O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti

Download 121 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi121 Kb.
#103444
Bog'liq
Mustaqil ish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
________________________________________

fakulteti
________________________________________

kafedrasi
________________________________________

fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: ______________________________________________

______________________________________________________

Bajardi: ______________________

Qabul qildi: ______________________

Farg’ona-2020

MAVZU : UGLEVODLAR ALMASHINUVI

Reja:

KIRISH

Ovqat tarkibiga kiruvchi uglevodlar va ularning funksiyasi Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik moddalar bo‘lib, o ‘simliklar tanasining quruq og‘irligini 70-80% ini, inson va hayvonlar organizmining taxminan 2% ini tashkil etadi. Uglevodlar inson organizmida miqdoran ju d a oz bo'lsa ham, katta ahamiyatli funksiyalami bajaradi:

ENERGETIK FUNKSIYASI - uglevodlar inson organizmi uchun asosiy energetik modda, chunki organizmning normal rivojlanishi uchun talab etiladigan energiyaning taxminan 60% uglevodlaming organizmda parchalanishdan hosil boTadi. Miya faoliyati uchun esa asosiy energiya manbai glyukoza hisoblanadi. •

PLASTIK FUNKSIYASI—uglevodlar hujayra membranasi, nuklein kislotalar, kofermentlar, murakkab oqsillar, biriktiruvchi to'qima va boshqalar tarkibiga kiradi.

HIMOYA FUNKSIYASI - uglevodlarga boy soiak va boshqa shilliq sekretlar qizilo'ngach, oshqozon, ichak, bronxlaming ichki devorlarining turli mexanik shikastlanishlaridan; patogen bakteriyalar va viruslar kirishidan asraydi.

BOSHQARUV FUNKSIYASI - ovqat tarkibidagi murakkab uglevodlarga mansub kletchatka ichaklami mexanik ta’sirlantiradi va peristaltikani kuchaytiradi. Shuning uchun ich qotish kuzätilganda tarkibida kletchatkasi ko‘p bo‘lgan qora non iste’mol qilish tavsiya etiladi.

SPESIFIKLIK FUNKSIYASI - uglevodlaming ayrim vakillari qon gruppalarining spetsifikligini ta’minlash: antitelalaming hosil boiishi; nerv impulslarini o'tkazish kabi muhim jarayonlarda qatnashadi.

ZAXIRA OZIQ MODDALIK FUNKSIYASI - kraxmal (o‘simliklarda) va glikogen (hayvon va inson organizmida) zahira oziq moddalarga kiradi. Ulardan glikogen jigar va muskul to‘qimasida to ‘planib, lozim bo’lganda sarflanadi. Glikogen glyukozaning vaqtinchalik deposidir.

Organizm bir sutkada, tarkibida 400-600 g uglevod mavjud bo‘lgan oziq-ovqat qabul qilishi kerak. Uglevodlar, asosan, glyukoza va uning unumlaridan tashkil topgandir. Bu organik moddalaming 1844-yili «uglevodlar» deb atalishini Derpt (hozirgi Tartu) universitetining professori K. Shmidt taklif etgan. Bu nomga ko'ra uglevodlar «C» (uglevod) va H20 (suv) dan tashkil topadi va umumiy formulasi Cn(H,0)m dir. M: glyukozaning emperik formulasi C6H(,0 , bo'lib, u yuqoridagi formulaga qo'yilganda C6(H,0)6 holatga ega boMadi. Ammo, uglevod bo'lmagan ba’zi organik moddalar, jumladan, laktat (sut kislotasi) - C3H60 3 va sirka kislotasi CH3COOH ya’ni C ,(H,0), - sirka kislotasi . Shuning uchun 1927-yili ximik nomenklaturalaming reforma qilish komissiyasi bu gruppa organik moddalami «glitsidlar» deb nomlashni taklif qilgan. Ammo hozirgacha «uglevodlar» termini fanda saqlanib kelgan. Uglevodlar tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga boTinadi:

a) monosaxaridlar;

b) disaxaridlar (hamda oligosaxaridlar);

c) polisaxaridlar Monosaxaridlar - gidrolizlanmaydigan (eng sodda) uglevodlar boiib, ularga: triozalar (3ta «C» li)- 3-fosfoglitseraldegid; tetrozalar (4 ta «C» li) - eritroza; peptozalar (5 ta «C» li) - riboza. dezoksiriboza; geksozalar (6 ta «C» li) - glyukoza, fruktoza, galaktozalar kiradi. Trioza, tetroza, peptozalar asosan, glyukozaning to 'q im ad a parchalanishidanhosii bo'ladilar. Monosaxaridlardan glyukoza, tabiatda keng tarqalgan aldegidospirt bo‘lib, disaxarid va polisaxaridlaming asosiy komponentidir. Glyukozadan tashqari hayvonlar va odaxn organizmida qisman erkin holatda, asosan esa di- va polisaxaridlar tarkibida fruktoza, galaktoza kabi monosaxaridlar ham uchraydi. Monosaxaridlar oksidlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, bunda 6-atomli spirt yuzaga keladi (masalan, D-glyukoza qaytarilganda 6-atomli spirt - sorbitol hosil bo‘ladi). Uglevodlar organizmda fosforlanish kabi muhim hususiyatga ega bo‘lib, ularning fosforli efirlari modda almashuvida nihoyatda katta rol o'ynaydi. Masalan, geksozomonofosfat (glyukoza-fosfat, fruktozafosfat); geksozo-difosfat (fruktoza-1,6-difosfat). Monosaxaridlar yana aminoqandlar hosil qiladilar; bunda monosaxariddagi gidroksil gruppalardan biri H,N-guruh bilan o ‘rin almashadi. Bu aminoqandlar asosan muko‘polisaxaridlar tarkibiga kiradi.

Disaxaridlarga: saxaroza (glyukoza va fruktozadan tashkil topgan), laktoza (glyukoza va galaktozadan); maltoza (ikki molekula glyukozadan) kiradi. Polisaxaridlar tuzilishlariga ko'ra gomopolisaxaridlar va geteropolisaxaridlarda bo'Iinadilar. GomopoUsaxaridlarga glikogen, kraxmal, kletchatka, sellyulozahur kiradi. Ular glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan biopolimerlardir. Tuzilishida bir xil monosaxarid qatnashgani uchun bunday polisaxaridlarai gomopolisaxaridlar deydilar. Geteropolisaxaridlar (muko‘polisaxaridlar) monosaxarid va ularning unumlaridan tashkil topib, tarkiblariga qarab 2 ga bo'linadilar: a) kislota xossali muko'polisaxaridlar; b) neytral muko‘polisaxaridlar. Hozirda kislota xossali muko‘polisaxaridlami glikozamin-glikanlar deb ataydilar va ular proteoglikanlaming uglevodli qismini tashkil etadilar.

UGLEVODLAMING HAZMLANISH VA SO'RILISHI
P
Uglevodlaming fazoviy ko'rinishi
olisaxaridlar va disaxaridlar oshqozon-ichak traktida hazmlanib monosaxaridlarga aylanadi. Hazmlanish og‘iz bo'shlig ‘ida so'lak tarkibidagi amilaza va maltaza fermentlari ta’sirida boshlanib, asosiy hazmlanish o‘n ikki barmoqli ichak . Uglevodlaming fazoviy ko'rinishi ingichka ichakning boshlang'ich qismida (pH 8-9) boradi. Oshqozonda uglevodlaming parchalovchi fermentlar yo‘q. Uglevodlaming hazmlanishini ta’minlaydigan amilaza, saxaroza, maltaza, laktaza, amilo-1,6-glyukozidaza fermentlari oshqozon osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatida ishlanib chiqadi. Kletchatka (oshqozon-ichak traktida) hazmlanmaydi va najasni hosil bo'lishini ta’minlaydi.

Monosaxaridlar (asosan glyukozaga aylangan holatda) ingichka ichak epiteliysidagi mikrovorsinkalar orqali ATF sarflanishi bilan (konsentratsiya gradiyentiga qarshi) so'rilib qonga o‘tadi. (Ovqat bilan uglevodlar oshiqcha miqdorda iste’mol qilinganda, oz miqdorda saxaroza, laktozalar ham so‘rilishi mumkin. Ammo ular organizmda foydalanilmaydi, siydik orqali chiqarilib yuboriladi). Qon bilan glyukoza jigarga boradi va uning ma’lum miqdori glikogenga aylanadi, asosiy miqdori esa qon bilan hamma to'qima hujayralariga yetkaziladi. Qonda glyukozaning miqdori normada (sog'lom kishilar qonida) 70-120 mg % (yoki «CI» bo'yicha 3,6-6,1 mmol/1) bo‘ladi.

UGLEVODLARNING AEROB YO‘L BILAN OKSIDLANISHI VA UNING FIZIOLOGIK AHAMIYATI

Aerob (kislorod ishtirokida) parchatanishning oxirgi mahsuloti CO,, H,0 va energiya bo‘lib, yig‘indi tenglamasi quyidagichadir:

Aerob yo’l glyukozaning asösiy parchalanish yo‘li bo‘lib, u uch bosqichda (stadiyada) boradi: I bosqich - Glikolitik bosqich - glyukozaning pirouzum kislotasiga parchalanishi; II bosqich - Piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi va atsetil KoA hosil bo'lishi; III bosqich - Krebsnihg uch karbon sikli va elektronlar o'tkazish zanjiri. Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining individual parchalanish yo‘li bo‘lib, II va III parchalanish bosqichlari «modda almashuvining umumiy yo'llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo'llari awal mukammal o'tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish glyukozaning asosiy parchalanish yo'li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir; hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo ladi. Buning 8 molekulasi - glikolitik (I) bosqichda; 6 molekula - piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi esa - Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi
UGLEVODLARNING ANAEROB YO‘L BILAN PARCHALANISHI

(GLIKOLIZ VA GLIKOGENOLIZ)

Uglevodlarning anaerob (kislorodsiz) parchalanishi glyukozadan yoki glikogendan boshlanishi mumkin. Glyukozaning anaerob parchalanishi - glikoliz, glikogenniki esa - glikogenoliz deyiladi. Har ikki holda ham oxirgi mahsulot sut kislotasi (laktat)dir (58-rasm). Glikogenolizda 1-bosqich, ya’ni glikogendan glyukoza-l-fosfat hosil bo'lishi ortiqdir: qolgan bosqichlari glikoliz bilan bir xil boradi. Anaerob parchalanishni glyukoza-6-fosfatdan toki piruvat hosil boiguncha davom etadigan hamma bosqichlari glyukozaning aerob parchalanishi (ya’ni glikolitik bosqich) bilan bir xildir. Uglevodlarning anaerob parchalanishi quyidagi bosqichlarda kechadi: Glikoliz uchun ikki hodisa xarakterlidir: 1) substratli fosforlanish; 2) glikolitik oksidoreduksiya. Substratli fosforlanishni oksidlanishyo'li bilan fosforlanishdan farqi - bunda membrana va elektronlar o 'tk az ish zanjiri (EO‘Z) qatnashmaydi. Glikolizning ma’lum metabolitida (substratida) to'plangan energiya ADF ga uzatilib, uning fosforlanishi natijasida ATF sintezlanadi. Bunday metabolitlarga 1,3-difosfoglitserat va fosfenolpiruvatlar kiradi. Glikolitik oksidoreduksiya — bu fosfoglitserin aldegidi va piruvat orasidagi oksidoreduksiya boMib, bunda piruvat qaytariladi va sut kislotasi (laktat) hosil bo‘ladi. Bu hodisa kislorodsiz sharoitda yuz beradi va kislorod to'qimalarda yetarli bo‘lishi bilan laktat oksidlanib, piruvatga aylanadi; elektronlar va vodorod ionlari esa to‘qima nafas olish zanjiri (EO‘Z) orqali kislorodga birikadilar hamda energiya (3x2=6 mol ATF) va 2 mol H,0 hosil bo‘ladi: Glyukoza + 2 ADF + 2P n-------------- > 2L-laktat + 2ATF + 2 H,0 Glikoliz hamma tirik organizm uchun xosdir. Glikoliz anaerob organizmlar uchun yagona energetik manba bo‘lib, hujayralami kislorod tanqisligi holatida minimal energiya bilan ta’minlaydi (2ATF): aerob organizmlar (hayvonlar, insonlar) uchun esa glikoliz glyukozani aerob oksidlanishining shartli (tayyorlov) birinchi glikolitik bosqichdir. Glikoliz jarayonida hosil bo'ladigan metabolitlar - laktat, piruvat, glitserat va triozalar organizmda yuz beradigan turli katabolitik va anabolitik jarayonlar uchun kerakli mahsulotdir. Glikoliz sitoplazmada borib, aerob oksidlanish uchun shart bo'lgan membrana, mitoxondriya butunligini talab qilmaydi. Shuning uchun ba’zi «mitoxondrial kasalliklar» vaqtida glikoliz asosiy energiya bilan ta’minlovchi manba vazifasini o‘taydi («halokatdan saqlanish mexanizmi»): shu bilan birga sitoplazmada boradigan biosintetik jarayonlar, asosan glikoliz davomida hosil bo‘ladigan ATF hisobiga boradi.

GLIKOLIS VA P IRUVATNING OKSIDLANISHI

UGLEVODLARNING ANAEROB YO‘L BILAN PARCHALANISHI (GLIKOLIZ VA GLIKOGENOLIZ)

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling