O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning


Download 42.36 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi42.36 Kb.
#141752

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING

O‘QUV DASTURI



Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:

3.61.17.01-CHorvador

Kvalifikatsiya nomi:

Mexanizatsiyalashtirilgan chorvachilik majmualari operatori

O‘quv dasturi nomi:

Ozuqa etishtirish va em - xashak tayyorlash

O‘quv rejadagi tartib raqami:

3.1.1

Ajratilgan soat:

40


Toshkent – 2020

O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ________________ O‘quv uslubiy birlashmasining 20___ yil “____” __________dagi ____ -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda institutining metodik kengashining 20___ yil “____” ___________dagi ____ -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 20___ yil “____” __________dagi _____-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil _________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.



Tuzuvchilar

I. Nurmanov


Hazarbog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi

M.Saidaxmedova
U. Musaeva


Hazarbog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi

OO‘MTV Axborot ta’minoti o‘quv dasturlari va adabiyotlarini ishlab chiqish bo‘limi etakchi mutaxassis



Taqrizchilar:

O‘.Soatov

Toshkent davlat agrar universiteti “Zootexniya” kafedrasi dotsenti











1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Ozuqa etishtirish va em xashak tayyorlash

Ajratilgan soat

40

O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

10

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarda ozuqa etishtirish va em xashak tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

1.O‘simliklarning hayot faoliyati;

2. Tuproq unumdorligi barqaror bo‘lishidagi omillar;

3.O‘simliklarni almashlab ekish;

4.O‘g‘itlar va ularning qo‘llanishi;

5. Xashaki donli va dukkakli don ekinlarini etishtirish;

6. Em-xashak o‘tlarni etishtirish;

7. Omuxta em tayyorlash texnologiyasi..


Bilimlar


  • -O‘simlik hayot faoliyati bilan tanishish.

  • -Tuproq va uning unumdorliligi bilan tanishish.

  • -Dehqonchilik tizimida almashlab ekish usullari.

  • -Erga ishlov berish,

  • -O‘simliklarni o‘g‘itlash

Ko‘nikmalar


  • -Agronomiya sohasining chorvachilikda tutgan o‘rnini bilash.

  • -Etishtirilayotgan mahsulotlarining turlari.

  • -CHorvachilikda oziqalarni tutgan o‘rni.

  • -Ekinlarni ekish muddatlari.

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

Qishloq xo‘jaligi mashinalari, chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish


O‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;

A – Amaliy ta’lim;

NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;

MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.



Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

YOzma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq

2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Kirish. O‘simdiklarning hayot faoliyati.

Respublikamizda chorvachilik uchun ozuqa manbaini xosil qilish muammolari. Oziq etishtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar. Omuxta em ishlab chiqarish holati, ahamiyati, rivojlanish yo‘nalishlari. Omuxta emlarni protein moddasi bilan to‘ydirishtadbirlari. O‘simlik to‘qimalari, morfologiyasi. Ildiz va uning vazifalari. Poya, uning tavsifi, vazifasi, ahamiyati. Barg, uning tuzilishi va ahamiyati. Gul, uning qismlari, ahamiyati. Urug‘ hosil bo‘lishi. Urug‘ning ahamiyati. Meva hosil bo‘lishi. O‘simlikni ko‘paytirish va nasl qoldirish xususiyatlari. O‘simlik poyasi. Poyaning kimyoviy tarkibi. Undan hazm bo‘la oladigan moddalar. O‘simlikning tashqi muhit sharoitlariga talabi. O‘simlik poyasidagi kletchatka, sellyuloza, gimssellyuloza, ularning ahamiyati. O‘simlik mahsulotlari, ularning ahamiyati. O‘simlik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida olinadigan yangi xil maxsulot turlari, ularning inson xayot faoliyatidagi, chorvachilikdagi ahamiyati. Barg, uning tuzilishi va axamiyati.

4

NA

1

2

Tuproq va uning unumdorligi.

Tuproq va uning unumdorligi hakida tushuncha. Tuproq turlari. O‘zbekiston hududidagi tuproq hududlari. Ularning unumdorligi haqida ma’lumot. Tuproq unumdorligi barqaror bo‘lishida iqlim sharoiti, hududning relefi, er maydonlarining past balandligining ahamiyati. Tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi. Unumdorligini oshirishda chirindi yoki ug‘itlarning ahamiyati. Tuproqning suv, havo, issiqlik, o‘g‘it ta’sirida unumdorligining ortishi.

4

NA

1

3

O‘simlik zararkunandalari.

O‘zbekiston sharoitida asosiy em-xashak ekinlaridan beda, makkajo‘xori, xashak lavlagi, bir va ko‘p yillik bashoqli o‘tlar zarrarkunandalari: fitonomus, beda va dala kanalari, beda urug‘xo‘ri, tuganak uzunburunlari, lavlagi uzunburuni, shiralar, o‘rgimchak, kana ularga qarshi kurash choralari. Kasalliklardan: bedaning kuyogir dog‘lanishi, antraknoz, lavlagini kosporoz kasalliklari va ularni bartaraf etish choralari. Makkajo‘xorining pufakchali qora kuya, chang qora kuya, zang zamburug‘i kasalliklari va ularga qarshi kurash. Kasalliklarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari. Begona o‘tlar. Ularning oziqlanish usuli, yashash mudati, biologiyasi. Begona o‘t guruhlari: parazitlar, noparazitlar. Parazit begona o‘tlarning hakikiy va yarim parazit xillari. Parazit va noparazit begona o‘tlar keltiradigan zarur. Ularga qarshi kurash choralari.

4

NA

2

4

Almashlab ekish.

Ekinlarni dala va erlar bo‘yicha ilmiy asosda almashlab ekish. Almashlab ekish rotatsiyasi (ekinlarni tartibi bilan belgilangan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt). Almashlab ekishga kiritilgan ekinlarning guruh ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati (almashlab ekish sxemasi).

4

NA

2

5

O‘g‘itlar va ularning qo‘llanishi.


O‘g‘itnO‘g‘itni qo‘llash tizimi. Asosiy o‘g‘itlash (ekishgacha, ekish davomida), qatorlab o‘g‘itlash (ekish bilan birga), qo‘shimcha oziqlantirish (ekin sug‘orilayotgan paytda). O‘g‘it chiqarish muddatlari (ko‘zda, bahorda, yoz faslida, belgilangan ma’lum oylarda). O‘g‘itlashgan asosiy usullari: yoppasiga o‘g‘it chiqarish (sochma), joyga berish (uyaga, uchog‘iga, qatorga , lokal-tasmasimon, zaxiraviy, agregat yordamida o‘g‘itlash. O‘g‘it me’yorini belgilash. Ayni jarayonda tuproq xossalari, o‘simlik xili, o‘g‘it turi, iqlim sharoiti, agrotexnika tadbirlarini hisobga olish. O‘g‘itlashning maqbul me’yori, oqilona (risoladagidek) me’yori, eng yuqori me’yori ularning tavsifi. O‘g‘it xillari bilan nigohan tanishish. Ishlab chiqarilish texnalogiyasi bilan tanishish. Saqlash usulini o‘rganish. Ozuqabop o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ma’lumot olish. Ekin paykaliga mo‘ljallangan sof holdagi azot, fosfor, kaliy me’yorini qoplash uchun qancha ammiak selitrasi, superfosfat, kaliy o‘g‘itlar chiqarish lozim ekanini hisobot usuli bilan aniqlashni o‘ragnish.

4


NA


2


6

Xashaki donli va dukkakli don ekinlari.


Aholini oziq-ovqat mahsuloti chorva mollarini emga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda don ekinlarning axamiyati. Ayni har xil o‘simliklarning morfologiyasi va biologik xususiyatlari. Etishtirish texnologiyasi. Bahorgi g‘alla ekinlarining ahamiyati. Suli, arpa, tritikali, javdar kabi g‘alladoshlarning chorvachilik tarmog‘i uchun ahamiyati. Kuzgi g‘alla ekinlarining qish sovuqlarida siyraklanishi. Oraliq ekin sifatida ekilish. Donning tuzilishi, kimyoviy tarkibi. G‘alla donining sifatini aniqlash. Ifloslanganlik darajasi, uni aniqlash usuli. G‘alla don jamg‘armasidan namuna olish usuli va dukkakli don o‘simliklarini donning oziqlik qiymatini aniklash. G‘alla donining sifatini tahlil qilish usullari bilan tanishish. Ma’lum bir unumini amalda bajarish.

4

N

A


2

7

SHirali ozuqa olinadigan ekinlar.




SHira Qand lavlagi. Uning oziqlik qiymati. Mol va parrandalar uchun yuqori sifatli shirali ozuqa hisoblanishi. To‘yimligi. Har bir kg qand lavlagi tarkibida 740 g suv bo‘lib 254 g quruq modda saqlanishi. Uning 16g protein, 15 g kletchatka, 210 g azotsiz ekstraktiv modda ekani.Xashaki sabzi, xashaki lavlagi etishtirish agrotexnikasi. Oziqlik qiymati. SHirali oziq sifatida chorvachilik uchun zarurligi. Tarkibidagi oziq moddalar xili va xashaki poliz ekinlardan tariq, kungaboqar, qovoq etishtirish texnologiyasi va tuzilish morfologiyasi. Ildiz mevali oziqlarni saqlash usullari bilan tanishish va morfologiyasini o‘rganish.

4

N

A


2

8

Em-xashak o‘tlar.




CHorva hayvonlari uchun ko‘kat pichan, silos vitaminli un, senaj kabi to‘yimli ozuqalar tayyorlashda, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar, tariq, beda, qizil seborga, qo‘ng‘ir bosh, sudan o‘tlarini biologik tuzilishlari farqi va etishtirish texnologiyasi.Kombaynlarni tashqi belgilariga qarab TXA va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.

4

N

A


1

9

Silos va senaj tayyorlash.




Makkajo‘xori ko‘k poyasini konservatsiya qilish. Silosning mollar ozuqa balansida muhim o‘rin egallashi. Silos massasi tarkibida boradigan sut kislota, sirka kislota, propion kislota, glutamin kislota, bijg‘ish jarayonlari. Ayni bijg‘ish xillarining silos sifatiga ta’siri. Sifatli silos vujudga kelishi uchun poya tarkibidagi namlikning, qand moddasining ahamiyati. Senaj tayyorlanadigan o‘simlik turi. Senaj hosil qilish uchun o‘rilgan ko‘k o‘simlikni so‘litish. O‘simlikni qirqib maydalash. Inshoatlarga bostirish, eichlash, berkitish. Senaj massasidagi bijg‘ish jarayonlari. Ozuqliq qiymati, to‘yimligi, chorva mollarining mahsuldoriligiga ta’siri. Silos tayyorlash texnologiyasi bilan amalda shug‘ullanish. Inshoot tomonlarini o‘lchash, senaj og‘irligini aniqlash.

4

N

A


1

10

Omuxta em tayyorlash texnologiyasi.


To‘liq ratsionli, ya’ni to‘liq to‘yimli, to‘liq to‘yimsiz omuxta emlar. Oqsil, vitamini va mineral moddalar aralshamasi talabga xos me’yorga keltirilishi. Mayda omuxta emlar. Donador omuxta emlar. Ularni ishlab chiqarish texnalogiyasi. Bir-biridan farqlanishi. Omuxta em ishlab chiqarish retsepti. Retseptni tuzish tartibi. Retsept tuzish uchun kerakli ma’lumotlar. Mol yoki parrandaning turiga, yoshiga mahsuldorlik ko‘rsatkichlarga qarab kombikorm ingradientlarining (oziq xillarining) nisbati. Xo‘jalik sharoitida omuxta em tayyorlash asoslari. CHorvachilik ferma mashinalari va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish

4

N

A


1




Jami




40




14


3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

O‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.

Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.

4. foydalaniladigan adabiyotlar
1. SH.M. Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerakToshkent – “O‘zbekiston”-2017.

2. SH.M.Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq .farovonligining garovi.Toshkent – “O‘zbekiston”-2017.

3. Xoshimov I.E; To‘ychiev T; «Parrandalar ozig‘iga va parranda boqish». Toshkent-“Mehnat” nashiryoti 1996y.

4. Hoshimov I.E; To‘ychiev T; “Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish”. “Mehnat” nashiryoti Toshkent -1991y.

5. Boyarskiy, L. G. Proizvodstvo i ispolzovanie kormov v promыshlennom proizvodstve / L. G. Boyarskiy. - M.: Rosselxozizdat, 2018

6. Devyatkin, A. I. Ratsionalnoe ispolzovanie kormov v promыshlennom jivotnovodstve / A. I. Devyatkin. - M.: Rosselxozizdat, 2016

7. Xoshimov I.E; “Qoramolchilik mahsulotlari etishtirish texnologiyasi”. Ofset fabrikasi 1989y.

8. 3afren, S. YA. Texnologiya prigotovleniya kormov / S. YA. 3afren. - M.: Kolos, 2018


Internet manbalari:

http://www.ziyonet..uz/technics

http://www.ref.uz http://www.tsau.uz

http://www.timi.uz http://www.ref.uz

www.avtomash.ru

http://www.google.ru/search



http://www.yandex.ru/search
Download 42.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling