O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik – pеdagogika instituti


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2020
Hajmi1.35 Mb.
#119064
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasb talimi metodikasi (2)


O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim 

vazirligi 

 

Namangan muhandislik – pеdagogika instituti  

 

 

“Каsb ta’limi” fakultеti 

 

 

 

 

“KT (Informatika va axborot  tеxnologiyalar” kafеdrasi 

 

 

M.Olimov  

 

 



“Kasb ta'limi metodikasi”  

fanidan 

 

 

MA’RUZA MATNI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan – 2017 y 

 

 

K



as

b t

a`

li

m

i (

Inf

or

m

at

ik

a va 

axbo

rot

la

r t

еxn

ol

og

iya

la

ri



 

 

Mundarija 



 

 

 



1- Mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, tarkibiy qismlari, 

uzluksiz ta`limning moxiyati.  Rivojlangan davlatlarning kasb ta`limi tizimi  3

 

2-  Mavzu:  O`zbekiston  Respublikasi  kasbiy  ta`limni  rivojlanish  tarixi.  Kasbiy  ta`lim. 



Uzluksiz ta`limning asosiy bosqichlari. Ta`lim soxasi. .............................................. 5

 

3- Mavzu: Kasb  – hunar kollejlari faoliyatini  belgilovchi me`yoriy  xujjatlar. Davlat ta`lim 



standarti,  o`quv  reja,  ishchi  reja,  fan  dasturi,  taqvimiy  reja,  dars  konspekti,  darsning 

texnologik xaritasi. .......................................................................................... 7

 

4- Mavzu: Kasb ta`limi didaktik tamoyillari. Ta`limda o`qitish metodlarini tanlash uslublari. 



Didaktik  tamoyillar  va  ularning  tasnifi.  Ta`lim  jarayonida  qo`llaniladigan  didaktik 

tamoyillar tahlili. ............................................................................................. 7

 

5-  Mavzu:  Kasbiy  pedagogik  faoliyat  va  o`qituvchi  shaxsi.  Kasbiy  pedagogik  faoliyat  va 



o`qituvchi  shaxsi.  O`qituvchi  kasbiy  pedagogik  faoliyatining  xususiyatlari.  Maxsus  fan 

o`qituvchisining  kommunikativ  qobiliyatlari.  O`qituvchi  pedagogik  faoliyatning  sub`ekti 

sifatida. ......................................................................................................... 9

 

6-Mavzu: O`qitishning tashkiliy shakllari. O`qitish metodlarini tanlash. ...................... 12



 

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ruyhati ............... 47 

Qo’shimcha adabiyotlar ............................................................................. 48 

Internet ma’lumotlari olinishi mumkin bo’lgan saytlar: .............................. 48 

 

 

 



1- Mavzu: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Uning maqadi, 

tarkibiy qismlari, uzluksiz ta`limning moxiyati.  Rivojlangan 

davlatlarning kasb ta`limi tizimi  

 

 



 

Tayanch so`z va atamalar 

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,  uning maqsadi,  tarkibiy qismlari,  

fanning maqsadi va vazifalari. 

Ma`lumki,  «Ta`lim  to`g`risidagi  Qonun»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi»  (1997  yil  29-avgustda  qabul  qilingan)  qabul  qilingach,  ta`lim  tizimi  

tubdan isloh qilina  boshlandi.  Bu  muhim  hujjatlarga  ko`ra  respublikamizda  kasb-

hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu 

birinchidan  mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga  bog`liq  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan 

o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-

hunar  kolleji  muhandis-pedagog  hodimlari  oldiga  tayyorlanayotgan  ishchi 

kadrlarga  ilmiy  dunyoqarashni,  mehnatga  ijodiy  munosabatini  tarkib  toptirish 

ularda  yuksak  mehnat  intizomini  va  madaniyatini,  jamoa  oldida  burch  his-

tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi. 

 

Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 

o`tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to`la  xalos  etish, 

rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  manaviy  va  ahloqiy 

talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  Milliy  tizimini 

yaratishdir. 

 

Jamiyatda  sodir  bo`layotgan  bugungi  yangiliklar  hamda  iqtisodiy 

o`zgarishlar  ta`lim  tizimiga  xususan  o`rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limiga 

boshqacha  yondashishni  talab  qiladi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining 

asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati 

va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini 

aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.  

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Uzluksiz 



talim 

 

SHaxs 



Davlat    va 

jamiyat 

Ishlab  

chiqarish 

 

Fan 



 

 

Kasb  ta`limi  metodikasi  fan  sifatida  XX  asrning  ikkinchi  yarmida, 

O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab 

esa  o`rta  umumta`lim  maktablariga  «Informatika  va  hisoblash  texnikasi 

asoslari» predmetining kiritilishi bo`ldi.

   

Informatika  va  axborotlar  texnologiyalari  bilan  bog`liq  bo`lgan  fanlarni 

o`qitish  metodikasi  bo`yicha  ilmiy  izlanishlar  professorlar  M.  Z.  Ziyoho`jaev, 

A.  A.  Abduqodirov,  dotsent  T.  R.  Azlarov  va  boshqalar  tomonidan  olib 

borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan. 

 

O`zbekiston  Respublikasi  ta`lim  tizimiga  yangi  bo`g`in,  o`rta-maxsus  va 

kasb-hunar  ta`limining  kiritilishi  bilan  informatika  yo`nalishidagi  fan  

o`qituvchilari  uchun  informatika  o`qitish  metodikasini  yaratish  kabi  dolzarb 

muammoni hal qilish lozim bo`ladi. 

Bunda asosiy muammolar: 

-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari 

qanday; 

-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak; 

-fanlardan  o`quv  materiali  qaysi  ketma-ketlikda  joylashishi  va  o`quvchilarga 

yetkazilishi kerak;  

-fanlardan  o`quv  materialini  to`liq  va  chuqur  o`rganish  uchun  qanday  usul, 

shakl va vositalardan foydalanish lozim. 

Ma`lumki,  har  qanday  fanni  o`qitishda  dastavval  quyidagi  an`anaviy 

savollar uchligi qo`yiladi:  

fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)? 

-  nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)? 

-  qanday  o`rgatish  kerak  (ya`ni,  ta`limning  samarali  usul  va  vositalarini 

aniqlash)? 

Kasb  ta`limi  metodikasi  fani  o`rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi 

o`qituvchilarini  kelgusi  kasbiy faoliyatida  har tomonlama tayyorlashni amalga 

oshirish  uchun  chuqur  ta`lim  berishga  qaratilgan.    U  predmet  sifatida 

informatika  yo`nalishidagi,  o`rta  bo`g`indagi  mutaxassislarni  tayyorlashda 

ishtirok  etuvchi  bo`lajak  o`qituvchilarni  kasbga  yo`naltirish  bo`yicha  nazariy 

bilimlar  berishga  asoslangan.  Zamonaviy  ta`limda  bu  eng  avvalo  talabaning 

ijtimoiy  hayot  faoliyatida  ongli,  aqlli  va  madaniyatli  munosabatda  bo`lishga 

o`rgatishdir.  «Ma`lakaviy  ta`lim  metodikasi»  fani  bir  necha  mutaxassislik 

fanlari    bilan  bog`liq  bo`lgani  uchun  u  bu  fanlarning  metodologiyalariga 

asoslanadi  va  ta`lim-tarbiyaning  umumiy  tamoyillariga  tayanadi.  Ma`lumki, 

ushbu  tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan 

tashqari  malakaviy  ta`lim  metodikasi  fiziologiya  va  psixologiya  tomonidan 

o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi. 

Ma`lumki,  metodika  bu-  metod  va  usullar  yig`indisi  bo`lib,  qandaydir 

harakatni  amalga  oshirishdir.  SHunday  jumlalar  mavjud:  o`qitish  metodikasi, 

o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib,  o`qitish 

bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi 


muhandis-pedagog  oldiga  quyidagi  vazifalarni  qo`yadi.  «Qanday  va  nimani 

o`qitish kerak?», «Nima  uchun aynan shunday o`qitish kerak?».   



 

Ta`lim  va  tarbiyaning  umumiy  maqsadlaridan,  uning  zamonaviy  fanlar 

tizimida  tutgan  o`rni  va  vazifalaridan,  jamiyat  hayotidagi  ahamiyatidan  kelib 

chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin: 

o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish; 

o`quvchilarda  axborotga  ishlov  berish,  uzatish  va  undan  foydalanish  jarayonlari 

haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash; 

o`quvchilarga  dunyoning  zamonaviy  ilmiy  ko`rinishini  shakllantirishda  axborot 

jarayonlarining  ahamiyatini,  jamiyatning  rivojida  axborot  va  kommunikatsion 

texnologiyalarning rolini ochib berish;   

hayotida  komp`yuterlardan  ongli  va  ratsional  foydalanish  ko`nikmalarini 

shakllantirish; 

 

YUqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal 



etilmasligi  lozim.  Ular  bir  butunlikda,  bir-biri  bilan  chambarchas  bog`liq  holda 

amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini 

mustahkam  egallash  natijasida  ularni  tafakkurini  tarbiyalash,  ilmiy  va  kasbiy 

dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin.    

O`quvchilarni  to`g`ri  va  chuqur  xulosalar  chiqarishga,  mantiqiy  mushohadalar 

qilishga  o`rgatish,  ularda  har  bir  masalani  yechishga  tanqidiy  va  ijodiy 

yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga 

imkon beradi. 



 

2- Mavzu: O`zbekiston Respublikasi kasbiy ta`limni rivojlanish tarixi. 

Kasbiy ta`lim. Uzluksiz ta`limning asosiy bosqichlari. Ta`lim soxasi. 

 

Tayanch so`z va atamalar 

 

Uzluksiz  ta`lim.  Uzluksiz  ta`limning  bosqichlari.  Akademik  litsey. 

Kasb-hunar kolleji (KHK). KHK tayyorlov sohasi  yo`nalishlari. 

 

Uzluksiz  ta`lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O`zbekiston 

Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta`minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va 

davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 

qondiruvchi ustuvor soha hisoblanadi. U ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs 

shakllanishi va  yuqori  malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun 

zarur shart-sharoitlar yaratadi. 

Uzluksiz ta`lim davlat ta`lim standartlariga  muvofiq turli darajalardagi ta`lim 

dasturlarining  izchilligi  asosida  ta`minlanadi  va  quyidagi  ta`lim  turlarini  o`z  ichiga 

oladi: 


  

 

 



 

Uzluksiz ta`lim 

M

a

k

ta

b

g

a

ch

a

 t

a

`l

im

 

 

Bo



sh

la

n

g`

ic

h

  

ta

`l

im

 

 

U



m

u

m

iy

 o`

rt

a

 ta

`l

im

 

 

O`



rta

 

m

a

x

su

s,

 

k

a

sb

-

x

u

n

a



ta

`l

im

 

O



li

y

 t

a

`l

im

 

O

li

y

 

ta

`l

im

d

a

n

 

k

ey

in

g



ta

`l

im

 

 

 

K



ad

rl

ar 



m

al

ak



as

in



o

sh

iri



sh

 v



q

ay

ta



 

ta

y



y

o

rl



as

h

 



M

a

k

ta

b

d

a

n

 

ta

sh

q

a

ri

 

ta

`l

im

 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



O`rta maxsus, ta`lim kasb-hunar ta`limi 

 

Umumiy o`rta ta`lim negizida o`qish muddati 3 yil bulgan majburiy turi. 

Uning  yo`nalishi-akedemik  litsey  yoki  kasb-hunar  kolleji  o`quvchilari 

tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. 

 

Akademik  litsey  o`quvchilarining  intellektual  qobilyatini  jadal  o`stirishni, 



ularning  chuqur,  tabaqkalashtirilgan  va  kasb-hunarga  yo`naltirilgan  bilim 

olishlarini ta`minlaydigan o`rta maxsus o`quv yurtidir. 



Kasb-hunar  kolleji  o`quvchilarining  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat  va 

malakasini  chuqur  rivojlantirishni,  tanlangan  kasblar  bo`yicha  bir  yoki  bir 

necha ixtisos olishni ta`minlaydigan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtidir. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Kasb-ҳunar kolleji  

Tegishli  davlat  ta`lim  standarti  doirasida  o`rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta`limini  beradi;  o`quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va 

ko`nikmalarini  chuqur  rivojlantirish,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo`yicha 

bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. 

Kasb-hunar kollejlaridagi 

ta`lim (tayyorlov) 

sohalari


 (

yo`nalishlari



 

Ta`lim  

sohasi 

Oziq-ovqat

 

texnologiyasi 

Gumanitar    

fanlar va  

san`at  

Sog`liqni  saqlash  va 

ijtimoiy

 

ta`minot 

 

Ijtimoiy 

fanlar, 

biznes va huquq  

Qishloq  

Ho`jaligi 

Axborot 

texnologiyalar

i va aloqa 

Muҳandislik,  ishlov 

berish  va  qurilish 

tarmoqlari

  

Kasb-hunar kollejlari va ularning tayyorlov sohalari 

 


3- Mavzu: Kasb 

– hunar kollejlari faoliyatini belgilovchi me`yoriy 

xujjatlar. Davlat ta`lim standarti, o`quv reja, ishchi reja, fan dasturi, 

taqvimiy reja, dars konspekti, darsning texnologik xaritasi. 

 

 



 

Tayanch so`z va atamalar 

 

Davlat ta`lim standarti, o`quv reja, ishchi reja, fan dasturi, 

taqvimiy  reja,  dars  rejasi,  konspekt,  darsning  texnologik 

xaritasi. 

4- Mavzu: Kasb ta`limi didaktik tamoyillari. Ta`limda o`qitish metodlarini 

tanlash uslublari. Didaktik tamoyillar va ularning tasnifi. Ta`lim 

jarayonida qo`llaniladigan didaktik tamoyillar tahlili. 

 

 



 

Tayanch so`z va atamalar 

 

Didaktik  tamoyillar.  Ilmiylik  tamoyili.  Onglilik  va  faollik  tamoyili. 

Izchillik  va  tizimlilik  tamoyili.  Tushunarlilik  va  puxtalik  tamoyili. 

Ta`limni 

tarbiyalovchi 

xarakteri. 

Ko`rgazmalilik 

tamoyili. 

Amaliyotni  nazariya  bilan  bog`liqligi  tamoyili.  Individuallik 

tamoyili.  

 

 

O`qituvchilarning  o`qitish  qonuniyatlarini  bilishigagina  emas,  balki  ularni 

amalga  oshirish  uchun  qulay  sharoitlar  yaratish  ham  muhimdir.  Bunga  esa 

o`quv  jarayonini  tashkil  etishda  o`qitishning  asosiy  qoidalariga  tayanish 

kerakligini  chuqur  anglagan  taqdirdagina  erishish  mumkin.  Bu  qoidalar 

didaktikada o`qitish nazariyasi yoki ta`lim tamoyillari deb ataladi. 

Ta`lim  tamoyillari:  ta`limni  ilmiy  asosda  tashkil  etish;  ta`limning 

tarbiyalovchi 

harakteri, 

muntazamligi 

va 

izchilligi; 



ko`rgazmaliligi, 

mazmunining  o`quvchilarga  mos  bo`lishi;  o`qitishning  faolligi  va  ongliligi; 

bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  puxta  o`zlashtirish  va  har  bir  o`quvchiga 

yakka  tartibda  yondashishdan  iboratdir.  Ulardan  ayrimlarining  mohiyatini 

tavsiflaymiz. 

Ta`limni  ilmiy  asosda  tashkil  etish    tamoyili:  har  bir  beriladigan  yangi 

tushunchaning  ilmiy  harakterda  bo`lishligiga  e`tibor  berishni  bildiradi. 

O`quvchilarning  ta`lim  olish  ishlarini  faollashtiruvchi,  aqliy  qobiliyatlarini 

o`stiruvchi, ularni mustaqil bilim olishga o`rgatuvchi usullarni tanlash va ilmiy 

atamalardan foydalanishga odatlantirish lozim bo`ladi.  

Ilmiylik,  o`rganilayotgan  masalalarga  yuzaki  qarash  yoki  unga  oid 

ma`lumotlar  soni  bilan  emas,  balki  masalaning  tub  mohiyatiga  chuqur  kirib 

borish  bilan  belgilanadi.  O`quvchilarga  yetkazilayotgan  barcha  bilimlar, 

ma`lumotlar  to`g`ri  bo`lib,  zamonaviy  fan  nazariyasiga  muvofiq  kelishi  lozim. 


«Informatika  va AT»  yunalishidagi fanlar- tez rivojlanib borayotgan  fanlardir. 

Keyingi  o`n  yil  ichida  informatika  yo`nalishida  juda  ko`p  yangi  tushunchalar 

kiritildi, yangi nazariyalar paydo bo`ldi, yangi EHMlar  va ularning qurilmalari 

yaratildi.  SHuning  uchun  o`quv  kurslarining  mazmuni  va  tuzilishi  doimo 

yangilanib turilishi lozim.  

Ta`limning  tarbiyalovchi  xarakteri:  o`quvchilarga  kasbiy  bilim  berish, 

ularning  aqliy  o`sishi  hamda  dunyoqarashining  shakllanishi  uchun  sharoit 

yaratadi.  Ta`limni  amalga  oshirishda  o`qituvchi  o`quvchilarda  o`z  kasblariga 

muhabbat,  ongli  intizom,  o`z  mehnatini  rejalashtira  bilish,  jamoa  bilan  ishlay 

bilish  ko`nikmalarini  tarbiyalashi  lozim.  Har  bir  darsda  o`quvchilar  bilim  va 

malakalarni  egallashlari  bilan  birga  ularning  dunyoqarashi  ham  shakllanib 

borishi zarur. Darslar shu maqsadga yo`naltirilishi kerak. 

Ko`rgazmalilik  tamoyili:  o`rganilayotgan  hodisa  va  narsalarni  jonli  idrok 

etish  asosida  o`zlashtirishni  nazarda  tutadi.  Ta`limning  ko`rgazmalilik  tamoyili 

o`quv materialini aniq, obrazlar orqali bevosita idrok  qilishni ta`minlaydi. 


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling