O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti boshlang`ich ta`lim (sitqi ) bo`limi


Download 440.19 Kb.
bet4/13
Sana09.09.2022
Hajmi440.19 Kb.
#803111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
olim aka
2 5397727508189675992, 2 5235597900129501917, 8-amaliy ish, 3.01-Ўзбекистон-тарихи-Фан-дастури-2018, orta osiyo va ozbekistonning davlat muassasalari tarixi, 7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz, 7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz, 1-mavzu. Sugurta, 1-mavzu. Sugurta, AREAL LINGVISTIKADAN TAQDIMOT, SelfStudy (2), SelfStudy (2), Фермани лойиҳалаш ва хисоблаш, 2 5339426565551818174, 7-8 Sinflar Fizika fanidan bilimlar bellashuvi savollari

Ko’p xonali sonlarni nomerlash


Ko’p xonali sonlarni nomerlashni o’rganishga doir tayyorgarlik ishlarini ancha ilgari boshlash kerak. Bunda o’qituvchi ikkita maqsadni ko’zda tutishi zarur: birinchidan, o’quvchilarning bundan oldingi sonlarni nomerlashni qarashda olgan bilimlarini mustahkamlashga, ikkinchidan, o’quvchilarda yangi mavzuga doir ma’lum maqsadni shakllantirish va qiziqish uyg’otishi zarur.
Bunda shu narsani qat’iy yodda tutish kerakki, nomerlashni o’rganish masalasi o’quvchilarning o’nli sanoq sistemasi, sonlarning natural ketma-ketligi va ko’p xonali sonlarning tarkibi haqidagi tushunchalarini kengaytirish va shu asosda ko’p xonali sonlarni o’qish va yoza olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu mavzu boyicha ishning muvaffaqiyatli bo’lishi 1000 ichida sonlarni nomerlashning o’zlashtirilishi va mustahkam o’rganib olinishiga bevosita bog’liq, chunki o’nli sanoq sistemasidagi har qanday sinf sonlari tuzilishining yagona prinsipi birinchi minglikdagi sonlar bilan tanishishda olingan bilimlarni' istalgan ko’p xonali sonlar bilan ishlashda qo’llashga imkon beradi.
Yangi mavzuni o’rganish yangi sanoq birliklari (ming, o’n ming, yuz ming birliklari) ning kiritilishiva sinf tushunchasi bilan tanishishdan boshlanadi. [26]
Bolalar bilan sanashdan foydalanib, mingning hosil bo’lishi takrorlanadi (10 ta yuzlik 1 mingni tashkil etadi yoki boshqacha — sanoqda 999 sonidan keyin undan bir birlik katta son keladi, bu ming sonidir). So’ngra sanash jarayonida yangi sanoq birliklari kiritiladi: 10 ming yoki 1 ta o’n ming, 10 ta o’n ming: yoki 1 ta yuz ming, 10 ta yuz ming yoky 1 million. Yangi sanoq birliklarining nomini nomerlash jadvaliga yozib olish o’qituvchi uchun ham, o’quvchilar uchun ham foydali. Bu jadvalga asoslangan holda sinf tushunchasini kiritish mumkin: dastlabki uchta xona birliklari, ya’ni birlar, o’nlar, yuzlar - birinchi sinfni yoki birlar sinfini tashkil etadi, navbatdagi uchta xona birliklari, ya’ni minglar, o’n minglar, yuz minglar birliklari esa ikkinchi sinfni yoki minglar sinfini tashkil etadi. Taqqoslash bilan shu narsani oson aniqlash mumkinki, bu sinflarning har birida uchtadan xona bor, har bir navbatdagi xona birligi undan oldingi xona birligidan 10 marta ortiq, birlar sinfida o’nlab va yuzlab «oddiy» birlar sanaladi va guruhlanadi,
minglar sinfida esa minglab «oddiy» birlar sanaladi va guruhlanadi. So’ngra bu va bundan keyingi darslarda II sinf birliklari (II sinf sonlari)dan tuzilgan sonlar o’rganiladi, masalan, 35000, 135000, 109000, 280000 va sh. k. Ular cho’tga tashlanadi, nomerlash jadvaliga yoziladi.


Download 440.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling