborat bo`lib, ikkinchi qismi Qo`qon xonligi va Toshkent tarixiga 
bag`ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani va A. Kundan 

 

maslahatlar olganligi seziladi. SHuningdek, asarda Qo`qonning  siyosiy hayotida ustunlik rolini 
o`ynagan guruhlar va shaxslar, Toshkentda bo`lib o`tgan siyosiy harakatlar, xalq qo`zg`olonlari, 
shu qo`zg`olonlarning yo`nalishi va sabablari haqida (bu masala boshqa hech bir asarda 
bunchalik yoritilmagan) mufassal ma`lumotlar berilgan. Bu asar yangi davr tarixchiligida yangi 
intilish edi. Asar O`zbekiston Fanlar akademiyasining SHarqshunoslik institutida nodir asarlar 
qatorida saqlanmoqda.
 
XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligida yozilgan tarixiy manbalardan eng muhimi 
Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi.
 
Munis (1778—1829) ning otasi Avazbiy mirob Xiva xoni eltuzarga qadar ham, uning 
hukmronligi vaqti (1804—1806) da ham saroy xizmatida bo`ladi. eltuzarxonning  hukmronligi 
vaqtida Munis saroy xizmatiga kiradi va xonning topshirig`i bilan o`zining «Firdavs  ul-iqbol» 
nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. eltuzarxon SHermuhammad Munisga bu asarni 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling