O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti navoiy 2020


Download 0.79 Mb.
bet1/15
Sana24.08.2022
Hajmi0.79 Mb.
#796786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-kurs MAKTABI 2020-2021
6-sinf Tarix I bob




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



NAVOIY - 2020

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI


RESPUBLIKADA YANGI OLIY O’QUV YURTLARINI TASHKIL QILISH TO’G’RISIDA

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining bo’limi negizida Navoiy davlat pedagogika instituti ochilsin




Islom Karimov


Toshkent shahri
1992 yil 28 fevral





Sobirov Bahodir Boypo’latovich

Texnika fanlari doktori, professor


Navoiy davlat pedagogika instituti rektori





Bunyodkorlik va yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va intilish jamoamizning doimiy shiori.


Birinchi kursga qabul qilingan aziz talaba yoshlar, barchalaringizni eng aziz, eng ulug’ bayram mustaqilligimizning 29 yilligi bilan muborakbod etaman. Siz azizlar, Mustaqilligimiz qo’lga kiritilgan davrda tug’ilgan yoshlarsiz, shuning uchun ham sizlar uchun bu bayram qo’shaloq bayramdir. Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami hammamizga qutlug’ bo’lsin!


Talabalikning oltin davri ilk kunlarini boshlayotgan yoshi Mustaqilligimiz yoshi barobar bo’lgan aziz va qalbi quvnoq, iqtidori yuksak yosh talabalar! Sizlarga o’ziga xos ana’nasi, tarixi, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi o’rni bo’yicha viloyatda yetakchi hisoblangan Navoiy davlat pedagogika institutini tanishtirishdan xursandman.
Buyuk istiqbol sharofati ila jonajon O’zbekistonimiz jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab, huquqiy demokratik jamiyat qurish yo’lida shaxdam odimlab bormoqda. Iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa sohalarda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar, islohatlarning yanada chuqurlashayotgani buyuk istiqbolimizning dastlabki nishonalaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatimizning ijtimoiy, xususan, ta’lim sohasidagi oqilona siyosati barkamol avlodni, komil insonni voyaga yetkazishga qaratilgan bo’lib, 2020 - yilda yangi qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunlar uning huquqiy asoslarini yaratdi.
Navoiy mintaqasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi Navoiy davlat pedagogika instituti mamlakatimizdagi eng yosh oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, 1983 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining filiali sifatida tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 28- fevraldagi Farmoni bilan unga Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berildi. Hozirgi kunda institut respublikamizning yetakchi pedagogik oliy o’quv yurtlaridan biriga, viloyatning ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylandi.
Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida tayyorlangan mutaxassislar uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida: oliy, o’rta maxsus va kasb-hunar, umumiy o’rta, maktabgacha ta’lim muassasalarida, davlat boshqaruv tizimida, Navoiy viloyati, shahar va tumanlari hokimiyat organlarida, jamoat tashkilotlarida va boshqa sohalarda- fidokorona faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarda o’qitish o’zbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi va bu milliy tarkibi jihatdan o’ziga xos bo’lgan Navoiy viloyati aholisining bilim olish bilan bog’liq konstitutsiyaviy huquqini ta’minlaydi.
Institutda bugungi kunda 454 nafar professor-o’qituvchilar yuqori malakali pedagoglar tayyorlash, ta’lim-tarbiya hambastaligini ta’minlashda munosib hissalarini qo’shmoqda. Professor-o’qituvchilarning 20 nafari fan doktori va professorlar, 104 nafari fan nomzodi va dotsentlardir.
Ayni paytda institutda fakultetlar soni 8 ta, kafedralar soni 26 ta bo’lib, mazkur fakultet va kafedralarda yetakchi professor-o’qituvchilar talabalarga ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.
Oldinda sizni qiziqarli loyiha va dasturlar kutmoqda. Biz Navoiy davlat pedagogika institutini mamlakatimizning eng zo’r ta’lim markazlaridan biriga aylantirishga bor kuch-g’ayratimiz bilan harakat qilamiz. Umid qilamizki, siz bizning institutimiz Navoiy davlat pedagogika instituti jamosining a’zosiga aylanasiz!



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling