O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Makkajo’xorichilik – 60-yillardan don va silos bostirish maqsadlarida tez rivojlandi. 
Respublikaning tuproq, iqlim sharoitida bahorda va ikkinchi martta ekinzorlarga yozda ekiladi.    
Makkajo’xori ham deyarli barcha viloyatlarda ekiladi. Respublikamizda 181,0 ming t. 
makkajo’xori doni etishtiriladi, don bo’yicha hosildorlik 384 ts/ga etdi.  Andijon viloyatida 56,0 
ts/ga etdi.                         
Makkajo’xori doni emlik jihatidan barcha donli  ekinlardan arzon turadi (1 kg makkajuxori 
donining oziqlik qimmati 1,34 oziqa birligiga teng). 
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik. Bu tarmoqda sabzi, lavlagi, sholg’om, turp, 
rediska, pomidor, kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi. 
Bu tarmoq ham qadimiy tarmoqlardan hisoblanadi. Asosiy   poliz ekinlari bo’lgan qovun, 
tarvuz. Qovunning vatani O’rta Osiyo hisoblanadi. Asrlar davomida mamlakatda sabzavot va  
polizchilikda  ekinlarning tur tarkibi boyib bordi. 
XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya orkali pomidor, bodring, kartoshka, gulkaram,     chuchuk 
bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, poliz ekinlarining ayrim turlari kirib keldi va 
asosiy ekinlar qatoridan joy oldi. 
Viloyat markazlari va yirik shaharlar atroflaridagi tumanlar asosan sabzavotchilik bilan 
shug’ullanadi. Shuningdek "O’zmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi tarkibida 
sabzavot, pomidor, bodring etishtiradigan issiqxonalar tarmog’i barpo etilgan. Xo’jaliklarda ochiq 
dalada polietilen plyonkalar yopilib, ertangi karam, poliz ekinlari etishtirish yo’lga qo’yilgan. 
Ayniksa respublikaning janubiy   viloyatlarida   ertagi   sabzavot etishtirish rivojlanib 
bormoqda. Respublikada sabzavot ekilgan maydonlar 72 ming ga, poliz ekinlari 18 ming ga, 
kartoshka 28 ming ga.ni tashkil etadi. Yaxshi nav urug’lar etishtirish va taminlash maksadida 
urug’chilik agrofirmalari ham tashkil etildi. 
Bog’dorchilik va tokchilik - Respublika qishloq xo’jaligida eng qadimgi va oziq-ovqat hamda 
sanoat xom-ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi. O’zbekiston hududida meva 
daraxtlari haqidagi dastlabki malumotlar miloddan avval 1-ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. 
XX asr boshlarida O’zbekiston erlarida 24 ming ga bog’, 30,6 ming ga tokzorlar bo’lgan. 
Respublika bog’larida meva va rezovor meva beradigan 20 turga mansub daraxt o’stirilgan. 
Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarkand, Farg’ona vodiysida taraqqiy etgan. 
Urug’li meva daraxtlari - olma, behi,nok. 
Danakli meva daraxtlari - o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos, olcha, oluvali. 
Subtropik o’simliklar - anor, anjir, apelsin, limon. 
Ёng’oq mevalilar - yong’oq, pista, bodom.                      
Rezovar mevalilar - qulupnay,   malina, smorodina, qoraqant, oblepixa asosiy o’rinni egallaydi. 
Respublikada bog’larning umumiy maydoni 382 ming ga dan ortib ketdi. 
Meva bog’lari 253 mig ga, tokzorlar 131 ming ga. Har yili yalpi hosil qariyb 1 mln t tashkil 
etadi. Uzbekistonda quruq meva va mayizning noyob turlari tayyoranadi. Respublikada tropik va 
subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, sharq xurmosi kabi mevalar tobora 
ko’proq maydonlarda ekilmoqda. 
Andijan,  Namangan,  Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko’pgina xo’jaliklarda issiqxona 
limonzorlari barpo qilingan. Respublika bo’yicha bunday issiqxonalar maydoni 400 ra.dan ham 
ko’proqdir. 
Respublikada bog’dorchilik  va   tokchilikning   ilmiy   asoslangan usullarini yaratish va ishlab 
chiqarishga joriy etish masalalari bilan R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik, tokchilik va vinochilik 
korporatsiyasi shug’ullanadi. 
Ko’katchilik ishlari ham ilmiy asosga qo’yilgan va markazlashtirilgan. R.R.Shreder nomidagi 
korporatsiya har yili 6-8 mln.  dona  turli  meva daraxtlari va tok ko’chatlari etishtirib viloyatlarga 
sotadi. 
Em-xashak ekinlari - Respublikaning sug’oriladigan   maydonlarida chorvachilikka ozuqa 

 
116
bilan barqaror taminlash maqsadida etishtiriladi. Unga ko’k em, pichan, em, silos, senaj uchun bir 
yillik va ko’p yillik o’tlar, xashaki   ildizmeva   (lavlagi), xashaki poliz (qovoq, tarvuz), donli 
makkajo’xori, suli, arpa ekinlari kiradi. 
Yiliga 5 mln t ortiqroq pichan, jumladan tabiin pichanzorlardan 270 ming t pichan, 5 mln t 
makkajuxori silosi tayyolanadi. 967 ming ga maydonga ozuqa ekinlari ekiladi.  Respublikada g’alla 
maydonlarining kengayishi bilan chorvachilik uchun somon tayyorlash hajmi keskin ko’paydi. 
b) Chorvachilik - O’zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Sug’oriladigan 
erlarda asosan qoramolchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik rivojlangan. 
Qir-adirlar, dasht-cho’l va 
TOG

 
oldi yaylovlarida esa qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, 
tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan. 
1995 yil boshida O’zbekistondagi barcha toifa xo’jaliklarda 5,5 mln bosh qoramol, 10 mln dan 
ziyod qo’y va echki, 350 ming cho’chqa, 144,8 ming ot, 84 ming quyon, 11 mln parranda bor edi. 
1991 yildan keyin chorvachilikda xususiy sektorga etibor kuchaytirildi. 1990 yil 10 maydagi 
Prezidentning "Aholi shaxsiy xo’jaliklarni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 
Farmoniga asosan aholiga jamoa va davlat xo’jaliklarida em-xashak hamda chorva mollari sotish 
yo’lga qo’yildi. 
Ozuqa bazasi chorvachilikni rivojlantirishning muhim omilidir. Em-xashak ekinlari maydoni 
respublnkadagi jami qishloq xo’jalik erlarining 7,7%ini tashkil etadi. Respublikada chorvachilik 
muammolari bilan chorvachilik qorako’lchilik, veterinariya sanitariya ilmiy tadqiqot institutlari 
shug’ullanadi.  
Qoramolchilik - respublika chorvachiligida asosiy o’rinni egallab, etishtiriladigan go’shtning 
74 % ini, sutning 99,9 % ini beradi. 
Go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik tog’
 
va tog’ oldi mintaqalarida rivojlangan. Qoramol 
zotlarini takomillashtirish bo’yicha "Plemelita" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 6 ta naslchilik 
zavodi, naslchilik xo’jaligi va naslchilik fermalarida ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi. Andijonda - 
"Poytug’”, "Savay", Sirdaryoda "Malik", "Yangiobod", Toshkent viloyatida “Qizil Shalola", 
"Dustlik" nasilchilik xo’jaliklari mavjud. 
Qo’ychilik - respublikada qo’ychilikning qorako’l teri, go’sht-yog’ va jun uchun boqiladigan 
tarmoqlari rivojlangan. Qorako’l qo’y zoti Zarafshon vohasida yashagan chorvadorlar yaratgan zot 
hisoblanadi. 
Arab sayohi Ibn Xavhol 976 yili Xorazm va Buxoroga kelgan sayohatidan keyin bu qo’y zoti 
va uning mahsuloti to’g’risida o’z asarlarida malumot beradi. 
Hozir Janubiy Afrika, Afg’oniston, Rossiya (Qalmiq Respublikasi), Moldova, Markaziy  
Osiyoning  boshqa davlatlarida boqilayotgan qorako’l qo’ylarining vatani O’zbekiston hisoblanadi. 
Qorako’l zotli qo’ylardan asosiy mahsulot bo’lgan qorako’l teridan tashqari dag’al jun, parxez 
qo’y go’shti, po’stinbop teri, sut  olinadi. 
Mo’yna Sankt-Peterburg kim oshdi savdosida,  xalqaro yarmarkalarda, shuningdek Evropa va 
Amerika bozorlarida sotiladi. 
Respublikada 120 ta qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jalikning 18 tasi naslchilik zavodlari, 9 
tasi naslchilik xo’jaliklaridir. Ular qorako’lchilik xo’jaliklari uchun har yili 18-20 ming bosh naslli 
qo’chqor hamda 25-30 ming bosh urg’ochi to’qlilar etkazib beradi. 
Buxoro qorako’l zavodining 3 ta bo’linmasida (Nurobod, Tomdi, Nurota) hamda Buxoro 
qorako’l zavodi qoshida tashkil etilgan. Buxoro-Omega qo’shma korxonasida qorako’l terilariga 
ishlov beriladi. 
Respublikada go’sht, jun yo’nalishidagi qo’ychilikda dag’al jun, go’sht va yog beruvchi hisori 
va jaydari qo’y zotlari boqiladi. 
Hisori qo’ylar asosan tog’ va tog’
 
oldi mintaqalarida Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax 
viloyatlarida boqiladi. Hisori zotli qo’ychilik bilai Sariosiyodagi, Oxunboboev, Boysun tumanidagi 
"Boysun" davlat naslchilik zavodi shug’ullanadi. O’zbekiston—go’shtdor-serjun qo’y zoti yarim 
mayin jun va go’shti uchun boqiladi. 
Echkichilik – go’sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun muljallangan.   
O’zbekiston echkichiligida serjun angor, tivitli Orenburg, jundor O’zbekiston zotlari tarqalgan. 

 
117
Undan turli texnik matolar, drap, adyol va trikotaj tayyorlanadi. 
Echkilar baland tog’ va tog’ oldi mintaqalarida boqiladi. Echkichilik Namangan,   Surxondaryo,   
Qashqadaryo   va   Samarqand    viloyatlarida rivojlangan. 
O’zbekistonda echkichilikning naslchilik muammolari bilan Namangan viloyati Chust tumani, 
Kosonsoy tumani,  Pop tumani,  Chorkesar,  Chodak, Surxondaryo viloyati Boysun tumani, Navoiy 
viloyati Xatirchi tumani "Oltinsoy" jamoa xo’jaliklari shug’ullanadi. 
Cho’chqachilik - bilan aholisining ko’pchiligini evropaliklar tashkil etgan yirik shaharlar 
yaqinida va g’allachilik mintaqalarida shug’ullanib kelinadi. Bu tarmoq Rossiya imperiyasi 
tomonidan bosib olinganidan keyin vujudga kelgan. 
Cho’chqa go’shtidan kolbasa ishlab chiqarishda foydalaniladi. Cho’chqachilik sohasida 
Samarqand viloyatida  “Pastdarg’om", Toshkent viloyati Qibray tumanida "Qizil Shalola",  
Yangiyo’l tumanida "Novomixaylovka". Toshkent viloyatida "Sergeli" va "Toshkent" fermalari 
shug’ullanadi. 
Quyonchilik – parhez go’sht,  momiq va mo’yna beradi. Hozirgi kunda respublikada 90 
mingdan ziyod quyon, asosan shaxsiy fermer xo’jaliklarida, Farg’ona viloyati Toshloq va 
Oxunboboev   tumanlaridagi quyonchilik komplekslari va Bog’ot tumanidagi  "Narimonov"  jamoa 
xo’jaligining quyonchilik fermalarida parvarish qilinmoqda. 
Yilqichilik- bilan O’rta Osiyo xalqlari miloddan avval bir necha asr ilgari shug’ullanganlar. 
Hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston erlarida etishtirilgan ot zotlari haqidagi malumotlarni Gerdot
Strabon va boshqa olimlarning asarlarida uchratish mumkin. 
Yilqichilik xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Otlarning eng asosiy xususiyat ularning ishga 
layoqati bilan baholanadi. Sut, go’sht, teri va boshqalar esa ulardan olinadigan qo’shimcha 
mahsulotdir. 
Qorabayir Markaziy   Osiyoda,   jumladan O’zbekistondagi    asosiy maxalliy ot zotidir. 
O’zbekistonda "Rovot” Jizzax,  "Xisor" (Qashqadaryo) hamda Navoiy, Toshkent, Samarkand 
viloyatlarida 12 ta naslchilik va 4 ta mahsulot ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar mavjud. 
Ot zavodlari respublika ot sporti maktablarini ot bilan taminlaydi, shuningdek har yili 
respublika xo’jaliklari va chet ellarga 400 dan ortiq nasldor va sport otlari etkazib beradi. 
Ot go’shti yuqori sifatli parxez xususiyatiga ega. Biya sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi. 
Qimizdan kamqonlik, oshqozon-ichak, yurak, asab kasalliklari va boshqa xastaliklarni davolashda 
foydalaniladi. 
Tuyachilik - 4000 yildan ortiq tarixga ega. Tuyachilik cho’l, chala cho’l va quruq dasht 
zonalarida mavjud. Buyuk ipak yo’li orqali boshqa ashyolar qatori Xitoyga Baqtriya va Farg’ona 
vodiysidan tuyalar olib ketilgan. 
Tuyachilik asosan Qoraqalpog’istonda, Navoiy,  Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yaxshi 
rivojlangan. Tuyalardan asosan ulov sifatida, shuningdek go’sht, sut va jun tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Parrandachilik - respublikada sanoat asosida rivojlangan   xo’jaliklarda tovuq (tuxum, go’sht 
yunalishlari), go’sht uchun kurka, o’rdak, g’oz parxez taomlar uchun bedana boqiladi. 
O’zbekistonda parrandachilik mahsulotlarining asosiy qismi "O’zparrandasanoat" respublika ishlab 
chiqarish birlashmasi korxonalarida etishtiriladi. Uning tarkibida 71 ta parrandachilik fabrikasi 12 ta 
naslchilik xo’jaligining 5 tasi tuxum, 7 tasi go’sht etishtirishga ixtisoslashgan.                                                       
Respublikada go’sht
 
yo’nalishida kurkachilikni rivojlantirish bo’yicha Isroilning "MAD" 
firmasi mavjud. Xonobod, Chimyon, Rishton, Urganch, Yangiyo’l parrandachilik fabrikalari 
kurkachilikka ixtisoslashgan. 
Pillachilik- Respublika qishloq xo’jaligi acociy tarmoqlaridan biri. Pilladan olinadigan ipak 
sanoat va texnikaning ko’p sohalarida ishlatiladi.  
Mustaqillikdan keyin pilla etishtirish davlat tasarrufidan chiqarilib, uni xarid qilish erkin 
kelishilgan narxlar asosida olib borilmoqda. Har yili 30 ming t. atrofida pilla etishtiriladi. 1995 yil 
"Ipak" ishlab chiqarish majmuida integratsiyalash jarayonlarini kuchaytirish chora-tadbirlari 
ko’rildi. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1998    yil 30 martdagi "Respublikada 
pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtipish to’g’risida”gi Farmoni bilan “O’zbek 

 
118
ipak" mustaqil uyushmasi tashkil etildi. 
Baliqchilik - O’zbekistonda qadim zamonlardan beri tabiiy suv havzalarida shug’ullanib 
kelingan. Respublikaning daryo va ko’llarida 62 baliq turi yashaydi. Baliqchilikning sanoat asosida 
rivojlantirish 1937 yil boshlangan. Yuqori Chirchiq rayonlarida "Toshkent baliqchilik xo’jaligi" 
tashkil etildi.  
Qisqa xulosalar 
Maruza matnda qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati, iqtisodiy geografik 
joylashish xususiyatlari, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida yangi mulkchilik 
shakllarining paydo bo’lishi, undagi tarkibiy o’zgarishlar ko’rsatilgan. Asosiy etibor dehqonchilik 
va chorvachilik tarmoqlarini mustaqillik yillarida rivojlanishi va joylanishini batafsil bayon etishga 
yo’naltirilgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ushbu jarayonni intensifikatsiyalash 
muammolariga to’xtalib o’tilgan. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Agrar munosabatlar – erga egalik qilish tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish 
natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Agrasanoat majmuasi - qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash 
va istemolchilarga etkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishga xizmat 
ko’rsatuvchi sohalar. 
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni 
istemolchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi 
hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi 
namoyon bo’lish shakli. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1.  Qishloq xo’jaligi qanday xususiyatlarga ega? 
2.  O’zbekiston agrosanoat majmuasini tushuntirib bering. 
3.  Qishloq xo’jaligida islohotlar qanday kechmoqda? 
4.  Yangi mulk shakllari to’g’risida tushuncha bering. 
5.  O’zbekiston er fondi tarkibi boshqa mintaqalardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? 
6.  Eng muhim dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining zonal joylashish xususiyatlari. 
7.  Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish uchun chet el 
investitsiyalarini jalb qilish masalalari qanday kechmoqda? 
 
 O’zbekiston Respublikasining infrastruktura tarmoqlari 
Maruza rejasi 
1.   Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida infrastrukturaning 
roli va ahamiyati. 
2.   O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturasiga baho. 
3.   O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy infrastrukturasi. 
 
Infrastruktura haqida tushuncha. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida 
infrastrukturaning roli va ahamiyati 
O’zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiyoti shakllanayotgan davrda ishlab chiqarish 
kuchlarini hududiy tashkil qilish va takomillashtirishda infrastruktura tarmoqlarining rivojlanishi 
darajasi juda katta amaliy ahamiyat kasb qiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda 
bozor infrastrukturasining ahamiyati juda ham beqiyosdir. 
Mazkur maruza matni Respublikamizda infrastruktura tarmoqlarining hozirgi holati, ularning 
rivojlanish darajasi va boshqa masalalarni o’rganishga qaratilgan. 
Infrastruktura – bu ishlab chiqarish va insonlarning turli faoliyatida shart-sharoit yaratib 
beruvchi iqtisodiyotning (ko’pqamrovli) tarmoqlar majmuasidir, u ijtimoiy mehnat taqsimoti 
mahsuli hisoblanadi. U moddiy va nomoddiy soha tarmoqlarining faoliyatida muhim tarzda 

 
119
ko’maklashadi. U ishlab chiqarish tarkibiga kirmaydigan mustaqil tarmoq bo’lib, moddiy va 
nomoddiy sohaga xizmat qiladi (ishlab chiqarish infrastrukturasi va ijtimoiy infrastruktura)(1-rasm). 
1. Ishlab chiqarish infrastrukturasi – transportning barcha turlari va transport xo’jaligi (temir 
yo’l, dengiz va daryo portlari, neft va gaz quvurlari), elektr uzatish, axborotlarni uzatish va qayta 
ishlash vositalari va boshq inshoatlar kiradi. Bularsiz albatta ishlab chiqarishda meyordagi jarayon 
bo’lmaydi. Xalq xo’jaligida infrastrukturani rivojlanish va taminlanganlik darajasi ko’p jihatdan 
ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. 
2. Ijtimoiy infrastrukturaga – aholiga xizmat ko’rsatuvchi savdo va umumiy ovqatlanish 
tarmoqlari, sog’liqni saqlash, yo’lovchi tashuvchi barcha transport turlari va aloqa, shahar uy-joy 
xo’jaligi tashkilotlari va nomoddiy sohaning boshqa qismlari kiradi. 
Infrastrukturani kelajakda rivojlanishi ishlab chiqarishda samaradorlikni oshiradi va jamiyatni 
moddiy va manaviy ehtiyojlarni qondirish va boshqa ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun shart-
sharoit yaratadi, inson omili faoliyatini oshiradi. Ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishning 
ilg’or shakli bo’lgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish asosida infrastruktura 
tarmoqlarining samarali shakllanishi uchun sharoit vujudga keladi. Natijada mablag’larni tejash, 
joriy sarf xarajatlarni kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun imkon 
yaratiladi.  
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni va iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda ishlab chiqarish 
infrastrukturasi elementlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 
2. O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish infrastrukturasiga baho 
Ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishida infrastrukturaning ahamiyati katta. Shuning uchun 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hududiy tizimlarini shakllanishida ishlab chiqarish 
infrastrukturasi bilan taminlanganligini o’rganish alohida ahamiyatga egadir. 
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va joylashtirishda transportning ahamiyati beqiyos. 
Transport har qanday mintaqada ishlab chiqarish infrastrukturasini muhim zvenosi hisoblanadi. Har 
qanday masshtabdagi hududni transportsiz samarali va oqilona rivojlantirish mumkin emas. Sanoat 
va qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish va istemolchiga etkazib berishda transport faol 
ishtrok etadi. Iqtisodiy tuman va zonalarda ixtisoslashuv transport orqali amalga oshadi. 
Transportning rivojlanish darajasi ishlab chiqarish kuchlari va texnika taraqqiyotining umumiy 
rivojlanish darajasiga bog’liq.  
O’zbekiston qudratli (temir yo’l, avto, avia, quvur va daryo) transport tizimlariga ega. Har yili 
yuk va yo’lovchi tashuvchi transportlarda juda ko’p miqdorda xizmat amalga oshiriladi.  
O’zbekiston Respublikasida 1999 yilda barcha turdagi transportda 8145 mln.tonna yuk 
tashilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 1998 yilga nisbatan 1,7 %ga yuqoridir. 
Avtomobil transporti yuk tashish bo’yicha etakchi bo’lib, uning zimmasiga – 728 mln.tonna 
yoki 89,7% umumiy yuk tashish hajmiga to’g’ri keladi.  
Temir yo’l transportida yuk tashish 41,8 mln.tonna, havo transportida 15,8 ming tonnani tashkil 
qilsa, suv transportida bu ko’rsatkich 81,0 mln.tonnaga teng.  
Temir yo’l transporti. O’zbekiston hududida temir yo’l qurilishi 1888 yilda boshlangan edi. 
Krasnovodsk – Chordjo’y temir yo’li davom ettirilib, Farob bekatidan Samarqandgacha olib borildi. 
1890 yilgacha esa Toshkentdan Andijongacha etkazildi 1905 yilda Orenburg va Toshkent oralig’ida 
temir yo’l ishga tushirildi. 
1931 yilda Turkisib magistralining ishga tushirilishi O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.  
1952–1955 yillarda Chorjo’y – Qo’ng’irot temir yo’li qurilishi bilan Quyi Amudaryo sobiq 
Ittifoq va O’zbekistonning boshqa rayonlari bilan temir yo’l orqali bog’landi. 1962 yilda Navoiy – 
Uchquduq temir yo’li qurib bitkazilib,  kon bilan sanoat markazi bog’landi. 
O’zbekistondagi temir yo’llarning uzunligi 3,4 ming kilometrga etdi. 1990 yilgacha Nukus–
Chimboy temir yo’li qurib bitkazilib Tuyamo’yin–To’rtko’l yo’li qurildi. Ayni paytda qurilish 
                               
  
Н. Тухлиев, А. Таксанов Национальная iкономическая модель Узбекистана. Т:. «Өқитувчи» 2000. 
 

 
120
payoniga etgan Nukus–Uchquduq temir yo’li Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan transport 
kommunikatsiyasini rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. 
Avtomobil transporti O’zbekistonda tez rivojlanmoqda. Bu transport asosan Respublika 
rayonlararo va xo’jaliklararo yuklarni tashishida muhim rol o’ynaydi. Keyingi yillarda Hamdo’stlik 
mamlakatlari va boshqa xalqaro xalq xo’jalik yuklarini tashishda uning ahamiyati oshib bormoqda. 
Avtmobil transporti ayniqsa, temir yo’l bo’lmagan cho’l, adir va tog’li joylarda asosiy transport 
vositasidir. 
Bir qancha beton yo’llar – Toshkent–Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston trakti, Farg’ona xalqa 
yo’li, Zarafshon va Qoraqalpog’iston tarktlari va boshqa yo’llar qurildi. 
Hozir Respublikada 70 ga yaqin avtobus va taksomotor saroylari barpo etilgan, ular zamonaviy 
texnika bilan taminlangan. 
Respublikamizda “O’rta Osiyo trans” avtomobil firmasining tashkil etilganligi O’zbekiston 
bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o’tganligining belgilaridan biridir.  
O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning o’sishida havo 
transportining roli oshib bormoqda. Respublikamiz endilikda Hamdo’stlikning 1000 dan ortiq 
shahar va aholi manzilgohlari, shu jumladan, uning barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali 
bog’langan. Toshknt aeroporti Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir. 
Nukus, Termiz, Jizzax, Qarshi, Andijon va Namangan shaharlarida zamonaviy aeroportlar 
qurildi. Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi aeroportlar halqaro talabga javob beradigan 
ravishda qayta tamirlandi. 
Toshkent aeroporti passajirlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan zamonaviy yirik 
aeroportlardan biridir. Toshkentdan dunyoning ko’pgina mamlakatlariga samolyotlar parvoz qiladi. 
Hozir Respublikamizda samolyotlarda 1940 yilga nisbatan 110 marta, yuk tashish esa 230 martadan 
ziyod ko’paydi.O’zbekiston  suv transporti  rayonlararo xalq xo’jalik yuklarini tashishga xizmat 
qiladi.  
O’zbekistoninng  quvur transporti  rivojlanib bormoqda. Respublika hududida neft quvuri 
dastlab Chimyon neft koni bilan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi o’rtasida qurilgan edi. 
Sovet hokimiyati yillarida Farg’ona vodiysida bir qancha neft konlari topilib ishga tushirilgach 
bu konlardan Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash zavodlariga neft quvurlar orqali 
keltiriladigan bo’ldi. 
Respublikamiz janubida neft konlari (Lalmikor, Qumqo’rg’on) ishga tushirilishi bilan 
Amudaryo konidan Amu Zangacha, Qashqadaryo viloyatidagi G’arbiy Toshloqdan Qashqadaryo 
bekatigacha, Shimoliy O’rtabuloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992 yilda 
Mingbuloq–Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga 
tushirilishi esa Ko’kdumaloq–Qoravul bozor neft quvurining yotqizilishiga olib  keldi. 
O’zbekistonda tabiiy gaz konlarining ishga tushirilishi quvur transportining rivojlanishida yangi 
istiqbollar ochib berdi.  
Gaz quvurlarini qurish 1958 yilda boshlandi. 1960 yilgacha Asaliy So’x–Farg’ona Quvasoy, 
Gazli–Kogon gaz quvurlari bitkazildi. O’zbekistonning deyarli barcha viloyat markazlari, 
Qozog’iston va Qirg’iziston gaz quvurlari o’tkazilgan. Respublikadagi Jarqoq–Buxoro, Samarqand–
Toshkent gaz quvurlari juda muhimdir.  
Respublikadagi elektr stantsiyalarning O’rta Osiyo elektr tizimiga ulanishi bilan trasportnig 
yangi turi – elektron transport vujudga keldi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojanishida bu 
transportning salmog’i tobora ortib bormoqda.  
O’zbekistonda birinchi elektr uzatgich liniyasi 1933 yilda GESi bilan Sharqiy Toshkent  
podstantsiyasi orasida qurilgan edi. 1958 yilda Qayraqqum GESi bilan Qo’yliq (Toshkent) orasida 
elektr uzatkich liniyasi qurildi. So’ngra Sirdaryo GRESi–Toshkent, Andijon–To’xtag’ul, Toshkent 
GRESi–Shimkent, Tursunzoda–G’uzor–Sirdaryo orasida elektr uzatkich  liniyalari barpo etildi. 
Shunday qilib, O’zbekistonning asosiy elektr energiyasi manbalari qo’shni respublikalar bilan 
birlashtirildi, yani O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston energetika tizimi barpo etildi. Hozir 
O’zbekistonda 15 ming kilometrdan ortiq yuqori voltli kuchlanish elektr uzatkich liniyalari ishlab 
turibdi. 

 
121
Bizga malumki, ishlab chiqarish infrastrukturasiga yana inshoat va qurilmalar, kommunikatsiya 
va tarmoqlar, jumladan elektr uzatish yo’llari, taqsimash tarmoqlari, suv, gaz, neft o’tkazgichlari 
issiqlik trassalari, telefon tarmoqlari va boshqalar kiradi. Xalq xo’jaligini ishlab chiqarish 
infrastruktura tizimi bilan taminlanganligini ko’rib chiqamiz (shahar va qishloq joylarda).  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling