O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Matematika o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi yozish bo’yicha ko’rsatma
Kurs ishini bajarish haqida usuliy ko’rsatma
Download 416 Kb.
|
2 5346254360961619558
um ped imtixon savollari 2019 Word, Referat, Referat mavzu internetning rivojlanish tarixi 2020 2021 O’quv y, jb, 5 6199261550579024390, 1-mavzu Iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi (2), (@KITOB)Algebra 8-sinf (2014), 9-sinf IBA, 9-6IQTS-19 (11), Hududiy boshqaruvning tarkibiy tashkiliy tuzilishi, fitobar, Kompyuter texnikasi bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari, Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi-hozir.org, metodichka Android (3) (2)
Kurs ishini bajarish haqida usuliy ko’rsatma
O’quv rejasiga muvofiq matematika o’qitish metodikasi fanidan kunduzgi bo’limda tahsil olayotgan talabalar 6-semestrda kurs ishi yozadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 7-mart 61-sonli buyrug’i va «Oliy ta’lim muassasalarida kurs loyihasini bajarish tartibi haqidagi nizomi talablariga muvofiq kurs ishi bajariladi». Kurs ishini belgilangan muddatda bajarish har bir talaba uchun majburiy hisoblanadi. Shu maqsadda kurs ishi mavzularidan talaba o’ziga qiziqarli bo’lgan mavzuni tanlab olib, ilmiy rahbar maslahati va nazorati ostida ishni yozadi. Ushbu tavsiyanomada kurs ishining mavzulari ikki qismga bo’linib berilgan. 1-qismda matematika o’qitish metodikasining umumiy masalalariga doir mavzular, 2-qismda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining xususiy masalalariga doir mavzular o’z aksini topgan. Birinchi qismdagi har bir mavzu ikkinchi qism mavzusi orqali oydinlashtiriladi. Ikkala qism mavzularidan kurs ishi mavzusi aniqlaniladi. Ya’ni ikkinchi qismning ma’lum mavzusi ustida birinchi qismdagi metodikaning umumiy masalalari aniq ochib beriladi. Masalan, birinchi qismdagi «Boshlang’ich sinfda matematika o’qitish jarayoniga ta’lim va tarbiya birligi» degan mavzu, ikkinchi qismdagi «Harakatga doir masalalar» mavzusi orqali aniqlashtirilib, yanada umumiy mavzu «Harakatga doir masalalarni o’rgatishda ta’lim va tarbiya birligi»ni kurs ishi sifatida tanlashi mumkin bo’ladi. Kurs ishi mavzusi aniqlangach, ilmiy metodik adabiyotlar bilan ishlashga kirishish lozim. Bu ish adabiyotlar to’plash, bibliografik kartochkalar tuzishdan boshlanadi. Bibliografik kartochkaga esa shu mavzuga daxldor bo’lgan kitob muallifining familiyasi, ismi, manbaning nomi (darslik, dastur, metodik qo’llanma, ilmiy maqolalar to’plami,davriy matbuotdagi maqola), joyi va chiqarilgan yili yoziladi. Biror jurnalda bosib chiqarilgan maqolani talaba shu jurnalning oxirgi sonidan bilib olishi mumkin. Mavzuga oid kerakli adabiyotlarni to’plab bo’lgandan keyin ularni izchillik bilan chuqur o’rganib chiqishga kirishish lozim. Adabiyotlarni o’rganish talabaga bajariladigan kurs ishining maqsadini aniqlashga, mavzuga xos masalalarni belgilab olishga hamda batafsil yoritish kerak bo’lgan ish rejasini tuzishga yordam beradi. Metodikaning muhim masalalarini, metodist olimlarning fikrlarni so’zma-so’z ko’chirib, qaysi manbadan ko’chirib olinganligi izohlanishi kerak. Adabiyotlarni chuqur o’rganib bo’lgach, tanlab olingan mavzuni nazariy asoslashga kirishish mumkin. Kurs ishining bu qismidagi barcha manbalarni tahlil qilib, turli nuqtayi nazarlarni taqqoslash hamda zarur fikrlarni ajratish, mavzu yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bayon qilish, umumlashtirish va yakun yasash kerak bo’ladi. Shundan so’ng, shaxsiy ish tajribasi hamda ilg’or pedagoglarning ish tajribasiga asoslangan holda mavzuni metodik tahlil qilishga o’tiladi. Bu ish kurs ishini bajaruvchining darslarda, sinfdan tashqari ishlarda ishtirok etishi, matematika darslarining reja va konspektlarini, o’quvchilarning matematika darslari, turli metodik qo’llanmalari bilan tanishish hamda o’qituvchilar va o’quvchilar bilan suhbatlashish jarayonida materiallar to’plash bilan bog’liqdir. Ish jarayonida talaba ilmiy kuzatish metodlarini egallaydi va uncha katta bo’lmagan pedagogik eksperiment o’tkazish imkoniyatida ega bo’ladi. Shu maqsadda, tayanch maktab aniqlanadi, zarur bo’lgan materiallar tayyorlanadi, uni hisobga olib borish hamda o’tkazish usuliyoti qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni ishlab chiqish belgilanadi. Eksperiment va kuzatish davomidagi to’plangan materiallar ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, muhimini ikkinchi darajalidan ajratish, nazariy materiallardan muhim materiallarni ajratish lozim. Birinchi betda kurs ishining mavzusi va rejasi (reja kirish bilan boshlanishi kerak, har bir rejaning betlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak ikkinchi betdan boshlab talaba rejaning kirish qismi, mavzusining dolzarbligi, uning o’rganilganligi darajasi, ishning maqsadi va qo’yilgan masalalarini bayon qilishga kirishadi. So’ngra shu tarzda tanlangan mavzudagi barcha masalalarni reja asosida bayon etishi zarur. Ishning yakunida, kurs ishi mazmunidan kelib chiquvchi xulosalar keltiriladi. Kurs ishi aniq, ravon tilda qo’lyozma shaklda, yoki imkoni bo’lsa kompyuterda yozilgan bo’lishi kerak. Varaqning chap tomonidan 3sm, o’ng tomonidan 1,5sm, yuqori va quyidan 2sm joy qoldirib kurs ishi yozilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Rasm, jadval va shakllar chiroyli, aniq qilib chizilib ular ham raqamlangan bo’lishi kerak. Kurs ishining oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ba’zi bir qo’shimcha ilovalar (dars konspektlari, o’quvchilar daftari, slaydlar va boshqalar) ko’rgazmali qurollar va hokazolar keltiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy talab asosida keltirilishi shart. Bunda: dastlab o’qitish oldida hozirgi davr talablari, bu borada davlatning muhim qarorlari so’ngra klassik va hozirgi zamon pedagog-psixologlar asarlari va boshqa manbalar yoki maqola muallifining familiyalari alfavit tartibida beriladi. Kurs ishi 2 bosqichda baholanadi. Dastlabki bosqichda ilmiy rahbar kurs ishini taxminan baholaydi (kurs ishining mazmunida qarab) va uni himoyaga tavsiya etish yoki etmasligi to’g’risidagi fikrni aytadi. Himoya qilinishi kerak bo’lgan kurs ishi talaba tomonidan rahbar ko’rsatib o’tgan kamchilik va takliflarni qayta ishlab chiqqandan so’ng berilgan muddatda himoyaga qo’yilishi mumkin. Himoya paytida talaba kurs ishining asosiy maqsadi, vazifasi, mazmuni, ilmiy natijalar to’g’risida to’xtalib, uning maktabda amaliy qo’llanishi haqida gapiradi. Talaba ilmiy rahbar va komissiya a’zolari savollariga javob beradi. Keyingi bosqichda ilmiy rahbar, komissiya a’zolari baholari va talabaning himoyaga chiqishi hamda savollarga berilgan javobiga qarab yakuniy baho qo’yadi. Ish 5 ballik baho tizimi asosida baholanadi. Download 416 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling