5.6 Xulosa
Xulosa qismida olib borilgan tadqiqotlari natijasida xosil bo`lgan qisqacha
fikrlar, ularning amaliy ahamiyati, tahlillar natijasida muammolarni hal etish
bo`yicha muallifning taklif hamda tavsiyalari berilishi kerak.
Xulosa qismi 3 varoqdan oshmasligi kerak.
5.7 Adabiyotlar ro`yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatida talaba kurs ishini yozishda
foydalangan Prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-
xuquqiy xujjatlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, monografiyalar, gazeta va
jurnallar aks ettirilishi kerak.
5.8 Ilovalar
Ilovalar kurs ishining asosiy matni bilan birga jamlangan bulishi yoki
aloxida kitob xolida chiqarilgan bulishi mumkin. Ilovalarga kurs ishini
tuldiruvchi va tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi:
a)
oraliq matematik isbotlar, formulalar, xisob-kitoblar;
b)
statistik ma’lumotlar va ularni kayta ishlash metodlari;
c)
anik tajribalar natijalari;
19
d)
dastlabki materiallar;
e) yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
f) yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar);
j)
mukammal izoxlar;
Ilovalar ketma-ketligi tartibi kurs ishida ularga murojaat kilish tartibiga mos
kelishi va foydalanish qulayligini ta’minlashi kerak. Ilovar kurs ishining
umumiy xajmining 3/1 qismidan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |