O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#119269
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb-hunar kollezhlarida informatikaning elektron zhadvallar modulini oqitish metodikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA  

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 

 

FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI 

 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI  KAFEDRASI 

 

 



“5110700- Informatika o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi  

14-12-guruh talabasi 

Usmanova Odina Ulug’bek qizi

 ning 



“Kasb-hunar kollejlarida informatikaning elektron 

jadvallar modulini o’qitish metodikasi”  

mavzusida bajargan 

BITIRUV MALAKAVIY  

ISHI 

 

  



 

Rahbar: 


             o’qituvchi M.Normatova 

 

 



 

 

 



Guliston – 2016  

 

 



 

Bitiruv malakaviy ish Guliston davlat universitetining  2016 yil ____ apreldagi 

____   -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Davlat attestatsiya komissiyasining ____–

sonli yig’ilishida muhokama qilindi va “____” ball bilan (__________) baholandi.   

                                                                                                               (a’lo, 

yaxshi, 


qoniqarli) 

 

 



Bitiruv  malakaviy  ish  “Fizika-matematika”  fakultetining  2016  yil 

“____”____________dagi  ____–sonli  Ilmiy-uslubiy  kengashi  qarori  bilan  Davlat 

attestatsiyasi komissiyasiga himoya qilish uchun tavsiya etildi.   

 

                    Fakultet dekani                           Sh.Ashirov  



 

 

Bitiruv  malakaviy  ish  “Axborot  texnologiyalari”  kafedrasining  2016  yil 



“____”_________  dagi  ____–  sonli  yig’ilishida  muhokama  qilindi  va  himoyaga 

tavsiya etildi. 

 

                    Kafedra mudiri                             D.Abdurahimov 



 

 

BMI bajaruvchi  “5110700 - Informatika o’qitish metodikasi” ta’lim  



yo’nalishi 14-12-guruh talabasi  __________ O.Usmanova  

 

        


                                     Rahbar   __________    M.Normatova 

 

             



 

 

 

 

 



 

MUNDARIJA 

                                                    

 

 

 

                                   Bet 

    KIRISH  ..................................................................  



     I  BOB.  KASB-HUNAR  KOLLEJLARIDA  INFORMATIKA  VA 



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI  o’QITISH USULLARI 

 



1.1.

  Ta’lim tizimida  noan’anaviy ta’lim haqida tushuncha ..................... 

 

1.2. Kasb - hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari    



      fanining  vazifalari va mazmuni ....................................................... 

 

        1.3. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda innovatsion   



              texnologiyalariga asoslangan  o’qitish usullari ................................. 

 

 



 

15 


 

 

21 



 

II  BOB.  KASB-HUNAR  KOLLEJLARIDA  INFORMATIKANING 

ELEKTRON JADVALLAR MODULINI o’QITISh METODIKASI 

 

 



          2.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanida elektron jadvallar 

               modulining mazmuni ...................................................................... 

 

          2.2. Elektron jadvallar moduli mavzulari mazmunining kasbga   



                yo’naltirilganlik muammosi ........................................................... 

 

     2.3.  Elektron  jadvallar  moduli  bo’yicha  ma’ruza,  amaliy-laboratoriya  



mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish  metodikasi .............................. 

 

 

 



29 

 

 



36 

 

 



47 

XULOSA................................................................................. .......................... 

 

  57 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro’YXATI....................................   

   59 


 

 

 



 

 

 



 

K I R I SH 

 

Mavzusning dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi 

bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.  

o’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  kadrlar  tayyorlash 

bo’yicha  Milliy  dastur  haqida  gapirganlarida  «…  har  tomonlama  yetuk  yuqori 



malakali  kadrlar  tayyorlash  dasturimizning  asosiy  sharti  bo’lishi  kerak»  degan 

edilar.  Faqat  shunday  kadrlar  ta’lim,  ilm-fan  va  ishlab-chiqarishning,  umuman 

iqtisodiyotning raqobatdoshligini oydinlashtiradilar, belgilaydilar. [1]. 

 

Kadrlar 



tayyorlash 

milliy 


dasturida 

belgilangan 

vazifalarni 

bosqichma-bosqich 

amalga 

oshirilayotganligi 



natijasida,  

respublikamiz 

ta’limtizimida tub islohotlar sodir bo’lib, u rivojlangan  mamlakatlar ta’lim tizimi 

bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu jarayonda tayyorlanayotgan kadrlarning kasbiy 

mustaqil  fikrlash  qobiliyatlarini  rivojlantirish,  ularning  eng  muhim  sifat 

ko’rsatkichlaridan  biri  sifatida  e’tirof  etilmoqda.  o’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimov  ta’kidlaganidek:  «Agar  o’quvchilar  fikrlashga    o’rganmasa, 

ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. [1].  Ammo u o’z 

yo’liga. Mustaqil  fikrlash ham katta boylikdir.» Chunki, bozor iqtisodi sharoitida 

faqat  mustaqil  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  shaxsgina,  ijtimoiy  hayotda 

o’zining  munosib  o’rnini  topaoladi,  jamiyat  uchun ham,  o’zi  uchun ham  foydali 

bo’ladi  va turli g’arazli oqimlar ta’siriga berilmaydi. Shuning uchun ham, so’ngi 

yillarda  malakali  mutaxassislar  tayyorlash  jarayonida    o’quvchilarning  mustaqil  

fikrlash  qobiliyatini  rivojlantiruvchi  noan’anaviy  ta’limni  tashkil  qilish,  faol 

usullarida  foydalanishga  ko’proq  e’tibor  berilmoqda.    Noan’anaviy  ta’lim 

usullarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

 

o’qituvchi talabalarga tayyor o’quv materialini taqdim etmaydi; 



 

o’quv materiali shunday bayon etiladiki, talabalar faol bilish va mustaqil 



o’zlashtirish jarayonida yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar; 

 



faol o’qitishning negizida mustaqil fikrlashga undash yotadi. 

 

 



 

           Noan’anaviy ta’lim  -  o’quvchilarlarni  o’z  kasbiga  qiziqtiruvchi,  bilim 

doiralarini  kengaytiruvchi,  ularda  hozirjavoblik  xususiyatlarini   tarbiyalovchi,  

faollashtiruvchi  va  ularning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  rivojlantiruvchi  kabi 

didaktik  funktsiyalarni  bajaradi.   Tajribalarda  ta’kidlanganidek,  agar  mashg’ulot 

odatdagi  -  faqat  tinglab  o’tirishga  asoslangan  usulda  o’tkazilganda,  talabalar 

axborotning  ko’pi  bilan   20  foizini  o’zlashtirgan  bo’lsa,  innovatsion  pedagogik 

usullardan  foydalanilganda  esa,  bu  ko’rsatkich  80-90  foizgacha  oshganligi 

tasdiqlangan. 

Noan’anaviy  ta’limning  samaradorligi  yana  shundan  iboratki,  uning 

qatnashchilari  yaxlit  tizimli  bilimga  ega  bo’ladi  va  mustaqil  -  ijodiy  fikrlash 

qobiliyatlari  rivojlanishi  negizida  bo’lajak  kasbiy  faoliyatga  oid  boshlang’ich 

ko’nikmalar  shakllantirilib,  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni   amaliyot  bilan  bevosita 

bog’lab  olib  borishni  ta’minlaydi.  Shuning  uchun  ham  u,  rivojlantiruvchi 

o’qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

         Kasb-hunar 

kollejlarida 

o’quvchilarga 

Informatika 

va 


axborot 

texnologiyalaridan  chuqur  va  mustahkam  bilim  berish  Informatika  va  axborot 

texnologiyalari  fanini  o’qitish  metodikasining  dolzarb  muammolaridan  biri 

hisoblanadi.  

Hozirgi  zamon  sharoitida,  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlashda, 

o’qitishning  hozirgi  zamon  tizimlari  va  yangi  pedagogik  texnologiyalari  asosida 

amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati 

shundaki, unda qo’yilgan  maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni 

rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli 

o’tishining  80-foizi  ta’lim  jarayonini  to’g’ri  loyihalashtirish,  tashkil  etish  va  uni 

amalga oshirishga bog’liqdir. [21]. 

Hozirgi  kunda  ta’lim  tizimida  yangi  bosqich  bo’lgan  kasb-hunar  ta’limini 

zarur  me’yoriy  hujjatlar,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar  bilan  ta’minlash 

borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda.  



 

 



 

Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarining zamonaviyligi ularning 

kompyuterlashtirilganlik va texnik ta’minotlarining yuqori darajada ekanligi bilan 

o’lchanmoqda. Shu bois informatika   va  axborot texnologiyalarning jamiyatimiz 

ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning 

xos xususiyatlaridan biri bo’lsa, informatika  fanini o’zlashtirish davr talabidir. 

 Respublikamizda    kasb-hunar  kollejlarida  informatika  va  axborot 

texnologiyalari  fanini  o’qitish  metodikasi  yo’nalishlarida  olimlarimizdan 

A.Abduqodirov,  U.Yuldashev,  F.Zokirova,  R.Boqiev,  I.Isoqov,  A.Hayitov, 

M.Mamarajapov, 

D.Abduraximov, 

S.Allayorov, 

S.Qulmamatov, 

D.Toshtemirovlarning  ilmiy-metodik  ishlarini  keltirish  mumkin.  Bu  olimlar 

tomonidan  kasb-hunar  kollejlarida  informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanini 

o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar respublikamiz ta’lim tizimida 

aloxida o’z o’rniga ega. 

Shuning 


uchun 

kasb-hunar 

kollejlarida 

informatika 

va 

axborot 


texnologiyalarini  o’qitish  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  ilmiy-uslubiy 

izlanishlar  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  ni  bajarishni  ta’minlash  yuzasidan 

qilinayotgan dolzarb tadqiqotlar sirasiga kiradi.  

Ishning  maqsadi  va  vazifalari.  Kasb-hunar  ta’limida  Informatika  va 

axborot  texnologiyalari  fanini  o’qitish  va  undagi  amaliy  dasturlardan  foydalana 

olishga  o’rgatish  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Kasb-hunar  kollejlarida 

informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanini  o’qitish  jarayonida  noan’anaviy 

ta’lim  usullarining  ilmiy-nazariy  va  tashkiliy-uslubiy  jihatlarini  o’rganish  va 

qo’llashning  amaliy  tavsiyalarini  ishlab  chiqish.  Informatika  va  axborot 

texnologiyalarini  o’qitish  mazmunini  kasbiy  soha  yo’nalishlaridan  kelib  chiqqan 

holda belgilash, shu mazmunga mos o’quv-metodik materiallar majmuasini ishlab 

chiqish  va  o’quvchilarga  zamonaviy  o’qitish  metodlaridan  foydalanib  yetkazib 

berish asosiy vazifalardan biridir.  



 

 

 



 

       Tadqiqot ob’ekti:   Kasb-hunar  kollejlarda  informatika  va  AT  ning  ta’lim 

jarayoni.   

       Tadqiqot predmeti:  Kasb-hunar  kollejlarga  informatika  va  AT  noan’anaviy 

ta’lim  usullarini  tatbiq  etish,  o’quvchilarda  iqtisodiy  dunyoqarashini 

shakllantirishda faol o’qitish  metodlarining amaliy va metodik jihatlarini ko’rsatib 

berish. 


Ishning  ilmiy-amaliy  ahamiyati.    Ta’limni  kompyuterlashtirish,  yangi 

axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  hayotga  tatbiq  qilishda,  informatika 

umumta’lim fanini o’qitishda yutuqlar bo’lsa-da, echimini kutayotgan muammolar 

ham  ko’p.    Bundan  kelib  chiqib  KHK  da  o’qitiladigan  informatika  va  axborot 

texnologiyalari  fanidan  interfaol  usullardan  foydalanib  tayyorlangan  dars 

ishlanmalari  ta’lim  tizimida  foydalanish  mumkin.  Tadqiqot  natijasida 

respublikamiz  ta’lim  muassasalarida  “Kasb-hunar  kollejlarida  informatikaning 

elektron  jadvallar  moduli”  mavzusini  o’qitishda  mavjud  kamchiliklar  va  yutuqlar 

o’rganildi.  Natijada  ushbu  mavzuni  o’qitish,  noan’anaviy  ta’lim  usullarini 

foydalanishning takomillashtirishi bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi. 



Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv-malakaviy ish  kirish, 2 ta bob, 

xulosa va foydalanilgan  adabiyotlar ro’yxatlaridan iborat. 



 

Adabiyotlar tahlili.  

      Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  davrida  qator  adabiyotlar,  me’yoriy 

hujjatlar,  mavzuga  oid  nashr  qilingan  ilmiy  maqolalar  va    internet  saytlaridan 

foydalandim.  Guliston  davlat  universiteti  “Axborot  texnologiyalari”  kafedrasi 

o’qituvchilari    I.Isoqov,  D.Abdurahimov,  D.Toshtemirov  tomonidan  ishlab 

chiqilgan “Oliy  ta’limda  bitiruv  malakaviy  ishlarni  tayyorlash  va  himoya  qilish”  

Uslubiy ko’rsatma. Guliston, 2015 y., - 24 b. dan foydalandim.  [8]..  

Bundan  tashqari,  BMIni  yozish  davrida  eng  asosiy  manba  sifatida 

INTERNET tizimidagi mavzuga oid manbalardan, kompyuter amaliy dasturlaridan 

foydalandim. [IR1-IR5]. 



 

 



 

I.BOB. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT 

TEXNOLOGIYALARI FANINI  o’QITISH USULLARI 

 

1.1.Ta’lim tizimida  noan’anaviy ta’lim haqida tushuncha. 

 

Insonni  har  tomonlama  tarbiyalash  va  ta’lim  berish  insoniyatning  azaliy 



orzusi bo’lib,  ajdodlarimiz  ma’rifat  va  madaniyatni qanday qilib  yosh avlodlarga 

o’rgatish,  ularni  komillikka  etaklash  yo’llari,  qonun-qoidalarini  izlaganlar.    

Respublikamiz  Prezidenti  I.Karimov  ta’lim  tushunchasiga  milliy-didaktik  nuqtai 

nazardan  yondashib  quyidagicha  ta’riflaydi:  «Ta’lim  o’zbekiston  xalqi 

ma’naviyatiga  yaratuvchilik  faolligini  baxsh  etadi.  o’sib  kelayotgan  avlodning 

barcha  eng  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo’ladi,  kasb  kor,  mahorati 

uzluksiz  takomillashadi,  katta   avlodlarning  dono  tajribasi  anglab  olinadi  va  yosh 

avlodga o’tadi». [7]. 

       Ta’kidlangan  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  ta’limning  yangi  modelini 

yaratishni  taqozo  qiladi.  Modelni  amaliyotga  tadbiq  etish  o’quv  jarayonini 

texnologiyalashtirish  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida 

«o’quv-tarbiyaviy 

jarayonini 

yangi 


pedagogik 

texnologiyalari 

bilan 

ta’minlash» uning  ikkinchi  va  uchinchi  bosqichlarida  bajariladigan  jiddiy 



vazifalaridan  biri  sifatida  belgilangan.  Zero,  I.Karimov  ta’kidlaganidek:  “Unib-

o’sib  kelayotgan  avlodning  ongida  demokratik  qadriyatlarni  mustahkamlashga 

qaratilgan  bo’lib,  qisqacha  aytganda,  bu  model  hayotda  o’z  fikriga,  o’zining 

qarashlari  va  qat’iy  grajdanlik  pozitsiyasiga  ega  bo’lgan,  har  tomonlama  etuk  va 

mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi”. 

Hozirgi  ta’lim  tizimida  bilimlarni  egallashning  yangi  kontseptsiyasi  - 

noan’anaviy  ta’lim  texnologiyalarning  uslublarini  qo’lashni  taqazo  etmoqda. 

Ta’lim jarayonini bir tizim deb olsak, uni tashkil etuvchi elementlariga quyidagilar 

kiradi:  o’quv  maqsadi,  kutilayotgan  natijalar,  o’qituvchi,  o’quvchi,  ta’lim 

mazmuni,  ta’lim  metodi  (usuli),  ta’lim  shakli,  ta’lim  vositalari,  nazorat  va 

baholash. Ta’lim jarayonini loyihalashda ana shu elementlardan loqal bittasi chetda 


 

 



 

qolsa yoki to’g’ri tanlanmagan bo’lsa tizim ishlamaydi, demakki, maqsadga erishib 

bo’lmaydi. 

o’quv  –tarbiya  jarayonlarini  tashkil  etishda  an’anaviy  usullardan  farqli 

o’laroq,  yangicha  pedagogik  texnologiyalarni  o’zlashtirish  va  ta’lim  jarayonida 

qo’llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. 

Noan’anaviy  ta’lim  texnologiya  ko’pchilik  olimlarning  nuqtai  nazaridan 

kelib chiqqan holda turlicha talqin etiladi. Jumladan, T.N.Ballo noan’anaviy ta’lim 

texnologiyani  “amaliyotga  tatbiq  qilinadigan  muayyan  tizim  loyihasi”  deya 

ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga 

qaratadi. V.I. Davo’dova esa noan’anaviy ta’lim texnologiyaning “fan va amaliyot 

orasidagi muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni 

izchil  qo’llash  kabi  masalalarni  hal  etishga  yo’naltirilgan  mustaqil  fan”

4

 bo’lishi 



lozimligini qayd etadi. 

Masalan,  “Pedagogik 

texnologiyalarning  

tadbiqiy 

asoslari” o’quv 

qo’llanmasida  O’.Q.Tolipov tomonidan interfaol  usullar  va  ularning  tavsifiga 

quyidagi  ta’rif  bergan  :  “Zamonaviy  talimni  tashkil  etishga  qo’yiladigan  muhim 

talablardan  biri  ortiqcha  ruhiy  va  jismoniy  kuch  sarf  etmay,  qisqa  vaqt  ichida 

yuksak natijalarga erishishdir. [23]. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni 

o’quvchilarga  etkazib  berish,  ularda  ma’lum  faoliyat  yuzasidan  ko’nikma  va 

malakalarni  hosil  qilish,  shuningdek,  talabalar  faoliyatini  nazorat  qilish,  ular 

tomonidan  egallagan  bilim,  ko’nikma  hamda  malakalar  darajasini  baholash 

o’qituvchidan  yuksak  pedagogik  mahorat  hamda  ta’lim  jarayoniga  nisbatan 

yangicha yondashuvni talab etadi”. 

Mualliflarimizdan biri R.Ishmuhamedov - “pedagogik jarayonining samarali 

va natijali bo’lishini ta’minlaydigan interaktiv uslublarning o’zaro harakat turlarini 

guruhlarga  bo’lib  chiqish  lozim  deb  ta’kidlaydi:     o’qituvchi  -  talaba  ;  talaba   - 

talaba ; o’qituvchi - talaba  ; talaba - talabalar; o’qituvchi  -talabalar; 

Mening nazarimda noan’anaviy ta’lim texnologiya-ehtiyojdan kelib chiqqan 

ijtimoiy  buyurtma  bo’lib,  ta’limning  maqsad  va  mazmuniga  asoslanib  o’quv 



 

 

10 



 

jarayonini  loyihalashtirish  va  shu  loyiha  asosida  ta’limni  tashkil  eitshdan  iborat 

pedagogik jarayondir. 

Demak, ta’lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:     

     1. An’anaviy. 

               2. Noan’anaviy. 

An’anaviy  ta’limtexnologiyasi  –  muayyan  muddatga  mo’ljallangan,  ta’lim 

jarayoni  ko’proq  o’qituvchi  shaxsiga  qaratilgan  bo’lib,  o’qitishning  an’anaviy 

shakli,  metodi  va  ta’lim  vositalarining  majmuidan  foydalanib  ta’lim-tarbiya 

maqsadiga erishishdir. 

An’anaviy  yondashuv.  Uning   asosiy  xususiyati-o’qituvch  ma’lum 

axborotni,  gapirib  beradi,  tushuntiradi,  talaba  esa  bu  bilimni  xotirasida  saqlaydi.  

“Bilim”  tushunchasi  xotirada  saqlanadigan  axborot  ma’nosida  tushuniladi.   

Talabada  bilim  bor-yo’qligi  imtihonda  shu   axborotga  doir   berilgan  savolga  

yoddan    bergan   javobiga  qarab   aniqlanadi.     Bunda  bilim  degani  asosan  esda 

qoldirishning   natijasidir,  u  ko’pincha  yuzaki  bo’lishi  ham   mumkin.    Bunday 

bilim  xotirada  uzoq   saqlanmaydi.  Talaba  savol  berilganda  eslashi,  ba’zan   eslay 

olmasligi ham mumkin. 

       An’anaviy  o’qitish  usulida  ta’lim  maqsadi   dastur   talabiga   binoan  aniq 

ifodalanmaydi,  talabaning   o’zlashtirish  darajasi,  sifati  haqida   muallim  aniq 

tasavvurga ega bo’lmaydi. 

       An’anaviy  ta’lim  mamlakatimizning o’quv  yurtlarida  keng  tarqalgan,  uning 

turli  jihatlari   pedagogika,   metodika  fanlarida   ishlab    chiqilgan,  katta   tajriba 

to’plangan.   An’anaviy   ta’lim   usulini   takomillashtirish  sohasida   izlanishlar   

davom 

etayotir. 



Lekin 

uning   


ob’ektiv  

imkoniyatlari 

cheklangan.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan ta’lim sohasidagi  islohotlar, 

tez    sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  fan  –texnika  talablari-ta’lim   usuli    bilan 

jamityaning  raqobatbardosh,    yuqori  malakali    kadrlar   tayyorlash,  barkamol 

avlodni    shakllantirishga  bo’lgan  ehtiyoji  o’rtasida  nomutanosiblikni  vujudga 

keltirdi.    Uni  ta’limda    boshqa    yangi  yondashuvlarni  qo’llash  yo’li  bilan    hal   


 

 

11 



 

etish lozim. An’anaviy pedagogikada metodik  ishlanmalar o’qituvchi dars o’tishi 

uchun  tuzilsa,  pedagogik  texnologiya-o’quvchini  o’quv-bilish  faoliyatining 

shakllari  va  mazmunini tasvirlaydigan ta’lim  jarayoni loyihasini ishlab chiqishni 

taklif etadi. 

Noan’anaviy  pedagogika  –  hozirgi  kunda  norasmiy  fan  sifatida  ma’lum 

bo’lgan,  biroq  kun  sayin  butun  jahon  soha  mutaxassislarining  e’tiboriga  tushib, 

jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir. Uning ta’limiy ahamiyatini tan olgan 

pedagoglar  jamoasi,  olimlar,  shu  boisdan  ham  mavjud  an’anaviy  pedagogikaga 

tanqidiy yondashmoqdalar. 

Hozirgi kunlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan mazkur yangi fan haqida 

jiddiy fikrlar bildirilyapti, uning asosiy vazifasi hukmron bo’lib turgan butun o’quv 

tarbiya tizimi nazariyasini innovatsiya asosida qayta tashkil etib o’zlashtirishdir. 

Noan’anaviy 

pedagogika-hukmron 

nazariya, 

nazariy 

va 


amaliy 

muammolarni hal etishning asosi qilib olingan.  Innovatorlar  fikriga asosan odatiy 

mumtoz pedagogik nazariyalar  eskirib qolgan,  yangi  sharoitda hozirgi avlodni bu 

yo’l bilan tarbiyalash mumkin emas. 

Hozirgi  pedagogik   fandagi vaziyat  umumiy  holda shundan  iborat.  Bu 

vaziyatda  innovatsiya  juda  muhim.  Pedagogika-bilimlar  tizimidir.  Ob’ektivlik, 

maqsadga  muvofiqlik,  mustaxkamlik,  bir-biriga  zid  bo’lmaslik-  uning  asosiy 

harakteristikalaridir.  Pedagogika  tizimini  har  qanday  ilmiy  nazariya  kabi  tizimini 

tashkil  etuvchi  tamoyillari  loyixalashtiradi,  birlashtiradi  va  ushlab  turadi  ya’ni 

ushbu tizim asosiy bilimlarga asoslanishi asosiy holdir. 

Noan’anaviy  ta’lim  texnologiyaning  muxim    belgisi-maqsad  hosil  qilish 

jarayonidir.    An’anaviy    pedagogikada  “pedagogik  maqsad”  masalasiga  

nazariyachilar  ham,  amaliyotchilar  ham   kam  e’tibor  beradi,  maqsad-metodik  

adabiyotlarda  ham    noaniq  ifodalanib,  unga  erishish  darajasi   ham   sub’ektiv  

baholanadi. 

Noan’anaviy  ta’lim  texnologiyada

7

 –pedagogik  maqsadni  aniqlash  asosiy 



muammo  bo’lib,   maqsadni  diagnostik  ifodalash,  bilim  o’zlashtirish  sifatini 

 

 

12 



 

ob’ektiv baholash nazarda tutiladi. Nihoyat ta’lim-tarbiya jarayonlari  tuzilishi va 

mazmuni  jixatidan   yaxlitligi-  ta’lim  texnologiyani   ishlab  chiqish  va  amalga  

oshirishning   muhim  printsipi  hisoblanadi.    Yaxlitlik  printsipi,  shuningdek, 

ta’limning  har  turi  bo’yicha   bo’lajak  pedagogik  tizimning   loyihasini  ishlab 

chiqayotganda pedagogik tizimning barcha elementlari (chorak, semestr, o’quv yili 

davomida  ham,  shuningdek  butun  ta’lim   davomida  ham)    o’zaro   ta’sirda  

bo’lishiga erishish  zarur. 

Demak, noan’anaviy ta’lim texnologiya – muayyan muddatga mo’ljallangan, 

ta’lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo’lib, o’qitishning zamonaviy shakli, faol 

o’qitish metodlari va zamonaviy didaktik  vositalarning majmuini  ta’lim – tarbiya 

ishidan ko’zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo’naltirishdir. 

Mening nazarimda, noan’anaviy  ta’lim  texnologiyasi  an’anaviy  ta’lim 

texnologiyasidan  farq  qilib,  talabalarning  bilish  imkoniyatlarini  rivojlanishiga 

sharoit  yaratadi,  mustaqil  ishlashlariga  alohida  e’tibor  beriladi,  bilish  faoliyatlari 

izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo’ladi. Dars tuzilmasi o’zgaruvchan bo’ladi 

va  an’anaviy  pedagogikada  metodik   ishlanmalar  o’qituvchi  dars  o’tishi  uchun 

tuzilsa, noan’anaviy ta’lim  esa  -o’quvchini o’quv-bilish faoliyatining shakllari va 

mazmunini  tasvirlaydigan  ta’lim   jarayoni  loyihasini  ishlab  chiqishni  taklif 

etadi.(1.1-jadvalda ko’rsatilgan) 

Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi o’z navbatida uchga bo’linadi: 

 



Hamkorlikda o’rganish 

 



Modellashtirish 

 



Tadqiqot (loyiha) 

Hamkorlikda  o’rganish  -  talabalarning  bilimlarni  o’zlashtirish,  singdirish, 

mustahkamlash  bo’yicha  reproduktiv  faoliyatini  ta’minlovchi,  mahorat  va 

malakani  ketma-ketlik  bo’yicha  talabaning  bevosita  boshchiligida  ishga  solishni 

tashkil  etishga  asoslangan  o’qitish  va  bilim  olishdir.  U   talabalarning  mustaqil 

guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko’zda to’tadigan metodlardan iborat.  

 


 

 

13 



 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling