O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Matematika o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi yozish bo’yicha ko’rsatma
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodi
Download 416 Kb.
|
2 5346254360961619558
um ped imtixon savollari 2019 Word, Referat, Referat mavzu internetning rivojlanish tarixi 2020 2021 O’quv y, jb, 5 6199261550579024390, 1-mavzu Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi (2), (@KITOB)Algebra 8-sinf (2014), 9-sinf IBA, 9-6IQTS-19 (11), Hududiy boshqaruvning tarkibiy tashkiliy tuzilishi, fitobar, Kompyuter texnikasi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari, Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi-hozir.org, metodichka Android (3) (2)
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodi
So’z yuritilayotgan metodye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Y.Bush tomonidan qayta ishlangan. Metodning mohiyati quyidagichadir: Jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o’quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish; o’quvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g’oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir. Yuqorida mohiyati bayon etilgan "Fikrlarning shiddatli hujumi" metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida birdek muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg’ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir: 1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchilarni o’zida biriktirgan hamda son jihatidan teng bo’lgan kichik guruhlarni shakllantirish. 2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash. 3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g’oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi). 4-bosqich. Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to’g’ri hal etilganligiga ko’ra turkumlarga ajratish. 5-bosqich. Topshiriqlarning yechimini qayta turkumlashtirish, ya’ni, ularning to’g’riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt,yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash. 6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi: - o’quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish; - vaqtni iqtisod qilish; - har bir o’quvchini faollikka undash; - ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish. "6x6x6" metodi Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. "6x6x6" metodi asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. YAngi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. "6x6x6" metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: - Guruhlarning har bir a’zosini faol bo’lishini ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; - guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi; - ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi; Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o’quvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida "6x6x6" metodi qo’llanilganda vaqtni ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. "6x6x6" metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. "6x6x6" metodi yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. 2. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob’yekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulot ishtirokchilariga kema, to’lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi. 3. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi. 5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq yechimlari) ni muhokama qiladi va yakuniy xulosaga keladi. "Aqliy hujum" metodi Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimni topish imkoniyati tug’iladi. "Aqliy hujum" metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: - O’quvchilarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish - G’oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo’yish - Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash - Mashg’ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash - Bildirilayotgan g’oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish - Qog’oz varaqlari g’oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozuv taxtasiga osib qo’yish - Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash - Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g’oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik - Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik - O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g’oya baholanmaydi - O’quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi - G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi. Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o’quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi. Dars jarayonida "Aqliy hujum" metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. O’quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi–yangi fikrlarning tug’ilishiga olib keladi. 3. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. "Klaster" metodi Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq ob’yektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat kiladi. Stal va Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan "Klaster" metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayogan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. "Qarorlar shajarasi" ("Qarorlar qabul qilish texnologiyasi") metodi "Qarorlar shajarasi" metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o’zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish; bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to’g’risini topishga yo’naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh yoki sinf o’quvchilari ishtirokida qo’llaniladigan "Qarorlar shajarasi" bir necha o’n nafar o’quvchining bilim darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo’llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. "Qarorlar shajarasi" metodi quyidagi shartlar asosida qo’llaniladi: 1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O’qituvchi o’quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishidan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi bu borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to’xtamga kelib oladi; 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o’z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o’qituvchi rahbarligida barcha o’quvchilar bildirilgan xulosa (qaror) larni bir-biri bilan qiyoslaydi. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug’ilgudek bo’lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo’lsa, o’qituvchi buning sababini izohlaydi. "Qarorlar shajarasi" metodining o’ziga xos jihati shundan iboratki, bu metod bevosita ma’lum loyiha asosida qo’llaniladi. Mazkur loyiha quyidagi ko’rinishga ega: "Tajriba vositasida o’qitish sikli" (D.Kolb g’oyasi) Mazkur metod quyidagi to’rt omil asosiga quriladi: «Tajriba vositasida o’qitish sikli» metodining asosiy omillari Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g’oya)ga asoslanadi. Chunonchi: 1) o’quvchilar uchun mashq (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o’rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yaratish (reflektiv kuzatish); 2) o’quvchilarga zarur nazariy bilimlarni berish; 3) muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit yaratish (abstrakt xulosalash (kontseptuallash)); 4) o’quvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo’lgan mashq (topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini berish (faol tajriba olib borishga tayyorlanish); 5) yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o’tkazish va faoliyatda undan foydalanish (aniq tajriba o’tkazish). “Beshinchisi (oltinchisi,yettinchisi, ...) ortiqcha” metodi O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; - hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita,...) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish; - o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasi ni topshirish; - o’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlarini talab etish lozim) Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni ko’rsata va asoslay olish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi. "3q3" ("4q4", "5q5",...) metodi Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko’ra o’qituvchi mavzu (bo’lim, bob) yuzasidan uchta (to’rtta, beshta va hokazo) to’g’ri va unga teng nisbatda (uchta, to’rtta, beshta) bo’lgan va noo’rin qo’llanilgan tushunchalar (suratlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. O’quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo’lim, bob)ga taalluqli bo’lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: - o’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzu (bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi; - o’quvchilar mavzu (bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydi va daxldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar; - o’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar; Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maksadida foydalanish mumkin. "Rasmlarni to’g’ri joylashtir" metodi Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitilad; - har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi toshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; - guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo’lingach, kartochkalarning orqa tomoni o’giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. Agar topshiriq guruhlar tomonidan to’g’ri bajarilgan bo’lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o’girilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi "yadro" tuguncha hosil bo’ladi. Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o’quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo’lib o’rganish va qismlar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko’nikmalari hosil qilinadi. "Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash" metodi O’quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklida ishlashda ushbu metodni qo’llash nihoyatda qulay. Metoddan mashgulotlar so’ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo’llaniladi: - o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir qartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi); - har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; - guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo’lingach, kartochkalarning orqa tomoni o’giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining VIII sinfida "Iqtisodiy bilim asoslari" fani bo’yicha tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida "Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash" metodini qo’llashda o’quvchilarga quyidagi savollarni berish mumkin: 1. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (resurslar) zarur bo’ladimi? 2. Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan hosil qilish mumkinmi? 3. Inson mehnati, u tomonidan tashkil etilayotgan iqtisodiy faoliyatning mahsuli mahsulot deb ataladimi? 4. Mahsulotlar faqatgina moddiy ne’matlardangina iboratmi? 5. Xizmat ko’rsatishning muayyan ko’rinishi mahsulot bo’la oladimi? 6. Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat xizmat deb ataladimi? 7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslar (xomashyo, insonning jismoniy va aqliy kuchi, turli mexanizm, mashina va asbob-uskunalar, ishlab chiqarish korxonalari)ning bo’lishi shartmi? 8. Iqtisodiy resurslar miqdorining "cheklangan deb hisoblanishi" to’g’rimi? 9. Jamiyatda iqtisodiy cheklanganlik muammosi mavjudmi? 10. Iqtisodiy cheklanganlik muammosining iqtisodiyotning asosiy (bosh,yetakchi) muammosi deb hisoblanishi to’g’rimi? "Videotopishmoq" metodi So’nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televidenie, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oishriladi: - o’quvchilare’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta video lavha namoyish etiladi; - o’quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganiini izohlaydilar; - jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; - o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. "Zakovatli zukko" metodi Mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda o’quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o’quvchilarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o’z xohishlariga ko’ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagida bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to’g’ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o’quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi o’quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Metod o’quvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo’llanilishi mumkin. "Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" metodi Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko’rinishda tashkil etilishi mumkin: 1) har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi; 2) guruhdar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:
Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni: 1. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi. 3. O’quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. Bosqichlar bo’yicha amalga oshirilgan harakatlarning to’liq tafsiloti quyidagicha: Sinf o’quvchilari guruhlarga birlashtiriladi; - o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajasi o’rganiladi; - o’quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi; - o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi; - o’quvchilarning ehgiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo’yiladi; - o’qituvchi o’quvchilarni yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan tanishtiradi; o’quvchilar o’zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi; - bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo’yiladi; Mashg’ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi. Download 416 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling