O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 170.52 Kb.
bet1/5
Sana10.01.2022
Hajmi170.52 Kb.
#293815
  1   2   3   4   5
Abdivaitov70 kimyo
Bog'liq
domestic animals, Hulq-atvor, Hulq-atvor, 1494870C-9912-C184-4CC9-B401-A53F4D8DE290, reja 4 moliya , reja 4 moliya , Davlatiy moliya, Davlatiy moliya, FT mavzu 8, Vitamin pp gurux preparatlarining inson hayotidagi axamiyati va olinishi manbaalari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

Sanoat texnologiyasi fakulteti

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi mutaxassisligi Kimyo fanidan

SLAYD TAQDIMOTI

Topshirdi:Abdivaitov Samandar

Tekshirdi:Allambergenova Kamila

Reja: 1. Dispers sistemalar nima 2. Kolloid dispers sistemalar 3. Kolloid eritmalar 4. Xulosa

  • Mavzu: Dispers sistemalar
  • Dispers sistemalar – ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi.
  • Murakkab tuzilishga ega boʻli-shi ham mumkin, uzluksiz dispersion muhit hosil qila oladigan, bir-birining hajmiga singib ketgan ikki fazadan iborat sistema bunga misol boʻla oladi. D. S. Zarralarning katta-kichikligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi:
  • 1) dispers faza zarralari 1 mkm va undan katta boʻlgan dagʻal D. S. (suspenziya, tutun, tuman, emulsiya va b,); 2) dispers faza zarralari 1 nm dan 1 mkm gacha boʻlgan kolloid sistemalar. Dispers faza zarralari 1 nm gacha (atomlar va kichik molekulalar oʻlcha-miga teng) boʻlgan zarralardan tuzilgan sistemalar chin eritmalarni tashkil etadi.
  • Kolloidlar, kolloid sistemalar (yun. Kolla — yelim va eidos — koʻrinish) — dispers faza zarralarining oʻlchami 1 nm.dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori (ultramikrogeterogen) dispers sistemalar; dispers faza zarralari nisbatan yirikroq (100 nm dan katta) boʻlgan mikrogeterogen va dagal sistemalardan farqli ravishda ultramikrogeterogen sistemalar uchun dispers faza zarralarining jadal broun harakati tavsifli.
  • Dastlab kolloid kimyo faniga asos solgan ingliz olimi Tomas Grem 1861 yilda erigan moddalarning pergament qogʻoz orqali suvga oʻtish (diffuziyalanish) xossasini tekshirib, kristall moddalar (osh toʻzi, shakar) eritmalari faol diffuziyalanishi, amorf moddalar (gidroksillar, yelim, albumin, jelatina, kraxmal va boshqalar) eritmalari esa juda sekin diffuziyalanishini aniqladi va ularni tegishlicha “kristalloidlar” va “kolloidlar” deb atadi. Uning fikricha, kristalloidlar suvda eriganda chin eritmalar, kolloidlar eri ganda esa kolloid eritmalar hosil boʻladi.
  • Lekin keyinchalik 1869 yilda rus olimi I. G. Borshchov kolloid moddalar kristall holda ham boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Soʻngra P. P. Veymarn, kolloid holatda 200 tadan ortiq modda tayyorlab, moddalar sharoitga qarab kolloid holatda ham, kristalloid holatda ham boʻla olishini isbotladi. Moddaning kolloid holati nafaqat kimyoda, balki biol., tibbiyot, texnologiya va qishloq xoʻjaligida ham nihoyatda muhim oʻrin tutadi.
  • Kolloid eritmalar, z o l l a r –zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazeimon (tutun, budut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).

Download 170.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling