O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI  
FALSAFA  
Ma’ruzalar matni  
O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish 
bo’yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan  
Toshkent – 2000  

Mas’ul muharrir: f.f.d. Q. Nazarov  
Taqrizchilar: f.f.d., prof. B. To’ychiev, f.f.d., prof. B. Karimov, f.f.d. A. Mo’minov.  
Mazkur  kitobdan  falsafa  kursi  bo’yicha  yangi  dastur  asosida  yozilgan  ma’ruzalarning  qisqa  matnlari  o’rin  olgan.  Ushbu 
to’plamda falsafaning asosiy masalalari, baxs mavzulari, falsafiy maktablar, atoqli faylasuflarning ta’limotlari, hozirgi zamon 
falsafasining oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar milliy g’oya va istiqlol mafkurasi talablari asosida bayon qilingan.  
Ma’ruza matnlari O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining quyidagi a’zolari tomonidan tayyorlangan: Q. Nazarov (Kirish, 
I  bo’lim  1,4;  V  bo’lim  5,8-mavzular),  S.  Mamashokirov  (I  bo’lim  2,3;  III  bo’lim  5-mavzu),  Yo.  Toirov  (V  bo’lim  1,2-
mavzu),  S.  Yo’ldoshev  (II  bo’lim  1,2-mavzu),  H.  Aliqulov  (II  bo’lim  4,6-mavzu),  R.  Nosirov  (II  bo’lim  3-mavzu),  M. 
Usmonov (II bo’lim 5-mavzu), A. O’tamurodov va D. Po’latova (II bo’lim 7-mavzu), B. To’raev (III bo’lim 1,2,3-mavzu), J. 
Ramatov (III bo’lim 4-mavzu), A. Ochildiev (IV bo’lim 1,2,3-mavzu), Q. Ro’zmatzoda (IV bo’lim 4; V bo’lim 6-mavzu), A. 
Begmatov (V bo’lim 3-mavzu), A. Ortiqov va S. Choriev (V bo’lim 4-mavzu), I. Soifnazarov va T. Karimov (V bo’lim 7-
mavzu). Kursiv bilan berilgan joylar mas’ul muharrir tomonidan yozilgan.  
Ma’ruza matnlari falsafani o’rganishga kirishayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.  
Bosishga ruxsat etildi ________ Bichimi 60X84
1
/
16
. «TimesUZ» harfida terilib, ofset usulida bosildi. Bosma tabog’i 19,5. Nashr hisob 
tabog’i 18,5. Adadi 5000. Buyurtma № ___ Bahosi shartnoma asosida.  
Qo’lyozma maket oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi O’AJBNT markazida tayyorlandi  
«DITAF» bosmaxonasida chop etildi. Toshkent, Olmazor ko’chasi, 171 uy.  

KIRISh  
Hurmatli talabalar!  
Mana, siz falsafa fanini o’rganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «Uni nima uchun o’rganish lozim?» degan 
savollar  bilan  kitobni  ochdingiz.  Haqiqatan  ham,  falsafa  qanday  fan?  Keling,  birgalikda  bu  savolga  javob 
topishga harakat qilaylik.  
Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo’lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, 
o’zgaradi  va  taraqqiy  etadi,  umrning  mazmuni  nimadan  iborat,  avlodlar  ortidan  avlodlar  kelib-ketaverishida 
qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o’ylantiradi. Ehtimol, o’zingiz ham shu singari bir-biridan murakkab 
savollarga javob topa olmay qiynalgandirsiz?  
Bu masalalar haqida kim bilandir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Falsafa ana shunday masalalar bilan 
shug’ullanadi.  U  nihoyatda  qadimiy  fan.  Olam  va  odamlar  o’rtasidagi  munosabatlar,  inson  qadri  va  umrning 
mazmuni, dunyodagi o’zgarishlar, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari 
falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.  
Biz yashayotgan dunyo so’nggi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX aspning 80-
yillarida  olamshumul  voqealar  yuz  berdi:  mamlakatimiz  mustaqillikka  eri3hib,  o’ziga  xos  taraqqiyot  yo’lini 
tanladi,  rivojlanishling o’zbek  modelini amalga  oshirishga  kirishdi.  Xalq)mizning  huquqiy demokratik jamiyat 
barpo  epish  zarurati  dunyoqarashni  tubdan  o’zgartirish,  eski  aqidalardan  tamoman  voz  kechish,  istiqlol 
mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksalti`ishni taqozo etmopda. Bufda ijtimoiy fanlar rivnji ulkan 
ah`miyat  kasb  etadi.  Prezidenthmiz  Islom  Jarimov  to’g’ri  takidlaganlari  kabi:  «Ko’p  asrlik  tariximiz  rhuni 
ko’rsatadiki,  inson  dunyoparashi  shakllanishida  ma’rifatning,  xususal,  ijtimoiy  fanlarning  o’rni  beqiyos.  Bu 
jamiyatsh5noslik  bo’ladimi,  tarix,  fa,safa,  sixosatshunoslik  bo’ladimi,  psixologiYa  yoki  iqtismd  bo’ladili  — 
ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida k`tta ta’sir kuahiga ega»
1
.  
Falsafa  esa  —  barcha  fanlar  rivojlanishiga  asor  bo’ladigal  va  ulardan  oziqlanadigan,  ayni  paytda  ularning 
rivojlanish  yo’llarini  belgilab  beradigan  umuminsoniy  va  universah  fan.  U  qadim  zamonlardayoq  «barcha 
ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning (ayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog’liq mos 
ekani, jamiyat ianfaatlari va ezgu iftilishlarini qay darajada aks ettira olishiga Bog’liq.  
Dunyoda o’z milliy  falsafa maktabini yaradgan xalqlar bor. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, 
ingliz  f!hsafasi  kabilar  shular  jumlasidandir.  Milliy  adabiyot,  milliy  madaniyat,  san’at  va  hokazolar  bo’lgani 
kabi, milliy falsafaning ham bo’lishi tabiiy. Ammo bu — falsafa milliy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U 
umuminsoniy  fan  sifatida,  bir  tomondan,  umumbashariy  muammolarni  qamrab  olsa,  ikkinchi  tomondan,  shu 
masalalar  bilan  shug’ullanayotgan  aniq  shaxs  –  faylasuf  mansub  millatning  muayyan  manfaatlarini  ham 
ifodalaydi.  Millat  ozod bo’lsa, o’z  turmush tarziga  mos  fikrlasa,  olamni,  uning  muammolarini dunyoqarashiga 
xos holda idrok eta olsa, uning o’z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql-idrok, mafkura 
yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.  
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafani rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. 
Busiz  millatning  haqiqiy  farzandi  bo’lgan,  uning  kamolini  o’ylaydigan  chinakam  ozod,  hur  fikrli,  barkamol 
insonni  tarbiyalab  bo’lmaydi.  Shu  sababli  biz  o’rganadigan  falsafa  umumbashariy  muammolar  bilan  birga, 
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatning 
tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.  
Sobiq  Ittifoq  davrida  so’z  va  vijdon  erkinligi  turli  yo’llar  bilan  bo’g’ib  kelingani,  biryoqlama  dunyoqarash 
zo’rlik bilan singdirilgani tufayli falsafa quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani – achchiq haqiqatdir. 
Chunki  u  kommunistik  g’oyalardan  tashqariga  chiqolmas,  hayotga  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan  baho  berolmas 
edi.  Shuning  uchun  u  yoshlar  va  talabalar  uchun  kamolot  vositasi,  intilish  omili  emas,  teskari  tarbiya  quroli, 
zararli dunyoqarash manbai bo’lib qolgan edi. Shu bois u o’z davri mafkurasi bilan birga o’tmishga aylandi. Bu 
borada oddiy tilda yozilgan qo’llanmalar, xalqchil kitoblar, afsuski, hali ham etarli emas.  
Odatda, mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. Buning 
sababi nimada? Buning boisi shuki, falsafa ko’p yillar mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, 
turli qonun  va qoidalar, xilma-xil ta’limot  va g’oyalar  majmuidan  iborat  murakkab bir  fan  sifatida talqin etilar 
edi. U  yoki bu falsafiy qoida nega  kerak, ularni o’rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan 
biror  bir  g’oya  yoki  ta’limotga  ko’proq  ahamiyat  berganining  sababi  nimada,  nima  uchun  uning  qarashlarida 
aynan ana shu muammo ustuvor bo’ldi, degan masalalar ko’p hollarda nazardan chetda qolar edi. Falsafa tarixiy 
voqelik  bilan  bog’lab  tushuntirilmas,  falsafiy  ta’limotlar  o’z  asoschilari  hayotining  uzviy  qismi  ekani  yoddan 
chiqarilar edi.  
Oqibatda nima bo’lar edi? Falsafa mutaxasqisi bo’lmagan talabalarning nihoyatda oz qhsmigina bu fanning asl 
mohiyatini  tushunib  ol`rdi,  xolos.  Aksariyat  yoshlar  esa,  falsafa  glamiga  khrib  bora  olmasdan,  go’yoki 
katta  shahar  

Ислом  Каримов.  Миллий  истиқлок  мафкураси  -  халқ  эътиқоди  ва  буюк  келажакка  ишончдир:  «Фидокор»  газетаси  мухбири 
саволларига жавоблар. - Т.: «Ўзбекистон», 2000. 33-бет. 
 

boshlanadigan  joyda  qolib  ketardi.  Kun  sayin  chuqurlashib,  fan  sirlarini  bor  murakkabligicha  tushuntirishda 
davom etayotgan o’qituvchi sanoqli talabalar bilan birga o’sha shaharga kirardi, ko’chalar, mahallalarni – falsafa 
dunyosini kezishda davom e4ardi. Lekif qnlgan talabalar esa bu xazinadan bebahra bo’lib, shaharga kirmasdan 
o’tadigan  aylanma  yo’ldan  borishga  majbur  bo’lar  va  shu  tariqa  falsafaning  mo`iyatini  durustroq  tushunmay, 
diplom olardi hamda amaliyotga ketardi.  
Bundaxlar nazarida fadsaba tushunarriz, mavhum va /rtiqcha fan bo’lib qnladh, faqat baho olirh uchun yodlang`n 
qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini haxotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu  — foydasiz 
bilim sohasi, binobarin uni o’rg`nishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. Agar 
falsafadan bilim beruvchi /’qituvchining o’zi ham bu sohani bir mahallar chetlab o’tgan sobiq talabalardan biri 
bo’lsa, masala yanada chigallashadi.  
Hurmatli  talabal`r,  ushbu  so’zlarni  falsafa  bo’yicha  tahsil  tugab,  imtihonlar  yaqinlashgan  onlarda  diqqat  bilan 
yana bir -arta o’qib chiqing. Fals`fani o’qigan davringizga, dem`kki, siz mansub bo’lgan falsafiy voqelikka shu 
nuqtai  nazardan  baho  berishga  harakat  qiling.  Ana  shunda  masala  nihoyatda  oydinlashgan  va  barchaning,  u 
o’qituvchimi yoki talabami, bundan qat’i nazar, qanday baho olgani aniq bo’lib qoladi.  
Aslida,  falsafaning  asosiy  vazifasi  inson  ongida  sog’lom  aqlga  mos  dunyoqarashni  shakllantirishdan  iborat. 
Bunday dunyoqarash biron-bir g’oyani zo’rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki ishontirish, 
xilma-xil  fikrlarni  o’rtaga  tashlash,  muhokama  qilish,  zarur  tushuncha,  tamoyillarni  aniqlash  jarayonida 
shakllanadi va rivojlanadi.  
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur ma’ruza matnlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:  
— falsafani jahon madaniyati va tsivilizatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish;  
-  falsafiy  g’oyalar,  muammolar,  oqim  va  yo’nalishlarni  tavsiflashda  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarning 
uyg’unligi tamoyiliga amal qilish;  
-  xilma-xil  falsafiy  ta’limot  va  turli  qarashlarni  bir  butun  jarayonning  ifodasi  bo’lgan  ilmiy  bilimlar  tizimi 
sifatida talqin etish;  
-  mavzularni  aniq  sharoit  va  jarayonlar  bilan  bog’lab  tavsiflash,  ularni  izohlashda  umumbashariy  va  milliy 
miqyosdagi dalil va misollarga tayanish;  
-  har  bir  mavzuni  istiqlol  va  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  tub  o’zgarishlar  bilan  uzviy  bog’liq  holda 
tushuntirish.  
Biz  bu  jarayonda  biror  bir  g’oya,  oqim,  yo’nalish  yoki  falsafiy  ta’limotni  mutlaqlashtirib,  boshqalarining 
ahamiyatini  kamsitish  fikridan  yiroqmiz.  Aksincha,  bizning  maqsadimiz  ularning  barchasini  xolis  talqin  etish, 
talabalarda  falsafa  fani,  xilma-xil  falsafiy  oqimlar,  ularga  mansub  faylasuflar  va  ularning  ta’limotlari  haqida 
to’g’ri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat.  
Respublika  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  buyurtmasiga  binoan,  O’zbekiston  faylasuflari  milliy 
jamiyatining  bir  guruh  a’zolari  tomonidan  nashrga  tayyorlangan  ushbu  ma’ruza  matnlari  falsafani  yangi 
tamoyillar asosida tavsiflash borasidagi ilk tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga 
yo’l qo’yilgan bo’lishi mumkin. Matnlar, asosan, ijtimoiy fan sohalari uchun mutaxassis tayyorlamaydigan oliy 
o’quv  yurtlari  talabalariga  mo’ljallangan.  Mazkur  to’plamni  qo’llash  jarayonida  bildirilgan  fikr-mulohazalar 
asosida ana shu talabalar uchun yangi darslikni tayyorlash ko’zda tutilgan.  
Ushbu  ma’ruza  matnlari  turlicha  fikr  uyg’otishi  shubhasiz.  Bu  boradagi  taklif  va  mulohazalar  uchun  oldindan 
minnatdorlik  bildirgan  holda,  ularni  respublika  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  yoki  O’zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyatiga yuborilishini so’raymiz.  

BIRINChI BO’LIM.  
FALSAFANING JAMIYaTDAGI O’RNI, BAHS MAVZULARI VA ASOSIY VAZIFALARI  
1-mavzu. Falsafaning asosiy mavzulari va muammolari  
Reja:  
1. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni.  
2. Falsafaning bahs mavzulari va asosiy muammolari.  
3. Falsafiy muammolar bilan bog’liq oqim va ta’limotlar.  
4. Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari.  
5. O’zbek falsafasi, uning zamonaviy rivojlanish muammolari.  
Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda. Insoniyat bugungi kunga 
kelib,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  ulkan  yutuqlarga  erishdi.  Fan  va  texnika,  madaniyat  va  maorif 
beqiyos rivojlandi.  Odamzod  o’zining aql-zakovati  va  mehnati bilan juda  ko’p  yangiliklar  yaratdi.  Dunyoning 
ko’plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.  
Ma’naviy  boyliklar  orasida  falsafa  ilmida  to’plangan  hikmatlar  xazinasi  eng  muhim  o’rin  tutadi.  Har  bir 
davrning buyuk donishmandlari bo’ladi. Ular o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini 
falsafiy  ta’limotlarida,  muayyan  darajada,  ifoda  etganlar,  jamiyat  farovonligi  va  millat  ravnaqi  uchun  xizmat 
qiladigan  yuksak  g’oyalarni  o’rtaga  tashlaganlar.  Xalqni  buyuk  maqsadlar  sari  etaklovchi  bayroq  sifatida 
namoyon  bo’ladigan  bu  g’oyalarning  muayyan  davr  mafkurasiga  aylanishida  falsafiy  bilimlar  katta  ahamiyat 
kasb etadi.  
Avvalo,  falsafa  o’zi  nima,  degan  masalaga  to’xtalib  o’taylik.  U  insoniyat  tarixidagi  eng  qadimiy 
ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam 
va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab 
muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.  
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan 
olingani  va  u  «donishmandlikni  sevish»  («filo»  —  sevaman,  «sofiya»  —  donolik)  degan  ma’noni  anglatishi 
ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi.  Asrlar davomida filosofiya 
so’zining  ma’no-mazmuniga  xilma-xil  qarashlar,  uning  jamiyat,  inson  va  fanlar  tizimidagi  o’rniga  nisbatan 
turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.  
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-
III  asrlarda  yuz  bergan  buyuk  yuksalish  natijasi  sifatida  yuzaga  kelgan  edi.  O’sha  davrda  endigina  shakllanib 
kelayotgan  nazariy  fikrning  ifodasi  falsafiy  tafakkur  olamni  yaxlit  va  bir  butun  holda  tushunish  mujassamiga 
aylangan edi.  
Qadimgi  Yunonistonda  «Filosofiya»  atamasini  dastlab,  matematika  fani  orqali  barchamizga  yaxshi  ma’lum 
bo’lgan,  buyuk  alloma  Pifagor  ishlatgan.  Evropa  madaniyatiga  esa,  u  buyuk  yunon  faylasufi  Aflotun  asarlari 
orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning 
otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.  
Qadimgi  dunyoda  fanlarning  barchasini,  ular  qanday  ilmiy  masalalar  bilan  shug’ullanishidan  qat’i  nazar, 
filosofiya  deb  ataganlar.  U  ham  ijtimoiy  borliq,  ham  tabiat  to’g’risidagi  ilm  hisoblanar  edi.  Shu  ma’noda, 
dastlabki filosofiya olam va  unda  insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish 
zaruratidan  vujudga  kelgan  edi.  Bundan  tashqari,  qadimgi  Yunonistonda  yuz  bergan  buyuk  uyg’onish  davri 
o’ziga  xos  falsafiy  mafkurani  ham  yaratganligi  shubhasiz.  Uning  eng  asosiy  qadriyati  erkinlik  tushunchasi 
ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar 
alohida ta’kidlaydi.  
Sharqda  «Ikkinchi  Arastu»,  «Ikkinchi  muallim»  deya  e’tirof  etilgan  buyuk  mutafakkir  Abu  Nasr  Farobiy 
filosofiya  so’zini  «Hikmatni  qadrlash»  deb  talqin  etgan.  Falsafa  Sharq  xalqlari  ijtimoiy  tafakkurida 
«donishmandlikni  sevish»  degan  mazmun  bilan  birga,  olam  sirlarini  bilish,  hayot  va  insonni  qadrlash,  umr 
mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.  
Hayot  qonuniyatlarini  yaxshi  biladigan,  umrning  o’tkinchi  ekani,  abadiyat  insonga  emas,  olamga  xosligini 
yaxshi anglab etgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» 
deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy 
ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish — boshqa gap. Shu ma’noda, 
bizda qadim zamonlarda  

faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va 
mutafakkir kishilar tushunilgan.  
XIX  asr  nemis  qadriyatshunosi  I.  Rikkert  ham  shunga  o’xshash  fikrni  quyidagicha  bayon  qilgan:  «Odamzod 
olam  va  odam  hamda  hayotning  qadrini  anglab,  ular  omonat  bir  narsa  ekanini  tushuna  boshlagan  davrlardan 
falsafiy  fikrlashga  kirishgan.  Binobarin,  birinchi  faylasuf,  kim  bo’lganidan  qat’i  nazar,  hayotni  qadrlaydigan 
kishi bo’lgani shubhasiz».  
Falsafa,  avvalo,  muayyan  ilmiy  bilimlar  tizimidir.  U,  bir  tomondan,  insonning  voqelikni  aql  vositasida  idrok 
etishi,  ikkinchi  tomondan,  ongning  afsona  va  rivoyatlar  asosidagi  shakllardan  uzil-kesil  ajralish  jarayoni 
natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash 
tarzidan  xalos  bo’lish  ilmiy  bilimlarni  egallash  orqali  ro’y  beradi.  Eng  muhimi,  falsafa  kundalik  turmushda 
uchrab  turadigan  eskilik  asoratlari,  bid’at  va  cheklanishlarga  muxolif  bo’lgan  hurfikrlikdir.  Falsafa  aynan  ana 
shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi.  
«Falsafa»  atamasi  «filosofiya»ning  Sharq  ijtimoiy  tafakkuridagi  shaklidir.  Odatda  u  tushuncha  sifatida  tor  va 
keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik  — qadimiy falsafada  «donishmandlikni sevish» 
deb  tushunilganini  aytib  o’tdik.  Ayrim  faylasuflar  va  falsafiy  oqimlar,  chunonchi,  ingliz  faylasufi  T.  Gobbs 
(1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy 
yondashish»,  Lyudvig  Feyerbax  «bor  narsani  bilish»,  pragmatizm  ta’limoti  namoyandalari  esa,  «foydali 
narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan.  
«Falsafa» tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta’riflanadi. 
Falsafaga  bo’lgan  munosabatning  xilma-xilligiga  asoslangan  holda,  unga  yaxlit,  umumlashgan  ta’riflar  ham 
berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo’lgan madaniyat, san’at, qadriyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, 
uning  milliyligini  aks  ettirish  imkoniyati  tug’iladi.  Ammo  ontologiya,  gnoseologiya,  naturfilosofiya, 
antropologiya  kabi  fan  sohalari  nuqtai  nazaridan  qaralsa,  ushbu  ta’rifda  umuminsoniylik  va  universallik 
falsafaning asosiy xususiyati ekanini ta’kidlash lozim bo’ladi.  
Haqiqiy  falsafa  tafakkur  mahsuli  bo’lgan  narsalarni  oliy  darajadagi  haqiqat  sifatida  mutlaqlashtirmaydi.  Bu 
borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degan e’tirofi haqiqat mezonidir. Holbuki, Suqrot 
qadimgi  Yunonistonning  eng  bilimli  faylasufi  bo’lgan.  U  bilimdon,  bahs-munozara  chog’ida  har  qanday 
suhbatdoshni ham mot qilib qo’ya olgani haqida tarixda misollar ko’p. Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon 
bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu  — 
ularni  tamoman  rad  etish,  ko’r-ko’rona  tanqid  qilish  lozim  degani  emas,  balki  ularga  xos  barcha  xato  va 
kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va 
vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.  
Bu  fanning  oldiga  qo’yilgan  vazifalarga  va  uning  hayotdagi  o’rniga  qarab,  ijtimoiy  taraqqiyotning  turli 
davrlarida  unga  bo’lgan  munosabat  ham  o’zgarib  borgan.  Bu  munosabatlar  dastlabki  fanlar  paydo  bo’lib  va 
ularning  ba’zilari  falsafadan  ajralib,  alohida  mustaqil  fan  sohasiga  aylana  boshlagan  davrlardayoq  shakllana 
boshlagan.  
Falsafaning  ijtimoiy  ong  tizimida  tutgan  o’rni,  jamiyat  va  shaxs  hayotidagi  ahamiyati  nimadan  iborat,  degan 
masala  hamma  davrlarda  ham  dolzarb  bo’lgan.  Ayniqsa,  tarixiy  taraqqiyotning  tub  burilish  davrlarida 
falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.  
Falsafa,  sirasini  aytganda,  ijtimoiy  tafakkur  rivoji  yutug’i  va  insoniyat  ma’naviy  taraqqiyoti  mahsulidir.  U 
kishilarning  olamni  bilish,  o’zlashtirish,  farovon  hayot  kechirish  va  o’z  insoniy  salohiyatlarini  namoyon  etish 
ehtiyojlari  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Falsafiy  ta’limotlar  hamma  davrlarda  ham  insoniyatning  ilg’or  tajribalarini 
o’zida mujassamlashtirgan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko’tarishga xizmat qilgan.  
Har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o’z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va 
ma’naviyatini o’zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo’l kelgan. Shuning uchun Aflotun, 
Forobiy va Beruniy, Navoiy va Xegelning asar va ta’limotlarida ular yashab o’tgan davr g’oyalari aks etgan.  
Kishilik  jamiyati  hech  qachon  bir  tekis  va  silliq  rivojlanmagan.  Taraqqiyot  ortidan  inqirozlar,  yutuqlar  ketidan 
mag’lubiyatlar,  farovonliklar  izidan  zavolga  yuz  tutishlar  ta’qib  etgan.  Muayyan  jamiyat  iqtisodiy-siyosiy, 
axloqiy-diniy,  badiiy-estetik  taraqqiyot  borasida  inqirozga  duch  kelar  ekan,  undan  chiqib  ketish  uchun  ilg’or 
falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.  
Shuning  uchun  ham  buyuk  falsafiy  ta’limotlarni,  bir  tomondan,  madaniy-intellektual  rivojlanish  samarasi, 
ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida «Falsafa 
nima o’zi?» degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning 
mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar.  
Qadimgi Yunoniston va  Rim  davridan buyon o’tgan ikki  ming  yildan ziyodroq vaqt  mobaynida  «Falsafa  endi 
yo’q bo’ldi, uni o’rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi 
bilan  odamzod  baribir  falsafaga  ehtiyoj  sezgan  va  u  insonning  ma’naviy  kamolotida  beqiyos  ahamiyat  kasb 
etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.  

Ислом  Каримов.  «Миллий  истиқлол  мафкураси  -  халқ  эътиқоди  ва  буюк  келажакка  ишончдир»:  «Фидокор»  газетаси  мухбири 
саволларига жавоблар. - Т.: «Ўзбекистон», 2000. 
 
Bu  jihatdan  quyidagi  rivoyat  juda  ibratlidir.  Miloddan  oldingi  birinchi  asrda  yashab  o’tgan  buyuk  faylasuf 
Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab, «ustoz, fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko’payib ketdi. 
Endi  falsafani  o’rganishning  hojati  bormikan?»  debdi.  Shunda  ulug’  faylasuf  bamaylixotir  gap  boshlab, 

«Falsafani  Suqrot,  Aflotun,  Arastu  kabi buyuk allomalar  yaratgan.  Lekin endilikda  insoniyatning ana  shunday 
buyuk  mutafakkirlari  yaratgan  bu  fanni  o’rganmaslik  har  qaysi  nodonning  ham  qo’lidan  keladigan  ish  bo’lib 
qoldi», degan ekan.  
Falsafa  kishilarga  olam to’g’risida  yaxlit tasavvur beradi,  boshqa  fanlar esa,  uning ayrim jihatlarini o’rganadi. 
Masalan,  biologiya  o’simlik  va  hayvonot  dunyosini,  turlarining  kelib  chiqishi,  o’zgarishi  va  takomillashib 
borishi kabi masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va 
jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, 
balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning 
mohiyati  qanday?  Masalaning  aynan  shu  taxlitda  qo’yilishi  ilmiy  muammolarni  falsafiy  masalaga  aylantiradi. 
Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.  
Endi  Faylasuf  kim,  degan  savolga  javob  beraylik.  Filosof  so’zini,  yuqorida  aytganimizdek  ilk  bor  buyuk 
matematik  va  mutafakkir  Pifagor  qo’llagan.  Bu  tushunchaning  ma’nosini  u  Olimpiya  o’yinlari  misolida 
quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va 
o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh – savdo-sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi 
esa, o’yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga 
mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko’ra, faylasuflar edi.  
Bu,  bir  qarashda,  oddiy  va  jo’n  misolga  o’xshaydi.  Ammo  uning  ma’nosi  nihoyatda  teran.  Chunki,  inson 
umrining o’zi ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga chiqadi va o’z rolini 
o’ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh 
ham  qotirmasdan  kelib  ketadi,  umrini  eyish-ichish,  uy-ro’zg’or  tashvishlari  bilan  o’tkazadi.  Boshqasi  –  nafs 
balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo’yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob 
ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo’larli hayot kechiradi.  
Qadimgi  Sharq  va  Yunonistonda  har  tomonlama  chuqur  bilim  va  katta  hayotiy  tajribaga  ega  bo’lgan,  inson 
ma’naviyatini  boyitish  va  haqiqatni  bilishga  intiluvchi  kishilarni  faylasuf  deb  ataganlar.  Fozil  va  komil 
insonlargina  falsafa  bilan  shug’ullanganlar.  Aslida,  o’sha  davrlarda  falsafani  o’rganish  deyilganda,  ilmning 
asoslarini  egallash  ko’zda  tutilgan.  Grek  mutafakkiri  Geraklit  (eramizdan  avvalgi  520-460  yillarda  yashagan) 
shogirdlariga  murojaat qilib, «Do’stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», 
deganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.  
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quydagicha 
ifoda etgan: «O’z-o’zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish 
esa – faylasuflikdir».  
Lev  Tolstoy  donishmand  kishilarning  uch  xislatini  alohida  ta’kidlab,  shunday  yozgan:  «Ular,  avvalo, 
boshqalarga  bergan  maslahatlariga  o’zlari  amal  qiladilar;  ikkinchidan,  hech  qachon  haqiqatga  qarshi 
bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».  
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, 
Beruniy  va  ibn  Sino,  Naqshband  va  Navoiy  kabi  donishmand  bobolarimiz  o’z  hayotiy  kuzatishlari  va 
tajribalarini  umumlashtirish,  insonga  xos  xato  va  kamchiliklardan  saboq  chiqarish,  bashariyat  tomonidan 
to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar.  
Umuman olganda, bilimdon  kishilarning barchasini  ham donishmand  yoki  mutafakkir deb bo’lmaydi.  Haqiqiy 
faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta 
ta’sir  ko’rsatadi.  Xudoning  o’zi  aql-zakovat,  iste’dod,  kuch-quvvat  ato  etgan,  yorqin  tafakkurga  ega  bo’lgan 
bunday  buyuk  shaxslar  umumbashariy  taraqqiyot  miqyosida  tanilgan,  teran  insoniy  g’oyalar,  ma’naviy 
boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan
2
.  
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi bo’yicha ma’lumot olgan 
mutaxassisni  faylasuf  deyish  odat  tusiga  kirib  qoldi.  Aslida,  faylasuf  so’zi  ana  shu  tarzda  ishlatilganida  ushbu 
sohaning zamonaviy  mutaxassisi,  uning asoslarini egallagan,  mazkur  yo’nalishda  tadqiqot olib boradigan  yoki 
ilmiy darajaga ega bo’lgan kishilar tushuniladi, xolos.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling