O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo’limi


Download 1.1 Mb.
bet1/8
Sana16.05.2020
Hajmi1.1 Mb.
#106948
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MAGISTRATURA BO’LIMI
Qo‘lyozma huquqida

UDK (372:681.14)

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi” kafedrasi

RO‘ZIQULOVA NIGORA SHUXRATOVNANING
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish”
Mutazasisligi: 5A111701-Boshlang‘ich ta'lim
Magistrakademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYASI

Himoyaga tavsiya etilsin” “Boshlang‘ich ta'lim pedagogikasi



Magistratura bo‘limi boshlig‘i va tarbiyaviy ishlar metodikasi.”

________t.f.n. dotsent Esonov M kafedrasi mudiri

“______” iyun 2013 yil ______p.f.n. dotsent Sanaqulov H.R

Ilmiy rahbar:

______p.f.d. prof Mavlonova R.A.


TOSHKENT 2013

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………..……….4

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QUV-BILUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI…………………………………………………………………..…….9

    1. Motivatsiya tushunchasi va uning mazmuni, mohiyati….……...9

    2. O‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish va uning shaxs sifatida shakllanishida muhim omil sifatida…………….……………....25

I bob yuzasidan xulosalar………………………………………………...38

II BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA O‘QUV-BILUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUN, SHAKL VA VOSITALARI…….…39

    1. O‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati………………….….39

    2. O‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari………….….51

2-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………..65

III BOB. O‘QUVCHILARDA O‘QUV-BILUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANISHNI AMALGA OSHIRISHNING SHART-SHAROITLARI…………………………………..66

3.1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari………………………………………………………………66

3.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili, samaradorligi va natijalari…………….……………..…………81

III bob yuzasidan xulosalar..................................................................87

Umumiy xulosa…………………………………………………………....89

Tavsiyalar………………………………………………………..………...91

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…….……………………….……….93

Ilovalar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma'naviyatli, ijtimoiy-siyosiy hayotda doimo o‘z mustaqil fikriga ega, kasb-hunar mahoratini egallagan shaxs sifatida shakllantirish eng dolzarb, yurtimizning bugungi va ertangi hayotini belgilab beruvchi muhim masala hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish keng qamrovli tushuncha hisoblanib, unda bevosita ta'lim va tarbiya masalalari ham o‘rin olgan.

Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: “Yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishga sharoit tug‘dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‘jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‘zgartira olmaymiz.”1.

Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi ana shunday barkamol shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun ta'limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta'lim muassasalari, xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta'lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda.

Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda ta'lim tizimida sinf–dars tizimini qayta ko‘rib chiqish va unga qayta ishlov berishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Xususan, darslarda axborot-kommunikasiya vositalarini qo‘llash va shu orqali ularning natijalarini kafolatlash lozimligi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16 fevraldagi-25-sonli qarorlarning qabul qilinishi, 2012-yil 23-24 aprel kunlari Xalq ta’limi Vazirligining ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi tomonidan o’tqazilgan trener mashg’ulotlari ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Barchamizga ma'lumki, ta'limda olib borilayotgan ishlarning samarasi bir qancha omillarga: darslarni to‘g‘ri tashkil eta olish, dars jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga bog’liq. Bu borada hali ko‘pgina muammolar haligacha o‘z yechimini topmagan. Bunday muammolarni darslarda axborot-kommunikasiya vositalarini qo‘llash yuzasidan ko‘pgina o‘qituvchilarda hali ham ko‘nikmalarning shakllanmaganligida, ba'zi holatlarda esa, to‘g‘ri foydalana olmaganligida, o‘quvchilarning ana shunday darslarga yetarlicha tayyor emasligi, bunday darslarni bir qator muammolarning yechimi (o‘quvchilarni ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari) sifatida ko‘ra olmasliklarini aytib o‘tishimiz mumkin.

Ana shu masalalar bilan yaqindan tanishish va ularning yechimlarini izlab topishga qaratilgan ushbu magistrlik dissertasiyamizni “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirish ” deb nomladik.

Tadqiqot ishining ob'ekti - axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish jarayoni.

Tadqiqot ishining predmeti: axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish mazmuni, imkoniyatlari, usul va metodlari.

Tadqiqot ishining maqsadi: - Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlash, ulardan foydalanishning shakl va usullarini asoslab berish, hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot ishining vazifalari:


  • o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini asoslab berish;

- o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot - kommunikasiya texnologiyalarining imkoniyatlarini aniqlash:

- muammoning amaliyotdagi holatini o‘rganish asosida mavzuning dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash;

- o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning shakllari va metodlarini ishlab chiqish va ularni tajriba–sinovdan o‘tkazish;

Tadqiqot ishining ilmiy farazi: O‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda, agar:

- axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishning shakli, usul va metodlari aniqlansa,

- axborot - kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llashga doir tavsiyalar amaliyotga tadbiq etilsa, o’quvchilarda o‘quv-biluv motivlari shakllanadi.

Tadqiqot ishining o‘rganilganlik darajasi.

Tadqiqot ishida ko‘tarilgan masalani, xususan, motivning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqqan olimlar bu borada bir qator yutuqlarga erishganlar. M.G.Davletshin, S.M.To‘ychiyevlarning “Umumiy psixologiya”, V.Karimovaning “Psixologiya” kitoblarida “motiv”, “motivasiya”, “motirovka” tushunchalari psixologik hodisa sifatida qaralgan bo‘lsa, J.Yo‘ldoshev, F.Yo‘ldosheva, G.Yo‘ldoshevalarning “Interfaol ta'lim sifati kafolati” (Bolaga do‘stona munosabatdagi ta'lim) kitobida, R.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyevlarning “Pedagogika” darsliklarida, R.Mavlonova, N.Vohidova , I.Rahmonqulovalarning “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kitobida motivga ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralgan.

Xususan, V.Karimovaning “Psixologiya” darsligida faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya” tushunchalari qo‘llanilishi aytib o‘tilgan. “Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega ekanligi ta'kidlab, motivasiyani inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmui sifatida ko‘rsatadi.

J.Yo‘ldoshev motiv va motivasiya tushunchalariga jiddiy ahamiyat bergan. Xususan, interfaol darslarni tashkil etishda tavsiya etilgan bosqichlardan eng asosiy o‘rin tutuvchi “Orientir” bosqichi ham bevosita o‘z ichiga motivni shakllantirishini ko‘rsatib o‘tgan. O‘quvchilarning mustaqil ishlashi ko‘pgina omillarga, jumladan, yoshga, shaxsiy xarakteriga, moyilligiga, istak–xohishlariga, ilgari loyiha asosida ishlagan – ishlamaganligiga va hokazolarga bog‘liq bo‘lishi aytib o‘tilgan. Bu yerda ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun moyillik, istak –xohish boshqacha qilib aytganda motiv alohida ahamiyatga ega.

Mualliflar yana shuni ta'kidlab o‘tishadiki, dars jarayonida o‘quvchining ehtiyoji, qiziqishi, xohishi, maqsadi, qobiliyati, faoliyati, intellektini hisobga olish zarur. Tadqiqotchilar motivlashtirish funksiyasini bevosita yoritib berganlar. Unda ta'kidlanishicha, o‘qitish samaradorligining ortishi, ta'lim oluvchilardagi motivatsiyaning yuqori va kuchligiga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Motivatsiyani shaxsning faollashuviga sabab bo‘luvchi motiv, ehtiyoj, stimul, , inson bilishi uchun olg‘a harakatlantiruvchi kuch sifatida ta'riflaydi.

“O‘qituvchining milliy ma'naviyatini shakllantirishda boshlang‘ich ta'limning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to‘plamida R.A.Mavlonova muallifligidagi “Shaxs faoliyatida motivatsiyaning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy maqolada motivatsiya shaxs faolligi, hulqi va faoliyatini tartibga soluvchi muhim omil sifatida barcha insonlarda qiziqish uyg‘otishi aytib o‘tiladi, shaxs faoliyatida motivatsiyaning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.2

Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, motivning mazmuni, ahamiyati, bir qancha ilmiy asarlarda, tadqiqot ishlarida o‘rganilgan. Biroq berilgan adabiyotlarda tadqiqot ishi doirasida ko‘tarilgan muammolar tadqiq etilmagan.

Magistrlik dissertasiyasining ilmiy tadqiqot metodlari: o‘quv jarayonini kuzatish, suhbat, savol-javob, ilmiy-pedagogik adabiyotlarni xronologik tahlil qilish, pedagogik tajriba – sinov, o‘quvchilar o‘quv faoliyatidagi mahsulotlarni o‘rganish, maktab hujjatlarni tahlil qilish.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:

O‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan vazifalarni belgilab beradi, olg‘a surilgan ilmiy–nazariy, uslubiy fikrlarni asoslab beradi. Tadqiqotning xulosa va natijalari umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ish faoliyatida, pedagogik amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.



Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:

1) o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish mazmuni aniqlandi;

2) axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlarini shakllantirish imkoniyatlari aniqlandi, uslublari ishlab chiqildi;

3) o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanishga doir amalga oshirilgan tajriba–sinov ishlari va tadqiqot natijalariga asoslanib, ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.



Magistrlik dissertasiyasining tuzilishi: Tadqiqot ishi kirish, 3 ta bob, 6 ta bo‘lim, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QUV-BILUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.


    1. Motivatsiya tushunchasi va uning mazmuni va mohiyati

Prezidentimiz I.A Karimov ta'kidlab o‘tganlaridek: “Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda”3.

Ayniqsa, xalq ta'limining asosiy va muhim bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta'limni takomillashtirish hamda uning kadrlar tayyorlashdagi rolini oshirish hozirgi kunda muhim masalalardan biridir. O‘quvchi maktabga kelgan kunidanoq o‘qishga havas qo‘yishi, savodli o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallay olishi lozim. Bu esa har bir o‘quvchida ta'limga bo‘lgan qiziqish mavjud bo‘lishini talab etadi. O‘quvchilarda ta'limiy qiziqishlarni tarkib toptirish esa bir muncha murakkab jarayondir.

Ta'lim tizimini takomillashtirish, uning sifat darajasi va samaradorligini oshirish bir qator omillar bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta'lim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan qonun va farmoyishlar ana shu faktorlarni o‘zida mujassam etganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz. Bunda umumiy ta'lim maktablarida dars berish sifatini oshirish asosiy mazmunni tashkil etadi.

O‘quvchilar jamoasini o‘rganib chiqish, ularning qiziqishlari, intilish va xohishlarini, istaklarini inobatga olgan holda darslarni tashkil etish yoki o‘quvchilarning o‘quv–biluv faoliyatini maqsadli yo‘naltirish bilan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning ta'minlanishini bugungi kun maktab amaliyoti ko‘rsatmoqda. Ma'lumki, darslarni tashkil etish va dars davomida o‘quvchilarning faolligini ta'minlash uchun avvalo o‘quvchilardagi o‘quv–biluv motivlarini inobatga olish yoki ularning fanga bo‘lgan motivlarini shakllantirish zarur. Bunga asosiy sabab o‘quvchilardagi o‘quv – biluv motivlari, umuman, motivlar faoliyatning tayanch asosini tashkil etishidadir.

Motivlar – didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi.

Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagicha:



Motiv – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi4.

Motiv – insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa chiqaradi.

Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik5.

Motiv (lot. moteo – harakatlantiraman, fransuz. motiv – undovchi sabab) shaxsni aqliy harakatga va hulq-atvorni amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog‘liq mayl yoki sababiyat. Motivlarning asosiy funksiyasi insonni harakatga undovchi sabablar, ichki turtkilar vazifasidan iborat. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, xatti – harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv xatti-harakat va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va shakllanadi.

Motiv mazkur negizda o‘sib, barqarorlashib borib, ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga ta'sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq ravishda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Lekin “motiv – faoliyat”, “maqsad - harakat”, “sharoit - operatsiya” holatlari o‘rtasida qat'iy aloqa hukm surmaydi. Goho motiv turtki, qo‘zg‘atuvchi, undovchi singari istilohlar bilan aynanlashtiriladi. Motivlar ehtiyojlarning ifodachisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. Xuddi shu boisdan motivlar shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan uzviy aloqada. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq qo‘llashga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi va o‘z navbatida motivning shakllanishiga yordam beradi6.

M.H.Saidov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘at” kitobida motivga quyidagicha ta'rif beriladi:

Motiv – (lot. harakatga keltirish, turtki).


  1. sub'ekt ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; sub'ekt faolligini yuzaga chiqaruvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi tashqi yoki ichki shartlar majmui.

  2. narsa faoliyati yo‘nalishini tanlashga rag‘batlantiruvchi va uni belgilovchi, shuning uchun mavjud bo‘luvchi.

  3. shaxsning harakatlar va hulq–atvorlarini tanlashi asosida yotuvchi idroklangan sabab.

Psixologiyada motivga izlanuvchi faollik jarayonida ehtiyojlarning amalga oshishi sifatida qaraladi. Motivning rivojlanishi narsa mohiyatini o‘zgartiruvchi faoliyatlar doirasini o‘zgartirish va kengaytirish orqali yuz beradi.

Sotsiologiyada motivga muayyan ne'matlarga faoliyatning xohlagan sharoitlariga erishishda idroklangan ehtiyoj deb qaraladi.

Motivlash (frans. qo‘zg‘atish) organizm faolligini uyg‘otuvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi turtki, motivlovchi omillarning nisbati mustaqil 3 sinfga farqlanadi. Faollik manbai bo‘lib, ehtiyoj va instinktlar hisoblanadi”7.

Motiv – grekcha so‘z bo‘lib “movere” – siljitish, harakatga keltirish, ehtiyojga yo‘naltirish ma'nosini beradi8.

Motiv - kishining ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni9.

Q.Turg‘unovning “Ruscha-o‘zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug‘ati”da motiv (lat. moveo - harakatlantiraman) odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab sifatida ko‘rsatiladi. Motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi deb ta'rif beriladi.

Motivatsiya – motivlashtirish: shaxsning nima uchun ma'lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilinganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya10.

Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib kelgan. Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida ham inson va uning ruhiyati, kechinmalari, maqsadli faoliyatlari yuzasidan qarashlari bayon etilgan.

Inson faoliyati asosida turli-tuman maqsadlar yotadi. Maqsadlarni esa ma'lum ehtiyojlar yuzaga keltiradi. Ana shu jarayonlar, unda insonga nisbatan inson omilining ta'siri Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘z aksini topgan.



Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Farobiy (879-950) bolalarning fe'l-atvoriga qarab ta'lim–tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanish kerak deb hisoblagan:

  1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa, ta'lim – tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llaniladi.

  2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq usul qo‘llanilishi lozim.

Ya'ni u avvalgi usulga ilhomlantiruvchi, ikkinchi usulni esa majbur etish usuli deb biladi11.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘z asarlarida ta'limning ko‘rsatmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o‘rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va oliyjanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. Bu tamoyillar albatta o‘quvchida o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ya'ni unda o‘qishga nisbatan motiv yuzaga keladi.

Uning fikriga ko‘ra, bilim olish uchun o‘quvchilarda avvalo intilish va qiziqish bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, nimanidir o‘rganish, tadqiq qilish uchun insonda intilish, harakat va qiziqish bo‘lmasa, u hech narsaga erisha olmaydi. Olimning mazkur fikrlarini fan tilida o‘quv faoliyatiga nisbatan ehtiyoj tug‘ilsagina o‘quv motivlari shakllantirilishi mumkin, deya talqin qilsa bo‘ladi.

Ta'limda o‘quvchini zeriktirmaslik uchun o‘rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O‘quvchi fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u “Har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor” deyilganidek, ularga qiziqadi va o‘qishni istaydi. Bir xil narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi12.

Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashga zo‘r berib, yosh o‘quvchilarni toliqtirib va zeriktirib qo‘ymasdan, turli psixologik usullarni qo‘llashni, shu orqali ularning tafakkurini boyitib, bilimlarini chuqurlashtira borishni ilgari surgan buyuk olimdir. Ya'ni o‘qishga nisbatan bo‘lgan qiziqishni so‘ndirmaslik uchun bolalarning yoshiga xos psixologik xususiyatlar albatta inobatga olinishi kerakligini e'tirof etadi13.

Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda ilm olish uchun talablarni keltirib chiqaradi. “Maqsad gapni cho‘zish emas, - deydi Beruniy – balki o‘quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi14.

Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutloq tinch, sokin holatda bo‘ladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya'ni mazkur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bu kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samarasidir, ya'ni mehnat quroli orqali harakatga keladi va namoyon bo‘ladi. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan kuch deb atagan. Nihoyat, uchinchi kuchni esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntirib beradi. Ya'ni shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga, ro’yobga chiqarishga bolada iroda yetishmaydi. Alloma nazarida, shu kabi uch holat bilan bilim olish izohlanadi.

Abu Ali ibn Sino “Tadbir ul manozil” asarining maxsus bo‘limida bolani maktabga jalb qilish haqida to‘xtalgan. Asarda u bola jamoada bolalar bilan o‘qisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi, deydi. O‘qitish bolaning mayl va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishini ta'kidlaydi. O‘qituvchi bolalarga ta'lim berishga kirishishdan oldin, o‘quvchining xulq-atvorini o‘rganishi va bilimlarini tekshirib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Avvalo, u o‘quvchining nimaga e'tibor berishini tekshirib ko‘rishi lozimligini uqtiradi.15.

Temuriy shaxzoda Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) fikricha, maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislardan o‘quvchilar bilan rasadxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni talab etadi, bunga o‘zi rahbarlik qildi. Uning fikricha, bolalarning bilim olishni istamasligi mudarrisning nodonligidandir, chunki bunday tarbiyachilar ta'lim usullarini noto‘g‘ri qo‘llash bilan bolalarning bilimga qiziqishini so‘ndiradi. Mudarris, avvalambor, o‘zini tarbiyalashi, bilim va malakalarni egallashi lozim.

Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rinni egallaydi. Uning ilmlarni o‘rganish yo‘llari haqidagi ta'limoti, shaxsiy na'muna bo‘lish usullari g‘oyatda muhimdir16.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling