O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-bosqich 16


Download 37 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi37 Kb.
#118788
Bog'liq
HISOBOT NOV



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-bosqich 16.67-guruh talabasi Sharobiddinov Jahongirning Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv Markazi Farg’ona viloyat mintaqaviy filialida o’tagan Malakaviy amaliyoti mobaynida bajargan ishlari bo’yicha

Hisoboti

Men Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishining 4-bosqich talabasi Sharobiddinov Jahongir Farg’ona Davlat Universiteti rektori R.X.Maksudovning Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30- oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti to’g’risida”gi Nizomga hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet dekani Z.Jumaqulovning bildirishnomasiga asoslanib chiqargan 244-sonli buyrug’iga asosan 5.09.2019 da o’zimga biriktirilgan amaliyot rahbarim A.Tojaliyev hamda ijtimoiy ish kafedrasi mudiri M.Abdurahmonovalar bilan birgalikda amaliyot o’tash joyim yani Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv Markazi Farg’ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdik. Bizni u yerda tashkilot raxbari muovini I.Anvarovna qarshi oldi va mazkur tashkilotning faoliyat yo’nalishlari bilan tanishtirib o’tidi. Shundan so’ng Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv Markazi direktor o’rinbosari I Anvarovnaga amaliyot o’tash uchun biriktirildik . Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv markazi Farg’ona mintaqaviy filiali 2013-yil Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etildi. Bu markaz respublikamizning ayrim hududlarida o’zining bo’limlariga ega bu ham nogironligi bo’lgan bolalar va ularning oila a’zolarining muammolarini bir oz bo’lsada bartaraf etishda katta imkoniyat kasb etadi.Men 9. 09. 2019 dan boshlab amaliyot joyimda ishlay boshladim.Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv markazi Farg’ona mintaqaviy filialida biz amaliyotchilar o’z soxamiz boyicha keng ko’lamda bilimlarga ega bo’ldik.Amaliyot mobaynida biz tashkilot hujjatlari bilan tanishdik. Tashkilotga murojat bilan chiqqan turli hududlarda yashovchi nogironligi bo’lgan shaxslarning a’rizalarini o’rganib chiqdik. Shahsan men maliyot mobaynida koproq ota onalar bilan ishlash bo’limida bo’ldim markazga tashrif buyurgan bolalarning onalari bilan suhbatlashdim , ular anchayin so’lg`in biroz hayotdan norozidek edilar ammo ular ayni vaqtta ko’zlari chaqnab atrof bilan qiziqa boshlagan farzandlarini ko’rib bir oz bo’lsada sevinar edilar. Ota onalar bilan ishlash bo’limida bolalarning onalariga turli hil qo’l mehnati orqali bolalar uchun qiziqarli o’yinchoqlar va antiqa uy ro’zg’or buyumlari yasash o’rgatilar ekan. Ushbu jarayon asosan bolajonlarning massaj yoki onalar ishtirokisiz o’tkaziladiagan mashg’ulotlari bo’lib o’tayotgan jarayonda onalar bilan yolg’iz olib borilar ekan.Kelasi kuni RBIM Farg’ona viloyat mintaqaviy filiali hodimlari bilan markazga tashrif buyurish istagida bo’lgan oilalar uchun targ’ibot kuni o’tkazdik ushbu targ’ibotta RBIMM haqida undagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdik. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Farg’ona mintaqaviy filialiga tumanlardan tashrif buyurgan bolajonlar bilan suhbatlashdik. Ularning onalari bilan suhbatlashdik. RBIM FArg’ona mintaqaviy filiali maslahat va konsultativ yordam korsatib Ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazdi. Nogironligi bor bo’lgan farzandli oilalarda mojarolarni bartaraf etishta to’g’ri maslahatlar berildi.Reapublik bolalar ijtimoiy moslashuv markazida muolajalar mutloqo bepul tarzda amalga oshirilar ekan. RBIMM ning bolalar uchun mo’ljallangan bir qancha muolaja xonalari sport mashg`uloti uchun mo`ljallangan zallari bor ekan. Menda eng katta tasurot qoldirgan xona bu qo`l matorikasi bilan ishlash xonasi bu yerda kicjkintoylar mayda buyumlarni qo’llarida ushlab ularga tariff berishadi bu mashg`ulot ularning sezgi organlarini rivojlantiribgina qolmay ularning asab tizimiga ham yaxshigina foyda keltirar ekan. Amaliyot davrida biz amaliyotchi talabalarga berilgan topshiriqqa binoan Nafosat MFY da oilalar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdik. O’tkazilgan so’rovnoma bo’yicha xulosalar yozdik. Amaliyot davrimda juda ko’p xujjatlar bilan ishlashni o’rgandim. Xususan markazga qabul qilingan bolalar shaxsiy daftarchalarini yozdik. Biz talabalar amaliyot davrida nazariy olgan bilimlarimizni qo’lladik,. Bilmaganlarimizni o’rgandik. Pandemiya tufayli respublikamizda yo’lga qo’yilgan o’z o`zini izolyatsyalash dasturi tufayli malakaviy amaliyot davrimiz biroz erta o’z nihoyasiga yeti. Biz so’ngi amaliyotimizni10.03.2020 kuni o`tadik. Shunga qaramay biz malakaviy amaliyot mobaynida oliy ta’lim muassasasida ustozlarimizdan olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llay oldik va o’zimiz uchun ko’plab bilim va tajribalarga ega bo`ldik. Kelgusida men olgan bilim va tajribalarimni o`z ish joyimda amalda qo`llab, yurtimiz ravnaqi yo`lida baxoli qudrat mehnat qilaman. Ona yurtimiz kelajagi bundanda porloq bo’lishi uchun astoydil harakat qilaman. Zero “Ertangi kun bizniki marra bizniki”!

Hisobotni topshiruvchi: J.Sharobiddinov



Hisobotni qabul qiluvchi: A.Tojaliyev
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling