O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Farg'ona polotexnika instituti 64-21 guruh talabasi Abdulxodiyev Jaxongirning "O'zbekistonning


Download 0.89 Mb.
Sana22.04.2022
Hajmi0.89 Mb.
#648605
Bog'liq
y2DkAV62kK8Z2oqW8qhcydyDXLmczNhQ
4 мавзу Chegaraviy shartlar va koeffitsiyentlarni hisoblash algoritmi, shippiii hfh, 7, bookRUSPSUITMObooks20979 (1), ajratilgan urinlar, Oraliq savollar, 21.12.1995, 19-Laboratoriya, Siddiqov Murod 5-lab, Презентация1, amaliy ish 2 mk, 3-kurs QXMT Zoom, english, 6-7-maruza

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Farg'ona polotexnika instituti 64-21 guruh talabasi Abdulxodiyev Jaxongirning "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanidan "O'ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMINING BERILISHI-O'ZBEKISTONNING MUSTAQILLIGI UCHUN DASTLABKI QADAM" " mavzusiga bajargan mustaqil ishi ilmiy raxbar : maxmudova azizaxon

Reja:

  • 1.O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi
  • 2.O’zbek tiliga berilayotgan e’tibor

    3.O’zbek tili tarixi

1. 1989 yil 21 oktyabrda, O’zbekiston hali o’z mustaqilligini qo’lga kiritmay turib ajdodlarimiz uzoq yillar orzu qilib, intilib va kurashib kelgan Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti sari qo’yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ushbu tarixiy hujjatga ko’ra, o’zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’ldi. Istiqlol yillarida o’zbek tili tom ma'noda davlat tili maqomiga erishib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatda davlat tili o’zbek tilidir, deb qat'iy belgilab qo’yilgan. Aynan mazkur konstitutsiyaviy tamoyilning amalda ta'minlanayotganini so’nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. Xususan, bu borada davlat va hukumat tomonidan qator amaliy sa'y-harakatlar qilinmoqda. Xususan, joriy yil 10 apreldan kuchga kirgan qonun bilan 21 oktyabr - O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi

2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUN 2-modda.

2. O’zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo’llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o’rganishga qiziqish kuchaymoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to’g’risida» Farmonining qabul qilinishi ham tilga berilayotgan e'tiborning har tomonlama kuchaytirishga qaratilib, bu borada ilmiy asoslarni ham mustahkamlash

O’zbek tiliga berilayotgan alohida e'tibordan ruhlanib, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko’plab diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ham turli davralarda aynan o’zbek tilida so’zlab, ma'ruzalar qilayotganliklarini ham bu boradagi islohotlarimiz samarasi sifatida baholash mumkin.

3.Qadim Movarounnahr zamininig asosiy boyliklari qatorida munosib o’rin tutgan o’zbek tili tarixda ilk marotaba 1921 yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati Nozirlar Kengashi qaroriga binoan “davlat tili” deb e’lon qilingan edi.

Oʻzbek tili (O‘zbekcha yoki O‘zbek Turkchasi) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o‘zbek adabiy tili shakllanib bo‘ldi. Eski o‘zbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir.

Xulosa

  • Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan.
  • Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.

Foydalanilgan adabiyotlar;

  • https://www.lex.uz
  • https://www.arxiv.uz
  • t.me/ O’zbek tili tarixi
  • Vikipediya

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling