O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari  va ularga xos


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

3. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari  va ularga xos 
ko’rsatkichlar 
Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi aholining hayoti va 
ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo’shni davlatlar bozoriga raqobatbardosh istemol 

 
129
talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Shu o’rinda 
O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishga va xalq 
xo’jaligining boshqa tarmoqlariga keng yo’l  berishga qaratilgan etibor o’z ifodasini topmoqda. 
O’zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy 
mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo’lishidir. Shunga ko’ra davlatimiz valyuta-kredit 
munosabatlarini, yani chet el sarmoyalarini xalq xo’jaligining   ko’pgina tarmoqlariga jalb qilish, 
xo’jalik korxonalarini birgalikda ko’rish va savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat 
berilmoqda. 
O’zbekiston o’zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligini himoya qilishdagi dastlabki say-
harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi yig’uvchi emas balki, 
mustaqil faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotlari ustidan o’zi egalik qilishi imkonini 
berdi. Bugungi kunda Samarqand, Zarafshon, Andijon, Asaka kabi yirik sanoat markazlari paydo 
bo’ldi,mavjudlarining rivojlanganlik darajasi yana ham oshdi. 
Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlarini taxlil qilinganda, energiya 
manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 foizini, xizmatlar 
eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 foizini tashkil etgan. Biroq, 
turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlaridan biri 
ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga ham egaligi kuzatilmoqda.  
1998 yil eksport va import ko’rsatkichlari saldosi +239,5 mln AQSh dollarini tashkil etgani 
holda, mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati va ko’lami yanada kengaygan. Ayniqsa, alohida 
tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlari tahlil qilinganda, energiya manbalari eksporti va importi 
o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 %ni, xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari 
saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 %ni tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga 
oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlari biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan 
xususiyatlarga egaligi kuzatilmoqda. Masalan, energiya manbalari 95,8 % yaqin xorij davlatlariga 
eksport qilingan bo’lsa, xizmatlar eksportining 60,1 % uzoq xorij davlatlariga yo’naltirilgan. 
Shuningdek, xizmatlar eksporti va importidagi saldoning 71,5 % aynan uzoq xorij davlatlari 
hissasiga to’g’ri kelishi kuzatiladi.  
39-jadval 
Maxsulotlar tarkibi bo’yicha eksport va import ko’rsatkichlari (1998 yil)  
(mln AKSh doll ) 
 
Jami 
Uzoq xorij 
Yaqin xorij 
Eksport 
shundan 
3528,2 2611,1 
917,1 
paxta tolasi 
1361,0 
1282,8 
78,2 
oziq-ovqat mahsulotlari 
111,9 
6,5 
105,4 
Kimyo mahsulotlari va plastmassalar 
51,7 
17,2 
34,5 
energiya manbalari 
277,8 
11,5 
266,3 
qora va rangli metallar 
180,7 
141,5 
39,2 
mashinalar va uskunalar 
146,6 
10,3 
136,3 
xizmatlar  
310,1 
186,4 
123,7 
boshqalar 1088,4 
954,9 
133,5 
Import 
Shundan 
3288,7 2373,2 
915,5 
oziq-ovqat mahsulotlari 
512,2 
382,4 
129,8 
Kimyo mahsulotlari va plastmassalar 
407,2 
275,2 
132,0 
Energiya manbalari 
16,3 
9,2 
7,1 
qora va rangli metallar 
303,6 
85,5 
218,1 
Mashinalar va uskunalar 
1553,7 
1309,5 
244,2 
Xizmatlar  
164,1 
117,3 
46,8 
Boshqalar 331,6 
194,1 
137,5 

 
130
 
O’zbekiston Respublikasi yosh iqtisodiy rivojlanayotgan davlat sifatida dunyo hamjamiyati 
tomonidan yuksak baholanmoqda. Bu o’rinda yurtimiz tabiiy resurslarga boy, iqtisodiy salohiyatini 
yanada yuksaltirish uchun qulay imkoniyatlarga egaligi, barqaror tinchlikning mavjudligi, iqtisodiy 
islohatlardan og’ishmaydigan jamiyatning shakllanganligi chet ellik sarmoyadorlarga iqtisodiyotni 
izchillik bilan rivojlantirishda o’z sarmoyalarini taklif qilish uchun zamin yaratdi. Amalga 
oshayotgan iqtisodiy islohatlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Respublikamizda tashqi savdo 
oborotining kattagina qismi Evropa bilan bog’liq. 1998 yildagi tashqi savdo oboroti qitalararo 
taqsimlanishining tahlilida jami savdo oborotining 66,3 foizi Evropa davlatlariga to’g’ri 
kelganligini ko’rsatmoqda. 
40-jadval 
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining qitalararo taqsimlanishi /% hisobida/ 
Shundan: 
 Tovar 
aylanmasi 
eksport Import 
saldo 
Jami 
Shundan: 
Evropa  
Osiyo 
Amerika 
Boshqa qitalar   
100 
 
66,3 
27,9 
5,4 
0,4 
51,7 
 
75,2 
23,4 
0,9 
0,5 
48,3 
 
49,3 
41,1 
9,5 
0,1 
+3,4 
 
+25,9 
-17,7 
-8,6 
0,4 
 
  Tashqi investitsiya resurslarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb qilish uning ishlab chiqarish 
ko’lami va samaradorligining ortishiga, bu esa o’z o’rnida eksport salohiyatining kengayishiga olib 
keldi. Bugunga kelib uzoq va yaqin xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarida kamida 300 mln 
AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilinayotgan davlatlar safiga Koreya Respublikasi, 
Shveytsariya, Buyuk Britaniya davlatlarini kiritishimiz mumkin.  
  Biroq, yaqin xorij yoki MDX davlatlari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik aloqalarining 
sekin kechishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim muammosi sifatida qolib kelmoqda. 
  MDX davlatlari orasidagi birtomonlama va ko’ptomonlama aloqalarni ko’rib chiqayotganda, 
ayniqsa O’zbekistonning hamdo’stlik davlatlari bilan aloqasini ko’rayotganda quyidagi omillarni 
hisobga olish kerak: 
1.  Hamdo’stlik mamlakatlari iqtisodiyoti tubdan o’zgarish yo’lidan bormoqda. Bunda bozor 
infrastrukturasi institutlarining yuzaga kelishi, iqtisodni boshqaruvchi yangi davlat 
mexanizmlarining paydo bo’lishi tabiiydir. MDH da ushbu jarayonlarning turlicha kechishi 
kuzatilmoqda. Mulkchilikning o’zgarishidagi muhim yo’nalishlardan biri mulkni yangi shakllarini 
davlat  tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Xususiylashtirilgan korxonalar tarkibida savdo 
sotiq korxonalari asosiy o’rinni egallaydi. Umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat 
ko’rsatish korxonalari ham katta ko’rsatkichni tashkil qiladi. Ayni paytda bunday korxonalar hissasi 
Belorus, Qozog’iston va Moldavada 48-50%, Qirg’iziston va Rossiyada 57-59%. Ukrainada 66%, 
Gruziyada 79%, O’zbekistonda 85% ni tashkil qilar ekan. 
O’tish davrining murakkabligi, iqtisodiy rivojlanishning turli sharoitlar va resurslar bilan 
taminlanganligi,  savdo-sotiq va to’lovlarning o’zgaruvchanligi iqtisodiy integratsiya jarayoniga 
tasir qilmay qolmayapti. 
2. Sobiq Ittifoq parchalanib, mustaqil davlatlar tashkil topganga qadar MDH dek xalqaro 
tashkilot tuzilishi tarixda ko’rilmagan, bugungi kunda bu tashkilotga oldin bir davlat bo’lgan o’n 
ikkita respublika kirgan. Bu esa mehnat taqsimotida o’ziga xos noqulayliklarni keltirib 
chiqarmoqda, binobarin og’ir sanoat Boltiqbo’yi va Belorus davlatlarida rivojlangan bo’lsa, unga 
xom-ashyo Sibir, Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalaridan keltirilgan, bu esa ishlab 
chiqaruvchi uchun ham, etkazib beruvchi uchun ham noqulay bo’lgan. 
Ittifoq tugatilgandan so’ng bazi davlatlar zarur xom-ashyo qazib olishda va kerakli mahsulot 
ishlab chiqarishda yakka xokim bo’lib qoldilar. Rossiya hisobiga neft (gaz kondensatini hisobga 
olgan holda) qazib olishning 90 foizi, gazning 75 foizi yog’och mahsulotlarning 91 foizi, qog’oz va 

 
131
yog’ochning 80 foizi  to’g’ri kelar edi. Ukrainaga   umumittifoq  miqiyosida metal,  prokat, metal 
quvurlar ishlab chiqarishning 60-65 foizi, O’zbekistonga paxta etishtirishning 60 foizi to’g’ri 
kelgan. 
MDH doirasidagi o’zaro aloqalarning muvffaqiyatli bo’lishi ixtisoslashtirish  darajasi va ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi omillarga bog’liqdir. 
Shubhasiz, MDH davlatlari aloqalarining ko’p tomonlamaligi, iqtisodiy va siyosiy 
muammolarni hal qilishning ko’p qatlamligi hududiy va mahalliy ishlab chiqarish aloqalarning 
rivojlanishiga tasir ko’rsatadi. 
Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarning yangi shakllari qidirilmoqda. Bu avvalo moliyaviy-
sanoat guruhlarini   (MSG) yoki  xalqaro moliyaviy-sanoat guruhlari (XMSG)ni  vjudga keltirishda 
o’z aksini topmoqda.   
Iqtisodiy guruhlarni tuzishdan maqsad MDH ishtirokchilarining milliy iqtisodiy imkoniyatlarini 
kengaytirish yangi bozorni o’zlashtirish, uni yuksaltirishdan iboratdir. XMSG ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni va moliyaviy mablag’larning bozorda aylanishini jadallashtirishni taminlaydi.   
1992 yildan boshlab O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi davlatlararo savdo-sotiq, iqtisodiy 
hamkorlik ikki tomonlama kelishuvlar asosida olib borilmoqda. 
Biroq O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalar har doim bir xil bo’lgan emas . Bu avvalo 
paxta tolasini sotishga tegishlidir. So’ngi yillarda O’zbekiston paxta tolasini Rossiyaga eksport 
qilishda barter (almashuv) va kliring (naqd pulsiz) kelishuvlari asosida olib bormoqda. Tovar 
ayriboshlashdagi bunday munosabat O’zbekiston uchun noqulay, chunki mamlakat tashqi 
savdosidagi moliyaviy harakatni qiyinlashtiradi va o’z navbatida paxtani qayta ishlashga, 
agrosanoat majmuasi faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi. 
Import qiluvchi tomon ham paxta tolasini to’qimachilik korxonalariga etkazishda muammolar 
keltirib chiqarmoqda. Ular mablag’ni tez aylantirish maqsadida paxta tolasini uchinchi tomonga 
sotmoqdalar (1996 yilda Rossiya 70% o’rta Osiyodan olgan paxta tolasini AQSh davlatiga eksport 
qilgan). Albatta dunyo bozorida paxta-tolasini ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun, shu qatori 
O’zbekiston uchun ham Rossiya raqib bo’ladi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasiga paxta-tolasini 
sotishdan kecha olmaydi, chunki mazkur davlat hissasiga eksport qilinadigan tolaning 50 foizi 
to’g’ri keladi. 
 Bu muammoni hal qilish uchun Respublikada paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni 
rivojlantirish bilan chegaralanib qolmasdan, balki Rossiyadagi qator to’qimachilik va tikuvchilik 
korxonalarini ham sotib olish kerak. Yani yagona struktura yaratish kerakki u O’zbekistonlik ishlab 
chiqaruvchilarni ham, mahsulot istemolchilarni ham, mahsulotini bozorga chiqishini 
taminlovchilarni ham qamrab olsin.  
3. Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik xususiyatlari 
Mustaqillik sharofati ila iqtisodiy-ijtimoiy va manaviy hayotimizda o’ziga xos milliy mazmun 
kasb etuvchi. ajdodlarimiz asriy orzusi sifatida o’z fursatini kutib kelayotgan tub o’zgarishlar 
davrining guvohi bo’layapmiz. Bu o’rinda barcha o’zgarishlar asosi iqtisodiy islohotlar ayniqsa 
sezilarli bo’layotganligini takidlab o’tish zarurdir. Respublikamizda tashqi faoliyat, avvalambor 
tashqi iqtisodiy aloqalarning yo’nalishlari, tovar ayirboshlash, sarmoyalar hajmini ko’paytirish 
hamda valyuta operatsiyalarini chuqurlashtirish yo’lida dastlabki yillardanoq muvaffaqiyatli ish olib 
borilganligining guvohimiz. O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishni va amalga oshirilayotgan islohatlar 
samarasini jahonning rivojlangan davlatlari yuqori baholamoqda, Buning boisi, mamlakatimizdagi 
mavjud siyosatning tinchlik va o’zaro manfaatli hamkorlik homiysi ekanligi, o’zining qulay 
geografik o’rniga, noyob va boy xom ashyo manbalarining ko’pligi, mavjud qazilmalarni 
o’zlashtirish imkoniyatlarining qulayligi bilan asoslanganligidir.  
O’zbekiston o’zining mustaqilligi yillarida jahon ham jamiyatiga qo’shilish jarayonini faol 
davom ettirdi. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining strategik manfaatlarini taminlovchi, 
dunyoning ko’pchilik  regionlaridagi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga va 
chuqurlashtirishga qaratilgani holda jahon xo’jaligining geografik «Modeli» va xalqaro geografik 
mehnat taqsimotining ko’p yillik tajribalarida sinalgan qonuniyatlari asosida o’z tashqi iqtisodiy 
munosabatlarini shakllantirmoqda. 

 
132
Bugungi kunda jahon xo’jaligi aloqalari shunday darajaga etdiki, keyingi yillarda qitalararo 
tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha hissaga ortib ketdi va shu o’rinda 
davlatlarning iqtisodiy geografik o’rni rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim omiliga 
aylanib qoldi. 
Uning muhim jihatlari birinchidan davlatlarning geografik joylashuvi; ikkinchidan, tabiiy 
sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish darajasi, xo’jaligining tuzilishi, 
mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa xususiyatlari bilan bog’langan bo’lib alohida 
xududlar dirasida bir-biridan farq qiladi. Bu o’rinda mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o’zidagi 
mavjud resurslar, imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini 
etiborga olgan xolda, hamkor tanlashi mamlakatlar o’rtasidagi muammolarning betaraf etish va 
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 
Integratsiyaning xolisligi tarixiy, geografik, iqtisodiy va boshqa omillarni umumiyligidadir. 
Evropa bankining bahosiga ko’ra yillik qayta qurishdan so’ng «oldingi ittifoq respublikalari regioni 
uzluksiz iqtisodiy pasayishdan so’ng, krizis chizig’idan chiqib, 1997 yildan ijobiy o’zgarishlar yuz 
bera boshladi. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) tushishi sekinlashdi, milliy valyutaning muomala qiymati o’sdi, 
mahsulot eksporti va xizmat ko’rsatish tizimi yuksaldi. Evropa qayta tiklash va rivojlantirish banki 
fikricha 1998 yilda O’zbekiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Gruziya davlatlarida  iqtisodiy o’sish 
yuzaga keldi. 
MDH –yosh tashkilot va unda ko’plab o’zaro aloqalar endi rivojlanmoqda iqtisodiy aloqalarni 
chuqurlashtirish, uzoq muddatli xamkorlik, ko’ptomonlama aloqalarni rivojlantirish. hamdo’stlik 
davlatlarining asosiy maqsadi va istagidir. 
1999 yilni MDH davlatlaridan 5 tasida ishlab chiqarish hajmi (Armaniston 5.1%, O’zbekiston 
4.3%, Tojikiston 3,6%, Ozarbayjon 2,3%, va Belorusda 0,1%ga o’sganligi, 6 tasida (Ukrainada 
0,4%, Qirg’izistonda 2,2%, Qozog’istonda 3.5%, Rossiyada 4,9%, Gruziyada 14,6% va Moldovada 
18%ga) pasayganligi kuzatildi. 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
1.  Tashqi iqtisodiy aloqalar - mamlakat iqtisodiy salohiyatinining ko’zgusi hisoblanib, sanoat 
va qishloq xo’jaligi – tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiruvchi asosiy omillaridir. 
2.  Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining  rivojlanishi - uning tabiiy va iqtisodiy 
geografik imkoniyatlari hamda geografik jihatlari bilan uzviy bog’liq. 
3.  Iqtisodiyotda xalqaro teng manfaatli xamkorlikni o’rnatishga intilish - yangi ishlab 
chiqarish munosabatlarida iqtisodiy barqarorlik va tovar ayriboshlashda xalqaro xurmat 
tamoyillariga rioya etish-tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanish garovidir.  
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1.  Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qachon tuzilgan va uning vazifalari nimalardan iborat? 
2.  O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik tashqi iqtisodiy aloqalarning 
rivojlanishida qanday o’rin tutadi? 
3.  O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarga doir qanday qonun va qarorlar qabul qilingan? 
4.  O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari ko’proq qaysi regionlar bilan kechmoqda? 
5.  Sizningcha tashqi iqtisodiy aloqalarda qaysi tarmoqlar istiqbolli va raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega? 
6.  Dunyoning yozuvsiz xaritasiga O’zbekiston bilan iqtisodiy aloqadagi davlatlar tashqi savdo 
aloqalari tartibi va miqdorini belgilang. 
7.  Tashqi iqtisodiy aloqalardagi ustivor yo’nalish va geografik jihatlarni asoslang. 
O’zbekiston Respublikasinig mamuriy-hududiy bo’linishi va iqtisodiy rayonlari 
Maruza rejasi: 
1.  Mamuriy-hududiy bo’lak va iqtisodiy rayon tushunchalarining mohiyati, mazmuni., 
ularning o’rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlar. 
2.  Iqtisodiy rayonga xos xususiyatlar, rayon hosil qiluvchi omillar. O’zbekiston 
Respublikasining mamuriy-hududiy bo’laklari va ularning iqtisodiy-geografik tavsifi. 
3.  O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy rayonlarining tavsifi. 

 
133
A) Toshkent iqtisodiy rayoni; 
B) Mirzacho’l iqtisodiy rayoni; 
V) Farg’ona iqtisodiy rayoni; 
G) Samarqand iqtisodiy rayoni; 
E) Qashqadaryo iqtisodiy rayoni; 
J) Surxondaryo iqtisodiy rayoni; 
Z) O’uyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. 
   
1. Mamuriy-hududiy bo’lak va iqtisodiy rayon tushunchilarining mohiyati, mazmuni, 
ularning o’rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlar. 
 Malumki, har qanday mamlakatda iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni uni mamuriy-hududiy 
bo’laklarga ajratish jarayoni bilan uzviy aloqadordir. 
Iqtisodiy rayon – bu insonlarning hohishi – irodasidan qatiy nazar obektiv tarzda mavjud 
bo’lgan kategoriyadir. 
Siyosiy-mamuriy bo’lak – qonun asosida davlat tomonidan ajratiladi, shuning uchun ham u 
subektiv kategoriyadir. 
Shunga qaramasdan, siyosiy - mamuriy bo’laklar mavjud iqtisodiy rayonlar doirasida barpo 
qilinadi. Iqtisodiy rayonlarning rivojlanishi jarayonidagi o’zgarishlar siyosiy - mamuriy bo’laklar 
tarmog’iga mutanosib o’zgarishlarni kiritilishini talab qiladi. 
O’zbekiston Respublikasida qishloq tumani iqtisodiy rayonlashtirishning eng pastki quyi 
bo’lagi hisoblanadi.   U shu vaqtning o’zida mamlakatning eng kichik siyosiy-mamuriy bo’lagi 
hamdir. Keyingi bo’lak-viloyat tumanga nisbatan yuqori darajaga ega bo’lgan iqtisodiy rayon 
hamda siyosiy - mamuriy bo’lakdir. Iqtisodiy rayonlashtirishning eng muhim bo’lagi - asosiy 
iqtisodiy rayon siyosiy-mamuriy jihatdan rasmiy-lashtirilmagan. Chunki, bunday yuqori darajada 
iqtisodiy rayon rejalashtirish bo’lagi hisoblansa ham, u mamuriy boshqarish obekti emasdir. 
Iqtisodiy rayonlashtirish davlatlarning konstitutsion asoslariga tayanishi lozim. Bunda milliy 
davlatlarning mavjudligi va shakllari, ularga xos iqtisodiy shart- sharoitlar albatta hisobga olinishi 
lozim. 
Kishilik jamiyatini vujudga kelishi va taraqqiy etishining, mehnat taqsimoti jarayonini 
rivojlanishining zaruriy sharti hisoblangan, geografik muhit har xil joylarda ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuviga, hududiy mehnat taqsimotiga, iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga juda katta tasir 
ko’rsatadi. 
Mahalliy tabiiy sharoitlarni iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida albatta hisobga olish zarurdir. 
Chunki iqtisodiy rayon er yuzasining aniq bir hududida rivojlanadi. Tabiiy sharoitlar iqtisodiy rayon 
xo’jaligiga, uning ixtisoslashuviga sezilarli tarzda tasir ko’rsatadi.  
Iqtisodiy rayon xo’jaligi asosan  majmuali rivojlangan bo’ladi, yani xo’jalik tarmoqlari uzoq 
davr davomida bir - biri bilan aloqador holda rivojlanganligi tufayli, ularning o’rtasida optimal 
nisbatlar shakllangan. Bu esa rayon doirasida qo’shimcha iqtisodiy samara beradi. Rayondagi ayrim 
korxonalar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari, ayniqsa texnologik aloqalar yuqori darajaga ega 
bo’ladi.  
Iqtisodiy rayon xo’jaligini  majmuali rivojlanganligi unda mavjud tabiiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy rayon xo’jaligini majmuali 
rivojlanishida mazkur rayon doirasida sanoatning kooperatsiyalashuvi, yani ixtisoslashgan 
korxonalar o’rtasida barqaror, doimiy ishlab chiqarish aloqalari tizimining mavjudligi juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Har qanday iqtisodiy rayonni vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ifodalovchi o’ziga 
xos ichki qonuniyatlar mavjud. Shularni bilish va to’g’ri baholash iqtisodiy rayon taraqqiyotini 
bashorat qilishda zarur metodologik asos hisoblanadi.  
2. Iqtisodiy rayonga xos xususiyatlar, rayon  hosil qiluvchi omillar. 
O’zbekistonning mamuriy-hududiy bo’laklari. 
Iqtisodiy rayonning eng muhim belgisi uning iqtisodiy jihatdan bir butunligi, yaxlitligi bilan 
asoslangan. Iqtisodiy rayonning ushbu belgisi uni mamlakat xalq xo’jaligida bo’lgan munosabatida 

 
134
ham, rayon ichidagi iqtisodiy aloqalarda ham namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy 
rayonlashtirish jarayonida rayon ichidagi va rayonlararo iqtisodiy munosabatlar hamda aloqalarni, 
hududiy mehnat taqsimotini tatbiq etish va baholash muhim o’rin egallaydi. Iqtisodiy rayon 
mamlakat xalq xo’jaligining ajralmas bir bo’lagidir. Shu bilan birga har bir iqtisodiy rayon 
mamlakat xalq xo’jaligi doirasida malum vazifani bajaradi. 
Hududiy mehnat taqsimoti rayon hosil qiluvchi eng muhim omildir. Hududiy mehnat 
taqsimoti iqtisodiy rayonlarning jami tizimini, ular o’rtasida mavjud aloqalarni belgilab beradi. 
Hududiy mehnat taqsimoti insonlar o’rtasida ishlab chiqarish munosabatlarining bir turidir. 
Iqtisodiy geografiyaning asosiy kategoriyasi – hududiy mehnat taqsimoti avvvalambor iqtisodiy 
rayonlarning ishlab chiqarish ixtisoslashuvida o’z ifodasini topadi. Ushbu ixtisoslashuv rayonning 
tabiiy va inson resurslaridan, uning ijtimoiy-tarixiy hamda iqtisodiy shart- sharoitlaridan oqilona 
foydalanishga imkon yaratadi. Shuning natijasida, ishlab chiqarishning yuqori darajadagi iqtisodiy 
samaradorligi taminlanadi, mehnat xarajatlari keskin kamayadi, uning unumdorligi esa o’zining 
yuqori nuqtasiga etadi.  
O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda alohida 
maqomga ega bo’lgan, uning poytaxti Toshkent shahri mavjud. Respublikada 2000 yilning 1 
yanvariga nisbatan 164 ta qishloq tumani, 120 shahar, 113 ta shaharcha, 1456 ta fuqarolarning 
qishloq yig’inlari hamda 12 mingtaga yaqin qishloq borligi qayd etilgan. 
O’zbekiston Respublikasida maydonining kattaligi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi 
ajralib turadi. 
Maydonining kattaligiga ko’ra viloyatlar ichida Navoiy viloyati peshqadam bo’lsa, Andijon 
viloyati ushbu ko’rsatkich bo’yicha  respublikada eng oxirgi o’rinni egalaydi. 
O’ishloq tumanlarining katta miqdorlari Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Samarqand, 
Toshkent va Farg’ona viloyatlarida mavjud bo’lsa, uning eng kam miqdorlari Navoiy va Sirdaryo 
viloyatlariga xosdir. Shunday qilib, bir xil sharoitda qishloq tumanlarining  ko’p-kamligi viloyat 
hududining katta –kichikligi va ayniqsa, aholisining soni va uni hududiy tashkil etilganligi bilan 
bog’liqdir. 
Respublikada urbanizatsiya darajasi past bo’lsa, ham unda shahar va shaharchalar soni ancha 
ko’p. Shaharlarning asosiy qismi sanoatlashish darajasi nisbatan yuqori bo’lgan viloyatlarga to’g’ri 
keladi. 
Bunda shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi qayta ishlovchi sanoatga aloqador bo’lsa, 
shaharchalarning ko’pchiligi tog’-kon sanoati bazasida barpo bo’lgan va rivojlangan. 
Shaharlar tarmog’ining rivojlanganlik darajasiga binoan Toshkent viloyati respublikada tengi 
yo’qdir. Shaharlar tarmog’i Qoraqalpog’iston Respublikasida, Qashqadaryo, Andijon, Buxoro va 
Samarqand viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Shu vaqtning o’zida Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida 
shaharlar tarmog’i bo’sh rivojlangan. Shaharchalar soni Toshkent viloyat hamda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi eng ko’p, Buxoro, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida eng kam miqdorga egadir. 
O’zbekistonda qishloqlar soni ancha ko’p, o’ishloqlarning umumiy miqdori 12 mingtaga yaqin 
bo’lib, shularning barchasi 1455 ta fuqarolarning  qishloq yig’imlariga to’plangandir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling