O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

shahar yoki rayon miqiyosidagi ixtisoslashuvi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda ularning har 
biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida malum bir mahsulotni ishlab chiqarish 
biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu korxona, shahar va rayonlarning “qiyofasini” ularning 
mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi.  
Ixtisoslashuvning uch turi –  
1) Bu qism (detal)  
2) Texnologik yoki yarim mahsulot  
Predmet (tovar mahsuloti ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. 
Ixtisoslashuvning bunday ko’rinishi bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda 
o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv  oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari vujudga 
keladi, iqtsodiy rayonlar, shaxarlarning funktsional turlari shakllanadi. Shu bilan birga u tashqi 
transport, iqtisodiy aloqalarni taqazo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy istemoldan ortib 
qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan 
keltiriladi. 
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi mahsulot faqat shu 
joy talabini qondiribgina qolmay balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar 
xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha 
bo’lmasligi mumkin.  
Aytaylik  rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot 
shu erning o’zida batamom istemol qilinsa yoki anksincha ushbu mahsulot mahalliy sharoit 
ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa har ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv 
bo’lmaydi. Birinchi misolda oddiy natural xo’jalik, ikkinchi holda esa hom-ashyoga asoslangan 
qaram rayon yoki mamlakat ekanligini guvohi bo’lamiz, chunki ko’p degan so’z har doim ham 
ortiqcha manoni anglatmaydi. Masalan, Rossiyaning markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan 
ko’proq kartoshka yoki Boltiqbo’yi davlatlariga ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na 
kartoshka, na sut Rossiyaning markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu 
mahsulotlar o’z joyida istemol qilinadi, chunki rayonning o’zida 30 mln. dan ziyod aholi yashaydi. 
Ayni paytda kartoshka Belorussiya uchun, sut Boltiqbo’yi davlatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo’lib 
xizmat qiladi. Bu  erlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan mahalliy talab qondiriladi, 
ortiqchasi esa chetga chiqariladi. 
Shunday tartibda mulohaza yuritib, O’zbekistondagi ixtisoslashgan tarmoqni aniqlash mumkin. 
Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va 
boshqalarga ixtisoslashgan. Ammo uni ip yoki ipak gazlamaga, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan 
deyish biroz mushkulroq, chunki bu mahsulotlar O’zbekistonda hozircha etarlicha ishlab 
chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la qondirolmaydi. 
Ixtisoslashuv, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga 
molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar o’qituvchi, boshqalari- agranom, muhandis, 
iqtisodichi kabi mutaxassislarni tayorlaydi. Chunki bular shunday hodimlarni tayorlashga 
ixtisoslashgan.  
Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuv kabi o’zining chegarasi bo’lishi lozim, o’ta tor 
ixtisoslashuv bu bir tomonlamalikka (ijtimoiy hayotda tor fikrlashga) yo’l xarajatlarini ko’payishiga 
olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo’lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, 
yakka xokimlik ham shuncha xatarlidir.   
Afsuski, yaqin o’tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi shu “yirik”, “eng 
katta”, “yagona” kabi tushunchalar bilan ifodalanar, “birinchi” bo’lish esa ko’p hollarda qolgan 
barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto’g’ri xulosa chiqarish ham 
kerak emas, chunki ixtisoslashuv shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayon, resurslarni, qolaversa 
jamiyat va kishilarning o’zini ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun 
ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech 

 
15
bo’lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo’lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni 
va daraxtning tanasiga, daryoga qo’shimcha tarmoqlarni esa daraxtnigng shox va shoxchalariga, 
daryoning irmoqlariga o’xshatish o’rinli. O’z-o’zidan malumki, tanasiz shox ham bo’lmaydi, 
shoxsiz daraxt esa bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham daryo tizimini shakllantirmaydi. 
Demak, ixtisolashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uyg’unlashuvi kerak. Zero, 
ixtisoslashuvda yo’l qo’yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar 
ayniqsa, sobiq ittifoqdosh respublikalarning o’zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o’z aksini 
topmoqda. Shu sababli etibor ko’proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga 
qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa 
mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o’rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni 
takomillashtirish orqali oshirilishi maqsadga muvofiqdir.   
Kooperatsiyalashuv pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli 
korxonalarning xamkorligidir. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo’lmasligi 
mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir 
joyda o’rnashuvi uncha sezilmaydi va, aksincha, ularning tarqoq holda joylashuvi 
kuzatiladi.Kooperatsiyalashuvda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning 
murakkabligiga bog’liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog’i engil va yuk mashinalari ishlab 
chiqarish uchun juda ko’p ehtiyot qismlar, detallar kerak. Shu bois bunday mashinalarning 
yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvadagi engil 
avtomobil yoki Lixochyov nomli zavod, Tolyattidagi avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o’xshash 
birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. Madomiki asosiy yakunlovchi  
yoki yig’uvchi bosh korxona ko’p joydan asbob uskuna, detal va jihozlar olar ekan, u transport 
jihatdan qulay nuqtada joylashuvi zarur. 
Kombinatlash kooperatsiyalashuvga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu 
erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularnig hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu 
sababli, kombinatsiyada kooperatsiyadan farqlanib, ko’proq hududiylik namoyon bo’ladi.  
Bu ikki, yuzaki qaraganda, bir-biriga o’xshash tushuncha o’rtasida boshqa farqlar ham bor. 
Kooperatsiyada natija, maqsad, pirovard, mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyalashuvda aksincha, 
hom-ashyo bir bo’lib, undan olinadigan mahsulot turlichadir (2-chizma).  
Demak, kombinatlashuv malum bir turdagi xom-ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning 
chiqindilaridan to’la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. Xuddi shu 
manoda kombinatlashuv “to’ntarilgan” kooperatsiyadir.  
Kombinatlashuv bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki 
rayonda ham bo’lishi mumkin.  
Xalq xo’jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o’rmon, 
oziq-ovqat, engil va qurilish sagoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qaerda “kombinat” so’zini 
uchratsak, uni o’sha sohada ko’ramiz, hatto aholiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy-
xizmat kombinatlar).  
To’qimachilik kombinatlari yigiruv, bo’yoqlash, tayyorlash tsexlaridan iborat. Xom ashyo bitta- 
paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go’sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha 
mahsulot: go’sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go’sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan 
masalan, suyak va qondan qishloq xo’jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa 
oshlangandan so’ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
16
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-chizma. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari 
 
O’rmon, tsement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham huddi shunday. Qolaversa, 
markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega. Chunki, ular ayni paytda 
elektr energiyasi va par (bug’) beradi.  
Shunday qilib kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko’pchiligiga xosdir. Faqat 
mashinasozlikda “kombinat” so’zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan 
metaldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng istemol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, 
Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samalyotdan tashqari avtomobil uchun bazi bir 
ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi va shunga o’xshash turli hil xalq istemol mollarini ham ishlab 
chiqaradi.  
Yuqorida keltirilgan misolarda malum bir nuqtada yoki yirik korxonalar doirasidagi 
kombinatsiyani ko’rish mumkin. Uning hududiy ko’rinishi esa hududiy ishlab chiqarish 
kompleksini o’zginasidir.  
Umuman olganda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o’zaro bog’liq. Chunonchi, 
ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasida ishlab chiqarish bo’g’inlari 
ham u yoki bu ko’rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu erda ularning bir joyda 
Мужассамлашув 
(концентрация) 
Ихтисослашув 
Ишла
б 
чиқариш
 ёки
 
корхоналарни
 
мужасс
амла
шуви
 
Район
 (
ҳуду
дий

Шаҳар
 (
урбанистик

Детал
 
Технология
 
Предмет
 (
тай
ёр
 
маҳсулот

Тайёр маҳсулот 
Кооперациялашув 
Турли хил маҳсулотлар 
Комбинатлашув 
Хом ашё 

 
17
to’planganligi, yig’ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo’lishi lozim, aks holda tom 
manodagi mujassamlashuv bo’lmaydi.  
Mujassamlashuv va ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. 
Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotda kattaligi, ko’lami bilan 
o’lchansa, ixtisoslashuvda esa u o’z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi.  
Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab 
chiqarishni tashkil etishni barcha shakllaridan to’g’ri va oqilona foydalanish zarur. Masalan, har 
qanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan 
korxonalar bo’yicha parchalab yuborish maqsadga muvofiq emas.  
Shu bois mamlakat uchun katta, o’rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning 
turg’un uyushmasi, majmuasi kerak.  
Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham “pastdan”, ham “yuqoridan” qurish lozim. 
Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan xamkorlikda barpo etilayotgan sanoat 
korxonalari uchun ularga zarur bo’lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o’zimizda 
tayorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va 
resurslardan to’la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko’proq tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim.  
 
5. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari 
Xalq xo’jaligining tarmoqlari o’z-o’zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki malum shart-
sharoit va omillarni  hisobga olgan holda joylashtiriladi va hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni 
yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini 
o’rganishga asos bo’ladi. Qonuniyatlar esa talabalarni behisob fakt va raqamlarni yodlab olishdan 
ozod qiladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-chizma. Ishlab chiqarishni joylashtirishga tasir etuvchi asosiy omillar 
 
Bu masalani talabalarga tushuntirib berishda yaratilgan mahsulot uchun suv yoki elektr-
energiya, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko’rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda
kasr mahrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turlari (masalan, bir tonna 
shakar olish uchun qancha xom ashyo, yani qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr-energiya 
yoki mehnat sarflanadi) turadi. Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati 
shuncha yuqori bo’ladi va u ko’rsatilayotgan ishlab chiqarish tarmog’ini jamlashtirishda 
belgilovchi, aniqlovchi vazifani o’taydi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, malum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik 
Ишлаб чиқариш
Фан-техника та 
раққиёти
Иўтисодий 
географик өрин
Ер-сув  
Транспорт  
Инфра-
структура  
Бошқа 
омиллар 
Хом ашё 
ёқилғи 
iнергетика 
Ишчи кучи 
Iкология  
Бозор 
иқтисодиёти
Истеъмол 

 
18
“tarmoqchalar” uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga 
kiruvchi bazi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metall) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa 
boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi.  
Endi yuqorida ko’rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. 
Xom ashyo. Tabiiyki barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlar 
olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo 
rayonlariga yaqin joylashtirilgan.  
Sanoatning bazi tarmoqlari masalan, tog’-kon, o’rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining 
joylashuvi xom ashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining 
joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko’lami bilan belgilanadi. Boshqa 
sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator 
fakt va raqamlar keltirish o’rinli. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun tahminan 3 tonna xom 
paxta, bir tonna paxta yog’i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yog’i uchun 3 tonna kungaboqar, 1 
tonna shakar uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz) ko’rinishida 
berish foydadan xoli emas. 
1-jadval 
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga tasir etuvchi omillar 
 
Mahsulotlar va 
tarmoqlar 
 
Xom 
ashyo 
yoqilg’i-
energe-
tika 
Ishchi 
kuchi 
Trans
port 
Ekologi
ya 
Iqtisodiy 
geografi
k o’rin 
Suv Istemol
Alyuminiy + 
++ 
 
 
 
 
 
 
Misni tozalash 
 
++ 
 
 
 
 
 
 
Cho’yan + 
++ 
 
 
 
 
 
 
Temir qotishmasi 

++ 
 
 
 
 

 
Po’lat + 

 
 
 
 
 
 
Kaliy o’g’iti 
++ 
 
 
 

 
 
 
Fosfor o’g’iti 

 
 
 

 
 

Azot o’g’iti 

 
 
 

 
 
++ 
Sintetik tola 
 
++ 
 
 

 
 
 
Qishloq xo’jaligi 
mashinalari 
 
 
       
++ 
Radio, priborsozlik, 
aniq mashinasozlik 
  + 
  ++ 
 
 
Tsellyuloza-qog’oz 
sanoati 
+    +    


Tsement  

 
       

Paxta tolasi 
++ 
 
 

 
 
 
 
To’qimachilik sanoati 

 


 
 
 
 
Paxta yog’i 
++ 
 
 
 
 
 
 
 
Go’sht + 
 
       

Sut  

 
       

Izoh: ++ hal qiluvchi tasir ko’rsatuvchi omil. 
+   o’rtacha tasir qiluvchi omil. 
 
 Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan chiqishi 32-33%, paxta yog’ining chigitdan olinishi 
19-20%, shakarni qand lavlagidan tayyorlash 14-15% va shunga o’xshash. Demak bu korxonalar 
xom ashyo rayonida yoki unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart. 
Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo mamlakat 
tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Bu erda biz malum darajada geografik 
determinizmni yani tabiiy sharoitlarni ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvidagi tasirini ko’rib 

 
19
turibmiz. Bu tasir qishloq xo’jaligi ekinlarini hududiy tashkil etishda katta ahamiyatga ega – suv, 
iqlim va tuproq sharoitlari ko’p jihatdan qishloq xo’jaligining regional va zonal (mintaqaviy) 
xususiyatlarini belgilab beradi. 
Xom ashyo omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy 
boyliklardan oqilona foydalanishning atrof muhit tozaligini saqlash muammoalarini hisobga olgan 
holda yoritilsa mavzu mazmuni iqtisodiy geografiya iqtisod bilan emas balki ekologik yo’nalishlar 
bilan ham singdiriladi. 
Ёqilg’i – issiqlik elektr stantsiyalari, qora metalurgiya sanoatining dastlabki bosqichini 
(cho’yan eritish) joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning tasiri har doim etakchi kuchga 
ega emas. Issiqlik elektr stantsiyalari yoki metalurgiya zavodlari istemol rayonlarida ham 
joylashtirilishi mumkin. Bunday xol neft va uning maxsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi 
issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taaluqli (yoqilg’ini quvurlarda keltirishni iqtisodiy jihatdan 
maqulroq) bo’ladi.  
Biroq, qora metalurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. 
Malumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50%i foydali, bu “o’rtacha” raqam 
xamma joyda ham bir xil emas – ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 
17-19%ni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi Qo’shqonarni yoki Qoraqalpog’iston 
Respublikasidagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu erlardan qazib olinadigan 
rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan ko’ra foydasiz 
jinslar ko’proq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning 
xissasi oshirilishi kerak. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun 
boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir 
necha barobar ko’payadi. 
Ammo bu bilan ham uning hissasi etarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari 
ko’proq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Bazi metallurgiya zavodlari xom ashyo va 
yoqilg’i rayonlari o’rtasida joylashgan, zero mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning 
ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo’lib Cherepovets metallurgiya kombinati (Rossiya 
Federatsiyasi) xizmat qiadi. U Pechera kokslanuvchi ko’mir xavzasi bilan Kola yarim oroli temir 
rudasi konlarining taxminan o’rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u 
biroz g’arbga “tortilgan”, sababi Sankt-Peterburg, uning yirik mashinasozlik sanoatini po’lat va 
prokatga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor.  
Shuninigdek, ko’mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy almashuvi asosida xar ikkala 
rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada 30-yillarda amalga oshirilgan 
Ural-Kuznetsk kombinati (UKK)ni ko’rsatish o’rinli. Ushbu dastur o’rinli ishlab chiqarish 
majmuining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uni hayotga tadbiq etishda ham xom ashyo rayonida – 
Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida (dunyodagi eng yirik Magnitagorsk metallurgiya 
kombinati), ham yoqilg’i rayoni – Kuznetsk toshko’mir xavzasida, yani Novokuznetskda bunday 
ulkan korxonalar bunyod etilgan edi. 
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va 
qishloq xo’jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu sohaning o’ziga xos xususiyati 
shundaki, u yaratgan mahsulotni, yani elektr quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi 
undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak.  
Bundan tashqarish elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga 
berilishi mumkin. Xuddi shu maqsadda yirik ko’mir havzalarida yirik yoqilg’i energetika 
majmualari barpo etilgan. Angren ko’mir xavzasida ham xuddi shunday majmua yaratilmoqda. 
Ammo bazan murakkab tog’ sharoitiga ega bo’lgan rayonlarda elektr quvvatini uzoqqa uzatish 
iqtisodiy jihatdan maqul xisoblanmaydi. Bu quvvatdan mumkin qadar shu joyning o’zida 
foydalanish lozim bo’lib qoladi. 
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning 
arzon turiga urg’u beriladi. 
Arzon elektr quvvati suv stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha keyin ham qolaveradi., 
yoqilg’i elektr stantsiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz sarflanadi. 

 
20
Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun 
(titan po’latdan bir necha marta engil va chidamli) 40-50 ming kvt/s, alyuminiy uchun 17-19 ming 
kvt/s, misni tozalash, temir qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po’lat eritish uchun 
ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvt/s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki bunday 
korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 
 O’rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik alyuminiy 
zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. 
Demak, elektr quvvati bir qator sanoat korxonalarini o’z atrofiga omil sifatida “yig’ar” ekan. 
Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish quvvatiga ega. Bizning sharoitimizda elektr 
quvvati yangi erlarni o’zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi 
Tolimarjondagi bir qator nasos stantsiyalar vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak-
Tursunzoda (Regar) - G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu erning o’zida juda yirik mahalliy 
tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon GRESi qurilmoqda. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling