O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 1-1FIZ18 GURUH TALABASI RASULOV HAFIZNING “PROFESSIONAL TA’LIMDA FIZIKA O’QITISHDA KASBIY ALOQADORLIK” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA OID SLAYDLAR TO’PLAMI. MAVZUNING DOLZARBLIGI O’zbekiston respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” 2019-yil 6-sentabrdagi farmoniga muvofiq 2020-2021 o’quv yilidan boshlab xalqaro klassifikatorga mos keluvchi ta’lim dasturlari bo’yicha kasb o’rgatadigan 339 ta kasb-hunar maktablari, 211 ta kollej hamda 176 ta texnikumlar tashkil etilishi belgilandi. Xususan, 2020-2021 o’quv yilida 188 ta tuman (shahar) larda 339 ta (shundan 4 tasi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan) kasb hunar maktablari tashkil etildi. Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |