O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq


MAVZU: DUNЁNİNG XOZİRGİ ZAMON SİЁSİY KARTASİ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

MAVZU: DUNЁNİNG XOZİRGİ ZAMON SİЁSİY KARTASİ. 
 
R e j a. 
1.
 
Siyosiy karta tushunchasi. Dunyo siyosiy kartasining qisqacha shakllanish 
bosqichlari. 
2.
 
BMTning tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni guruxlashtirish. 
3.
 
Dunyo siyosiy kartasi va xozirgi xalqaro munosabatlar. 
4.
 
Dunyo siyosiy kartasida XX asr boshlarida va 80-90 yillardagi 
o’zgarishlar. 
5.
 
Baxsli xududlar. 
6.
 
O’zbekiston dunyo siyosiy kartasida. 
Siyosiy karta-geografik karta bo’lib mamlakatlarning, mintaqalarning va 
dunyoning siyosiy bo’linishi jarayonini ifodalaydi. Siyosiy geografiya iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyaning muxim tarmog’i bo’lib siyosiy geografik xolat va 
davlatlarning chegaralari, xududlarining shakllanishi, davlat tuzumi va siyosiy 
mamuriy bo’linishi xamda jamiyatning siyosiy-ijtimoiy tarkibini davlatlarning 
xozirgi dunyo siyosiy- iqtisodiy tizimidagi roli va o’rnini o’rganadi. 
Siyosiy geografiya deb: 
A) xozirgi bosqichda dunyodagi mamlakatlarning davlat va jamiyat 
qurishning bosh belgilari va xususiyatlari, mamlakatlarning ichki va tashqi 
siyosatining asosiy yunalishlari. 
B) mamlakatlarinnig siyosiy-geografik yani (geostrategik) mikromezo va 
makro xolati davlat chegaralarining, xududiy tarkibini shakllanish bosqichlari. 
V) Mamlakatlar axolisining milliy-ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy xayotidagi 
roli va o’rni. 
G) Mamlakatlarning jaxon xamjamiyatidagi xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va 
nodavlat tashkilotlardagi urnini mamlakatlardagi siyosiy maqsadlari va xalqaro 
munosabatlar tizimidagi ishtirokini tadbiq qiladi. 
Siyosiy geografiyadagi eng muxim geografik muammolardan biri dunyo 
siyosiy kartasining shakllanish jarayonidir. Bu jarayoniqtisodiy xarakterga xam 
ega bo’lib ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining “vaqt chizig’i” davomida 
rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi 
jarayoni avvalo ijtimoiy mexnat taqsimotining yuzaga kelishi, xususi 
mulkchilikning rivojlanishi sinflarini va turli ijtimoliy tabaqalarning manfaatlarini 
ximoya qiluvchi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy xodisa sifatida tashkil topishini 
ifodalaydi. 
Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi quyidagi bosqichlarga bo’lib 
o’rganish maqsadga muvofiq. 
1.Miloddan oldingi IV ming – III minginchi yillardan to million asrgacha qadar: 
2. Miloddan V asrdan to XVII asrning o’rtalari: 
3. XVII asr o’rtalaridan to XIX asr o’rtalari: 
4. XIX asr 70- yillaridan to XX asr boshlari (1913): 
5. XX asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari. 

1. Miloddan oldingi IV ming – III minginchi yillardan to miloddan V 
asrgacha qadar. Bu bosqichda Atlantika okeanidan Tinch okeaniga qadar bo’lgan 
mintaqalarda o’z davrining yirik quldorlik davlatlari shakllandi.  
Rim imperiyasida 50,0 million axoli Xindiston va Xitoyda 40-50 
milliondan axoli yashagan. Dastlabkt davlatlar bilan bir qatorda davlat tuzumining 
2 shakli (qadimgi Misr, Vavilon, Ossuriya, Eron va Rim imperiyasi) monarxiya va 
(Finikiya, Gretsiya shaxar davlatlari, qadimgi Rim (1 bosqichda)) respublika 
yuzaga keldi. Ayni vaqtda, quldorlik mintaqasidan tashqari yirik xududlarda turli 
qabila va xalqlar yashab taraqqiyotboshlang’ich bosqichida ekanligi bilan 
xarakterlanar edi. Eramizning 1 asrida xalqlar va qabilalarning buyuk ko’chishi 
yirik quldorlik davlatlarining siyosiy jixatdan talvasaga soldi. Jumladan 5 asrda 
Rim imperiyasi quladi va quldorlik tuzumi barbod bo’ldi. 
2. Milodning 5 asridan to 17 asrning o’rtalarigacha bu bosqich Evropada 
7 asrgacha davom etdi. 1500 yilga kelib er shari axolisining soni 400-500 million 
kishiga etdi. Buning ¾ qismi Osiyo qitasiga to’g’ri keladi. Shaxar xayoti buyicha 
osiyo Evropadan o’zib ketdi. Ammo, Evropada uzoq davom etgan turg’unlikdan 
sung shaxarlar xunarmandchilik, savdo, madaniy va siyosiy markazlar sifatida 
katta rol uynay boshladi.  
Natural xo’jalik va mexnat taqsimotining pastligi oqibatida siyosiy karta 
g’oya mayda-mayda bo’laklardan iborat edi. (Birgina germaniya xududida 300 dan 
ortiq kichik davlatlar bo’lgan). İchki bozorning shakllanishi xalqlar urtasida etnik 
konsolidatsiyaning kuchayishi bilan yirik markazlashgan absolyut monarxiya 
tipidpgi davlatlar- Frantsiya, Angliya, İspaniya, Rus davlati, Xindiston, Xitoy, 
Temur davlati va boshqalar yuzaga keldi.  
3. XVII asr urtalaridan XIX asr urtalariga qadar bo’lgan, bosqichda tom 
manosi bilan Evropada “sanoat inqilobi” davri bo’lib, manufaktura (qo’l bilan 
ishlab chiqarish) bu bosqichdan fabrika zavod ishlab chiqarish bosqichiga 
o’tayotganligi bilan xarakterlanadi. Evropa mamlakatlarida industrlashtirish, 
sanoatining moddiy ishlab chiqarishning bosh soxasiga aylanishi jarayoni 
boshlanadi. Bug’ mashinasining (1784) yil ixtiro qilish esa sanoat va transportda 
(parovoz, paroxod) nqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 1789 yil 1793 yillardagi 
buyuk frantsuz inqilobi siyosiy ustqurmada xam muxim o’zgarishlarga olib keldi. 
Absolyut monarxiya o’rniga (Frantsiyajda) konstitutsion monarxiya (Buyuk 
Britaniya, Niderlandiya) tizimlari qaror topdi va bugungi kunga qadar xam 
saqlanib kelinmoqda. Bu bosqichning muxim ijtimoiy oqibatlari avvalo axolisining 
soninng g’oyat tez kupayishi (1650 yilda 550 million kishidan, 1850 yilda 1250 
million kishiga etdi). Bu shaxarlarning yiriklashuvi kontinentlararo migratsion 
xarakatlarning jonlanishi (asosan Evropa mamlakatalridan Amerika, Avstraliyaga) 
millatlarning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Osiyo, Amerika, Avstraliyaning 
ichki rayonlarini o’zlashtirish davom etdi. 
4. XIX asr 70 yillaridan XX asr (1913 yil boshlarigacha) bu bosqichda 
ishlab chiqarish kuchlari yanada rivojlandi. Ayniqsa sanoat tarmoqlari gurkirab 
o’sdi. 1870-1913 yillarda sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga kupaydi. 
Sanoatning yangi tarmoqlari elektroenergetika, neft qazib chiqarish, 

mashinasozlik, kimyo tez rivojlandi. Evropada Germaniya (1871) yilgi 
birlashuvidan sung iqtisodiy taraqqiyot yuliga kirib Angliyadan o’tib ketdi.  
Frantsiya va G’arbiy Evropadagi boshqa bir qator mamlakatlarda 
iqtisodiy taraqqiyot nisbatan sekin ekanligi bilan xarakterlansa Sharqiy va Janubiy 
Evropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyotning ancha bo’sh edi. 
Osiyo (Yaponiyadan tashqari) Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 
bo’lib qolaveradi. Xuddi shunday xolat Rossiyaning mustamlakasi xisoblangan 
Turkiston o’lkasi uchun xam xos bo’lib u tekis agrar xuddi tayyor maxsulotlar 
sotiladigan o’lka edi.  
5. XX asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari XX asrning 20-90 yillari 
va XXI asr bo’sag’asida dunyo siyosiy kartasida va jaxon xo’jaligida muxim iqdor 
va sifat o’zgarishlari yuz berganligi bilan ajralib turadi. Dunyo siyosiy kartasidagi 
o’zgarishlar.  
A) 1917 yil Rossiyada Oktyabr tuntarilishi bilan bog’liq jaxonning 2 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bo’lib yuborilishi. 
B) 1939-1945 yillardagi 2 jaxon urushi oqibatida Evropa siyosiy 
kartasida Germaniyaning 3ga (GFR, GDR va G’arbiy Berlin) bo’linishi: Sharqiy 
Evropada xalq demokratiyasi shaklidagi davlatlarninshg (PXR, ChSSR,VXR, 
BXR, YuSFR, AXDR, GDR, Osiyoda- XXR, KXDR, VSR) Lotin Amerikasida 
esa 1959 yil Kubaning 1970 yil urtalaridan LXDRni yuzaga kelishi:  
V) XX asr 50 yillarining o’rtalaridanmustamlaka va qaram xududlarda 
mustaqillik uchun kurashning oqibatida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi, 
Okeaniya xududida 120 dan ortiq mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi va 
taraqqiyot yuliga krishi bu mamlakatlarning dunyo siyosiy kartasida umumiy nomi 
bilan “rivojlanayotgan mamlakatlarning” deb yuritilishi. 
G) XX asrning 80- yillar o’rtasidan boshlab sotsialistik tuzumning 
ijtimoiy – iqtisodiy tizimi sifatida tanazzulga yuz tutishi avvalo Sharqiy Evropa 
mamlakatlarida sungra 90- yillarning boshlarida sobiq İttifoq xududida sifat 
jixatidan yangi mustaqil davlatlar- Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengshriya, 
Bolgariya, Albaniya, (Serbiya va Chernogoriya birgalikda Yugoslaviya ittifoqini 
tashkil qildilar), Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina xamda Latviya, 
Litva, Estoniya, Belorus, Moldaviya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, 
Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning tashkil 
topishi va jaxon xamjamiyatiga qo’shilishi va Germaniyaning yagona davlat sifatid 
birlashuvi. 
D) Yaqin Sharqda İsroil-Falastin muammosini bosqichma-bosqich xal 
qilish jarayonining boshlanishi 1993-1999 yil bilan bog’liq, shuningdek bu 
bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar. 
Bugungi dunyo siyosiy kartasida 209ta davlat mavjud. 1900 yilda dunyo 
siyosiy kartasida 55ta mustaqil davlat bo’lsa 1947 yilda 57ta, 1980 yilda 160ta va 
1999 yilda 187 taga etdi. Dunyo siyosiy kartasida mamlakatlarini turli 
kursatkichlar bo’yicha guruxlashtirildi. Jumladan: 
Xududlar bo’yicha-chunki mamlakat xududi va axolisining kattaligi 
siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi omilidir. Shunga kura dunyo siyosiy 
kartasidagi mamlakatlar yirik, urta kichik (mitti) davlatlarga bo’linadi. Xududi va 

axolisi soni jixatidan mamlakatlar, o’rtasida farq juda katta, yani Rossiyadan (17,8 
mln.kv.km) to eng mittii davlat Vatikanga (0,44 km.kv) qadar bo’linadi. 3 
mln.kv.km.dan ortiq xududga ega bo’lgan (Rossiya, Kanada, XXR, AQSh, 
Braziliya, Avstraliya, Xindiston) yani 7 davlat quruqlikning 50,0 foizidan ortig’ini 
egallaydi. 100,0 mln.dan ortiq axoliga ega mamlakatlar 10 ta bo’lib jaxon 
axolisining 3/5 qismini tashkil qiladi. 
Mamlakatlarning siyosiy- iqtisodiy-geografik xolati bo’yicha 
(N.N.Baranskiy) guruxlashtirish: dunyo siyosiy kartasida davlatlarning joylashi 
xolatiga ko’ra orol, yarimorol, arxipelag mamlakat, dengizbuyi mmlakatlariga 
bo’linadi. 40ga yaqin mamlakat esa dengizga va dunyo okeanlariga chiqa olmaydi.  
Dunyo mamlakatlarining mamuriy-xududiy bo’linishiga 
qarabguruxlashtirish. Bugungi kunda dunyodagi 187 ta mustaqil mamlakatlarning 
va mamuriy-xududiy bo’lish turlichadir. Dunyo mamlakatlari mamuriy-xududiy 
bo’linishiga ko’ra unitar va federativ davlatlarga bo’linadi. Dunyo siyosiy 
kartasidagi federativ davlatlar 20ga yaqin bo’lib yo milliy-etnik xususiyatlariga 
ko’ra (Rossiya, Belgiya, Xindiston, Nigeriya) yoki tarixiy geografik xususiyatlari 
(GFR, Avstriya, AQSh) bilan bog’liq xolda federatsiya sifatida tashkil topgan.  
Unitar davlat (frantsuzcha-“unitar”, lotincha “unitas”) birlik, yaxlit 
birlashgan bir butunni tashkil qiluvchi qismlari davlat maqomiga ega bo’lgan 
davlat. 
Bunday davlatda yagona oliy Konstitutsiya, yagona fuqarolik, yagona 
siyosiy qonun chiqaruvchi, yagona boshqaruv sud organlari mavjud bo’ladi. Unitar 
davlatning u yoki bu qismida faoliyat ko’rsatayotgan davlat organlari maxalliy 
davlat organlari xisoblanadi. 
Unitar davlatmamuriy-xududiy birliklarning chegaralari markaziy 
organlari tomonidan qabul qilingan. Qonunlar asosida o’zgartiriladi va buning 
uchun maxalliy davlat organlari yoki axoli roziligi talab qilinmaydi. Davlat 
organlari faoliyatlarini markazdan taminlaydigan maxsus vakili (gubernator, 
komissar, xokim va xokazo) nazorati asosida amalga oshiradi. 
Federativ- lotincha “federal” – ittifoq bo’lib mustaxkamlash- davlat 
tuzumini shakllaridan biri. Federativ davlatlar murakkab tuzilishga ega davlatlar 
deb xam yuritiladi. Buning boisi shundaki federativ davlatodatda davlatlarning o’z 
siyosiy mustaqilligin ixtiyoriy ravishda va muayan doirada cheklanishi yuli bilan 
ittifoqqa birlashuvi natijasida yuzaga keladi. 
Keyingi 50 yilda dunyo siyo1siy kartasida g’oyat murakkab siyosiy- 
ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga boyligi bilan ajralib turadi, ikkinchi jaxon urushidan 
sung dunyo 2 yirik sistemaga bo’linadi (kapitalistik va sotsialistik) kuplab xarbiy-
siyosiy ittifoq va bloklar yuzaga keladi. Shuningdek dunyo siyosiy kartasida 2 
jaxon urushidan sung o’ziga xos bosh “qaynoq nuqtalar” vujudga keldi- Yaqin 
Sharqda (İsroil davlatining 1949 yil tashkil topishi va Falastin muammosi, 
Xindixitoy yarim orolida Vetnam, Kampuchiya) Koreya yarimorolida (KXDR va 
Koreya respublikasi urtasida) Afrika va Lotin amerikasi xududlari. Bu xududlarda 
shu xududdagi mamlakatlargina emas balki kuplab boshqa mamlakatlar 
manfaatlarining xam tuqnashuvi yuz berdi. 

Dunyo siyosiy kartasida 80 yillarning urtalaridan boshlab xalqaro 
munosabatlarda yirik davlatlar (sobiq SSSR, AQSh, GFR, Buyuk britaniya, 
Frantsiya, Yaponiya, İtaliya) o’rtasida kuch ishlatishdan o’zaro bir-birini tushunish 
va o’zaro xamkorlik tomon yuz tutishi yani “sovuq urush” siyosati o’z urnini 
xalqaro xavfsizlik va tinchlikni saqlash siyosatig bushatib beradi.  
Dunyo siyosiy kartasida Germaniyaning yagona davlat bulib birlashuvi, 
sotsialistik tizimni yagona davlat bulib birlashuvi sotsialistik tuzilishi va SSSrning 
tarkalishi, yangi mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi, Varshava shartnomasining 
tarkab ketishi bilan NATOning siyosiy ittifoqqa aylanishi kabi ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar katta voqelikka aylandi.  
KEyingi yillarda xalqaro munosabatlar tizimi yuzaga kelgani 100 dan 
ortq mintaqaviy mojarolar, kelishmovchiliklarni siyosiy yullar bilan xal qilishda 
xalqaro xamjamiyat BMTning bevosita tashabbusi bilan markaziy Amerikada 
(Nikaragua, Salvador) Afrikaning janubida (Namibiya va Angola) Janubi-Sharqiy 
Osiyodan (Kampuchiya) qarama-qarshiliklar siyosiy yullar bilan xal qilindi., 
chunki mintaqalardagi milliy etnik, urug’-aymoqchilik, diniy ekstremistik guruxlar 
orasidagi o’zaro kurashlarga xalqaro jamiyatning (BMT doirasida aralashuvi 
zaruriyatga aylandi. Birgina 1988 yilda BMT tinchlikni saqlash maqsadida 30 ga 
yaqin operatsiyalar utkazdi. 
Ayni vaqtda XXI asr boshlarida xam xali er sharining turli nuqtalarida 
“qaynoq xududlar” Afg’oniston, Tojikiston, Checheniston, Bolqon yarimoroli, 
Yaqin Sharq, Xindixitoy yarimoroli Afrikada mavjudligi dunyo xalqlarini 
xushyorlikka undaydi va o’z kuch va g’ayratlarini tinchlik maqsadlarida 
birlashtirishni taqozo qiladi.) Shunday qilib dunyo siyosiy kartasida davrning 
o’ziga xos oynasi bo’lib xalqaro xayotning siyosiy-iqtisodiy ijtimoiy va boshqa 
tomonlarini ifoda etadi. 
Bu gurux mamlakatlarida XX asr 80- yillarning urtalaridan boshlab 
dastlab Polshada so’ngra Sharqiy Evropaning boshqa mamlakatlari va 90- 
yillarning boshlaridan SSSR va Yugoslaviyada yirik siyosiy iqtisodiy ijtimoiy 
xayotda katta tarixiy o’zgarishlari boshlandi, 90- yillarning oxiriga kelganda 
Polsha, Chexiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya va O’zbekistonda amalga 
oshirilgan iqtisodiy isloxotlar o’zining natijasini berdi va iqtisodiy ijtimoiy xayotda 
sezilarli o’zgarishlar barqaror iqtisodiy sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda 
shaxarlar tez rivojlandi. Chunonchi XVII asr boshlarida Londonda 200000, Parij 
va Neapolda 300000 dan ortiq axoli yashay boshladi. Axolining migratsion 
xaraktlari kuchaydi. Bu jarayonlar Evropa mamlakatlaridan Angliya, Niderlandiya, 
Frantsiyaga ozroq İtaliya,  İspaniya, Germaniyaga xos bo’lib Osiyo, Afrika, 
shimoliy va janubiy Amerika, Avstraliya va Okeniyada ishlab chiqarish kuchlari 
taraqqiyoti past darajada qolaverdi. 
Natijada Evropa jaxon xujaligida etakchi mavqega ega bulib qoldi va 
bugungi sanoatlashgan qiyofa uchun asos solindi. Evropaning bu davrda jaxon 
xujaligida etakchi mavqeiga ega bo’lishiga va buyuk geografik kashfiyotlarda 
asosiy  rol uynashga quyidagi shart-sharoitlar:  
1.
 
İqtisodiy, yani tovar-pul munosabalarining shakllanishi 

2.
 
İjtimoiy-yangi erlarni ochish va uzlashtirish uchun malakali 
mutaxassislar mavjudligi 
3.
 
Texnik krovellanishi, kompas va kartalarning yaratilishi 
4.
 
ilmiy-tabiiy fanlardagi yutuqlar 
5.
 
Tarixiy geografik kashfiyotlar 
(Amerika  Yangi Dunyoning kashf etilishi) jaxon siyosiy kartasining va 
jaxon xujaligining shakllanishiga kuchli tasir kursatadi. Buyuk geografik 
kashfiyotlar oqibatida İspaniya-Amerikada, Portugaliya va Gollandiya-Osiyoda 
dastlabki mustamlaka-qaram xududlarga ega bo’ldi. Mustamlakalardan Evropaga 
qimmatbaxo metallar shakar, choy va boshqa “mustamlaka maxsulotlari” keltirildi. 
Asosiy savdo yullari Atlantika va Xind okeaninng ichki dengizlaridan o’tdi. 
Evropada-Lissabon, Sevilya, Antverpen va Amsterdam kabi yirik port shaxarlar 
yuzaga keldi. Geografik mexnati, taqsimoti yanada chuqurlashdi.  
Rivojlanayotgan mamlakatlar-odatda iqtisodiy geografik xolatlariga 
kura mintaqalar buyicha guruxlashadi. Taxlil qilish maqsadlarida ular faol tulov 
balansiga ega mamlakatlarga va kapital import qiluvchi mamlakatlarga bulinadi. 
Kapital import qiluvchi mamlakatlar o’z navbatida energo resurslarini eksport 
qiluvchi va energo resurslarini import qiluvchi mamlakatlarga bo’linadi. Energo 
resurslarini eksport qiluvchi mamlakatlarda dastlabki energo resurslarini ishlab 
chiqarish (Toshkumir, Magniy, Neft, gaz, gidro va atom energetikasi) o’zining 
extiyojlaridan kamida 20,0 % ortiqroq bulishi lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
safida faol tulo balansiga ega, energoresurslarini import qiluvchi keyingi yillarda 
tayyor buyumlarni katta muvaffaqiyat bilan eksport qiluvchi Osiyo mamlakatlari 
va xududlar (Syangan, Koreya respublikasi, Singapur va Tayvan) mavjud. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida keyingi yillarda chuqur iqtichodiy 
tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Ularni bugungi kunda 3 ga ajratish mumkin. 1 
guruxni sanoati rivojlangan mamlakatlar- yangi industrial mamlakatlar guruxi 
tashkil qiladi. Bunga – Argentina, Braziliya, Syangan, Koreya, Meksika, Singapur, 
Tayvan va Turkiya kiradi. Oraliq guruxga yalpi ijtimoiy maxsulot, sanoat ishlab 
chiqarish va xizmatlar kursatish buyicha sezilarli darajada orqada bulgan Yaqin 
Sharq mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning tarmoq tarkibi 
axolisining ijtimoiy qatlamlari va jamiyatdani xolati g’oyat turlichadir. 
Xozirgi kunda dunyoning turli nuqtalarida o’zaro er talashish, 
millatchilik, mustaqillik uchun kurashish kabi katta-kichik janjallar bulib turibdi. 
XX asrning boshiga kelib bunday “qaynoq xududlar” Afg’oniston, Tojikiston, 
Checheniston, Yugoslaviya, Yaqin Sharq, Xindiston, Pokiston, İroq, Xindixitoy 
yarimorollari mavjud. 
Xususan Afg’onistonda tolibonlar xarakati xukumat uchun kurashib va 
bunga AQShnin aralashuvi natijasida bu mamlakatda tinchlik qaror topmoqda. 
Tojikistonda xam shunga uxshash nizolar. Chechsenistonda esa Rossiya tarkibidan 
ajralib chiqishi uchun kurashlar olib borilyapti. 1996 yildan boshlab XXI asr 
boshlarigacha Yugoslaviya tarkibidagi millatlarni o’zaro mustaqilligi uchun 
kurashishi natijasida 4 ta kichik davlatlarga ajralib ketishi: 
1. Xorvatiya; 2. Serbiya-Chernogoriya; 3. Bosniya Gertsegovina; 4. 
Makedoniya. 

Yaqin Sharqda G’azo sektorida yuz berayotgan mamlakatlar mojarolari 
İsroil va Falastin orasidag Quddus shaxrini talashi bo’layotgan urushlar va 
Xindiston va Pokiston orasidagi Kashmir vodiysi uchun bulayotgan nizolar xudud 
talashi uchun misol bulaoladi. 2003 yilda aprel oyida esa AQSh va İroq orasidagi 
sovuq urushlar dunyodagi Baxsli xududlarni eng qaynoq xududlariga aylanadi. 
Bunday xududlarni majudligi xalqlarni xushyorlikka undaydi. Ayniqsa xozirgi 
diniy ekstremizm va terrorizm avj olayotgan vaqtlarda xushyorlikka katta etibor 
berilib xavfsizlik choralarini kurilib turli xil nizolarga yul ochib bermaslik lozim, 
aks xolda baxsli xududlarni soni yanada ortib ketishi jarayoni sodir bo’ladi.  
XX asr oxirgi o’n yilligida dunyo siyosiy kartasida misli kurilmagan 
siyosiy ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. 130 yildan ortiq mustamlaka 
azobini tortgan o’zbek xalqi davlat mustaqilligini qulga kiritdi. 1990 yil 24 mart 
kuni respublika oliy kengashi 1 sessiyasida O’zbekistonda prezidentlik lavozimini 
tasis etish xamda O’zbekiton SSR konstitutsiyasi (asosida qonuni)ga o’zgartirish 
va qushimchalar kiritish to’g’risida qonunni qabul qildi. Ushbu sessiyada İslom 
Karimov O’zbekistonning birinchi prezidenti etib saylandi. O’zbekistondagi 
mustaqillik tarixi mamlakat prezidenti İ.A.Karimov nomi bilan bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan 
iborat; mafkuraviy qarashlardan qatiy nazar xamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Davlatlararo aloqalarda tinch xuquqlik 
va o’zo’aro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarini ustunligi tashqialoqalarni 
ikki tomonlama xam kup tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat 
bilan yaqinlashishi xisobiga boshqasi bilan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning 
jaxon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi 
siyosati, uni jaxonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishi taminlandi. 
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 ta davlat tan 
oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik-siyosiy , iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy aloqlar o’rnatildi. Toshkentda 35 dan ortiq mamlakatning elchixonasi 
ochildi. Bular jumlasiga AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, 
Xindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek O’zbekistonda 88 
ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat 
kurssatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortq davlatlar- AQSh, Turkiya, Germaniya, 
Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari ishlab 
turibdi. 
O’zbekiston jaxon xamjamiyatiga qushilishi xalqaro tashkilotlar bilan 
xamkorlik qilish yulidan bormoqda. 
1992 yil 29 yanvarda BMT xavfsizligi kengashi o’zining 737-qarorini 
ovozga quymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O’zbekiston Respublikasini 
BMTga qabul qilishni tavsiya etdi. 1992 yil 2 mart BMT Bosh Assambleyasini 46 
sessiyasida O’zbekiston ovozga quyilmasdan yakdillik bilan maqullash asosida 
BMTga qabul qilindi.  
1992 yil 26 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti İ.A.Karimov 
mustaqil davlat nomidan Evropada xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti (EXXT)ning 

xujjatini imzoladi. 1992 yil sentyabrda O’zbekiston  parlamenti eng kuxna xalqaro 
tashkilotlardan biri-Parlamentlararo İttifoqning 119 azosi bo’ldi.  
1993 yil yanvarda O’zbekiston Parlamenti Evropada xavfsizlik va 
xamkorlik tashkiloti (EXXT) Parlament Assambleyasining azosi bo’ldi. Bu 
xalqaro tashkilot nafaqat Evropada balki butun dunyoda davlatlararo 
muammolarini jamoa bo’lib xal etishda muxim o’rin egallaydi. 
O’zbekiston BMT nizomi xalqaro xuquqiy meyorlarini davlatlararo 
muomala qoidalarini shuningdek BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlarning 
talablariga rioya qilishi bildiriladi. Mamlakatimiz jaxon xamjamiyatining to’la, 
teng xuquqli azosi bo’ldi. 
İ.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentyabrda bo’lgan 
48 sessiyasida ishtirok etdi va 28 sentyabrda nutq suzladi. Jaxon xamjamiyati 
etiborini O’zbekiston Respublikasi nomidan bir qator takliflarga qaratdi: 
-O’rta Osiyoda xavfsizlik, xamkorlik va xamkorlik masalalari bo’yicha Toshkentda 
BMTning doimiy ishlovchi seminarini chiqarish. 
- BMT xavfsizlik kengashi xuzurida yuzaga kelayotgan xalqaro mojarolarni taxlil 
qilish. 
- O’rta Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb elon qilish. 
- O’rta Osiyo mintaqasida kimyoviy va bakteriologik qurolni tarqatmaslik ustidan 
xalqaro nazorat urnatish. 
- Narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish.   
O’zbekiton tashqi siyosatining asosiy ustivor yunalishlari quyidagilardir: 
-Mustaqil Davlatlar Xamdustligi va Boltiqbuyi mamlakatlari bilan bevosita va 
kup tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustaxkamlash; 
-Mustaqil O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston bilan dustona, qardoshlik 
munosabatlarini mustaxkamlash, ular bilan qalin ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish ilmiy va madaniy 
xamkorlikni kengaytirish; 
-Sharqiy Evropadagi davlatlar bilan shakllangan aloqalarni mustaxkamlash, 
ular tomonidan texnologik asbob-uskunalar va extiyot qismlar, dori-
darmonlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni etkazib berishdan O’zbekiston 
qanchaplik manfaatdor bo’lsa, paxta tolasi va boshqa resurslarimiz bu 
mamlakatlar iqtisodiyoti uchun muxim axamiyatga egadir. 
-İslom davlatlari bilan savdo-sotiq, turizm va boshqa aloqalarni yanada 
rivojlantirish va chuqurlashtirish, Xitoy va Xindiston kabi buyuk davlatlar 
bilan samarali aloqalarni kengaytirish; 
-Janubi-Sharqiy Osiyodagi yangi industrial mamlakatlar bilan teng xuquqli 
munosabatlarni yulga quyish asosida ularning sarmoyalarini sanoat, qishloq 
xo’jaligi, transport tizimi, infratuzilmalariga, ilm-fanga jalb qilish. 
-Orolni va Orlbuyini qutqarish. 
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi. 
O’zbekiston Respublikasi va BMTning raxbarlarining say-xarakatlari natijasida 
BMTning Toshkentda vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning taraqqiyot dasturi 
qochoqlar ishi bo’yicha Oliy Komissarligi, Jaxon Sog’liqni Saqlash tashkiloti, 
Axolini joylashtirish jamg’armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, 

sanoat taraqqiyot dasturi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga olgan 
xolda ishlay boshladi. 
O’zbekistonning jaxon xamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT 
doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan xamkorlik muxim axamiyatga ega. 
1993 yil 29 oktyabr YuNESKOning Parijdagi qarorgoxida O’zbekiton 
YuNESKOga azolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. Xiva va Buxoro 
YuNESKOning jaxon va madaniy qadriyatlari ruyxatiga kiritildi. Bu ruyxatda 411 
ta obekt bor.  
O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jaxon xamjamiyatmiga qushildi, 
xalqaro va mintaqaviy muammolarni xal qilishda, umumiy va mintaqaviy 
xavfsizlikni mustaxkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga 
kutarildi. (Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili: T.”Sharq” 1999yil G’arbiy) AQSh, 
G’arbiy Evropadagi iqtisodiy rivojdlangan mamlakatlar- GFR, Buyuk Britaniya, 
Frantsiya,  İtaliya, Daniya, Shveytsariya, Finlyandiya, Norvegiya, İspaniya, 
Portugaliya, Gretsiya va boshqa davlatlar bilan teng xuquqli o’zaro xamkorlikni 
yangi imkoniyatlarini ishga solish, ularni zamonaviy texnologiyalari, 
investitsiyalarini sanoatning etakchi soxalariga jadb qilish, bank moliya tizimi 
mutaxassislarini tayyorlash, axborot tarmoqlarini yulga quyish, jaxonning etakchi 
birjalari bilan xalqaro aloqa urnatish, xorijiy qonunchilik tajribalarini o’rganish. 
Ko’rinib turibdiki xaqiqatdan xam,  XX asr oxirida mamlakatimiz 
Prezidenti  İ.A.Karimov takidlaganidek “duneyo xaritasida jaxon xamjamiyati 
tomonidan tan olingan yangi davlat- O’zbekiston Respublikasi” paydo buldi. 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling