O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 0.84 Mb.
bet1/15
Sana24.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1796653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nurmatova Feruzaxon Optika




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI

Fizika yo‘nalishi 20.11-guruh talabasi


Nurmatova Feruzaxon Rahmonberdi qizining
“Yorug’lik interferensiyasi. Tebranishlarni qo‘shish” mavzusidagi
KURS ISHI


Kurs ishi rahbari: M.Nabiyev
Bajardi: F.Nurmatova


Farg‘ona - 2022

MUNDARIJA




Kirish………………………………………………………………………….3

I BOB. INTERFERENSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

1.1.Yorug’lik interefernsiyasi va interferension yo‘llar……………………….6

1.2 .Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari……………………………12


1.3. Yupqa pardalarda yorug’lik interferensiyasi…………………………….. 26
II BOB. INTERFERNSIYANING QO‘LLANILISHI. INTERFERENSION TEBRANISHLAR
2.1.Interferensiyani texnikada qo‘llanilishi…………………………………….31
2.2. Tebranishlar interferensiyasi…………………………………………….. 34
2.3. Bir yo‘nalishdagi tebranishlarni vektor diagrammasi usulida qo‘shish…...37
XULOSA……………………………………………………………………....38

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………39
















KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;alqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish; ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlashdan iborat.
Optika – fizikaning bo‘limi bo‘lib, yorug‘likning fizik tabiatini va xossasini hamda moddalar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Bu yorug‘lik haqidagi ta’limot, fizikaning boshqa bo‘limlari bilan uzviy bog‘lanishdadir. Optik hodisalarni chuqur o‘rganish fizikaning boshqa bo‘limlarini rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektroskopiya sohasidagi kashfiyotlar natijasida yuzaga keldi. Fizikaning texnika bilan uzviy aloqadorligi tufayli texnikaning ko‘p sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televideniye va h.k., fizikaga yaqin bo‘lgan boshqa tabiiy fanlar biologiya, ximiya va astronomiyada ilmiy kuzatish va analizning optik usullarini qo‘llash natijasida keyingi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Keyingi yillarda optika sohasida yirik kashfiyotlar qilindi. V.A.Fabrikant, N.G.Basov, A.M.Proxorov, Ch.Tauns va boshqalar tomonidan yorug‘likning yangi xossalari payqaldi va uning yangi manbalari – lazerlar – optik kvant generatorlari (OKG) yaratildi. Bu yorug‘lik manbalari optikaning qo‘llanilish chegarasini fizika va texnikada yanada kengaytirdi. Yaqin kelajakda yorug‘lik nuri faqat yerda emas, balki kosmik masshtabda ham aloqaning asosiy kanali bo‘lib qoladi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Yorug’lik nuri hayotimizning eng muhim manbalaridan. Uni o‘rganish sir-sinoatlari ko‘p. Tabiat hodisalarining barchasi yorug’lik nuri tufayli sodir bo‘ladi ulardan biri yorug’lik interferensiyasidir. Yorug’lik interferensiyasi texnika taraqqiyotidagi ulkan xissasidan bu mavzuning dolzarbligini ko’rishimiz mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling