O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Abdug’aniyevich Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali Energetika va Mashinasozlik fakulteti Kimyoviy texnologiya kafedrasi Iqtisodiyot nazariyasi


Download 38 Kb.
Sana17.05.2020
Hajmi38 Kb.
#107195
Bog'liq
tadbirkorlik majburiyatlar


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Abdug’aniyevich Karimov nomidagi

Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali

Energetika va Mashinasozlik fakulteti

Kimyoviy texnologiya kafedrasi

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tadbirkorlikning majburiyatlari

Bajardi:11-18 KT guruhi talabasi Zokirov Fazliddin

Tekshirdi:

2020-y


Tadbirkorlikning majburiyatlari

Reja:

Kirish

1. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari.

2. Tadbirkorlik huquqi

3. Tadbirkorlikning majburiyatlari

4. Xulosa

5. Foydalanilgan adabiyotlar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Tadbirkorlar hamjamiyati nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‘lishi lozim. Ularga nisbatan birinchi navbatda davlat emas, balki tadbirkorlarning o‘zlari munosabat bildiradigan va ushbu muhit sofligini ta’minlaydigan tizim yaratishimiz kerak.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Tadbirkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalar asoschilaridan hisoblangan I.Shumpeter tadbirkor, ishlab chiqarish omillari uyg‘unlashuvining yangi nisbatini izlovchi, iqtisodiy o‘sishi ta’minlovchi va novatorlik xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan shaxs deb e’tirof etadi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida ham tadbirkorlikka foyda


olish maqsadini ko‘zlab xo‘jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo‘lish va shu kabi ko‘p qirrali tomonlari bilan qaraladi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko‘zlab xo‘jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo‘lish va shu kabi ko‘p
qirrali tomonlari bilan qaraladi.

Asosiy qism

Tadbirkorlik faoliyati  mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo‘lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va boshqalar mulki asosida ish yuritishi mumkin. Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra oladi va buning uchun zarur bo‘lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga chiqara olmaydi va shubhasiz, yetarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi. Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.


Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat


qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir. Tahlika daromad olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, kredit va foizli turlari farqlanadi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval uning mas’uliyatini to‘liq his etish lozim. Tadbirkorlik mas’uliyati, eng avvalo, qonun hujjatlarida belgilab berilgan huquq va majburiyatlarning bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.




Tadbirkorning huquqi – davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi belgilangan yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi. Masalan, tadbirkorning asosiy huquqlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
– mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

– o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlash;


– barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etish;
– kreditlar olish, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini hamda molmulkini shartnoma shartlari asosida jalb etish;
– tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.


Tadbirkorlikning majburiyatlari

Tadbirkorlik mas’uliyati ko‘proq tadbirkor tomonidan majburiyatlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi orqali namoyon bo‘ladi.


Tadbirkorning majburiyati – davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi. Quyida tadbirkor majburiyatining ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.


Shartnoma majburiyatlarini bajarish

Tadbirkor o‘z faoliyatini turli subyektlar – davlat idoralari, korxonalar


va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar yoki fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boradi. Shunday ekan, u eng avvalo mazkur shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi lozim.Tadbirkorlarda o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarish mas’ulligi mavjud bo‘lmagan holatni tasavvur qilib ko‘raylik. Oziq-ovqatlarning o‘z vaqtida yoki yetarli hajmda yetkazib berilmasligi – mamlakatda narx-navoning keskin o‘sishi hamda ocharchilikning kelib chiqishiga; korxonalarga
xomashyo va materiallarning yetkazib berilmasligi – ishlab chiqarishning
qisqarishi, to‘xtab qolishi, ishsizlikning paydo bo‘lishi va oqibatda iqtisodiyotning inqirozga yuz tutishiga olib keladi.


To’lovlarni o’z vaqtida to’lash

Tadbirkor o‘z faoliyati natijasida kelib chiqadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi zarur. Aks holda, davlat budjeti daromad qismining bajarilmasligi va budjet taqchilligining paydo bo‘lishiga olib keladi. Oqibatda, davlat budjetidan moliyalashtiriluvchi korxona va tashkilotlar moliyaviy ta’minotiga putur yetadi, ularning ishchi va xodimlari o‘z vaqtida maosh olmaydi, pensiya va ijtimoiy to‘lovlar kechikadi. Tadbirkor agar o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan foydalansa, ishchi va xodimlarning ish haqi va boshqa ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishi lozim. O‘z vaqtida va mehnatiga munosib miqdorda ish haqi olmagan ishchining mehnat unumdorligi pasayadi. Oqibatda boshqa ishga o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bularning barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.




Qonun hujjatlari talablariga rioya qilish

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish hamda


xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun
hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etish kerak. Chunki yetarli darajada yoritilmagan, issiqlik bilan ta’minlanmagan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yish mumkin bo‘lgan sharoitda ishchilar yuqori unum bilan ishlay olmaydi. Qolaversa, buning oqibatida ro‘y bergan noxush holatlar, baxtsiz hodisalarga ish beruvchi – tadbirkor to‘liq javobgar bo‘ladi. Ekologiya, ya’ni atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qilmaslik, ishlab chiqarish chiqindilarini aholi yashash punktlariga, suv havzalariga tashlash, zaharli modda yoki gazlar chiqishining oldini olmaslik, avvalo, shu korxonadagi ishchi va tadbirkorning, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining sog‘lig‘iga putur yetkazadi.
Halol raqobatlashuv

Boshqa tadbirkorlar bilan raqobatlashganda faqat uning ruxsat etilgan (halol raqobat) turlaridan foydalanilishi, ayni paytda, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi lozim. O‘z raqiblarini qo‘rqitish, ularning tijorat yoki sanoat sirlarini o‘g‘irlashga harakat qilish, mol-mulkiga qasddan ziyon yetkazish, raqobatchilarni sindirish uchun demping narx, ya’ni mahsulotni o‘z tannarxidan past bo‘lgan narxda sotish kabi usullar nohalol (g‘irrom) raqobat turlari hisoblanadi. Bunday raqobatlashuvning keng yoyilishi iqtisodiyotdagi barqarorlikning buzilishiga, jamiyatda esa jinoyatchilikning kengayishiga olib keladi.




To’gri hisob yuritish va hisoblashuv.
Tadbirkor buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari
talablariga muvofiq yuritishi, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart. To‘g‘ri hisob yuritmaslik oqibatida tadbirkorning moliyaviy natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatish, foydani yashirish orqali soliqni pasaytirish holatlari kelib chiqishi mumkin.
Tadbirkorlikning javobgarligi

Tadbirkorning javobgarligi belgilangan huquq va majburiyatlarga rioya


etmaslik, ularni bajarmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Tadbirkorning javobgarligi deganda tadbirkor tomonidan bajarilmagan shartnoma majburiyatlari, xo‘jalik subyektlari, iste’molchilar, yollanma ishchilar va davlatning poymol etilgan huquqlarini tiklashga yo‘naltirilgan muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirish majburiyati tushuniladi.

Tadbirkorning javobgarligi – bu tadbirkor xatti-harakatining belgilangan qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob berish majburiyati. Tadbirkorning javobgarligi mulkiy (moddiy), ma’muriy, jinoiy va axloqiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Huquqbuzarlik subyektiga ko‘ra javobgarlik yakka tartibdagi, guruhiy yoki jamoaviy ko‘rinishlarga ajralishi mumkin. Yakka tartibdagi javobgarlikka tadbirkorlik faoliyati sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun alohida jismoniy shaxs, guruhiy javobgarlikka – jismoniy shaxslar guruhi, jamoaviy javobgarlikka – yuridik shaxslar ega bo‘ladi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo‘lgan va ko‘pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Кeyinchalik real xo‘jalik hayotida ishtirok etuvchi kapitalning
mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zining evolutsion rivojlanishiga ega. Jumladan, R.Кontilon Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari uning bosh xususiyatidir, deb bu atamani iqtisodiy fanga ham olib kirgan bo‘lsa, A.Smit Tadbirkorga tijorat bilan shug‘ullanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi sifatida qaraydi. J.B.Sey fikricha tadbirkor, iqtisodiy agent sifatida foyda olish uchun o‘z tajribasi va bilimini tavakkalchilik xataridan qo‘rqmay ishga soluvchi. V.Zamberg qarashicha, u foydaning o‘sishini maqsad qilib qo‘yadigan, xatarga tayyor turadigan va kishilarni birlashtira oladigan tashabbuskor shaxs.
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalar asoschilaridan hisoblangan .

Xulosa

Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da,


uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo‘lgan va ko‘pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Кeyinchalik real xo‘jalik hayotida ishtirok etuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi qarashlar ham o‘zining evolutsion rivojlanishiga ega. Jumladan, R.Кontilon Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari uning bosh xususiyatidir, deb bu atamani iqtisodiy fanga ham olib kirgan bo‘lsa, A.Smit Tadbirkorga tijorat bilan shug‘ullanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi sifatida qaraydi. J.B.Sey fikricha tadbirkor, iqtisodiy agent sifatida foyda olish uchun o‘z tajribasi va bilimini tavakkalchilik xataridan qo‘rqmay ishga soluvchi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Федяшева Г. Международные финансовые институты на рынке Узбекистана: инвестиции и приоритетные проекты. //Биржа-Эксперт, №3, 2009.


2. Chjen V.A Pul va moliya bozorlari. –T., 1996.
3. Чепурина М.А., Киселевой Э.А. Киров, Курс экономической теории. Изд. 4-ое. –Т.: 1999.
4. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo‘rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. –Toshkent: «Moliya», 2003
5. Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: «Fan va texnologiya», 2005.
6. Шоҳаъзамий Ш.Ш. «Трактат о собственности и её справедливой стоимости». Монография Т.: Иқтисод-молия, 2014.
7. Shoha’zamiy Sh.Sh. Rieltorlik bozor tizimining nazariy va metodologik asoslari. Monografiya –T.: Iqtisod-moliya, 2016.
8. O‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: «Sharq», 2006.
43. Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O‘n ettinchi Nashr. 11 b.
9. Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGrawHill/Irwin New York, 2008. 360 bet.
10. Экономика Узбекистана// Информационно-аналитический обзор за 2003 г. – Т, 2004.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling