O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 58.88 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi58.88 Kb.
#105221
Bog'liq
9-seminar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Umumiy Pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi M.X.Nishanovaning
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzusida ochiq seminar mashg’uloti

2019 yil 28-mart, 1-juftlik “Chet tillar” fakulteti

“Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishi (2-18 auditoriya)

203-guruh


Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzusidagi seminar mashg‘ulotining texnologik modeli




Seminarga ajratilgan

vaqt -2 soat

Talabalar soni: 26 nafar

О‘quv mashg‘ulotining shakli

Mavzu bо‘yicha bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan seminar

Mashg‘ulot

rejasi


1. Alisher Navoiyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati.

2. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining shaxs tarbiyasidagi o’rni.

3. Alisher Navoiy maktab, madrasalar va mudarrislar haqida.


О‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarning Alisher Navoiyning pedagogik qarashlariga doir bilimlarini mustahkamlash hamda ulardan kelgusi pedagogik faoliyatida foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.

Pedagogik vazifalar:

1. Alisher Navoiy yashagan davr muhiti, ilm-fan, axloqiy-ta’limiy asarlarining yaratilishi bо‘yicha о‘qib о‘rganish va konspektlashtirish.

2. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining shaxs tarbiyasidagi o’rni haqida bilimlarni hosil qildirish.

3. Alisher Navoiyning maktab va madrasalarda ta’lim olish ahamiyati, mudarrislar haqidagi fikrlarini о‘qib о‘rganish va hozirgi zamon ta’lim tizimi bilan taqqoslash.



О‘quv faoliyati natijalari:

1. Alisher Navoiy yashagan davr muhiti, ilm-fanning qay tarzda rivojlanganligini haqida о‘z tushunchalarini bayon etadilar va ta’limiy-axloqiy asarlari bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalarini namoyon etadilar.

2. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining shaxs tarbiyasidagi o’rni haqida bilimlarga ega bo’lishadi.

3. Alisher Navoiyning maktab va madrasalar islohotini tahlil qilib, uning progressiv tomonlarini misollar bilan ochib kо‘rsatadilar.



Ta’lim berish usullari

“Blits”sо‘rov, “Nima uchun?” texnikasi, “T-sxemasi”, slayd taqdimot

О‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Individual va kichik guruhlarda ishlash

Didaktik vositalar

Uslubiy qo’llanma, proyektor, markerlar, tarqatma materiallar

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona

Nazorat va baholash

Yozma (konspekt qilish) va og’zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; 2 ballik shkala asosida baholash.

Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzusidagi seminar mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi


Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos о‘quv-bilish topshiriqlarini ishlab chiqadi .

Seminar topshiriqlari bilan tanishadilar, о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.


Talabalarning individual va guruhdagi ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi (1-ilova).


О‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daqiqa)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.

Mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida yuzaga kelgan savollar bilan murojaat qilishadi

1.2. Talabalarni mashg‘ulotga chorlab olish maqsadida I.A. Karimovning A. Navoiy haqidagi fikrini keltirib о‘tadi va “Nima uchun?” metodini qо‘llaydi (2-ilova).

О‘qituvchi taqdim etgan fikrlarni tinglaydilar va munozarada ishtirok etishadi.

1.3. Mavzu bо‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda “Blits-sо‘rov” metodini о‘tkazib talabalar bilimini faollashtiradi.(3-ilova)

Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar keltiriladi va “Blits-so’rov” savollariga javob beradilar.

Asosiy bosqich

(55 daqiqa)


2.1. Talabalarni kichik guruhlarga ajratadi, ishlashning shart-sharoitlari bilan tanishtiradi va nazorat qilib boradi.

Kichik guruhlarga bо‘linib, topshiriqlarni bajarishga kirishadilar.

2.3. Talabalarga “A.Navoiy saboqlari” mavzusidagi videolavha namoyish etiladi va lavha mazmunini ta’riflovchi fikrlar umumlashtiriladi.

О‘qituvchi taqdim etgan lavhani tinglaydilar va munozarada ishtirok etishadi.

2.2 Talabalarning Alisher Navoiyning ta’lim –tarbiyaga oid fikrlarini boshqa allomalarning pedagogic fikrlari bilan solishtirib o’rganish maqsadida “T-sxemasi” qо’llaniladi va uning mohiyati bilan tanishtiradi.(4-ilova)

Kichik guruhlarga bо‘lingan holda “T-sxema”si bо‘yicha berilgan topshiriqni bajarishga kirishadilar.

2.4. Mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga “Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari” mavzusida taqdimot o’tkazish vazifasi beriladi va topshiriq nazorat qilib boriladi.

(5-ilova)



Kichik guruhlarga bо‘lingan holda berilgan topshiriqni bajarishga kirishadilar.

Yakuniy bosqich

(15daqiqa)



3.2. Mashg‘ulot yuzasidan umumiy xulosalarni chiqaradi va talabalar tomonidan yо‘l qо‘yilgan xatolarni tuzatadi.

Tinglaydilar va о‘zlarining xatolarini daftarlariga tuzatadilar

3.3. Talabalar tomonidan tо‘plangan ballarni e’lon qiladi.

О‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.

3.4. Navbatdagi seminar mashguloti mavzusini e’lon qiladi, talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. .

Navbatdagi seminar mashg‘uloti mavzusidan xabardor bо‘ladilar va о‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni yozib oladilar



1-ilova

Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari.
Reja:

1. Alisher Navoiyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati.

2. Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asarining shaxs tarbiyasidagi o’rni.

3. Alisher Navoiyning maktab, madrasalar va mudarrislar haqida.


Adabiyotlar:

1. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T.: O’qituvchi, 1996..

2. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashiryoti, 2001.

3. Niyozov G’., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg’ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011..

4. Alisher Navoiy. Asarlar. O’n besh tomlik. – Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968 yil
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar

Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asarining didaktik ahamiyati.

“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 333-341 betlarini o’qib, konspekt yozish.



Adabiyot: O’zbek pedagogikasi antologiyasi – T.: O’qituvchi, 1995 y.

2-ilova

Talabalarni baholash mezonlari:
1) mavzu rejasidagi masalalarni konspektlashtirish – 0.5 ball;

2) topshiriqlarni bajarish va savol-javoblarda ishtirok etish – 1 ball.



3) mustaqil ta’limni bajarish (№ 11) – 0.5 ball
3-ilova
Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.

I. Karimov
Nima uchun?” texnikasi


3-ilova

Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga doir blits-so’rov

savollari
1.A. Navoiy nechta tilda ijod qilgan va taxalluslarini ayting.

2.Navoiydan oldin «Xamsa» yaratgan allomalarni sanang.

3. Hayotining sо‘ngida yaratilgan asar nomini keltiring.

4. “Xamsa” asaridagi birinchi dostonni ayting.

5. Alisher Navoiyning qaysi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlari aks etgan.

6. Alisher Navoiy nechi yoshidan boshlab she’r yozgan.

7. Navoiyshunos olimlardan kimlarni bilasiz.

4-ilova

Ushbu keltirilgan “T-sxema”si asosida talabalar Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini boshqa allomalarning ta’limiy-ahloqiy qarashlari bilan solishtirib o’rganatilar.

1-guruh. Alisher Navoiy va Abu Ali ibn sinoning o’qituvchi (mudarris) to’g’risidagi fikrlari.

2-guruh. Muruvvat va saxovat borasidagi Navoiy va Kaykovusning fikrlari.

3-guruh. Munis Xorazmiy va Alisher Navoiyning didaktik qarashlari


O’qituvchi (mudarris) mahorati masalalari


Abu Ali ibn Sino

Alisher Navoiy


Muruvvat va saxovat borasidagi fikrlar

Kaykovus

Alisher Navoiy


Didaktik qarashlari

Alisher Navoiy

Munis Xorazmiy


5-ilova

Alisher Navoiyning pedagogik qarashlariga doir taqdimot o’tkazish”

Talabalar kichik guruhlarga bo’lingan holda uyga berilgan vazifa yuzasidan tayyorlab kelgan slayd taqdimotlarini amalga oshirishadi.

Slayd taqdimotiniga qo’yiladigan talablar:


  1. Slayd soni 10 tadan oshmasligi kerak;

  2. Masalani asosiy mohiyati ochib berilishi lozim;

  3. Har bir guruh taqdimoti uchun 7-8 minut;


1-guruh. Alisher Navoiyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati.

2-guruh. Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asarining shaxs tarbiyasidagi o’rni.

3-guruh. Alisher Navoiyning maktab, madrasalar va mudarrislar haqidagi fikrlari

Uyga vazifa
7- mavzu: Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari

Reja:

1. Jadid maktablari va o‘qitish tizimi.

2.Jadid ma’rifatparvarlari tomonidan yaratilgan darsliklar va ularning mazmuni.

3. M.Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov va A.Shakuriylarning

pedagogik g‘oyalari.
Mustaqil ta’lim topshirig’i
1-topshiriq: Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriyning pedagogik qarashlari

“Yaxshi kishilаr оdоbi” asarini o’qib, annotatsiya yozish.

Аdаbiyot: Muhаmmаd Sоdiq Qоshg’аriy. Yaxshi kishilаr оdоbi. – T.: Yangi аsr аvlоdi, 2002.

2-topshiriq: Anbar Otinning pedagogik fikrlari.

“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”ning 416-429 betlarini o’qib, konspektlashtirish va ruboiy,g’azallaridan yod olish.



Adabiyot: O’zbek pedagogikasi antologiyasi – T.: O’qituvchi, 1995.
Download 58.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling