O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti 11b-20 tja guruh talabasi Rahmatov Avazbekning hisobot ishi


Download 1.12 Mb.
bet1/7
Sana19.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1710208
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hisobot — avaz




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Energo-mexanika fakulteti 11b-20 TJA guruh talabasi Rahmatov Avazbekning
HISOBOT ISHI
Bajardi: Rahmatov Avazbek
Qabul qildi: Umid aka
N




avoiy – 2023




Mundarija



    1. Kirish

    1. Navoiy IES haqida umumiy ma'lumotlar

    2. Tashkiliy tadbirlar

II. Asosiy qism

    1. Sarf o'lchovchi asboblar tavsifi

    2. Bosim o'lchovchi asboblar tavsifi

    3. Sath o'lchovchi asboblar tavsifi

    4. Harorat o'lchovchi asboblar tavsifi

Xulosa.
Adabiyotlar.
Kirish
1.1 Navoiy IES haqida umumiy ma'lumotlar
Navoiy issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. „Oʻzbekenergiya“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962-yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.
St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.
Navoiy issiklik elektr stansiyasie.s. Oʻzbekistonning gʻarbiy-jan. hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan asosiy manbadir. St-ya Qizilqumdagi togʻ-kon va gaz sanoati korxonalariga, Navoiy „Elektrkimyozavodi“, „Qizilqumsement“ korxonasiga, AmuBuxoro, Qarshi magistral kanallaridagi nasos stansiyalariga, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari isteʼmolchilariga elektr energiyasi beradi. Shuningdek, Navoiy shahridagi korxonalarni va kommunal-maishiy ehtiyojlarni issiq suv bilan taʼminlaydi. Elektr styasi kuchlanishi 220 ming voltli elektr uzatish liniyalari bilan Urganch shahridagi taqsimlash qurilmasi orqali Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand shaharlaridagi taqsimlash qurilmalari orqali Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi („Energiya“ birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2002-yilda 5931,5 mln. kVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 3042 ming Gkal issiklik yetkazib berildi.

IAOʻ sexi mustaqil tuzilgan boʻlimlardan biridir.


Maʼmuriy va xoʻjalik jihatdan bosh direktorga, ishlab chiqarish texnologik jihatdan ishlab chiqarish direktoriga boʻysunadi.
IAOʻ sexi qurilmalarni tamirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
IAOʻ sexi tarkibiga quyidagi texnologik parametrlarni oʻlchash kiradi: Temperatura, bosim, sarf, sath holatini avtomatik va kimyoviy tahlil qilish, ikkilamchi qurilmalar, texnologik ximoya qurilmasi va signalizatsiya, avtomatik sistema boshqaruvchi, guruhni boshqaruv qurilmasi, blokli boshqaruv apparati, oʻrnatilgan nazorat qurilmalari va issiqlik texnikasini boshqaruvchi, lukidon sberkalari, ABR, texnologik ximoyada rele paneli va boshqalarga xizmat koʻrsatadi. IAOʻ sexi 7 boʻlimga boʻlingan alohida guruhlardan iborat:
1) Avtomatika guruhi – issiqlik avtomatikasining oʻlchash jihozlarini taʼmirlash va ularni ekspulatatsiya qilish uchun masʼul.
2) Haroratni oʻlchash guruhi – stansiyadagi barcha qurilmalarga bugʻ, moy, suv, gaz vametallarning haroratini oʻlchaydi.
3) Manometriya guruhi – stansiya qurilmalaridagi bosimni oʻlchaydigan asboblarni taʼmirlaydi.
4) Gazni tahlil qilish guruhi – stansiyada gaz va suv tarkibidagi kimyoviy elementlarni tahlil qiladi va fizikaviy kattaliklarni oʻlchaydi.
5) Himoya guruhi – stansiya qurilmalarida uchraydigan avariya holatini aniqlaydi va u yerdagi xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hayotini saqashg xizmat qiladi.
6) Sarfni oʻlchash guruhi – asosiy vazifasi stansiya qurilmalarida gaz safr boʻlishi, suv sarf bo,lishi, bugʻ sarf boʻlishi va bosimni oʻlchaydigan asboblarni taʼmirlaydi.
7) Elektr yuritma guruhi – qurilmalarni uzoqdan boshqarishuchun qoʻllaniladigan lukidonlarni elektr qismini taʻmirlashdan iborat.





Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling