O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti,, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim ” fakulteti


Download 1.29 Mb.
bet12/14
Sana12.11.2021
Hajmi1.29 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Xiristianlik taʼlimotiga ko`ra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlik (troitsa)da namoyon bo`ladi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qatib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot)ga erishadilar. Xiristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va boshqa mukaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xiristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk xiristianlik dastlab ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik xiristianlik tarafdorlari boʻldilar. 4-asrda Xiristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xiristianlik cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xiristianlikning bu boʻlinishi 1054 yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, Xiristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keldi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling