O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Download 231.5 Kb.
Sana03.03.2020
Hajmi231.5 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI



Registratsiya:

«Tasdiqlayman»

№__________________

«____» ________2019 y.



_______________

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Anorov R.A.

«___» ___________ 2019 y.







OLIY TA’LIMNING



Bilim sohasi:

200000

- Ijtimoiy soxa, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi

230000

“Iqtisod”

Ta’lim yo’nalishi

5230100

“Iqtisodiyot”











Bojxona ishi fani bo’yicha

ISHCHI O’QUV DASTURI



Mashg’ulot turi

“Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi uchun

Umumiy o’quv soati

114

Ma’ruza

32

Amaliy mashg’ulotlar

32

Mustaqil ta’lim

50

Farg’ona-2019

Dastur malaka talablari, FarPIda №___-sonli bayonnoma, 2019 yil __ avgustdagi rektor buyrug'i bilan 5230100 oliy ta’lim yo’nalishi uchun tasdiqlangan o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.

Dastur 5230100 "Iqtisodiyot" oliy ta’lim yo’nalishi o'quv dasturida ishlab chiqilgan.


Tuzuvchi: ass. Ilyosov A.

Taqrizchi: dots. M.Ashurov.

Fanning ishchi o’quv dasturi «Iqtisodiyot» kafedrasining 2019 yil __ avgustdagi _ - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: Davlyatova G.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti Kengashida muhokama etilgan va institut Ilmiy Kengashiga tavsiya qilingan. 2019 yil __ avgustdagi __-sonli bayonnomasi.


Fakultet Kengash raisi: Yormatov I.
KELISHILDI:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: Mamataliyev N.

Institutning 2019 yil __ avgustdagi __ - son Ilmiy Kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.

K I R I SH
Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.

Ushbu vazifalarning keng tahlili hamda ularni yanada chuqurroq hal etish borasida Prezidentimiz SH.Mirziyoyev shu yilning 15 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning asosiy yakunlari va 2019 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida ma’ruza qildi. Unda mamlakatni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilishning to’g’ri tanlangan strategiyasini izchil amalga oshirish asosida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning barqaror sur’atlarini, xalq bardamligi va farovonligini oshirishni ta’minlashga muvaffaq bo’linganligi qayd etildi.

Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada rivojlantirish, hozirgi davr o’zgarishlariga har tomonlama javob beradigan barqaror va mustahqam iqtisodiyotni qaror toptirish maqsadida, “O’zbek modeli”da belgilab berilgan besh tamoyilning mantiqiy davomi sifatida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyaga asosan quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi:


  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.

“Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda bojxona xizmati alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, Birlashgan millatlar tashkilotiga, Butunjahon bojxona tashkilotiga (BJBT) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga aozo bo’lishi O’zbekiston uchun o’zining mustaqil ichki va tashqi siyosatini aniqlash va amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazishning o’ziga xos yo’llarini tanlash, xalq turmush farovonligini oshirishning keng yo’llarini ochib berdi. Mustaqillikka erishish vaqtidan boshlab mamlakatimizning  suverenitetini ta’minlash, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, ichki va tashqi siyosat strategiyasini ishlab chiqish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, Birlashgan millatlar tashkilotiga, Jahon bojxona tashkilotiga (JBT) va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi O’zbekiston uchun o’zining mustaqil ichki va tashqi siyosatini aniqlash va amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazishning o’ziga xos yo’llarini tanlash, xalq turmush farovonligini oshirishning keng yo’llarini ochib berdi. Mustaqillikka erishish vaqtidan boshlab mamlakatimizning suverenitetini ta’minlash, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, ichki va tashqi siyosat strategiyasini ishlab chiqish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida tashqi savdo siyosati vositalaridan foydalanishni yanada takomillashtirishni, ya’ni xalqaro savdoni tartibga solishda notarif usullaridan tarif usullariga o’tishni taqozo etayapti. Bu esa tarif usullarini bevosita amaliyotda qo’llovchi bojxona ishini, uning asosiy tashkil etuvchilarini, asosiy tamoyillari va qoidalarini o’rganishga bo’lgan e’tiborni yana ham oshirmoqda.



1. BOJXONA ISHI” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

«Bojxona ishi» fanini o’qitishdan maqsad talabalarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona ishini tutgan o’rni, bojxona chegarasi orqali olib o’tilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o’tkazishni, ulardan bojxona qonunchiligida belgilangan bojxona to’lovlari undirilishini ob’ektivligini ta’minlashni, kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurashni, bojxona ishi bo’yicha xalqaro xamkorlikni, bojxona xizmati uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilishidagi axamiyati to’g’risida, nazariy va amaliy bilimlar xosil qilishdan iborat. Fanni o’qitilishining asosiy vazifalari joxon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bulgan omilarni urganish, xalqaro xamjamiyat bilan o’zaro savdo iqtisodiy aloqalarini kengayishi sharoitida respublikamiz bojxona organlarini faoliyatini jaxon amaliyotida qabul qilingan me’yorlar asosida takomillashtirish zarurligi to’g’risida talabalarda ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqish uyg’otishdir.



1. 1. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, uquviga va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar «Bojxona ishi» kursi buyicha bakalavr bosqichi:

a) Quyidagilarni o’zida aks ettirishi kerak:

- Jaxon bojxona va savdo tashkilotlari, tamoyillari va ularning maqsadlari hamda vazifalari xaqida;

- Uzbekiston Respublikasi bojxona siyosati, asosiy tamoyillari yo’nalishlari va vazifalari xaqida;

- Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xaqida;

- Uzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatida bojxona organlarining tutgan o’rni xaqida;

- Bojxona ishining shakllanish tarixi va rivojlanishi xaqida;

b) O’zining bilim doirasida bilishi va qo’llay olishi kerak:

- Bojxona ishining fundamental tushunchalari, bojxona xududi va bojxona rejimlari, boj tarifi va boshqalar;

- Uzbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy tamoyillari;

- Bojxona rejimlarining moxiyati va mazmuni;

- Tovarlar va transport vositalarini bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazish;

- Bojxona rejimlarini qo’llashni bilish;

- Bojxona yuk bayonnomasi, uni qo’llash shartlari;

- Bojxona nazorati texnik vositalari;

- Boj tarifi orqali tartibga solish usullari;

- Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni notarif usullari;

- Tovarning bojxona qiymati va uni hisoblash usullari;

- Uzbekiston Respublikasida valyuta nazoratini tashkil etish va uning asosiy tamoyillari;

- Bojxona statistikasi usullari;

- Tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvi hamda bojxona nazoratidan o’tkazish;

- Turli xil bojxona rejimlaridan foydalanish;

- Tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazish;
1.2. Bu fanni talabalar tomonidan to’liq o’zlashtirilishi, «Bojxona ishi» fanining namunaviy o’quv rejasida belgilangan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Jahon iqtisodiyoti va XIM», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Marketing», «Menejment» kabi fanlar bilan bog’liq. Ushbu fanni o’qitishda ta’limning ma’ruza, amaliy mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim kabi shakllaridan foydalaniladi.

1.3. Fanni ishlab chiqarishdagi o’rni.

Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan tashqi savdoning davlat tomonidan boshqarilishini ta’minlovchi asosiy mexanizm bo’lgan bojxona xizmatini takomillashtirish borasida doimiy ravishda aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida boshqaruvning zamonaviy tizimiga ega bo’lgan bojxona xizmatini shakllantirish, an’anaviy ishlatib kelinayotgan bojxona taomillarini takomillashtirishning yangi strategiyalarini ishlab chiqishni talab etadi. Uzbekiston Respublikasining bugungi bojxona xizmati dunyodagi ilg’or tajribalarni o’zida mujassamlashtirishga va XXI - asr bojxona xizmati samarali faoliyatining namunasi bo’lgan Bojxona taomillarini soddalashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha xalqaro konventsiya (Kioto) tamoyillariga mos kelishga xarakat qilayotgan rivojlanayotgan tizimdir, «Bojxona ishi» fanining asosiy tavsiyalari Uzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo’mitasi viloyat va shahar boshqarmalarida, DBQ, Oliy Xarbiy bojxona instituti xamkorligida o’quv va o’quv-uslubiy majmualarida ishlatilishi tavsiya qilinadi. Ushbu fan bo’yicha o‘qiyotgan talabalarda bojxona ish asoslari va DBQning barcha bo’lim va boshqarmalarida faoliyat yuritishlari mumkin.



1.4. Fanni o’qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari.

Talabalarning «Bojxona ishi» fanini o’zlashtirishlari uchun ilg’or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muxim axamiyatga egadir,

Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, shuningdek, «insert», «blits-so’rov», «aqliy xujum», «guruh bo’lib ishlash» kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

«Bojxona ishi» fanini o’qitishda o’qitishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

- Muammoli ma’ruzalar olib borish;

- Kompyuter texnikasidan foydalanish;

- Darsni interfaol o’tkazish;

- Aylana stol atrofida baxs;



- Ish faoliyatiga oid bo’lgan o’yinlar va holatli tahlil.

1.5. Umumiy rejasida fanga ajratilgan soatning umumiy xajmi va dars turlari bo’yicha taqsimot. «Bojxona ishi» fanining umumiy soati 114 soat bo’lib, shundan 32 soat ma’ruza, 32 soat amaliy mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim 50 soatni tashkil etadi. O’quv natijalari bo’yicha talabalar reyting bo’yicha baholanadilar.

2. ASOSIY QISM
2.1. «Bojxona ishi» fanini o’qitishi uchun ajratilgan soatlarning o’quv turlari va mavzulari bo’yicha taqsimlanishi




Mavzular nomi

Soatlar

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulotlar



O’zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish bosqichlari va inqiroz davrida uni amal qilish xususiyatlari

4

2

2



Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari

8

4

4



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida O’zbekiston Respublikasi bojxona siyosatini takomillashtirish

4

2

2



Bojxona rejimlari va ularni qo’llash shartlari.

8

4

4



Bojxona nazoratini amalga oshirish tartiblari va shar1tlari.

4

2

2



Bojxona rasmiylashtiruvi va deklaratsiyalash.

8

4

4



Bojxona boji va tarif usullari. Byudjetga bojxona to’lovlari.

8

4

4



Tovarlarning bojxona qiymati va uni aniqlash usullari.

8

4

4



Bojxona tizimida aktsizlar o’rni. Import bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash xususiyatlari

8

4

4



Bojxona organlarining huquqni himoya qilish sohasida faoliyati.

4

2

2

Jami

64

32

32


2.2. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar mavzularining mazmuni




Ma’ruza mavzusi nomi

Mavzu mohiyati

Qo’llaniladigan pedagogik

texnologiyalar

Ajr.

vaqt



O’zbekiston Respublikasida bojxona xizamatini shakllanish bosqichlari va inqiroz davrida uni amal qilish xususiyatlari

  1. Respublika bojxona organlarini shakllanish bosqichlari

  2. O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini 2019 – 2023 yillarda rivojlantirish va takomillashtirish kontseptsiyasi




Aqliy xujum usuli: Uchta kichik guruh shakllantiriladi va guruhlarga Bojxona xizmatining shakllanish davriy bosqichlari belgilash vazifasi beriladi.

4



Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari

  1. Bojxona organlari tizimi va tuzilmasi

  2. Bojxona komplekslari va hodimlari tarkibi

  3. Bojxona organlarining intizomiy ustavi

  4. Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi




Interfaol usuli: Guruh kichik guruhlarga ajratiladi va ularga bojxona ishini tashkil etish va boshqarish to’g’risida fikrlar bildirish vazifasi yuklanadi.

8



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida O’zbekiston Respublikasi bojxona siyosatini takomillashtirish

  1. Inqiroz davrida bojxona organlarining vazifalari

  2. Bojxona siyosatini tashkil etuvchi iqtisodiy asoslar.

  3. Bojxona siyosatining asosiy vazifalari va tamoyillari.

Klaster: Bojxona siyosatini shakllarini farqlaydigan guruhlarga bo’lish

8



Bojxona rejimlari va ularni qo’llash shartlari.

  1. Bojxona rejimlarini ahamiyati va huquqiy asoslari

  2. Bojxona rejimlarini turlari

  3. Bojxona rejimlarinining qisqacha mazmuni

  4. Eksport va import rejimlari




Aqliy xujum usuli: Uchta kichik guruh shakllantiriladi va guruhlarga Bojxona rejimlari haqida fikr bildirish vazifasi yuklanadi.


8



Bojxona nazoratini amalga oshirish tartiblari va shar1tlari

  1. Bojxona nazoratining axamiyati

  2. Bojxona nazoratining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

  3. Bojxona nazoratining formalari va amalga oshirish tartibi.

Klaster: Bojxona nazoratining formalarini farqlaydigan guruhlarga bo’lish

8



Bojxona rasmiylashtiruvi va deklaratsiyalash

  1. Bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari

  2. Bojxona rasmiylashtiruvidagi dastlabki operatsiyalar

  3. Bojxona organlarida deklaratsiyalash

Aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash usuli: Uchta kichik guruh shakllantiriladi va guruhlarga bojxona rasmiylashtiruvi va deklaratsiyalash to’g’risida fikr bildirish vazifasi beriladi.

8



Bojxona boji va tarif usullari. Byudjetga bojxona to’lovlari.

  1. Bojxona bojining iqtisodiy mohiyati va turlari

  2. Bojxona to’lovlarining turlari.

  3. Bojxona to’lovlarining huquqiy asoslari.

Klaster: Bojxona bojining shakllarini farqlaydigan guruhlarga bo’lish

8



Tovarlarning bojxona qiymati va uni aniqlash usullari

  1. Tovarning bojxona qiymati va uni aniqlash uslublari

  2. Bojxona qiymatini belgilashda deklarantning huquq va majburiyatlari

  3. Debatlarni o’tkazish

Klaster usuli: Bojxona qiymatini tasniflash belgilari bo’yicha guruhlarga ajratish zarur

8



Bojxona tizimida aktsizlar o’rni. Import bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash xususiyatlari

  1. Aksiz solig‘ini iqtisodiy vazifasi

  2. Aksiz solig’ini hisoblab chiqish tartibi va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

  3. Aksiz solig’ini to‘lash tartibi va muddatlari.

  4. QQSni iqtisodiy mohiyati.

  5. QQSni hisoblab chiqish tartibi va QQSni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar.

Aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash usuli: Uchta kichik guruh shakllantiriladi va guruhlarga tegishli vazifalar beriladi.

8



Bojxona organlarining huquqni himoya qilish sohasida faoliyati.

  1. Bojxona organlarining vakolatlariga kiritilgan jinoyatlar uchun javobgarlik.

  2. Yuridik shaxslarning javobgarligi.

Kichik guruhlarda ishlash usuli: Bojxona xaqidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikda bojxona organining mansabdor shaxsi, jinoyatchi, is’temolchi, savdogar guruhlariga

bo’linadilar



8

Jami




76




  1. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIMINING MAZMUNI VA HAJMI*



Doklad, esse va prezentatsiya uchun mavzular


Ajratilgan soatlar

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot



Bojxona rejimlari va ularni qo'llash shartlari

4

4



Tovarlami bojxona rasmiylashtiruvidan o'tqazishda bojxona yuk bayonnomasini qo'llash.

4

4



Bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan olib o'tilayotgan tovarlarning bojxona nazorati.

2

2



Turli transport vositalari tomonidan amalga oshirilayotgan tovarlar tashuvining bojxona nazorati.

2

2



Bojxona nazorati tizimida ekspertiza.

2

2



Tovarlarni bojxona qiymati va uni aniqlash usuli.

4

4



Bojxona organlari faoliyatida notarif tartibga solish usullari.

3

3



Bojxona organlarining kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishini oldini olishdagi o'rni

2

2



TIF ni tartibga solishni boj tarif mexanizmi

2

2




Vsego

25

25



*yuqoridagi mustaqil ta’lim mavzulariga qo’shimchalar kiritilishi mumkin.

Mustaqil o’rganish uchun topshiriq
Mustaqil ishni berilishini maqsadi, fanni o’rganish davrida olgan nazariy bilmini , ilmiy-tadqiqot ishlariga tadbiq qila olishi, mustaqil fikrlay olishi, ularni amaliyotga to’g’ri qo’llay bilishi, shu bilan birgalikda maxsus va ilmiy ma’lumotlarni yeg’ish va tahlil qilishga o’rgatish.

Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari talabani bu fanni o’rganishdagi ko’rsatkichini, hamda ko’rilayotgan mavzu bo’yicha bilimini qanchalik chuqurligini aniqlashga imkon beradi.

Ilmiy tadqiqot ishlarini yozish qoidalari referatlarga, nazorat ishlariga, kurs ishlariga qo’yilgan talablardan iboratdir.

Agar talaba:

1) O’rganilayotgan fan bo’yicha Respublika miqyosida ilmiy – amaliy konferensiyalar va nashrlarda ikkita va undan ortiq maqola yoki tezislar chop etgan bo’lsa;

2) Xalqaro ilmiy tadqiqot konferensiyasida ishtirok etib, konferensiyaning ilmiy maqolalar to’plamida bitta va undan ortiq maqola yoki tezislar chop etgan bo’lsa;

3) Ilmiy maqolalarni yoki tezislarni ilmiy jurnallarda (axborotnomalarda, internet resurslarida va boshqa) chop etgan bo’lsa;

Talaba ishlar bo’yicha barcha topshiriqlarni topshirishdan ozod qilinadi va mustaqil talim bo’yicha yuqori ball olishi mumkin.


5. O’QUV USLUBIY ADABIYOTLAR RO’YHATI
5.1. Informatsion uslubiy ta’minot

Fanni o’rganish jarayonida masalalar yechiladi, kompyuter texnikasidan, videoproektor, videotexnika hamda Internet tarmog’idan foydalaniladi.


O’zbekiston Respublikasi Qonunlari


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2019.

  2. O’zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksi. T.: Norma, 2019.

  3. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. T.: Adolat, 2019.

  4. O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. T.: Adolat, 2019.

  5. «Bojxona xizmati to’qrisida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni. T.: Norma, 2019.

  6. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni,

T.: Norma, 2017.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari


  1. “O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 12.04.2018 yildagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3665-son Qarori.

  2. «O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PQ-3818-son qarori.

  3. «O’zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qarori.

  4. “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 06.02.2018 yildagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3512-son Qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari


  1. Mirziyoyev SH.M. «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak», T.: O’zbekiston, 2017.

Asosiy adabiyotlar

  1. Vahabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: Baktria press, 2015. – 584 b.

  2. Inoyatov U., Kucharov A.S., Toirov SH.A. «Bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash» – T.: TDIU, 2007. 165 bet.

  3. Kucharov A.S., Toirov Sh.A., Boev O.H.Davlatning boj tarif siyosati. Darslik – T.: TDIU, 2007. 176 bet.

  4. Kucharov A.S., Toirov SH.A., Nabiev D.X. «O’zbekiston Respublikasi bojxona tarif siyosati» fanidan o’quv qo’llanma – T.: TDIU, 2007. 176 bet.

  5. Кучаров А., Шамагдиев А., Шамсиева Ф. «Таможенное обеспечение ВЭД в условиях глобализации мировой экономики»- Т.: ТГЭУ, 2007. 230 стр.

  6. Salixov S.A. Tashqi iqtisodiy faoliyat (tif) da sertifikatlashtirish. Darslik. T.: TDIU, 2010.174 b.

  7. Шамагдиев А.Ш., Алиев А.А., Шамсиева Ф.М. «Экономическая деятелность таможенних органов”. Учебное пособие. – Т.: ТГЭУ,2007, 181 стр.

  8. Свинаухов В.Г. Таможенное дело: учебник—М.: Омега. 2008.

  9. Xo’jaev F.E., Xotamov I.S., Aytieva S. Bojxona hamkorligi.O’quv qo’llanma, - T.: TDIU, 2011, - 174 bet.


Adabiyotlar


  1. Boboxo’jaev G’. Bojxona organlari faoliyatini tashkil etish va boshqarish. Darslik.T.:-TDIU. 2010.

  2. Karrieva Ya.K.Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport ta’minoti:O’quv qo’llanma .-T.:TDIU, 2009.-109 b.

  3. Komilov U.T. Bojxona ishi asoslari. T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi». 1999.

  4. Kucharov A.S., Toirov Sh.A. Bojxona ishi. Darslik. T.: TDIU. 2009.

  5. Kurpayanidi K.I., Ilyosov A. Bojxona ishi fanidan o’quv-uslubiy majmua. Farg’ona.: 2016.

  6. Kurpayanidi K.I., Ilyosov A. Bojxona ishi fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo’yicha. Uslubiy ko’rsatma. Farg’ona.: 2016.

  7. Лиман А.И.Мировая экономика и международние валютно-кредитние отношения: учебное пособие. Тюмень: Издательство Тюменского государственное университета, 2006.

  8. Попова Л.И. Таможенний контроль товаров и транспортних средств: Учебное пособие. Тюмень: Издательство Тюменьского государственное университета, 2005.

  9. SHomagdiev A. Tashqi iqtisodiy faoliyatida tovar nomenklaturasi. Darslik. T.:TDIU. 2010.

  10. Шамагдиев А.Ш. «Международние транспортние перевозки». Учебное пособие- Т.: ТашГЭУ, 2007, 135 с

  11. SHomagdiev A., Kucharov A.S., Ne’matov I. Xalqaro transport tashuvlari. O’quv qo’llanma. T.:TDIU. 2010.

  12. SHamagdiev A.«Iqtisodiy xavfsizlik va bojxona siyosati» fanidan mahruza matnlari.-T.: TDIU, 2012. 172-bet.

  13. SHoraxmedov SH.umumiy taxriri ostida. Bojxona inspektorining yon daftari. T.: Soliq va bojxona organlari akademiyasi. 2001.

  14. SHoraxmedov SH.ning umumiy tahriri ostida. Bojxona fanlarining ilmiy asoslari. Soliq va bojxona organlari akademiyasi. 2002.

  15. Свинухов В.Г. Таможенно-тарифное регулирование внешнеекономической деятельности и таможенная стоимость. М.: «Экономисть», 2005.

  16. Inkoterms-2010.T.: “Norma”, 2019.

Internet resurslari:



  1. www.prezident.uz- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

  2. www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasining hukumat portali.

  3. www.customs.uz- Davlat Bojxona Qo’mitasining rasmiy sayti.

  4. www.wco.uz- Jahon Bojxona tashkilotining sayti.

  5. www.wto.uz- Jahon Savdo tashkilotining sayti.

  6. www.soliq.uz- Davlat Soliq Qo’mitasining rasmiy sayti.

  7. www.minjust.uz-O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy sayti.

  8. www.stat.uz- O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining sayti.

  9. www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

  10. www.norma.uz- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi.

  11. www.pravo.uz- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi.

  12. www.mfa.uz- Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

  13. www.mfer.uz- Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy sayti.

  14. www.edu.uz- Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sayti.

  15. www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy sayti.

  16. www.uza.uz-O’zbekiston Milliy Axborot agentligining rasmiy sayti.

  17. www.uz-daily.uz- O’zbekiston yangiliklari: biznes, moliya, birja, statistika.

  18. www.uzreport.com- O’zbekiston biznes yangiliklari.

  19. www.ziyonet.uz- Axborot ta’lim tarmog’i.

  20. www.xs.uz- Xalq so’zi gazetasining sayti.

  21. www.soliqinfo.uz- Soliq Info gazetasining sayti.

  22. http://norma.uz/publish/group2560- Soliqlar va bojxona xabarlari gazetasi.

  23. www.bpk.uz- Bozor, pul va kredit jurnali.

www.genprok.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasining rasmiy sayti.




Download 231.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling