O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona Davlat Universitet Sirtqi bo’lim Maktabgacha ta’lim yo’nalishi II bosqich 18. 56-guruh talabasi Toshaliyeva O’g’iloyning


Download 52.9 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi52.9 Kb.
#149431
Bog'liq
Nutq madaniyati va texnikasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Farg’ona Davlat Universitet Sirtqi bo’lim

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

II bosqich 18.56-guruh talabasi

Toshaliyeva O’g’iloyning

O’qituvchi nutq madaniyati fanidan

ADABIY NORMA. NUTQIY MALAKA VA UNING MOHIYATI



mavzuida tayyorlagan mustaqil ishi

Farg’ona – 2020

Adabiy norma. Nutqiy malaka va uning mohiyati.
R E J A:

  1. Til va nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.

  2. Til va nutq madaniyati haqida buyuk mutafakkirlar va pedagoglarning fikrlari

  3. Pedagogik nutq, uning shakllari, funksiyalari va xususiyatlari.

  4. Nutq texnikasi, nafas olish, talaffuz.

Tabiat kuchlarini bilish va egallashda juda qisqa vaqt maboynida g’oyat katta muvaffaqiyatlarga erishuvchi odamning hamma boshqa jonzotlar - hayvonlardan farqli tomoni ularda tilning mavjudligidir. O’zining ongi - tili va nutqi bilan inson hamma narsadan ustun turadi.

Til jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch va millatning mavjudligini ko’satuvchi belgilardan biri hamdir.

Barcha rivojlangan davlatlarda bo’lganidek bizda ham o’z milliy tilimizni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbek tili bizda davlat tili deb e’lon qilingan va shunga amal qilinmoqda.

YUrtboshimiz I.Karimov o’z nutqlarida chet tillarni o’rganishning ahamiyati muhimligini ko’rsatish bilan birga yana shunday deydi: "Ammo shunga alohida urg’u berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo’lmaligi lozim.

O’z fikrini mutloqo mutaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin"1 .

Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o’zidir.

Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish maqsadida tildan foydlanish jarayonidir.

Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", "Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham notiqlik san’ati haqidadir.

SHarqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan. Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar ham mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.

Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb yozadi alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak deydi.

YUsuf hos Xojibning"Qutadg’u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati haqida juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida gapiradi. Til insonning qadr - qimmatini oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin, deydi adib.

Omonlik tilasang agar sen o’zing,

Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing.

Qizil til qilar qisqa yoshli seni,

Omonlik tilasang avayla uni.

Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning "Muhokamatul - lug’atayn", "Mahbubul - qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.

"Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz". "Tilini tiyolgan odam - donishmand oqil; so’zga erk bergan odam - beandishaa va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi".

Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va nutq, til va nutq madaniyati haqida o’zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.

O’qituvchi, tarbiyachi nutq madaniyatini egallamasa hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, yomon ma’nodagi eski usuldan, bir qolibdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi. O’qituvchi nutqi, o’quvchilar bilan muoamala qilishi uning o’z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi lozim. Gapirishni muloqot olib borishni doimo o’rganib borish kerak.

Pedagogik jamoa bilan, bolalar guruhlari, ayrim o’quvchilar bilan gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib borishi uchun gapirishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi lozim. Birinchi navbatda o’qituvchi suhbatni boshlaganda, gapni masalaning qo’yilishidan boshlashi mumkin. Bu masalada bo’lajak suhbatning ma’nosi mujassamlashgan bo’ladi. Mavzuga diqqatni tortishga urinib ko’rish ham mumkin, bunda gapni erkin, qiziqarli faktni ma’lum qilishdan boshlasa bo’ladi. Suhbatni tugallash ham muhim ahamiyat kasb etadi. U turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy g’oyalarni yana bir marta qisqacha bayon qilib berish mumkin uni she’riy satrlar bilan tugallasa ham bo’ladi.

Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so’zlari o’quvchilarga zarur ta’sir ko’rsati uchun shart - sharoit yaratadi. So’z bilan ta’sir ko’rsatishni amalda qo’llanish o’z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko’nikmalariga va o’z his - tuyg’ularini ifodalash uchun aniq shaklni topa bilishga asoslanishi lozim. Bu sohada aktyor ishi osonroq ekanligini e’tirof qilish kerak. Ta’lim - tarbiya ishi rahbarning doimiy tutgan yo’li ba’zan pedagogga his - tuyg’ular va fikrlarni so’z bilan ifodalashda qolibda ish tutishga olib keladi. Ko’pincha so’z bilan ifodalashning bir kolibdaligi o’qituvchi hayajonlanganda va jiddiy ayb, gunoh qilgan o’quvchilarni qoralash lozim bo’lganda yaqqol ifodalanadi.

Imo - ishora yuz harakatlari bilan ham ta’sir ko’rsatish mumkin. Bunda ham imo - ishoralar so’z - tovush nutqini to’sib qo’ymasligi kerak. Og’zaki ta’sir qilish mazmuni ta’sir ko’rsatishning aniq turiga bog’liq. Agar biz ta’sir qiluvchi nasihatdan foydalansak, nutqimiz nihoyatda muxtasar bo’lishi lozim. Ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish uchun o’ziga xos narsa faqat materialning mazmuni emas, balki nutqning ohangdorligi, bezagi hamdir.

Hatto oddiy nutqda ham agar kuchli ta’sir qiluvchi ta’sir ko’rsatish vazifasi qo’yilmasa, faqat axborotning mazmuni emas, gapiruvchining so’zlashish ohangi ham idrok etiladi. Nutq texnikasini takomillashtirish uchun o’z ovozini chetdan turib eshitish muhimdir. Bu o’rinda magnitafon o’qituvchilarga bebaho yordam beradi. Og’zaki ta’sir qilishning har xil turlarini magnit lentasiga bir necha marta yozib olib, eshitib ko’rish zarur, shunga erishish kerakki, u galdan bu galga ovoz ohangi tobora aniqroq bo’lib borsin, hal etilayotgan vazifaga tobora mos kelib, so’zlovchining individual xususiyatlarini juda mukammal ifodalaydigan bo’lsin.

Pedagogik jarayonda qo’llanadigan o’zaro fikr almashishining asosiy shakllari tahlil qilish va ularga ta’rif berish bo’lajak o’qituvchining kasb - koriga o’z - o’zini tarbiyalashi uchun ham, pedagogik muomala madaniyatini takomillashtirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.

Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab beradi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Kichik sinf o’quvchilarining nutqlari uncha o’smaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlariga ham, yomon tomonlariga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. O’qituvchi nutqining xususiyatlari va nuqsonlari tarbiyalanuvchilar nutqining xususiyatlari va nuqsonlariga aylanib qoladi. SHuning uchun o’qituvchilar nutqiga g’oyat katta talablar qo’yiladi. O’qituvchining nutqi adabiy til mezonlariga javob berishi va bolalarning yoshiga mos, ularga tushunarli bo’lishi kerak, o’qituvchi o’z nutqida ko’proq sinonimlardan antonimlardan foydalanishi kerak.

Buning uchun u shoshilmasdan, duduqlanmasdan, ona tilidagi hamma tovush so’zlarni to’g’ri, aniq, burro, orfografiya normalariga rioya qilib talaffuz eta bilishi kerak. O’qituvchi ko’pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta takrorlaydi, bu berilgan savolni to’g’ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani to’ldirishga yordam beradi. Bu vaqtda o’qituvchi bolalarga birgina fikrning o’zi turlicha bayon etilishi mumkinligini ko’rsata olish imkoniga ega bo’lishi kerak.

YOsh avlodni tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlari bilan, kishilarning o’zaro axloqiy munosabatlari bilan tanishtirishda o’qituvchi nutqi katta rol o’ynaydi. Har bir o’quvchi o’z sevimli o’qituvchisining tovush, nutqiy xususiyatlari, o’quvchilarga murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini doimiy eslay oladi.



Til va nutq madaniyati

Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksizning taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutqning madaniyati uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq.

Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichda amalga oshadi. 1-bosqich til vositalarini bilishdan iborat. Bu nutqni tinglaganda unda ishlaydigan til vositalarining ma’nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi. YA’ni, tinglovchi tinglash va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ammo o’zining nutqi tilning rang-barang imkoniyatlaridan mahrum, qoshshoq bo’ladi.

2-bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtiradi, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishdan iboratdir. Bunga erishgan shaxsning nutqi ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. 1-bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e’tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi.

Insoning nutkiy faoliyati uch ko’rinishga amal qiladi. Bular: so’zlash, mutoolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rashi anglatiladi. So’zlaganda so’zlovchininng bilimi, madaniyati, ahloq-odobi yuzaga chiqadi.

Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqidan aks etgan voqea-xodisalardan xabardor bo’ladi, ular ta’sirida xulqida qandaydir o’zgarish paydo bo’ladi. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi.



Nutq odobi

Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir.

Kishining odobi eng avvalo, uning nutqida ko’rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so’zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, obodli so’zlash ham o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi namuna bu o’qituvchi nutqidir. Buni o’qituvchi har doim o’zida his etib turishi, o’z nutqida hech vaqt odob-ahloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.

Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi. Tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko’p asrlik odatiy an’analarimizga ko’ra, «Assalomu alaykum» ning javobi «Vaalaykum assalom» dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham, alik olish uchun ham «salom» so’zi ishlatiladigan bo’ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir.

Madaniyatli kishi o’z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so’rashni ham bilishi zarur. O’z aybi uchun kechirim so’rash, o’z g’ururini yerga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. «Kechirasiz, mendan o’tibdi» yoki «Avf eting, bundan so’ng takrorlanmaydi» deyish bilan kishi o’zining odobliligini namoyish etadi, xolos.

Etuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashishda ishlatiladigan «Xayr, sog’ bo’ling», «Xayr, ko’rishguncha», «Xayr, omonlikda ko’rishaylik» kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O’qituvchi sinfdan chiqayotganda «Xayr, sog’ bo’linglar», «Xayr, yaxshi qolinglar» iborasini ishlatsa, o’rinli bo’ladi.

Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga minnatdorchilik bilidirish odobini ham o’rgatib borish lozim. Tilimizda rag’batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydiganchiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o’z o’rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O’qituvchi topshiriqni yaxshi o’tgana o’quvchilarni «»ofarin», «barakalla», «rahmat», «otangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so’zlar bilan rag’batlantirish mumkin.

O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berish vazifasini bajarishi kerak. SHuning uchun unga faqat umummadaniy emas balki kasbiy va pedagogik talablar ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z so’zining mazmuni, sifati va oqibati uchun ijtimoiy javobgardir. SHuning uchun o’qituvchi nutqi pedagog mahoratining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ma’lumki nutq og’zaki va yozma ko’rinishlarga ega. Og’zaki nutq so’zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg’ongan xayolan berilgan axborotni ma’lum vaqtga tinglovchi ongida saqlanishi, uning hulqiga tasir etish mumkin.

Og’zaki nutq hususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatsa bo’ladi:

Og’zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan uning libosi bulgan so’z birgalikda “yashin tezlikda” tilga kela boshlaydi. Ba’an tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o’ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko’zlangan maqsadni (fikrni) to’liq ro’yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi.

Og’zaki nutqda so’z birliklari va gaplarni modullari aytilmoqchi bo’lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini, aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Agar xotira ozgina “dangasalik” qilsa, gap tuzilishi, so’z birikmalari o’zaro mantiqan va grammatik bog’lanmay qoladi. CHunki yangi qism avvalgi qismni unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi.

Og’zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi.

Og’zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalaragina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog’liq. SHunga ko’ra unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. Ayniqsa, hodisalarning, narsalarning o’zaro bog’liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so’zlovchilarga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina, avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.

Og’zaki nutq so’z boyligi jihatdan yozma nutqqa nisbatan ongi kambag’al bo’ladi. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarni tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir.

Og’zaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo-ishoralar fikrni tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.`

YOzma nutq og’zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutq yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutqining qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir.

O’qituvchi nutqi deyilganda o’qituvchining og’zaki nutqi ko’zda tutiladi.

Og’zaki nutq - bu o’qituvchining gapirish vaqtida tuziladigan nutqi.

Pedagogning nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

A) pedagog va o’quvchilar orasida o’zaro ta’sir etish va muloqotning natijalanganligi;

B) faoliyat motivlarini, tushunchalarni to’g’irlash va shakllantirish maqsadida o’quvchi, bolalar tafakkuriga, his-tuyg’ulariga ijobiy ta’sir etish kerak;

V) ta’lim berish jarayonida bilimlarni to’liq tushuntirish va mustahkamlash, o’zlashtirib olish;

G) o’quvchilarning amaliy va o’quv faoliyatini samarali tashkil etish.

"Pedagogik nutq" tushunchasi o’qituvchining kommunikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog’liq. O’qituvchining kommunikativ xulqi deyilganda faqat uning gaprish va axborot berish jarayonigina emas balki pedagog va o’quvchi muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o’rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko’rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos o’qituvchining nutqiy nazokati ham ko’zda tutiladi.

O’qituvchining og’zaki nutqi monolog, dialog va polilog shaklida bo’ladi. Monologik nutqning keng tarqalgan shakli hikoya, maktab ma’ruzasi, sharx kabilardir. Dialogik nutq turli suhbat, savol - javob shaklida bo’ladi.



Monolog. Monolog so’zlovchini o’ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqidir. Monolog nutqida so’zlovchi o’ziga ma’lum bo’lgan voqea-hodisalar, o’z ichki kechinmalari xaqida ma’lumot beradi. Monologik nutq tinglovchilarni suhbatga faol aralashuvga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintetik jihatdan monologik nutq murakkab tuzilgan bo’lib, keng qamrovlidir.

Monolog nutq o’z xususiyatlariga qarab, bir necha ko’rinishda bo’lishi mumkin: ichki monolog va tashqi monolog. Tashqi monologning dramatik monolog, lirik monolog, xabar monologi kabi turlari bor.

Ichki monolog badiiy adabiyotda qo’llanuvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz bergan aniq voqealarni ularning ta’sirida qahramon ichki kechinmalarida paydo bo’lgan fikrlar sifatida bayon etish imkonini beradi. Ichki monolog so’zlovchining nutqidir.

Misol sifatida(A.Oripov. “Jannatga yo’l”) asarini olish mumkin.

Tashqi monolog so’zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari xaqiqatga aylanadi.

So’zlovchining nutq mazmunini yetkazishga ko’maklashuvchi turli xil harakatlari yordamida bayon etiladigan monolog dramatik monolog deyiladi. Dramatik monologda so’zlayotgan shaxsning qo’li, gavdasi, qoshi, boshi kabi a’zolari zarurat tug’ilganda xarakat qiladi. Turli tarzdagi ma’noli harakatlar fikrning tinglovchi tomonidan yaxshi tushunib olinishiga ko’maklashadi.

So’zlovchining ichki his-tuyg’ularini, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashqi monologik nutq lirik monolog deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu-umidlari, tashqi dunyodan olgan taassurotlari, kelajak rejalari aks ettiriladi.

Dialog. Dialog nutq shakllaridan biri bo’lib, unda har bir fikr to’g’ridan-to’g’ri suhbatdoshga qaratilgan bo’ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialogik fikrlarning qisqaliligi bilan boshqa fikrlardan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi, voqealar keng izohlanmaydi. SHu jihatdan ham dialog monologga o’xshamaydi. Dialog so’roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.

Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o’zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko’proq bo’ladi. So’zlovchi o’rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o’z fikrlarini bildirishi mumkin.

O’qituvchi sinfda og’zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi sinflarda ko’proq nutqning dialog va polilog shakli o’rinlidir, chunki suhbat usuli shunga asoslanadi. Monologik nutqdan o’qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif xarakteridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. Monologik nutq tarix, adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, dialogik nutq ona tili, matematika darslarida qo’l keladi. O’qituvchi har bir darsda og’zaki nutqning hamma shakllaridan foydalanishi lozim.

O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu va material o’quvchilarga to’la yetib borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko’zda tutgan holda aytilayotganlarga mos harakatlar ham qiladi: ko’z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mazmunlikni va hokazolarni ifodalashi mumkin. Harakat o’z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. Ammo hadeb o’rinli-o’rinsiz harakatlar qila berish o’quvchini zeriktirib yuboradi.

Pedagogik vazifani muvaffaqiyatli bajarishi uchun o’qituvchining nutqi ma’lum talablarga javob berishi, ya’ni kerakli kommunikativ sifatlarga mos bo’lishi kerak. Nutq bir necha normalarga mos bo’lishi kerak: zamonaviy normalarga, ifodalilik talablariga va adabiy til normalariga.

Pedagogik nutqning to’g’rilik, aniqlik, moslik, leksik boylik, ifodalilik va tozalik kabi kommunikativ sifatlari o’qituvchi nutqining madaniyatini belgilaydi.

O’qituvchi nutqining muhim fazilatlaridan biri ifodalilikdir. Ifodalilikkina nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta’minlaydi. Ifodalar sodda, ammo katta mazmunga ega bo’lgan nutq tinglovchida qiziqish uyg’otadi va uning onggiga tez yetib boradi. Ifodalilik nuqtai nazaridan qaralganda kishilarning nutqlari xilma-xildir. Hatto bir mavzuga bag’ishlangan turli kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin. Bunday nutqlarning biriga tinglovchi qiziqib qarasa, boshqasiga nisbatan loqayd munosabatda bo’ladi

O’qituvchi nutqining aniqligi. Aniqlik nutqining muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma’lum. G’arb mutaffakirlari ham, SHarq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti hisoblaganlar. Aristotel: «Agar nutq noaniq bo’lsa, u maqsadga erishmaydi»,- degan bo’lsa, Kaykovus: «Ey farzand, so’zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so’zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so’zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang qushga o’xshagansan…»-deydi.

Aniq nutq yaratish so’zlovchidan quyidagilarni o’rganish va ularga amal qilishni talab etadi:

a) tilning sinomimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantlarni ajratib nutqda qo’llash;

b) nutqda ishlatiladigan so’zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish; nojiddiy, tahminiy qo’llashlardan qochish, chunki betayin so’z qo’llash nutqni beburd qiladi;

v) so’zni ko’p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko’p ma’noli so’z nutqda qo’llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko’zda tutilayotganligini aniq tasavvur qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu so’zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko’z oldiga keltirish;

g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki, ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;

d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish;

e) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid arxaik, eskirgan, dialektizm so’zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.



O’qituvchi nutqining mantiqiyligi. Nutqda bayon etilgan fikrning qismlari va alohida fikrlarning o’zaro mutanosibligi mantiqiylik deb yuritiladi. Mantiqli nutqda gaplardagi fikrlar butun nutqdan kelib chiqadigan fikrning qismlari hisoblanadi, ular orasida ziddiyat bo’lmaydi. Mantiqiylik aniqlikka suyanadi. Bunda predmet aniqligi, tushunchalik aniqlik ham muhimdir. Noaniq nutq mantiqiy bo’la olmaydi. Nutqda mantiqiylikka erishish uchun unda qo’llangan so’zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so’z nutqda qo’llanganda o’ziga biriktirilgan ma’nonigina ifodalashi lozim.

To’g’ri nutq uchun kurashuvchi kishi eng avvalo, mantiqiy fikrlashni o’rganishi lozim. Har qanday tafakkur ko’rinishi mantiq qonunlariga mos bo’lishi kerak. So’zlaganda fikrning tartibiga qattiq ahamiyat berish, fikrlashda mantiqiy xatolarga yo’l qo’ymaslik mantiqiylikni garovidir.

Gap ichida mantiqiylikni buzilishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:

1. Ma’lumki, so’zlar o’z ma’no doiralariga mos keluvchi so’z bilangina birika oladi. Istalgan so’zni istalgan so’z bilan biriktirish mumkin emas. Bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalarni ifodolovchi so’zlar gap ichida birikib qolsalar, fikrda mantiqsizlik yuz beradi. «Sonatorni-o’rmon maktabi vrachiga qizg’in minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu odamning chehrasi kulib turganidek, u katta tajribaga ham ega». Bu gapda bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar (tashqi ko’rinish va mutaxassislik tajribasi) bir qatorga qo’yilgan.

2. So’z tartibiga e’tibor bermaslik.

Gap ichida so’zlarning o’zaro to’g’ri tartibi mantiqiylikning yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbek tilida so’z tarkibi gapning sintaktik tuzilishiga amal qiladi. Sintaktik tuzilish so’z tartibi, so’z birikmalari, ega, kesim va boshqa gap bo’laklarini joylashuvini belgilaydi. Ega va kesim guruhlarining o’zaro joylashuvini gapning muhim bo’linishi belgilaydi. Muhim bo’linishga ko’ra, gapdagi so’zlar ikkiga-mavzu va rejaga ajratiladi. Mavzu tinglovchiga ma’lum narsalarni, reja tinglovchiga aytiladigan yangilikni anglatadi. Gapdagi so’zlarning joylashuvi ularni gapning aktual bo’linishiga ko’ra qaysi komponentga-mavzu yoki rejaga kirishiga bog’liqdir. Uslubiy neytral gaplarni mantiqan to’g’ri qurish o’zbek tilida mavzuning rejadan oldin kelishini talab etadi. Muhim axborot gapning oxirida bo’ladi. Bu qoidaning buzilishi bayonda mantiqiy izchillikning buzilishiga, undagi ma’naviy urg’uning noaniqligiga olib keladi.

Har bir gapda nisbatan tugallangan qandaydir fikr ifodalangan bo’ladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda ifodalangan fikr, odatda, yo rivojlantiradi, yoki ulardan kelib chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. SHunday ekan, keyingi gapni oldingi gap bilan to’g’ri bog’lash muhimdir. Gaplar bir-birlari bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqali bog’lanadi. Ba’zan ulardan to’g’ri foydalana olmaslik ko’zga tashlanadi.

O’qituvchi nutqining boyligi (rang-barangligi) deyilganda, unda ishlatilgan til vositalarining ko’pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko’rsatgan ta’siri tushuniladi. Nutqning boyligini aniqlash ancha mushkul bo’lib, ikki nutqni bir-biri bilan solishtirganda, qiyoslaganda ulardagi til vositalarining so’zlovchi tutgan axborotlarni yuzaga chiqarishda bajargan vazifasi utsida mulohaza qilganda namoyon bo’ladi. Olaylik, o’rta ma’lumotli brigadirning nutqidan, oliy ma’lumotli o’qituvchining nutqi albatta boydir. Bunga biz o’z taassurotlarimiz asosida ishonch hosil qilamiz. Til qurilish xususiyatlari bilan bizda taassurot uyg’otgan nutq boy, shunday taassurot kam bo’lgan nutq qashshoqdir.

Ko’pgina kishilarning og’zaki nutqida (ba’zan yozma nutqida ham) so’zlar ko’p martalab takrorlanadi. Nutqda fikrni yorqinlashtirish uchun zarur bo’lgan til vositalari ishlatilmaydi. Bunday nutqni eshitish kishiga malol keladi. Nutq so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan maqsadni tinglovchiga to’la yetkaza olmaydi. Albatta, bunday nutq so’zlovchining tilni yaxshi egallamanganligini, o’z nutqi uchun qunt bilan mehnat qilmaganligini ko’rsatadi.

Jahon adabiyotiga katta hissa qo’shgan ko’pgina olimlarning so’z boyligi uslubiy jihatdan o’rganilib chiiqlgan. Masalan, rus shoiri A.Pushkin o’z asarlarida 21197 so’zdan, SHekspir 20000 so’zdan, Servantes 18000 so’zdan, Abdulla To’qay 14000 so’zdan, Abay esa 6000 so’zdan foydalangan. Navoiyshunos yosh olim Bafoyevning ma’lumotiga ko’ra, ulug’ bobomiz Alisher Navoiy so’z ishlatish borasida ham tengi yo’q shaxs bo’lgan. Uning asarlarida taxminan 1376667 so’z ishlatilgan. Bu tadqiqotchining xabar berishicha, birgina «G’aroyibus-Sig’ar» ning o’zida 7669, «Farhod va Shirin» da 5431so’z turli ma’nolarda qo’llanilgandir. O’zbek adabiyotining yirik namoyandasi Oybekning so’z xazinasi 25000 birlikdan iborat bo’lgan. Abdulla Qahhor 22000 so’zdan foydalangan.

Umuman olganda, hozirgi zamonning oliy ma’lumotli yetuk kishisi o’z nutqiy faoliyatida 10- 12000 til birligidan foydalanishi mumkin.

O’qituvchi nutqining o’rinliligi. O’rinlilik nutqning fazilatlari ichida eng muhimlaridan biridir. CHunki nutqning boshqa fazilatlari parcha uchun, nutq so’zlanib turgan sharoit uchun o’rinli bo’lsagina, o’zini ko’rsata oladi. Aks holda, to’g’rilik ham, ifodalilik ham anglashilmaydi. O’rinlilik nutqning ma’lum bir voqea-hodisaga, aloqaning maqsadi va sharoitiga moslab tuzilishidir. O’rinli nutq berilayotgan ma’lumotga, tinglovchilarning nutq so’zlanilayotgan paytdagi ruhiy holatiga mos bo’ladi. Masalan, nikoh to’yi kechasida aytilgan nutq bilan ish yuzasidan o’tkazilgan majlisda so’zlangan nutq o’z so’z tarkibi, qurilishi, uslubi, ohangi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi. O’rinlilikka erishishning asosida tilning so’z boyligini egallash, har bir so’zning ma’no qirralarini chuqur anglash yotadi. So’zlovchi ayrim so’z, so’z birikmalari yoki iboralarining leksik ma’nolarini yaxshi anglamasdan nuqqa kiritganda, mazkur til vositalari muallif ko’zlagan ma’noni anglatmaganligi uchun maqsad to’liq yuzaga chiqmaydi, mantiqsizlik paydo bo’ladi:

Muloqot paytida suhbatdoshlarning shaxsiy ruhiy holatlari muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, so’zlovchining nutqi uning nutq so’zlanib turgan paytdagi ruhiy holatiga ko’ra turlicha leksik tarkibda va ohangda bo’lishi mumkin. Bunday nutq tinglovchiga ham turlicha ta’sir ko’rsatadi. Eng o’rinsiz nutq-qo’pol nutqdir. Qo’pol nutq tinglovchi kayfiyatini vayron qiladi va ruhiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchining o’quvchi bilan qo’pol muomalasi o’quv materialining yomon o’zlatirishiga sabab bo’lishidan tashqari, o’quvchilarni o’zidanbezdiradi hm. +o’pol so’zli o’qituvchini o’quvchilar yurakdan sevmaydilar, o’zlariga yaqin bilmaydilar. O’quvchilar sevmaydigan ustozning ishdagi yutug’i qanday bo’lishi hammaga ma’lum. SHuning uchun biz nutqimiz tinglovchiga qanday ta’sir etishi haqida, qo’polligi bilan jarohatlamayaptimi, qobiliyatini yerga urmayaptimi,- deb o’ylashimiz zarur.

Nutqning o’rinliligi ijtimoiy jihatdan juda muhim. CHunki, u bizning nutqiy xulqimizni boshqaradi.

Maqsadga muvofiq pedagogik nutq o’zining mantiqiyligi, ishonchliligi, qo’zg’atuvchanligi bilan xarakterlanadi.

Pedagogik nutqning funksiyalaridan biri - bilimni to’liq holda berilishini ta’minlashdan iboratdir.

O’qituvchi nutqining kommunikativ o’ziga xosligi bilan bilimni o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi va esda qolishi o’rtasida to’g’ridan - to’g’ri aloqa bo’lib, nutq buni ta’minlashi yoki qiynlashtirishi mumkin.

O’qituvchining nutqi faqat axborot berib qolmay, o’quvchining ongi, sezgisiga ta’sir qilishi, ularni o’ylash faoliyatiga undashi kerak.

O’qituvchi nutqi ikkinchidan o’quvchining samarali o’quv faoliyatini, darsda samarali o’quv eshituini ta’minlashi kerak.

O’quvchi o’qituvchi nutqini eshita turib qator operatsiyalarni bajaradi: berilayotgan axborotni ko’rgazmali shaklda aniqlashtiradi, o’zidagi bilim bilan unga munosabat bildiradi, eslab qoladi, nutq mantiqini, fikrlar rivojini kuzatib boradi.

Ovoz tonining balandligi, tovushning yuqoriligi, bir xilda gapirish bolalarni charchatadi. O’quv - biluv jarayonning samarali bo’lishiga darsda o’qituvchi tanlagan kommunikativ xulq uslubi ham ta’sir qiladi. O’qituvchi ko’pincha "o’chir", "jim o’tir", "o’tir", "tugat", "yop" kabi norozilikni bildiruvchi so’zlarni ishlatadi, o’quvchi javobini bo’ladi, "har doimgidek hech narsa bilmaysan", "sen buni qayerdan ham tushunarding" kabi gaplarni aytadiki, bo’lar o’qituvchi o’quvchi munosabatini buzilishiga, aqliy faollik pasayishiga olib keladi.

Pedagogik nutqning uchinchi funksiyasi - o’qituvchi o’rtasidagi maxsuldor o’zaro munosabatni ta’minlashdan iborat.

O’qituvchi nutqi o’quvchi - o’qituvchi munosabatini boshqarish rolini ham bajaradi. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli: o’qituvchi o’quvchilarga qanday murojaat qiladi, salomlashadi, talablarini qanday qo’yadi, qanday ogohlantiradi, hoxishini qanday bayon qiladi; nutqi impotensiyasi, yuz ifodasi, qarashi, ham bolaga ta’sir ko’rsatadi. Darsdan tashqari muloqotda bularning ahamiyati yanada katta bo’ladi. Ko’p narsa o’qituvchining individual muloqot uslubiga ham (qurquvga asoslangan, o’yinga, do’stona aloqaga asoslangan), muloqot doirasidagi ijtimoiy xarakterlariga ham bog’liq bo’ladi.

O’qituvchi nutqining xususiyati u avvalo o’quvchilarga qaratilgan va yo’naltirilgan bo’ladi. O’qituvchi monologi ham o’quvchilar bilan ichki dialog shaklida bo’ladi. Uning nutqida birgalikdagi ish uchun chaqiruv bo’ladi: "Birgalikda o’ylab ko’raylik", "O’ylaymanki, bu ishlar sizni qiziqtiradi", "siz albatta esladingiz" va boshqalar.

O’qituvchi og’zaki nutqining yana bir xususiyati, uning mazmuni o’quvchilar tomondan ikki kanal orqali tovush va vizual yo’l bilan qabul qilinadi. Vizual harakatlar o’qituvchi nutqining ta’sirchanligi, ifodaliligini oshiradi, u o’qituvchining kayfiyati haqida ham o’quvchilarga axborot beradi. SHuning uchun yosh o’qituvchi muloqotda o’zining tashqi ko’rinishini boshqara olish ko’nikmasini shakllantirishi kerak.

Og’zaki nutqning yana bir xususiyati uning improvizatsiya xarakterida ekanligidir. Tajribali o’qituvchi tekstga yoki konspektga qaramasdan gapiradi, o’quvchi uni tinglay turib, so’z va ifodalar birdan tug’ilayotganligini ko’radi. SHunday holat vujudga keladiki, guyoki o’qituvchi bu haqiqatni fikrlarini birinchi marta o’quvchilar bilan ochayotgandek bo’ladi.

O’qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo’lishi, o’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o’qituvchi nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushni noto’g’ri aytilishi kulgiga sabab bo’ladi. Bir ohangdagi nutq-tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi baland ovozdan o’quvchi o’zini aldanayotgandek his etadi. Bu o’qituvchga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg’otadai. Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembri tug’ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovush sifatini o’zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda nutq texnikasi bo’yicha bir necha mashq komplekslari ishlab chiqilgan. Ular asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo’lib, so’zlashish paytida nafas olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini takomillashtiradi, bu esa o’qituvchiga o’z so’zi mazmunini o’quvchilarga yanada to’laqonliroq qilib yetkazishga imkon beradi.

Ovozdan foydalanish va nutq texnikasi

O’qituvchilik kasbi bevosita o’qituvchining ovoz xususiyatlari bilan bog’liq. YOqimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z o’quvchilarini ovozining shiradorligi bilan asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o’qituvchi o’z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo’lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo’lishi kerak. O’z ovozida kamchilik sezgan o’qituvchi uni yo’qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo’ladi. CHunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo’lmaydi.

O’qituvchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo’lmog’i lozim:


  • jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);

  • keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi);

  • havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi);

  • ixchamlik, harakatchanlik;

  • chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lishi);

  • moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshtilish sharoitiga moslasha olishi);

  • qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (halaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi);

  • suggestivlik (ovozning hayajon ifodalash va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati).

Nutq texnikasi deyilganda, nutqning tinglovchi yoki o’quvchiga yetkazishda qo’llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko’rinishda bo’lganligi sababli, uning texnikasini ham ikki xilda ko’rsatish mumkin: 1. og’zaki nutq texnikasi; 2. yozma nutq texnikasi.

Og’zaki nutq texnikasi tovush, bo’g’in, so’zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, fiktsiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, unli va undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.

O’quv vaqtining ko’p qismi (1/4, 1/2) o’qituvchining nutqi bilan bog’liq bo’ladi. SHuning uchun o’quv materialini o’quvchilar tushunish darajasi o’qituvchi nutqi mukammalligiga ham bog’liqdir.

Ba’zilar tovush va uning tembri tug’ma deb bilishadi. Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to’liq qayta qurish mumkinligini aniqlamoqda.

Tarixdan ham ma’ulumki, ba’zi kishilar o’zlarining nutq, tovushlarini takomillashtirib borganlar. Masalan, Demosfen o’zining bu sohadagi kamchiliklarini tugatib borib Qadimgi YUnonistonning siyosiy oratorlaridan biriga aylangan. YOki Vladimir Mayakovsiky ham 20 yoshdan o’zini rasmiy chiqishlari uchun tayyorlagan, og’ziga toshchalar olib, Rion daryosi bo’yicha nutqlar tayyorlagan.

O’zbek adabiy tili og’zaki nutq texnikasining rivojiga o’zbek madaniyatining atoqli namoyondalari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, aktyorlar katta hissa qo’shdilar. Bu borada H.Olimjon, G’.G’ulom, aktyorlardan: A.Hidoyatov, SH.Burhonov, O.Xo’jayev, S.Eshonto’rayeva, R.Hamroyev, H.Umarov, suhandonlardan: Q.Maxsumov, N.Qambarova, O’.Jobirovlarning xizmatlarini ko’rsatib o’tish joizdir. Ular o’zlarining shirali ovozlari bilan tinglovchilarni maftun qilib kelganlar.

Hozirgi she’r o’qish texnikasida ikki xil yo’nalish mavjud. Bu she’rxonlikda yaqqol sezilib turadi. Biri an’anaviy she’r o’qish bo’lib, unda asosan she’r turoqlarga, she’r birikmalariga bo’lib o’qiladi. Bu usul keska shoirlarning she’r o’qiganida eshitamiz.

Ikkinchi xil she’r o’qishni esa, shoir A.Oripov va H.Xudayberdiyevalar boshlab berdi. Bu usulda, asosan misradagi har bir so’zga alohida urg’u beriladi, so’zlar bir-biridan kichik pauza bilan ajratib o’qiladi.

YOshlar orasida keyingi yo’nalishga, usulga ergashish kuchlidir. Bunday yangicha she’r o’qish usullariga mutaxassislar tomonidan hali baho va nom berilgan emas.

YOzma nutq texnikasi o’z mohiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: har qanday yozma nutq uchun zarur bo’lgan texnik xususiyat va ish qog’ozlariga xos bo’lgan texnik xususiyat.

YOzma nutq ham xuddi og’zaki nutq kabi tinglovchi (o’quvchi) uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o’quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o’quvchi ham manfaatdor. SHuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

a) har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak, har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo’lishi, yorqin fikr anglatilishi kerak. Gap tugagandan keyin mazmunga ko’ra tegishli tinish belgilari qo’yilgan bo’lishi kerak;

b) ma’lum bir fikr bayon etilgandan so’ng, nutqning tarkibiy qismi bo’lgan boshqa fikr ham boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi lozim;

v) dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsning gapi tire orqali yoziladi;

g) ko’chirma gaplar, ko’chirmalar, o’z ma’nosida ishlatilmagan so’zlar, birikmalar qo’shtirnoq ichiga olinadi;

d) nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy qismi hisoblanmaydigan narsalar tire yoki qavs bilan ajratiladi;

e) ot, kesim (bog’lamasiz bo’lganda), izohlovchi, undalma, ajratilgan bo’laklar tegishli tinish belgilar bilan ajratiladi;

j) nutqning xat boshidan yirik qismlari boblarga bo’lib ko’rsatiladi.

Ish qog’ozlari ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog’ozlari ham o’quvchiga mo’ljallab yoziladi. Ish qog’ozlari mazmun va shakl jihatidan turli-tumandir. Masalan, ariza, ma’lumotnoma, tilxat, qaror, buyruq (farmon), annotatsiya, taqriz, ishonch qog’ozi, tavsifnoma, tavsiyanoma, hisobot, rahmatnoma, munosabatnoma, telegramma, akt, salomxat va h.k.

Ish qog’ozlarining katta qismi o’zining qat’iy texnik shakliga ega. Bunday qat’iy shakl ularni tayyorlashni yengillashtirishdan tashqari o’quvchi uchun o’zida bayon etilgan fikrni tezroq va yorqinroq anglashga ham yordam beradi. Hamma texnik qoidalarga amal qilib yozilgan ish qog’ozlarga o’z tashqi ko’rinishi bilan chiroyli, mazmunan ravshan bo’ladi va o’quvchida qandaydir darajada zavq uyg’otadi.

Har bir ish qog’ozi lug’aviy tarkibi bilan boshqasidan va o’zga nutq ko’rinishlaridan ajralib turadi. Masalan, ma’lumotnoma uchun xos bo’lgan so’zlar, tavsifnomaga yoki qarorga muvofiq bo’lmaydi. Ish qog’ozlarida gaplar kam so’zli, har bir so’z esa, aniq maqsadni ko’zlagan bo’ladi. Ish qog’ozlarida badiiy adabiyotga xos qochirimlar, o’xshatishlar, so’z o’yinlari deyarli ishlatilmaydi.

Har bir ish qog’ozining boshqasidan ajratib turadigan o’z shakli (tashqi ko’rinishi) bo’ladi. Masalan, ma’lumotnomaga chap tomondan shtampga joy qoldiriladi, sarlavha sifatida birinchi bo’lib, ma’lumotnoma so’zi yoziladi. Arizada esa, avval ariza beriladigan tashkilot, rahbarning nomi, so’ngra satrning yarmidan arizachining manzilgohi, tashkiloti, familiyasi yozilib, «Ariza» so’zi o’rtadan bosh xarf bilan boshlanadi va h.k.

Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchida qator maxsus qobiliyatlar rivojlanishini talab qiladi: sotsial - perseptiv qobiliyati, ijtimoiy tasavvur qobiliyati, o’zini boshqara olish qobiliyati, muloqotda o’zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati, irodaviy ta’sir ko’rsatish, ishontira olish qobiliyati.

Nutq malakalari va ko’nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun sharoit yaratuvchi kishining umumiy ruhiy, jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, bunda tasavvurni, obrazli xotira va fantaziyani rivojlantirish ko’zda tutiladi.

Tovush. Ba’zilarga tovush tug’ma berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi. Kishi tovushini kuchli, egiluvchan, jarayonli qila olishi mumkin.

O’qituvchi tovushining o’ziga xosligi nimada?

Avvalo bu tovushning kuchliligi. Uning kuchi nutq apparati organlarining faolligiga bog’liq.

Tovush eshitilishining uchuvchanligi, bu ovozni masofaga moslay olish, tovushni boshqara olishdir. Egiluvchanlik va harakatchanligi tovushni yengil o’zlashtira olish, tinglovchilarga moslashdir.

Diapazon - tovushning hajmi. Uning chegarasi juda yuqori va past ton bilan aniqlanadi.

Tembr - tovush bezagi, yorqinligi, shu bilan birga uning yumshoqligi, iliqligi, o’ziga xosligi.

O’qituvchida kasbiy kassallik kelib chiqmasligi uchun tovush gigiyenasiga amal qilish kerak. O’qituvchi ish vaqtining 50% davomida gapirib turadi. Pedagog ish vaqti tugagach 2-3 soat davomida uzoq vaqt so’zlashishdan qochishi kerak. Zarur bo’lib qolsa qisqa va sekin gapirishi lozim.

Dars jadvali qo’yilishida shunga e’tibor berish kerak. 3 - 4 soat darsdan so’ng nutq apparati charchaydi, shundan so’ng 1 soat tovush dam olishi kerak. Ko’p stajli o’qituvchi 2 - 3 soatda charchaydi va 2 soat dam olishi kerak. YUqori nafas yo’llari, nerv sistemalari, ovqatlanish rejimiga e’tibor berish kerak.

Bugunda nutq texnikasi bo’yicha ishlashning teatrli pedagogika tajribasi asosida nutqiy nafas, tovush, diksiya, ritmika kabi komplekslarini ishlash ko’zda tutiladi.

a) Nafas olish. Nafas olish organizmga hayot bag’ishlovchi fiziologik funksiyani bajaradi. SHu bilan birga nutqning energiya bazasi bo’lib ham hisoblanadi.

Nutq so’zlayotganda nafas olish fonatsion nafas olish deb ataladi (fono-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo’ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi. Dars davomida o’qituvchi juda ko’p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o’qiydi. Agar o’qituvchi nafas olish texnikasini yaxshi egallamagan bo’lsa, uning qon tomirlarini urishi tezlashib, yuzini qizarib ketishi, nafas qisishi sodir bo’lishi mumkin.

Qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish 4 turga bo’linadi:

1. YUqori nafas olish- yelkalarni ko’tarilib tushishi va ko’krak qafasining yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo’sh, yuzaki nafas olish bo’lib, unda faqat o’pkaning yuqori qismi ishtirok etadi;

2. Ko’krak qafas, qovurg’alar o’rtasidagi mushaklar yordamida hosil qilinadi. Bunda ko’proq nafasning ko’ndalang hajmi o’zgaradi. Diafragma kam harakat qiladi. SHuning uchun ham nafas chiqarish kuchsiz bo’ladi.

3. Diafragma ishtirokidagi nafas-ko’krak qafasning bo’ylama hajmini ortishi hisobiga vujudga keladi. Bunda diafragma qisqaradi.

4. Diafragma-qovurg’ali nafas-diafragmaning qisqarishi, qovurg’achalar oralig’idagi nafas mushaklar hamda qorin mushaklari ishtirokida vujudga keladi.

b) Tovush-chiqarilgan havoni hiqildoqdan o’tish paytida ovoz pardalarning tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o’zining quyidagi xususiyatlari bilan harakterlanadi:

- tovush kuchi-tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog’liq. CHiqarilayotgan havo oqimining tovush tirqishiga bo’lgan bosimi qancha katta bo’lsa, tovush ham shuncha kuchli bo’ladi;

- tovush pardozi-tovushni uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlay olishini bildiradi;

- tovushning ixchamligi va harakatchanligi- uning mazmuniga, tinglovchilarga moslab o’zgartira olish qobiliyatini bildiradi;

- diapazon-tovush hajmi bo’lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir ohangli (zerkarli) bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.

- tembr- tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yumshoqligi va alohidaligidir.

v) Diksiya - so’z, bo’g’in, tovushning aytilishidagi to’g’ri va aniqlik, diksiya- aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o’qituvchi uchun professional zarurat bo’lib, o’qituvchi nutqini o’quvchilar tomonidan to’g’ri tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so’z, bo’g’in va tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag’, tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kyokirdak, tomoq orqa devori, tovush naychalari) birgalikda ishlashiga bog’liqdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til, va pastki jag’ nutqda faol ishtirok etadi. SHuning uchun ham ularni mashq qildirish muhim ahamiyatga egadir.

Aniq talaffuz qilishni takomillashtirish- artikulyatsiya-nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. Artikulyatsiya gimnastikasi ikki turga bo’linadi. Birinchisi nutq apparatini dastlabki mashqlari va ikkinchisi har bir unli va undosh tovushlarni to’g’ri aytishga o’rgatuvchi mashqlar (ifodali o’qish, tez aytishlar).

g) Ritmika- bu ayrim so’z va bo’g’inlarning aytilish muddati va to’xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o’z o’rnida ishlatilishini bildiradi. Bu nutqning muhim elementi bo’lib, ba’zan intonatsiya va pauza so’zdan ko’ra kuchli emotsional ta’sir qiladi.

Ritm nutqning eng asosiy qismidir, chunki «nutq ohangi» va to’xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o’zgacha hissiy tasir ko’rsatadi. K.S.Stanislavskiy fikricha “«quruq so’z» novdan tushayotgan no’xatdek yopirilib chiqadi, ma’noli so’z esa xuddi simob to’ldirilgan sharcha kabi asta-sekin shakllanadi”. Berilayotgan bilimlarning qiyin qismini o’qituvchi asta-sekin tushuntiradi va so’ngra yanada tezroq gapirishga o’tishi mumkin.

Nutq tezligi o’qituvchining individual sifatiga, nutq mazmuni va muloqot holatiga bog’liq bo’ladi. Turli millatlarda nutq tempi turlicha bo’ladi, masalan, ruslarda minutiga 120 so’z atrofida, inglizlarda 120 -150 so’z ishlatiladi. Tadqiqotlarga ko’ra 5 - 6 sinflarda o’qituvchi minutiga 60 so’z, 7 – 9- sinflarda 75 so’z gapirishi to’g’ri bo’ladi.

Materialning murakkab qismini o’qituvchi past tempda, keyin esa tezroq gapirishi kerak. Qonun, qoida, teoremalarni aytayotganda, xulosa chtqarayotganda nutq sekinlashadi.




1 Баркамол авлод - Ўзбекистон траққиётининг пойдевори. Т.: “Шарқ”, 1998 й, 9-бет





Download 52.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling