O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Download 117.5 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi117.5 Kb.
#99567
Bog'liq
MTAT mustaqil ish



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI

MENEJMENT TIZIMLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANIDAN

MUSTAQIL ISH
Bajardi: 23B-17 MSM guruh talabasi: Ismoilov E.

Qabul qildi: Tojiyev I.I




Navoiy 2020
Mavzu: Ekspert tizimlarida axborot texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari



  1. Ekspert tizimlari va sun’iy intellekt.

  2. Bilimlar bazasi, xususiyati va ulardan foydalanish texnologiyasi.




  1. Ekspert, foydalanuvchining interfeysi, interpretator.

  2. Ekspert tizimini yaratish moduli va ekspert tizimi qobig‘i.

Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda echiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.

Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydi bilimlar bazasidan foydalaniladi.

Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.

Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.



Sun’iy intellekt aqliy hatti–harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq qobiliyat anglanadi.

Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tah-lil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruxlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, basho-ratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo.

Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyida-gicha:


  • yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;

  • dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;

  • yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;

  • foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;

  • takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;

  • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.

Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar echimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.

Yuqori malakali

O’rganish va mashq qilish



Ma’lumotlar bazasi

Bashoratlash imkoniyati

Institutsiyaviy bilimlar


1 - rasm. Bilim bazasining asosiy xususiyatlari


Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi xaqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajrabasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.

Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin:



  • chuqur va yuzaki;

  • sifat va miqdoriy;

  • taxminiy(noaniq) va aniq;

  • muayyan va umumiy;

  • tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) beruvchi.

Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin.

Ma’lumotlar bazalarining faoliyati va strukturasi. 2 - rasmda ma’lumotlar bazasi strukturasi va uning faoliyati tasvirlangan.


Foydalanuvchi



Tushuntirish

bloki


Mantiqiy xulosa bloki

Bilimlarni o’zlashtirish

bloki


Bilimlar

bazasi

Ekspert

2 - rasm. Ma’lumotlar bazalaridan foydalanish texnologiyasi.

Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali echim topa oluvchi muta-xassis.

Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.

Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi.

Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.

Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan belgilanadi.

Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi - bu inson tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi.

Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi.


Qoidalar odatda tavsiya, ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal(rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani echish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va echish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi(ob’ektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyasiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. SHuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi.

Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda echim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir.

Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretetor, tizimni yaratish moduli (3 -rasm).

Foydalanuvchi

Muammoli soha

Foydalanuvchining

interfeysi


interpretator



Bilimlar

bazasi

Tizimni yaratish

moduli

Bilim bo’yicha ekspert va mutaxassis


  • instruksiya va axborot

  • qaror va ta’minot

  • bilim

3 - rasm. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari

asosiy komponentlari.

Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi. Axborot odatda ma’lum bir tanaffuslar bilan beriladigan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi.

Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys.

Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.

Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:



  • so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan o‘z hatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;

  • muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi echimni olgandan so‘ng, u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani echishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.

To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.

Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoida-lar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgi-laydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:

Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xatti-harakat.

Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.

Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshash-lik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.



Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi.

Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.

Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.

Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.

Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: das-turlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.

Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.

Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.

Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:


  • erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;

  • nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;

  • tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.

Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi echimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.



Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.

Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.

Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi.

O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi. Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:

  • xotiraga kiritiladigan axborotning etarli darajada to‘liq bo‘li-shini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

  • ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxasislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;

  • echiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.

Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:

  • tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;

  • ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;

  • ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada echimlar o‘xshash-ligining bo‘lishi;

  • muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;

  • masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;

  • predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.

Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda etarli sharti sanaladi.

Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konseptulizatsiya, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.

Konseptualizatsiya bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni echishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani echish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konseptualizatsiya muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.

Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan vaqt - mashina resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.

Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu erda ko‘rib chiqi-layotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.

Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.

Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma // Mualliflar: R.X.Alimov, B.YU.Xodiev, Q.A.Alimov va boshq.; S.S.G‘ulomovning umumiy tahriri ostida. – T.: «SHarq», 2004. – 320 b.

2. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iktisodiy informatika: Darslik / akademik S.S.Gulomovning umumiy taxriri ostida. – T.: O‘zbekiston, 1999, 528 b.

3. Alyoxina G. V. Informatsionnыe texnologii v ekonomike i upravlenii Uchebnoe posobie. M.-2002.

4. G‘ulomov S.S., Alimov R.X., Lutfullaev X.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent.: ”SHarq”, 2000 y. - 592 b.

5. Simonovich S. V. i dr. Informatika. - SPb.: Piter, 2003. - 640 s.

6. Xodiev B.YU., Musaliev A.A., Begalov B. A. «Vvedenie v informatsionnыe sistemы i texnologii». Tashkent. TGEU. 2002 g. - 156 s.

7. Petrov B. N. Informatsionnыe sistemы. - SPb.: Piter, 2003. – 688 s.

8. Kogalovskiy M. R. Texnologiya baz dannыx na PEVM. M.: FiS, 1992.



9. Sistemы upravleniya bazami dannыx i znaniy/Pod red. A.N.Nau-mova. – M.: Finansы i statistika, 1991.
Qo‘shimcha adabiyotlar:


    1. Drogobыskiy I.N. Proektirovanie avtomatizirovannыx informatsionnыx sistem: organizatsiya i upravlenie. – M.: Finansы i statistika, 1992.- 208 s.

    2. Informatika: dannыe, texnologiya, marketing / Pod red. A.N. Roma-nova. – M.: Finansы i statistika, 1991.

    3. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnыx sistem. - M.: FiS, 1993.

    4. Makarova N. V., Nikalaichuk G. S., Titova YU. F. Kompyuternoe deloproizvodstvo: uchebnыy kurs. - SPb.: Piter, 2002. - 416 s.

    5. Xodiev B. YU., Begalov B. A., Xoshimxodjae v SH. X., Mavlyutov N.I. «Ekonomicheskaya informatsiya: klassifikatsiya, kommercheskaya tayna i informatsionnaya bezopasnost». Pod redaksiey akademika AN RUz Gulyamova S.S. Tashkent, izdatelstvo «Fan» AN RUz. 2002 g.

    6. http://www.rosinf.ru – «Rosinformresurs» birlashmasining serveri. Loyihalashtirilayotgan va ishlab chiqilayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlari haqida axborotlar.

    7. http://www.icsti.ru – ilmiy va texnik axborotlar halqaro markazining serveri. Turli bilimlar sohasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatini va chet el miliiy hamda halqaro EHM tarmoqlariga kirishni ta’minlaydi.

    8. http://sunny.ccas.ru/library.html – Jahon kutubxonalari serveri. 45ta mamlakatning 1000 ortiq kutubxonalariga kirishni ta’minlaydi.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling