O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro muhandislik texnologiyalari instituti


Download 64.11 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi64.11 Kb.
#111897
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

BUXORO MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI

Kasbiy fanlarkafedrasi



KASB TA`LIMI METODIKASI

fanidan

KURS ISHI

Mavzu:_______________________________________________________________________________________________________________________________

Bajardi: ________________

Rahbar: ________________

Buxoro-2018

Mavzu: Kompyuter tarmoqlari, tarmoq topologiyalari va kabel turlari



Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan

ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash,

sharqona hayot falsafasi

I.A.Karimov

K I R I SH
Respublikamizda oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga

keltiruvchi kuchi – har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zomonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat.

Har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi

va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan

mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mavzusini zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlari ko‘zda tutulgan. Fanda texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning maqsad, maznun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta’minlash pedagogika fanining dolzarb muammolarning biri hisoblangan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishini ko‘zda tutadi. Shaxs uzluksiz ta’limda va kadrlar tayyorlashda ta’lim va xizmatlarining iste’molchisi sifatida namoyon bo‘ladi.

Oliy ta’lim uzluksiz ta’limda muhim o‘rinni egallaydi. Oliy, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limlari asosida uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda oliy ta’limning belgilangan vazifalaridan biri yuqori saviyada o‘qitishni ta’minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta’lim kasb-hunar dasturlari asosida tayyorlashdir.O‘qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo‘lishi lozim va u doimo: “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” degan savollarga javob topish zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim hususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo‘lishi lozim. O`qituvchi faoliyatining asosini ham shular tashkil etadi.U har bir darsga alohida tayyorgarlik ko`rib, yangi metod va texnologiyalarni qo`llab darsni olib borsa darsdan ko`zlangan maqsadning deyarli barchasiga erishgan bo`ladi.

Bugungi texnologiyalar rivojlanayotgan davrda kompyuter tarmoqlarini bilmaslik yoki umuman tarmoq nimaligini bilmaslik mumkin emas.Biz hozirda barcha sohada kompyuter tarmog`idan va internetdan foydalanamiz.

Ulardan samarali foydalana olishimiz uchun esa biz tarmoq qanday ishlaydi, qanday uni tashkil qilishni bilishimiz kerak. Kompyuter tarmoqlari, tarmoq topologiyalari va kabel turlari mavzusi bu savollarga to`liq javob beradi.

Tarmoq topologiyalari ularning turlari va ulardan foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lamiz.Lokal kompyuter tarmog`ini tashkil qilishda asosiy vazifani kabellar bajaradi u barcha tarmoqdagi hostlarga bir xilda xizmat ko`rsatishi kerak.Kabellarni to`g`ri tanlash va ulardan foydalanish muhimdir.


Ma`ruza mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.

Vaqti – 2 soat

O`quvchilar soni: 30-32 nafar

O`quv mashg`ulotining

shakli:

Ma`ruza

Ma`ruza mashg`ulotining

rejasi:

1. Kompyuter tarmoqlari nima.

2. Tarmoq topologiyalari.

3. Kabel turlari.


Ta`limiy maqsad: Talabalarda kompyuter tarmoqlari va tarmoq topologiyalari haqida asosiy bilimlarni shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: Talabalarni yuksak malakali kadr qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning shu sohaga va o`z kasbiga bo`lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:

-Tarmoq haqida dastlabki bilimlarni shakllantirish;

-Tarmoqdan foydalanishni shakllantirish;

-Tarmoq topologiyalari haqidagi bilimlarni shakllantirish;

-Kabel turlariga oid bilimlarni shakllantirish;


O`quv faoliyatining natijalari:

O`quvchi:

- Tarmoq haqida dastlabki bilimlarga ega bo`lish:

- Tarmoqdan foydalanishnining ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo`lish:

-Kabellarning turlari bilan tanishib,ko`nikma hosil qiladi:

- Tarmoq topologiyalarining ahamiyati va vazifasini o`rganadi:

-Topologiyalar va ularning turlariga oid bilimlarga ega bo`ladi va malakasini oshiradi:


O`qitish uslubi

va texnikasi:

Tushunchalar tahlili uslubi, SWOT texnologiyasi.

O`qitish shakli:

Guruh

O`qitish vositalari:

Ma`ruza matni,proyektor, doska

O`qitish shart-sharoiti:

Jihozlangan auditoriya

Ma`ruza mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar

vaqti

Faoliyat mazmuni


O`qituvchi


O`quvchi

1-bosqich:

Kirish (10 minut)


-Ma`ruza mavzusi va rejasi e`lon qilinadi. Mavzu bo`yicha vazifalar tushuntiriladi.

-Bajariladigan ishlar ketma-ketligi tushuntiriladi va baholash mezoni bilan tanishtiriladi.





-Eshitadilar, yozadilar,savollarga javob beradilar.

2-bosqich:

Asosiy qism(60 minut)


-O`tilgan mavzuga savol javob orqali bog`lanadi.

-Tushunchalar tahlili uslubi.

-O`qituvchi taqdimot materiallaridan foydalangan holda ma`ruzani davom etadi.

-SWOT texnologiyasini qo`llaydi.

-Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi.

-Baholash mezoni.



-Eshitadilar,savollarga javob beradilar.

-Tushunchalar tahlili jadvali to`ldiriladi.

Tinglaydilar,kuzatadilar,

ko`nikmaga ega bo`ladilar,yozadilar

-SWOT bo`limlarini to`ldiradilar.

-Savollarga e`tibor beradilar

-Savollarga javob beradilar va baholanadilar.


3-bosqich:

Yakuniy qism (10 minut)


-Mavzuga xulosa chiqaradi.

-Mustaqil ish uchun topshiriqlar beradi:





-Savollarni beradilar

-Topshiriqlarni yozib oladilar.



TUSHUNCHALAR TAHLILI” USLUBI

Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o‘tilgan o‘quv predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini talabalar tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishiga yo‘naltirilgan.

Uslubning maqsadi.Talabalarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarni aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarning fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.

Uslubning qo‘llanishi: O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars

boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi

tugallaganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo`ljallangan.Ushbu uslubni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin.Ushbu uslibda uyga vazifa berishda ham foydalansa ham bo‘ladi.

Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch

tushunchalar ro‘yxati, qalam(yoki ruchka), slayd.



Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining

qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan

tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, guruh o‘quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi.)

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

• talabalarni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;

• talabalar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan

tanishtiriladi;

• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;

• talabalar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

• talabalar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga

egallangan (yoki o‘zlarining) bilimlarini asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);

• o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni

o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga tog‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkon bo‘lsa) tanishtiriladi;

• har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini

aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar o‘z-o‘zlarini tekshiriladilar,

baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

“Tushunchalar tahlili” uslubdan bir darsning o‘zida dars boshlanishida

o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha

talabalarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.




Tushunchalar

Mazmuni

Kompyuter




Tarmoq




Yulduzsimon




Topologiya




Kabel




Halqa




Shina




Hub




Koaksial kabel




IP adres




Mashrutizator




Optik tolali




Daraxt topologiyasi






SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960-yilda AQShning Stenford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan.



SWOT analiz – dastlab korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan, shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o‘rganadigan omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usuli hisoblangan. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usuli deb ham nomlanadi, chunki tahlil chizmasi ko‘rinishi 2x2 ko‘rinishdagi matritsani eslatadi.

SWOT” tahlili bu yangi tashabbuslar bo‘yicha strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi.



“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan  olingan:

  • S – Strengths (Kuchli tomonlar);              

  • W – Weaknesses (Zaif tomonlar);

  • O - Opportunities (Imkoniyatlar);

  • T - Threats (Xavflar).

Bugungi kunga kelib SWOT tahlil texnologiyasidan ta`lim sohasida ham samarali foydalanilib kelinmoqda.SWOT tahlillari kuchli, zaif tomonlar, imkoniyatlar va tahdidlar uchun qisqartiriladi va muassasaning, ta`limning yoki tarbiyaning ushbu to'rt elementini baholaydigan tizimli rejalashtirish usuli hisoblanadi.

SWOT tahlili maqsadga erishish uchun muhim deb hisoblangan asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlashga qaratilgan. SWOT tahlil guruhi ma'lumotlarning asosiy qismini ikki asosiy toifaga kiritadi:

  •  Ichki omillar – mavjud soha uchun kuchli va kuchsiz tomonlar

  • Tashqi omillar – soha tashqarisida mavjud bo'lgan muhit va imkoniyatlar bilan bog'liq muammolar.

"SWOT” tahlilini oson tushunish uchun 4 katakli jadvalda namoyish etiladi. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va imkoniyatlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka  zaif tomonlar va xavflar qo‘yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.

SWOT” tahlili tanlangan mavzu bo`yicha savollarga javob topishda qo‘l keladi:

Mavzu: Kompyuter tarmoqlari, tarmoq topologiyalari va kabel turlari

Amaliy mashg`ulotning o`qitish texnologiyasi.


Vaqti 2 soat

O`quvchilar soni:30-32 nafar

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy ko`nikmalarni shakllantirish va bilimlarni chuqurlashtirish bo`yicha muammoli amaliy mashg`ulot

Amaliy mashg`ulot rejasi:

1.Tarmoq topologiyasining vazifasi.

2.Tarmoqdan foydalanish.

3.Kabellardan to`g`ri foydalanish.


Ta`limiy maqsad: Talabalarda tarmoq,kabellar, tarmoq topologiyalaridan foydalanish jarayoni bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirish

Tarbiyaviy maqsad: Talabalarni yuksak malakali va o`z sohasining mutaxasisi qilib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarni tarmoq sohasiga va o`z kasbiga bo`lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish.

Pedagogik vazifalar:

-Amaliy mashg`ulot maqsadini va uni bajarish ketma-ketligini tushuntirish;

-Tarmoqdan foydalanishni o`rgatish;

-Topologiyalar bo`yicha topshiriqlar berish va ularni bajarishda maslahatlar berish;

-O`quvchilarda mustaqil holda tarmoqdan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirish;

-O`quvchilarning bajargan ishlarini baholash



O`quv faoliyatining natijalari:

O`quvchi

-amaliy mashg`ulot maqsadini va uni qanday ketma-ketlikda bajarishni tushunib oladi;

-tarmoqni ulash ketma-ketligini o`rganadi;

-berilgan topshiriqlarni bajaradi va bir necha bor takrorlaydi;

-mustaqil ravishda tarmoqdan foydalanishni o`rganadi va texnologik jarayon bajarilishini kuzatadi;

Dastlab o`z-o`zini baholaydi.Tuzatishlar kiritadi.So`ngra bajargan ishlarini namoyish qilishadi.



O`qitish uslubi va texnikasi

Aqliy hujum,B.B.B metodi, Muammo texnologiyasi.

O`qitish vositalari

Kompyuterlar,kabellar,

O`qitish shakli

Kichik guruhlarda va individual ishlash

O`qitish shart-sharoiti

Kompyuter va tarmoq bilan ta`minlangan maxsus xona

Amaliy mashg`ulotning texnologik xaritasi

Bosqichlar

vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

O`quvchi

1-bosqich
Kirish

(10 minut)

1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o'quv natijalarini e'lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi. Mashg'ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo'llagan holda o'tishni ma'lum qiladi.

1.2. Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi:

Kompyuter tizimlari va tarmoqlari bilan bog'liq qanday terminlarni bilasiz?

Ularning mazmunlarini ham bilasizmi?



1.1. Mavzuni yozadi va savollarga javob beradi.

2-bosqich

Asosiy

(60 minut)

2.1. Talabalarni 3 guruhga bo'ladi, har biriga vazifa beradi

Qutilayotgan o'quv natijalarini eslatadi.

2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi

2.3. Vazifani bajarishda o'quv materiallari (ma'ruza matni, o'quv qo'llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.

Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.Muammo texnologiyasi haqida tushuncha beradi.

2.4. Texnologiyani qo`llaydi.

2.5. Talabalar javobini sharhlaydi, xulosalarga e'tibor beradi, aniqlik kiritadi.

2.6. Talabalarga B. B. B usuli bo'yicha ifodalangan jadvalni namoyish qiladi va ustunlarni to'ldirishni aytadi.

Tushunchalarga izohlarni to'g'rilaydi va savollarga javob qaytaradi.



2.1. O'quv natijalarini taqdim qiladilar.

2.2.Savollar beradi.

2.3.Javoblarni to'ldiradi.

2.4. Jadval ustunlarini to'ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.



3- bosqich

Yakuniy

(10 minut)

3.1. Mashg'ulotni yakunlaydi, talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag'batlantiradi.

3.2. Mustaqil ish sifatida internetdan mavzuga oid materiallarni topib kelish.



3.1. Eshitadilar.

3.2 Topshiriqni oladilar.








Б.Б.Б. усули асосида билимларни синаш учун тарқатма материаллар




Тушунча

Биламан “+”, Билмайман “-”.

Билдим “+”,

Била олмадим “-”.

1

“Компьютер тизимлари ва тармоқлари” фанининг предмети








2

Тизимлар тўғрисида маълумот







3

Компьютер тармоқларининг ишлаш тамойиллари







4

Тармоқ кабелларининг ўзаро фарқи







5

Баҳолашнинг рейтинг назорати








6

Жорий назорат







7

Оралиқ назорат







8

Якуний назорат







9

Коллизиянинг юзага келиш сабаблари







10

Сервер асосидаги тармоқлар афзалликлари







11

Ресурслар







12

Мижозлар







13

Ўлчовлар







14

Тармоқ операцион тизимлари







15

Тармоқ кабелларини улаш






MUAMMO” TEXNOLOGIYASI



Texnologiyaning maqsadi: Talabalarga o‘quv predmetining mavzusidan

kelib chiqqan turli mummoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to‘g‘ri

topishlariga o‘rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo‘yicha

malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va mos muammoni yechishdagi xatti-harakatlarini to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatish.



Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

O‘qituvchi talabalarni guruhlarga ajratib, ularni mos o‘rinlarga joylashtirishdan so‘ng, mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va har bir bosqich talabalardan maksimum diqqat-etibor talab qilishini, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat talabalarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg‘ulot boshlanadi;

• talabalar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan mummoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo‘yish (agar kinofilm ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o‘quv materialidan foydalanish mumkin);

• har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdgi qog‘ozga flomaster bilan yozib chiqadi;

• berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan

o‘qib eshittiriladi;

• o‘qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan

qog‘ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;

• tarqatilgan qog‘ozlarga guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a’zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanalab oladi;

• o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi

tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etiladi.

• yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so‘ng har bir talaba bajargan tahliliy

ishini barchaga o‘qib eshittiriladi;

• muammolar va ularning yechimi bo‘yicha jamoaviy fikr almashiladi;

• himoyadan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiriladi.

Bunday texnologiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot natijasida talabalar

qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo‘lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o‘z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.

Xulosa
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning

samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib

bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar

egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil

qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi,shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda,boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.

O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi

o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.

Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning

muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga

intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga

imkoniyat yaratadi.

Ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat

bosqichlari talablariga binoan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil

metodlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi.

Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari

bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida

nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.

Informatika fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan

foydalaniladi. Tajriba mashg‘ulotlari bevosita kompyuter bilan jihozlangan



xonalarda olib boriladi.

.


Download 64.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling