O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlandi»
Download 49.6 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
- 1. O‘quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
- Talaba: energetika tizimida elektr ta’minoti tizimining tutgan o‘rni to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi
- Ma’ruzalar mavzulari Dars soatlari hajmi 6 – semestr
- Jami 36 soat
- Amaliy mashg’ulot mavzulari Dars soatlari hajmi 6 – semester
- Jami 18 Jami 18 soat
- 4 . Laboratoriya mashg’ulotlari
- Jami 18 soat
- Mustaqil ta’lim mavzulari Dars soatlari hajmi 6 – semestr
- 6. Fan bo’yicha talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish me’zonlari
- ON bo’yicha to’planadigan ballarning namunaviy mezonlari
- J N bo’yicha to’planadigan ballarning namunaviy mezonlari.
- 7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI «TASDIQLANDI» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ______________ R.Isroilov 2019 y “___” _____________ ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Ta`lim sohasi: 310 000 – Muhandislik ishi Ta`lim yo’nalishi: 531 0200 - Elektr energetikasi (Energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) Umumiy o’quv soati - 124 soat Shu jumladan: Ma’ruza - 36 soat (6 – semestr – 36 soat.) Amaliy mashg’ulot – 18 soat (6 – semestr – 18 soat.) Laboratoriya –18 soat (6 – semestr – 18 soat.) Mustaqil ta’lim - 52soat (6 – semestr – 52 soat) Namangan – 2019. Fanning ishchi o‘quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 14 - iyundagi 531 - sonli buyrug’i bilan ( buyrug’ning 10 -ilovasi ) tasdiqlangan “Elektr ta’minoti asoslari” fani dasturi asosida tayyorlangan. Fan ishchi o’quv dasturi Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti kengashining 201_ yil “___” _________ dagi “___” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: Xolboyev D. NamMTI. “Energetika” kafedrasi, katta o’qituvchisi. Otamirzayev D. NamMTI. “Energetika” kafedrasi, assistenti Maxmudov B. NamMTI. “Energetika” kafedrasi, assistenti Taqrizchi: Dadamirzaev G’. NamMQI “Energetika” kafedrasi dotsenti, NamMTI “Avtomatika va energetika” fakulteti dekani: 2019 yil “___” ____________ ____________________ A.Mamaxonov (imzo)
“Energetika” kafedrasi mudiri: 2019 yil “___” ____________ ____________________ N.Sharibayev (imzo)
Fanni o‘qitishdan maqsad – iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiya bilan ta’minlash, elektr energiyadan oqilona foydalanish, iste’molchilar elektr ta’minoti tizimida avtomatlashtirilgan tizimlarni tadbiq etish, elektr ta’minotini loyihalashning barcha pog‘onalarini o‘rgatish hamda olingan bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Nazariy qismdagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar mazmun jihatdan modul talabiga muvofiq tuzilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
energetika tizimida elektr ta’minoti tizimining tutgan o‘rni to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; iste’molchilarda elektr ta’minotini loyihalashtirishning barcha pog‘onalarini chuqur bilishi, elektr ta’minoti tizimida avtomatlashtirilgan tizimlarni tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiya bilan ta’minlash sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 2. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-jadval
Jami 36 soat Ma’ruza mashg’ulotlari multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akademik guruxlar oqimi uchun o’tiladi. 3. Amaliy mashg’ulotlar
Jami 18 soat Amaliy mashg’ulotlar multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullarda o’tiladi, “Klasster” texnologiyasi ishlatiladi, mazmuni o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko’rgazmali materiallar va axborot multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. 4. Laboratoriya mashg’ulotlari
Jami 18 soat Laboratoriya mashg’ulotlari tajriba qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akademik guruh uchun alohida o’qitiladi. 5. Mustaqil ta’lim
Jami 52 Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi. 6. Fan bo’yicha talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish me’zonlari Fan bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda xar bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e`lon qilinadi. Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o’zlashtirish darajalarini Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi: 1) Joriy nazorat–talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli bo’lib 2 marta o’tkaziladi. Xar bir JN uchun 18 baldan jami 36 bal beriladi. Joriy nazorat mazkur fan xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy va tajriba mashg’ulotlarda quyidagicha amalga oshiriladi. Talabaning: mavzu bo’yicha qo’yilgan og’zaki savollarga (interfaol shaklda) bergan javobi va faolligini baholash; olayotgan bilimi, o’rganayotgan o’quv materiallari va vazifalarni bajarib borayotganligini qayd qilish maqsadida yuritayotgan konspektini tekshirish; mavzular bo’yicha mantiqiy bog’langan uy vazifasi va topshiriqlarning bajarilganligini tekshirish; tajriba mashg’ulotlarni bajarish va xisobot topshirish; 2) Oraliq nazorat – fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan, ya`ni fan o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan so’ng talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli bo’lib ON uchun maksimal 34 bal ajratiladi. Bu baholash turi ham 2 marta o’tkaziladi. Fan bo’yicha oraliq nazorat o’quv jarayoni jadvaliga binoan o’tkaziladi. Oraliq nazorat yozma, og’zaki yoki test shaklda bo’lib, o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmida kelib chiqib belgilanadi. Oraliq nazorat savollari yangi o’quv yili boshida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq nazorat savollari oldindan talabalarga tarqatiladi. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. 3) Yakuniy nazorat – semestr yakunida fan bo’yicha nazariy va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirganlik darajasini baholash usuli bo’lib, unga 30 bal ajratilgan. YaN asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan Yozma ish shaklida o’tkaziladi. Mazkur fan bo’yicha yakuniy nazorat semestrning oxirgi ikki haftasi mobaynida O’quv bo’limi tomonidan tuzilgan jadval asosida belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalari nazorat qilishning reyting tizimi asosida ballarda ifodalanadi. Talaba mazkur fan bo’yicha yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball – 100 ball bo’lib, u quyidagicha taqsimot qilinadi: – joriy nazorat – 36 ball; – oraliq nazorat – 34 ball; – yakuniy nazorat – 30 ball. Joriy va Oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55% saralash bali xisoblanadi. Ushbu foizdan (55 foiz) kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga qo’yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqib baholanadi. Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda), UB – fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda). Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga ham yo’l qo’yiladi. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng. ON va JN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi. ON bo’yicha to’planadigan ballarning namunaviy mezonlari
JN bo’yicha to’planadigan ballarning namunaviy mezonlari.
Yakuniy nazorat O’quv bo’limi tavsiyasiga ko’ra Yozma ish, og’zaki yoki test sinovi shaklida bo’lib 30 balldan kelib chiqib, tasdiqlangan variantlar asosida amalga oshiriladi. Yozma ishlarni professor-o’qituvchilar ikki kun davomida tekshirib, baholarni e`lon qilishi va tegishli hujjatlarda qayd etishlari lozim. 7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar Steven W.Blume. Electric Power System Basics. USA.: Wiley – Intersciense A John Wiley&Sous, INC Publication, 2007, 260 p. Липкин Б.Ю., "Электроснабежие прромышленных предприятий и установок ", учебник. -M.: "Высщая", 1980 г. Кудрин Б.И., Электроснабежие прромышленных предприятий. Учебник. -M.: Intermet Injiniring, 2005. Qodirov T.M., Alimov H.A., «Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti», O‘quv qo‘llanma, ToshDTU. -T.: 2006. Qodirov T.M., Alimov X.A., Rafiqova G.R., Sanoat korxonalari va fuqaro binolarining elektr ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. ToshDTU, -T.: 2007. Taslimov A.D., Rasulov A.N., Usmonov E.G., Elektr ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. Ilm-ziyo. -T.: 2012. Qo‘shimcha adabiyotlar Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – 56 b. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 dekabr. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – 48 b. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. O‘zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni. Konyuxova E.A., Elektrosnabjenie ob’ektov: Uchebnoe posobie. -M.: Izdatelstvo «Masterstvo»; Vыsshaya shkola, 2001. Opoleva G.N., Sxemы i podstansii elektrosnabjeniya: Spravochnik: Uchebnoe posobie. - M.: FORUM: INFRA-M, 2006. Gulyamov B.X., Saliev A.G., Tashpulatov B.T., Teshabaev B.M., Pravila ustroystva elektroustanovok. Uzgosenergonadzor. -T.: 2007. Internetsaytlari 11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali; 12.www.lex.uz– O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi; 13. www.ziyonet.uz – ta’lim portal; 14. www.uzbekenergo.uz – energetic ob’ektlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar. Download 49.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling