O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning


Download 41.81 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi41.81 Kb.
#141760

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING

O‘QUV DASTURI



Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:

3.61.17.01-CHorvador

Kvalifikatsiyalar nomi:

1.Mexanizatsiyalashtirilgan chorvachilik majmualari operatori

2. Sog‘ish mashinalari operatori

3. Mexanitsaziyalashtirilgan ferma va parranda fabrikalari operatori

4. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jihozlarini ta’mirlash chilangari




O‘quv dasturi nomi:

Qishloq xo‘jalik hayvonlarining anatomiyasi va fiziologiyasi

O‘quv rejadagi tartib raqami:

2.04

Ajratilgan soat:

40

Toshkent – 2020

O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ________________ O‘quv uslubiy birlashmasining 20___ yil “____” __________dagi ____ -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda institutining metodik kengashining 20___ yil “____” ___________dagi ____ -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 20___ yil “____” __________dagi _____-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil _________dagi ______-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchilar

A.Nurmanov

Hazarbog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi


F. SHodmonov

Hazarbog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi


Taqrizchilar:

SH.Joniqulov

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i











1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Qishloq xo‘jalik hayvonlarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Ajratilgan soat

40

O‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular soni

13


Dasturning maqsadi

O‘quvchilarda hayvon jismining tuzilishi, ularda kechadigan fiziologik jarayonlar, rivojlanish qonuniyatlari va kasal hayvon organizmidagi patologik jarayonlarning funksional va struktura o‘zgarishlari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

1. Mikroskop bilan ishlash qoidalari;

2.Gistologik kesimini yasash;

3.Topografik anatomiyasini o‘rganish


Bilimlar


  • qishloq xo‘jalik hayvonlari organlarining tuzilishini o‘rganish;

  • organ va sistemalar xaqida o‘qib farqlash;

  • bo‘g‘imlar va muskullar xaqida tushuncha;

  • teri qoplami,ichki organlar, hazm organlari, nafas olish organlari, ko‘payish organlari tuzilishini o‘rganish;

  • yurak-qon sistemasi, nerv sistemasi, sezgi va ko‘rish organlari xaqida tushuncha;

  • mikroskop bilan ishlash qoidalari;

  • hayvon tanasiga tashqi muhitning ta’sirini o‘rganish

Ko‘nikmalar


  • hayvonlarning anatomik topografiyasi funksiyalarini ritmik o‘rganish;

  • solishtirma va topografik anatomiyaning farqi amaliy bajarib (skelet tizimida) o‘rganish;

  • umumiy biologik, anatomik va fiziologik jarayonlar, skelet, muskul, organlarning lotincha nomlanish atamalarini bilish;

  • hayvon organizmining tuzilishi, organlar joylashishi, farqi.

  • hayotiy protsesslarning o‘zgarishini aniqlash;

  • organizmdagi fizikaviy -kimyoviy xususiyatlarini aniqlash;

  • analizga material tayyorlash;

  • tekshirish jarayoni amalga oshirish texnologiyasini bilish;

  • gistologik kesimini tekshirish-

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

CHorvachilik va parrandachilik asoslari

O‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;A – Amaliy ta’lim;NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;

MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.



Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

YOzma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq

2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Kirish, Xujayra va to‘qima a’zolari hakida tushuncha

CHorvachilikni rivojlantirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlar. CHorvachilikning ahamiyati. Anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya haqida tushuncha, ularning o‘zaro aloqasi va biologik fanlar bilan bog‘liqligi. Fanlarning qisqacha rivojlanish tarixi va unga hissa qo‘shgan olimlarning roli.

Tirik hujayra haqida ta’limotning tarixiy rivojlanishi. Xujayraning fiziologik xususiyatlari:moda almashinuvi, o‘sishi va ko‘payishi va harakati. Xujayraga tashqi muhit sharoitlarini ta’siri. To‘qima tushuncha va tasnifi. Epitil to‘qimalar, uni morfologik va fiziologik farqi, joylashishi va turlari. Mezenxima, qon, retekulyar to‘kima, pay to‘qima, tog‘ay va suyak to‘qimalari. Muskul to‘qimasi uni ahamiyati va turlari. Nerv to‘qimasi va uning tuzilishi. Nerv xujayralarining xarakterli farqlari. Nerv to‘qimasining ahamiyati, xujayralarni shakllari, turlari



2

N




2

Muskul va teri qoplamasi. Skeletning va suyaklarni tuzilishi.

Mikroskopning tuzilishi va ishlash qoidasi

Muskullarning organ sifatida tuzilishi, tiplari, tuzilish qonuniyatlari, yordamchi organlari. Tana muskullari va fassiyalari. Umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, qorin devori muskullari. CHov kanali.Bosh muskullari. CHaynash va yuz muskullari. Elka kamarini birlashtiruvchi muskullari. Oldingi bo‘g‘im oyoklariga ta’sir kiluvchi muskullari. Orqa oyoklarning fassiyasi va muskullari: son, tizza, tovon, oyoq kafti va barmoqlar.

Mikroskopning tuzilishi va ishlash qoidasi bilan tanishish. Sitologik preparatlar tayyorlash prinsipi bilan tanishish. Hujayraning tuzilishini o‘rganish.



4

NA

1

3

labaratoriya №1

Skelet muskullarini har xil tipdagi gistologik preparatlardan o‘rganish.

2

L,MX




4


Hazm kilish organlari

Qushxonada bosh bo‘lim ichaklarning tuzilishini o‘rganish

Hazm organlarining tuzilishi, ahamiyati. Hazm organlar sistemasining bo‘limlarga bo‘linishi. Lab, lunj, milk, til, yumshoq va qattiq tanglaylar, so‘lak bezlari va tishning tuzilishi. Halqumning tuzilishi.Qizilo‘ngachning tuzilishi. Bir kamerali hamda ko‘p kamerali oshqozonning tuzilishi va tiplari.Oshqozon shirasining ajralishi. Ingichka va yo‘g‘on ichaklarning tuzilishi. Koramol oshqozoni bulimlari, vazifasi tuzilishi va xazm bulishi, jiga rva oshqozon osti bezining xazm organlarini joylshagan urni va turli yoshdagi farqi.

Qushxonada bosh bo‘lim ichaklarning tuzilishini o‘rganish.



4

A





5

labaratoriya №2

Jigar, oshqozon osti bezining tuzilishi va joylashuvini o‘rganish.

2

L,MX

1

6

. Nafas organlari va tuzilishi. O‘pkaning tuzilishi va joylashishini turli hayvonlarda o‘rganish

Nafas olish organlarining tuzilishi, ahamiyati, bo‘limlarga bo‘linishi. Burun, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq va kekirdakning tuzilishi. O‘pkaning tuzilishi va topografiyasi. Plevra. Nafas olish jarayonini fiziologiyasi o‘pkani anatomik tuzilishi. Hayvonlarda nafas olish xarakati turlari o‘pkada gaz almashinuvi olingan va chiarilgan xavo tarkibi nafas olish jarayonini nerv va gumarol boshkarish.

O‘pkaning tuzilishi va joylashishini turli hayvonlarda o‘rganish.



4

NA

2

7

labaratoriya №3

Burun, burun bo‘shlig‘i, kekirdaklarni quruq, ho‘l preparatlarda o‘rganish.


2

L,MX

1

8

Moddalar va energiya almashuvi. Ayirish a’zolari sistemasi. Siydik ayrish organlarining gistologik kesilmalarini o‘rganish

Siydik ayirish a’zolarining tuzilishi, ahamiyati va uning boshqa a’zolar bilan aloqasi. Buyrak va uning tiplari, tuzilishi, joylashgan o‘rni. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, buyrak (siydik) xillari. Siydik hosil kilish jarayoni siydik, uni kundalik mikdori tarkibi va fizikaviy va kimyoviy xususiyati. Siydik chiqarish tartibi va uni boshkarilishi.

Hayvon jismida suyuqliklar va tuz almashinuvining boshqarilishi.Buyrak va uning tiplari. Joylashgan o‘rni.

Siydik ayrish organlarining gistologik kesilmalarini o‘rganish



4

NA

2

9

labaratoriya №4

Ajratish a’zolari gistologik kesimini tayyorlash. Siydik fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini aniqlash.

2

L,

MX


1

10

YUrak va kon aylanish organlari

YUrak, qon aylanish doiralarining asosiy qon tomirlarini o‘rganish.



Qon limfa aylanish tizimining tavsifi, ahamiyati, uning boshqa tizimlar bilan aloqasi. YUrakning tuzilishi. Topografiyasi. Qo‘zg‘aluvchi sistema. qon tomirlari va nervlari. qon tomirlari va anastozomozlar. Homilada qon aylanishi. Katta qon aylanish doiralari. Katta qon aylanish doirasi arteriyalari. Katta qon aylanish doirasi venalari, limfa sistemasi, limfa tugunlari, qon hosil qiluvchi organlar.Hayvonlarda qon mikdori erorotsit likotsit trombotsit va gemoglofin mikdori va ahamiyati. Qon hosil kiluvchi axamiyati qon bosimi va uni hayvonda aniqlash plyus qon deposi. YUrak, qon aylanish doiralarining asosiy qon tomirlarini o‘rganish. Qon, limfa tomirlari, limfa tugunlarining tuzilishi va joylashgan o‘rnini o‘rganish.

4

NA

1

11

labaratoriya №5

Qon hosil qiluvchi organlarning tuzilishi va joylashuvini o‘rganish

2

L,MX

1

12

Ko‘payish organlari

Hayvonlarning ko‘payish a’zolarini o‘rganish



Ko‘payish organlar sistemasining tuzilishi, ahamiyati va boshqa a’zolar bilan aloqasi. Erkak hayvonning ko‘payish organi: urug‘don xaltasi, (yorg‘oq, elastik muskul, umumiy qin pardalari) urug‘don ortig‘i, urug‘don tizimchasi, urug‘ yo‘li, siydik-jinsiy kanali, kovak tana, qo‘shimcha jinsiy bezlar, jinsiy a’zo.Urg‘ochi hayvonlarning ko‘payish organlari: tuxumdon, tuxum yo‘li, bachadon, qin, jinsiy lablar, klitor. Urug miqdori va uning xususiyati homilaning rivojlanishi va unga qon aylanishi tug‘ish fiziologiyasi.Erkak hayvonlarning ko‘payish a’zolarini va ko‘payishini o‘rganish. Urg‘ochi hayvonlarning ko‘payish a’zolarini o‘rganish.

4

NA

1

13

Nerv sistemasi va sezgi organlari. Ichki sekretsiya bezlari.

Bosh, orqa miya pardalarini ko‘rish, eshitish a’zolarining tuzilishini o‘rganish



Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, ahamiyati va boshqa a’zolar bilan aloqasi. qalqonsimon, qalqon oldi bezlari, to‘sh orti bezi, buyrak usti bezi, gipofiz, epifiz, oshqozon osti bezi, jinsiy bezlarning tuzilishi va joylashgan o‘rni

Nerv sistemasi tuzilishi qonuniyati, vazifasi, ahamiyati va boshqa a’zolar bilan aloqasi. Nerv sistemasining markaziy va pereferik bo‘limlarga bo‘linishi. Orqa miyaning tuzilishi va pardalari. Bosh miyaning tuzilishi va pardalari. Pereferik nerv sistemasi orqa miya nervlari, bosh miya nervlari simpatik va parasimpatik nervlar, ularning tuzilishi, farqlari.

Sezgi organlari. Tashqi muxitni sezishda analizatorlarning ahamiyati. tashqi muxitning analizatorlarga ta’siri. Adaptatsiya tushunchasi. Ko‘rish analizatori. Ko‘z olmasining tuzilishi. Ko‘zni xiralashtiruvchi va himoya apparati. Ko‘z teri-yosh apparati. Tashqi, o‘rta va ichki quloqlarning tuzilishi va ahamiyati. Turli hayvonlarning eshitish, sezgi analizatorlari. Bosh, orqa miya pardalarini ko‘rish, eshitish a’zolarining tuzilishini o‘rganish, rasmini chizish.


6

NA

MX


3




Jami




40




14

3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

O‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.

Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.

4. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1. SHavkat Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramizToshkent – “O‘zbekiston”-2018.

2. SHavkat Mirziyoev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladiToshkent – “O‘zbekiston”-2019.

3. T.X. Ikromov. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining anatomiyasi va fiziologiyasi”. “SHarq” nashriyoti, Toshkent, 2001.

4. Zelenevskiy N.V “ Anatomiya i fiziologiya jivotnыx” Moskva 2020.

Internet manbalari:

http://www.elektr.uz

http://www.ziyonet..uz/technics

http://www.ref.uz http://www.tsau.uz

http://www.timi.uz http://www.ref.uz

http://www.tdtu.uz http://www.tadi.uz



http://www.google.ru/search

http://www.yandex.ru/search
Download 41.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling