O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq


Mavzu: İlmiy texnika inqilobi. Jaxon xo’jaligi rivojlanishiga tasiri


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Mavzu: İlmiy texnika inqilobi. Jaxon xo’jaligi rivojlanishiga tasiri. 
REJA :  
1.
 
İlmiy texnika inqilobining mohiyati va xarakterli xususiyatlari, asosiy 
yo’nalishlari.  
2.
 
İTİning tarkibiy qismlari.  
3.
 
İTİ va xo’jalikning tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar.  
4.
 
İTİning ishlab chiqarish kuchlarini joylashishiga tasiri va iqtisodiy 
o’sishning asosi ekanligi.  
5.
 
İTİning xo’jalikni o’sish suratlari va rivojlanish darajasiga tasiri.  
6.
 
İTİ va atrof muxit muammosi. 
İjodiyotning butun madaniyat taraqqiyoti ilmiy texnika progressi bilan 
chambarchas bog’liq bo’lib, fanda va texnikada yuz bergan evolyutsion jarayonni 
ifodalaydi. Uning evolyutsion yo’l, ilmiy evolyutsion va inqilobiy yo’llari mavjud 
inqilobiy yo’l mutlaqo fan texnika va ishlab chiqarishdagi, yani sifat 
o’zgarishlarini ifodalaydi. Xuddi shunday sifat o’zgarishlari XX asrning 50 
yillarining o’rtalaridan boshlaydi va İTİ nomini oldi.  
 İTİ ishlab chiqarish kuchlarining muxim sifat o’zgarishlarini yaratish 
bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishini, shuga mos ishlab chiqarishning 
moddiy texnika bazasidagi sifat o’zgarishlarini ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab 
chiqarish kuchlari tarkibi, mexnat xarakterini o’zgarishlarini ifodalaydi.  
 İTİ tarixan o’zgarishlari quyidagilarda ifoadalangan:  
 a) Evropaning bir qator mamlakatlaridagi XVIII-XIX asrlarda manfaktura 
bosqichidan, fabrika zavod bosqichiga o’tish jarayoni yoki «Birinchi sanoat 
inqilobi», XIX asr o’rtalarida boshlangan fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuga 
aylanishi ki «İkkinchi sanoat inqilobi».  
b) XX asr oxirgi o’n yilligidan boshlangan fanda, texnikada va jamiyatdagi 
tub sifat o’zgarishlarini ifodalovchi uchinchi sanoat inqilobi yani «pos-industriya 
inqilobi».  
 Bugungi  İTİning 18-19 asrdagi sanoat inqiloblaridan bir muncha farqi bor. 

Barcha jabhalarni qamrab olganligi. Agar sanoat inqilobi faqat sanoat, 
taransport va aloqada yuz bergan bo’lsa, İTİ kup tarmoqli bo’lib ishlab chiarish va 
istemolchi, turmush va madaniyatni xamda inson psixalogiyasini xam qamrab 
olganligi. Shuning uchun uni raisi AES, EXM kosmik kemadir. 
 
İTİ tuzimdan ibrat bo’lib, inson faoliyatini qamrab olgan, bu mano tuzimni 
4ta kichik tuzimga ajiratish mumkin. 
 
A) Fonda amalga oshib davom etayotgan tabaqalanish jarayoni 
integratsiyani tugatilishiga olib keldi va endi fanlarni biofizika, bu texnalogiya, 
geotin. 
B) jamiyatning tabiatga tasirini kuchaytirishi. 
V) İshlab chiqarishda va moddiy turmush sharoitini  
Yaxshilanishida. 
 
G) boshqarishda qaysini, ishlab chiqarish va istemolda samarali yo’l 
bo’lmoqda. Bugungi kunda boshqarishnazariyasi (axborot nazariyasi) vjudga keldi.  
 
İTİ keng qamrovli va universal bo’lib, to’rtta bosh xususiyatga ega:  
 
1. Keng qamrovli va universallik.  
 
İTİ iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha tarmoq va shalarini mehnat 
xarakteri, turmush va inon psixologiyasini juda tez o’zgartirmoqda. Agar yaqin 
vaqtilarga qadar uning ramzi EHM, raketa, atom elektrostantsiyalari, rabototexnika 
bo’lsa, bugungi kunda ekologik muammolar echimlarini shlab chiqarish, ishlab 
chiqarishda berk texnologik tizimni yaratish, axborotlar texnologiyasi va insoning 
o’zini saqlab qolishdan iborat o’blib qolmoqda. İTİ nafaqat er sharini, balki, 
kosmik kenglik va dunyo ekeanini ham qambrab oldi.  
 2. 
İlmiy texnik o’zgarishlarning xaddan tashqari tezlashuvi.  
 
İlmiy tadqiqot va konstruktorlik byurolaridagi ixtiro va kashfiyotlarning 
ishlab chiqarishga tadbiqining tezlashuvi natijasida maxsulotlarning doimiy 
yangilanib borishi va turlarining to’xtovsiz ko’payishi yuz bermoqda.  
 
3. Yuqori malakabiy mexnatga bo’lgan talab va extiyojning ortishi.  
 
 
Mexnatning tobora intellektual xarakter kasb etishi natijasida mehnat 
resurslarining ixtisosiy va malakaviy tuzilishida iqtisodiyotning tarmoq tarkibidagi 
o’zgarishlariga mos jarayonlar yuz bermoqda.  
 
4. Deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga 
o’tayotgan, xatto rivojlanayotgan mamlakatlarda xam XX asrning 80-yillaridan 
boshlab ilmiy tadqiqot, konstruktorlik tajriba ishlariga bo’lgan extiyojning 
kuchayishi «İlm talab» sohalarning kengayishi fan shaharlari va markazlarini 
yuzaga keltirdi.  
 
İTİning asosiy yo’nalishlari 1-energetika bazasida, 2-mexnat vositalarida, 3-
mexnat predmetlarida va 4-mehnat vositalarida yuz bermoqda.  
 
Bugungi energetika sanoati tarmog’i juda murakkab tizimdagi va qator 
kichik tizimlardan iborat.  
 
Ёqilg’i energetika kopleksi xo’jaligining rivojlanishi, tarkibi va darajasiga 
kuchli tasir ko’rsatdi. Energetika bilan juda ko’plab muammo, birinchi navbatda 
energiya bilan taminlash muaommasi turadi. Jaxon energetika resursi juda katta. 
Akademiklar Krillin V.N. va Shkolnikov N.V. baxosiga qaraganda ananaviy 
yoqilg’ilar o’tin, ko’mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanets 12,5 trln yoqilg’idan 

iborat. Bugungi jaxon energiya istemol qilish darajasi o’rtacha yiliga 11-12 mlrd. 
T.Sh.E.B teng bo’lsa, 1000 yilga etadi. Gidroenergi resurslarining potentsial 
zaxirasi esa 33 trli kvts bo’lib, uning 1/10 qismi foydalanilmoqda xolos. Ammo 
shu narsa xarakterliki, XX asr 70 yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy jixatdn 
rivojlangan mamlakatlarda, so’ngra sobiq satsnalistik mamlakatlarda energiya 
qashshoqligi ko’zga tashlanib qoldi. Chunki bugungi texnika imkoniyatlari mavjud 
energiya resurslarining faqatgina 1/3 qismdan foydalanish imkoniyatini beradi 
xolos. Ko’pgina mamlakatlarda energo resurslarni qazib olish sharoiti tobora 
murakkablashmoqda. Oldin energo resurslardan foydalanish koeffitsienti 30% dn 
oshmas edi. Jaxon bo’yicha energiya istemol qilish darajasi esa har 15-18 yilda 2-
marta oshmoqda. XXI asr boshlarida 20-25 mlrd t.e.b ortishi mumkin. Natijada 
ko’pgina ming yillar to’g’risidagi bashoratlar kuchga chiqadi va energoresurslar 
zahirasi 100-200 yilga etadi xolos.  
 
Keyingi vaqtda jaxon enegietikasida mutlaqo yangi energiya atom 
energiyasidan foydalanish imkonini ochdi. 1960 yil dunyo mamlakatlari bo’yicha 
20 AES bergan quvvati 1 mln kvt bo’lsa, 1980 yil AES bergan quvvati 200 mln 
kvt, 1990 yil 300 mln kvtga etdi. XX asr boshlarida 10-15 marta ortishi 
kuzatilmoqda.  
 
Shuningdek, alternativ  energoresurslr gazsimon yoqilg’i olish, bitumlashgan 
qumlardan Kanada geotermal (A+Sh, Rossiya. İtaliya, Yangi Zelandiya, Meksika, 
Yaponiya,  İspaniya) dengiz suvini ko’tarilishi va qaytishi (Farntsiya, Rossiya) 
uquyosh va shamol energiyasidan foydalanish, vodoroddan yoqilg’i sifatida 
foydalanish, istiqbolda boshqariladigan termoedro sintezi orqali insoniyatni elektr 
energiyasi bilan to’la taminlashga qaratilgan edi.  
 
Mexnat vositalarini o’zgarishda evolyutsion yo’l mexnat vositalarini 
takomillashtirish va ixchamlashtirishdan iborat. Bu ishlab chiqarish kontsent 
ratsiyasida yaqqol ko’rinadi. Sanoat va energiya bloklari quvvatini oshirish (3-4 
mln kvt) domna pechlar xajmining ortishi 4,5 ming kub metr, metallurgiya 
kombinati quvvati (10-15 mln tonna po’lat eritish) ortishi mashinalar majmuasini 
yaratish va maxsulotlarni kichiklashtirish yoki transportda-transport vositalarini 
yuk ko’tarish quvvatini oshirishi bilan bog’liq.  
 
Mehnat vositalarini o’zgartirishdagi inqilobiy yo’lning bosh yo’nalishi 
EHMga asoslangan avtomatlashtirishni rivojlantirishidir.  
 
Mehnat predmetlari ishlashdagi evolyutsion yo’l, «Ananaviy» predmetlarni 
ishlatish bilan bir qatorda elektronika erim o’tkazgich texnikasini rivojlanishi bilan 
bog’liq. Kosmik texnika sanoatini rivojlanishi bilan engil metallar, magniy, litiy, 
beliliy keng ishlatilmoqda. 
 
 
Mehnat predmetlarini o’zgarishdagi inqilobiy yo’l mutlaqo engil suniy va 
sintetik materiallarni ishlatish bilan bog’liqdir. Atom energiyasi, reaktiv 
samolyotsozlik, kosmik texnika, radio, elektronika sanoatining tez rivojlanishi 
mutlaqo sifat jixatidan keng materiallariga bo’lgan talabni yuzaga keltirmoqda 
(plastmassa, kimyoviy tela, suniy kauchuk). Tabiiy buyumlarni foydalanishdagi 
suniy buyumlarga o’tish İTİning jaxon olami xususiyatlaridan biridir.  
 
Jaxonda bir kecha million kishi ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug’ullanadi. 
AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy 

salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlar xisoblanadi. Shularning ichida AQSh juda 
katta ilmiy saloxiyatga egaligi bilan keskin ajratib turadi. Mazkur mamlakatda 3 
mln ga yaqin yoki axolining xar 10 mingtasiga xisoblaganda, 113 kishi ilmiy 
tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. İlmiy tadqiqot va tajribakonsruktrlik 
ishlariga ajratilgan xarajatlarning xajmi bo’yicha (140 mlrd dollar ajratadi) AQSh 
dunyoda birinchi o’rnini egallaydi.  
 
İlmiy texnika inqilobining to’rt tarkibiy qismlari mavjud.  
 
1. Fan. 2.Texnika va texnologiya. 3.İshlab chiqarish. 4.Boshqarish.  
 
1. Fan va ilm talab sohalarning o’sishi.  
 
İTP sharoitida fan murakkab bilimlar majmuasiga aylandi. Dunyo bo’yicha 
ilmiy xodimlar 5,5 mln kishidan iborat bo’lib uning 9/10 qismi bizning 
zamongdoshlarimizdir.  İshlab chiqarish suratlarining rivojlanib borishi bilan ilm 
talab sohalar yani fan va ishlab chiqarish aloqalari chuqurlashmoqda. Ammo 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ilm 
talab sohalarning rivojlanganlik darajasidagi farq kattadir.  
 
Dunyo bo’yicha ilmiy maxsulotlarni ishlab chiqarishning 80% dan ortig’i 10 
ta mamlakat xissasiga to’g’ri kelsa, rivojlanayotgan mamlakatlar xissasiga dunyo 
bo’yicha ilmga bo’lgan xarakatning 4,5% to’g’ri keladi, xolos.  
 
2. Texnika va texnologiya – rivojlanishning ikkinchi yo’li. Yangi texnika va 
texnologiyani ishlab chiqarishga qo’llashdan asosiy maqsad ishlab chiqarish 
samaradorligini va unumdorligini oshirishidan iboratgina bo’lmay, balki 
resurslarni tejash va atrof muxitni muxofaza qilishdan xam iborat bo’lib bormoqda. 
Natijada iqtidiy rivojlangan. Mamlakatlarda XX asr 70 yillaridan boshlab, keng 
suratda ikkilamchi maxsulotlarni (metallom, makalatura, va boshqalar) foydalanish 
texnologiyalari keng qo’llanilmoqda.  
 
İTİ sharoitida texnika taraqqiyoti va texnologik  jarayonlarini rivojlanishi 
ikki yo’l yani evolyutsion va inqilobiy yo’nalishlarda bormoqda.  
 
a) Evolyutsion yo’l ishlab chiqarish quvvatlarining (unumdorligining) 
mashina va jixozlar quvvatining ortishi, transport vositalari yuk ko’tarish 
qobiliyatning o’sishi bilan bog’liq.  
 b) 
İnqilobiy yo’l – texnika va texnologiyalardagi mutlaqo, yagi sifat 
o’zgarishlaridan iborat (mikroelektronika  lazer texnikasi va boshqalar).  
 3. 
İshlab chiqarishning olti bosh yo’nalishi. Tİ sharoitida ishlab chiqarish 
olti yo’nalish bo’yicha rivojlanmoqda.  
 
Birinchi yo’nalish – elektronlashtirish bo’lib inson xayotini elekron 
xisoblash mashinalari bilan to’ldirishdir.  
 
Bu yo’nalish tufayli ishlab chiqarish texnologiyasida juda katta o’zgarishlar 
yuz bermoqda. Elektronlashtirish insonning turmush tarziga maorif va sog’liqni 
saqlash, xizmat ko’rsatish sohalariga juda tez kirib bormoqda. U sanoatning eng 
ilmtalab sohasidir. A+Sh, Yaponiya va RFR dunyodagi eng yirik EXM parkiga 
egadir.  
 
İkkinchi yo’nalish kompleks avtomatlashtirish bo’lib 50-yillarning 
o’rtalaridan JXMning 1-avlodi yuzaga kelishi bilan boshlangan.  
 
Kompleks avtomatlashtirishdagi sifat jixatidan yangi bosqich    70-yillarida 
mirok EXM, mikroprotsessorlarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 

sohalariga tadbiqi bilan bog’liq. Xilma-xil elektron mexanik manipulyatorlar va 
robototexnika yangi bosqichda ishlab chiqarish, zavod avtomatlarni yuzaga 
keltirdi. Dunyoda eng yirik sanoat robotlari Yaponiya, A+Sh, GFR, İtaliya va 
Frantsiyada yaratilmoqda.  
 
Uchinchi yo’nalish – energetika xo’jaligini tubdan o’zgartirish bilan bog’liq 
bo’lib yoqilg’i energetika majmuasi tarkibini takomillashtirish, yoqilg’i tejash 
texnologiyasiga asoslangan tizimlarni shakllantirishdan iborat. Ammo 
energetikasidan foydalanish muammosi va AESlarni rivojlantirish, kun tartibidagi 
keskich masala. 1990 yil boshlarida dunyo bo’yicha 250 ta AES bo’lib uning 
asosiy qismi A+Sh, Farntsiya, GFR va Rossiya xamda Ukrainada joylashgan.  
 
To’rtinchi yo’nalish – yangi materiallar ishlab chiqarish bilan bog’liqdir. 
Chunki, bugungi ishlab chiqarish tizimi materiallarga matlaqo sifat jixatidan yangi-
yangi talablarni qo’ymoqda. İshlab chiqarish va ilm talab soxalarda tobora ko’proq 
kopozitsion materiallar, yarim o’tkazgichlar, keramik materiallar, optik masalalar 
«XX asr metall»lari ishlatilmoqda va bu jarayon kuchayib bormoqda.  
 
Beshinchi yo’nalish – io texnologiyaning tez rivojlanishi bo’lib, XX asr 70-
yillarida yuzaga keldi va g’oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. 
Biotexnologiya va bioindustriya nozik ilmtalab sohalaro tarkibiga kirib, A+Sh, 
Yaponiya, GFR, Yaponiya,  va Farntsiyada rivojlangan.  
 
Oltinchi yo’nalish  - kosmoslashtirishdir. Kosmonoavsikaning gurkirab 
rivojlanishi eng yangi va g’oyat ilm talab aerokosmik sanoatni yuzaga keltirdi. 
Aerokosmik sanoat o’z navbatida bu tarmoq bilan bog’liq yangi (nokosmik 
tarmoqlarning yangi mashina va jixozlar asboblar eritmalar va boshqalar) kosmik 
texnologiya va kosmik ershunoslikning xamda fundamental fanlararo 
tadqiqotlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Shu bilan birgalikda ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash elektrlashtirish va kimyolashtirish sifat 
jixatidan yangi bosqichga kirdi.  
 
4. Boshqarish iqtisodiy ijtimoiy xayotning xamma jabxalarida sifat jixatidan 
yangi bosqichga «Axborotlar industriya»siga qadam qo’ydi. Bosim qarshi bilan 
bog’liq axborot exnikasi va texnologiyalari yuzaga keldi. Ayni vaqtda boshqarish 
ishlab chiqarish kuchlarining joylashishiga xam tasir etmoqda. Chunonchi, XX asr 
80 yillaridan boshlab ko’plab ilm maktab soxalar axborotlar tizimi rivojlangan 
shahar va shahar aglomeratsiyalarda joylashmoqda.  
 
İTİ moddiy ishlab chiqarish tarkibida muxim o’zgarishlarga olib keldi va 
dunyo bo’yicha 1 mlrd kishini band etmoqda. İjtiomiy mexnat taqsimotida yuzaga 
kelgan xo’jalikning tarmoq tarkibi İTİ sharoitida chuqur diversifikatsiyaga uchradi. 
Yangi tarmoqlar, kichik tarmoqlar tarkibi va ishlab chiqarish turli xarakter kasb 
etdi. İTİ tasirida tarmoq tarkibidagi o’zgarishlarni  3 ga bo’lish mumkin.  
1.
 
Makrotarmoqdagi  
2.
 
Mezotarmoqdagi  
3.
 
Mikrotarmoqdagi o’zgarishlar.  
Xo’jalikning makrotarmi yirik xalq xo’jaligi proportsiyasidagi o’zgarishlarni 
ifodalaydi va 3 ta yo’nalishga egadir.  
 Birinchi yo’nalish – moddiy ishlab chiqarishda sanoat xissasining doimiy 
ortib borishi bilan belgilanadi. Sanoat tarmoq tarkibidagi esa ishlov beruvchi 

sanoat xissasi doimiy ortib bormoqda. Yani bugungi unda bu tarmoqga sanoat 
maxsuloti qiymatining 9/10 qismi to’g’ri keladi.  
 İkkinchi yo’nalish iqtisodiyotga noishlab chiqarish sozalari va xizmatlar 
xissasining tobora ortishi bo’lib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon 
yaqqol ko’zga tashlanmoqda. A+Sh, Evropa mamlakatlari Yaponiya va boshqa bir 
qator mamlakatlar yalpi ijtimoiy maxsulotida bu xissa barqaror ortib bormoqda.  
 Uchinchi yo’nalish milliy iqtisodiyot tizimida qishloq xo’jaligi xissasining 
doimiy qisqarishidir. Keyingi yillarda agrosanoat integratsiyasining kuchayishi, 
agrobiznesning rivojlanishligi ishlab chiqarishni industrial asoslarga ko’chishi va 
o’ziga xos sanoat ishlab chiqarishi tizimiga aylanishi yuz bermoqda.  
 +ishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik xissasi ortiq bormoqda. Ziroatchilik 
tarkibida texnika ekinlari, em xashak, sabzavot va meva etishtirish ko’payib 
bormoqda.  
 Transport tizimida, temir yo’l transporti xisasining qisqarishi avtomobil 
dengiz va xavo transporti xissasining ortishi kuzatilmoqda.  
 İqtisodiyotning  mezotarkibidagi asosiy o’zgarishlar sanoatning ikki yirik 
tarmog’i qazib beruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlari o’rtasidagi o’zgarishlardir. 
Bu jarayon qazib beruvchi sanoat xissasining doimiy qisqarishi va ishlov beruvchi 
sanoat xisasining ortigshidir. Sanoat tarkibidangi o’zgarishlar avvalo «Zarbdor 
o’chlik» bilan bog’liq bo’lib bu soalarda İTİning tasiri juda yuqoridir.  
 
Qishloq xo’jaligida ziroatchilik va chorvachilik tarmoqlari transportda 
avtomobil, quvur va havo transporti, tashqi iqtisodiy aloqalarda tayr maxsulotlar va 
investitsiya xissasining ortishi ko’zga tashlanmoqda.  
 İqtisodiyotning mikromatarkibidagi o’zgarishlar g’oyat murakkab va 
tabaqalashgan mashinasozlik va kimyo sanoati uchun xosdir. İTİ tasirida 
mashinasozlik tarkibida elektron jixozlar, aniq elektro texnika, avtomatlashtirish 
jixozlari va asboblari aviakosmik va atom texnikasi, metalllarning qayta 
ishlashning bir qator jixozlari, kimyo texnologik uskunalar xamda mashina 
elektronina va elekrotexnika jixozlari ishlab chiqarish kengayib bormoqda.  
 
Kimyo sanoati tarkibidagi o’zgarishlar plastmassa maxsulotlari, kimviy 
tolalar, bo’yoqlar, dori-darmonlar, yuvuvchi vositalar kosmetika vositalari ishlab 
chiqarishini kengayishi bilan bog’liq.  
Metallurgiya sanoatida kislorod-inventar va elektropech usulida po’lat 
eritish va metalldan foydalanish kengaymoqda. «XX asr metallari»ni eritish 
ko’paymoqda.  
Qishloq xo’jaligida tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar ziroatchilikda 
qimmatbaxo donli ekinlar, texnika ekinlari, sabzavot-meva, chorvachilikda esa 
industrial asoslarga ko’ra parrandachilik va bo’rdoqichilik xissasi ortishida 
ifodalaydi.  
İTİ ishlab chiqarish kuchlarining (ayniqsa sanoat tarmoqlarida) joylashishiga 
kuchli tasir etmoqda. Natijada ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tashkil qilish 
va xududiy tarkib tamoyillari va o’lchovlari xam o’zgarmoqda. İqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda klassik «shtandort» nazariyalarining yangi ijtimoiy — 
iqtisodiy sharoitga moslashuvi yuz bermoqda va uning yangi yo’nalishlari — 

«rivojlanish qutbi» , «regoinal iqtisodiyot» va boshq. talimotlar yuzaga keldi va 
rivojlanib bormoqda. 
İTİ   ishlab   chiqarish   kuchlarini   joylashtirishdagi ' ko’ttgina     klassik     
omillardagi     o’zgarishlarga     va     yangi omillarni   hayotga   tadbiq   etishga   
olib   keldi.   Bu   omillar quyidagilardan iborat: 
Bu jarayon kichik hududlarda ishlab chiqaript tizimlarining to’planishini 
ifodalaydi va ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishiga tasir qiladi. Ayni vaqtda, 
bu aholi joylashishida ham siljishlarga olib keldi. 
50-yillarning oxiriga qadar ishlab chiqarishning hududiy to’planishida ichki 
tarmoqlar umumlashuvi xarakterli bo’lsa, keyinrok ixtisoslashuv etakchi o’ringa 
chiqdi hamda rayonlararo va xalqaro mexnat taqsimoti imkoniyatlaridan to’laroq 
foydalanishga olib keldi,';|' Shuningdek, noishlab chiqarish sohalari turli xizmatlar, 
axborotlar va ilmiy — texnika va tajriba — konstruktorlik ishlari ham ishlab 
chiqarishning hududiy to’planishiga kuchli tasir ko’rsatdi. Hududiy to’planishning 
asosiy shakllari sanoat qo’rg’oni, markazi, rayon xdmda xududiy ishlab chiqarish 
majmualari va sanoat ishlab chiqarish majmualaridir. 
İshlab chiqarishning hududiy to’planishida eski sanoat rayonlari roli ( 
poytaxtlar , yirik shaharlar, ko’mir xdvzalari va boshq.) katta bo’lib, jahon sanoat 
ishlab chiqarishning 3/4 qismini beradi. Ammo, XX asrning 70 — yillari 
o’rtalaridan boshlab ishlab chiqarish va axolining xaddan tashqari hududiy 
to’planishi atrof — muxitga kuchli salbiy tasir eta boshladi. XX asrning 80 — 
yillaridan boshlab ishlab chiqarish va aholining xududiy taqsimlanishida 
markazdan kochma va eski sanoat rayonlarini «engillatish» dan iborat siyosat 
amalga oshirilmoqda. Kichik va o’rta korxonalar, kichik zavod va fabrikalar va 
kichik GES barpo qilish yoki ishlab chiqarishni «miniatyuralashtirish» kuchayib 
bormoqda. Bu yo’nalishlarning to’triligshsh qator mamlakatlar tajribasi xam 
isbotlab turibdi. 
İqtisodiy — geografik (İGH) holat tushunchasi fanga N.N.Baranskiy 
tomonidan kiritilgan. N.N.Baranskiy İGHning mamlakat, rayon va shaharlarga 
nisbatan 4 ta: markaziy; ichki (chekka); uo’shnichilik; va dengiz bo’yi holatini 
asoslab beradi. Dengiz bo’yi holat mamlakatlar ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishiga 
ijobiy tasir etsa, chekka holat salbiy tasir etishi mumkin. Qo’shnichilik holati esa 
mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar bilan bog’liq. Ayni vaqtda mamlakatlar 
o’zlarining İGH yaxshilashlari xam mumkin. Chunonchi, Uzbekiston mustaqillikni 
qo’lga kiritgandan so’ng, amalga oshirayotgan ishlari bunga misol bo’la oladi. 
İndustrlashtirishning dastlabki bosqichlarida sanoatning joylashishiga 
(toshko’mir va temir rudasi havzalari) kuchli tasir ko’rsatgan. İTİ sharoitida bu 
omil tasiri bir muncha susaysada, qazib beruvchi sanoat joylashishida bosh omil 
bo’lib qolmoqda. Eski qazib beruvchi rayonlarda tabiiy resurslarning ozayishi va 
sifatining yomonlashuvi, ularning o’zgartirilishi qiyin, murakkab ekstremal 
sharoitlardagi xududlarga siljishi kuzatilmoqda. Jumladan, Shimoliy rayonlar 20 
mln.km2 bo’lib, buning 11 mln.km2 Rossiyaga karashlidir. İTİ yututushri bu 
hududlarni o’zlashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Shuningdek, kontinental 
shelf mintaqasi (31mln.km2) o’zlashtirilmoqda va dunyo bo’iicha qazib 
olinayotgan neftning 25%, tabiiy gazning 20% to’g’ri kelmoada. Shuningdek, 

Shimoliy dengiz, Karib havzasi, Kanadaning shimoli, Avstraliyaning ichki 
rayonlari, rossiyaning Rarbiy va Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq hududlarini intensiv 
o’zlashtirilishida İTİ shart - sharoit xozirlamoqda. 
İTİ davriga qadar ishlab chiqarishning joylashishida va istemolda deyarli 
etakchi omil sanalsa, mahsulot tannarxiga kuchli tasir qilib belgilovchi mavqeni 
egallagan bo’lsa, transport yo’llarining va transport vositalarining takomillashuvi 
transport xarajatlarini sezilarli qisqarishiga olib keladi. İTİ tufayli yuzaga kelgan 
«transport inqilobi» ishlab chikarishni «resursli hududlar» ga bog’liqligini 
kamaytirdi. Minglab kilometrga cho’zilgan neft va gaz quvurlari, dengiz transporti 
(maxsus yuk ko’tarishga mo’ljallangan tanker va supertankerlar) ishlab chiqarish 
va axolining dengiz bo’ylariga siljishiga tasir ko’rsatmoqda Yaqin va O’rta Sharq 
mamlakatlaridan neft va tabiiy gazni G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport 
qilinishi, Rossiyadan Evropa mamlakatlariga tortilgan neft (Drujba) va tabiiy gaz 
(Bratstvo, Shimoliy yog’du) quvurlari, Meksika qo’ltig’idan AQSh shimoliga 
qadar cho’zilgan quvurlar, va boshqa İTİ gasiridagi transport vositalari 
rayonlararo, mamlakatlararo va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va 
kengayyashiga kuchli tasir etmoqda. 
İshlab chiqarishni: joylashtirishning «klassik» omillaridan bo’lib, İTİ tasirida 
muhim siljishlar yuzaga kelmoqda. İTİning mehnat resurslariga tasiri ikkiyoqlama 
— yani sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalari boshqa mamlakatlardan 
Qo’shimcha ishchi kuchini import qilsa, ikkinchi tomondan arzon ishchi kuchi 
hududlarida (yirik transnatsional korporatsiyalarining boshqa mamlakatlardagi 
filiallari va korxonalari) yangi sanoat korxonalarining barpo etilishi bilan bog’liq. 
G’arbiy Evropadagi (yirik iqtisodiy salohiyatga va yaxshi infratuzilmalar mavjud) 
sanoat rayonlari va shaxar aglomeratsiyalarida boshqa Evropa Mamlakatlaridan, 
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi    arzon    ishchi    kuchlaridan   
AQSh,    G’arbiY Evropa va Yaponiyada keng foydalanilmoqda. 
İTİ sharoitida aellar mehnatidan sanoatning eng yangi tarmoqlari elektronika 
va radioelektronikada ommaviy ishlab chiqarish tizimida foydalanish kuchaydi. 
Ayniqsa, yuqori malakali mehnat resurslariga bo’lgan talab, ishchi kuchining sifat 
tarkibiga bo’lgan talabni tobora kuchaymoqda va «aql oqimi» ning o’ziga xos 
yo’nalishlarini gozaga keltirmoqda. 
İTİ kuchli bo’lgan infratuzilmalar majmuasining ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishi va mintaqaviy joylashishiga tasiri katta bo’lmoqda. İshlab chiqarish 
infratuzilmalari, avvalo transportning ahamiyati ishlab chiqarish kuchlarini dengiz 
bo’yiga siljishi, yangi hududlarni o’zlashtirish bilan bog’liq «rivojlanish qutblari» 
va «rivojlanish Yo’lkalari» nyang shakllanishida ko’zga tashlanmoqda. 
Noishlab chiqarish infratuzilmalari — ijtimoiy — maishiy tuzilmalar, xizmat 
ko’rsatish, axborotlar tizimi, ayniqsa marketing tizimining (firma va 
korporatsiyalarning barcha faoliyatiiing qamrab oluvchi istemol extiyojlari va 
uning o’zgarishlarini tadqiq qiluvchi) rivojlanganlik darajasi katta o’rin tutmoqda. 
İshlab chiqarish kuchlarining yangi va eng yangi tarmoqlarini joylashishida 
asosiy o’rin tutmoqda. Bu jarayon avvalo ilmtalab va axborotlar tizimi bilan 
bog’liq ishlab chiqarishni ilmiy — madaniy muxit mavjud yirik shaxar va shaxar 
aglomeratsiyalarida to’planishiga olib kelmoqda. Natijada, fan shaxarlari yuzaga 

kelmoqda. Jumladan, Rossiyada — Moskva, Sankt—Peterburg va Novosibirsk, 
Frantsiyada — Parij, Yaponiyada — Tokio: Daniyada — Kopengagen, 
Bolgariyada — Sofiya, O’zbekistonda — Toshkent bosh ilmiy — tadqiqot 
markazlaridir. Shuningdek, ilmiy — tadqiqot parklari, ilmiy — tadqiqot markazlari 
shakllanmoqda. Ayni vaqtda, ayrim mamlakatlar uchun fanning xududiy tashkil 
qilishda umumlashuv jarayoni xarakterli bo’lsa, ayrim mamlakatlarda xududlar 
bo’yicha bo’lib yuborilganligi ko’zga tashlanadi. 
İTİ sharoitida tobora roli ortib bormoqda. İndustrlashgan va 
urbanizatsiyalashgan hududlardagi suv, tuproq va atmosferaning ifloslanishi, atrof 
- muxit muammosining g’oyat keskinlashganligi, sanoat va aholining yanada 
tuplanishkni, cheklash zaruriyatiga olib keldi. Natijada, qator mamlakatlarda «iflos 
ishlab chiqarishni ko’chirish» siyosati amalga oshirilmoqda. 
Bu bosqichning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish 
mumkin. 
İqtisodiyotga uzluksiz innovatsiya sarflash jarayoni texnologik, tashkiliy va 
ijtimoiy sohalarda chuqur o’zgarishlarga olib kelmoqda. Rivojlanish va inson 
resurslaridan foydalanishning yangi modeli, yuqori malakali mexnatga asoslangan, 
integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimi shakllanmoqda. 
Nomaterial jamg’armalar ulkan axamiyatga ega bo’lib, shu jumladan 
insonga kapital mablag’ sarflanishi material jamg’armaga nisbatan ustivor 
yo’nalish kasb etmoqda. 
Axborot - muxit ishlab chiqarish kuchiga aylanmoqda. Uni ishlab chiqish, 
qayta ishlash, tarqatish, axborot infrastrukturasini tashkil etish va axborot 
tarmog’ining raqobatbardoshligi - iqtisodiy o’sishning zaruriy sharti bo’lib 
qolmoqda. Axborot almashish intensifikatsiyasi insonlar xulqi va ongiga ham katta 
tasir ko’rsatmoqda. 
Tarmoq majmuasi xizmatining hozirgi sharoitida ishlab chiqarish 
funktsiyalarini bajarishi aholi bandligini taminlashning bosh sohasiga aylanmoqda. 
Uning asosida axborot va iktellektual faoliyatda yangi sektor shakllanmoqda. 
Rivojlanishning yangi bosqichi jaraenida raqobatning tug’ilishi va iqtisodiy 
barqarorlik sharoitida jamiyatning yuksak moslashuvchanligi kuzatilmoqda. 
Jamoatchilik instituglari, kasb - mahorat va ijtimoiy-  sinfiy strukturalardagi 
xdrakatchanlik o’smoqda. 
Xususiy tadbirkorlik tizimida, ijtimoiy yo’nalish kuchaymoqda. Kapital 
ustidan jamoatchilik nazorati kuchaymoqda, korporatsiyalarning ijtimoiy 
xarajatlari o’smoqda. Jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy yo’nalish ortmoqda. 
İjtimoiy - sinfiy struktura murakkab va «rang — barang» bo’lib bormoqda. 
turli ijtimoiy qatlam va sinflarning yaqinlashuvi, o’zaro kiripshshi kuchaymoqda. 
Turli ijtimoiy qatlamlar aralash belgilarga ega, bandldr soni o’smoqda, unda 
ijtimoiy belgilar aralashib ketmoqda (yollanma ishchi — mulkdorlar,  yuqori 
malakali mutaxassis tadbirkorlar va boshq.)  
Kudratli axborot tizimining yoyilishi, ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi, «sovuq urushning» tutashi va bozor iqtisodiyotining keng 
tarqalishi natijasida jahon davlatlari o’rtasidagi xamkorlik kuchaymoqda. 

FTİ ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida dunyodagi kupchilik, 
asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi pots-indutsrial 
turi shakllana boshladi. Sunday turda noishlab chiqarish tarmoqlari, ayniqsa, 
xizmat kursatish sohasi tez rivojlana boshlaydi. 
Potsindutsrial mamlakatlar qatoriga Garbiy, Janubiy va Shimoliy Evropa 
mamlakatlari, A+Sh, Kanada, Avtsraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va 
boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50 
- 70 foizi tugri keladi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida noishlab chiqarish sohasi 
yuqori darajada rivojlangan. İjtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta 
yutuqlarga erishgan Meksika, Braziliya, Chili, Koreya Respublikasi yoki neftni 
eksport qilish natijasida moliyaviy ahvolini yaxshilab olgan Jazoir, Saudiya 
Arabitsoni, BAA, +uvayt, Katar yoxud vositachilik faoliyatini olib borishga va 
turizmga ixtisoslashgan Bagam va Kanar orollari, Monako, Andorra, San-Marino 
mamlakatlari shular jumlasidandir.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling